• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
"Mo'minning farosatidan qo'rqinglar..."
shorelineDate: Shanba, 26-Dek-2009, 12:46 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 108
Status:
"Mo'minning farosatidan qo'rqinglar..." hadisida Payg'ambar s.a.v nimani nazarda tutganlar?

Aynan mana shu misol kabi, Islom Olami va Osiyo muazzam bir jomedir. Uning ichidagi ahli iymon va ahli haqiqat, o'sha jomening muhtaram jamoatidir. U yaramas bolalar esa bola aqlidagi tilyog'lamachilardir. U betayin axloqsizlar farangi mashrab, millatsiz, dinsiz nusxalardir. Ajnabiy sayyohlar esa ajnabiylar fikrini tarqatuvchi jurnalistlardir. Har bir musulmon, xususan fazilat va kamolot ahlidan bo'lsa, bu jomeda o'z darajasiga ko'ra bir mavqega ega bo'ladi, ko'rinadi, diqqat nazarlar unga qaratiladi. Agar unda, Islomiyatning sirri asosi bo'lgan ixlos va rizoi Ilohiy jihatida, Qur`oni Hakiymning dars bergan ahkomlari va muqaddas haqiqatlariga doir harakatlar va amallar sodir bo'lsa, holati ma`nan Qur`on oyatlarini o'qisa, u vaqt ma`nan Islom olamining har bir a`zosining eng ko'p takrorlagan kalomi bo'lmish duosida doxil bo'lib hissador bo'ladi va hammasi bilan birodarona aloqa paydo qiladi. Faqat zararli hayvonlar navidan ba`zi zalolat ahlining va soqolli bolalar hukmidagi ba`zi axmoqlarning nazarlarida qiymati ko'rinmaydi. Agar u odam, madori sharaf deb bilgan barcha ajdodlarini va madori iftixor deb bilgan barcha o'tib ketganlarni va ruhan tayanch nuqtasi deb hisoblagan Salafi Solihiynning* nuroniy keng yo'llarini tark etib, havaskorona, havoparastona, riyokorona, shuhratparvarona, bid`atkorona ishlarda va harakatlarda bo'lsa, barcha haqiqat va iymon ahlining nazarida ma`nan eng past mavqega tushadi.

siriga ko'ra, ahli iymondan biri naqadar omi va johil bo'lsa ham, aqli idrok etmagani holda, qalbi unday xudfurush odamlarni ko'rsa yoqtirmaydi, ma`nan nafratlanadi.
Xullas, hubbu johga maftun va shuhratparastlikka mubtalo odam (ikkinchi odam), hadsiz bir jamoatning nazarida asfali sofiliynga tushadi, ahamiyatsiz va masxaraboz va safsata sotuvchi ba`zi betayinlarning nazarida vaqtinchalik, nahs bosgan bir mavqe qozonadi.


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: