• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Qur'on mo'jizalari
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:11 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:11 | Message # 2
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Yer maydonining kichrayib borishi



 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:12 | Message # 3
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Yer qavatlari



 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:12 | Message # 4
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Yer 7 qavatdan tashkil topgan:
1.Gidrosfera
2.Litosfera
3.Asterosfera
4.Yuqori mantiya
5.Quyi mantiya
6.Yuqori suyuq yadro
7.Subyadro
Bu narsalarni inson zoti XX asrga kelibgina aniqladi.

14 asrda nozil bo'lgan Quro'nda esa allaqachon bu haqda bildirilgan edi:

Taloq surasi 12. "Alloh yetti osmonni va yerdan ham o‘shalarning mislini (ya’ni yetti qavat yerni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri farmoni ularning (ya’ni yetti qavat osmon va yetti qavat yerning) o‘rtasiga nozil bo‘lib-tarqalib turur. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani (O’z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U zot sizlarga yuqorida zikr qilingan narsalar haqida xabar berdi)".


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:13 | Message # 5
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Fir'avn jasadining saqlanishi



 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:13 | Message # 6
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Fir’avn o‘zini iloh deb hisoblar edi (bu haqda keyinroq yana so‘z yuritamiz) va Muso Payg‘ambar (a.s.)ning «Allohga imon keltir», deb qilgan murojaatlariga u do‘q-po‘pisa bilan javob qaytarar edi. Fir’avnning bunday kekkaygan muomalasi u suvga cho‘kayotib, o‘lim bilan yuzma-yuz bo‘lguncha davom etdi. Qur’onda ta’kidlanishicha, Fir’avn Allohning jazosi bilan to‘qnash kelgan zahoti imon keltiradi:
Isroil avlodini dengizdan o‘tkazdik. Fir’avn va uning lashkarlari ular ortidan zo‘ravonlik va zulm yuzasidan ergashdilar. Unga (Fir’avnga) g‘arqbo‘lish (soati) yetishganda aytdi: «Imon keltirdimki, Isroil avlodi imon keltirgan Zotdan o‘zga iloh yo‘qdir. Men ham musulmonlardanman.» («Yunus» surasi, 90-oyat)
Biroq samimiy bo‘lmaganligi bois, uning bunday imonga kelishi inobatga olinmadi. Alloh bu haqda shunday xitob qiladi:
(Alloh dedi): «Endimi?! Axir, sen ilgari itoatsizlik qilganding va buzg‘unchilardan eding-ku! Mana bugun sendan keyingilarga belgi (ibrat) bo‘lishing uchun jasadingni qutqarurmiz. Haqiqatan, odamlarning aksariyati oyatlarimizdan gofildirlar.» («Yunus» surasi, 91-92-oyatlar)

Fir’avnning jasadi keyingi avlod uchun ibrat bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumot uning jasadi chirimasligini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Qohiradagi Misr muzeyida oliy tabaqa vakillarining mo‘miyolangan tanalari saklanadigan xonada ko‘rgazma qilib qo‘yilgan mo‘miyolangan jasad mana shu zolimga tegishli, deb hisoblanmoqda.Suvga g‘arq bo‘lgandan so‘ng Fir’avnning jasadi qirg‘oqqa qalqib chiqqan va misrliklar tomonidan topilib, mo‘miyolangan, shu tariqa, oldindan tayyorlab qo‘yilgan dafn qilish daxmasiga keltirilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:14 | Message # 7
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Et bilan qoplangan suyaklar



 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:14 | Message # 8
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Mo'minun 14. So‘ngra bu nutfadan laxta qonni yaratib, laxta qondan parcha go‘shtni yaratib, parcha go‘shtdan suyaklarni yaratib, bu suyaklarga go‘sht qopladik, so‘ngra (unga jon kirgizib, avval boshdagi bir tomchi suv — nutfadan butunlay) boshqa bir jonzot holida paydo qildik. Bas eng go‘zal yaratguvchi (ya’ni yo‘qdan bor qilguvchi bo‘lmish) Alloh barakotli — buyukdir.

 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:15 | Message # 9
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Issiq tutundan yaralish



 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:16 | Message # 10
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Bugungi kunda olimlar yulduzlarning issiq gaz bulutlardan paydo bo‘lishini kuzata oldilar. Gazning issiq massasidan yaralish hodisasi koinotning yaratilishiga ham taalluqlidir. Qur’onda tasvirlanganidek, koinotning yaratilishi, bu ilmiy kashfiyotni quyidagi oyatda tasdiqlaydi:
U (Yerning) ustida to‘la to‘rt kunda tog‘larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o‘sha (er)da uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot Yeru osmonlar haqida) so‘rovchilarga mosdir. So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: «(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelingiz!» - degan edi, ular: «O’z ixtiyorimiz bilan keldik», - dedilar. («Fussilat» surasi, 10-11- oyatlar)
Bu yerda «osmon» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «samaa» butun koinotga nisbatan ishlatilgan. «Tutun» deb tarjima qilingan «duxaanun» so‘zi esa koinotning o‘z shaklini olishidan oldingi materiya, ya’ni koinotning yaratilishi davomida mavjud bo‘lgan issiq, kosmik tutunni tasvirlaydi va bu hozirgi kun olimlari tomonidan o‘z tasdig‘ini topgan.5 Qur’ondagi bu so‘z, shu tutunning issiq jismli gaz ekanligini va uning qattiq moddaga bog‘langan harakatlanuvchan zarralarni o‘z ichiga olishini ma’no jihatdan aniq ifodalaydi. Bu yerda koinot paydo bo‘lishining mana shu bosqichini tasvirlab berish uchun Qur’on arab tilidagi eng maqbul, mos so‘zni qabul qilgan. Olimlar koinotning tutun shaklidagi issiq gazdan paydo bo‘lganligini faqatgina XX asrga kelib kashf qilganligini qayd qilib o‘taylik.
Bundan tashqari, «So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib» jumlasidagi «so‘ngra» deb tarjima qilingan «summa» so‘zi «shu asnoda, bundan tashqari, shuningdek, qo‘shimcha ravishda (tarzda), yana, tag‘in, yana bir bor» kabi ma’nolarni ham o‘z ichiga oladi. Bu yerda «summa» so‘zi vaqt ifodasi sifatida emas, balki qo‘shimcha tushuntirish sifatida ishlatilgan.6
Koinotning yaratilishi haqida Qur’onda bunday ma’lumotning berilganligi, Qur’on mo‘‘jizakorligining shubhasiz dalilidir.


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:16 | Message # 11
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Sa'ba xalqi



 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:17 | Message # 12
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Ko‘p asrlar ilgari Saba’ jamoasi Janubiy Arabistonda yashagan to‘rtta eng katta tsivilizatsiyalardan biri edi.
Tarixiy manbalar Saba’ qavmining fenikaliklar kabi madaniyati bo‘lganligini ta’kidlaydi. U asosan tijorat ishlarida ishtirok etgan. Saba’liklar tarixchilar tomonidan tsivilizatsiyalashgan va madaniyatli xalq bo‘lgan, deb e’tirof etiladi. Saba’ hukmdorlarining yozuvlarida «tiklamoq», «bag‘ishlamoq» va «qurmoq» kabi so‘zlar tez-tez ishlatiladi. Bu qavmning eng ahamiyatli yodgorliklaridan biri bo‘lgan Ma’rib to‘g‘oni ular erishgan texnologik yutuqlarning muhim alomatidir.


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:17 | Message # 13
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Saba’ davlati o‘sha hududdagi eng kuchli armiyalardan biriga ega edi va o‘zining qudratli armiyasi bilan bosqinchilik siyosatini olib borishga qodir edi. O’zining ilg‘or madaniyati va armiyasi bilan Saba’ davlati o‘sha davrda hududning, shubhasiz, «super salta-nat»laridan biri edi. Saba’ davlatining bunday g‘ayrioddiy qudratli armiyasi Qur’onda ham ta’riflangan. Saba’ armiyasi qo‘mondonlarining Qur’onda ifodalangan bir gapi bu armiyaning o‘ziga qanchalik ishonishini namoyon etadi. Qo‘mondonlar davlatning ayol hukmdori (malikasi)ga shunday deydilar:
«Bizlar quvvat va ashaddiy matonat egalaridirmiz. (Ishga) buyurish sening o‘zingga havola. Bas, nimaga buyurishni uilab ko‘raver!» («Naml» surasi, 33-oyat)


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:18 | Message # 14
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Ayni o‘sha davrda ancha taraqqiy etgan texnologiya yordami bilan qurilgan Ma’rib to‘g‘oni Saba’ xalqining buyuk irrigatsion quvvatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu texnika orqali ular erishgan unumdor tuproq va ularning savdo yo‘li ustidagi nazorati ajoyib va ko‘rkam, shodu xurram bir hayot kechirishiga imkon yaratgan edi. Biroq bularning barchasi uchun Allohga shukr kilish o‘rniga, Qur’onda xabar berilganidek, ular haqiqatda «Undan yuz o‘girdilar». Bundan tashqari, ular uchun yo‘llangan ogohlantirishlar va eslatmalarga quloq solishni ham rad etdilar. Bunday yaramas illatlari tufayli ular Allohning irodasi bilan jazoga mahkum qilindilar va ularning to‘g‘onlari buzildi va Arim seli ularning yerlarini yakson qildi.

 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:18 | Message # 15
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Vizantiya imperiyasining mag'lubiyati va g'alabasi



 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:19 | Message # 16
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Hayratlanarli bir bashorat «Rum» surasining dastlabki oyatlarida vahiy qilingan bo‘lib, unda keyingi Rim imperiyasining sharqiy qismi, ya’ni katta mag‘lubiyatga uchragan Vizantiya imperiyasining tez orada g‘alaba qozonishi haqida so‘z yuritiladi.
Alif, Lom, Mim. Rum (qo‘shini Fors qo‘shinidan) mag‘lub bo‘ldi eng past yerda. (Lekin) ular (ya’ni rumliklar) bu mag‘lubiyatlaridan so‘ng, (forslar ustidan) albatta, g‘alaba qilurlar uch-to‘qqiz yil ichida. Oldin ham, keyin ham ish Allohnikidir. O’sha kunda mo‘minlar shodlanurlar. («Rum» surasi, 1-4-oyatlar)
Mazkur oyatlar taxminan 620-yilda, butparast forsiylar 613-614-yillarda nasroniy Vizantiyasini qattiq mag‘lubiyatga uchratgandan deyarli 7 yildan so‘ng nozil qilingan edi.


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:19 | Message # 17
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Darhaqiqat, Vizantiya shunchalik katta zarar ko‘rgan ediki, uning yolg‘iz o‘zi yana g‘olib bo‘lishi u yoqda tursin, hatto omon qolishi mumkin emas edi. 613-yilda Antiohda vizantiyaliklarni mag‘lub qilgach, forsiylar Damashq, Kilikiya, Tarsus, Armaniston va Quddusni ham istilo qildilar. 614-yilda Kuddusning qo‘ldan boy berilishi vizantiyaliklar uchun ayniqsa og‘ir judolik bo‘ldi, chunki Baytul Maqdis ibodatxonasi vayron qilingan va forsiylar nasroniylikning ramzi bo‘lgan «Haqiqiy Xoch»ni qo‘lga kiritgan edilar.187

 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:19 | Message # 18
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Bundan tashqari, avarlar, slavyanlar va lombardlar ham Vizantiya imperiyasiga jiddiy tahdid solib turgan edi. Avarlar Konstantinopol devorlarigacha yetib kelgan edilar. Imperator Irakliy armiya xarajatlarini qoplash uchun ibodatxonalardagi oltin va kumushlarni eritib, pul yasashga farmon bergan edi. Bu ham kifoya qilmay, ko‘proq pul yasash maqsadida, bronza haykallari eritilib, quyula boshlandi. Ko‘plab hukmdorlar Irakliyga qarshi bosh ko‘targan va Vizantiya imperiyasi qulash arafasida edi.188 Avvallari Vizantiyaga qarashli bo‘lgan Mesopotamiya, Kilikiya, Falastin, Misr va Armaniston butparast forsiylar tomonidan bosib olingan edi.

 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:20 | Message # 19
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Uyqu paytida harakatlanishning muhimligi



 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:21 | Message # 20
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Uxloq bo‘lsalar-da, ularni uyg‘oq, deb o‘ylarding. Biz ularni o‘ng tomon, so‘l tomonga aylantirib turardik. Ularning iti esa, ostonada ikki old oyoqlarini uzatib yotardi. Agar ularni ko‘rib qolsangiz, dahshatga tushib, ulardan yuz o‘girib qochib ketgan bo‘lur edingiz. («Kahf» surasi, 18-oyat)
Yuqoridagi oyat uch yuz yillab uyquda yotgan g‘ordagi hamrohlarni nazarda tutmoqda. Bundan tashqari, Alloh ularning tanalarini chap va o‘ng tomonga o‘girib turganini ham vahiy qiladi. Buning zamirvda yotgan buyuk donolik faqat yaqin yillar ichidagina kashf qilindi.


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:21 | Message # 21
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Uzoq vaqt bir xil holatda yotadigan odamlar, ular yotadigan tomon yuzasiga tegib turgan tana qismlarida qon aylanishi qiyinchiligi, jarohatlar va qonning quyulib qolishi kabi jiddiy muammolarga duch kelishadi.177
Yuzaga keladigan jarohatlar «yotoq jarohatlari» yoki «bosim jarohatlari» sifatida ma’lum. Biror kishi uzoq vaqt qo‘zg‘almasdan yotsa, tananing o‘sha qismvdagi doimiy bosim tufayli qon tomirlari siqilib qoladi va ular umuman yopilib qolishi mumkin. Natijada, qon orqali tashiladigan kislorod va boshqa oziqlar teriga yetib bormaydi, natijada teri nobud bo‘la boshlaydi. Bu tanada jarohatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ushbu jarohatlar davolanmasa, yog‘ va mushaklar ham nobud bo‘la boshlaydi.178
Teri yoki to‘qima ostida shakllanadigan bunday jarohatlar davolanmasa, ular kattalashishi, agar ularga infektsiya tushgudek bo‘lsa, o‘limga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu bosimni kamaytirish maqsadida bemorning yotgan holatini har 15 daqiqada o‘zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. O’zlarini qo‘zg‘ata olmaydigan bemorlarga esa maxsus qarov kerak. Ular har 2 soatda boshqa odamlar tomonidan qo‘zg‘atib turilishi lozim.179 Faqatgina so‘nggi asrda kashf qilingan bu tibbiy dalillarning Qur’onda nazarda tutilganligi undagi mo‘‘jizalardan yana biridir.


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: