Qurbon hayiti haqida qisqacha
Aziz birodarlar! Qurbon hayitini nima uchun bayram qilamiz, bilasizlarmi? Ba'zilarimiz bilamiz, ammo ko'pchiligimiz bilmasligimi mumkin. Bilganlarimiz to'liq aytib bera olmaymiz, to'g'rimi ?

ADAShGAN ODAMLAR

Qadim zamonda odamlar Allohni esdan chiqarib qo'ygandilar. Musulmonlik nima ekanini bilmasdilar. o'zlaricha toshlarni xudo deb ibodat qilib yurishardi. Ularning «xudo»lari juda ham ko'p edi. Odamlar o'zlarining qo'llari bilan toshlardan har xil xaykallar yasab olib, mana shular xudo deb sig'inishar edi. O'sha tosh «xudo»larga sajda qilishardi. Kasal bo'lib qolishsa, o'shalardan shifo so'rashardi. Boshlariga qattiq kunlar kelsa ham yana o'sha toshlardan yordam so'rashardi.
Qishloqning o'rtasida katta bir uy bor edi. Uning ichi tosh «xudo»lar - butlarga to'la edi. Odamlar bayram kunlari o'sha uyga borib «xudo»larining oldiga ovqat, suv ko'yishardi. U «xudo»lar hech nima yemasa, ichmasa ham odamlar shunday qilaverishardi. Chunki ularni shayton aldab, yo'ldan adashtirib yuborgan edi.
Qishloqda Ozar ismli kishi yashardi. U ham boshqa odamlarga o'xshab butlarga sajda qilardi. U mana shu butlarni yasaydigan usta edi. Ozar uyida o'zining qo'li bilan «xudo» yasab, keyin uni bozorga olib borib sotardi.

AQLLI BOLA

Ozarning bir o'g'li bor edi. U juda aqlli bola bo'lib, ismi Ibrohim edi. U butlarga sajda qilayotgan odamlarni ko'rib hayron bo'lardi. Ibrohim bu «xudo»larning aslida tosh ekanini yaxshi bilardi. Bu toshlar gapirmaydi, hech narsani eshitmaydi, bilmaydi-ku, deb aytar edi u. Hatto pashshalar bu «xudo»larning ustiga o'tirib olsa ham ular o'zidan hayday olmaydi. Oldilariga qo'yilgan ovqatlarni sichqonlar yeb ketsa ham jim turaveradi. Ibrohim o'zicha o'ylardi: Nima uchun odamlar bu butlarga sajda qilisharkinq Nima uchun odamlar bu yolg'on xudolardan yordam so'rasharkinq Axir bu toshlar o'zini o'zi pashshadan ham himoya qila olmaydi-ku, qanday qilib boshqa odamlarga yordam beradi ?

IBROHIMNING SAVOLI

Ibrohim yosh bo'lsa ham juda ziyrak edi. U otasiga va odamlarga savol berardi:
- Nima uchun sizlar o'zinglar qo'lingiz bilan yasagan xaykallarga sig'inasizlarq Nima uchun bularning oyog'iga yiqilib yordam so'raysizlarq Axir bular hech narsani eshitmaydi, ko'rmaydi-ku ? Nega bularga ovqat berasizlarq Ular hech narsa yemaydi, ichmaydi-kuq!
Odamlar Ibrohimning gaplariga quloq solishmasdi. Uning gaplarini yoqtirishmasdi. Chunki odamlar to'g'ri yo'lni yo'qotib qo'yishgan edi. Haqiqatni tushunishmas edi. Ibrohimning so'zlaridan odamlarning jahllari chiqa boshladi. Bu yosh bola bizga aql o'rgatayaptimi, deb achchiqlari keladigan bo'lib qoldi.

BAYRAMDAGI VOQEA

Bir kuni qishloqda katta bayram bo'ldi. U bayram kofirlarning bayrami edi. Odamlar va bolalar shu kuni xursand bo'lib ko'chalarga chiqdilar. Ibrohim esa bayramga chiqmadi. U bu bayramni yomon ko'rardi. Undan «Sen nima uchun bayramga chiqmayapsanq», deb so'rashdi. U «Men kasalman», deb javob berdi. Hamma bayramga ketdi. Ibrohimning o'zi uyda yolg'iz qoldi. Odamlar qishloqdagi butlar qo'yilgan uyga kelib, o'zlarining «xudo»lariga ovqat berdilar. Toshdan yasalgan butlarning oldiga har xil mevalar va ichimliklar qo'ydilar. Ular biz yo'q paytimizda xudolarimiz bularni yeydi, deb o'ylashardi. Keyin odamlar bu ibodatxonadan chiqib, katta maydonga ketdilar. Kechgacha o'sha yerda o'yin-kulgi qilib bayram qilib yurdilar. Odamlar o'yin va tomosha bilan ovora bo'lib turgan paytlarida Ibrohim butlar turgan uyga bordi. Uyning ichkarisiga kirib qarasa, butlarning oldida har xil ovqatlar turibdi. U butlarga qarab: «Emaysizlarmi bularni?!»- dedi. Yana u: «Ha, gapirmaysizlarmi, eshitmayapsizlarmi gaplarimni?»- dedi. Butlar jim-jit edilar. Chunki ular tosh-da. Shundan keyin Ibrohim qo'liga boltani olib butlarni bitta-bitta chopib sindira boshladi. Uyning ichidagi hamma butlarni bitta qo'ymay sindirib parcha-parcha qilib chiqdi. Ammo eng katta butni ataylab sindirmadi. Keyin boltani o'sha katta butning bo'yniga osib qo'ydi va uyiga ketdi.

IBROHIM HAMMANI MOT QILADI

Bayram tamom bo'lib odamlar uylariga qayta boshlashdi. Odat bo'yicha ular bayramdan qaytishda yana bir marta ibodatxonaga kirib ketar edilar. Bir mahal ular butlar turgan uyga kirib qarasalar, xonadagi hamma «xudo»lar ag'anab-dumalab, sinib yotibdi. Buni ko'rib ba'zilari yig'ladilar. Boshqalarining qattiq jahllari chiqdi.
- Kim qildi buni?...
Hamma bir-biriga shu savolni berar edi. Ichlaridan bittalari bunday dedi:
- Ibrohim degan bir bola bor, o'sha bizning xudolarimizni gapirib yomonlab yurardi, shu qilgan buni!
Odamlar Ibrohimning oldiga yugurib ketishdi.
- Ey Ibrohim, sen qildingmi bu ishniq!- deb so'rar edi hamma.
Ibrohim esa u odamlarning ustidan kulib shunday dedi:
- Yo'q, men emas. Bu ishni shu «xudo»larning kattasi qilgan. Ana o'sha «xudo»larning o'zidan so'ranglar. Ular xudo bo'lsa, gapirsin. O'zlari aytib bersin kim qilganini!
Odamlar «xudo»larining tosh ekanini, ular gapirmasligini bilardilar. Ammo bilsalar ham yana shu toshlarni xudo deyaverar edilar. Chunki ularni shayton yo'ldan urgan edi.
Odamlar majbur bo'lib Ibrohimga dedilar:
- Axir bular gapirmaydi-ku, qanday qilib so'raymiz ?
Ibrohim:
- Unday bo'lsa, nima uchun gapirmaydigan, hech narsani tushunmaydigan shu toshlardan yordam so'raysizlar ? Aqllaringizni nega ishlatmaysizlar ? - dedi.
Shunda odamlar nima deyishni bilmay dovdirab qoldilar. Ibrohimning oldida qattiq hijolat bo'ldilar.

KOFIRLAR IBROHIMNI OLOVDA YOQMOQCHI!

Odamlar Ibrohimning oldidan ketganlaridan keyin o'zlari yig'ilishdi. Bo'lgan voqea haqida bir-birlari bilan gaplasha boshladilar:
- Endi nima qilamiz ?...
- Ibrohim bizning xudolarmizni sindirdi, xorladi! Uni shunday tashlab qo'yib bo'lmaydi!
- Uni jazolash kerak!
- Uni o'ldirish kerak!
- Uni olovda kuydirish kerak!
Shunday qilib kofirlar Ibrohimni olovga tashlab yondirishga qaror qildilar. Odamlar bir necha kun o'tin to'pladilar. Keyin kattakon gulxan yoqdilar. Gulxan rosa qizigandan so'ng Ibrohimni tutib kelib olovga otib yubordilar. Ammo Ibrohim bu ishlardan hecham qo'rqmadi. Kofirlardan yordam so'ramadi ham. «Meni kechiringlar, kuydirmanglar, o'ldirmanglar!» deb yalinmadi.

ALLOHNING MO'JIZASI

Ibrohim yaxshi bilardiki, Alloh bor! Alloh hamma narsani ko'rib, bilib turadi. Odam bolasiga Undan boshqa hech kim zarar yetkaza olmaydi. Agar Alloh xohlasa, insonga zarar yetadi. Alloh xohlamasa, zarar yetmaydi. Alloh xohlasagina odam o'ladi. Alloh xohlasa, insonni o'limdan qutqaradi. Bandasini har qanday baloning ichida ham salomat saqlab qoladi. Haqiqatan ham shunday bo'ldi. Kofirlar Ibrohimni olovga tashlagan paytlarida Alloh osmondan buyruq yubordi: «Ey olov, sovugin va Ibrohimni salomat saqlagin!».
Dunyodagi hamma narsa Allohniki. Osmon ham, yer ham, o't ham, suv ham Uniki. G'amma narsa Allohning buyrug'iga bo'ysunadi.
Olov ham Allohga bo'ysundi. Lovullab yonib turgan o't bir pasda pasayib, o'chib qoldi. U Ibrohimga zarracha ham zarar yetkazmadi. Uning bitta ham tukini kuydirmadi. Odamlar Ibrohim kuyib o'ldi, deb o'ylagan edilar. Lekin bir mahal qarasalar... Ibrohim tirik! Unga hech narsa bo'lmabdi.
Odamlar baqirib yubordilar:
- Ibrohim tirik! Ibrohim tirik!
- Qaranglar, qaranglar, olov kuydirmadi-ya uni!...
Hamma odamlar hayron bo'lib qotib qoldilar.

ALLOH IBROHIMNI MUKOFOTLADI

...Alloh Taolo Ibrohimni chin iymonli bola bo'lgani uchun o'limdan saqladi. Keyin unga ilm berdi. Alloh Ibrohimga O'zini tanitdi. Unga Islomni o'rgatdi. Ibrohim yolg'iz Allohga ibodat qila boshladi. Alloh Ibrohimning qo'rqmas, iymoni kuchli yigit bo'lgani sababli yaxshi ko'rib qoldi. Shundan keyin uni paygambar kilib sayladi. O'ziga eng yaqin do'st qilib oldi. Odamlar Ibrohim Xaliylulloh, deydigan bo'ldilar. Xaliylulloh Allohning eng yaqin do'sti, degani edi.
Alloh Ibrohim alayxis-salomga odamlarni Allohning yo'liga chaqirishni buyurdi. U Ibrohim payg'ambarga: «Odamlarga ayting, ular butlarga ibodat qilishdan to'xtasinlar», dedi.
Ibrohim alayxis-salom odamlarni Allohning diniga da'vat qila boshladilar. U kishi oddiy insonlarni ham, zolim podsholarni ham Islom diniga chaqirar edilar. Haq so'zlari bilan yomonlikka qarshi jihod qilardilar. G'ech kimdan qo'rqmas edilar. Ko'pgina kishilar adashgan yo'llaridan qaytib musulmon bo'lishdi.
Ibrohim payg'ambar 66 yoshga kirganlarida Alloh u kishiga chiroyli bir o'g'il berdi. O'g'illariga Ismoil deb ot qo'ydilar. Ibrohim payg'ambar chaqaloq o'g'illari Ismoilni va xotinlari G'ojarni olib yo'lga chiqdilar. Ularni uzoqdagi bir cho'lga olib borib qo'yib keldilar. Alloh u kishiga shunday qilishni buyurgan edi. Ismoil va Hojar onamiz uchun Alloh o'sha cho'lda yerning tagidan Zam-zam bulog'ini chiqarib berdi. Ular yashayotgan sahro keyin Makka degan ulug' shaharga aylandi.

ALLOHNING IMTIXONI

Ibrohim payg'ambar o'g'illarini juda yaxshi ko'rardilar. Chunki o'g'illari aqlli va yaxshi bola bo'lgan edi. Ibrohim alayxis-salom nima desalar, «Xo'p bo'ladi otajon!»- deb aytganlarini qilardi. Ota-bola ikkovlari Allohga qattiq iymon keltirishgan edi.
Alloh Ibrohim va Ismoil alayximas-salomlarni imtihon qilmokchi bo'ldi. Nima uchunq Chunki ularning iymonlari qay darajada kuchli ekanini boshqalar ko'rishi kerak edi. Odamlar ulardan o'rnak olishlari kerak edi-da.
Bir kuni Ibrohim alayxis-salom tush ko'rdilar. Tushlarida o'g'illari Ismoilni so'yayotgan emishlar. Payg'ambarlarning tushlari doimo rost bo'ladi. Ibrohim payg'ambar ham bu tushlarini Allohning buyrug'i deb tushundilar. U kishi o'g'illarini juda yaxshi ko'rardilar. Lekin shunday bo'lsa ham Allohning buyrug'ini bajarishni xohladilar. Ismoilga dedilar:
- O'g'lim, men seni tushimda so'yayotgan ekanman, sen shunga nima deysan?
O'g'illari dono va odobli bola edi. U hech ikkilanmasdan darhol javob qaytardi:
- Ey Otajon, sizga nima buyurilgan bo'lsa, o'sha ishni qilavering. Men inshoalloh hamma narsaga sabr qilaman.
Ibrohim alayxis-salom o'g`illarining javobidan xursand bo'ldilar. Uni yetaklab bir qo'llarida pichoq bilan shahardan tashqariga yo'l oldilar. Mino degan joyga yetib kelib to'xtadilar. Shu yerda o'g'illarini qurbonlik qilmokchi bo'ldilar. Ismoil ham otaning va Allohning buyrug'iga bo'ysunib yerga yotdi. Ibrohim alayxis-salom o'g'illarining tomog'iga pichoqni tiradilar. Ismoilni so'ymoqchi bo'lib rosa harakat qildilar. Biroq pichoq Ismoilni hecham kesmadi... Alloh pichoqqa kesmagin deb buyruq berib qo'ygan edi.

IBRAT

Dunyodagi hamma narsa Allohniki. Hamma narsa Allohga bo'ysunadi. Pichoq ham olov kabi Allohning buyrug'ini bajaradi.
Alloh pichoqqa kesmagin deb buyruq bergan edi. Pichoq Allohning aytganini qildi. Ismoilning bo'ynini ozgina bo'lsa ham kesmadi. Ilgari olov ham Allohning aytganini qilib, Ibrohimni kuydirmagan edi. Kofirlar Ibrohimni yoshlik paytida olovga tashlab yondirmoqchi bo'lgandi. O'shanda ham Alloh olovga «Ibrohimni kuydirmagin!» deb buyruk berib qo'ygan edi.
Bu gal Alloh Ismoilni so'yishga buyurib, Ibrohimni sinab ko'rmoqchi edi, xolos. Qani, u Allohni ko'proq yaxshi ko'radimi yoki o'g'linimiq Ibrohim alayxis-salom hech xafa bo'lmasdan Allohning aytganini qilaverdilar. Shuning uchun Allohning imtihonidan yaxshi o'tdilar. U kishi ham, o'g'illari ham Allohni hammadan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rishlari isbot bo'ldi. Ismoilning onalari Hojar ona ham taqvoli va juda odobli ayol edilar. O'g'illarini ham mana shunday tarbiya qilgan edilar. Bu hamma musulmonlarga ibrat bo'lib qoldi.
Musulmonlar ham hammadan ko'ra ko'proq Allohni yaxshi ko'rishlari kerak. Hatto o'zlarining jonlaridan ham Allohni yaxshi ko'rishlari lozim. Alloh nimani buyursa, «Xo'p bo'ladi!» deb bajarishlari kerak. Ana shunda ularni ham Alloh xuddi Ibrohim va Ismoilni yaxshi ko'rgandek yaxshi ko'radi. Ana shunda Alloh musulmonlarga ham xuddi Ibrohim va Ismoilga yordam bergandek yordam beradi.

QIYINChILIKDAN SO'NG XURSANDLIK

Ibrohim payg'ambarning qo'llaridagi pichoq Allohning buyrug'i bilan o'tmas bo'lib qolgan edi. Ibrohim alayxis-salom nima qilishlarini bilmay hayron bo'lib turgan vaqtlarida Alloh osmondan nido qildi: «Ey Ibrohim! Sen tushingda olgan buyruqni bajarding!». Ibrohim alayxis-salom boshlarini ko'tarib qarasalar, xazrati Jabroil farishta «Allohu Akbar, Allohu Akbar», deb bir qo'chqorni haydab kelayaptilar. Alloh Ibrohim payg'ambarga Ismoilni ozod qilishni buyurdi. Ibrohim alayxis-salom o'g'illarini qurbonlik qilolmagan bo'lsalar ham Alloh Ismoilni qurbonlik qilindi deb hisob qildi. Uning o'rniga Jabroil farishta olib kelgan qo'chqorni so'yib qurbonlik qilishni tayinladi. Alloh bu qo'chqorni atayin jannatdan chiqartirgan edi. Alloh Ismoilni qurbonlikdan ozod qilganligini bilib, Ibrohim alayxis-salom juda ham xursand bo'ldilar. Allohga shukronalar aytib, U bergan qo'chqorni so'ydilar. Ana shundan beri musulmonlar Qurbon hayiti kelganda Allohning yo'liga qurbonlik qiladigan bo'lganlar.
Alloh ta'olo har safar yaxshi bandasini imtihon qilsa, shundan keyin unga albatta xursandlik ham beradi. Alloh ta'olo Ibrohim alayxis-salom va o'g'illarini imtihon qilib bo'lgach, ulardan rozi bo'ldi. Shundan keyin odamlar Ismoilni Zabiyhulloh deb maqtaydigan bo'ldilar. Zabiyhulloh degani Allohning qurboni, degani. Alloh hammani ham O'ziga qurbon qilishga loyiq ko'ravermaydi. Faqat O'zi yaxshi ko'radigan odamni shunday qilib xurmatlaydi.
Shundan keyin Alloh Ibrohim payg'ambar va o'g'illariga Alloh uchun bir uy qurishni buyurdi. Ular xursand bo'lib ishga kirishdilar. Ota-bola ikkovlon Ka'ba masjidini qurishdi. O'shandan buyon har yili minglab, millionlab musulmonlar Allohning uyini ziyorat qilish uchun Ka'baga hajga borishadi.

ENG ULUҒ BAYRAM

Biz har yili Qurbon hayiti kelganda bu kunni bayram qilamiz. Dunyodagi barcha musulmonlar bu kunni eng katta bayram deb biladilar. Bu bayram yaqinlashganda millionlab musulmonlar Makka shahriga borib haj qiladilar. Ibrohim va Ismoil alayhimas-salomlar yashagan joylarni ko'radilar. Ular yurgan yo'llardan yuradilar. Allohning uyi – Ka'batullohda ibodat qiladilar.
Bu bayram bizga Ibrohim va Ismoil bobolarimizning qilgan ishlarini esimizga solib turadi. Biz ularning Alloh yo'lida qilgan mehnatlari va jihodlaridan o'rnak olamiz. Biz ham ular kabi Allohning diniga da'vat qilishni xohlaymiz. Ulardek chin iymonli musulmon bo'lishga intilamiz. Islom diniga va musulmonlarga xizmat qilish – eng oliy xizmat.
Qurbon hayiti kuni Ibrohim va Ismoil alayhimas-salomlar Allohning imtihonidan o'tgan kunlari. Alloh hamma musulmonlarni bir-bir imtihon qilib ko'radi. Biz ham Allohning imtihonlaridan yaxshi o'tishga harakat qilamiz. Agar Alloh yo'lida mustahkam tursak, sinovlardan yaxshi o'tsak, Ibrohim va Ismoil payg'ambarlarga o'xshab Allohning mukofotlariga erishamiz, inshoalloh.

XOTIMA

Mana, aziz birodarlar. Qurbonlik haqidagi qissamiz ham tugadi. Sizlar bu hikoyalarni o'qib, Qurbon hayiti tarixini bilib oldinglar. Endi shundan xulosa chiqarib Ibrohim payg'ambardek qo'rqmas, botir va chin iymonli bo'laylik. Ismoil payg'ambar kabi odobli va itoatli bo'lishga harakat qilaylik. Opalaimiz hamda sinilarimiz ham Hojar onamiz kabi taqvoli va hayoli bo'lsinlar. Ana shunda hammamizni Alloh xuddi Ibrohim, Hojar va Ismoil alayhimus-salomlarni yaxshi ko'rgandek yaxshi ko'radi. Hamma ishlarimizaga, o'qishlarimizaga O'zi yordam beradi. Odamlar ham bizlarni havas qilib yurishadi.

Категория: Diniy kitoblar | Добавил: user_off (26-Noya-2009)
Просмотров: 1013 | Комментарии: 5
Всего комментариев: 1
+1  
SANJAR80 28-Noya-2009 22:29 [Материал]
Rahmat olloh rozi bo'lsin
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama uchun joy
QandQurs
So'rovnoma
Yangi ko'rinish qanday?
1. Juda zo'r
2. O'rtacha
3. Avval yahshi edi
4. Juda yomon
5. Farqi yo'q
Total of answers: 102
Dizel Narxlari shtatlar bo'yicha Truck stops