• Page 1 of 2
  • 1
  • 2
  • »
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
SIZ TASIRLANGAN HADIS
SANJAR80Date: Yakshanba, 18-Okt-2009, 09:57 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
«Allohning shunday bandalari borki, Qiyomat kuni ular minbarda o‘tiradilar. Ularning liboslari nur, yuzlari yorug‘ bo‘ladi. Ular payg‘ambarlar ham, shahidlar ham emas, lekin payg‘ambarlar ham, shahidlar ham ularga havas bilan qaraydilar». Shunda sahobalar: «Ular kimlar, yo Rasululloh?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ular Alloh uchun bir-birlarini yaxshi ko‘rganlar, Alloh uchun bir-birlarini ziyorat qilganlar va Alloh uchun bir-birlari bilan o‘tirganlardir», dedilar (Tabaroniy rivoyati).


 
ForwardDate: Dushanba, 16-Noya-2009, 13:13 | Message # 2
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 648
Status:
Anas ibn Molikdan (roziyallohu anhu)rivoyat qilingan hadis.Allohning rasuli sollallohu vasallam shunday dedilar:
Har bir payg'ambarning qabul bo'ladigon duosi bor.Ularning duosi qabul qilindi.Men o'z duoimni qiyomat kuni ummatimni shafoat qilish uchun olib qo'ydim.
(Buhoriy)
 
bushroDate: Dushanba, 23-Noya-2009, 12:28 | Message # 3
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 721
Status:
Ҳадис
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: “(Ўзида) уч нарса бўлган кимса иймон ҳаловатини тотибди: Аллоҳ ва унинг Расули унга бошқалардан кўра севимлироқ бўлса, бирон кишини Аллоҳ учун яхши кўрса ҳамда куфрга қайтишни Аллоҳ қутқазганидан сўнг, жаҳаннамга ташланишни ёқтирмаганидек ёқтирмаса”
(Муттафақун алайҳ).



 
SANJAR80Date: Dushanba, 23-Noya-2009, 21:06 | Message # 4
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Forward, bushro, Rahmat olloh rozi bo'lsin

 
user_offDate: Chorshanba, 25-Noya-2009, 15:25 | Message # 5
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 519
Status:
bushro, SANJAR80, raxmat alloh rozi bulsin

 
enjoyDate: Chorshanba, 02-Dek-2009, 14:00 | Message # 6
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
• Ҳадис
Адий ибн Ҳотамдан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ с.а.в. : “Сизларнинг ҳар бирингиз билан Раббингиз (Қиёматда) ўртага таржимон қўймай сўзлашади. У киши ўнг томонга қарайди. Қилган амалидан бошқа нарсани кўрмайди. Чап томонга қарайди. Қилган амалидан бошқа нарсани кўрмайди. Олдига қарайди. Рўпарасида дўзаҳдан бошқа нарсани кўрмайди. Шундай экан, ҳурмонинг ярмини (бериб бўлса ҳам) дўзаҳдан сақланинглар. Ким буни ҳам топа олмаса, яхши сўзларни айтиб бўлса ҳам (дўзаҳдан ўзини сақласин)”, дедилар — Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари


 
shaddotDate: Payshanba, 31-Dek-2009, 14:51 | Message # 7
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Пайгамбаримиз С.А.В айтадилар: "Ла илаха иллаллох" деган инсон албатта Жаннатга киради. Агар жуда куп гунохи туфайли Жаханнамга кирса хам, жазосини утаб булгандан сунг "Ла илаха иллаллох" калимаси хурмати учун Жаннатга киради. (Дайламий ибн Аббосдан)


 
shaddotDate: Payshanba, 31-Dek-2009, 15:09 | Message # 8
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Abu Said rodiyallohu anhudan keltirilishicha, Rasululloh sallallohu 'alayhi vasallam shunday deganlar: “Allah yo’lida bir kun ro’za tutgan hech bir banda yo’qki, Allah bu sababdan uning yuzini jahannamdan yetmish yil uzoqlashtirgan bo’lmasin”. (Imom Buxoriy, Termiziy, Muslim, Nasaiy rivoyatlari).


 
shaddotDate: Payshanba, 31-Dek-2009, 15:25 | Message # 9
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Abu Molik Horis ibn Osim al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdulillah» tarozuni to‘ldiradi. «Subhonallohi
valhamdulillah» yer bilan osmon o‘rtasini to‘ldiradi. Namoz nurdir. Sadaqa hujjatdir.
Sabr ziyodir. Qur’on sening foydangga yoki zararingga hujjatdir. Har kimsa tong ottirib
nafsini savdo qiladi. Bu bilan uni ozod qiladi yoki halok qiladi», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.



 
shaddotDate: Payshanba, 31-Dek-2009, 15:25 | Message # 10
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Rasululloh (s.a.v.)ning xodimlari va sevimli kishilaridir.) Rasululloh (s.a.v.)ning qizlari
otalari huzurlariga (bir odamni) yuborib: «O’g‘lim o‘lim to‘shagida yotibdi. Bizning
oldimizga keling», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) qizlariga salom yo‘llab: «Albatta olish
ham, berish ham Allah uchundir. Har bir narsaning Uning huzurida belgilangan vaqti
bordir. (Qizim) sabr qilsin va savobini umid qilib tursin», dedilar. Qizlari yana odam
jo‘natib, u zot kelishlarini ont ichib so‘radilar. Rasululloh oxiri o‘rinlaridan turdilar. U zot
bilan birga Sa’d ibn Uboda, Muoz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit va yana bir
qancha kishilar bor edi. Haligi go‘dak Rasululloh (s.a.v.)ga uzatildi. U zot go‘dakni
quchoqlariga oldilar. Go‘dak esa o‘lim talvasasida edi. Buni ko‘rib Rasululloh (s.a.v.)ning
ko‘zlaridan yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Ey Allohning rasuli, bu nima? (Ya’ni, yig‘lashdan
qaytarar edingiz-ku!)» dedilar. Rasululloh (s.a.v.) «Bu Allohning rahmati bo‘lib, uni
bandalarining qalblarida paydo qilgandir», dedilar.
Boshqa rivoyatlarida: «Bandalaridan xohlagan kishisining qalbida buni paydo qiladi.
Albatta, Allah rahmli bandalariga rahm qiladi», deb aytilgan. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.



 
shaddotDate: Payshanba, 31-Dek-2009, 15:45 | Message # 11
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Burayda r.a dan
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Men sizlarni uch narsadan qaytargan edim.Endi men sizlarni ularga amr qilurman.Men sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim.Bas,endi ularni ziyorat qilaveringlar.Chunki ularni ziyorat qilishda eslatma bor.Men sizlarni teri idishdanboshqadagi ichimliklardan qaytargan edim.Bas, endi barcha idishdan ichavering,faqat mast qiluvchini ichmasangiz bo'ldi.Men sizlarni uch kundan keyin qolgan qurbonlik go'shtidan qaytargan edim.Bas, endi uni yeng va safarlaringizda ham undan huzurlaning ",dedilar."



 
shaddotDate: Payshanba, 31-Dek-2009, 15:55 | Message # 12
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Umar roziyallohu anhu aytadi
"Nabiy sollallohu alayhi vasallamning:
Kim yangi kiyin kiyganda:Avratimni berkitadigan narsamni va hayotimda
yasanadigan narsamni menga kiygazgan Allohga hamd bo'lsin,desa,
so'ngraeskirtgan kiyimini sadaqa qilsa, tirik chog'ida ham,
o'lik chog'ida ham Allohning himoyasida,Allohning muhofazasida
va Allohning satrida bo'lgay ", deganlarini eshitdim.



 
SANJAR80Date: Payshanba, 31-Dek-2009, 21:08 | Message # 13
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
shaddot, olloh rozi bo'lsin! biggrin

 
shaddotDate: Payshanba, 31-Dek-2009, 22:14 | Message # 14
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Alloh hammamizdan rozi bo`lsin amiyn


 
enjoyDate: Yakshanba, 10-Yan-2010, 21:41 | Message # 15
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
shaddot, aytganingiz kelsin Amiyn

 
VisolaDate: Juma, 15-Yan-2010, 00:52 | Message # 16
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
Payg’ambar alayhissalom dedilar:
“Bani Odam jismidagi to’rt gavharni – aql, din, hayo, solih amalni to’rt narsa ketkazadi:
-g’azab aqlni ketkazadi,
-hasad dinni ketkazadi,
-ta’ma hayoni ketkazadi,
-g’iybat solih amalni ketkazadi”



 
VisolaDate: Juma, 15-Yan-2010, 00:53 | Message # 17
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
«Ey Muhammad, bir kecha-kunduzda ummatlaringga besh vaqt namozni farz qildim. O‘zimcha ahd qildimki, kim shu besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etib yursa, u kishini jannatga kiritaman. Kim o‘z vaqtida ado etib yurmasa, u banda xususida ahdim yo‘qdir» (Hadisi qudsiy).


 
otabe17Date: Yakshanba, 17-Yan-2010, 02:45 | Message # 18
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 202
Status:
rahmat ollox rozi bo'lsin!
 
VisolaDate: Seshanba, 19-Yan-2010, 23:17 | Message # 19
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
Али розийаллоҳу анҳу ривоят цилади: "Ҳасан туғилганида мен унга "Ҳарб" деб исм қўйдим. Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам келиб: "Менга ўғлимни кўрсатинглар, унга қандай исм қўйдинглар?" дедилар. Мен: "Ҳарб (деб исм қўйдим)", дедим. Шунда у зот: "Йўқ, у "Ҳасан"дир", дедилар. Ҳусайн туғилганида ҳам, уни "Ҳарб" деб номладим. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам яна келиб: "Ўғлимни менга кўрсатинглар, унга қандай исм қўйдинглар?" деб сўрадилар. Мен: "Ҳарб (деб исм қўйдим)", дедим. Шунда у зот: "Йўқ, балки у "Ҳусайн"дир", дедилар. Учинчи фарзандим туғилганда ҳам уни "Ҳарб" деб номладим. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам келиб: "Ўғлимни менга кўрсатинглар, унга қандай исм қўйдинглар?" дедилар. Мен: "Ҳарб", деб жавоб бердим. У зот бўлсалар: "Йўқ, балки у "Муҳассин"дир", дедилар. Сўнгра: "Мен уларга Ҳоруннинг ўғиллари - Шаббар, Шабийр ва Мушаббирларнинг исмларини қўйдим", дедилар" (Имом Бухорий "Ал—Адабул Муфрад"да, имом Аҳмад "Муснад"да, Байҳақий "Сунанул Кубро"да ва имом Табароний "Кабийр"да ривоят қилган


 
enjoyDate: Chorshanba, 20-Yan-2010, 09:30 | Message # 20
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
[color=blue]Ҳадис“Абу Ҳурайрадан (р.а.) ривоят қилинади. Бир киши Расулуллоҳ с.а.в.га: “Эй Аллоҳнинг расули! Менга васият қилинг”, деганида, у зот: “Ғазаб қилма”, дедилар. Бу киши бир неча марта сўраганида ҳам Расулуллоҳ с.а.в.: “Ғазаб қилмагин”, дедилар”
— Имом Бухорий ривоятл

[/color]


 
BAXORDate: Yakshanba, 22-May-2011, 00:17 | Message # 21
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
HADISLARDAN NAMUNALAR

* Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblaridan so‘radilar: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadigan daryoda (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolibdi, deb aytasizmi?» Sahobalar: «Sira ham kir qolmaydi», deyishdi. Rasuli Akram: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o‘qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi».


 
OSIYODate: Seshanba, 24-May-2011, 06:46 | Message # 22
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Rasululloh s.a.v.dan:" Hamma payg'ambarlarni so'zsiz bajo bo'ladigan duolari bor, ular bu duolarini bu dunyoda shoshib so'rashgan, men esa bu duoyimni Qiyomatga, ummatlarim shafoatlari uchun asrab qo'yganman
 
OSIYODate: Seshanba, 24-May-2011, 06:48 | Message # 23
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Kishi jannatda o`ziga suyukli odam bilan birga bo`ladi.
Sahihi Buxoriydan
 
OSIYODate: Seshanba, 24-May-2011, 06:51 | Message # 24
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir.
Sahihi Buxoriydan
 
OSIYODate: Juma, 27-May-2011, 05:21 | Message # 25
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o’tirgan edilar. Shabboda esdi va daraxtning qurigan barglarini uchirib keldi. Yashil yaproqlar uzilmay qoldilar. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam sahobalarga savol berdilar:
- Bu daraxt kimga o’xshaydi? Ayting-chi, kimga o’xshatar ekansiz?
Ashob:
- Alloh va Rasuli yaxshi bilishadi, yo Rasululloh, - dedilar.
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam:
- Bu daraxt Allohdan nihoyatda qo’rqqan vaqtda gunohlari bu yaproqlar kabi to’kilgan va yaxshiliklari, savoblari o’zida qolgan mo’minga o’xshaydi, - dedilar.
(Ibn Habbon va Bayhaqiy rivoyat etganlar


Message edited by Osiyo11 - Juma, 27-May-2011, 05:22
 
OSIYODate: Chorshanba, 14-Sen-2011, 04:13 | Message # 26
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Rasululloh s.a.v.dan:" Hamma payg'ambarlarni so'zsiz bajo bo'ladigan duolari bor, ular bu duolarini bu dunyoda shoshib so'rashgan, men esa bu duoyimni Qiyomatga, ummatlarim shafoatlari uchun asrab qo'yganman".
 
mahdiy-80Date: Shanba, 12-Noya-2011, 23:52 | Message # 27
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Allohga sevimli ishlar uchta: Qasos olishga qodir bo‘laturib kechirish, g‘azabi kelganda o‘zini bosish, Allohning bandalariga muloiim bo‘lish. Kim Allohning bandalariga muloyim bo‘lsa unga ham muloyim bo‘linadi. Umar ibn Abdulaziz

Alhamdulillahi ala kulli hal
 
mahdiy-80Date: Shanba, 12-Noya-2011, 23:53 | Message # 28
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Bir millatda ishonchli kishilar kamaysa, dinini sotib dunyo yig’uvchilar ko’paysa, u millat orasida fitna ko’payadi. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a)

Alhamdulillahi ala kulli hal
 
mahdiy-80Date: Shanba, 12-Noya-2011, 23:54 | Message # 29
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Ilmning avvali sukutdir. Keyingisi tinglamoq, so’ng uni asramoqdir. To’rtinchisi unga amal qilmoq, beshinchisi uni yoymoqdir.So’fyoni Savriy

Alhamdulillahi ala kulli hal
 
mahdiy-80Date: Shanba, 12-Noya-2011, 23:54 | Message # 30
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Bandadagi iymonning eng afzali qayerda bo’lsa ham, Alloh u bilan birga ekanini bilishidir. Odam farzandi Allohning zikrisiz o’tkazgan har soati uchun qiyomat kunida afsus nadomat qiladi. Oishadan (r.a.)!

Alhamdulillahi ala kulli hal
 
  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2
  • »
Search: