• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Foydali maslahatlar
BirQizchaDate: Shanba, 18-Dek-2010, 15:57 | Message # 1
Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 80
Status:
Assalomu alaykum wr wb!Bu yerda hammamiz uchun kerakli bolgan foydali maslahatlarni Alloh qodir qilgancha yozib boramiz InshaAlloh...

[url=http://www.radikal.ru][img]http://s002.radikal.ru/i197/1010/63/674a38c2bf86.gif[/img][/url]
 
BirQizchaDate: Shanba, 18-Dek-2010, 16:01 | Message # 2
Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 80
Status:
Qanday qilib o'zingiz istagan sovunni o'z qo'llaringiz bilan tayyorlash mumkin?

O’z qo’llaringiz bilan sovun qilish – bu uyda zerikib qolgan bekaning o’ylab chiqarganlari emas, balki ijod uchun erkinlik, yaqin do’st va qarindoshlar uchun ajoyib sovg’a va shuningdek, oddiy qiziqishdan biznesga ham aylantirish mumkin bo’lgan eksklyuzivdir. Avvaldan aytib qo’yay, kuchuk va mushuklar, hamda boshqa hayvonlarni bu ezgi vat inch maqsadimiz yo’lida qurbonlikka aylantirmaymiz. Plastik jarrohlik klinikalaridan ham yog’ o’g’irlash niyatimiz yo’q. Bor narsalardan foydalanib, o’zimiz istagan sovunni yaratishga urinib ko’ramiz.
Albatta, ko’pchilik uchun issiq suv va sovun kukunlari ichida uymalashib yurgandan ko’ra, tinchgina magazindan uni sotib olgan yaxshi. Narxi jihatdan ham bu ancha qulay. Ammo o’zingiz tayyorlasangiz, o’z mehnatlaringiz bilan faxrlanishingiz, hamda Siz yaratgan kabi sovun boshqa hech kimda yo’qligiga ishonchingiz komil bo’la oladi. Bu jarayon davomida Siz his qilgan zavq va hayajonni ham hech qayerdan sotib olib bo’lmaydi.

Shunday qilib, asosiy maqsadga ko’chamiz:

Nimalar kerak bo’ladi?

– Sovun (Bolalar sovuni yaxshiroq, chunki unda kuchli hid yo’q va qimmat turmaydi).
– Asosiy yog’lar: bodom, kedr, oblepixa... Eng asosiysi – o’tkir hidlarsiz.
– Efir moylari (limonli, lavandali, choy daraxtili va hk.).
– To’ldiruvchilar (gullarning quritilgani).
– Suv
– Suv vannasi uchun idish
– Shakllar (shishadan bo’lmagani ma’qul).

Hamma kerak bo’ladigan narsalarni istalgan dorixonadan olish mumkin.

Qanday tayyorlaymiz:

1. Qirg’ichning mayday tishidan sovunni o’tkazing. Ko’p sovun tayyorlovchilar bundan oldin sovunni oftobda yoki issiq batareyada biroz ushlab turishni maslahat beradilar. Chunki havo sovun changlari bilan to’lib, nafas olishda qiyinchilik, aksirish tug’dirishi mumkin.

2. 1 qoshiq asosiy yog’dan oling (agar bir xil yog’ turidan foydalanayotgan bo’lsangiz, 2-3 qoshiq) va 1 qoshiq gliserin qo’shing. Aralashtiring. Idishni suv vannasiga qo’ying.

3. Yog’ni qizdirib oling. Sovunni ozginadan soling. Sovun tezroq aralashishi uchun, tagiga issiq suvdan qo’shing.

4. Sovun suyuq xamirni eslatadigan ko’rinishga kelgach, bir necha tomchi efir moyidan qo’shing. Yaxshilab aralashtirib turing.

Agar sovunning hidi u qadar yoqimli bo’lmasa, yana efir moyidan tomizing. Juda ko’p qo’shib yubormang.

5. To’ldiruvchilarni qo’shing va aralashtiring. Ba’zilar buning uchun maydalangan kofedan foydalanishni ham maslahat beradilar. Bu bilan teri uchun yumshoq va tabiiy skrab olish mumkin. Ko’pchilik qirg’ichdan chiqarilgan tropic mevalardan ham foydalanishadi, masalan, banandan.

6. Endi sovunni shaklga quying.

7. Sovuganida muzlatgichga qo’ying.

8. Sovunni butunligicha olish uchun idishni issiq suvli tarelkaga qo’ying. Lekin ko’pga emas, aks holda sovuningiz erib ketadi.

9. Quriting (1-2 kun).

10. Sog’liq uchun ishlating!


[url=http://www.radikal.ru][img]http://s002.radikal.ru/i197/1010/63/674a38c2bf86.gif[/img][/url]
 
MASTERDate: Dushanba, 09-May-2011, 22:47 | Message # 3
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:
Rahmat foydali narsa uchun
 
OSIYODate: Seshanba, 07-Iyun-2011, 06:06 | Message # 4
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
rahmat
 
OSIYODate: Payshanba, 10-Noya-2011, 09:17 | Message # 5
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Qo'l, oyoq qattiq shikast yetganda birinchi tibbiy yordam

Qo'l yoki oyoq qattiq jarohat tufayli uning sinish extimoli mavjud.
Quyidagi holatda vrach kelgunicha birinchi tibbiy tez yordam quyidagicha Qo'l yoki oyoq singan bo'lsa darhol singan joyiga shina (qattiq, tekkis bo'lgan jism) qo'yiladi va ustidan toza bint yoki mato bilan o'rab bog'lab qo'yiladi. Singan joyidan katta jarohat bo'lib to'xtovsiz qon kelayotgan bo'lsa shu jarohat tepasidan tahminan bir qarich tepasidan qo'lni yoki oyoqni mato bilan qattiq bog'lab qo'yiladi, bog'lab qo'yish natijasida qo'lga yoki oyoqga qon borishini to'xtatib turamiz, faqat bog'lab qo'ygan joyizga qachon bog'lab qo'yilgan vaqtingizni yozishni unutmang.
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: