• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Oyok Kiyimingizdan Nam Otsa
shorelineDate: Seshanba, 12-Yan-2010, 21:09 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 108
Status:
Agar oyoq kiyimingizdan nam o'tgan bo'lsa, uni quritishning turfa yo'llari bor. Albatta poyabzalni maxsus quritgichda quritgan ma'qul. Lekin qo'l ostingizda quritgich bo'lmasa-chiq Bu holda etik yoki tuflingiz tumshug'iga zich qilib gazeta qog'ozini to'ldirishni maslahat beramiz. Gazeta qog'ozi namlikni o'ziga juda yaxshi tortib olish xususiyatiga ega. g'og'ozni bir necha marotaba almashtirsangiz, oyoq kiyim yanada tezroq quriydi.
hech qachon xo'l oyoq kiyimni(shu jumladan bolalar poyabzalini ham) olov yoki pechka yonida, yoki isitgich ustida quritmang. Temperaturaning balandligi oyoq kiyim tikilgan matoni yaroqsiz holatga keltirishi mumkin, ya'ni charm bora-bora qayishqoqligini yo'qotadi, detallarni biriktirib turgan iplar esa uzilib ketadi.
Charmdan tikilgan oyoq kiyimdan nam o'tmasligi uchun parafin aralashmasi(3 qism) va zig'ir yog'i(1 qism) aralashtirilib, past olovda isitiladi va shu bilan poyabzal terisi artiladi. Artib bo'lganingizdan so'ng tuflingizni quruq junli mato bilan yaxshilab artib yuboring.
Bolaga kiyim va poyabzal qanday tanlanadi
Bolalar kiyimiga bo'lgan asosiy talab uning maqsadga muvofiqligidir. Bolalar kiyimi birinchi navbatda juda qulay bo'lishi kerak. Shuning uchun ota-onalar kichkintoyga kiyim tanlayotganlarida, eng avvalo, uning issiqligi, yengilligi va qulayligini hisobga olishlari kerak. Kiyim bolaning harakatiga xalal bermasligi va terining fiziologik vazifasini buzmasligi kerak. Yaxshisi bolaning kiyimi mavsum-bop ip va jun gazlamalardan bo'lgani ma'qul. Ip va jun matodan tikilgan kiyimlar juda qulay, yengil, elastik bo'ladi va issiqni yaxshi saqlaydi. Bolalar ich-kiyimi kunduzi va kechasi kiyilishiga, mavsumga hamda bolaning yoshiga qarab turli gazlamalar (batist, paxmoq gazlama, surp va shu kabi mayin gazlamachar)dan tikiladi. Kichkintoyning barcha kiyimlari yaxshi va oson yuvilishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlarini oddiy kir sovun bilan yuvish lozim. Sintetik kir yuvish vositalaridan foydalanmagan ma'qul. Bolalar poyabzali yengil, yumshoq, salgina poshnachasi bor bo'lgani ma'qul. Poyabzalni to'g'ri tanlash uchun uni tik turib kiyish, bir necha qadam bosib yurib ko'rish lozim. Oyoq barmoqlari poyabzal ichida siqilmay erkin turishi kerak.
Bolaning oyog'i tez o'sadi, shuning uchun har doim botinka yoki tuflining siqish-siqmasligini kuzatib turish kerak. Poyabzal kichik bo'lsa, barmoqlar siqilib shaklini o'zgartiradi, oyoq qavaradi, tirnoqlar egri o'sadi. Keng poyabzal oyoq terisini shiladi, shikastlantiradi.
Kichkintoy poyabzali ham mavsumga qarab tanlanadi. Rezina etiklarni faqat yomg'ir yoqqan paytda yupqa jun paypoq (noski) bilan kiyish kerak. Yozda tufli, shippak kiyish tavsiya etiladi. Keyingi paytlarda sport poyabzalini kiyish keng tarqalgan, uni kechgacha kiyib yurishga odatlanmaslik kerak.
Tish pastasi o'rniga... sut
g'uyidagi maslahatimiz esa milklari qonaydigan, og'zidan yoqimsiz hid keladigan, tishida tosh yig'iladigan va kariyes paydo bo'lgan insonlar uchun. Agar sanab o'tilgan holatlardan birontasi sizda bo'lsa unda tishingizni tish pastasi emas, balki quruq sut bilan tozalab, ijobiy natijaga erishishingiz mumkin. Tishni quruq sut bilan tozalayotganda ham xuddi tish pastasi bilan tozalaganda kabi vaqt sarflashingiz lozim. Tishlarni tozalab bo'lgandan keyin ovqatlanish tavsiya etilmaydi.
Go'sht xarid qildingizmi, unda...
Bozordan 2 kilo go'sht xarid qildingiz va mahsulotni olib kelib darhol muzlatgichga soldingiz. Shunday ekan, har safar taom tayyorlashdan avval muzlagan go'shni eritib olish uchun ancha vaqt sarflashingiz tabiiy. Bizning sizga maslahatimiz, agar siz go'shtni muzlatgichning muzxonasiga solishdan avval o'zingizga kerakli bo'ladigan bo'laklarga bo'lib chiqsangiz, keyinchalik eritishga uncha ko'p vaqtingiz ketmaydi. Muzlatgichdan chiqarib olib, darhol tovaga yoki qozonga solishingiz ham mumkin bo'ladi, hatto.
Sabzavotlar bilan ham xuddi shunday yo'l tutish mumkin.
manba.7x7


 
OSIYODate: Dushanba, 20-Iyun-2011, 00:03 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Tirnoq milklari. Ulardan qanday xalos bo‘lish mumkin?


Tirnoqlardagi milklar - bu tirnoqlar atrofida hosil bo'ladigan ancha yoqimsiz, ko'rimsiz va ba'zida og'riqli o'simtalardir. Ular qonashi mumkin bo'lgan, yetarlicha parvarish bo'lmaganida esa, hatto yiringli yaraga aylanadigan terining ustki shilingan joylaridan iborat bo'ladi. Har qanday ochiq yara esa bakterial va zamburug'li infeksiyalarning tarqalishiga sababchi bo'ladi. Agar tirnoq milklarini zararsiz deb hisoblab, ularning tez-tez paydo bo'lishini e'tiborsiz qoldirsangiz, ular paronixiyaga aylanishi mumkin. Bu oyoq va qo'llar barmoqlaridagi tirnoq plastinalari atrofida terining infeksion yallig'lanishining bir turi hisoblanadi.

Tirnoq milklari hosil bo'lishining sabablari

Tirnoq milklari turli sabablar oqibatida paydo bo'lishi mumkin. Birinchidan, ko'pgina ayollar uy ishlarini bajarayotganlarida yoki idish-tovoqlarni yuqayotganlarida rezina qo'lqoplardan foydalanishmaydi. Bu esa tozalovchi va yuvuvchi kimyoviy vositalar ta'sirida qo'l terisining qurishiga, uning g'adir-budur holatga kelishiga, tirnoq valiklari dag'allashib, yorilishiga va milklarning paydo bo'lishiga olib keladi. Kir yuvish kukunlari ham, ular qanchalik zamonaviy bo'lmasin, teriga ana shunday ta'sir ko'rsatadi.

Milklar paydo bo'lishining ikkinchi asosiy sababi - bu sifatsiz bajarilgan manikyur. Ustaning tajribasizligi yoki tasodifiy xatosi tufayli terining mexanik shikastlanishi keyinchalik milklar paydo bo'lishiga olib keladi. Shuningdek, manikyurning hamda qo'l va oyoqlarning umumiy parvarishi yo'qligi ham shunday oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Nihoyat, uchinchi sabab - bu tirnoqlarni kemirish odati. Odat ham yoqimsiz, uning oqibatlari ham ko'ngilsiz.
Bundan tashqari, ba'zi odamlarda tirnoq milklari tirnoq atrofi valigi terisidagi kasalliklar natijasida ham paydo bo'lishi mumkin, ammo bunga faqat tibbiy mutaxassisgina tashhis qo'ya oladi. Organizmdagi boshqa nosozliklar, xususan disbakterioz, vitaminlar yetishmovchiligi, ichki organlar faoliyatining buzilishi ham tirnoq milklarining paydo bo'lishiga sababchi bo'lishi mumkin.

Tirnoq milklariga qarshi kurash

Tirnoq milklari paydo bo'lishining oldini oluvchi profilaktika choralari ularga qarshi eng yaxshi kurash usuli hisoblanadi. Buning uchun xalq tabobati, maxsus kosmetik vositalardan foydalanish va, albatta, ovqatlanishni muvozanatga solish kerak.

T irnoq miklaridan qanday xalos bo'lish mumkin: xalq tabobati vositalari

Milklarning oldini olish bo'yicha eng arzon va shu bilan birga samarali uy vositalaridan biri - bu oyoq-qo'llarni vanna qilish. Buni bajarish qiyinmas, shuningdek ular oyoq va qo'l terisi uchun juda foydali ham. Iliq holatga keltirilgan o'simlik moyi, yaxshisi zaytun moyidan qilingan vannacha terini yumshatadi. Bu usul bilan qo'llaringizni har kuni «erkalashingiz» mumkin. Ichimlik sodasi solingan vannacha - ko'proq shoshilinch chora bo'lib, uni milklar paydo bo'lganida bajarish zarur. Efir moylariga (limon yoki bergamot) dengiz tuzi qo'shilib tayyorlangan vannacha ham milklar paydo bo'lishining oldini oladi. Vannachalar muntazam xarakterga ega bo'lishi uchun ularni navbatma-navbat bajarish mumkin.

Tirnoq milkari bilan kurashda hatto uy gullari ham yordam berishi mumkin. Xususan, yallig'lanishga qarshi, bakteritsid va yarani tuzatish xususiyatlariga ega shifobaxsh kalanxoe o'simligi tirnoqlar atrofidagi terini sog'lomlashtiradi va kichik yaralarni tuzatadi. Tirnoqlar uchun o'ziga xos niqobni tayyorlash uchun oldindan yuvilgan va quritilgan bir nechta kalanxoe barglarini bo'tqa ko'rinishiga kelgunicha maydalang. Keyin uni barmoq uchlariga suring va har bir barmoqni plyonka bilan o'rang. Niqobni bir necha soat ushlab turish yoki ertalabgacha qoldirish mumkin. Niqobning samarasini protsedurani bir necha bor takrorlagandan so'ng ko'rsa bo'ladi, teri o'z elastikligini qaytaradi, milklar haqida esa eslamay ham qo'yasiz. Har qanday protseduraning muntazam bo'lishi kerakligi esingizdan chiqmasin.

Milklarga qarshi ozuqa

Ovqatlanish ratsioni - bu bir tomondan ko'pgina ko'ngilsizliklarning sababchisi bo'lsa, boshqa tomondan ulardan xalos bo'lishning yo'lidir. Ovqatga «to'g'ri» mahsulotlarni iste'mol qilgan holda, kishi o'zini yaxshi his qilishi, asosiysi esa salomatligiga zarar yetkazmasligi mumkin. Tirnoq milklari paydo bo'lishining oldini olish uchun ko'pincha retinol sifatida tanish bo'lgan A vitaminiga boy mahsulotlarga urg'u berish lozim. Ushbu vitamin «teri» vitamini hisoblanadi, agar u organizmda yetarli miqdorda bo'lsa, terini qurib ketishdan saqlaydi va uning regeneratsiyasini rag'batlantiradi. Retinol moddasi oddiy sabzi tarkibida juda ko'p, uni smetana bilan birga tanovul qilgan ma'qul. Bunday birikma retinolning organizm tomonidan yaxshi o'zlashtirilishiga yordam beradi. Agar sabzini yoqtirmasangiz, har doim dorixonadan A vitaminining moyli eritmasini sotib olish imkoni bor. U sof holatda ham, kapsula ko'rinishida ham ishlab chiqariladi. Narxi ham arzon, ishlab chiqaruvchi va o'ramining hajmiga qarab, 50 rubldan oshmaydi.
 
DURDONDate: Dushanba, 20-Iyun-2011, 08:19 | Message # 3
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
mavzu berkitildi

 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: