• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Sizni nima bezovta qilyapti?
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:45 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
http://img.olam.uz/n/0c/9/vrach.jpghttp://ovoza.com/images/small/2339s.jpg
Sizni nima bezovta qilyapti?
Har xil kasalliklar tabiiy usulda davolash usuli..

Sizlarga bugundan boshlab har xil kasalliklarni davolash usullarini yozib boramiz
albatta ming xil doridan ko'ra tabiiy uy sharoitida davolash haqida yozamiz
agarda sizlarda yana biror bir kasallik bezovta qilyatgan bo'lsa
to'liqroq ma'lumot kerak bo'lsa bizga izohlar orqali yozing albatta darddan tezda
halos bo'lish usullarini o'rgatamiz avval Davo Allohdan so'rab Sayt Adminlari


"Agar boshingiz og'risa"
Bosh og'rig'i turli sabablar asosida sodir
bo'ladi. Jumladan kuhna shaqiqa yani migren kasalligi shamollash turli
zaharlanishdan (jumladam is tegishi, favqulodda kimyoviy moddalardan
zaharlanish va hokazo) diqqatlikdan o'ta charchashdan toliqishdan
havoning ifloslanishidan shovqindan va yana boshqa "sabablardan bosh
qattiq siqilib og'rishi mumkin. Unda avvalo bosh og'rig'iga sababchi
omillardan xoli bo'lishga harakat qilinmog'i darkor. Yong'oqning toza
ko'k qobigi xina bilan aralashtirshtib, boshga surtilsa, og'riqni
qoldiradi. Oshqovoqni xomligida xidlang yoki suvini quloqqa tomizing.
Moychechak (romashka) gulini choy kabi damlab, ichib tursangiz miya va
bosh og'rig'ini qoldiradi. Akasning (akasiya) pokizalangan bargi va
gulini qaynatib ichilsa, bosh og'rig'i qoladi. Boshi ogrigan kishi
boshiga atirgul yog'ini surkash kerak. Gul yog'ini qo'yidagi usullarda
ajratib olish mumkin: 1. Qizil gulning soyada quritilgan gul bargidan
yarim siqim olib, bir piyola suvda suvning yarmi qolgunga qadar
qaynatiladi. So'ngra qaynatma dokadan o'tkazilib, yarim piyola kunjut
yog'i qo'shiladi. Aralashmani past olovga qo'yib, yog'ning o'zi
qolguncha qaynatiladi. 2. Qizil gulning xo'l bargidan 1,5 misqol, kunjut
yog'idan 100 misqolni shishaga solib, 40 kun quyosh tigida saqlanadi
(bir misqol 4.25 grammga teng). Agar boshingiz qattiq og'riyotgan
bo'lsa, bu kishining ichidagi qabziyatdan darak beradi. Shunda bemor
ichini muloyimlashtiruvchi omillardan bo'lmish xom sut, suyuq,
ovqatlarni iste'mol etishi, beozor surgi vositalardan bo'lmish turshak
ivitib ichishi tavsiya etiladi. Boshning qattiq og'rishi hafaqon asorati
bo'lishi mumkin. Mabodo sizda hafaqonlik mavjud bo'lsa, limon,
purtaxol, qovoq, iste'mol etish, anor ne'matlarini yeyishingiz, kiyiko't
va ko'k choylardan ichishingiz tavsiya etiladi. Nahorga xech narsa
emasdan yantoq suvini burunga tomizsangiz va bir soatdan so'ng binafsha
yog'idan burunga tomizilsa bosh og'rig'idan xoli bo'lasiz. 4,5 misqol
xina gulini 75 misqol asal va suv bilan ichsangiz bosh og'rig'idan
qutilasiz. Xantal (gorchisa)ni asal bilan qo'shib, hamir qilib,
manglayingizga qo'ysangiz, darddan xalos bo'lasiz. Oq atirgulni gulini
xo'lligida peshonangizga sursangiz, bosh og'rig'iga davo bo'ladi.
Itqovunning suvini quyoshda bug'latib, quyuq, qilib sutga aralashtirib,
burun ichiga surtsangiz, bosh og'rig'idan xalos qiladi. Mabodo bosh
og'rig'i qon bosimining pastligi yoki kam qonlik asorati bo'ladigan
bo'lsa u xolda quvvat, darmon bag'ishlovchi vositalar bo'lmish asal va
mayiz qo'shib yanchilgan yong'oq mag'zidan kuniga bir choy qoshiqdan
iste'mol qilib turish tavsiya etiladi. Boshingiz gangib og'rishi
kamqonlikdan bo'lsa u xolda olma, behi, uzum, bodomni qand bilan istemol
etish, navvotli choy ichish dardni yengillashtiradi. Bedarmonlikdan
chaklarning gung bo'lib og'rishida uzum shinnisidan iste'mol qilib
turish foyda beradi. ismaloq sharbatidan 1-2 qoshiq, miqdorida ichish
miyaning qattiq og'rishidan xalos etadi. Agar bosh qattiq yoki zirq'irab
og'risa, binafsha gulini boshga qo'yib bog'lansa, dardni
yengillashtiradi.

 "Agar tishingiz og'risa"
Odam o'zining tabiiy
tishlarini qadriga yetishi va unga bepisand bo'lishi yoxud
kasallanishiga yo'l qo'ymasligi lozim. Mutaxassis shifokorlar ham yilda
ikki bor ko'rikdan o'tkazib turishni ma'qul deb biladilar. Tish
og'rig'ini keltirib chiqaradigan juda ko'p salbiy omillar mavjudligi
qayd qilinadi. Tishni "qurt yeyishi" asab tolalarining ochilib qolishi
tishlarning og'rig'iga sababchi bo'ladi. Yanchilgan murch yoki xantaldan
(gorchisa) olib, teng miqdorda tuz qo'shib aralashtiriladi va
og'riyotgan tishga qo'yiladi. Semiz o'tning bargini chaynasangiz,
milklaridan qon ketishini to'xtataydi. Yong'oq ustidagi po'stning bir
bo'lagini og'riyotgan tishga qo'ysangiz, og'riq tuxtaydi, milklar
mustahkamlanadi. Tish milklari bushashib ketsa, har kecha qizigan va
anor gullarini ezib, milklarga oz-oz qo'yib turing. Oshqovoq xom
"go'shti" dan olingan suvga limon suvidan aralashtirib, g'arg'ara
qilinsa, tish taskin topadi. Tishingizning o'ng tomoni og'risa, chap
qo'lingiz tomiriga, aksincha bo'lsa, o'ng qo'lingiz tomiriga qirgichdan
o'tkazilgan sarimsoq, bog'lang. Shunda iztirobli darddan qutilasiz.
Sholg'om ildiz mevasi qirg'ichdan o'tkazilib 1 piyola suv bilan 15
daqiqa davomida qaynatiladi. Suzib olingach sharbati bilan og'iz
bo'shlig'i chayiladigan bo'lsa, zirq'irab og'riyotgan tishga malhamlik
qilib taskinlik beradi. Anjir mevasi asosida qaynatma tayyorlanib,
iliqligida og'iz bo'shlig'ida tutib turiladigan bo'lsa, milklarning
pilla bog'lashiga malham beradi. Qattiq og'riyotgan tishga yarimta
komfora (dorixonada bo'ladi) qo'yilib, uni chaynab yumshatilgan qog'oz
bilan mustahkamlab qo'yilsa, aziyatdan xoli bo'lasiz. Tish nish olib
milkni qirqib chiqqanida sodir bo'luvchi og'riqdan xalos bo'lish uchun
milklar kuniga bir necha marotaba nugruni (soda) bilan chayib turiladi.
Tish zirq'irab og'riyotgan tomondan quloqqa bargizubni ezib, uning suv
tomchisi tomizib turilsa, og'riq yarim soat ichida yo'qoladi. Qattiq
og'riyotgan tishning yuqorisidan uch barmoq vositasida qattiq bosib
turiladigan bo'lsa azobi asta-sekinlik bilan yo'qoladi. Tish simillab
yoki qattiq og'rib qoladigan bo'lsa, marmarak qirqbug'in, g'ozpanja
buymadoron kabi o'tlarning birontasini qaynatma bilan iliq xolida og'iz
chayiladi, iloji boricha qaynatmani og'riyotgan tish agrofida tutib
turishga harakat qilinishi kerak bo'ladi. Og'iz bo'shlig'ida sovugan
qaynatma 30 daqiqa ichida 5 martaga qadar almashtirilishi mumkin. Qattiq
og'riyotgan tish tarafi (lunj matoga o'ralgan xolda qurida pishirilgan
kartoshka tashqari tomonidan tutib turilsa, dardni yengillashtiradi.


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:46 | Message # 2
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
"Agar
ko'zingiz og'risa"

Yong'oq mag'zini ko'zga surtsangiz, ko'zdan yosh
oqishini qoldiradi. Quyon qonini ko'zga tortilsa, ko'zdagi yosh oqishini
va uning qichishini qoldiradi. Odamzod sochini kuydirib, kulini
kichigan ko'zga surtilsa, dard qoladi. Qaldirg'och go'shtini tanavvul
qilsangiz ko'zingiz ravshan bo'ladi. Loviyani havonchada yanchib surma
kabi ko'zga surtsangiz, kiprikning ichga usishini yo'qotadi. Loviya asal
bilan aralashtirilib ko'zga bog'lansa, ko'z milklarining qizarishini va
shishini yo'qotadi. Sunbula (ferula) ni qaynatib suvi bilan yuvilsa,
kizilligini yo'qotadi. Moychechak (romashka) gulidan suv bilan ko'zga
tomizsangiz ko'z og'rig'i qoladi. Lola suvidan ko'zga tomizilsa ko'z
og'rig'ini va yarasini tuzatadi. Chayonni kuydirib kulini ko'zga
surtilca ko'z zaifligini yo'qotadi. Oq echkining buyragini kabob qilib
kabobdan oqqan qatra selini ko'zga tomizilsa, ko'z illatini quvadi,
ko'zni musaffo va nurli qiladi, ko'z qorong'uligini va shabkurlikni
ketkazadi. Ko'zning yallig'lanishiga qarshi hamda zararsizlantiruvchi
beozor omil sifatila bo'tako'z gullari asosida tayyorlanadigan
damlamalardan foydalanish mumkin. Buning uchun 1-2 choy qoshiq
miqdordagi bo'tako'z gullari yarim choynak (200 g) qaynoq suv bilan 1
soat davomida (Birorta mato bilan o'ralgan xolda) damlanadida ko'zga
malham sifatida foydalaniladi. Mabodo ko'z yallig'lanadigan bo'lsa
moychechak giyohi hamda gullari asosida tayyorlanadigan damlama bilan
yuvish yaxshi natija beradi. Buning uchun 2 osh qoshiq miqdorida giyoh
mahsulotlaridan olib yarim choinak qaynoq suv bilan 1 soat davomida
damlanadi so'ngra sharbatni suzib olib ko'zni yuvish uchun
foydalaniladi. Ko'z silliq pardasining yallig'lanishiga qizil maymunjon
bargini pokizalangan xolda qo'yilishi dardni yengillashtiradi. Yumshoq
xom zira suvida bir necha marotaba ko'zga surtilsa ko'z oqi tuzaladi.
Har kim saharda besh dona sholg'om pishirib yesa ko'zi ravshan bo'ladi.
Lola suvi bilan asalni aralashtirib surtsangiz ko'zdagi oq tuzaladi. Oq
piyozni ezib emizikli ayol suti bilan qo'shib uch marotaba ko'zga
tomizilsa, ko'z oqi ketadi. Tuya jigariga murch, qalampir sepib kabob
qilib pishirayotganda kabobdan oqayotgan suvdan ko'zga surtilsa
shabkurlikni yo'qotadi. Pati endi chiqayotgan kabutar bolasi qonini
ko'zga surtsangiz shabko'rlikdan qutilasiz. Xantal (gorchisa) ning xo'l
urug''ini xovanchada yanchib, suvini siqib olib quritilsa, so'ng surma
kabi ko'zga surtilsa, ko'zning barcha dardlariga davo bo'ladi. Anjir
ko'karib turgan paytda shoxi sindirilsa yoki bargi yulinsa, shira
chiqadi. Usha shiradan ko'zga surtilsa yoki tomizilsa, ko'zni qoraytirib
turgan pardasini yo'qotadi.


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:47 | Message # 3
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
 "Agar qulog'ingiz og'risa"
Xantal
(gorchisa) suvidan yoki yog'idan tomizilsa darddan forig'' bo'linadi.
Agar quloqda qurt bo'lsa, yalpiz bilan shaftoli bargi suvidan tomizish
kerak. Aloe bilan mol yog'ini qizdirib quloqqa tomizilsa azob berayotgan
og'riqqa shifo bo'ladi. Yong'oq bargining isitilgan suvi quloqqa
tomizilsa, og'riqni qoldiradi. Quloq ichidagi kirlarni chiqaradi. Agar
qulogingizda suv bo'lsa g'oz yog'ini tomizing suv chiqadi. Xantal
urug''i xavonchada yanchiladi va ezilgan anjir bilan aralashtiriladi.
So'ng quloqqa qo'yilsa shifo bo'ladi. Tol bargini ezib, suvini ilitib
quloqqa tomizsangiz, quloqdagi kirni tozalaydi. Shaftoli mag'izining
yog'ini iliq holda quloqqa tomizsangiz, quloq og'rig'iga shifo bo'ladi.
Lavlagi suvini shirin bodom yog'i yoki asal bilan aralashtirib quloqqa
tomizsangiz shifo bo'ladi. Achchiq danakli o'rikning bargidan suv olib
quloqqa tomizsangiz dardga malham bo'ladi, quloqqa kirib qolgan
xashoratlarni o'ldiradi. Quloqqa kamfora moyidan (dorixonada bo'ladi) 1
-2 tomchi tomizilsa dardga malham bo'ladi, quloqqa kirib qolgan
hashoratlarni o'ldiradi.

 "Burun dardiga shifo bo'luvchi tavsiyalar"

Agar burningiz ichi qurib qolgan bo'lsa po'sti artilgan o'ttiz misqol
bodom mag'zini oq qand bilan qo'shib havonchada yanchasiz. Yanchilgan
aralashmaga bir necha tomchi suv tomizib olov ustiga qo'yasizda
aralashtirib turasiz. Undan ajralib chiqqan yog'ni burun ichkarisiga
surtsangiz, uni muloyimlashtiradi (bir misqol 4.25 grammga teng).
Moychechak (romashka) guli burundan suv oqishini yo'qotadi.
Qizg'aldoqning quritilgan gulini maydalab, naycha orqali burunga
puflansa, undan qon oqishini shu lahzada to'xtatadi. Kartoshka po'sti
bilan qaynatilib, suvi bilan yuboriladi. Qaynoy kartoshka nafas yo'liga
to'g'rilanib, bosh biror mato bilan burkab olinadi, qattiq tumovda
ijobiy natija beradi. Bitib qolgan burunni ochadi. Semizak (xona
sharoitida o'stiriluvchi kalanxoe) o'simligining yangi uzilgan bargidan
sharbati ajratib olinib burun kataklariga 3-5 tomchidan tomizilsa yoki
surtilsa (kuniga 2-3 mahal), burunni bitib qolishi, tumovdan xalos
bo'lishiga yordam beradi. Qizilcha navli lavlagi xomligidagi navi yangi
sharbatidan burun kataklarining har biriga 5-6 tomchidan tomizilsa,
sharbatga namlangan piliq qo'yilsa burun bitish tumov asoratidan xoli
qiladi. Agar lavlagining yangi sharbatiga 30 foiz miqdorida asil asal
qo'shib burunga tomiziladigan bo'lsa natijasi yanada a'lo bo'ladi.


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:49 | Message # 4
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
 "Og'izingiz
birdan dardga chalinsa"

Sunbulni qaynatib, suvi bilan og'iz chayilsa
og'iz ichidagi yara-chaqalarni tuzatadi. Yasmig' suvi bilan og'iz
chayilsa, yalliglanish va og'iz yarasini yo'q qiladi. Agar ogzingizdan
so'lak oqib tursa, turpni tuz bilan yeb turing. Agar og'zingiz kuysa,
ukrop bilan g'arg'ara qiling. Agar og'zingizda yomon xid bo'lsa,
sarimsoq va qalampirmunchoqni ezib, asalga aralashtirib iste'mol qiling.
Anjirni suvda qaynatib, suvi bilan g'arg'ara qilinsa, til shishlarini
yo'qotadi.

 "Agar tomog'ingiz og'risa"
Erqalampir ildizlarini
maydalab, undan damlama tayyorlanadi. So'ng u bilan tomoq chayilib
g'apg'ara qilinadi. Maymunjon barglari yohud to'rt choyqoshigida olib,
uning ustiga 2 stakan miqdorida qaynoq suv solinib, og'zi yopilgan xolda
bir soat davomida damlanadi. Iliq xolida sharbatidan yarim piyola
miqdorida to'rt mahal ichiladi. Tomoq og'rig'ini qoldirish maqsadida bir
stakan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi to'rt qoshiq tuz, to'rt
tomchi yod tindirmasi (yod nastoykasi) solib og'iz bo'shlig'i, tomoq
g'arg'ara qilinadi. Xantal (gorchisa) suvi bilan og'iz bo'shlig'i
g'arg'ara qilinadigan bo'lsa, tomoq og'rig'idan forig'' bo'linadi.
Tomog'i og'riyotgan bemor moychechak (romashka) hamda qonchup
(chistotel) aralashmasidan quyuq damlama tayyorlab, iliq xolida og'iz
chayib, g'arg'ara qilib tursa tomoq og'rig'ini butunlay tuzatadi. Murtak
bezlari yalliglanish arafasida bo'lsa, tozalangan kerosinga paxta
piliqchasini namlab, tomoqqa har yarim soatda surtib turiladigan bo'lsa,
bir kun orasida darddan forig' bo'lasiz. Nilufar ildizidan ozginasini
og'izga solib tursangiz, tomoq dardidan qutulasiz. Turpni suvda
qaynatib, u suvni sirka solingan asal bilan qo'shib ichilsa, eng og'ir
tomoq kasalini ham tuzatadi. Sarimsoqning boshpiyozini bir kecha-kunduz
sirkada ho'llab, usha sirka bilan g'arg'ara qilinsa, tomoqning og'ir
dardini ham xolos qiladi. Anjir mevalarining qaynatmasidan ichib
turiladigan bo'lsa, murtak bezlarining yallig'lanishiga xotima beradi.
Boshpiyozning maydalangan quruq po'stlogidan uch choy qoshiq olinib, bir
stakan suv bilan to'rt soat davomida damlangach suzilib sharbati bilan
og'iz chayiladigan bo'lsa, tomoq og'rig'iga tasalli beradi. Bir chimdim
achchiq tosh suvda eritilib iliq holda tomoq g'arg'ara qilib turilsa tez
orada tomoq og'rishi to'xtaydi. Bir choy qoshiq barot kislotasini 1
stakan suvda eritib, iliq xolda tomoq g'arg'ara qilib turilsa, tez orada
tomoq og'rishi to'xtaydi.

 "Yaralar davosi"
Agar tuyaning yungini
kuydirib, kulini jarohatga sepsangiz, tuzatadi. Ayollar ko'kragidagi
yaraga gulxayri bargidan bog'lansa, shifo bo'ladi. Sigir shoxini
kuydirib, sirka bilan eski yaraga bog'lansa, tuzatadi. Tovuq qanoti
patini kuydirib, kulini maydalab jarohatga uch kungacha sepib turilsa,
yara tuzaladi. Qo'y suyagani kuydirib, kulini ayol suti bilan
qorishtirib, qurt tushgan yaraga qo'yilsa, qurtlarni o'ldiradi. Odamzod
sochini kuydirib, kulini bosh yarasiga sepsangiz, tuzaladi. Ukropni
kuydirib, eski yaraga sepsangiz yara tez tuzaladi. G'ozning oyoq suyagi
kuydirib kulini yaraga bog'lansa, tuzaladi. Rayxon urug''ini yegan bemor
ichak yarasidan qutiladi. Quyonning qonini biron narsa chaqqan joyga
bog'lansa, og'riqni qoldiradi. Jayra qonidan surkalsa yoki bog'lansa,
yiringli yaralarni yo'qotadi. Tipratikanning kuydirilgan terisi yuqumli
yara, tanadan o'sib chiqqan ortiqcha go'shtlarni quritib yuboradi.
Quritilgan oshqovoq po'sti yara va kesib olingan joylarga sepiladi, qon
oqishini to'xtatadi. Qurigan sumbulni yara ustiga sepilsa, tuzatadi.
Tirnoq gulning bargi arpa uni bilan aralashtirib qo'yilsa, yiringli
yaralarga davo bo'ladi. Yalpizning xo'l bargini bir necha soat qaynagan
suvga solib qo'yib, teri yarasiga bog'lang, davo bo'ladi. Xo'l shivitni
(ukrop) ezib shishgan joylarga bog'lasangiz, ularni pishiradi, agar
zaytun yog'i bilan aralashtirib bog'lasangiz yana foydasi kuchliroq
bo'ladi.


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:50 | Message # 5
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
 "Qabziyat davosi"
Qabziyat yoki ichni qotishi qator
xastaliklarni asorati bo'lishi yoxud notug'ri ovqatlanishdan kelib
chiqqan xolda ham bo'lishi mumkin. Qabziyat oqibati yomon dardlarga olib
keladi. Shu boisdan ichni me'yorida tutishga harakat qilmog' darkor.
Qo'yida ichni me'yorlashtiruvchi sodda va beozor amallar keltiriladi.
Sholg'om urug''ini havonchada yanchib, asal bilan aralashtirib yesangiz,
ichingizni yurishtiradi. Surunkali ravishda qabziyatdan ozorlanuvchi
kishilar olxo'ri yoki so'li donlari qaynatilgan suvdan iste'mol qilib
turishlari tavsiya etiladi, Bu borada turp sharbati iliq xoldagi
tuzlangan karam sharbati iste'mol qilish ham ijobiy natija beradi. Ichni
yurishtiradigan, qabziyatdan xoli etadigan tabiiy davolardan ravoch
ildizi sharbati, sabzi ildiz mevasi, kungaboqar moyi (engil surgi
kuchiga ega) kiradi. Agar kungaboqar moyidan chorak piyola miqdorida
ichilsa, ichni suradi. Utkir turshak ivitmasi ichni yengil suruvchi
ne'matlar hisoblanadi. Shivit (ukrop) mevalari, shuningdek, arpa
urug'lari asosida tayyorlanadigan damlamalar iching, yurishtiruvchi
beozor ne'matlardir. Yong'oq mag'zini xavonchada yanchib, ezilgan anjir
bilan aralashtirib, undan 45 gramm iste'mol qilib tursangiz ichingiz
yurishadi. Oq atirgul gul barglarini ezib (3,5-4g) yesangiz ichingiz
rostmana muloyimlashadi.
 "Agar ichingiz o'tsa" Ichingiz o'tib
bezovtalanayotgan bo'lsangiz, rayxon urug'i yoki pista mag'zini ivitib
suvini iching shifo topasiz. Yuvilgan guruch suvini ichish ham ich
o'tishiga em bo'ladi. Anor po'sti va gulini qaynatib iste'mol qiling.
Sizni qiynayotgan ich o'tishidan forig' bo'lasiz. Jiyda bargi va quruq
bargini iste'mol qiling, ich o'tishiga shifodir. Shovul (qo'ziquloq)ni
pishirib, zaytun moyiga qovurib, uning ichiga ozgina kashnich, zira va
anor suvidan solib ichilsa ich ketishini to'xtatadi.

 "Agar bodga -
belangiga (radikulit) giriftor bo'lsangiz"

Buri terisini belingizga
bog'lab yuring. Asalarining bolalaridan olib, og'riyotgan joyga
qo'ysangiz darxol chaqadi. Ikkinchi kuni avvalgi chaqqan joydan 4-8 sm
qoldirib, ikkinchi asalariga chaqtiring. 2-3 kun o'tkazib 5,4,3,2,1
asalariga yana besh kun chaqtiring, og'riyotgan joyingizda og'riq
asta-sekin yo'qoladi. Bemorni (og'riyotgan joyiga a'lo sifat kerosinga
lattani ho'llab qo'ying va ustidan yupqa sochiq bilan mahkam bog'lang.
Hamda 30 daqiqa shu xolda ushlang. Agarda bemor chidolmasa sochiqni
ozgina bo'shating yoki olib tashlang. Bir necha chayonni shishaga solib,
ustidan zaytun yog'ini quying. Shisha og'zini mahkamlab, bir necha kun
quyosh nuri qizdiradigan joyga qo'ying, to chayonning quvvati yog'ga
o'tsin. Belingizning og'riyotgan joyiga shu yog'dan surtib, yaxshilab
uqalab, yog'ni badanga singdirib yuboring. Bu muolajani bir necha kun
davomida qilsangiz ajab emas, radikulit og'riridan shifo topgaysiz.

 "Yuz
davosi"

 Pishirilgan ot sutini iste'mol qilsangiz yuzingizni rangi qizil
bo'ladi. Baqlajon suvidan yuzingizga sursangiz yuzdagi dog'lar
kamayadi. Kuy tezagini teng miqdorda arpa uni bilan qorishtirib qozonga
soling va uni kumadigan miqdorda suv qo'yib, suvi qolmaguncha qaynating.
So'ng aralashmani quritib, havonchada yanchib, sirka bilan
aralashtiringda, yuzning dog' tushgan joyiga surting. Bir necha kun
davomida bu muolajani qilingan yuzdagi dog' yo'qola boshlaganining
guvohi bo'lasiz. Yuz falajiga uchragan odam musicha go'shtini yesa
tuzaladi. Ravoch ildizini maydalab sirka bilan qo'shib surtilsa, yuz
chiroyli bo'ladi. Yuz falajiga uchragan odam mushuk go'shtidan bir necha
kun yesa, tuzaladi. Yuzingizda dog' bo'lsa, quyon suti iching, agar
topilmasa, turp urug'ini yeb turing. Yuzingizda dog' bo'lsa, turp
urug'ini maydalab sirka bilan aralashtirib surting. Yuz falaji bor odam
qo'shjiyda gulini xidlasin va sarimsoq yeb tursin. Yasmig'ni pishirib,
qovun urug'ini maydalab, unga aralashtirib yuzga surtsangiz, rangu
ruxsoringizni ochadi. Yuz sariqligini bartaraf qiladi. Mirt mevasini
loviya uni bilan hamir qilib yuzga surtilsa, yuz dog'ini yo'qotadi.
Yong'oqning po'stlog'ini randalab, uni sirka bilan hamir qilib, yuzga
surtsangiz? yuzingizni qizartiradi. Achchiq bodomni havonchada yanchib,
sirka bilan aralashtirib, yuzga surtsangiz, yuzdagi barcha dog'larni
ketkazadi. Daraxt tanasidagi qo'ziqorindan 0,8 gramm yesangiz yuzingiz
go'zal bo'ladi.


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:52 | Message # 6
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:

 "Sil (tuberkulez) davosi"
Arpa suvi bilan 20 gr
eshak sutidan takror ichib turish kerak. Otning sutidan (qimiz) takror
va takror ichib turish kerak. Tipratikan go'shtidan yeb turing. Quyon
go'shtidan qovurib yeb turing. Behi mevasidan darcha ochib ichini
tozalaysiz. Unga qo'y quyrug'i va asal to'ldirib, ustini kesib olingan
bo'lagi bilan yoping. Bugda pishirib, bir necha oy yeb tursangiz sil
xastaligiga shifo bo'ladi. Qaragay daraxtining buqoqlari (g'udda) aroqqa
solib, tindirma qilib, uni ichib yurgan kishi sil kasalligidan
qutiladi.

 "Agar jigaringiz og'risa"
Sirka bilan asalni qaynatib
yeng, jigar dardidan qutilasiz. Tovuq go'shti, anor, mayiz, nuxat
iste'mol qilib, qatiq ichib turish kerak. Oshqovoq sariq kasalligi bilan
xastalanganlarning haroratini pasaytiradi va jigar faoliyatini
yaxshilaydi. Sedanadan yetti dona olib maydalab, ayol sutiga biror soat
ivitib, undan burunga tomizilsa, sariq xastaligiga foyda qiladi.
Makkajuxori pishgan paytida popugi ajratib quritiladi. Usha popuklar
olti oy davomida choy kabi damlab ichsangiz, jigaringiz tuzaladi.
Isiriqni suvda kunjut yog'i bilan qaynatib ichilsa, jigar illatlarini
daf qiladi. 10,5 gramm zigir urug'ini xavonchada yanchib yesangiz
jigarga ham davo bo'ladi. Ravoch ildizini olib mayda kesib quritib va
xavonchada yanchib shisha idishda saqlang. Agar jigarda kamquvvatlikni
sezsangiz, undan yeb turing.

 "Agar sariq suv kasali (istiko)ga
uchrasangiz"

Suv o'rniga tuyaning sutidai ichib turish kerak. Tuya
siydigidan kuniga 40 misqol qand bilan qo'shib ichilsa darddan xalos
bo'lasiz (bir misqol 4,25 grammga teng). Anor daraxtinint po'stlog'i,
mevasida gulini qaynatib, suvidan ichib turilsa, dardga davo bo'ladi.
Sarimsoqni pishirib, asal bilan qirq kun esangiz, darddan shifo topasiz.
Sigir siydigiga xantal (gorchisa) qo'shib ichib tursangiz, darddan
qutulasiz. Yosh bola siydigini nuxat suvi yoki asal bilan ichsangiz,
davo topasiz. It qovun (o'simlik) tomiridai suv olib, 1 gramm ichsangiz
shifo topasiz.

 "Agar badaningiz og'risa"
Badan og'riqlariga ko'knor
yelimi surtilsa, og'rig'i qoladi. Yong'oqning bargini yoki po'stlogini
ezib, og'rigan joyga surtsangiz og'riqni qoldiradi.
 "Biron yeringiz
qonasa" Agar burun qonashdan to'xtamasa, kabutar bolasining burunga
tomizilsa darxol qon oqishi to'xtaydi. Biron yeringizdan qon oqib tursa,
lola suvidan unga surkang, qon to'xtaydi. Agar ichingizdan qon ketib
tursa, 50 gramm yong'oq po'stini olib, bir litr suvda qaynating, so'ng
iliqligida xukna (klizma) qiling. Toza bargizubdan iste'mol qilinsa,
oddiy yoki qonli ich ketishga shifo bo'ladi.


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:54 | Message # 7
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
 "Buyrak davosi"
 Temirtikan suvi bilan tok kuli aralashmasini nahorda ichib turilsa,
buyrakdagi tosh tushadi. Buyrakda bod bo'lsa, tuz bilan kepakni
qizdirib, ustidan bosish kerak. Chayonni olovda kuydiring, so'ng kulini
iste'mol qilsangiz buyrakdagi tosh tushadi. Zulukni quritib, asalga
solib yalansa buyrakdagi toshlarni maydalaydi. Sarimsoqni pishirib turp
urug' bilan yesangiz, buyrak toshidan qutilasiz. Yasmig' istemol
qilsangiz buyrak toshlarini maydalab, tashqariga chiqaradi. Quyonni
butunlay biron idishda kuydirib, uning kulidan 15 gramma yeb tursangiz
buyrakdagi toshlarni tushiradi. Sabzi, sholg'om urug'idan oz-oz olib
ichi olingan turpga solasiz. Teshik ogzini turp po'stlogi bilan yopib,
chug'da pishiring. So'ng urug'larni yesangiz buyrak va qovuqdagi
toshlarni maydalab chiqaradi. Qora nuxotni pishirib yeb turing,
buyrakdagi toshlarni maydalab chiqaradi. Buni xomilador xotinlar yemasin
chunki bolani tushiradi. Uzum poyasini kuydirib kulidan ichsangiz
buyrak peshob xaltasidagi toshlarni maydalab chiqaradi. 5-6 kun har kun
50-60 gramm shivitni (ukrop) 5-6 daqiqa qaynatasiz. 5-6 kun qaynatmadan
ichib, shivitni yeb turasiz. Siydik yo'llaridagi va buyrakdagi
toshlardan xalos bo'lishingizga yordam beradi. Xurmo urug'ini suvda
qaynatib, suvini ichsangiz, buyrak, siydik yo'lidagi toshlarni maydalab
chiqaradi.

 "Agar ovozingiz bug'ilsa"
 Tutning ildizi va mevasini
ezib, uning sharbati bilan tomog'ingizni bir oycha g'arg'ara qilsangiz,
ovozingiz ochiladi. Qo'y suti yoxud turp suvi bilan g'arg'ara qilib
turing, shifo bo'ladi. 25 gramm shakarni iliq suv va shirin bodom yog'i
bilan ichsangiz, ovozingiz ochiladi.

 "Yurak (dil) dardiga davo"

O'rikdan tayyorlangan kompotni har kuni nahorda bir stakandan ichib
turish kerak. Tovuq tuxumini pishirib, sarig'ini yeb tursangiz
yuragingiz baquvvat bo'ladi.

 "Agar nafasingiz siqilsa"
Nahorda bir
grammdan mumiyo, asal va aloedan tayyorlangan aralashmani ichib turish
kerak. Arpa suvini ichsangiz, nafas olishni yaxshilaydi. 25 gramm
isiriqni maydalab, 100 gramm suvda qaynatib, dokadan o'tkazing. So'ng
uni 75 garmm asal va 50 gramm kunjut yog'i bilan aralashtirib ichilsa,
nafas kisishga davo bo'ladi. 100 gramm isiriqni yanchib, 100 gramm
zig'ir va 1,5 kg asalga aralashtirasiz. Tayyor aralashmadan kuniga uch
marta bir qoshiqdan yeb turing. Shunda nafas qisishdan qutilasiz.
Xaftada bir marotaba hammomga tushib, so'ng binafsha yog'idan 7 grammdan
ichilsa nafas qisishini yo'qotadi. Binafsha yog'ini olish usuli: 300
gramm kunjut yog'i bilan 135 gramm binafshaning yangi gulini shishaga
solib quyoshga qo'yiladi. Binafsha gulining rangi va hidi yog'ga
o'tgach, gullarni siqib olib o'rniga boshqa gullar solinadi. Bu xol 3-4
marotaba takrorlanadi.

 "Agar qovugingiz og'risa"
Echki yog'ini
qovug'i bush bolaning ostiga tutilsa qovug'ni mustahkamlaydi. Petrushka
urug'i, nuxot, asal iste'mol qilib tursangiz qovug'ingiz mustahkam
bo'ladi.

 "Siydik (peshob)dan aziyat cheksangiz"
Agar odam uxlaganda
siyib qo'ysa, shakar va isiriqni yog'ga aralashtirib yeyish kerak. Agar
bu xodisa yozda ro'y bersa, 1 diram kashnich, to'rt diram shakarni
mayda qilib yanchib, yeb turish kerak (bir diram 2,995 grammga teng).
Agar siydigingiz tomchilab tursa, chigirtka pishirib yeng. 5-10 gramm
binafsha gulini 200 gramm suvga qaynatib ichilsa siydikni xaydaydi.
Chilonjiyda yesangiz, siydik yo'llarini tozalaydi. Tuzlangan tipratikan
go'shtini yegan odam uyqusida siyib qo'ymaydi. Sarv bargini suvda
qaynatib ichilsa, shoshadon kasalligiga shifo bo'ladi. Behi suvidan
olotning teshigiga tomizsangiz, siydikni kuydirib chiqarishni va siydik
yo'lidagi zahillarni yo'qotadi. Sarimsoqning bargi va tanasini suvda
qaynating. So'ng belgacha usha suvda o'tirsangiz, siyyolmasdan qiynalgan
bo'lsangiz darddan qutulasiz.


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:55 | Message # 8
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
 "Jinsiy aloqada sustlik sezsangiz"

Yong'oq mag'zi va kunjutni yeb turing. Shaxvatingizni ko'zgaydi. Sunbul
o'simligining tomirini pora-pora qilib, soyada quriting, havonchada
yaxshilab yarching va mayda ko'zli elakdan o'tkazing. Unga baravariga
shakar qo'shib, har kuni ertalab bir kaft miqdorda yutib yuring. Bu
muolajani qilayotganingizda sho'r narsalarni iste'mol qilishdan
o'zingizni tiying. Sher yog'ini belga, songa, son tagiga surtsangiz,
shaxvoniy quvvatni kuchaytiradi. Toshbaqa go'shtini yeb tursangiz, erlik
quvvatingiz oshadi. Nuxatni bir kecha-kunduz suvda ivitib yeng. Suvi
bilan esa asal tanavvul qiling. Shaxvoniy kuch-quvvatga kirasiz. Murchni
sut va shakarga qo'shib yesangiz, foyda qiladi (murchni yeyish miqdori
bir kunga 4.5 gramm). Guruchni yuvib, suvda pishirib, uni dokadan
o'tkazib, suvini ichsangiz, olotni baquvvat qiladi. Kimda-kim jinsiy
aloqadan mahrum bo'lgan bo'lsa, uch kunda bir marotaba, 1,75 tog
kiyiko'ti urug'ini maydalab, unga 10.5 gramm qovun urug'ini, 3,5 gramm
qo'y dumbasini, 70 gramm asal bilan qo'shib esa davo topadi. 17,5 gramm
nargis urug'ini tuyib, endi sog'ib olingan sut bilan ichilsa, olotni
harakatga keltiradi. Anzur piyozning (tog piyozi) yog'ini kechasi ikki
oyog'ingizning tagiga surting va ertalabgacha oyoqlaringizni yerga
tekkizmang. Bir xafta davomida shu muolajani qilsangiz, jinsiy mayilga
ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Anjirni yong'oq mag'zi bilan teng tuyib,
kuniga 90 grammdan yeb turing. Erligingizga quvvat qo'shadi. Sarimsoqni
qo'y sutida pishiring. So'ng sigir moyiga qovurib asal bilan
aralashtirib yesangiz, olotingizni ko'zgatadi.

 "Yo'tal davosi"
 Yo'tal xastaligiga turli omillar sababchi bo'lishi mumin. Kishining
shamollashi, allergiyaga moyilligi shuningdek, silliq pardalarga u yoki
bu ko'rinishdagi ta'sirchan moddalar tushishi shular jumlasidandir. Har
xolda yo'tal tutishi ma'lum bir dardning nishonasi bo'lib, agar u
surinkali tus oladigan bo'lsa, albatta shifokorning o'rinli maslahati va
tavsiyasi bilan davo hamda muolaja choralarini ko'rish lozim. Orasiga
saryog' va dumba qo'yilib pishirilgan behi, shunga o'xshash sholg'omning
orasiga chuqurcha qilinib, uning ichiga dumba bo'lagi yoxud saryog'
solinib, bug'latilib yoki dimlab pishirilgan mahsulot ham quruq yo'talga
malham bo'ladi. Balg'amni osonlik bilan ko'chishiga yordam beradi.
Shivit (ukrop) urug'laridan tayyorlangan damlama balg'amni yengilgina
ko'chishiga yordam beradi. Iztirobli yo'talni qoldiradi. Buning uchun
bir choy qoshiq miqdoridagi shivit urug'i yarim choynak qaynoq suv bilan
damlanadi. Damlama o'z tafti bilan sovugach, doka vositasida suzilib,
osh qoshiq bilan sharbat kuniga uch-to'rt mahal ichiladi. Yog'i
olinmagan sutni sariyog' bilan qaynatilib, issiq holda ichilishi,
tomoqni yumshatib qirilishi va yo'taldan holi bo'lishga yordam beradi.
Kishini qiynaydigan iztirobli yo'talga barham beradigan tabiiy bir
vaqtning o'zida mutloq bezarar bo'lgan davolardan bargizub (zubturum,
buzchi) asosida tayyorlanadigan damlamani kiritish mumkin. Buning uchun
bargizub barglaridan damlama tayyorlashga ogzi yopiladigan sirli, chinni
yoki haroratga bardoshli shisha idishga bir piyola (200gr atrofida)
miqdorida qaynab turgan suv qo'yilib, uning ustiga bir qoshiq kuritib
maydalangan bargizub bargi solinadi, ikki soat davomida uni burkab
damlab qo'yiladi. So'ngra doka vositasida sharbat suzib-olinib,
ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Har xil (yangi) oqbosh
karamning sharbati shakar bilan birgalikda balg'am ko'chiruvchi hamda
tomoq xirillashidan xoli qiluvchi vosita sifatida foydalaniladi. Buning
uchun shakarni karam sharbati bilan choy qoshigida kuniga bir necha bor
ichib turiladi. Shuningdek karamni asl asal bilan qaynatmasi nafas yo'li
xastaliklarida ijobiy natijasini ko'rsatadi. O'tloq yungichkasi (qizil
boshchalar)ning gullaridan 1 osh qoshiq olib, 1 piyola (200 gramm)
qaynoq suvga solinadi, o'rab 1 soat davomida 4 mahal ovqatlanishdan 20
daqiqa oldin ichiladi. Mazkur muolaja shamollaganda, ko'k yo'talda,
ziqnafasda (bronxial astma) davolik qiladi. Kartoshka ham o'z yo'li
bilan iztirobli yo'talga malhamlik qila oladi. Chunonchi kartoshka
po'sti bilan qaynatilib suvi tashlab yuboriladi. Qaynoq kartoshka nafas
yo'liga to'g'rilanib, bosh biror mato bilan burkab olinadi. Bunday amal
yuqori nafas yo'llari shamollaganda, qattiq tumovda, tomoq qirilib
og'rishida ijobiy natija beradi. Kartoshkani po'sti bilan yaxshilab
qaynating. So'ng ugirchada ezing va 1 osh qoshiq miqdorida usimlik
yog'i, 2-3 tomchi yod aralashtiring. Tayyorlangan aralashmani birorta
matoga qo'yib, ko'krakdan tomoqqa qadar bosiladi. Ustidan bozillatma
(kompress) sifatada o'raladi. Bunday amal odatda kechqurun qilinadi.
Ko'krakka bosilgan aralashma soviganidan so'ng olinadi. Mazkur muolaja
bronxit, yuqori nafas yo'llarining shamollashida foyda beradi.
Sholg'omning ildiz mevasi sharbati ham iztirobli yo'tal bilan borliq
xastaliklarda bezarar davo hisoblanadi. Pokiza qilib tozalangan
sholg'omning ajratib olingan sharbatidan osh qoshigida bir qoshiqdan
kuniga 3-4 marta ichib turiladi. Katta kishilar esa sholg'om sharbatidan
2 qoshiq kuniga 5-6 marta ichishlari tavsiya etiladi. Shuningdek 2
qoshiq maydalangan sholg'om ildiz mevasi 1 stakan qaynoq suv bilan
o'rab, 1-2 soat davomida damlanadi. Tayyorlangan damlama sharbatidan
chorak stakan kuniga 4-5 mahal ichiladi. Bunday tadbir nafaqat o'tkir
iztirobli xirillashi (bug'ilishi) surunkali bronxit ziqnafasga davolik
qiladi. Olma asosida tayyorlangan damlama yoki qaynatma shamollash bilan
bogliq bo'lgan yo'talga malhamlik qiladi. Tomoqni yumshatadi. Anjir
mevasi va uning qoqisidan tayyorlangan damlama tomoqni yumshatadi,
isitmani tushiradi, ter xaydash xususiyatiga ega. Balg'am kuchiradi.
Kechqurun xuruj etadigan iztirobli yo'taldan forig' etuvchi sinalgan
qo'yidagi amal mavjud: yangi tuxumdan 1 dona, 1 osh qoshiq shakar, 1
choy qoshiq saryog' va toza asal pichoq uchida ichimlik nutruni (sodasi)
olinib, barchasi obdon aralashtiriladi. Tayyorlangan aralashma 1 stakan
qaynoq suvga qo'shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Mazkur tarkibli
dorivor qaynoq issiqlik paytida qultumlab, shoshilmasdan ichiladi.
Xonaki bu dorivorni tomoq qirilib yo'talishda, bolalar hamda kattalar 1
stakandan 3 mahal ichishlari mumkin. Arpabodiyon mevasi (urug'i) dan
tayyorlanadigan damlama quruq yo'talni qoldirish bilan birga yuqori
nafas yo'llarining shamollashi (traxsit, loringiz, yiringli bronxit),
shuningdek, o'pka qorasoni, qizamiq kabi kasalliklarga emlik qilib,
dardni yengillashtiradi. Arpabodiyon mevalaridan uy sharoitida damlama
tayyorlash uchun 1 choy qoshiq o'simlik mevasi 1 stakan qaynoq suvga
solinadi va bir soat davomida damlab qo'yiladi. Damlama sovigandan so'ng
suzilib, sharbati ajratib olinadi. Sharbat uchga bo'linib kun mobaynida
ichiladi. Yantoqni qaynatib suvidan ichib turing. Bu muolaja ham
yo'talga shifo bo'ladi. Sutga anjirni solib qaynatib ichsangiz,
yo'taldan xalos bo'lasiz. Qonli yo'talga navruzgul giyohidan 25-30 gramm
damlab ichib turing. Darddan xalos bo'lasiz. Quruq yo'talingiz bo'lsa,
60 gramm qalampirni 250 gramm oq uzum vinosiga solib, qaynatib, dokadan
o'tkazing. Ushbu aralashmani bir kunda issiqligida 3 marotabadan ichib
turing. Turpni suvda qaynatib ichsangiz, eski yo'talni ham davolaydi.


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:58 | Message # 9
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:

 "Teri
kasalliklari ustida qilinadigan muolajalar"

Qo'tir qichimasi bo'lgan
odam ravoch urug'ini havonchada maydalab yanchib, kunjut yog'i bilan
aralashtirib, xastalangan joyga belgilangan vaqtlarda surtib tursa,
shifo topsa ajab emas. Sedanani havonchada yanchib, ilon qoni bilan
aralashtirib teringizdagi dog'lar ustiga surtsangiz, terining asli
xoliga qaytishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Arpani ezib, dog' qo'tir
joylarga bog'lasangiz kasallikdan qutilasiz. Xandon pista daraxtining
po'stlog'i va bargi qaynatilib, surkalsa yo ichilsa, qo'tir va qichimani
daf qiladi. Chilonjiyda bargining qaynatilgan suvidan har kuni yarim
litrda besh kungacha ichilsa, badan qichishini yo'qotadi. Qo'tir va
suvli ekzemani yo'qotish uchun yong'oq bargi yoki tanasidagi po'stini
eman daraxtining po'sti bilan qaynatib, uni suvidan foydalansangiz tezda
tuzalasiz. Qora tovuqning xo'l axlatini bog'lasangiz, badandagi dog'lar
va pesga shifo bo'ladi. Pilla qurtining gungini maydalab, dog'larga
bog'lasangiz, shifo bo'ladi. Zog' go'shtining quritilganidan 3 kun
davomida 0,6 gramm iste'mol qilsangiz, badandagi oq dog'lardan
qutilasiz. Lavlagining xom bargini ezib bog'lasangiz, badandagi oq
dog'larni ketkazadi. Guruch unini qovun suvi bilan aralashtirib
surtsangiz, badandagi dog'larni ketishga davo bo'ladi. Qovun urug'i
po'sti bilan ezib bog'lasangiz badandagi dog'larni tozalaydi. Anjir
sutini arpa uni bilan yaxshilab aralashtiring. So'ng xo'l va quruq
qo'tir, oq dog'lar ustiga suring. Shifo topsangiz ajab emas. Sarimsoq
kulini asal bilan hamir qilib, bog'lansa, qo'tir, pes va badandagi oq
dog'larga shifo bo'ladi.

 "Agar qorningizda qurt bo'lsa"
20 misqol
shirin anor tomirini sopol idishga soling. Ustidan 4 kosa suv solib
qaynating. Tayyor aralashmani yarim misqol qand yeb, iching (so'ng xech
narsa yemang) va 4-5 qadam yuring. Shunda qovoq urug'simon gijjalarni
tushiradi (1 misqol 4,75 grammga teng). Shaftoli bargini ezib suvini
ichsangiz, qorindagi qurtlarni o'ldiradi. Ichakdagi qurtlarni yo'qotish
uchun yong'oq bargi yoki po'stini chayqab suvini yuting. Oshqovoq urug'i
25-50 gramm iste'mol qilib, ustidan ichni suradigan dori ichilsa, qorin
qurtlari batamom halok bo'ladi.

 "Agar sizda sugal bo'lsa"
Xurmo
suvi bilan ilon po'stining talqoni sugal ustiga qo'yilsa, 2-3 kunda
darddan xalos bo'lasiz. Lavlagi bargidan siqib olingan suv sugalni
quritadi. Sarimsoqni pishirib, sugal chiqqan joylarga qo'ysangiz, undan
qutilasiz. Anjir sutini usimlik yog'i bilan aralashtirib bog'lansa,
sugalni quritib tashlaydi.


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 15:01 | Message # 10
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:

 
 "Qusish davosi"
 Behi suvidan ichib
tursangiz, qusishni hamda kekirishni to'xtatadi. Pistani ivitib, suvini
ichsangiz, qusishdan qutilasiz. Tirnoqgulning qurimagan bargi shirasidan
2 osh qoshiq ichilsa, qusish qoladi. Xandon pisani yeb tursantiz, qayd
qilish va ko'ngil aynishini qoldiradi. Agar qayd qilgingiz kelsa, qovun
tomirlaridan 2 gramm yeng (1 dramm 2,975 grammga teng). Ozgina achchiq
qovoqni (tojiklar buni chubkadu deb atashadi) yesangiz, qayd qilasiz. Bu
qayd eski nafas va yo'talni davolashda shifo bo'ladi. Yalpizning qaysi
qismi bo'lishidan qatiy nazar yesangiz, qon qusishni, umuman ichki
a'zolardan qon kelishini to'xtatadi.

 "Me'da davosi"
Oshqovoqning
quritilgan po'stini yesangiz, me'dadan qon oqishini qoldiradi.
Semizutning 60-120 grammini maydalab, suvga solib ichilsa, me'da
qurtlarini o'ldiradi. Tut tomirining 35 grammini suvda ichsangiz
qorindagi qurtlarni tushiradi.

 "Agar isitmangiz bo'lsa"
 Petrushkanint mevasini va tanidagi buqoqlaridan olib qaynatib, bir kunda
2 stakan ichsangiz, yarasini tuzatadi. Yasmig' donidan 30 tasini olib,
po'stini tushirib yesangiz, buzilgan me'da faoliyatini izga soladi.
Moychechak (romashka) gulini choy kabi damlab ichilsa, me'da yarasini
yo'qotadi. Me'dada dard bo'lsa, tovuq shurvasini, yuvilayotgan guruch
suvini iching va qushjiyda mevasini iste'mol qiling. 10,5 gramm archa
mevasini "yanchib yesangiz, me'dadagi qurtlarni batamom o'ldirib
chiqaradi. Binafsha gulidan damlab ichilsa, kuchli isitmani ham bartaraf
qiladi. Yasmig'ni bodom yog'i bilan qilingan ovqatga qo'shib yesangiz,
xech qachon isitmangiz chiqmaydi. Petrushka urug'i, rovoch, esangiz
isitmangiz tushadi.

 "Agar sizda sepkil bo'lsa"
Achchiq bodomning
mag'zini havonchada yanchib, sharob qo'shib, dog' sepkilga surting.
Shifo bo'lsa ajab emas. Ravoch ildizini ezib, sirka bilan yaxshilab
aralashtirib, sepkil va dog' ustiga surting, ular yo'qoladi. Sepkil bor
joyni soda bilan yaxshilab yuving. Keyin ustiga lavlagining bargini
qo'yib bog'lang. Sepkilni ketkazadi.


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 15:03 | Message # 11
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:


 "Agar qoningiz kasallansa"
 Qo'y sutidan bir ozini qozonga solib, shuncha miqdorda suvdan qo'shib
qaynatib, suv ketib sut qolgach, o'nta oq shakardan qo'shib uch kun
nahorda ichib turing. Shunda hafaqon (gipertoniya) kasaliga yo'liqqan
bo'lsangiz, shifo topasiz. Sabzini suvga pishirib, asal bilan yesangiz,
qoningiz toza bo'ladi. Chilonjiyda yeb tursangiz, qon bosimingizni
pasaytiradi, qonni tozalaydi. Qand kasalligida uchragan va qonida yog'
miqdori ko'paygan kishilar oshqovoq suviga ozgina limon suvi qo'shib,
kunda bir stakan ichsinlar. Arpa qondagi qand moddasini me'yorida
saqlaydi. Sunbuldan yeb tursangiz qand kasalligini bartaraf qiladi.
Binafsha gulini damlab ichsangiz, qon bosimini pasaytiradi.
Tirnoqgulning guli kamqonlikka barham beradi, asablarni mustahkamlaydi,
sariq kasalining oldini oladi. Navruzgul giyohining barcha qismlari
iste'mol qilinganida qonni tozalaydi, yallig'lanishini yo'qotadi.
Qoningizda qand ko'paysa, g'ur uzum bilan oshqovoq yeb turing. Arpani
yanchib, po'stidan ajratiladi, uni suvda qaynatib, suvini dokadan
o'tkaziladi. Shu suvdan ichib turilsa, qon bosimi baland bo'lsa, uni
me'yorlashtiradi.

 "Bavosil (gemoroy) davosi"
 Zulukni quritib, aloe
bilan qo'shib bavosilga qo'yilsa, yaraga shifo bo'ladi. Semizutni
qaynatib, suviga o'tirsangiz, naf ko'rasiz. Bargizubning tomir va
bargidan 50-100 gramm olib, bir chelak suvda qaynating. Qaynatmadan uch
stakan ichsangiz, bavosildan qon oqishini to'xtatsa, ajab emas. Yantoqni
qiymalab yesangiz yoki ezib aziyatlangan joyingizga bog'lasangiz,
kuydirib tutuniga aziyatlangan joyni tutsangiz, bavosilni yo'q qiladi,
gulini maydalab bog'lasangiz, bavosilni quritadi. 7 gramm kunjutni 3,5
gramm qo'ygan yong'oq mag'zi bilan yesangiz bavosildan qon ketishini
to'xtatadi. Oq atirgulni tuyib bog'lansa, bavosil yaralarini tuzatadi.
Shirin oshqovoq po'stini kuritib, uni xavonchada yanchib yegan odamning
bavosili tuzaladi. Pishmagan it qovunning suvini kunjut yoki zigir
moyida suvi ketguncha qaynatib, qolgan moyini bavosilga surtsangiz shifo
bo'ladi.


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 15:05 | Message # 12
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:


 "Agar tumov bo'lsangiz"
Zigirni shuningdek sedanani kuydirib, tutuniga burningizni tutib chuqur nafas oling.

 "Asab
davosi"

 Bodom va shakar yeb turing. Miyaga quvvat beradi, aqlni ziyoda
qiladi, fikrni ravshanlashtiradi. Chirmovuq miya va asab kasalliklariga
doridir, asosiy istemol qiladigan kismi bu har tomonga tarmoqlovchi
"iplari" va urug'laridir. Uni murch bilan qo'shib yesa yana yaxshi. Uch
misqolni (bir misqoli 4,25 gramm) uzoq qaynatmasdan, urug'ini ezmasdan
yeyish kerak. Semiz o't, sunbul, qoqi asabda yuz beradigan har qanday
kasallikni uyqusizlikni, iztirob, tashvish va yurak siqilishini
yo'qotadi. Asab kasaliga yuliqqan bemor yong'oq bargini qaynatib, uch
yuz gramm suvini badanlariga surtsa, shifo topadi. Lavlagi ildizidan suv
olib, asal bilan qorishtirib, burunga tomizsangiz miyaning zararli
mikroblarini o'ldiradi. Achchiq oshqovoqning gulini suvidan burunga
tomizsangiz, miya illatlarini ketkazadi. Oqatirgul yog'idan 4,5 gramm
ichgan odamning miyasi baquvvat bo'ladi. Atirgul yog'i qo'yidagi usulda
olinadi, yarim shisha kunjut moyi ustiga oq atirgulni to'ldirib quyoshga
qo'ying, 6-7 kunda gulning rangi, hidi va quvvati yog'ga o'tadi.
So'ngra u gullarini siqib olib tashlab, yangi gullar bilan shishani
to'ldiring. Bu jarayonni 40 kun davomida takrorlang. Natijada gul yog'i
paydo bo'ladi. Oshqovoqni yosh xo'roz go'shti bilan yoki oshqovoq
urug'ining mag'zi bilan shurva qilib ichilsa, xushdan ketish dardiga
shifo bo'lsa ajab emas. Agar arpaning xo'l bargini ezib boshga
bog'lasalar miyani va uning pardalarini (meningitni) davolaydi.

 "Agar
biron yeringiz kuysa"

Semiz o'tning bargini ezib yoki shirasini olib,
ko'ygan joyga surtsangiz, tez tuzaladi. Shirin oshqovoq po'stini quritib
xavonchada yanching, so'ng mol yog'i bilan yaxshilab aralashtirib
bog'lasangiz, olovda qo'ygan joylarga shifo bo'ladi, oq dog'larga barham
beradi.

 "Agar qo'lingiz, yoki oyog'ingiz terlasa"
Qo'lingiz va
oyog'ingizni yong'oq bargi yoki mevasining po'sti qaynatilgan suv bilan
yuvib, bir oz upa sepib tursangiz, bu darddan albatta qutulasiz.
 
 "Agar
biror yeringizni sovuq ursa"

 Sirka bilan ukrop suvini aralashtirib,
sovuq urgan joyga surtilsa, shifo bo'ladi. Moshni maydalab, sovuq urgan
joylarga bog'lasangiz, davo bo'ladi.

 "Agar biron yeringiz uchsa"
Tuzni qizdirib, uchgan joyga bosing, darddan qutulasiz. Uchgan a'zoingizga baliq moyi surting.

 "Agar
sizni ilon, chayon chaqsa yoki quturgan it tishlasa"

Chayon chaqqan
joyga sarimsoqni ezib surting va usha yerga tuz sepib turing. Agar it
tishlasa, sarimsoqni ezib tok kuli va sirkaga qo'shib bog'lang. Ilon
chaqqan joyga sigirning tezagini issiq-issiq bog'lab turilsa, zahar
ta'sir qilmaydi. Ilon chaqqan joyga suvdagi baqaning qornini yorib,
bosish kerak. Qo'ng'izni majag'lab, chayon chaqqan joyga qo'ysangiz,
zahrini yo'q qiladi. Zirani sharob bilan ichsangiz ilon zahrini
ketkazadi. Shirin bodom mag'zini anjir bilan yesangiz yoki ikkisini
qovushtirib bog'lasangiz, quturgan it qopganda shifo bo'ladi. Uch kun
piyoz suvidan 200 grammdan ichib tursangiz, quturgan it tishlagan
bo'lsa, zahri tandan ketadi.

 "Hiqichoqqa davo"
Hiqichoq tutishi bilan og'izga bir bo'lak qand solib, tugaguncha so'rish kerak.

 "Agar
yosharay desangiz"

100-200 gramm tozalangan sarimsoqni maydalang va
shuncha miqdorda spirt solingan shishaga solib og'zini mustahkamlang.
Qorong'u joyda 10 kun saqlang. So'ng uni olib dokadan o'tkazing yana uch
kun usha joyga qo'ying. Keyin qo'yidagi jadvalga qarab 50 gramm sovuq
sutga kuniga 3 bor tomizib, doridan 21 kun iste'mol qilsangiz butun
vujudingiz yosharadi.
Dori iste'mol qilinadigan kunlar     Naxordan oldin, tomchi     Tushlikdan oldin, tomchi     Kechki ovqatdan oldin, tomchi
1-21     2     2     2
2-20     4     5     6
3-19     7     8     9
4-18     10     11     12
5-17     13     14     15
6-16     15     14     13
7-15     12     11     10
8-14     9     8     7
9-13     6     5     4
10-12     3     2     1
11 кун     25     25     25
1.

 


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Dek-2012, 15:08 | Message # 13
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
"Soch
tadbiri"
Agar qamish tomirining kulini xina bilan qorishtirib boshga
bog ' lansa , sochni o ' stiradi va mustahkamlaydi . Lavlagini qaynatib ,
suviga soch yuvilsa , sochni qora qiladi . Qizg ' aldoq gulini xo ' l
yontoq mevasining po ' sti bilan ezib bog ' lasangiz , sochingizni
qoraytiradi . Archa mevasini yanchib , sirka bilan hamir qilib , soch
tushgan joylarga surtsangiz , soch qaytadan chiqadi . Shotut, tok va
qora anjir barglarini suvda qaynatib surtilsa, sochga rang beradi. Anjir
bargini ezib, suvga solib, atalaga uxshatib, boshga surtsangiz, soch
tuqilishining oldini oladi. Kishi har oyda bir marta boshni limon
sharbati bilan artib tursa, u bosh terisidagi qon tomirlarining
faoliyatini yaxshilaydi, sochni mustahkamlanishiga yordam beradi hamda
sochda mavjud bo'ladigan ayrim kasalliklarni kelib chiqishidan saqlaydi.
Odatda limon surtma foydalanilgandan 20 daqiqa o'tib, soch chayiladi.
Oqidan holi qilingan tuxum sarig'i aralashtirilgan suv bilan bosh
yuviladigan bo'lsa, u soya ildizini mustahkamlashi bilan birga, quruq
tabiatli sochni mayinlashtirib, chigil tortishdan saqlaydi. Agar teri
juda yog'li bo'lsa, qatiqni yog'siz suvida ivitiladi yohud boshiga
surtishdai oldin sirt qismidan bir enlik olinadi. Sababi qatiq ivishi
jarayonida yog'i yuzasiga chiqib qoladi. Agar teri juda quruq bo'lganida
yog'li sutdan ivitilgan yarim litr qatiqqa bir osh qoshiq qaymoq yoki
smetana aralashtirish lozim bo'ladi. Soch ildizini mustahkam bo'lishi
ko'p jixatdan uni ozuqa moddalari bilan yetarlicha ta'minlanishiga
bog'liq. Qariqiz hamda igir ildizlarining kukunidan teng miqdorda olib
qaynatma tayyorlanadi. Buning uchun 6 osh qoshiq aralashmaga 1 litr suv
qo'yib, 15 daqiqa davomida qaynatiladi. So'ngra tindirilib, dam berib
qo'yiladi. Sharbatdan bosh terisiga haftasiga 2-3 marta surtib turiladi.
Agar soch barvaqt tuqiladigan bo'lsa qo'yidagi amaldan foydalanilsa
bo'ladi. Buning uchun qulmoq (xmel) g'uddalari erta kuzda terib olinadi
(mevalar yetilib pishishi kerak). G'uddalarni bir osh qoshig'i ustiga
bir stankan qaynoq suv qo'yilib, 30 daqiqa davomida qaynatiladi.
Qaynatma sovuganidan so'ng, uning sharbati bosh terisiga ishqalanadi.

 "Tutqanoq
(pripadka) davosi"

Eshak ustida o'tirilsa, tutqanoq tutish to'xtaydi.
Kimda tutqanoq bo'lsa, buyniga tillo zanjir osib yursin. Moshni kuydirib
tutatsangiz, tutqanoqqa naf bo'ladi. Kaklik jigarini issiq holda
yeyilsa, tutqanoqdan omon qutilasiz. Tutqanog'i bor odam it terisi
ustida o'tirsa, tutqanoq tutishini to'xtatadi. Tutqanoqqa yuliqqanlar
echki go'shtidan yemasliklari kerak. Sahro toshbaqasi qonini 0,6
grammdan ichgan odam tutqanoqdan qutiladi. Qora sholg'omni maydalab,
dokadan o'tkazib, 1 litriga 400 gramm suyuq asal qo'shib iching, davo
bo'ladi. Murchni iste'mol qilib turing. U o'pkadagi balg'amni yo'qotadi
(bir kunda ichish miqdori 4,5 gramm).

 "Agar kim falaj bo'lsa"
 Yong'oq mag'zini qora zira bilan yaxshilab tuyib, asalga aralashtirib,
falaj kasaliga yo'liqqan kishilarning bosh va oyog'lariga hammomda
surtsalar, ajoyib natija beradi. Tipratikanning kuydirilgan tikani,
terisini sharob bilan ichilsa, foyda bo'ladi. Chayon yog'ini falajlangan
a'zoga muntazam surtsangiz shifo topasiz. Murchni moyda qaynatib,
falajlangan a'zoga muntazam bog'lang.

Agarda sizda haddan ziyot kasallik bezovta qilsa shifokor xuzuriga boraniz maquldir. Chunki Ular aynan qanday kasalga chalinganizni aniqlab berishadi.

Eslatib o'tamiz: bu yerdagi ba'zi bir giyoh nomlarini tabiblardan so'rab topishilar mumkin.

Yana qaysi kasallik haqida ko'proq ma'lumot kerak?
Bizga izoh orqali yozib yuboring albatta saytga kiritib qo'yamiz.


 
SAKINADate: Dushanba, 11-Fev-2013, 14:52 | Message # 14
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Uyqusizlik


Uyqusizlik. Uyqusizlikning sabablari har xil. Haddan ziyod charchasa, hayajonlansa, og’ir ruhiy kechinmalarni boshdan kechirsa sog’lom kishi ham uyqusiz bo’lishi mumkin.
Nerv sistemasi o’ta qo’zg’aluvchan kishilarda esa arzimas sabablar bilan bir oz hayajonlanish ham uyquni buzadi. Uyqusizlik ba’zan har xil umumiy kasalliklarda, harorat ko’tarilganda, qon aylanishi buzilganda, nafas yo’llari kasallanib yo’tal tutadigan va nafas siqib turadigan paytlarda, nevrozlarda kuzatiladi. Uyqusizlikda ko’pincha odam uzoq vaqt uxlolmay yotadi yoki uxlasa ham tez orada uyg’onib, qayta uxlolmaydi yohud uyqusi tun mobaynida bir necha marta bo’linadi. Uyqusizlikka qilinadigan davo uning sabablariga bog’liq. Sog’lom kishilarda dori-darmon qilmay turib ham uyqusi asliga keladi. Faqat shovqin-suron, yorug’likni bartaraf etish, xonani yaxshilab shamollatib qo’yish kifoya.
Uyqusizlikning oldini olish uchun yotish oldidan ovqat yeyish, shuningdek, achchiq choy va kofe ichmaslik kerak. Nerv sistemasi ortiqcha qo’zg’aluvchan odamlarga dam olish, uyqu oldidan sayr qilish, umumiy va oyoq vannalari qabul qilish tavsiya etiladi. Ba’zan vrach buyurgan tinchlantiruvchi yoki uxlatuvchi dorilarni qabul qilishga to’g’ri keladi. Uyqusizlik umumiy kasalliklarga aloqador bo’lsa, avvalo o’sha kasalliklarni davolash kerak. Uyqusizlik uzoq davom etsa, vrachga murojaat qilish zarur.


Uyqusizlik – ruhiy zo‘riqish sababchisi

Kuzatuvlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda insonlar uyqu uchun tobora ko‘p vaqt ajratishyapti, biroq yoshlar orasida buning aksini kuzatish mumkin.
Bu holatni avstraliyalik professor Nik Glozer bugungi yoshlar yotog‘i turli elektron qurilmalarga to‘lib ketgani bilan izohlaydi.
17 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan 20 ming nafar kishi o‘rganilganda shu narsa aniqlandiki, besh soat atrofida uxlaydigan yoshlarda ularning 8-9 soat uxlaydigan tengqurlariga nisbatan ko‘proq asab buzilishlari kuzatilgan. Sutkasiga olti soatdan kam uxlaydiganlarning yarmidan ko‘pi u yoki bu ko‘rinishdagi ruhiy zo‘riqishlardan aziyat chekadi.


Uyqusizlik sababi aniqlandi

Olimlar inson miyasidagi neyrokimyoviy farqlarni solishtirish orqali nega yaxshi uxlay olmasligi sababini aniqlashdi.
Mutaxassislar uyqusizlik azobini tortayotgan odamlar miyasini o‘rganishar ekan, inson va sut¬emizuvchilar miya faolligida gamma-aminomoy moddalari (GABA)ning kamayib ketishi uyqusizlikka asosiy sabab ekani ma’lum bo‘ldi.
Proton magnit-rezonans spektroskopiya yordamida olimlar gamma-aminomoy kislotalarning sinovchanlik kontsentratsiyasini va GABA darajasini uyqusi yomon insonlar miyasidagi holat bilan taqqoslashdi. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, GABA miqdorining pasayib ketishi simptomlari asabiy-ruhiy tartibsizlik natijasida ham sodir bo‘ladi.

Uyqusizlik haqida

Barchamizga ma’lum, agar kechasi mazza qilib to'yib uhlab olsak, ertasi kuni kayfiyatimiz a'lo bo'lib, aqliy va jismoniy faoliyatimiz oshadi. Bo'shashishlik alomatlaridan holi bo'lib, o'zimizni yaxshi his etamiz. Ammo uyqusizlik bizni bezovta qilayotgan bo'lsachi? Quyidagi maslahat uyqusizlikka chalingan insonlar uchun.

1. Kechga yaqin ko'p ovqat iste’mol qilmaslikka harakat qiling. Agar qorin judayam och bo’lsa yotishdan 2 soat oldin yengil taom yeyish mumkin.

2. Uyquga yaqin vaqtda choy, kofe, alkogol mahsulotlarini iste'mol qilmaslikka harakat qiling.

Uning urniga iliq sut yoki o't damlanmasi qo'shilgan suv ichgan ma'qul. Chunki bu ichimliklar nerv sistemasini tinchlantiradi va uyquga ketishda yordam beradi.

3. Uhlashdan oldin har xil faol, harakatchan, qo'rqinchli filmlarni ko'rish tavsiya etilmaydi. Uning o'rniga o'zingiz yoqtirgan tinchlantiruvchi musiqa eshiting, rasmlar ko'ring yoki kitob o'qing.

4. Iloji bo'lsa, uyqudan oldin ko'chaga chiqib, 10-15 daqiqa aylanib keling.

5. Agar uyqu moyilligini oshiruvchi dorilarni ichayotkan bo'lsangiz, ularni kamaytirishga va u dorilarsiz uxlashga harakat qiling. Chunki bu dorilar ularga ko'nikmangiz oshishiga olib kelishi mumkin.

6. O’zingizga qulay, toza o'rinda, qorong'i, tinch va kislorod bor xonada yoting.

7. Yotgan mahalda muammolar haqida o’ylamang.

Yuqoridagi maslahatlardan foydalansangiz uyqingiz osuda bo’ladi.
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: