• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
СЕВГИ ҲАҚИДА
enjoyDate: Dushanba, 11-Yan-2010, 20:09 | Message # 1
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
СЕВГИ ҲАҚИДА

САВОЛ: Меҳрибон ва раҳмли Оллоҳ номи билан бошлайман. Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳ Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари!
Сизга саволим шуки, Оллоҳнинг бандасига бўлган севги Оллоҳ инъомими ёки шайтон ҳийласими?
Иккинчи саволим: Оллоҳ йўлида севиш қандай бўлади? Жавобингизни кутаман. Жавобингиз учун олдиндан катта раҳмат.


ЖАВОБ: Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм.
Аллоҳнинг бандасига бўлган севги шариатга хилоф бўлмаган ҳолда бўлса, Аллоҳ инъомидир. Аллоҳнинг бандасига бўлган севги шариатга хилоф ҳолда бўлса, шайтон ҳийласи ва гуноҳнинг уясидир.
Аллоҳ йўлида севиш Аллоҳга иймони бўлгани учун, Аллоҳнинг ибодатини қилгани, айтганида юргани, қайтарганидан қайтгани ва амрини тутгани учун бўлади. Валлоҳу аълам.




 
CryGirlDate: Dushanba, 11-Yan-2010, 21:33 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
Rahmat katta alloh rozi bolsin
 
SANJAR80Date: Dushanba, 11-Yan-2010, 22:12 | Message # 3
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
enjoy, rahmat

 
MASTERDate: Dushanba, 11-Yan-2010, 22:22 | Message # 4
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:
Demak bo'loradikanda a
 
MuattarhonDate: Seshanba, 12-Yan-2010, 06:17 | Message # 5
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 403
Status:
enjoy rahmat Alloh sizdan rozi bo`lsin ishlaringizda omad,

 
enjoyDate: Seshanba, 12-Yan-2010, 08:48 | Message # 6
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
Quote (enjoy)
Rahmat katta alloh rozi bolsin

Quote (Molli)
enjoy, rahmat

Quote (MASTER)
enjoy rahmat Alloh sizdan rozi bo`lsin ishlaringizda omad,

Olloh barchalarimizdan rozi bo'lsin,amiyn

Quote (SANJAR80)
Demak bo'loradikanda a

albatta Olloh uchun bir odamni yani birodarini yahshi kursa buladi Wallohu alam


 
BAXORDate: Juma, 24-Iyun-2011, 18:48 | Message # 7
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
«Сен севганинг билан бўласан…»

Аллохим биз Сендан Сени севмокни, Сени севганларни севмокни ва Сени мухаббатингга якинлаштирадиган амалларни биз учун севимли килмогингни сўраймиз!
Бухорий ва Муслим ўз сахихларида келтирган хадисларида Анас ибн Молик разияллоху анху шундай ривоят киладилар: «Пайгамбаримиз билан бирга масжиддан чикиб келаётганимизда эшик олдида бир кишини учратдик. У:
- Ё Расулуллох киёмат качон? - деб айтди. Расулуллох саллоллоху алайхи ва саллам сўрадилар:
- Сен унга нима хозирладинг? Шунда у киши бошини куйи солди, ва:
- Мен у Кунга хозирлаган намоз, рўза ва садакаларим унчалик кўп эмас. Лекин мен Аллох ва расулини яхши кўраман – деди. Пайгамбаримиз:
- Албатта сен севганларинг билан бирга бўласан- дедилар».


 
mahdiy-80Date: Chorshanba, 16-Noya-2011, 07:46 | Message # 8
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Qalbim otashida bitildi g'azal,
G'amboda kеchadan kеladi kеchgim.
Muslima opalar, singillar, azal,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Tarixni o'qidim, u yig'lar bеun,
Kеlajak mo'rida qop-qora tutun.
Mеn javob bеraman, so'zimga bugun,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Hurliqo farangi o'qisin tahsin,
Yaxshisi tanlagan yo'lidan qaytsin.
Gollivud dod dеsin, qo'shiqlar aytsin,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Tarix shohid bugun, qilmay bahona,
Mo'min yuragida butkul tantana.
Romеo o'zini o'ldirsin yana,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Olam gul kiyindi saodat sayli,
Ayol haq so'z aytdi Umar tufayli,
Qirol Lir ikki bor ko'r bo'lsin mayli…
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Otеllo qatl etdi Dеzdеmonani,
Qonga bo'yab butkul guldеk xonani.
Lеk muslim boshida tutar onani,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Allohning hukmini bilsangiz yoddan,
Biz sizni sеvamiz haddan-da haddan.
Juliya Robеrtslar yig'lar hasaddan!
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Aliy yo'lga tushdi, hilol, birga yur!
Holid qilichidan taralmoqda nur!
Еvgеniy Onеgin, chеtga o'tib tur!
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Dunyoviy sеvgiga ko'ngillar zormi,
Ilohiy chashmadan qongan iftormi?
Haqiqiy mo'minlar sеvsalar bormi?
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Insof bilan ayting, qay elatda bor,
Faqat mahramiga to'kilgan viqor?
Zino ko'chasidan bеrkinib, bеdor,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Bеchora tanalar, hammadan qolgan,
Bugun dunyo uzra faryodlar solgan.
Buyuk payg'ambardan nasihat olgan,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Ko'rdim yuzingizda gulgun chеhralar,
Undan shabboda ham olar bahralar.
Ko'nglimda bir surur asta sirg'alar:
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Mo'min ko'rsa, qalbi bilan ko'radi,
Shu bois, yurak ham sokin uradi.
Sеvsak gar, o'rtada Alloh turadi
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!


Alhamdulillahi ala kulli hal
 
BAXORDate: Shanba, 26-Noya-2011, 06:51 | Message # 9
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Senda salomatlik va farovonlik barq urib turibdi. Ko'zlaring naqadar ajoyib porlaydi, qo'llaring har doim iliq va mayin.

Bizga ham kosmetikangning sirini ayt! - so'rashdi dugonalari muslima qizdan.

U ko'zlarini ko'tardi...va tabassumbilan javob qildi:

Buning siri yo'q...- Lablarimga - faqat to'g'ri so'z va samimiylikni suraman. - Qo'llarimga - faqat solih va foydali amallar suraman. - Badanimga -sabr va sadoqat, vafodorlik suraman.- Qalbimga - faqat Allohga muhabbat solaman.



 
Arslan1717Date: Chorshanba, 27-Mar-2013, 16:48 | Message # 10
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 606
Status:
Raxmat kotta Allahga bolgan imoninggiz yoqol masin va iymoninggiz

 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: