• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Ayollar kasalliklari haqida
DURDONDate: Juma, 14-Sen-2012, 14:39 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:


 
SAKINADate: Yakshanba, 16-Sen-2012, 13:04 | Message # 2
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bachadon miomasi

Yaqin kunlargacha ayolga bachadon miomasi tashxisi qo'yilsa, "unda rak jarayoni boshlandi" deb ta'kidlanib, miomani keltrigan shishlar bachadon bilan birga olib tashlanar edi. Lekin 90-yillarga kelib bu kasallikga, ya'ni bachadongagi shishlarning paydo bo'lishiga oddiy ortiq kabi qaraladigan bo'ldi. Bu shishlar rak boshlanishiga olib kelmasligi isbotlandi.
Undan tashqari oldin bachadon miomasi ayollarning 30% uchragan bo'lsa, hozirgi kunda 30 yoshdan oshgan ayollarning 80% da bachadon miomasi kasalligi mavjudligi aniqlandi.

Bachadson miomasi ko'pincha simptomlarsiz o'tadi. Shuning uchun ko'pchilik mioma mavjudligi haqida bexabar bo'ladi.
Bachadon miomasi ko'p tuqqan va bolasini ko'kragi bilan emizgan ayollarda kam uchraydi.
Bachadon miomasi kelib chiqishiga nima sabab bo'lishi mumkin?
Ayolning gormonal foni normada emasligi (estrogenlarning ko'pligi, progesteron ishlab chiqilishi sustligi va hokazo);
Bachadon miomasi asta sekinlik bilan bachadonda juda kichik shishlarning paydo bo'lishidan boshlanadi. Bu shishlarni rivojlanib ketishiga quyidagilar ta'sir ko'rsatishi mumkin:

Abort;
Xayz kelish muddatlarining buzulishi;
Adenomioz;
Ayol organizmidagi gormonal buzulishlar;
Yurak-tomir tizimining ayrim kasalliklari;
anemiya;
Ortiqcha semirish;
Jarrohlik aralashuv (bachadonni tozalash, bachadon operatsiyasi);
Endometrioz.


Bachadon miomasini qanday aniqlash mumkin?

Ultratovushli diagnostika(UTD) orqali miomani keltirib chiqaruvchi bachadondagi kichik shishlarni aniq diagnostika qilish mumkin. Bunda shishlar tufayli bachadon hajmi o'zgargani uchun shishlarni razmeri hafta bilan o'lchanadi. Ya'ni xomilaning nechanchi haftasiga shishlar rameri mos kelishiga qarab "7-8 haftalik" yoki o'tib ketgan hollarda "12 haftalik" shish deb ataladi. Shishlarni xali o'smasdan turib diagnostika qilish uchun ginekologga muntazam ravishda qatnash lozim.
Bachadon miomasini davolash usullari:
Dori yordamida davolash;
Bachadon arteriyalarini embolizatsiyalash (bachadondagi shishlarni qon bilan ta'minlovchi yo'lni yo'q qilish) Shishlarni konservativ yo'q qilish (laporoskopiya);
Kuchli ultratovushli davolash;
Bachadonni olib tashlash. Vaqtida aniqlangan razmeri 2-2.5 sm dan oshmagan bachadon shishlarini oddiy gormonal davolash bilan yo'q qilish mumkin. Shuning uchun kasallikni o'tkazib yubormaslik uni davolashda yengillik yaratadi.
Bachadon miomasini oldini olish uchun:
Yilda bir marta bachadonni UTD qilish lozim;
Kichik bo'lsada shishlar aniqlangan holda darhol davolanish;
Muntazam ravishda ginekolog ko'rigida bo'lish.
 
SAKINADate: Yakshanba, 16-Sen-2012, 13:23 | Message # 3
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bachadon bo'yni eroziyasi

1. Bachadon bo'yni eroziyasi faqat tuqqan ayollarda bo'ladimi?

Yo'q, bachadon bo'yni eroziyasi yosh qizlarda ham namoyon bo'lishi mumkin. Lekin bu haqiqiy eroziya bo'lmay, balki adasheroziya hisoblanadi.

2. Adasheroziya sog'liq uchun zararli emasmi?

Agar uning darajasi yuqori bo'lmasa, oddiy davolanish yetarli bo'ladi. Lekin adasheroziya ayol qinigacha tarqalib ketgan bo'lsa, u hol onkologik jarayonni boshlanayotganidan dalolat berishi mumkin.

3. Bachadon bo'yni eroziyasini qanday bilsa bo'ladi?

Agar hayzdan tashqari bo'lgan payt ayolda qon chiqishi kuzatilsa, ayniqsa jinsiy aloqadan so'ng u kuchaysa darhol vrachga murojaat qilish kerak. Lekin ko'p hollarda eroziya hech qanday alomatsiz ham kechishi mumkin. Shuning uchun 1 yilda bir marta ginekolog qabulida bo'lish kerak.

4. Eroziyaning salbiy oqibatlari qanday?

Eroziya ko'pincha yallig'lanish natijasida kelib chiqadi. Yallig'lanishga turli hil infeksiyalar olib keladi. Bu infeksiyalarni vaqtida davolamasa, bachadon bo'yni patologik kasalliklari kelib chiqishi mumkin.

5. Eroziyani davolash usullari qanday?

- kimyoviy usul: azot bilan kuydirish, radioto'lqinlik ta'sir.
- operasiya usuli: bunda bachadon bo'yni eroziyaga uchragan qismi olib tashlanadi.
- elektrkuydirish
- lazerli kuydirish

Shuni ta'kidlash lozimki davolash usullarini ayrimlari tug'magan ayollar uchun xavfli, chunki bachadon bo'yni kuydirilgandan so'ng iz qoladi, bu esa erkak spermatazoidi bachadon tomon oson o'tishi uchun to'sqinlik ko'rsatishi mumkin.

6. Eroziya bepushtlik sababchisi bo'lishi mumkinmi?

]Ha, ko'pincha bachadon bo'yni eroziyasi davolangandan so'ng tez homilador bo'lish imkkoniyati bor. Lekin davolanishni maxsus ginekolog amalga oshirish kerak, chunki yuqorida aytganimizdek ayrim davolash usullari homiladorlikka to'sqinlik qilishi mumkin.

7. Eroziya bo'lishiga nima sabab bo'ladi?

- Abort ko'p qilingan bo'lsa;
- Jinsiy hayot juda erta boshlangan bo'lsa;
- Jinsiy infeksiyalar;
- Noto'g'ri kontrasepsiya;
- Gormonal balansning buzulgani;
- Tug'ishdan so'ng yirtilish;
- Jinsiy a'zolarning shikkastlangani.
 
SAKINADate: Dushanba, 17-Sen-2012, 06:50 | Message # 4
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Ayolda ko'krak og'rig'i-mastopatiya

Mastopatiya - ayol ko'krak bezi to'qimalaridagi o'zgarishdir. Mastopatiya sababi Mastopatiyaning asosiy sababi ayol gormonal tizimidagi buzulish hisoblanadi. Ayol organizmida har oy gormonal o'zgarishlar siklik ravishda bo'lib o'tadi. Bu siklik jarayon buzulsa, ko'krak bezida o'zgarishlar, ya'ni mastopatiya vujudga kelishi mumkin. Gormonal sikl buzulishiga nima olib kelishi mumkin:

1. Bachadon va bachadon oldi yo'llar yallig'lanishi; 2. Ona avlodida bunday kasallikning mavjudligi; 3. Qolqonsimon bez kasalliklari; 4. Jigar va o't pufagi kasalliklari; 5. Diabet, semirish; 6. Organizmda yod moddasining yetishmovchiligi; 7. Stress, depressiya, noregulyar jinsiy hayot; 8. Abort, ko'krak bezi shikasti, alkogol, chekish, radiasiya; 9. Homilador bo'lmaslik yoki kechki homiladorlik; 10. Emizish davrining qisqaligi; 11. Xayzning kech yoki erta kelishi.

Mastopatiya simptomlari Mastopatiyaning asosiy simptomi bo'lib, ko'krakdagi aniq seziladigan shishlar hisoblanadi. Ayrim hollarda ko'krakdan qon ko'rinishidagi suyuqlik chiqishi kuzatilishi mumkin (rak kasalligi yoki ko'krak bezlarining jiddiy kasalliklari haqida dalolat beruvchi simptom). Odatda shishlarga ayhollar ahamiyat bermay yuradilar. Bu shishlar ko'pincha xayz boshlanishidan 2-3 kun oldingina og'riq berishi mumkin, keyin og'riq sezilmaydi. Ayrim hollarda og'riq qo'lga va yelkaga ham tarqalib, mastopatiyaning og'ir ko'rinishi yuzaga kelganidan dalolat beradi. Mastopatiya diagnostikasi To'qson foiz holatda mastopatiyani ayolning o'zi belgilay oladi. Agar siz ko'kragingizda shishlarning mavjudligini yoki ko'krak og'rig'ini sezib tursangiz darhol vrachga murojaat qiling. Erta aniqlangan kasallikni davolash osonroq bo'ladi. Mastopatiyani davolash Asosan mastopatiya gormonlar va nogormonal usullar bilan davolalandi. Bu usulning har biri kasallikning hususiyatiga va boshqa bir qator faktorlarga qarab belgilanadi. Davolashning asosiy maqsadi organizmdagi gormonal buzulish sababini yoq qilishdan iborat. Mastopatiyaning o'tib ketgan ko'rinishi jarroxlik yo'li bilan davolanadi. Mastopatiyani oldini olish Birinchi navbatda sog'lom turmush kechirish; Yodning moddasining organizmga yetarlicha kelib tushishini ta'minlash; Jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanish; Stressdan holi bo'lish; Ko'krakka shikast yetkazmaslik; Muntazam ravishda ko'krakni tekshirib turish (shishlar bor-mi, yo'qmi?); Bir yilda 2 marta vrach nazoratiga borish.
 
SAKINADate: Seshanba, 18-Sen-2012, 10:10 | Message # 5
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Metroendometrit

MЕTRОENDОMЕTRIT (yunоn. metra — bаchаdоn vа lot. endometrit — endоmеtriy) — bаchаdоn muskul vа shilliq qаvаtining yallig`lаnishi . Mеtrоendоmеtritni kаsаllik kеltirib chiqаrаdigаn turli mikrооrgаnizmlаr (strеptоkоkk, stаfilоkоkk, - sil tаyoqchаsi, gоnоkоkk vа b.) qo’zg`аtаdi. Аbоrt (аyniqsа kаsаlxоnаdаn tаshqаridа qilingаn), jinsiy vа ungа yondоsh оrgаnlаrdаgi yallig`lаnishlаr, hоmilаdоrlik vа chillа dаvridа gigiеnа qоidаlаrining buzilshi hаm mеtrоendоmеtritgа sаbаb bo’lishi mumkin. Kаsаllikdа ko’pinchа qоrin pаsti оg`rib, оqchil yiringli yoki qоn аrаlаsh chiqindi kеlаdi. Dаrmоnsizlаnаdi, xаyz ishi buzilаdi (xаyz qоni ko’p kеlib, uzоq dаvоm etаdi). Аsоrаtlаridаn yallig`lаnish jаrаyonining yondоsh оrgаnlаrdа o’tishi, bоlа tаshlаsh, hоmilаdоrlikdа bоlа o’rnining qаtlаm-qаtlаm bo’lib ko’chish hоllаri kuzаtilаdi. Mеtrоedоmеtritgа xоs kаsаllik bеlgilаri ko’rinishi bilаn dаrxоl аkushеr-ginеkоlоggа uchrаshish, uning ko’rsаtmаlаrigа kаt`iy аmаl qilish lоzim. Mеtrоedоmеtritning оldini оlish uchun аbоrtdа, hоmilаdоrlik vа chillа dаvrdа tаvsiya etilаdigаn gigiеnik rеjim vа jinsiy gigiеnа qоidаlаrigа аmаl qilish kеrаk.
Bаchаdоn vа оrtig`ining sxеmаtik tаsviri (vеr¬tikаl kеsmаsn): 1 vа 2 - bаchаdоn оrtigi (1 - tuxumdоn, 2 - bаchаdоn nаyi); 3 – 6 - bаchаdоn (3 - tubi, 4 - bo’shlig`i, 5 - tаnаsi, 6 - bo’yni), 7 - qin gumbаzi; 8 – 10 – bаchаdоn pаrdаlаri (3 - shilliq pаrdаsi - endоmеtriy, 9 - muskul pаrdаsi - miоmеtriy, 10 - sеrоz pаrdаsi - pеrimеtrii). Mеtrоendоmеtritdа muskul (9) vа shilliq (8) pаrdаlаri zаrаrlаnаdi.
 
SAKINADate: Payshanba, 20-Sen-2012, 04:07 | Message # 6
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Homiladorlik va bachadon tonusi

Bachadon tonusi bu alohida bir kasallik bo'lmay, u homila tushishi havfi borligidan dalolat beruvchi alomatdir.
Bachadon] tonusining darajasi turlicha bo'lib, ba'zida u beziyon kechishi mumkin bo'lsa, ba'zida homila tushishiga yoki bolaning muddatidan oldin tug'ilishiga olib kelishi mumkin.

Bachadon tonusi alomatlari:

Bachadon tonusi homiladorlikning dastlabki oylarida qorin pastki qismidagi tortuvchi og'riqlar, bel og'riqlarida namoyon bo'lishi mumkin. Bu og'riqlar ayolda hayz kelishidan oldin bo'ladigan og'riqlarini eslatadi.
Homiladorlikning oxirgi oylarida bachadonning toshdek qattiq bo'lib qolishi, ba'zida belning tortib og'rishi bachadon tonusda ekanligidan dalolat berishi mumkin.
Bachadon tonusi sababi:

- genetik;
- endokrin;
- immunologik;
- bachadon tuzilishidagi patologiyalar;
- endometrioz;
- asab kasalliklari.

Bachadon tonusini ginekolog ko'rik davomida aniqlashi mumkin. Agar ayolning o'zi bachadon zo'riqishini sezayotgan bo'lsa, vrachga murojaat qilishi zarur.

Bachadon tonusini davolash:

Homiladorlik kechishi, ayolning umumiy salomatligi, homila rivojlanishiga qarab bachadon tonusini davolashga har xil yondashiladi.
Ba'zi ayollarga dam olish, toza havoda ko'p vaqt o'tkazish tavsiya etilsa, ba'zilarga dori vositalari belgilanadi.
Tonusning o'tkir shakllari (gipertonus)da shifoxonaga yotish talab etiladi.
Chunki gipertonus homila tushihi, homiladorlik muddatidan oldinroq yakunlanishi yoki homilaga kislorod yetishmasligiga olib kelishi mumkin.

Qanday muolaja qilinishidan qat'iy nazar bachadoni tonusda bo'lgan homilador ayol asabiylashishmasligi, og'ir narsa ko'tarmasligi, o'zini zo'riqtirmasligi, ko'proq dam olishi va toza havoda vaqt o'tkazishi maqsadga muvofiq bo'ladi.


Ushbu maqolalarni joylashga ruxsat berganliklari uchun WWW.UZBABY.UZ saytiga saytimiz nomidan o'z minnadorchiligimizni bildiramiz
 
SAKINADate: Payshanba, 20-Sen-2012, 04:17 | Message # 7
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Homiladorlik paytida tomir tortishi

Homilador ayolda oyoq yoki qo'l tomirlarining tortishib qolishi to'satdan yuz beradi. Ayniqsa dam olish payti, uyquda bunday holat soni ko'payishi mumkin.

Homiladorlik paytida tomir tortish sabablari turlicha bo'lib ularning asosiylari;


1. Ayol organizmida kalsiy, kaliy, magniy va vitamin B6 mikroelementlarning yetishmasligi;

Bunga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:
Homiladorlikning dastlabki davridagi kuchli toksikoz, bunda ayol ko'p qayd qilib kerakli mikroelementlarni keraklicha hazm qilmaydi.
Homilaning mikroelementlarga bo'lgan ehtiyojini kuchayishi (odatda homiladorlik davrining o'rta qismida namoyon bo'ladi).
Siydik keltiruvchi dori va suyuqliklarni vrach nazoratisiz ko'p iste'mol qilish.
Noto'g'ri ovqatlanish natijasidaayol organizmiga kerakli moddalar yetarlicha tushmaydi.

2. Qonda gemoglobin moddasi darajasi keskin pasayib ketishi (anemiya);

3. Qondagi shakar miqdorining buzulishi, ko'pincha homilador ayolning ovqatlanish tizimi buzulib, katta vaqt oralig'ida birdaniga ko'p yeb olish yoki shirinliklarni ovqat o'rniga yeb yurish sabab bo'lishi mumkin;

4. Oyoqda tomirlarning varikoz kengayshi, bu ayniqsa oyoqlarga katta og'irlik tushayotganda kuzatiladi;

5. Kofeinga boy suyuqliklarni iste'mol qilish (koka-kola, fanta, sprite, kofe va boshqalar). Kofein moddasi mushaklarni suvsizlantirib tomirlarni tortishiga olib kelishi mumkin;

6. Bachadonning tomir bosishi. Bunda kattalashgan bachadon asosiy tomirni bosib, oyoqlarda qon aylanish tizimiga xalaqit beradi. Odatda homiladorlikning uchinchi trimestrida ayol belida yotganda namoyon bo'ladi.

Tomir tortishib qolsa nima qilsa bo'ladi:

Tomir tortishayotgan oyoq barmoqlarini asta-sekin o'zingizga tortib, yana asta sekinlik bilan o'z holiga qaytaring;
- tomir tortishayotgan joyni asta qizitish maqsadida ishqalang;
- qon aylanish tizimini o'z holiga qaytarish uchun xonada bir qancha yuring;
- tomir tortishi qaytarilmasligi uchun oyoqlaringizni balandroqqa ko'tarib (yostiq ustiga qo'yib) yoting.

Homiladorlik davrida tomir tortishi oldini olish va davolash:

Tomir tortishi bu alohida kasallik bo'lmay organizmda ma'lum bir nosozlik bor ekanligi alomatidir. Shuning uchun homilador ayol o'zida tomir tortishini kuzatsa darhol vrachga murojaat etishi lozim. Agar tomir tortishi sababi mikroelementlarning yetishmovchiligida bo'lsa, u holda vrach kerakli vitamin va mikroelementlarni tavsiya qilishi mumkin.

Tomir tortishining oldini olish maqsadida homilador ayol non, makaron, grechka, ovsyanka, qatiq mahsulotlari, pishloq, baliq, yog'siz go'sht, meva va sabzavotlardan iste'mol qilishi lozim. Qondagi shakar miqdorini normada ushlab turish uchun tez-tez oz-ozdan ovqatlanish lozim.

Undan tashqari:

Balandligi besh sm dan oshmagan oyoq kiyimida yuring;
Tomirlarning varikoz kengayishi mavjud bo'lgan hollarda tomirlarni ushlab turuvchi maxsus kolgotka yoki paypoqlarni kiyib yuring;
Homiladorlikning uchinchi trimestridan boshlab iloji boricha chap yoningizda yoting, yoki o'n tomon dumg'azangiz tagiga yostiq qo'yib yoting;
Oyoqlarga uzoq vaqt og'irlik tushmasligini ta'minlang. Agar tikka turish zarur bo'lib qolsa, u holda oyoqlaringizga dam beruvchi mashg'ulotlarni qilib turing (oyoq uchiga turish, o'z holiga qaytish, bir necha marta).
Dam olayotganingizda oyoqlaringizni biroz ko'tarilib turgan holda (yostiq, adyol ustida) ushlang.


Manba; WWW.UZBABY.UZ sayti.
 
SAKINADate: Dushanba, 24-Sen-2012, 11:02 | Message # 8
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bachadondan tashqari homila (homiladorlik)

Bachadondan tashqari homiladorlik ayol organizmi uchun juda xavfli holat bo'lib, uni vaqtida aniqlash juda muhim.

Normal homiladorlik qanday boshlanadi:


Normal homiladorlik boshlanishida ayolning urug'landan tuxumi bachadon yo'llari bo'ylab bachadonga tushib u yerda joylashadi. Bu jarayon "implantasiya" deb ataladi. Ba'zida bu jarayon noto'g'ri kechishi mumkin bo'ladi. Shunda urug'langan tuxum bachadonda emas, balki bachadon yo'llarida, qorin bo'shlig'ida yoki kam uchraydigan holat tuxumndonda joylashib oladi. Ana shunday holatni bachadondan tashqari homiladorlik deb atashadi.

Bachadondan tashqari homiladorlik alomatlari:

Bachadondan tashqari homiladorlik oddiy homiladorlik alomatlari singari hayz kelish muddatining kechikishi bilan namoyon bo'ladi. Faqat qo'shimcha ravishda qindan qizg'ish ajralmalar chiqishi kuzatiladi (ba'zida shu ajralmalar oddiy homiladorlikda vujudga kelishi mumkin bo'lgan homila tushishi alomati ham bo'lishi mumkin). Yoki hayz vaqtida keladi, lekin qon chiqish miqdori odatdagidan ko'ra juda sust bo'ladi.

Bachadondan tashqari homiladorlikning yana bir alomati og'riq. Og'riqlar qorinning past qismida bo'lib, urug'langan tuxum joylashib olgan tomonda keskin bo'ladi. Og'riq zirqiraydigan bo'ladi.

Bachadondan tashqari homiladorlik vaqtida aniqlanib bartaraf etilmasa, bachadon yo'llariga joylashgan urug'langan tuxum o'sa boshlaydi, shunda bachadon singari kattalashishga mo'ljallanmagan bachadon yo'llari yorilib ketadi. Natijada qorin bo'shlig'ida qon ketishi, ayolning xushdan ketishi, qattiq og'riqlar paydo bo'lishi kuzatiladi. Shu holat tezkor jarrohlik yordam ko'rsatishni talab etadi.


Bachadondan tashqari homiladorlik sabablari:

Asosiy sababga ayolning kichik toz va jinsiy a'zolarda o'tkazilgan yallig'lanish kiradi. Bunda bachadon yo'llarining faoliyati buzulib, urug'langan tuxumni bachadon tomon o'tkaza olish qobiliyati yo'qolgan bo'ladi. Shunda implantasiya bachadondan tashqarida ro'y beradi.
Urug'langan tuxumning hususiyatining o'zgarishi yoki jinsiy a'zolarning anotomik hususiyatlari: bachadon yo'llarining juda uzun yoki egilgan bo'lishi, jinsiy a'zolarning o'sishida yetilmay qolgani (infantilizm) bachadondan tashqari homiladorlikning yana bir sababidir.

Urug'lantirish sun'iy ravishda amalga oshirilgani (EKO) yoki ovulyasiya stimulyasiya qilingani ham ba'zida bachadondan tashqari homiladorlikka olib keladi.

Agar ayolda bachadondan tashqari homiladorlikka shubha paydo bo'lgan bo'lsa, darhol shifokorga uchrab Ultra tovushli diagnostika tekshiruvi yoki qon tekshiruvini amalga oshirish lozim.

Bachadondan tashqari homiladorlik aniqlansa, u holda laporoskopik yo'l (maxsus operasiya) bilan urug'langan tuxum olib tashlanadi va bachadon yo'llari plastik jarrohlik yo'li yordamida qayta tiklanadi.
Undan keyin ayol kamida 6 oy davomida homilador bo'lmasligi va keyingi homiladorlik yuz berishidan oldin o'z salomatligini tiklab olishi tavsiya etiladi.


Manba; WWW.UZBABY.UZ
 
SAKINADate: Seshanba, 09-Okt-2012, 04:15 | Message # 9
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Sut bezi saratoni skriningi


Sut bezi saratoni - eng ko'p uchraydigan xavfli o'sma, ayniqsa 55-60 yoshli ayollarda ko'p aniqlanadi.

Oxirgi 10 yilda sut bezi saratoni bilan kasallanish ko'paydi: har 9 ta ayoldan bittasida uchraydi. Saratonning eng ko'p joylashishi - sut bezining yuqori-tashqi kvadranti.

Sut bezi saratonini erta aniqlash skrining o'tkazishning asosiy maqsadi bo'lib, ushbu kasallikdan kelib chiquvchi o'limni kamaytiradi.

Xavf omillari:
Ayolda menopauzani 50 yoshdan keyin bo'lishi; ayol tug'magan yoki birinchi tug'ruq 30 dan katta yoshda (3 marta ko'proq kasallanadi); onasida yoki opasida (2 marta ko'p) yoki har ikkalasida (6 marta ko'p) sut bezi saratoni yoki fibroz-kistozli mastopatiya (3-5 marta ko'p) bo'lganini ko'rsatuvchi oilaviy anamnez.

Skrining;
Ko'krak bezi saratonini aniqlashning eng ishonchli usuli - mammografiya. Uni 40 yoshdan kattalarda 2 yilda 1 marta va 50 yoshdan kattalarda 1 yilda 1 marta o'tkazish kerak. Bezlarda chegarasi aniq bo'lmagan, qattiq tugunchalar topilsa, zudlik bilan tashhislash lozim (punktsion biopsiya sitologik tahlil bilan, biopsiya gistologik tahlil bilan).

Belgilari;
Xarakati cheklangan, ustidagi terisi ozgina tortilgan qattiq hosila aniqlanadi. Kasallikning kechki bosqichlarida - ko'krak uchining ichiga tortilishi, terining infiltratsiyasi va yaralanishi, o'sma joylashgan zonada shish ko'rinadi. Shishli-infiltrativ turida sut bezining kuchli ifodalangan shish va infiltratsiya xisobiga kattalashishi kuzatiladi, bunda teri qalinlashgan va qizargan. Pedjet saratoni ko'krak uchi yonidagi sut yo'llari epiteliysidan boshlanib, sekin rivojlanadi. Oldin ko'krak uchi qalinlashishi, ichkariga tortilishi va yaralanishi kuzatilib, keyin esa sut bezida qattiq hosila paydo bo'ladi. Anamnez yig'ishda menarxe (birinchi hayz ko'rish yoshi) yoshiga va hayz sikli xususiyatlariga, jinsiy hayot, homiladorlik va bolani emizishlar, kontratseptsiya usullari, ko'krakda kosmetik maqsadda o'tkazilgan jarrohliq amaliyotlari, to'qima biopsiyasi yoki kista olish, oilaviy anamnez kabilarga alohida e'tibor beriladi.
 
SAKINADate: Payshanba, 18-Okt-2012, 12:21 | Message # 10
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Hayz siklining buzilishi

Hayz sikli buzilishining 50% da fiziologik qon yo'qotish, disfunktsional bachadondan qon ketishi (DBK) yoki menorragiya (har oyda hayz vaqtida 80 ml dan ortiq qon yo'qotilishi) kuzatiladi. hayz sikli buzilishining boshqa sabablari: bachadon miomasi, bachadon anomaliyasi (ikki shoxli bachadon), kichik tos a'zolarining yallig'lanish kasalliklari, endometrioz, endometriy polipi, bachadon ichi spirali (BIS), endometriy saratoni.
Shikoyatlar va anamnez aniqlanayotganda qon ketishning hajmi, davomiyligi va xarakteri (qon quyqalari), og'riqlar, kontratseptiv vositalar qo'llash, medikamentoz ma'lumotlarga e'tibor beriladi. Umumiy ko'rikda kamqonlik, ginekologik ko'rikda - kattalashgan, og'riqli, xarakati chegaralangan bachadon (ayniqsa surunkali yallig'lanish yoki endometriozda); ortiqlar og'riqligi topiladi. Qon umumiy tahlilida � gemoglobin va gematokrit miqdori kamayishi kuzatiladi, infektsiya gumon qilinganda � bachadon bo'yni va servikal kanaldan surtma olinadi. Patologiya aniqlansa, kichik tos a'zolari UTT tavsiya etiladi.

Disfunktsional bachadondan qon ketishi - jinsiy organlarda organik patologiya yo'q hollarda ko'p miqdorda qon ketishi.

UAV taktikasi. Qon kasalligini inkor etish. Yuqori dozali (etinilestradiol miqdori 35 mg dan yuqori) KOKlarni 3 hafta qo'llash bilan gemostazga erishiladi. Alternativ davolash usuli - kichik dozali oral kontratseptivlarni qo'llash - kuniga 3-4 tabletkadan bir hafta davomida, keyin esa 1 tabletkadan ikki hafta davomida . Samara bo'lmasa, bemor ginekolog maslahatiga yo'naltiriladi. Anemiyaning belgilari yaqqol ifodalangan bo'lsa temir saqlovchi preparatlar qo'llanadi. KOKlarni odatdagi dozada 2-3 oy davomida (va undan ko'proq) qabul qilish bilan qayta qon ketishining oldi olinadi.

Ginekolog maslahatiga ko'rsatmalar:
ayol 40 yoshdan katta;
bachadon kattalashgan;
hayzlar orasida qon ketishi;
jinsiy aloqadan keyin qon ketishi;
hayzlar orasidagi davrda tosda og'riqlar;
samarasiz medikamentoz davo.

Kuchli qon ketishida ayol zudlik bilan kasalxonaga yotqiziladi. Tug'ruq yoshidagi ayollarda homiladorlikni inkor etish kerak, chunki qon ketishi homila tashlash yoki bachadondan tashqari homiladorlik bilan bog'liq bo'lishi mumkin. UAV homiladorlik sinovini o'tkazib, ijobiy natijada � ayolni shifoxonaga yuboradi.
Bachadondan qon ketishining sabablari: tuxumdonlar polikistozi, endometrioz, bachadon miomasi, bachadon bo'yni saratoni, kichik tos a'zolari yallig'lanish kasalliklari, BIS, gormonal kontratseptivlari, dori vositalari (kortikosteroidlar, antidepressantlar, trankvilizatorlar, yurak glikozidlari, antikoagulyantlar), jigar sirrozi, gipotireoz.

UAV taktikasi - bachadondan qon ketishining sababini aniqlash va ginekologga yo'llash.
Amenoreya

6 oy va undan ortiq vaqtda hayzning yo'qligi.
Oligomenoreya - hayzning siyraklashib qolishi. Fiziologik amenoreya jinsiy etilishgacha, homiladorlik va laktatsiyada, postmenopauzada kuzatiladi. Patologik birlamchi amenoreya - 14 yoshda bo'y o'sishining ortda qolishi bilan birlikda hayz ko'rmaslik, ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanmaganligi. Ko'pincha rivojlanish anomaliyalarida (qizlik pardasi va qin atreziyasi), genetik patologiyada (Terner sindromi) uchraydi.
Ikkilamchi amenoreya - ilgari hayz ko'rgan ayollarda 6 oy davomida hayzning yo'qligi
Sabablari: prolaktinoma, stress holati, homiladorlik, sportchilar (gimnastikachilarda amenoreya ko'p uchraydi), tana vazni kamayishi, erta menopauza yoki kech menarxe, gormonal kontratseptivlar, kimyoviy yoki nurli terapiya.

Belgilar: Homilador yoki emizikli bo'lmagan ayol ko'kragidan suyuqlik ajralishi, ozish, girsutizm, ko'p terlash, birdan isib ketish, qorin pastida siklik og'riq.
 
SAKINADate: Payshanba, 18-Okt-2012, 12:25 | Message # 11
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Hayz siklining buzilishi

DAVOMI;


Ko'rikda:

Agar bemorda qizlik parda butun bo'lsa, vaginal ko'rik va bimanual tekshiruv o'tkazilmaydi. Faqat ikkilamchi jinsiy belgilar tekshiriladi, girsutizm, kaxeksiya, tizimli kasalliklar inkor etilib, uni kichik tos a'zolari UTTga yuboriladi.

Hayz oldi sindromi Hayzdan bir necha kun oldin paydo bo'lib, hayz kelgandan keyin yo'qoluvchi patologik simptomlar (100 dan ortiq) yig'indisi. Ko'p hollarda asab zo'riqishi, yig'loqlik, serjahllik, depressiya, tana vazni ortishi, meteorizm, sut bezlarining dag'allashishi, bosh og'rig'iga shikoyat qiladilar.

UAV taktikasi yuqoridagi belgilarni yo'qotishga qaratiladi. Davolash - simptomatik bo'lib, quyidagilar tavsiya etiladi: KOK, antidepressantlar, beta-blokatorlar, alprozolam, veroshpiron, enotera moyi, jismoniy mashqlar, igna bilan davolash.

Klimakterik sindrom
Oxirgi 6-12 oy ichida hayz ko'rishni to'xtashi. Ko'proq 50 yoshdan oshgan ayollarda kuzatiladi. Postmenopauza - hayz ko'rishni 12 oydan ko'p vaqt davomida yo'qligi.
Menopauza vaqtida tuxumdonlarning siklik funktsiyasi yo'qoladi: estradiol miqdori kamayishi va follikul-stimullovchi gormon miqdorini ko'payishi sababli amenoreya rivojlanadi - bu holat klimakterik sindrom deb ataladi.

Klinikasi. Klimakterik sindromga menopauza davri boshlanishidan ancha oldin hayz ko'rish siklining o'zgarishi xarakterlidir. Odatda 40 yoshdan keyin hayz qisqarishi, hayzlar orasidagi vaqtning uzayishi, hayzning 2-3 oyda bir marta kelishi va sekin-asta umuman to'xtashi kuzatiladi. Bu yoshda ko'pincha bachadondan qon ketishlar kuzatiladi. Kech davrda saqlangan (54 yoshdan katta) hayz ko'rish onkologik kasalliklarni gumon qilishga undaydi. Birdan issiqlik yoki ter quyilishi, yurak urib ketishi kuzatiladi.

Davolash. Estrogenlar bilan o'rin bosuvchi gormonal terapiya o'tkaziladi. Alternativ davo: jismoniy va nafas olish mashqlari, toza havo bu quyilishlarni 50% gacha kamaytiradi. Qin quruqligi, shilliq qavatining atrofiyasi, siydik tutmaslik, nikturiya, imperativ chaqiriqlar aniqlanadi. Estrogenlarni mahalliy qo'llash bu belgilarni kamaytiradi («Ovestin», «Estriol» - shamchalari bittadan 2 hafta davomida, tunga).

Menopauza boshlanishi bilan YuIK xavfi 2 marta oshadi, agar anamnezida suyak sinishlari yoki steroidlarni uzoq vaqt davomida qabul qilish bo'lsa, o'rin bosuvchi gormonal terapiya o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
 
SAKINADate: Yakshanba, 18-Noya-2012, 10:04 | Message # 12
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Ona qornida farzandni paydo bo'lish jarayoni.

 
DURDONDate: Yakshanba, 03-Fev-2013, 02:52 | Message # 13
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
ҚАЛҚОНСИМОН БЕЗ КАСАЛЛИКЛАРИ ВА ҲОМИЛАДОРЛИК

Кенг тарқаган эндокрин касалликлар қаторига қалқонсимон без касалликлари ҳам киради. Ўрта Осиёдаги атроф муҳитда йод танқислиги мавжуд бўлган шароитда бу без касалликларининг аҳоли саломатлигига таъсири катта ҳисобланади. Сўнгги йилларнинг маълумотларига кўра Ўзбекистонда қалқонсимон без хасталиклари катта ёшдаги 100 минг аҳолига нисбатан ҳисобланганда 2847 беморни ташкил этади.

Қалқонсимон без фаолиятининг бузулиши ҳомиладорликнинг кечишига салбий таъсир кўрсатади. Ўз навбатида ҳомиладорлик ҳам қалқонсимон без фаолиятига таъсир кўрсатади. Соғлом аёлларда ҳомиладорлик қалқонсимон без фаолиятида қуйидаги ўзгаришларга олиб келади.

Ҳомиладорликнинг бошланғич, ҳали ҳомиланинг қалқонсимон бези ўз фаолиятини бошламаган даврида, бўлажак онанинг қалқонсимон бези нисбатан зўриқиб ишлай бошлайди ва кўпроқ гормонлар ишлаб чиқаради. Ҳомиладорлик даврида қондаги эстрогенлар миқдорининг юқори бўлиши жигарда тироксин боғловчи глобулиннинг ҳосил бўлишини (синтезини) кучайтиради, натижада ҳомиладор қонида қалқонсимон без гормонларининг боғланган шакллари (умумий тироксин ва умумий учйодтиронин) кўпаяди. Шу билан бирга бу гормонларнинг эркин, таъсирчан шаклларининг миқдори кўпинча ҳомиладорликка қадар бўлган миқдорда қолади.

Организмдаги қон таркибида айланиб юрган қалқонсимон без гормонларининг 99% дан ортиғи оқсиллар билан боғланган бўлиб, фаоллик кўрсатмайди. Уларнинг (эр Т3, эр Т4) 1% кам миқдор эркин шаклда бўлиб, қалқонсимон безнинг биологик таъсирини таъминлайди.

Ҳомиладорлик даврида, айниқса унинг биринчи чорагида йўлдош кўп миқдорда хорионик гонадотропин ишлаб чиқаради. Хорионик гонадотропиннинг кимёвий тузулиши тиреотропин гормонга (ТТГ) яқин бўлгани сабабли бу гормон қалқонсимон безга қўзғатувчи таъсир кўрсатиб, эркин шаклли қалқонсимон без гормонларининг қондаги миқдорини бирмунча кўпайтиради. Кўпчилик ҳомиладор аёлларда хорионик гонадотропиннинг қалқонсимон безга таъсири кучсиз ва қисқа вақт бўлиб, уларнинг умумий ҳолатида сезиларли ўзгаришларга олиб келмайди. Аммо ҳомиладор аёлларнинг 1-2% ҳомиладорликнинг эрта даврларида қондаги тиреотроп гормон миқдорининг камайиши ва қалқонсимон без гормонларининг эркин шаклларини миқдорини кўпайиши жиддийроқ бўлади ва уларда тиреотоксикозни клиникаси кузатилади. Бу синдром “гестацион транзитор тиреотоксикоз”, деб аталади. Гестацион транзитор тиреотоксикоз кўп ҳолларда кучли, узлуксиз қусиш билан кечади. Бу ташҳис қўйишни қийинлаштиради. Чунки ҳомиладорликнинг эрта даврларида ҳам кўнгил айниш, қусиш хосдир. Гестацион транзитор тиреотоксикозни ташҳиси хорионик гонодотропинни имқдорининг ортиши, тиреотроп гормоннинг бирмунча камайиши, эркин учйодтиронин (эр Т3) ва эркин тироксин (эр Т4) гормонларининг қондаги миқдори ортишига қараб аниқланади, гестацион транзитор тиреотоксикозни тиреостатиклар билан даволаш тавсия этилмайди. Касаллик белгилари яққол бўлган ҳолларда қисқа вақт бета-адреноблакаторлар буюриш тавсия этилади.

Йоднинг йўлдош орқали ҳомила танасига ўтиб ўзлаштирилиши, ҳомиладорлик даврида модда алмашинуви жараёнини кучайиши, қолқонсимон без гормонларининг синтез қилиниши учун аёлларнинг ҳомиладорлик даврида йодга бўлган эҳтиёжи ошади. Шу билан бирга сийдик орқали йод чиқишининг кўпайиши, йўлдошда тироксин конверсиясининг кучайиши билан унинг таъсирини сусайиши – ҳаммаси бирга бўлиб йод ва қалқонсимон без гормонларининг танқислигига олиб келади. Бу эса қалқонсимон безнинг катталашишига сабаб бўлади.

Ташқи муҳитда йод етарли бўлган муҳитларда (Япония, Скандинавия) ҳомиладорлик давридаги йўодга талабнинг ортиши сезиларли йод танқислигига олиб келмайди, чунки суткалик йодга бўлган талаб (150-200мкг/сутка) бутун ҳомиладорлик даврида қониқарли таъминланади.

Шу билан бирга атроф муҳитда йўод танқислиги ўрта ва оғир бўлган ҳудудларда “Бундай ҳудудлар қаторига Ўзбекистон ҳам киради) меъёридан кам чиқдорда йод истеъмол қилиниши ҳомиладор аёлларда қалқонсимон безининг катталашишига ва ёйма заҳарсиз буқоқнинг тараққий этишига олиб келади. Ҳомиладор аёлнинг қалқонсимон бези ва ҳомиланинг қалқонсимон бези нисбатан бир-биридан мустақил фаолият кўрсатади. Онанинг қалқонсимон без гормонлари ва тиреотроп гормон йўлдош тўсиғидан ҳомила қон айланишига ўтмайди. Аммо ҳомиладорликнинг эрта даврларида онадан ҳомилага йўлдош орқали қалқонсимон без гормонларининг ўтиш имконияти борлиги тахмин қилинади. Йод, қалқонсимон без тўқималарига қарши антителолар, тиреостатик дорилар йўлдош орқали она қон айланишидан ҳомила қон айланишига ўтади.
Ҳомила қалқонсимон безининг фаолияти мутлақ онадан ҳомилага ўтадиган йодга боғлиқ. Ҳомиладор она организмига етарли миқдорда йод кирмаслиги ҳомила танасида ҳам йод танқислигини вужудга келтиради. Бу эса ҳомилада ҳам буқоқ тараққий этишига олиб келади. Ҳомилада ва неонатал даврда гипотиреоз бўлиши туғилган боланинг ақлий ва жисмоний тараққиёти нуқсонли бўлишига сабаб бўлади. Бу нуқсон эндемик кретинизм даражасигача бориши мумкин.

Йод танқислиги бўлган ҳудудларда ёйма заҳарсиз буқоқнинг олдини олиш ва даволаш учун суткасига 150-200 мкг ҳисобида йод қабул қилиш тавсия этилади. Бунинг учун ҳафтасига бир икки марта бир таблеткадан “Антиструмин” (1 таблеткада 1000 мкг калий йодид бор) ёки ҳар куни бир таблеткадан “Калий йодид-200” ёки “йодид-200” табдеткаларини қабул қилиш буюрилади. Буни амалга ошириш одатда буқоқнинг катталашишини тўхтатади, баъзи ҳолларда уни кичиклаштиради.

Ҳомиладорликкача катта буқоқ бўлган ҳолларда, ҳомиладорликнинг бошланғич даврларида буқоқ тез катталашган ҳолларда йодни қалқонсимон без гормонлари билан бирга буюриш мақсадга мувофиқдир. Бунинг учун ҳар куни бир таблеткадан тиреокомб ёки йодтрокс дориларини қабул қилиш буюрилади ёки ҳар куни 50-100 мкг L-тироксин қабул қилиш билан бирга, ҳафтада 1-2 марта антиструмин қўллаш тавсия этилади. Буни амалга ошириш ҳомиладор аёлдаги қалқонсимон безнинг нормал фаолиятини тиклашга имконият беради ва ҳомиладорликни буқоқга олиб келувчи таъсирини олдини олади. (Бу дориларни ичишдан олдин ҳомиладор аёл ўз шифокори билан маслаҳатлашиши зарур!)

Қалқонсимон без касалликларида, унинг фаолиятини бузилиши без гормонларининг меъёридан ортиқ (гипертиреоз) ишлаб чиқилиши билан ифодаланади. Модда алмашинувининг гипертиреоз ҳолати билан кечадиган касалликлар орасида энг муҳими ёйма заҳарли буқоқдир.

Акбаров Зоирхўжа Собирович
Эндокринология илмий текшириш институтининг диабетология бўлими раҳбари, тиббиёт фанлари доктори, профессор.


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: