• Page 2 of 2
  • «
  • 1
  • 2
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Forum » ISLOM » Quron duolari va hadislar! » SIZ TASIRLANGAN HADIS
SIZ TASIRLANGAN HADIS
mahdiy-80Date: Shanba, 12-Noya-2011, 23:55 | Message # 31
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey Oyisha, menga yetmoqni xohlasang, dunyodan yo‘lovchi ozuqasidek ozuqa bilan kifoyalan. Boylar bilan o‘tirishlikdan saqlan. Kiyim yirtilmasdan oldin uni almashtirma».dedilar!

Alhamdulillahi ala kulli hal
 
mahdiy-80Date: Yakshanba, 13-Noya-2011, 04:49 | Message # 32
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Abu Hafs Haddod r. anhu aytadilar; Har kim o‘zamali va ahvolini Qur’on hamda Hadis tarozusi bilan o‘lchamasa, munofiq bo‘lur.Alloh bar4amizni Qur'on va Hadis asosida hayot ke4irmogimizga himmat bersin, Amin.

Alhamdulillahi ala kulli hal

Message edited by mahdiy-80 - Yakshanba, 13-Noya-2011, 06:07
 
mahdiy-80Date: Yakshanba, 13-Noya-2011, 04:55 | Message # 33
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Abdulloh ibn Abbos r.anhu shunday deganlarki; Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni ko‘rib turgani holda qalbing cho‘chib-titramasdan,shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qo‘rqishing sodir etgan gunohingdankattaroqdir.

Alhamdulillahi ala kulli hal
 
OSIYODate: Juma, 16-Dek-2011, 16:53 | Message # 34
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Абдуллоҳ ибн Амрдан ривоят қилинади:

«Бир одам Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳузурларига келиб, ҳижрат учун байъат қилмоқчи бўлди. У ота-онасини йиғлаган ҳолда қолдириб келган эди. Ул зот:

«Ота-онанг ҳузурларига қайтгин, уларни қандай йиғлатган бўлсанг, худди шундай қилиб кулдиргин», – дедилар».
 
OSIYODate: Dushanba, 23-Yan-2012, 09:35 | Message # 35
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам хотинлари Оиша онамиз розияллоҳу анҳо билан югуриш мусобақаси ўтказган эканлар. Бу югуриш мусобақаси ўтган пайтда Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ёшлари эллик учдан ўтган эди. Кейинги, Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам Оиша онамиздан ўзиб кетган югуриш мусобақасида эса у зотнинг ёшлари ундан ҳам катта бўлади.
 
OSIYODate: Dushanba, 23-Yan-2012, 09:39 | Message # 36
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Имом Абу Довуд Муҳаммад ибн Али ибн Руконадан қилган ривоятда қуйидагилар айтилади:

«Рукона Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам билан кураш тушди. Бас, Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам уни йиқитдилар».

Уламоларимиз ушбу кураш мусобақаси ҳақидаги ҳадиси шарифнинг ўзига хос қиссасини ҳам ривоят қиладилар.



Имом Абу Довуд ривоятида бу қисса қуйидагича баён этилади:

«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам Батҳода эдилар. У зотнинг ҳузурларига Рукона ибн Язийд қўй-эчкиларини ҳайдаб келди ва:

«Эй Муҳаммад, мен билан курашга тушасанми?!» деди.

«Соврунга нима қўясан?» дедилар.

«Қўйларимдан бирини», деди. Шунда Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам у билан курашга тушдилар ва уни йиқитдилар. Кейин эса қўйни олдилар. Рукона:

«Яна қайта тушасанми?» деди. Бу ҳол бир неча марта такрорланди. Охири у:

«Эй Муҳаммад! Аллоҳга қасамки, ҳеч ким ёнимни ерга теккиза олмаган эди. Мени йиқитган сен эмассан!» деди-да, Исломга кирди. Пай¬ғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам унга қўйларини қайтариб бердилар».
 
SAKINADate: Chorshanba, 04-Iyul-2012, 10:08 | Message # 37
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Сувайд ибн Қафладан ривоят қилинади:

“Ҳазрати Али, розияллоҳу анҳу, маълум бир пайт моддий жиҳатдан анча қийин аҳволга тушиб қолди. Шунда Фотимадан:
— Отанг ҳузурларига бориб, озроқ ёрдам сўрасанг бўлармиди, — дея уни Жаноби Пайғамбаримизнинг, соллаллоҳу алайҳи ва саллам, ёнларига жўнатди.

Фотима эшик тақиллатганида Умму Айман онамиз Расули акрамнинг, соллаллоҳу алайҳи ва саллам, ёнларида эди.

— Бу Фотиманинг эшик тақиллатишига ўхшайди. Бемаҳалда нимага келди экан? — дедилар Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам.

Фотима ичкари кирди ва:
— Ё Расулаллоҳ, фаришталарнинг озиғи: “Аллоҳдан ўзга илоҳ йўқ” дейиш, Аллоҳга ҳамд ва тасбеҳ айтишдир. Бизнинг озиғимиз нима? — деб сўради.

Пайғамбаримиз, соллаллоҳу алайҳи ва саллам:
— Мени ҳақ пайғамбар қилиб юборган Аллоҳга қасамки, бир ойдан бери Муҳаммаднинг уйида овқат пишириш учун олов ёқилгани йўқ. Бизга бир нечта эчки келтиришибди. Хоҳласанг, бештасини сизларга беришни буюраман. Хоҳласанг, Жаброил, алайҳиссалом, менга ўргатган калималарни ўргатаман, — дея марҳамат қилдилар.

Шунда Фотима, розияллоҳу анҳо:
— Ё Расулаллоҳ, менга Жаброил, алайҳиссалом, Сизга айтган ўша калималарни ўргатинг, — деди.

Расули акрам, соллаллоҳу алайҳи ва саллам:
— “Ей ибтидоси ва интиҳоси йўқ танҳо Зот! Эй куч-қудрат эгаси Аллоҳ, эй марҳаматлиларнинг энг марҳаматлиси Аллоҳим”, дегин, — дедилар.

Шундан сўнг Фотима, розияллоҳу анҳо, уйларига қайтиб келди.

— Нима гап? — сўради Али, розияллоҳу анҳу.
— Дунё истаб чиққан эдим, охират неъматини олиб келдим.

Али, розияллоҳу анҳу, бу гапдан ғоят таъсирланиб:
— Бугун сен учун энг хайрли ва баракотли кун бўлибди, — дедилар”.
 
SAKINADate: Juma, 13-Iyul-2012, 12:58 | Message # 38
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bu dunyo g'alati bir imorat ekan,
Barchasi jumboqdan iborat ekan
Umrki bir daryo boradi oqib,
Bugunni tiklaymiz kechaga boqib
Demak tarix bizga beradi saboq,
Hikmat izlar bo'lsang o'tmishingga boq.
Endi bir oz moziyga qaytib,
Sizga bir hikmatni berayin aytib.
Kim biladi deysiz balkim rivoyat,
Xullas uchta erkak qilmish jinoyat.
Azmi gunohlari har qalay og'ir,
Qozi o'z hukmini o'qibdi oxir.
Kechirib bo'lmaydi gunohlaringni,
O'limga hukm etmoq kerak baringni
Chunki jinoyatga til biriktirib
Necha bir insonga berdingiz firib
Qaysingni kiming bor so'ylang birma bir
Bu qilmishlaringni bilmasmi oxir
Xotinim bor der biri tomoq qilim,
Mening opam bor der yana biri
Xech kiming yo'qmi so'ylasanchi xoo'y,
Yigit ko'z yoshini to'xtata olmay
Dedi tahsir meni Onajonim bor
Afsus bu qilmishimdan emas xabardor.
Bu so'zlarni tinglab buyurdi qozi,
O'lishga mahkumsiz hukmimdan rozi
Baringni ortingda bir mushtiparjon,
O'lim oldi mayli beraylik imkon.
Chorlang! Yetib kelsin o'sha uch ayol,
Bizning hukmimizni kuzatsin halol.
Bo'lsa ham onaxon bo'lsa ham dildor,
Ulgursin bu ahir eng so'nggi diydor.
Choparlar har tomon chopib yeldilar,
Birgina ayolni topib keldilar.
Bu holatni kuzatib qozi ham hayron
Qarshisida turar mushtipar nolon.
Qozi dedi: Yaqiningiz kim?
Ayol yig'lar deyolmay lom-liim,
Oxir ko'z yoshlarini artib dedi u,
Qozi janoblari bu qanday qayg'u.
Hukmingizni eshtib tanamda jon yo'q,
Bilaman-bilaman jinoyatchiga hech on omon yo'q.
Bularning biriga xotin, biriga opaman va yana biriga onaman.
Ular o'lsa men ham o'lim topaman.
Bu holatni kuzatib hayratdan qozi so'z boshladi.
Nahot hammasiga yaqin bir ayol?
Ayolning so'zlari bo'lmasa yolg'on
Unga beraylik birgina imkon.
Onaxon shoshilmasdan fikrni jamlang,
Uch tutqun ichidan birini tanlang.
Siz tanlagan kishi o'limdan ozod,
Afsus hammasiga berilmas imlot.
Onaxon xo'rsinib, o'ksinib edi
Barining aybidan o'tsangiz dedi.
Afsus bunga siz yo'l qo'yolmaysiz
O bolam, oh ukam, oh begim essiz.
Bu dunyo azaldan, azaldan bir kam,
Mayli omon qolsin birgina ukam.
Yana kutilmagan holat yuz berdi,
Ona farzandi qolib ukain derdi.
Yoqa ushlab qoldi guvoh bo'lganlar,
Xattoki uchala gunoh qilganlar.
Qozi dedi: Xato qildingizov shoshib qolgandan,
Ne naf bordur 40 yoshdan oshib qolgandan.
Axir bunda hali chimildiqqa kirishga ulgurmagan,
Hali 20 yoshga to'lmagan farzandingiz turibdi jovdirab, qaqshab,
Qaror qilsangizchi onaga o'xshab!
So'zlar yuragiga ko'p og'ir botdi,
O'ylab ham o'tirmay ona so'z qotdi.
Tog'ri ona uchun farzand muhimdir,
Oh bilsangiz hozir bag'rim kukundir.
Kelar bolamnimas jonim ol degim,
Barini birdayin qizg'onar edim.
Savolingizga shu mening sharhim:
Otam ham, onam ham bo'lishgan marhum,
Bir er ham topilar tegaman desam,
Hali xudo bersa ko'rarman farzand.
Men yolg'iz ukamga yolg'iz opaman,
U o'lsa jigarni qatdan topaman.
Bu so'zlar hammani hayratga soldi,
Muruvvat ahlini g'ayratga soldi.
Onaning zehniyu dono so'zlari,
Ochdi xaloyiqning mehr ko'zlarin.
Qozining qalbida shavqat uyg'ondi,
Dillarda muhabbat quyoshi yondi.
Tavba tazarruga navbat yetildi,
Uch tutqun o'limdan ozod etildi.
Qissadan hissa shu bo'lmasin g'urbat,
DILLARDA YASHASIN MEHR
OQIBAT
 
SAKINADate: Yakshanba, 19-Avg-2012, 05:21 | Message # 39
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Eh Jannat Jannat Jannat...Birodarlar bilasizlarmi Jannat kanaka joy. Agar man hozir Jannat hakida gap boshlasam gapim hech
tugamaydi.Ammo mayli kelinglar sizlarga ozgina gapirib berayin. Kolganlarini kotta kitoblar okiganlarilada ozingizlar
bilib olasizlar.Sizlarga tushuntirish uchun Jannatni kaysi bokka kaysi gozal shaharga ohshatsam ekana...? Yok uni hech
narsaga ohshata olmayman. Chunki bu dunyoda Jannatga ohshidigan hech bir joyning ozi yokda. U shunakangi chiroyliki soz
bilan tariflab bolmaydi. U yerga fakat borib korish kerak.Anashunda bilasiz Jannatning kanaka ekanligini. Jannatda koz
kormagan, kulok eshitmagan, odamning hayolidan otmagan, bor deganlar Paygambarimiza. Jannat hozir bormi...? Ha Jannat
hozir bor. U yetti kavat osmonning ustida, Alloh arshining ostida. U nihoyatda chiroyli boglardan, sharkirab okayotgan
daryolardan, ajoyib shahar va mamlakatlardan, soya salkin oromgohlardan iborat. Jannatga kirgan odam bu dunyoni unutib
koyay deydi. Hech kaytib chikisi kelmaydi. Uning kattaligi kandok aytaymi? Yetti kavat osmon bilan yerning hammasi
koshilsa ham, Jannatga teng bola olmaydi. Jannat anashunaka katta. Uning hushboy hidi yuz yillik yoldan kelib turadi.
Jannat kavat kavat bolib yaratilgan bolib uning eng yukorisi Firdavs Jannati deb ataladi. Bu dunyo yok bolib ketadi...
Ammo Jannat hech ham yok bolmaydi. Jannatning sakkista darvozasi bor. Ular shunakangi kattaki bu cheti bilan u chetining
orasi 40 yillik yol. Jannat darvozasining oldiga birinchi bolib, Muhammad Mustafo (S.A.V.) keladilar... Jannat u kishiga
ochiladi, Jannatga eng avval shu zot kiradilar. Keyin u kishining ummatlari, biz musulmonlar kiramiz. Shundan song boshka
Paygambarlarning ummatlari kirishadi. Din yolida halok bolgan shahidlar, ilmiga amal kilgan olimlar,kambagallarni yahshi
koradigan boylar va sahiylar Jannatga birinchi bolib kiradilar. Jannat ahlining eng koplari kambagallar va kop zulm
tortgan kishilar boladilar. Ota onasining duosini olgan odamlar, erini rozi kilgan ayolar, hushmomila kishilar ham
Jannatga tezro kiradilar. Jannatning yuzta darajasi bor... Insonlar bu dunyoda kanchalik chiroyli va kop amallar kilganlariga
karab turli hil darajada joy oladilar. Jannatning havosi juda ham yokimli. U sovuk ham emas issik ham emas. Doimo huddi
bahorday bolib turadi. Ertalab kun chikishidan oldin boladigan nahor vaqti borku, Jannatda ana oshnaka toza va pokiza
holat boladi. U yerda kuyosh bolmaydi. Ammo Allohning nuri bilan hamma yog yop yorug bolib turadi. Birodarlar... Jannatning
mevalariga kelsak, ularning necha ming hil ekanini ALlohdan boshka hech kim bilmaydi. Ular hozir gark pishib Jannatiy
odamlarni kutib turibdi. Ular hech kachon aynimaydi va sasimaydi. Tik turib uzaman desangiz ham otirgan yeringizda uzaman
desangiz ham yon boshlab yotib uzaman desangiz ham Jannat mevalari sizning oldingizga kelib turadi. Bittasini uzsangiz
uning orniga darhol ikkita meva paydo bolib koladi. Ular shunakangi ham shirinki mazasi ogzingizdan hech ham ketmaydi.
Agar gosh yegingiz kep kosa, oldingizga turli hil kushlar uchib kelishadi. Va tilga kirib sizga ozlarini tanishtira
boshlaydilar. Man falon kushman, falon narsani yeb katta boganman, goshtim juda shirin meni yeng deydi bittasi. Man
falon falon gullarni yeb osganman, mani goshtim juda ham shirin mani yeng deydi boshka bittasi. Siz kaysi birini tanlasez
osha bittasi, tilla laganda oldingizga keladi. yeb bolishingiz bilan u yana tirilib uchib ketaveradi. Jannatda bitta
odamga mingta hizmatchi boladi. Ular hal gam ovkat olib kelishganida 70 hil tilla laganda turli hil ovkatlar, son sanoksiz
kadaklarda ichimliklar keltirishadi. Tanlagan taomingizdan istagancha yeyaverasiz. Hohlagan ichimligingizdan mirikib
ichaverasiz. Korningiz tolib ketmaydi. Ovkatdan keyin hojat ushatish, yozilish bolmaydi. Yegan ovkatingiz yengil terga
aylanib, ozi chikib ketaveradi. Tanangizdan chikan terdan ajoyib atir hidi keladi. Jannatda burun kokish tuflash yotalish
shamolash kasal bolish yok. Alloh u yerda hamma odamlarga yangidan tana paydo kilib beradi. Badaningizda kon yiring balgam
bolmaydi. Nafas olib nafas chikarganingizda, ogzingizdan oz ozidan ham sano va tasbeh chikaveradi. Jannatda har bir
insonga ovkat yeyish ,ichish va boshka ishlar uchun 100 ta odamning kuchi berib koyiladi. Unday yahshiliklar bu dunyoda
harom narsalar yemagan, harom ishlarni kilmagan, Alloh va Rasulining aytganlarini kilib otgan, nafsini tiygan insonlar
uchun tayorlab koyilgan. Birodarlar... Jannatga kirishda kampirlar yosh kizlarga aylanadilar. Chollar yigit boladilar.
Sokollari bolmaydi. Jannatda hamma odamlar bir hilda 33 yoshda boladilar. Hech ham karimaydilar olmaydilar. Doimo yosh va
chiroyli bolib yuraveradilar. Jannatda bir bozor boladi. U yerda hech nima sotilmaydi. Ammo har hil chiroyli odamlarning
suratlari boladi. Osha yerga borin kaysi surat sizga yoksa oshani tanlaysiz. Siz osha suratdagi chiroyli odamga aylanasiz.
Shunday kilib hamma ozi hohlagancha chiroyli bolib koladi. Jannatda bitta dengizda suv, bitta dengizda sut, yana bir
dengizda asal, boshka dengizda boshka ichimliklar boladi. Ana osah dengizlardan daryolar okib yotadi. Daryolar uylarning
ostlaridan okib otadi. Ammo hech kimga zarar kilmaydi. Odamlar uylaridan tomosha kilib otiradilar. U yerda yana bir
daryo bor u daryoning labida chiroyli kizlar boladi. Ular juda chiroyli ovoz bilan ashula aytishadi. Odamlar kelib
ularning ashulalarini eshitadilar. Bunaka ovozni dunyoda hali hech kim eshitmagan. Osha kizlardan kaysi biri kimga yokib
kolsa, Alloh uni osha odamga hadya kiladi. Uning orniga Alloh yana boshkasini yaratib koyadi. Alloh har bir kishi uchun
hizmat kilsin deb 72 ta kiz sovga kiladi. Ularning 2 tasi bu dunyodagi kiz ayollardan, 70 tasi Jannat hurlaridan boladi.
Jannatda hotin kizlar ham momin musulmonlardan ozlari hohlaga kishilar bilan birga boladilar. Ularga ham Alloh juda kop
yahshiliklarni tayorlab koygan. Birodarlar... Jannatda bir daraht bor. Agar uning tegida yuz yil chopsangiz ham soyasi
tugamaydi. Ha aytganday Jannatda kanotli uchar otlar boladi. Unga minsangiz sizni uchirib ketadi. Ammo yekitib yubormaydi.
Olib kochib ketmaydi, kayerga desangiz hop deb olib borib, sizni tomosha kildirib yuradi. Bu dunyoda kam amal kilgan
Jannatga hammadan keyin kirib, eng oz mukofot oladigan odammi aytib beraymi...? U odamga Jannatda beriladigan boglar,
gulzorlar, shahar va mamlakatlar, hozir biz yashab turgan dunyo bilan barobar boladi. Keyin unga shu dunyodan yana
10 tasi beriladi. Ana kordingizmi Jannatdagi eng oz mukofot shunaka bolsa, endi rosa kop amal kilgan odamga beriladigan
mukofotni kanday tasavvur kilib boladi...? Jannatning shahar va kochalari, saroy va kasrlari, hovli va uylari oltin
kumushdan, yokut va zabarjatdan, marvarid va zumratdandir. Yerida chang va kirlar yok, tuprogi yokimli hid taratadigan
zafarondir. Hullas odamlarga nima yokadigan bolsa, hammasi Jannatda muhayyo kilingan. Ularga nima yokmaydigan bolsa
hammasini Dozahga olib kirib koyilgan. Jannatdagi eng katta nemat va mukofot shuki hamma mominlar Allohni oz kozlari
bilan koradilar. U bilan yuzma yuz turib salomlashadilar, gaplashadilar, bu eng ulug BAHT......
Insha Alloh hammamizaga bu BAHT nasib aylagan bolsin. Allohim hammamizani garibi rahmat, shoistayi Jannat, iymonlarimizani
salomat kils
in. Amin


Message edited by asha0625 - Seshanba, 09-Okt-2012, 05:35
 
SAKINADate: Juma, 24-Avg-2012, 14:12 | Message # 40
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Luqmoni Hakim qora tanli kishi edi.Bir kishi uni qul qilib sotib oldi.Ko'p muddat anga xizmat buyurib ,andin ilm va hikimat asarlarni ko'rar edi.Bir kun imtihon yo'li bilan Luqmonga dedikim;
- Bir qo'yni so'yib , eng yahshi joyidan menga keltirgil.
Luqmon qo'yni so'yib,til va yuragini keltirdi.
Yana bir kun buyurdi;
Bir qo'yni so'yib menga eng yomon joyidan keltirgil dedi.
Luqmon yana qo'yni so'yib tilini va yuragini xojasiga keltirdi.Xojasi so'rsdikim;
-Bu qanday ishdur?
Luqmon dedi;
-Agar pok bo'lsa hich narsa til va yurakdan yahshi emasdur va agar nopok bo'lsa ham,hich narsa andin yomnroq emasdur.
 
DURDONDate: Chorshanba, 16-Yan-2013, 23:56 | Message # 41
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Набавий ҳадиси шарифлар таржимаси жараёнида бир ҳадисни ўқиб жуда ҳам таъсирландим. Бир ҳафтагача, ҳадисни эсладим дегунимча кўзларимдан ёш оқиб кетаверди.
Мен таъсирланган ҳадис, асирларнинг тўлови ҳақидаги бобда келган эди. Унда Зайнаб розияллоҳу анҳо умр йўлдошлари Абул Осс асирга тушганида, уни озод қилиш учун юборган тўловлари ва тўловга келган нарсаларни Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам кўрганларида қандай ҳолатга тушганлари ҳақида гап кетар эди.
Зайнаб розияллоҳу анҳо Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ва Хадича онамизнинг иккинчи фарзандлари, қизларнинг тўнғичи эдилар. Ота-она Зайнабни Ислом келишидан аввал холаларининг ўғли Абул Оссга турмушга беришди. Эр-хотин бир бирларига жуда муҳаббатли эдилар. Лекин Ислом келгач, Зайнаб дарҳол Исломни қабул қилдилар. Абул Осс эса, мусулмон бўлишдан бош тортди. У хотинини севар эди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга ва у зотнинг оилаларига душманлиги йўқ эди.
Зайнаб розияллоҳу анҳо ҳамма Мадинаи Мунавварага ҳижрат қилиб кетганида ҳам кетмай эрлари билан қолдилар. У пайтда муслималарга мушрик эрлари билан яшаш ҳали ман қилинмаган эди.
Исломга киришни ман қилган сабаб Абул Оссни мусулмонларга қарши жангда иштирок этишга ҳам мажбур қилди. Бадрга боришга борди-ю, қўлига қурол олмай бир четда тураверди. Кейин асирга тушди.
Бадр урушида етмишта мушрик қатл қилинди. Етмиштаси асирга олинди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам асирларни тавон олиб озод қилишни маъқул кўрдилар. Бадр урушида асир тушган мушриклар ичида Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламнинг куёвлари, яъни қизлари Зайнаб розияллоҳу анҳонинг эри Абул Осс ҳам бор эди. «Асирларни қариндошлари товон тўлаб, озод қилиб олишлари мумкин», деган амр чиққанидан кейин одамлар ўз яқинларини озод қилиб ола бошладилар.
Абул Осснинг укаси ҳам бир халтача олиб келиб, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга тутқазди ва акасининг тўлови эканини айтди. У зот халтани очиб, қизлари Зайнабнинг тақинчоқларини кўрдилар. Зайнаб розияллоҳу анҳо эри Абул Оссни озод қилиш учун ўз тақинчоқларини юборган эдилар. Тақинчоқлар ичида бир мунчоқ ҳам бор эди. Уни Зайнаб розияллоҳу анҳога тўйи куни онаси Хадича бинти Хувайлид розияллоҳу анҳо совға қилган эдилар.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ўша мунчоқни кўриб, кўнгиллари ғалати бўлиб, туриб қолдилар. Бу ҳолни сезган саҳобаи киромлар ҳам жим бўлиб, бир-бирларига қарадилар. У зот: «Агар унинг асирини бўшатиб, мунчоғини қайтариб беришни раво кўрсангиз, ўшандоқ қилинглар», дедилар.
"Хўп бўлади, эй Аллоҳнинг Расули", дейишди саҳобалар.
Вафодор муслима аёлнинг мушрик эрини асирликдан қутқариб олиш учун аёл зотига азиз бўлган тақинчоқларини тўловга юбориши, тақинчоқлар ичида онасидан ёдгорлик бўлиб қолган мунчоқ ҳам борлиги Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг хотираларига вафот этиб кетган Хадича онамизни, эрини деб Маккада қолиб кетган қизлари Зайнабни солган эди. У зот алайҳиссалом севикли жуфти ҳалоллари Хадича розияллоҳу анҳони ва жигаргўшалари Зайнаб розияллоҳу анҳони иккиларини бирлаштириб турадиган мунчоқни кўриб яна бир бор эслаган эдилар.
Абул Осс ибн Робийъ асирликдан бўшатилиши билан Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам уни ўз ҳузурларига чорлаб, қулоғига бир нималар дедилар. Абул Осс ибн Робийъ бошини қимирлатиб, «Хўп, хўп», деганга ўхшаган ишора қилди. Кейин у асирликдан озод бўлганидан фойдаланиб, Маккага равона бўлди. Зайнаб розияллоҳу анҳо асирликдан қутулиб келган Абул Осс ибн Робийъни қувонч билан кутиб олдилар. Ўзаро суҳбатларининг аввалидаёқ Абул Осс ибн Робийъ Зайнаб розияллоҳу анҳога тезроқ Мадинага жўнашлари кераклигини айтди. Ўзаро савол-жавоблардан кейин Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Абул Осс ибн Робийънинг қулоғига айтган гаплар у Маккага қайтиб бориши билан Зайнаб розияллоҳу анҳони Мадинага юбориши ва бу ишни ўта махфий равишда қилмоқ кераклиги ҳақидаги гаплар эканлиги маълум бўлди. Абул Осс ибн Робийъ Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга берган ваъдасининг устидан чиқмоғи зарурлигини айтиб, туриб олди.
Хадича онамиздан қизларига ёдгорлик бўлиб қолган мунчоқ Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга у кишини эслатибгина қолмай қизлари Зайнабни Маккадан Мадинага чорлашга ҳам сабаб бўлган эди.
Зайнаб розияллоҳу анҳо Мадинаи Мунавварага келганларидан кейин олти йил Мадинада эрларидан алоҳида ҳолда истиқомат қилдилар. Абул Осс ибн Робийъ Маккада кейинроқ Исломни қабул қилди ва мусулмон, муҳожир бўлган ҳолида ҳижрий еттинчи сананинг Муҳаррамида Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳузурларига қайтиб келди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам унга Зайнабни аввалги никоҳ ила қайтариб бердилар.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Зайнаб розияллоҳу анҳо ва у кишининг оиласини ҳеч қачон ўз эътиборларидан қочирмас эдилар. У зот улардан хабар олиб турар, уларни хурсанд қиладиган ишларни амалга оширар эдилар. Зайнаб розияллоҳу анҳонинг кичкинтой қизлари Умома Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг эркатойларига айланган эди.
Имом Бухорий ва бошқалар Абу Қатодадан ривоят қиладилар: «Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг одамларга ‎имом бўлиб намоз ўқиётганларини кўрдим. Умома бинти Абул Осс елкаларида эди. Бас, қачон рукуъ қилсалар, уни ерга қўяр ва саждадан турсалар, қайтариб олар эдилар».
Бир куни Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга мунчоқ ҳадя қилинди. У зот буни аҳлимдан мен учун энг маҳбубига бераман, дедилар. Аёллар уни Абу Қуҳофанинг қизига берадилар, дейишди. Яъни Оиша розияллоҳу анҳога. Лекин Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Зайнабнинг қизи Умомани чақириб, мунчоқни бўйнига илиб қўйдилар.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Умомага бу мунчоқни берганларида вафодор умр йўлдоши ўлароқ ўзларидан анча олдин ўтиб кетган Хадича розияллоҳу анҳонинг ёрқин хотираларини эсга олган бўлсалар ажаб эмас. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Умомага бу мунчоқни берганларида меҳрибон ота ўлароқ ўзларидан аввал ўтиб кетган тўнғич қизлари Зайнаб розияллоҳу анҳони ёрқин хотираларини эсга олган бўлсалар, ажаб эмас.
Бу бахтли қиз Умома, момоси Хадича розияллоҳу анҳонинг мунчоқларини, онаси Зайнаб розияллоҳу анҳонинг мунчоқларини ва ўша мунчоққа қўшиб Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг муҳаббатларини меросга олган қиз бўлиб қолди.
Умоманинг мунчоғи ҳақидаги хабар яна ҳам таъсирли бўлди. Бу тъасир унинг момоси Хадича онамнинг мунчоғининг таъсиридан эди. Бу таъсир унинг онаси Зайнаб онамнинг мунчоғи таъсиридан эди. Яна кўзимдан ёш мунчоқ, мунчоқ бўлиб оқа бошлади...

Одинахон Муҳаммад Юсуф


 
DURDONDate: Seshanba, 05-Fev-2013, 20:34 | Message # 42
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
1217-hadis. Sulaymon ibn Jobir Hujaymiy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga kelganimda, ul zot burdaga o'ralib olgan edilar, uning etaklari oyoqlarigacha tushib turardi. Men: "Ey, Allohning Rasuli, menga nasihat qiling", dedim. Ul zot: "Allohdan qo'rq, hech bir yaxshilikni arzimas sanama, suvsagan bir odamning idishini chelagingdagi suv bilan to'latib berish yoki birodaringga ochiq chehra bilan gapirish bilan bo'lsa-da yaxshilik qil. Ustki kiyiming (izor)ini uzun kiyishdan saqlan, chunki u Alloh yoqgirmaydigan ishlardandir. Bir kishi sendan biron kamchilik topib, tanbih bersa, sen uning ay-bini topib tanbih berma! Qo'y uni! Uning fikri o'zi-ga (zarariga)dir, savobi senga bo'ladi. Hech narsani so'kma", deya nasihat qildilar". Jobir (r.a.) aytdilar: "Shundan keyin men hech bir insonni ham, hayvonni ham so'kmadim".

 
DURDONDate: Payshanba, 07-Fev-2013, 16:26 | Message # 43
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: "Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: “Сизлардан пастроқ бўлганларга қаранглар, сизлардан юқорироқ бўлганларга қараманглар. Чунки бундай (қилишингиз) Аллоҳ сизларга берган неъматларини паст санамасликка олиб келади”. Муслим ривояти.
Шарҳ. Бу ҳадис бандани шукр қилишга чақиради. “Сизлардан пастроқ” дейишдан мурод - дунёда пастроқ бўлганлар. Банда касалликка учраган кишига қараб саломатлик билан афзал қилинганлигига шукр қилади. Ҳилқатида камчилиги бўлган киши, масалан, кўр, кар, соқовга қараб ўзидаги мукаммалликка шукр қилади. Дунё билан мубтало бўлган, мол-дунё йиғиб унинг ҳаққини адо этмаганга қараб, ўзининг оз мол-дунё берилиб афзал қилинганлигини билади. Қаттиқ фақирлик ёки катта қарзга ботганга қараб бу икки ҳолатдан саломат бўлганлигини билади ва Роббиси берган нарсага иқрор бўлади. Дунёда яхшилик ёки ёмонликкка кимки мубтало бўлган бўлса ҳам, ундан ҳам кўпроқ мусибатга мубтало бўлган кишини албатта топади-да, бу унга тасалли бўлиб, бошқалар мубтало бўлган мусибатга йўлиқмаганига шукр қилади.
Шу билан бирга банда ўзидан динда баландроқ бўлганга қарайди-да, ўзини динда нуқсонли билиб, неъматларни ато қилган Эгасидан уялишни бошлайди. Ва тавба эшикларини надомат бармоқлари билан тақиллатади.


 
DURDONDate: Chorshanba, 20-Fev-2013, 03:14 | Message # 44
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
‎"Кимда-ким Исломдан ўзга дин истаса, бас (унинг «дини» Оллоҳ ҳузурида) ҳаргиз қабул қилинмайди ва у охиратда зиён кўрувчилардандир." (Оли Имрон: 85)

Имом Муслимнинг «Саҳиҳ» ҳадислар девонида Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ушбу ҳадислари нақл қилинган: «Жоним қўлида бўлган Зотга қасамки, бу Уммат ичидан мени эшитган яҳудий ва насронийларнинг ҳар бири Мен билан бирга юборилган нарсаларга иймон келтирмай оламдан кўз юмса, жаҳаннам аҳлидан бўлади».


 
DURDONDate: Dushanba, 25-Fev-2013, 07:08 | Message # 45
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
ҚурЪон ЎҚиш ва уни таЪлим олиш
Расулуллоҳ(C.А.В)дедилар: «Сизларнинг энг яхшингиз Қуръондан таълим олган ва уни таълим берганингиздир» (Бухорий «Саҳиҳ»ида Усмон ибн Аффон(Р.А)дан ривоят қилган). Расулуллоҳ(C.А.В)дедилар: «Қуръон ўқийдиган мўмин кишининг мисоли утружжа (хушбўй ва хуштаъм мева) кабидирки, унинг таъми ҳам, ҳиди ҳам ёқимлидир. Қуръон ўқимайдиган мўмин кишининг мисоли хурмога ўхшайди - унинг таъми ёқимлигу, аммо ҳиди йўқ. Қуръон ўқийдиган мунофиқнинг мисоли райҳон кабидир - унинг ҳиди ёқимлигу, аммо таъми аччиқ. Қуръон ўқимайдиган мунофиқнинг мисоли ҳанзалага ўхшайди - унинг таъми аччиқ, ҳиди эса йўқ» (Бухорий ва Муслим ўз «Саҳиҳ»ларида Абу Мусо Ашъарий (Р.А)дан ривоят қилиб келтиришган).


 
DURDONDate: Shanba, 09-Mar-2013, 02:37 | Message # 46
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Ҳар бирингизнинг халқ қилинишингиз онангиз қорнида маний ҳолда қирқ кун тўпланиб туради. Сўнгра яна шунча кунда қуюқ қон ва яна шунча кунда бир парча гўштга айланади. Кейин бир фаришта (онангиз қорнига) юборилиб, унга руҳ пуфлайди ва тўрт сўзни, яъни ризқингизни, ажалингизни, қандай амал қилишингизни ва бахтсиз ёки бахтлилигингизни ёзиб қўймоққа буюрилади. Ундан бошқа илоҳ йўқ бўлган Зот (Аллоҳ)га қасамки, сизлардан бирингиз ўзи билан жаннат ўртасида бир газ масофа қолгунча жаннат аҳли амалини қилиб юради-да, пировардида (онаси қорнида битилган) тақдири унга пешвоз чиқиб, дўзах аҳлига мансуб бир ишни қилиб қўяди ва дўзахга равона бўлади. Сизлардан бирингиз ўзи билан дўзах ўртасида бир газ масофа қолгунча дўзахийларга хос ишларни қилиб юради-да, пировардида (онаси қорнида битилган) тақдири унга пешвоз чиқиб, жаннат аҳли амалини қилиб қўяди ва жаннатга равона бўлади».
Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.


 
DURDONDate: Yakshanba, 18-Avg-2013, 02:30 | Message # 47
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганлар:

«Ким барча ғамларини битта ғам – охират ғамига айлантирса, Аллоҳ унинг бошқа ғамларига Ўзи кифоя қилади. Ким дунё ғамларини ўзига қаторлаштирса, қай водийда ҳалок бўлса бўлсин, Аллоҳ унга парво қилмайди.»


 
DURDONDate: Juma, 22-Noya-2013, 02:19 | Message # 48
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Rasulullox,
sollalloxu alayxi va
sallam dedilar:

" Kimki bir kunda yuz marta: " Ла
илаха иллаллоху вахдаху ла
шарийка лах, лахул мулку, ва
лахул хамду, ва хува ъала
кулли шайъин кодир "
Ma'nosi
" Sherigi yo'q, yolg'iz Alloxdan
O'zga xaq ilox yo'q. Barcha mulk
va maqtov Ungagina xosdir. Va U
xar bir narsaga Qodirdir ",
deb
aytsa,

Unga
o'nta qul ozod qilganning
ajru-savobi bo'lib,
Yuzta xasanot
kitobat qilinadi
va yuzta gunoxi
o'chiriladi.
Hamda o'sha kuni to
kech kirg'uzguncha shaytondan
xifzu-ximoyada bo'ladi.

Ushbu
kishidan ko'ra undan ko'proq
amal
qilgandan o'zga biror kishi
afzalroq amal qilolmaydi "
Buxoriy [3293], Muslim [2691]


 
DURDONDate: Payshanba, 02-Yan-2014, 04:25 | Message # 49
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Абу Ҳурайрадан р.а. ривоят қилинади. Расулуллоҳ с.а.в. : «Кучли мўмин Аллоҳ таолога кучсиз мўминдан маҳбуброқдир. Ҳар бирларида яхшилик бордир. Сенга фойдаси бор нарсага ҳарис бўл. Аллоҳдан ёрдам сўра. Ожиз бўлмагин. Агар сенга бирор мусибат етса, ундай қилганимда, бундай бўларди, демагин. Лекин Аллоҳнинг тақдири, нимани хоҳласа, ўшани қилади, дегин. Чунки «агар» сўзи шайтон амали учун йўл очади», дедилар. Имом Муслим ривоятлари.

 
DURDONDate: Payshanba, 02-Yan-2014, 04:26 | Message # 50
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Абу Ҳурайрадан р.а. ривоят қилинади. Бир киши Расулуллоҳ с.а.в. ҳузурларига келиб: «Эй Аллоҳнинг расули, қайси садақанинг ажри улуғроқ?» деганида, у зот: «Ўзинг соғ, ҳирсли, қизғанчиқ, камбағалликдан қўрқиб, бойликни орзу қилиб турган пайтингдаги садақанг энг улуғ ажрлидир. Жонинг ҳалқумингга етиб боргунча (садақа қилишни) кечиктирмагин. Сен (жонинг халқумингга борганида) фалончига унчаси, пистончига бунчаси, деб айтасан. Ҳақиқатда фалончига бунчаси бўлади (яъни, ўзингга ҳеч қанақа савоб бўлмайди)», дедилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.

 
DURDONDate: Payshanba, 02-Yan-2014, 04:31 | Message # 51
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Абу Ҳурайрадан р.а. ривоят қилинади. Бу зот Расулуллоҳ с.а.в. дан қуйидаги ҳикояни эшитдилар: «Бани Исроилда уч нафар киши бор эди. Бири пес, бири кал ва бири кўр эди. Аллоҳ таоло уларни синамоқчи бўлиб, бир фариштани одам суратида юборди. Фаришта песни олдига бориб: «Қайси нарса сенга маҳбуброқ?» деди. Пес: «Чиройли ранг, чиройли тери ва кишилар жирканаётган мана бу нарсанинг кетишини яхши кўраман», деганида, фаришта унга қўлини суртди. Бас, ундан жирканч нарса кетиб, чиройли ранг берилди. Фаришта: «Сенга қайси бойлик яхши?» деганида, «Туя ёки мол», (ровий шак қилдилар) деди. Унга бўғоз туя берилди. Фаришта: «Сенга Аллоҳ бунда барака берсин», деди.
Фаришта калнинг олдига келиб: «Қайси нарса сенга маҳбуброқ?» деди. Кал: «Чиройли соч ва мендан мана бу кишилар жирканаётган нарсанинг кетишини яхши кўраман», деди. Фаришта унга қўлини суртди. Бас, ундан жирканч нарса кетиб, чиройли соч берилди. Фаришта: «Сенга қайси бойлик маҳбуброқ?» деганида, у киши: «Мол», деди. Унга бўғоз сигир берилди. Фаришта: «Аллоҳ сенга бунда барака берсин», деди.
Сўнгра фаришта кўрнинг олдига бориб: «Сенга қайси нарса маҳбуброқ?» деди. Кўр: «Аллоҳ менга кўзимни қайтариб берса ва кишиларни кўрсам», деди. Фаришта унга қўлини суртди. Бас, Аллоҳ таоло унга кўзини қайтариб берди. Фаришта: «Сенга қайси бойлик маҳбуброқ?» деганида, у киши: «Совлиқ қўй», деди.
Уларга берилган ҳамма жониворлар болалади. Биринчисида бир водий туя, иккинчисида бир водий мол, учинчисида бир водий қўй бўлди. Кейин фаришта аввалги сурати ва ҳайъатида келиб: «Бечора кишиман. Сафарим захиралари тугаб қолди. Бугун (ватанимга) етмоқлигимнинг иложи йўқ. Фақатгина Аллоҳнинг карами, сўнгра сенинг ёрдаминг билангина етиб оламан. Шунинг учун сендан чиройли ранг, чиройли тери ва бойлик берган Аллоҳ ҳурмати бир дона туя сўрайман. Мен бу сафаримда у туя билан (ватанимга) етиб оламан», деганида, ҳалиги пес: «Бериладиган ҳақлар кўпдир», деди. Фаришта: «Мен сени гўёки (аввал) кўргандекман. Сен кишилар жирканадиган пес бўлмаганмидинг? (Кейин) Аллоҳ сенга бойлик бермаганмиди?» деганида, ҳалиги пес: «Катта боболардан бу бойликни мерос қилиб олдим», деди. Фаришта: «Агар ёлғончи бўлсанг, Аллоҳ сени аввалги ҳолатингга қайтариб қўйсинми?!» деди.
Сўнгра аввалги сурати ва ҳайъатида калнинг олдига борди. Унга ҳам песга айтган нарсаларни айтганида, кал ҳам пес жавоб қилган нарсаларни айтди. Фаришта: «Агар ёлғончи бўлсанг, Аллоҳ сени аввалги ҳолатингга қайтариб қўйсинми?!» деди.
Сўнгра у аввалги сурати ва ҳайъатида кўрнинг олдига борди. Ва: «Мен мусофир бечора кишиман. Сафарим воситалари тугаб қолди. Мен бугун (ватанимга) етмоқлигимнинг иложи йўқ. Фақатгина Аллоҳнинг карами, сўнгра сенинг ёрдаминг билангина етиб оламан. Шунинг учун сендан кўзингни қайтариб берган Аллоҳ ҳурмати бир дона қўй сўрайман. Мен бу сафаримда у қўй билан (ватанимга) етиб оламан», деганида, ҳалиги кўр киши: «Ҳақиқатда мен кўр эдим. Аллоҳ менга кўзимни қайтиб берди. Сен бу қўйдан хоҳлаганингни олиб, хоҳлаганингни тарк қил. Аллоҳга қасамки, Аллоҳ таоло йўлида бугун бирорта нарса олсанг, қийинчиликка қўймайман», деди. Шунда фаришта: «Молингни ўзинг ол. Сизлар имтиҳон қилиндингизлар. Аллоҳ сендан рози бўлиб, икки оғайнингдан ғазабланди», деб айтди». Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.


 
Forum » ISLOM » Quron duolari va hadislar! » SIZ TASIRLANGAN HADIS
  • Page 2 of 2
  • «
  • 1
  • 2
Search: