• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Zamonamizning eng katta muammosi --- Riba (haromligi) haqida
LOLADate: Payshanba, 06-Dek-2012, 20:09 | Message # 1
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:


Assalomu aleykum va rohmatullohu va barakatuhu.
Payg'ambarimiz, sallallohu alayhi vasallam, birinchi va so'nggi hajlarini ado etgach, Arafot tog'ining ustida hojilarga so'nggi marta xutba o'qidilar. Bu tarixda "Vido Xutbasi" bo'lib qoldi. Xutbadan keyin musulmonlardan, "Men sizlarga Allohning payg'omini yetkazganimga shohidlilk qilasizlarmi?" deb so'radilar. Ummat bir ovozdan ", ha!" deya javob berdi.
Shu voqeadan keyin mana bu vahiy keldi, qisqacha ma'nosi: "A'uzu billahi minash shaytonir rojim. Bismillahir Rohmanir rohim. Bu kun Men sizning diningizni mukammal qilib tamomladim va rahmatimni ustingizda tamomladim. siz uchun Islomni din qildim". Al-Maida surasi, 3. (Bu aniq tarjima emas! to'liq ma'nosini o'zingiz kitoblardan o'qib oling!).
Demak, shu kundan e'tiboran din to'liq vahiy orqali tushirildi, din ta'limi to'liq tugallandi. Payg'ambarimiz shundan keyin og'ir xastalandilar va faqat 81 kun yashadilar. Lekin bu oxirgi vahiy emas edi. Payg'ambarimiz (sav) hayotlarining so'nggi 81 kuni ichida yana bir vahiy keldi. Abdalloh ibn Abbas raziallohu anhuning rivoyatlariga ko'ra, Sahihi Buxoriyda ham bor, eng oxirgi vahiy --- Baqara surasining 279-281-oyatlari bo'lgan.
Bu so'nggi vahiyda Alloh Ta'olo "Ey iymon etganlar," deb murojaat qiladi. Ya'ni , kofirlarga, Xudoga ishonmaydiganlarga emas, mo'minlarga murojaat qilib: "Allohdan qo'rqing!",deydi.
Demak, bizga murojaat qilib, Allohdan qo'rqing, deb boshlangan oyat juda muhim masalaga diqqatimizni to'plamoqchi.
"Agar chin dildan iymon keltirgan bo'lsangiz, Riba (foizli qarz)dan olinadigan foiz, foydalarning hammasidan voz keching." Allohdan qo'rqing va riba orqali oladigan foizlar, foyda pullaridan voz keching. Agar rostdan ham Allohga ishonuvchilar bo'lsangiz.
Xo'sh, nega bu vahiy eng oxirgi vahiy qilib tushirildi?
Bu birinchi o'rindagi savoldir.
Axir Allohning vahiylari insoniyatga Odam alayhissalom davrlaridan buyon tushirilib keldi. Ba'zilari hozir ham bor, ba'zilari saqlanib qolinmagan. Vahiy minglab yillardir tushirilardi. Yuqoridagi oyatlar Allohning bizga tushirilgan so'nggi kalomi edi.
bundan keyin boshqa vahiy hech qachon kelmaydi.
Nima uchun bu aynan RIBA mavzusida bo'lgan?
Bu shunchalik katta ahamiyatga ega-ki, shu mavzu eng so'ng vahiy qilib tanlangan. Shunday ekan, Juma namozlarning har xutbasida Riba mavzusida gapirish kerak. Haqiqatda, Juma xutbalarida Riba mavzusida qanchalik tez-tez vaaz qilinadi ?
2- o'rindagi savol:
Nega bu vahiy, Nabi Muhammad alayhisselatu vassalam ummatlaridan Xudoning kalomini yetkazganligimga shodlik qilasizlarmi, deb so'raganlaridan keyin, Ha, javobini olganlaridan keyin nozil qilingan?
Sizning diningiz mukammal qilib tugallandi, to'liq tamom qilindi, degan vahiydan so'ng yana bir bor Riba haqida oyat (Abdulloh Ibn Abbos, Sahihi Buxoriy) eng oxirgisi qilib yuborilishining sababi nima? Holbuki, ish tugallandi, ma'nosida allaqachon Alloh kalomi yuborilgandi. Din mukammal qilindi, Vahiy tugallandi.
Balki, bu ummatning boshiga tushadigan eng katta falokatdan ogohlantirish uchun yuborilgandir?
Balki, butun ummatni va butun dinni yo'qotishi, buzishi mumkin bo'lgan narsadan , ya'ni Ribadan ogohlantirilgandir?
Shu ikki savol ustida bosh qotirishga ehtiyoj bor.
Riba nima o'zi?
So'nggi oyatlar shunday deb davom etadi (qisqacha ma'nosi) "Kimki ribaning man qilinganligi haqidagi ogohlantirishni eshitgan bo'lsa, va bu ishdan voz kechsa, avvallari shu yo'l bilan topgan mol-mulkini saqlab qolishi mumkin, uning ishi Allohga havola". Ya'ni, davlat unga jazo bermaydi, Islomiy qozilik uning ishini ko'rib chiqish bilan shug'ullanmaydi. Uning masalasini Alloh hal qiladi.
Oyat yana shuni aytadi-ki, foizli qarz beruvchi sudxo'rlarga qarata: agar ualr tovba qilib bu ishdan qaytsalar, ularning qarzga bergan pullarining asl miqdori, foizlarini hisobga olmagan holda ular uchun haloldir. Ya'ni, qarzdor bergan pullarini foizsiz holda, ayni miqdorini qaytarib olishga haqlari bor.
Bu oyatdan ma'lum bo'lyapti-ki, qarzlar foiz sharti bilan berilgan, ya'ni qarzdor olgan pulining ustiga yana ma'lum foizdagi pulni qo'shib, ma'lum vaqtdan keyin qaytarib berishi kerak.
Agar, qarz beruvchi shu qo'shimcha foizlardan voz kechib tavba qilsa, qarzning asl miqdoridagi pulni qarzdordan qaytarib olishga haqqi bor.
Hozirgi zamonda bu foizlarni "foyda" (interest) deb atalishining o'zi qiziqarli, nega Ribani Foyda deb atashadi? Xuddi, "homoseksual" deb nomlanish quloqqa yoqmagani uchun chiroyliroq "gay" so'zini ishlatganlari singari, Riba (uzury), foiz kabi asl nomining o'rnida "foyda" (interest) deb yoqimliroq so'zni o'ylab topishgan.
Nega Alloh Ribani harom qilgan, ta'qiqlagan?
Faqatgina harom emas, bundan ham yomon. Agar pulingizni foizli foyda beruvchi bank hisoblariga qo'yishda davom etsangiz, foizli qarz berishda davom etsangiz, obligatsiyalar sotib olsangiz (yana bir ixtiro qilingan "chiroyli" so'z!), Alloh va Payg'ambariga urush e'lon qilgan bo'lasiz. Obligatsiya sotib olish qarz berib, foizlari bilan qaytarib olish degani. Qo'shningizga, jiyaningizga, yoki bankka, kimga foizli qarz berishingizning ahamiyati yo'q. Har holatda ham sudxo'rga aylanasiz.
Va Alloh, Qur'onning eng so'nggi vahiysida sudxo'larga harb urush e'lon qilgan. Nafaqat Alloh, Baqara surasining 279-oyatida Alloh va Rasuli harb e'lon qiladilar.
Agar Alloh Ta'olo sudxo'rlarga urush e'lon qilsa, Allohning Rasuli sudxo'rlarga urush e'lon qilsalar va biz sudxo'rlarga usrush e'lon qilmasak, bizning holimiz nima bo'ldi?
Unda biz haqiqiy Allohga bo'yinsunuvchi musulmonlar bo'la olamizmi? Yoki, boshqa bir narsaga bo'yinsundikmi?
Qabrda bizni surprizlar kutmayotganmikin. Farishtalar bizni so'roqqa tutish uchun kelganlarida, "musulmonman", deb javob bersak, farishtalar bizga "sen yolg'onchisan!" demaydimi?
Alloh urush ochdi, Payg'ambar urush ochdi, lekin biz ochmadik! Biz musulmonmizmi?
Nega Ribaga qarshi Alloh urush ochdi?
Ribani bunchalik xavfli qiluvchi nima? Nega u harom qilindi? Qur'onda bunga javob bormi?
Ha! Qur'on bir necha marta javob beradi. Masalan, Baqara surasining 275-oyatida aytilishicha, sudxo'r o'zini oqlash uchun bu tijoratdir, deb tushunadi. Lekin, Alloh bunga yo'q deb javob berdi, "Alloh tijoratni halol qildi va Ribani harom qildi" , Baqara, 279. Alloh tijorat va Riba orasida farq borligini ko'rsatadi.
Hammaga ma'lumki, tijorat bilan mashg'ul bo'lganda, riskli ish qilamiz. Ishimizdan foyda olishimiz mumkin, zararga uchrashimiz ham mumkin. Omadingizni sinab ko'rasiz, zarar qilish xavfi bor.
Mana shu "xavf"ni bo'yningizga olib tijoratga kirganda, Alloh ba'zi kishilarga ko'p, ba'zi kishilarga kam foyda beradi. Ba'zilar foyda ko'radi, ba'zilar zarar.
Shu zaylda, boylik iqtisodiyotda aylanib yuradi. "Boylik faqat eng boylarning qo'lida qolmasligi uchun", Al-Hashr, 7.
Chunki, yo'qsa, boylar doimiy boy, kambag'allar doimiy kambag'al bo'lib qolaveradi.
Alloh Ar-Razzoqdir. U rizqni beradi. "Alloh istaganiga rizqni sanoqsiz beradi", Baqara, 212. Ba'zi odamlarga berishi, ba'zi odamlardan olishi mumkin. Bir kun senga, bir kun boshqasiga. Boy kambag'alga, kambag'al boyga aylanishi mumkin. chunki, Alloh taqsimlaydi va qayta taqsimalydi boylikni.
Islom bergan eng buyuk narsalardan biri, bu --- erkin va insofli bozordir.
Bizning (islomiy) bozorimizda biz hindi, yahudiy, musulmon, xristian, va h. deb ayirmachilik qilmaymiz. Musulmon bo'lgani uchungina musulmonning tarafini olmaymiz. Hammaga teng munosabatda bo'lamiz. Nohaq Tarafdorlik qilmaymiz.
Ba'zi kishilarga imtiyozlar berib, boshqalarini bu imtiyozlardan mahrum qilmaymiz.
Hozir Islom qayerda qoldi, deb so'rasangiz kerak? Qaniydi, hukumatdagilar Islomning bir foizginasini bilasalar edi !!!
Bir foizining o'zi ham ajoyib ish bo'lardi!
Shunday qilib, tijorat Islomda juda muhim o'rin egallaydi. Islomda bozor erkin va teng-insofli bo'lmog'i lozim.
Lekin, foiz bilan qarzga pul berilganda, BU TIJORAT EMAS!!!
Nega?
 
LOLADate: Payshanba, 06-Dek-2012, 20:10 | Message # 2
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
Chunki, qarz beruvchi hech qanday xavf-riskni bo'yniga olmaydi. U hech qanday zararga rozi emas. Allohga eshigini yopishni xohlaydi, toki, Alloh undan olib boshqasiga bermasin. Shunday qilib sudxo'r, qarzni foizli qilib qaytarish sharti bilan beradi-ki , o'zini har qanday zarardan xoli qiladi. agar, qarzdor qarzini to'lay olmas, "hipoteka", deb nomlanuvchi bir narsa orqali, garovga qo'yilgan mol-mulkini yo'qotadi. William Shekeasper buni bir kilo go'sht, deb ataydi.

Mana sizga, Alloh Ribani nega harom qilganining birinchi sababi.

Javob: qachonki, iqtisod Ribaga asoslangan bo'lsa, pul boshqa iqtisodda aylanib yurmaydi.
Qachonki, iqtisod ribaga asoslangan bo'lsa, boy odam doimo boy bo'lib qoladi, kambag'al bir umr kambag'al bo'lib qoladi.
Boylar doim boyligicha qolaversa, bu zulmdir. Kambag'allar qashshoqligicha qolaversa, bu zulmdir.

"Qiyomatni yolg'on deyuvchilarni bilishni xohlaysanmi," Al-Maa'Un, 1.
Shular haqida gap ketyapti!

Zulm.

Islom dunyoni zulmdan qutqarish uchun keldi. Zulm sistemasidan joy olish uchun emas.

xullas, biz bugun savol beramiz:
--- Qayerda qoldilar Islom ulamolari? Minbardan turib bizga o'rgatish uchun mavzuni yetarlicha tushunmaydilarmi?

Agar biz bu masalani yetarlicha tushuntirib o'rgatsaydik, dunyo bo'ylab ovozimizni eshittirsaydik, bugungi kunda ochiq-oydin foizli qarz beruvchi bank muassasalari qo'lida qolmagan bo'lardik. Hozir bu bilann hech kimning ishi ham yo'q. Ovqatimizni yeb, hazm qilib yuribmiz, dam olib uxlaypmiz. Allohning urushi bilan kimning necha pullik ishi bor? Kim zarra qadar Alloh va Payg'ambari urush ochgan masala bilan shug'ullanyapti? Hech qaysimiz Alloh ochgan urushda urush qilmayapmiz. Biz musulmonmizmi?

Bu nega Alloh ribani harom qilganining yagona sababi emas. Qur'onda boshqa darslar ham bor, lekin vaqtimiz kam qoldi. Masalan, Al-Rum surasi, 39, "Boshqalarning hisobiga boylik orttirish uchun bergan foizli qarzlaringiz Alloh huzurida sizga hech qanday yordam bermaydi. Lekin, zakot qilib bergan pulingiz Allohga xush keladi va sizga qat-qat savobi bor" (aniq tarjimasi emas!)
Alloh Riba va Zakotni bir-biriga qarama-qarshi qilib farqini ko'rsatyapti. Avval, tijorat va ribani qarama-qarshiligini ko'rsatgan edi.
Aytilyaptiki, Pulingizni foizli qarz qilib bersangiz, bu dunyoda pulingiz foizi ko'payib foyda qilasiz, lekin Alloh yonida u ko'paymaydi; Agar Alloh yo'lida zakot qilib bersangiz, bu pullar Alloh yonida qat-qat ko'payib u dunyoda sizga qaytarilib beriladi.
Agar Alloh rizoligi uchun samimiy sadaqa bersangiz, Alloh uni sizga juda ko'paytirib beradi.

Demak, Riba va sadaqani bir-biridan farqli, qarshi qilgan narsa nima? Nega Riba ta'qiqlangan? Yana bir bor javob berish uchun fikrlashga to'g'ri keladi.

Mukammal xayr-sadaqa qilganda, bir narsa berasiz, evaziga hech narsa talab qilmaysiz; bu saylovlardagidek emas, menga ovoz bersangiz, men sizga shularni va'da qilaman, kabi. Bu xayr emas, odamlarni sotib olishdir.

Haqiqiy xayrli ishda bir narsa berib evaziga hech narsa tama' qilmaysan, hattoki, qattiq so'z ham gapirmaysan; olgan kishini ranjitmasli uchun berganingni eslatmaysan ham.

Alloh bizga al-rum surasida deydi-ki, "siz Xayr-sadaqaning nimaligini tushunsangiz, o'sha payt Ribaning nimaligini tushunasiz". chunki, riba buning teskarisidir.

Mukammal riba shuki, olasiz, olasiz, yana olasiz, evaziga hech narsa bermaysiz. Evaziga hech narsa bermadan olsalar ham go'rga edi, sionistlar dunyoning bank sistemasini boshqaradilar. Siz o'z bankingizni boshqaraman, deb o'ylaysizmi? Uyg'oning, uxlayapsizlar!
Dunyodagi butun bank sistemalari, hammasi bitta markaziy boshqarish ostida. Bu markaziy boshqaruv bizning dushmanlarimiz qo'lida.
Shunday qilib, dunyodagi barcha bank sistemalari faqat olish bilan mashg'ul, hech narsa qaytib bermaydi.

Ertaga bu quldorlik tuzumiga aylanadi. Hozirgi kunda bu so'zlarni tushuna olmaydiganlar bor. Chunki, g'aflatdalar. "ko'zlari bor, lekin ko'rmaydilar, quloqlari bor, lekin eshitmaydilar". Qalblari bor, lekin tushunmaydilar, hayvonlar singari. Lekin, odamlarning hammasi ham hayvon kabi emas. Fikrlash qobiliyati bor odamlar bor. va ular bizning qulga aylantirilayotganimizni angladilar.

Xo'sh, bizni tamomanqulga aylantirishlaridan oldin bunga qanday javob berishimiz lozim? Shuni eslatish orqali, va bu eslatma hammangizning ko'zingizga yosh keltirishi lozim.

Kirib kelayotgan qullik tuzumiga qaramay, ba'zi kishilar uchun bu allaqachon boshlandi; qanchalik duo qilishimizga qaramay, Alloh Ta'olo buyuradiki, "Alloh bir qavmning holatini o'zgartirmaydi, toki u qavm o'zida bo'lgan narsani o'zgartirmaguncha".
Toki siz o'zingizning holatingizni o'zgartirmaganingizcha, holingiz qanchalik ayanchli bo'lishidan qat'iy nazar, Allohning yo'lidan yurish uchun g'ayrat ko'rsatishga boshlamaganingizcha, Alloh sizning sharoitingizni o'zgartirmaydi.

Birinchi navbatda qilishimiz kerak bo'lgan ish --- HECH QACHON FOIZ BILAN QARZGA PUL OLMASLIKDIR. Hatto, bir motosikl ollish uchun bo'lsa ham, hech qachon kredit olmang! Uy-joy, mashina olish uchun bo'lsa ham.

Hech qachon pulingizni banklarning jamg'arma hisob raqamlariga qo'yib foyda olmang!

Hech qachon obligatsiyalar sotib olmang, unda siz qarz beruvchi va foizlardan oilasini boquvchi, shunday qilib o'zi va oilasi qorniga otash to'ldiruvchi sudxo'rga aylanib qolasiz.

Agar avval qilgan bo'lsangiz, tavba qiling, boshqa hech qachon qilmang.

Bu mavzuda ytiladigan yana ko'p gaplar bor.

Ribaning boshqa ko'rinishlari ham bor.

Mana bu ham Riba! Mana bu qog'oz (pul). Lekin, boshqa safar.

Yaqinda, bu yerda (Malayziyada) Riba haqida Xalqaro Konferensiya o'tkaziladi, Oltin Otlar Saroyida, 2012-yil, 26-27- noyabr kunlarida.
Birodaringiz (kamina) Islom, Petrodollar, va boshqa mavzularda ma'ruza o'qiydi.

Va bu qog'oz pul bizni qayoqqa yetaklab ketayotganini eshitib hayron bo'lasiz.

28- noyabr, chorshanba kuni Gombak Xalqaro Islom Universitetida mening ustozim "Islom jamiyatining qur'oniy poydevorlari va strukturalari" asari yuzasidan konferensiya o'tkaziladi.
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: