• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Salomatlik uchun zararli narsalar
OSIYODate: Payshanba, 07-Iyul-2011, 14:36 | Message # 1
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Inson salomatligi ucun zararli narsalr
 
OSIYODate: Payshanba, 07-Iyul-2011, 14:36 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Gazli shirin ichimliklar oshqozon osti bezi saratonini keltirib chiqaradi

Gazli shirin ichimliklar nafaqat chanqoqni bosadi, balki qandli diabetni keltirib chiqarib, semirishga olib boradi. Shu bilan birga ular oshqozon osti bezida saraton hujayralari rivojlanishiga turtki bo’ladi.

Singapurlik shifokorlarning so’zlariga ko’ra, haftasiga kamida ikki marta gazli shirin ichimliklarni iste’mol qiluvchi kishilarda boshqalarga qaraganda ikki marta ko’proq oshqozon osti bezi saratoniga yo’liqish xavfi mavjud ekan . Ammo mevali shirin sharbatlarni iste’mol qiluvchilarda esa saratonning ushbu turi bilan xastalanish xavfi gazli ichimliklarni ichuvchilarnikiga qaraganda juda kam.

Insulin oshqozon osti bezining maxsus hujayralari – Langergans orolchalarining beta-hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi. U qondagi glyukoza miqdorini kamaytiradi. Organizmning deyarli barcha to’qimalaridagi uglevodlar, yog’lar va oqsillar almashinuviga ta’sir qiladi

« Xo’sh, buning sababi nimada ? Hammasiga qand moddasi sababchi bo’lishi mumkin, chunki kolani ko’p ichadiganlar odatda sog’liq uchun unchalik foydali bo’lmagan boshqa mahsulotlarni, xususan fastfud, yog’li ovqatlarni yaxshi ko’rishadi », – deydi Minnesota universitetining bosh tadqiqotchisi Mark Pereyra. « Gazli ichimliklar tarkibida qand miqdorining yuqori bo’lishi insulinning ko’proq ishlab chiqilishiga sababchi bo’lishi, bu esa, oshqozon osti bezida saraton hujayralarining rivojlanishiga turtki bo’lishi mumkin », – deb yozadi Pereyra o’z hisobotida .
” Cancer Epidemiology, Biomarkers & Prevention “ nashrining oxirgi sonida chop etilgan maqolaga yakun yasar ekan, Pereyra va uning hamkasblari 14 yil davomida 60 524 nafar kishini (ayollar ham, erkaklar ham) kuzatishganini ko’rsatishadi. Shu davr ichida 140 nafar ishtirokchida oshqozon osti bezi saratoni rivojlangan. Gazli shirin ichimliklarni haftasiga ikki martadan ko’p iste’mol qilganlarda saratonga yo’liqish xavfi bunday ichimliklarni iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda 87% ga yuqori bo’lgan.

Oshqozon osti bezi saratoni onkologik kasalliklarning eng xavfli shakllaridan biri hisoblanadi. Juda kech tashxis qo’yiladi, shuning uchun ko’p holatlarda o’lim bilan tugaydi. Besh yillik tirik qolishlar darajasi bor-yo’g'i 5% ga teng. Rivojlangan yirik mamlakatlardagi tarqalganlik darajasi yiliga qariyb 230 ming kasallanish holatini tashkil etadi.

Pereyraning ta’kidlashicha, tadqiqot natijalarini istalgan mamlakatda qo’llasa bo’ladi: “Singapur – sog’liqni saqlash bo’yicha ajoyib tizimga ega rivojlangan mamlakat. Bu yerda odamlar bo’sh vaqtlarini boshqa mamlakatlardagi kabi do’konlarni aylanish, qahvaxona va restoranlarga borish bilan o’tkazishadi, shuning uchun tadqiqot natijalarini boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham qo’llash mumkin”.

Biroq Pereyraning fikriga qarshilar ham topildi. Yel universiteti (Konnektikut) Saraton markazida faoliyat yurituvchi professor Syuzan Meyn tadqiqot ishtirokchilari gazli shirin ichimlikni iste’mol qilish bilan birga kashanda ham bo’lishgan va ko’p miqdorda go’sht iste’mol qilishganini va bu tadqiqotda hisobga olinmaganini qayd etadi. Bundan oldingi tadqiqotlar oshqozon osti bezi saratoni va qizil go’sht, ayniqsa qovurilgan yoki biroz kuygan go’sht iste’moli orasidagi aloqani aniq ko’rsatgan edi.
O’rtacha amerikalik yiliga 180 litr (1950-yillardagidan to’rt baravar ko’p), rossiyalik 50 litr, xitoylik esa 20 litr gazli suv ichadi.

Holbuki saraton hujayralari rivojlanishi uchun sog’lom hujayralarga qaraganda ko’proq qand zarur bo’lishi aniqlangan. Mana shuning uchun ko’pgina olimlar qand iste’molining onkologik kasalliklar rivojlanishi bilan aloqasini tadqiq qilishadi. Parhez uchun mo’ljallanmagan gazli suvning bir shishasida (355 ml ga yaqin) 130 kkal mavjud, deyarli ularning barchasi yengil hazm bo’ladigan uglevodlar ko’rinishida (bu 30 g ga yaqin qand, ya’ni 6 ta choy qoshiq shakar degani).
 
OSIYODate: Payshanba, 07-Iyul-2011, 14:38 | Message # 3
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Qahva Ichmaslikning beshta sabab

Qahva hafaqonni ko’pytiradi va yurakka zarari bor
Qon bosimi baland bo’lgan odamlar qahva ichishdan ehtiyot bo’lishlari kerak; qon bosimini ko’tarib yuboradi. Bundan tashqari, italyan tadqiqotchilari bu ichimlik xafaqoni bor odamlarni gipoteroniya kasaliga mubtalo qilishini isbot qildilar. Ehtimol, bir-ikki payola unchalik zarar qilmas, ammo unga ruju qo’yish xalokatli ekan.
Qahva – uyquni qochirish omili
Qahva asabiyatga ta’sir etuvchi ichimlik. Shuning uchun ham ehtiyot bo’lish kerak bu ichimlikda kofeinning ko’p bo’lishi tufayli asab kasalliklari kelib chiqadi va odam uyqusizlik dardiga uchraydi. Ayniqsa, kechki ovqatdan keyin qahva ichish konmi zarar garchi qahva uyqu doridek ta’sir qiladigan odamlar mavjud bo’lsa ham, baribir, uning zarari keyin bilinadi
Qahva tishlarni qoraytiradi
Agar sezgan bo’lsangiz, qahva ichishga ishqiboz odamlarning tishlari marvariddek oppoq emas. Qahva tarkibidagi yog’li kaka ova og’ir uglevodlar, shuningdek shaker tishlarda sarg’ishlik paydo qiladi. Qahvadan paydo bo’ladigan sarg’ishlik inson tishlarini hunuk ko’rsatadi. Lekin karies va milk kasalligiga aloqasi yo’q
Qahva xalestirin darajasini oshiradi
Qahva tarkibidagi kafestol (cafestol) qonda xolestirinnni ko’patiradi. Ayniqsa, bu kofestol "French press” idishida qaynatiladigan "skandinavcha qahva” da ko’proq. Xolland olimlarining takidlashicha, bir kunda fransuzcha qahvadan kuniga besh piyoladan ichgan odamning qonida xolestirin qo’rt hafta ichida 6-8-% ga oshadi.
Qahva giyohvandlikka chorlaydi
Kofein, bu – giyoh. U miyaga ta’sir qilib, lazzat bag’ishlaydi. Qahvaho’rning vegeto tomirlar tarkibi o’tkir hidli ichimlikka o’rganib qoladi, shuning uchun kerakli miqdordagi ichimlikni qabul qilmaguncha kuch bilan ishlamaydi. Qahvaga o’rganib qolgan kishi ertalab sevimli ichimligini ichmasa o’zini tobi qochgan his qiladi, mudroq tutadi, qon bosimi oshadi, bosh og’rig’I kasaliga mubtalo bo’ladi.
 
OSIYODate: Juma, 21-Okt-2011, 20:53 | Message # 4
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
sizning sog'lig'ingiz o'zingizdan boshqaga kerak emas......



Bugungi kunda yoshlar, asosan talabalar orasida quloq dinamiklari ya'ni naushniklarni taqib uyali aloqa vositalarini eng baland ovoziga qo'yib tinglab yuradiganlar juda ko'p. Shifokorlar ta'kidlashicha aynan shu moslamalarni yoshlar taqishni davom ettirib yuqorida aytganimizdek balandligini iloji boricha eng yuqoridagiga qo'ysak kelgusida eshitmaslik ya'ni kar bo'lib qolishimiz, ongimiz rivojlanishdan to'xtab qolishi beparvo va shunga o'xshash kasaliklarga chalinishimiz amru maxol. Shuni aytish lozimki hali hech qaysi olim, yoki ixtirochilar bu moslamaning zarari yo'q ekanligini isbotlamagan, shunday ekan azizlar sizning sog'lig'ingiz o'zingizdan boshqaga kerak emas. O'zingizni asrang.
 
OSIYODate: Payshanba, 22-Dek-2011, 16:43 | Message # 5
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
НОРДОН ТАОМ ТИШ ЭМАЛИНИ ЕМИРАДИМИ?

Стоматологлар лимонни бутунлигича ейишни, лимон ёки бошқа ҳаддан ташқари нордон шарбатни сувга аралаштирмасдан ичишни тавсия қилмайди: бу тиш эмалининг сезувчанлигини бирдан оширади. Узум таркибидаги кислота ҳам кариесда тиш тўқималари бузилишини тезлаштиради.
Органик кислоталар (олма, лимон, узум ва ҳоказо) организмдан тузни чиқариб юбориш билан бирга еликкан тишга тушганда оғриқни қўзғаб, уларнинг чиришини тезлаштиради. Кислота таъсирини камайтириш учун овқатлангандан сўнг оғизни, албатта, сода эритмаси билан чайиш лозим. Нордон таомнинг тишга нақадар ҳалокатли таъсир қилиши сўлак буфер фаоллигига боғлиқ: агар оғиздаги кислота муҳити нордон егуликдан сўнг тезда тикланса, у ҳолда тишга деярли зарар етмайди. Бироқ нордон озиқ-овқат маҳсулотларига ружу қўймаган маъқул.
Газланган ичимликлардан эҳтиёт бўлинг! Кўп миқдордаги қанддан ташқари аксарият Газли ичимликлар таркибида ортофосфор кислотаси бўлади.
Ҳаддан ташқари иссиқ ёки совуқдан тиш эмалида ёриқлар ҳосил бўлади деган фикрда жон бор. Улар кўпинча олд тишларда юзага келади. Бу нуқсон кариесга олиб келмаган тақдирда ҳам, тиш эмалининг сезувчанлиги барибир сезиларли даражада ошади.
Қаҳва ва чой эмални бор-йўғи бўяйди, холос. Оддий чўтка ёрдамида уни тозалаб бўлмайди, лекин эмални профессионал тозалагандан сўнг яна бирдан қорайиб қолиши мумкин. Бундай вазиятда танлаш ўзингизга ҳавола: қаҳва ёки қора тишлар.
Сабзи, олма ва бошқа қаттиқ таомлар тишни механик тозалайди. Ҳатто чўтканинг ҳам ўрнини босиши мумкин. Қаттиқ таом муҳим. У етишмаганда ва одам фақат юмшоқ таом билан озиқланганда тишни суякда ушлаб турувчи пайлар заифлашиб қолади.
 
OSIYODate: Shanba, 24-Dek-2011, 15:49 | Message # 6
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
СИГАРЕТА УМРНИ ҚАНЧАГА ҚИСҚАРТИРАДИ?



Америкалик олимларнинг таъкидлашича, битта сигарета умрни 5,5 дақиқага қисқартиради.
Касалликлар назорати ва олдини олиш маркази мутахассислари маълумотига кўра, ўртача кашанда кунига 14-18 дона сигарета чекади ва шу туфайли умрининг 13-14 йилидан мосуво бўлади.
Одатда битта сигаретада 8-9 мг никотин бўлади, сигараларда эса 100-200 мг.гача етади. Бешта сигаретадаги никотин одамни ўлдиришга етади, лекин заҳарли модданинг асосий қисми чекиш пайтида ёниб кетгани учун одам организмига тушмайди.
Шунингдек, тамаки тутунида элликка яқин кимёвий компонентлар бор, шулардан 11 таси канцероген, яъни саратон келтириб чиқарувчи модда ҳисобланади.
 
ROBIYADate: Yakshanba, 25-Dek-2011, 19:30 | Message # 7
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 2503
Status:
rahmat juda ham foydali maslaxatlar

chiroylik imzo coyaman yaqinda
 
LOLADate: Seshanba, 03-Apr-2012, 07:37 | Message # 8
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
Saqichlar xavflimi? (chewing-gum=danger?) 16:28

Biznning davrimizda saqich sektori yaxshi rivojlangan sektor! U hamma yoshdagi odamlarga mo'ljallangan: bolalar uchun bubble-gum, yosh o'smirlar uchun me'vali saqichlar, kattalar uchun kuchli rayhonlisidan, keksalar uchun xlorofilligidan. Go'yoki "sog'liq uchun foydali bo'lgan saqichlarning marketing kampaniyalaridan tortib, magazinlarda joylashtirilishigacha (kassalar yaqinida) hech narsa tasodif bilan qilinmagan.

Aytishlaricha, saqichni bizning organizmimizga foydasi bor ekan, masalan, kayfiyatimizni yaxshilash, stressni kamaytirish, miyaga kislorod yetkazib xotirani yaxshilashi, ovqatdan so'ng hazm qilishga yordam berish (so'lak chiqarishni oshirgani tufayli), tish kariyeslari riskini kamaytirish. Ba'zi chet eldan kelgan saqichlar hattoki siynalarni shishirish, saratonni ozaytirish, hatto ereksiyani yaxshilashga yordam berar emish! Qani bu "chaynaydigan saqichlar"ning hammasi aytilganidek foydalimikan?

UFSBD (Tish-Og'iz Sog'lig'i uchun Fransiya Uyushmasi) fikriga ko'ra, saqich og'iz PHi (nordonligi)ning tezroq normal holatga qaytishiga yordam beradi, shu bilan kariyeslar rivojlanishini kamytiradi. "Envoé Special" ko'rsatuvidagi "Mystère et boule de gomme" (sir va saqich shari) reportajida ko'rilganidek, UFSBD ning butun so'zlariga shubha bildirish mumkin, chunki, bu tashkilotning hamma xarajatlarining 10%i saqich ishlab chiqarish sanoatlari tomonidan mablag' bilan ta'minlanadi.



Bir necha yil avval, ba'zi vrachlar kasallarning og'ir hazm qilish xastaliklarini qayd etadilar (Manba: Le Quotidien du Médecin jurnali, 2007 yil, dekabr soni). Bu kishilarning holati juda katta miqdorda shakarsiz saqichlarni iste'mol qilganlaridan kelib chiqqandi. Shakarning o'rnini bosish uchun, ba'zi saqichlarning ichiga sorbitol qo'shiladi; sorbitol - shirin ta'm beruvchi modda, o'tkinchi ich qotishlarni davolash uchun ham qo'llaniladi.
British Medical Journal ning bildirishicha, 5 dan 20 grammgacha bo'lgan sorbitol har kun iste'mol qilish ichaklarda noxushliklar paydo qilishga yetar ekan( qorin shishishi, gazlar, o'tkir ich ketishi va h). va bundan ortiqcha dozada odam vaznining kamayib ketishi xavfi bor.

Shuni bilib qo'yish kerakki, bir dona saqichda 1,25 gr sorbitol bor. Saqich shuningdek, aérophagie (oshqozonda havo) paydo qilar va oshqozon yaralari rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratar ekan.

Shakarsiz saqichlarning ichidagi yana bir "klassik" modda - Xylitol (E967) dir. Bu klassik shakarning o'rnini bosuvchi modda bo'lib, yog'och po'stidan ajratib olingan polyol dir. U saxaroz bilan ayni ta'mga va shirin qiluvchi kuchga ega (va deyarli ikki marta kaloriyasi kamroq).

EFSA (Oziq-ovqatlar Xavfsizligi bo'yicha Yevropa Rahbariyati) ning aytishiga ko'ra, "xylitolli saqichlar bollarda tish kariyesi xavfini kamaytiradi".

Har holda bilib qo'yingki, katta dozadagi xylitol sizni juda kuchli ich ketish xavfiga ro'baro' qiladi.

Boshqa ingredientlar analizi:

Biz to'g'ri kelgan bir saqich paketining ingredientlari ro'yxatini olib, etikatkasi ustidagi zararli va hech bo'lmasa "undan uzoqda turish kerak bo'lgan" ingerdientlarni ustini chizib , quyida tavsiflarini berdik. O'zingiz qarang, sog'liqqa zarali ingredientlar soni ko'pligini o'zingiz ko'rasiz.



Acesulfame-k E950 : Shakardan 200 marta shirinroq. U saxarin va aspartamdan ham ko'ra xavfliroq ekan.
Sog'liq uchun riski: xolesterolning oshishi, saratonlar, o'pkalarda mauammolar, hipoglicemiya, va h.

(Manba : www.danger-sante.org/category/additifs-alimentaires)

Aspartame E951 : u "light" (yengil) mahsulotlarda ko'p ishlatiladi (ichimlik, tortlar, saqichlar, va hokazo).

Sog'liq uchun risklari: Hazm qilish buzilishlari, bosh og'rig'i, uyqusizliklar, semirish, bo'g'inlarda og'riq, xotira buzilishi, vahimaga tushish, farzandsizlik, va hokazo (shu saytda ASPARTAM ning xavfliligi haqida bir maqola bor ).

E141
Tipi: Rang beruvchi;
Nomi: Xlorofillar va xlorofillinlarning misli (mis metali) komplekti;
Rangi: Yashil.
Eslatma: Kimyoviy mahsulot. Zararsizligi ma'lum emas. Undan uzoqda turing.

E171
Tipi: Rang beruvchi;
Nomi: Titan bioksidi (Bioxyde de titane);
Rangi: Oq.

Eslatma: Kimyoviy mahsulot. Zararsizligi ma'lum emas. shubhalanganda uzoq turgan ma'qul.
(Manba : www.medecinesnaturelles.com)

Maltitol : Ichak kasalliklari keltirib chiqaradi (oshqozon og'riqlari, aérophagie (oshqozonda havo), ba'zi kishilarda ich ketishi).

(Manba : http://lowcarbdiets.about.com/od/nutrition/a/maltitol.htm )

Sorbitol : katta dozada ich ketishlar va ozib ketishga olilb keladi.

(Manba : http://avosoignons.blogspot.com/2008....et.html )

Antioxygène BHA, ya'ni saqichning asosiy moddasi.

Quyidagi videodagi fransuzcha ko'rsatuvda : " Envoyé Special – Mystère et boule de gomme" ko'rsatilganidek, saqichning asosini tashkil qiluvchi rezinka moddaning haqiqiy ximiyaviy tarkibi butunlay oshkor qilinmasligi bilan bir qatorda, uning tarkibida juda g'alati kimyoviy moddalarni uchratamiz :

Masalan, lithium (litium) batareykalarda ishlatiladi,

Polivinil atsetat (acétate de polyvinyle ), ba'zi kleylar(yelimlar), va bo'yoqlarda ishlatiladi.

Antioxygène BHA , saqichlarning aksariyatida mavjud bo'lib, odam uchun kancerigen, saraton paydo qiluvchi,
bu haqda yaxshi o'ylab ko'rsa arziydi...
 
LOLADate: Shanba, 07-Apr-2012, 15:47 | Message # 9
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
Aspartame , sog'liqqa zararli shirinlik. Hamma bilishi lozim! 14:13

Hozirgi kunda shakarning o'rnini bosuvchi sun'iy shakarlar oziq-ovqat mahsulotlarida keng qo'llanilmoqda. Bu sun'iy shakarlar juda kam kaloriyali bo'lib, ozgina miqdori ham ozuqalarga xuddi anchagina shakar qo'shilgandak shirin ta'mni beryapti.

Bulardan eng asosiysi ASPARTAME bo'llib, u shirin ta'm beruvchi sun'iy kimyoviy modda sifatida 1965 yilda Amerikada, Searl laboratoriyalarida kashf qilingan, olimlar aslida oshqozon yarasiga qarshi dori qidirayotganlarida hosil bo'lgan kimyoviy moddaning juda shirinligini payqashgan.

O'sha davrda oziq-ovqatlarni shirin qiluvchi sifatida ishlatilayotgan ciklamat va saxarin moddalari hayvonlarni saraton kasali qilishi isbotlangani tufayli sotuvga taqiqlangan; va oziq-ovqat sanoati bu moddalar o'rnini bosuvchi biror narsa qidirayotgandi.

Aspartamni birinchi marta sotuvga chiqarish ruhsati 1974 yilda Qo'shma Shtatlarda berilgan, ammo 1980 yil sentyabrida Amerika Oziq-ovqat va Dorilar Administratsiyasi (Food and Drug Administration) tayinlagan komissiya tarafidan ta'qiqlangan. Chunki, ikkita ilmiy tadqiqot ishi uning hayvonlarda miya saratoni paydo qilganligini tasdiqlagan, odam miyasi uchun ham zaharli bo'lishi, yoki miya saratonini qo'zg'atishi gumon qilingan.


To'rt oy so'ngra Searl firmasi ozlari tayyorlagan 10 ta soxta ilmiy ishlarni ko'rsatadi va yuqoridagi komissiya ishni qaytadan ko'rib chiqadi. Ovoz berganda bir ijobiy ovoz ko'pligi bilan aspartamni iste'mol qilishga ruhsat olinadi. Ushbu bir ortiqcha ovoz komitet a'zosi Arthur Hayes ning ovozi bo'lib , u keyinchalik Searl firmasiga ishga olingan (Korrupsiya!)

Food and Drug Administration da ishlagan sobiq toksikolog Doktor Adrian Gross ning aytishicha, Searl laboratoriyasining ilmiy ishlari firibgarlikdan boshqa narsa emas.
Chunki, aspartamdan halok bo'lgan va saratonga chalingan hayvonlar tadqiqot davomida hisobga olinmagan.

Bozorga chiqarish ruhsati birinchi marta qattiq ozuqalar uchun 1981 yilda, gazli ichimliklar uchun 1983 yilda berilgan. Barcha mahsulotlar uchun shirin qiluvchi modda sifatida bozorga chiqarish ruhsati 1996 yilda berilgan. Bir xalqaro expertlar qo'mitasi aspartamning kundalik sog'liq uchun xavfsiz dozasi odamning har kilo vazniga 40 milligrammdan oshmasligi kerak deb belgilagan.

1996 yilda aspartamni iste'mol qilish va miya saratoni o'rtasida bog'liqlik borligi haqidagi maqola chop etilgan. Bu Aspartam haqidagi munozarani qayta jonlantirdi, ayniqsa, Internetda uning inson sog'lig'iga zarari haqida ko'p gapirila boshlandi. Aspartamning ko'pgina noxush yon ta'sirlari borligi, masalan:sclérose en plaque (rasseyanniy skleroz) , le lupus erythemateux (krasnaya volchanka), Fors Ko'rfazi urushi sindromi, miya saratoni, tutqanoq tutishlar, diabetning og'irlashuvi aytilgan.

1996 yilda Shimoliy Ohio Universitetlari Tibbiyot Kolleji professori va vrach Ralf G. Walton Aspartam iste'mol qillish yuzasidan olib borilgan barcha ilmiy tadqiqot ishlarini analiz qilishga qaror beradi. Uning kuzatishlari odamni lol qiladi: 174 ta analiz qilingan ilmiy ishdan 74 tasi aspartam ishlab chiqaruvchi firmalarning moliyaviy ko'magi bilan qilingan va bu tadqiqotlarning 100 %i bu mahsulot butunlay xavfsiz, deb xulosa chiqargan!
Holbuki, 90 ta Mustaqil (firmalar to'lamagan) olib borilgan ilmiy ishlarning 83 tasi (92%) bu sun'iy shirinlik iste'moliga bog'liq bir yoki bir necha muammoni oshkor qilishgan.

Aspartam hidsiz oq kukun bo'lib, shakardan ko'ra 200 marta ko'proq shirin ta'm beradi. Dasturxonda masalan kofega solinadigan shakarning o'rnini bosish uchun Canderel , Nutrasweet, Egal markalari chiqargan sun'iy shakar sifatida sotiladi.
Dunyo bo'ylab turli-tuman 5000 xil oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidan joy olgan, shuningdek, ichimliklar, shirinliklar, pishiriqlarda ham qo'llaniladi. Bunday keng qo'llanishga dunyoda semizlik epidemiyasining tarqalayotganligi, oriq badan modasi ehtiyoj tug'dirgan bo'lishi mumkin.

Aspartamning tarkibidagi ikkita amino-kislota: fenilalanin (phénylalanine) va aspartik kislota (acide aspartique)shirin ta'mni beradi, lekin uning ichidagi asosiy keraksiz dicétopipérazine moddasi umuman shirin ta'm bermaydi.

Quruq yoki muzlangan mahsulotlarda saqlansa aspartam yaxshi saqlanadi. 30°C oshiq issiq ichimliklarda u sekin-asta dicétopipérazine ga aylana boshlaydi. Bu dicétopipérazine odam vujudida parchalanganda methanol, fenilalanin va aspartik kislotaga aylanadi. Methanol parchalanganda zaharlil formaldehyde moddasi va boshqa formik kislota kabilar hosil bo'ladi. Bularning hammasi saraton kasalligini qo'zg'atuvchilardir.
Bu o'zgarishlar uning shirinlik beruvchi xususiyatini yo'qotadi. Shu sababdan aspartam pishirilgan yoki sterilizatsiya qilingan mahsulotlarda ishlatilmaydi.

Aspartamni avvalo Searl firmasi ixtiro qilgan bo'lsa, keyinchalik Monsanto firmasining mulkiga aylandi. Bi ikki ulkan firmaning ham kimyoviy qurollar ishlab chiqarishda qatnashganligi ma'lum.

Shuni ham bilib qo'yish lozimki, Pentagondagi kimyoviy qurollar ro'yxatida ASPARTAME ham turadi!

Aspartamning zarari:

Aspartamni iste'mol qilishdan kelib chiqadigan noxush oqibatlar ro'yxati judayam uzun. Headache jurnalining 1997 yil noyabr sonidagi ma'lumotga ko'ra, ba'zi odamlar juda ta'sirchan bo'lib, aspartamning kichik dozalaridan ham bosh og'rig'i kabi turli-tuman simptomlarni namoyon qiladilar. Masalan, bir dona tarkibida aspartam bor saqich chaynasalar yetib ortadi.

1994 yilda FDA (Food and Drug Administration) Aspartamning zararidan shikoyat qiluvchi 7000 dan oshiq iste'molchilar shikoyatnomasini olgan, va shundan keyin boshqa shikoyatlarni qabul qilmay qo'ygan.

Eng ko'p uchraydigan shikoyatlar: Bosh og'rig'i (ilmiy ishlar bilan isbotlangan); bosh aylanishi; ko'zning xira ko'rishi; kayfiyat buzilishi; qorinda og'riqlar va mushaklar tortishishi;

Qo'shma Shtatlarda, samolyot uchuvchilari xizmat paytida aspartamli ichimliklarni ichib yuqoridagi simptomlarni his qilganlar. Ularni kasal va xizmatga yaroqsiz deb gumon qilib uchish ruhsati qo'llaridan tortib olingan.

Natijada, U.S. Air Force va U.S. Navy (Amerika Havo va Dengiz Harbiy Kuchlari) o'z xizmatchilariga bu xavfdan ogohlantiruvchi, ya'ni xizmat paytida aspartamli ichimlik va ozuqalarni iste'mol qilmaslikka chaqiruvchi xatlarni yuborgan.

Aspartam ozuqalarga qo'shiladigan sun'iy kimyoviy additivlardan kelib chiqqan sog'liq shikoyatlarining (FDA) 75% iga sababchidir. Va aniq ayta olamizki, bu kimyoviy additivlarning eng xavflilaridan!

Department of Health and Human Service (Sog'liq va Inson Xizmati Departamenti) ning 1994 yil raportida ko'rsatilgandek, aspartamning ikkinchi darajali ta'sirlari juda jiddiy bo'lib, ular orasida Apoplexiya krizisi va hattoki o'limga olib borish hollari kuzatilgan.

Aspartamning boshqa simptomlaridan: Tutqanoq tutishi; depressiya, bo'g'inlarda og'riq; menstruatsiyaning buzilishi; charchoq; asabiylashish; vahimaga tushish; gapirishga qiynalish; uyqusizlik, taxikardiya (yurak tez urishi); teri yallig'lanishlari; semirish; ko'z muammolari; eshitishni yoki ko'rishni yo'qotish; ta'm sezishni yo'qotish; og'izda temir ta'mini his qilish; nafas olish qiyinchiliklari; yurak o'ynashi; ko'ngil aynashi; mushaklarning uyushishi yoki tortishishi;

2011 yil boshida chop etilgan daniyalik ilmiy ish 60 000 ta homilali ayol ustidan kuzatuv olib borib, aspartamning homilali ayollarda vaqtidan oldin tug'ishga sabab bo'layotganini aniqlagan.


Davomi bor...
 
LOLADate: Shanba, 07-Apr-2012, 15:49 | Message # 10
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
Aspartam va semizlik.

Aspartamning kaloriyasi shakarning kaloriyasiga teng, lekin shirin qilish xususiyati 200 marta katta. Xo'sh, oshqozon usti bezi buncha katta shirinlik yeyilgani haqida miyadan ma'lumot olsa nima qiladi?

Taxmin qilinishi bo'yicha bu soxta shakar ta'mini til sezgach, uni hazm qilish uchun bu bez katta miqdorda insulin gormoni ishlab chiqaradi. Oqibatda, qonda shakar miqdori juda kamayib ketadi va odam juda katta ochlik his qiladi. Asablarni o'rganuvchi olim Richard Wurtmanning aytishiga binoan, aspartam kabi sun'iy shirin qiluvchilarni ko'p iste'mol qilish, rostdan ham "shakar krizisi"ni qo'zg'atadi.
American Cancer Society (Amerika Saraton Jamiyati) 80 000 ta ayolni 6 yil davomida kuzatuv natijasida buni tasdiqladi.
Sun'iy shirinliklarni iste'mol qiluvchi ayollar , bularni iste'mol qilmaydigan ayollarga nisbatan ko'proq semirishgan.
Bundan tashqari bu iste'molchilar kam kaloriyali ovqat yeyapman deb o'ylab, ko'proq miqdorda ovqat yeyishi ham mumkin. Nima bo'lgan holda ham aspartam shakarni sevish odatini davom ettiradi va ovqatlanish ko'nikmalarini o'zgartirishga yordam bermaydi. Faqat ovqatlanish odatlarini o'zgartirishgina oriqlashga ko'maklashishi mumkin.

Endokrinolog Doktor H. J. Robertsning aytishicha, bu soxta shakar, diabet xastalarida glicemiyani nazorat qilishni qiyinlashtiradi va tez-tez hipoglycemiya krizislariga, diabetning xavfli oqibatlari bo'lmish katarakt, retinopatiya, nevropatiyaning yanada og'irlashishiga sabab bo'ladi.

Ustiga-ustak, bir qancha xastalarda sclérose en plaques (rasseyanniy skleroz) deb xato diagnoz qo'yilgan; chunki aspartamni doimiy yeyish shu kasallikka o'xshovchi sindromlarni keltirib chiqarishini doktorlar bilishmas edi.

Nima qilaylik?

Aholining 2% ga yaqini o'zi bilmagan holda, Phénylcétonurie (fenilcetonuriya) kasalligining genlaridan birini o'z hujayralarida saqlaydi. Aspartamning ichidagi fenilalanin nomli amino kislotani ishlatish uchun bu odamlarda maxsus enzim mavjud emas. Bu kishilar tarkibida fenilalanin bo'lgan har qanday moddani iste'mol qilishlari mumkinmas, aspartam ham shu qatorda. Yo'qsa, tutqanoq tutishi va jiddiy ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shubha qilsangiz, aspartamni aslo iste'mol qilmang!

Agar sizda doimiy sog'liq muammosi bo'lsa va siz ayni vaqtda aspartamni shakar o'rnida qo'llanayotgan yoki, aspartamli mahsulotlarni yeb-ichib yurgan bo'lsangiz bir oy davomida bularni umuman iste'mol qilmang. Va simptomlaringiz yo'qoladimi, yo'qmi, kuzating.

Xarid qilayotga barcha mahsulotlaringizning etiketkalarini diqqat bilan o'qing, chunki aspartam hamma joyda tarqalyapti. Bizning fikrimizcha bu sun'iy additivdan qancha yiroq bo'lsangiz, sog'lig'ingiz shuncha yaxshi bo'ladi.
 
LOLADate: Seshanba, 29-May-2012, 07:47 | Message # 11
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
Emlash bahonasida ayollarni sterilizatsiya qilish. (Стерилизация женщин под видом вакцинации...)



Message edited by lola123 - Seshanba, 29-May-2012, 07:47
 
SAKINADate: Dushanba, 10-Dek-2012, 09:31 | Message # 12
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
3D formatdagi filmlar sog'liq uchun zararlimi?



Hozir 3D formatidagi filmlar to'liq zallarni yig'moqda. Ekspertlar kelajakda barcha filmlar uch o'lchamli bo'lishini ta'kidlashayotir. Biroq oxirgi paytlarda 3D filmlar salomatlik uchun zararli degan ogohlantirishlarni ham eshityapmiz. Xo'sh, aslida ham shundaymi?

Chiroyli aldov

"3D formatidagi filmlar salomatlik uchun zararli deb qat'iy aytish noto'g'ri bo'lardi, - deb hisoblaydi texnika fanlari doktori, Moskva ilmiy-tadqiqot kinofotoinstitutining vizualizatsiya laboratoriyasi mudiri Yuriy Ovechkis. - Ammo bunday filmlar salomatligimizga va o'zimizni his qilishimizga ta'sir qilishini ham inkor etib bo'lmaydi. Bu birinchi navbatda, har qanday stereofilm, afsuski, noto'g'ri qilinishi yoki noto'g'ri namoyish etilishi mumkinligi bilan bog'liq".

Stereokino o'zi nima? Aslini olganda - aldov. Bizga ikkita yassi suratni ko'rsatishadi, biz esa o'zimizning ko'rish apparatimiz orqali ularni bitta tasvirga aylantiramiz. Albatta, bu ko'rish analizatori va asab tizimiga qo'shimcha yuklama bo'ladi. Shuning uchun agar videoqator yetarli darajada sifatli terilmagan bo'lsa yoki filmni namoyish etish paytida texnologiya buzilsa, tomoshabinlarda noqulaylik hissi paydo bo'lishi mumkin. "Ammo bunda so'z faqat individual reaktsiyalar haqida borishi mumkin, - deydi Yuriy Ovechkis. - Zaldagi hamma odamlar bir kishiday bosh og'rig'i va ko'ngil aynishini his qilishi mumkin emas!"

San'atlar ichida eng zararlisi?

Bizning o'zimizni qanday his qilishimizga ta'sir qiladigan bir necha texnik omillar mavjud. Ulardan biri - Rossiyada kinoteatrlarning majburiy ravishda sertifikatlanishining yo'qligi. Ko'p holatlarda 3D filmlari zarur andozalarga to'g'ri kelmaydigan stereozallarda namoyish etiladi. "Oddiy proektor stereotasvirning yorqinligini 2-3 marta va, hatto, 5 martagacha kamaytiradi, - deydi Yu.Ovechkis. - Xira tasvir esa, xuddi haddan tashqari yorqin tasvir kabi, ko'zlarni sezilarli darajada toliqtirishi mumkin". Tegishli qonun chiqquniga qadar buning faqat bitta yo'li bor - film tomosha qilish uchun iloji boricha yangi va yaxshi jihozlangan kinoteatrlarni tanlash.

Bundan tashqari, quloqlarimiz ham 3D formatga o'z e'tirozlarini bildirishi mumkin. Bunday filmlar mualliflari tomoshabinni nafaqat ko'p o'lchamli tasvir, balki hajmli tovush bilan ham hayratda qoldirishga urinadilar. Unda haddan tashqari past va haddan tashqari yuqori tonlar noodatiy tarzda ko'p, ular ba'zi odamlarda noqulaylikni tug'dirishi mumkin.

3D-xavf guruhi

Mutaxassislar, agar 3D filmlar barcha texnologik nozik jihatlarga amal qilgan holda suratga olinib (masalan, o'sha "Avatar"ni olaylik, u ko'pchilikning fikricha, juda yaxshi darajada qilingan), sifatli apparaturadan foydalangan holda namoyish etilsa, unda salomatlikka ommaviy zarar haqida so'z ham bo'lishi mumkin emas. Biroq agar odamda salomatligi bilan qandaydir muammolar bo'lsa, unda u noqulaylikni his etishi ehtimoli katta. Quyida uch o'lchamli kinoni tomosha qilish bo'yicha "texnika xavfsizligi" qoidalarini keltiramiz:

* 3D filmlariga vegetativ qon-tomir distoniyasi hamda vestibulyar apparat kasalliklaridan aziyat chekuvchi odamlarga borish tavsiya etilmaydi. Bunday seanslarga maktab yoshigacha bo'lgan bolalarni ham olib bormagan ma'qul.
 
SAKINADate: Dushanba, 10-Dek-2012, 09:34 | Message # 13
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
3D formatdagi filmlar sog'liq uchun zararlimi?

Davomi;




* Binokulyar ko'rish qobiliyatiga ega, ya'ni miya o'ng va chap ko'zlar tomonidan ko'riladigan tasvirlarni bir paytning o'zida ishlov berishga qodir bo'lmagan holatdagi kishilarga ham ehtiyot bo'lish maslahat beriladi. Odatda, bu muammo bolaligida g'ilayligi bo'lgan kishilarda kuzatiladi. Britaniyalik olimlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqot bunday odamlar qariyb 12% ni tashkil etishini ko'rsatdi. Kishi kundalik hayotda bu kamchilikni sezmasligi mumkin, chunki miya uni kompensatsiya qilishga harakat qiladi.

* Yorqin namoyon bo'lgan uzoqni yaxshi ko'rolmaslik yoki uzoqni yaxshi ko'rish (minus 3 dan kam yoki plyus 3 dan ko'p) holatida oddiy dioptrik ko'zoynaklarning o'rniga yoki ular bilan birgalikda stereo ko'zoynaklardan foydalanish qiyin bo'ladi. Bu ko'z mushaklarining haddan ziyod zo'riqishiga va noqulaylikka olib kelishi mumkin. Bu ayniqsa, 40 yoshdan oshgan kishilarga taalluqli. Iloji boricha kinoga yaxshisi ko'zoynakda emas, balki kontakt linzalarda borgan ma'qul.

* O'tirish joyini zalning o'rtasidan tanlang. Yon tomonlardan va ekranga yaqin joylashgan yerdan stereotasvir yaxshi qabul qilinmaydi.

* 3D formatidagi film uzoq davom etmagani ma'qul. O'tgan asrning 60-yillarida, stereofilmlar endigina paydo bo'lganida, ularning davomiyligini cheklovchi normativ ham belgilangan edi. U ko'pi bilan bir yarim soatni tashkil etgan. Albatta, zamonaviy raqamli tasvir ancha mukammal, ammo uning yangi nuqsonlari ham paydo bo'lgan: masalan, tasvirlarning lipillash effekti. Ekspertlarning firkicha, o'sha uch soatga yaqin davom etadigan "Avatar" filmini tanaffus bilan tomosha qilgan yaxshi.

* Va eng asosiy qoida: o'z organizmingizga quloq soling. Agar namoyish paytida 15 daqiqadan so'ng noqulaylikni his qilsangiz, seansdan chiqib ketganingiz ma'qul.

Ko'zoynak - sizning foydangizga

3D filmlarini tomosha qilish shubhasiz ko'zga tushadigan qo'shimcha yuklama bilan bog'liq, shu bois ko'zoynaklarning sifatiga e'tibor qaratish kerak.

1) Avvalo ular butun bo'lishi lozim, har qanday darz ketgan ko'zoynak tasvirni buzadi va ko'zlarning zo'riqishini keltirib chiqaradi.

2) O'lchami sizga to'g'ri kelmaydigan ko'zoynak ham noqulaylik hissini tug'dirishi mumkin. Agar kinoteatr uch turdagi ko'zoynaklarni - bolalarniki, ayollarniki va erkaklarniki bersa, yaxshi. Ammo ko'p hollarda tomoshabinlarga bitta, o'rtacha o'lchamdagi ko'zoynaklarni taklif qilishadi. Ideal holatda o'zingizning sifatli ko'zoynagingiz bo'lgani ma'qul. Hozir bu bozor faol tarzda rivojlanmoqda, savdoda hatto ko'zoynak taqadiganlar uchun ham maxsus modellar bor. Ularni dioptriyali ko'zoynaklarning ustidan osongina taqish mumkin.


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: