• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Dalada seminar-kengash
MoniKaDate: Shanba, 28-Mar-2009, 06:59 | Message # 1
Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 12
Status:
Ellikqal’a tumanining Tozabog‘ qishlog‘idagi “Istam turkman” fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi turli shoxobchalar rahbarlari, tajribali dehqonlar, usta paxtakorlar ishtirokida ko‘rgazmali seminar-kengash o‘tkazildi.

Tadbirda dalani ekishga tayyorlashda tuproq sharoitiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Urug‘lik sifati, ishchi kuchi va ajratilgan texnika vositalaridan samarali foydalanish borasidagi ilg‘or tajribalar xususida so‘z yuritildi.

– Bu yil 11 ming 500 gektar maydonga chigit ekiladi, – deydi tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Olimboy Seytimbetov. – Paxta yetishtirish yuzasidan 388 fermer xo‘jaligi bilan shartnoma imzolangan. Unga muvofiq asosiy maydonlarda “Buxoro-102” navli g‘o‘za parvarishlanadi.

Ekish mavsumida 400 traktor va 117 seyalkadan unumli foydalaniladi.


Jonim Sizga Fido Bo'lsin Yo Rasululloh!
 
OSIYODate: Seshanba, 21-Iyun-2011, 00:58 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
mavzu yopildi ,qiziqarli bo'lmagani uchun
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: