Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
OTA-ONA-larimiz haqida sherlar
SAKINADate: Dushanba, 21-Yan-2013, 12:44 | Message # 91
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bahtim deymi, Bahorim deymi,
Ko'kda kulgan oyim edingiz.
Men ulg'aygan uyning bekasi,
Shohistai shoyim edingiz.
Yuzlaringiz farishtasiymo,
So'zlaringiz yoqimli boldek.
Bizda neki fazilat paydo,
Barisini biz sizdan oldik.
Sho'hroq edim bolalik chog'im,
Yurardingiz ortimdan quvlab.
Endi qumsab og'ushingizni,
Zoru nolon yuribman yig'lab.
Bog'im so'lib, siz ohim endi,
Sizni eslab ko'zim yoshlayman.
Sog'inch bo'lib hamrohim endi,
Qiyomatni... Kutib yashayman.
 
SAKINADate: Seshanba, 22-Yan-2013, 13:54 | Message # 92
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bir yor uchun baxt sorama,
Vaqti kelsa tawlab ketar.
Nega keti deb siqilma,
U kabilar ming bor kelar.
OTA ONA toki xayot,
Faqat ular seni sevar.
Ular uchun umir so'ra,
OTA ONA birbor kelar.
 
SAKINADate: Shanba, 26-Yan-2013, 12:26 | Message # 93
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bolam menga kerak emas pul degani,
Sen yonimda yursang bas,men ulug' boyman.
Diydoringni istab-zahar xar yeganim,
Go'yo shoxi ko'chib ketgan bir saroyman.

Mijja qoqmay tunlar kirib ul xonangga,
Suratingni silab,yig'lab kular bo'ldim.
Rahming kelmaydimi qari bu onannga,
O'lar bo'lsam sensizlikda o'lar bo'ldim.

Qaytgin bolam,sog'intirma qaytgin bolam,
Ne yetmaydi, endi senga aytgin bolam?
G'amim sensan,tanda jonim kamim sensan,
Madorim yo'q,ko'zda yoshim artgin bolam.

Xovli kengdir,xovli tordir-sig'mayapman,
Xar burchakdan ovozingni tinglayapman,
Ko'klam kelib,laylak qaytsa minorlarga,
Mening bolam qaytmadi deb yig'layapman.

Ne so'rasang dadang bilan borim berdim,
Qariganda suyanchig'im bo'lar derdim,
Menga tog'lar olib berma,qaytgin uyga,
Pulingsiz xam yarim nonim topib yerdim.

Kechir endi dardim to'kib aytdim bolam,
Kech bo'lmasdan ortginangga qaytgin bolam.
Issiq jonman diydorimga to'ygin sen xam,
Onajon deb shirin so'zing aytgin bolam.


Alisher Ahmedov
 
SAKINADate: Chorshanba, 06-Fev-2013, 14:57 | Message # 94
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Parcha Terdan Ato Etib,Meni Tuqqan Onamga Raxmat.
Oq Sut Berib-Oq Taragan,Mehribonim Onamga Raxmat.
Dunyoga Ko'z Ochganim,Bag'rida Tinch Yotganim.
Boshin Qo'ymas Yostiqqa,Ertayu - Kech Parvonam.

Kechalari Beshik Tebratgan,Be Oromim Onamga Raxmat.
Orom Ol Deb Allalar Aytgan,Shirin So'zim Onamga Raxmat.
Ilk So'zimga Quvongan,Onajon-Desam Yig'laydi.
Qo'lim Ushlab Yurgizgan,Kelaqol Deb Quvnaydi.

Quvonchimga Shodlanar Onam,Bag'riga Bosib O'pgan.
Dardimga-Darmonim Onam,Boshimda Parvonam Bo'lgan.
Onam Bergan Tarbiya,Shunday Kunga Yetkazdi.
Qo'llar Ochib Duoga,Tangrim!-Asrasin Dedi.

Baxtimga Sog' Bo'lsinlar,Farzandlarim Ko'rsinlar.
O'nta O'g'il-O'nta Qiz,Nabiralarin Boqsinlar.
Ular Mendek Sho'x O'ynab,Quvonch Bersin Onamga.
Ko'zlari Yoshga To'lib,To'ylar Qilsin Onamga.

Onam Sizga Ming Raxmat,Poyingiz Qilay Tavob.
Men Ila Toping Hurmat,Siz Uchun Qilay Savob.
Sizga Beray Borimni,Baxtli Hayot Kunimni.
Asalim Jonim Onam,Shirinim-Borim Onam.

Meni Katta Qildingiz,Bag'ringiz Bo'lsin Jannat.
Sizni Asrayman Ona,Yonimda Bo'ling Har Vaqt.
Boshimdan O'tgan Kunlar,O'zga Boshiga Tushmasin.
Onam Yosh To'kkan Kunlar,Bag'rin G'amlar Tilmasin.

Otam Qo'yib Tuproqqa,G'am Qayg'u Tortib Ketti.
Ko'zlar Quvonch O'rniga,Ko'z Yoshlar To'lib Ketti.
Mayli Taqdir Zarbiga,Chidab Ketar Ekanmiz.
Nima Ham Qilolardik,Hudo Berar Umrimiz.

Onajon Siz Yig'lamang,Ko'z Yoshlariz Qiynaydi.
Baxtimga Sog' Salomat,Onamga Ko'z Tegmaydi.
Duo Qiling Do'stlarim,Farishtalar Bor Bo'lsin.
Onam Farishtam Mening,Uyimiz Jannat Bo'lsin.

Meni Hurmat Qilganlar,Bu Onamga Hurmatdir.
Onam Sizga Ming Raxmat,Barchasi Siz Uchundir.
Onangiz Qiling Shodon,Ko'zlari Yosh Ko'rmasin.
Yosh Bo'lsa Ham Bu Faqat,Quvonch Yoshlari Bo'lsin.

So'zim Oxiri Keldi,Aytay Sizga Bir Tilak.
Ona Farishta Bo'lsa,Siz Bo'ling Unga Farzand.
Siz Uchun Tunlar Bedor,Farishta Onangiz Bor.
Asrab Avaylang Uni,Mehribon Onangiz Bor.
 
SAKINADate: Seshanba, 12-Fev-2013, 15:10 | Message # 95
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Armon...

Beshigimni quchoqlab yotgan,
Shirin-shirin allalar aytgan,
Sabo yanglig o’pib uygotgan,
Onajonim, sizga to’ymadim.
Siz ketdingiz, manzil- lomakon,
Hamma ketar, ketar begumon,
Ammo qoldi dilda bir armon:
Onajonim, sizga to’ymadim.

Yo’lingizda ko’zlarim qoldi,
Aytilmagan so’zlarim qoldi,
Ko’zimda yosh, bo’zlarim qoldi,
Onajonim, sizga to’ymadim.

Der edingiz: ”Ona qo’rgoshin,
Erib ketar ko’rsa ko’z yoshing”,
Toshdan bolsin derdingiz boshing,
Onajonim, sizga to’ymadim.

Orzulagan kunlariz keldi,
Siz aytgan ul qut fayz keldi,
Lek tilim lol dil mayus keldi,
Onajonim, sizga toymadim.

Yashayapman yahshi yo yomon,
Boshga tushsa ko’narkan inson,
Mehringizga tashna boldi jon,
Onajonim, sizga to’ymadim.

Umid birlan yashaydi banda,
Eh, ochilib bu sirli parda,
Ko’rishtirsin endi mahsharda,
Onajonim, sizga to’ymadim.
 
SAKINADate: Seshanba, 12-Fev-2013, 15:24 | Message # 96
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Dunyoga keldimu men sizni ko'rdim,
Mexringizga ko'milib o'sdim onajon.
Shu onda men sizdan yiroqlardaman,
Men sizni soğindim sizni ONAJON.
Asli mening dardlarim xechkim bilmaydi,
Balki bilgandaxam parvo qilmaydi.
Yurak sizni qumsab xar kun yiğlaydi,
Men sizni soğindim sizni ONAJON.
Xar kuni tunlari yiğlarman zor-zor,
Shu on yuzingizdan men silagim bor.
Olisdan boqarman ko'zlarimda yosh,
Men sizni soğindim sizni ONAJON.
Soğinchli dardlarim sher qilib bitdim,
Men sizni soğinib, soğinib ketdim.
Olislarda sizni qumsab suratiz tutib,
Men sizni soğindim sizni ONAJON.
 
SAKINADate: Dushanba, 18-Fev-2013, 13:02 | Message # 97
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
ONAJONLAR QADRIGA YETAYLIK DÖSTLAR.

Bugun negadur qalbim yonadi.
Yurak öz özidan özi tonadi.
Musofirchilik jonga tekanda.
Onamning duolari dalda böladi.

Boshing omon bölsin deydi.
Ög'lim seni sog'indim deydi.
Meni xam öylagin bir oz deydi.
Sog' salomat böl bolam deydi.

Ish maydonida omad kelmasa.
Döstlarim mendan yuz ögirsa.
Meni yolg'izlik bag'riga olsa.
Onamning duolari dalda böladi.

Qizlarni ishqida kuyib yonsamda.
Yolg'ondan sher yozib maqtov olsamda.
Yanna ayrildim deb nolla qilsamda.
Xech bir qiz berolmadi ona mexrini.

Yolg'izim, davlatim faqat siz Onam.
Shon_shuxratim, G'ururimdur Onam.
Onajon faqqat siz uchun fiddo bu jonim.
Özingiz panoximdur jonu _jaxonim.

Onajon Sizni öylab goxo öyga tolaman.
Sözlaringiz doyim yodda tutaman.
Bugun Onajonlar uchun sher yozaman.
Onalar bor bizning yorug' yöllarimiz.

Kecha _kunduz doyim duoda bölgan.
Uyga qaytishimiz intizor kutgan.
Bizlarni kutib tunlari beddor bölgan.
Baxtimizga sög' bölsinlar Onajonlarimiz.

Negadur Bugun uzzoq öyga tolaman.
Raxmatli Otamni sözlarin, esga olaman.
Otajonim sog'inganda onamga boqaman.
Otamning örnini bildirmagan Onam.

Maqsadim shu sizni rozzi qilolsam.
Yuzingizda doyim quvonchni körsam.
Farzandlik burchimni bajara olsam.
Doyimo baxtimga sog' böling onam.

Asraylik dostlarim buyuk zot ullar.
Onaning poyidan boshlanar jannatlar.
Qaysi vaqt qaytsak intizor kuttar.
Onajonlar dilini og'ritmang döstlar.

Döstlarim sizlardan iltimosim bor.
Janjalda qöshmang onani zinxor.
Axir aytin ul zotda nima gunox bor.
Onasiz bizlarga bölar dunyolar tor.
 
DURDONDate: Payshanba, 14-Mar-2013, 09:30 | Message # 98
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Onamga
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko'rib yorug' dunyoda,
Toshkanni ko'rmagan bechora onam,
Bolang bo'lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi!..

Garchi bisotingda "bayram" so'zi yo'q,
Bilaman, kutasan sandal to'la cho'g',
Menda yurak deganlarin o'zi yo'q:
Men sovg'a bermagan qiz yo'q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam?..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo'qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim She'r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt?..

Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho'kib, qo'lingni o'psin.
Undan ham ulug'im borligin ko'rsin,
Men uchun ham aziz holingni so'rsin,
Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam!..


 
SAKINADate: Juma, 19-Apr-2013, 07:41 | Message # 99
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Onangizni qo'llarini o’pib qo’ying,
O’sha qo’llar tebratganku beshigingiz.
Bolam kelsa kutmasin-deb onaizor,
Ostonada poylab turgan eshigingiz.

Sizning sarmast xayolingiz ketgan balkim,
Chaman aro ochilgan bir go’zal gulga.
Mehringizni berdingizmi, tongga qadar,
Yo’lingizni poylab chiqqan munis dilga.

Bu g'animat kunlar esa o’taverar,
Ostonada mangu qolmas sarg'ayib dil.
Boshingizni silagan bu qo’llar uchun,
Imkon topib uzating siz, bir dona gul!
 
SAKINADate: Juma, 19-Apr-2013, 07:49 | Message # 100
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Onajonim sizga bugun tilaklarim hammasi,
Shu vaqtgacha dil so'zlarim aytolmadim chamasi,
Sizga bo'lsin bor jahonim, mehrim va umrim,
Toki tirikdirman sizga bo'lsin eng shirin so'zim!
 
DURDONDate: Shanba, 08-Iyun-2013, 15:31 | Message # 101
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Baxor keldi bulbulni topdim
Gulni topdim,gulgunni topdim,
Xatto,qolgan ko'ngilni topdim,
Topolmadim sizni ..ONAJON!

Ko'klam keldi,bog'larni kezdim,
Qor erigan tog'larni kezdim,
Subhi sodiq chog'larni kezdim,
Topolmadim sizni ..ONAJON!

Izladim men tog'lardan osha,
Daryo kabi sog'inchim tosha,
Ko'rganimdan so'radim shosha,
Topolmadim sizni ...ONAJON!

Sizga armon baxtdan so'z ochdim,
Qarz emas deb naqddan so'z ochdim,
Ko'rmoq uchun vaqtdan ko'z ochdim,
Topolmadim sizni ..ONAJON!

Rom aylagan zabonlar keldi,
Gulu-chaman rayxonlar keldi,
O'rningizga mehmonla keldi
sizni topolmadim....ONAJON,,,,,


 
DURDONDate: Dushanba, 10-Iyun-2013, 04:45 | Message # 102
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Дунё лаззатларин барига туйсам,
Хеч кандай нарсани уйламай куйсам.
Хаттоки согинчим ёлгонга ёйсам,
Барибир онамни согиниб кеттим.

Узок масканларда кезиб юрсам,
Кечалари уйкимдан сесканиб турсам.
Бошкалар хокида хаёллар сурсам,
Барибир онамни согиниб кеттим.

Унинг рухсатисиз каерларга еттим,
Норизо килибо адашиб кеттим.
Тошкетчасига ойижон деб еттим,
Барибир онамни согиниб кеттим.

Калбимдаги хисларимни очолсам,
Онам учун бор ёгимни сочолсам.
Хар кандайин согинчданда кочолсам,
Барибир онамни согиниб кеттим.

У булмаса мени ким хам суярди,
Бечора факат мени дея куярди.
Мусофирлар шундай хисни туярди.
Барибир онамни согиниб кеттим.

Хаттоки у намозларимда хаёлимда,
Онамчалик менда йукдир аёлимда.
Айтмасам булмайди бу холимда,
Барибир онамни согиниб кеттим.

Усома


 
SAKINADate: Payshanba, 04-Iyul-2013, 16:39 | Message # 103
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Onaiyzorim

Mendan o'tsa neki o'tdi, tinglangiz iqrorimni
Alloxga xamd yakka dedim ul parvardigorimni
Umr bo'yi qilgan bo'lsam birgina savobli ish
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Neki yomonlik fe'limda, ko'cha ko'yga bir xavas
Dilozorlik keng xovlimga zinxor tegishli emas
Qay kun yo'lning bir chetidan olib o'tgandim bir xas
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Extimol men gox suxbatni g'iybatga burorim bor
Xar narsani nafsim ila tinglabon ko'rorim bor
Axvoli tang mendek g'arib sizdan bir so'rorim bor
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Yoshligimdan xar ko'ngilga xasadim yo'qdir sira
Sizda borin mening ko'nglim qilmaydi also xira
Taxajjudga turar vaqtda mening xaqqimdan ko'ra
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Allox xaqqi men ulardan olgandirman andoza
Asli ota-onamniki neki bor menda toza
Din axkomin yetkazdi deb elga qilmay ovoza
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Elning og'zin yopib bo'lmas, juda yaxshi bilaman
O'z axvolim ko'rib ba'zan yig'layman, gox kulaman
Men sizning xaqqingizga tinmay duo qilaman
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni !!!

 
DURDONDate: Dushanba, 29-Iyul-2013, 21:21 | Message # 104
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Endi yig'lamayman... yuragim tölib
Könglim xuvillagan mozor onajon.
Dunyo kengaydimi ayting siz ölib?!
Sizsiz körgan kunim ozor onajon!

Tilsiz tabiatga sig'inish azob
Sizni kecha-kunduz sog'inish azob.
Boshim silar qöl yöq ovunish azob.
Sizsiz qanday yashay zor- zor onajon?

Hovlim rayhonlarin silab sizladim.
Böyidan tentirab böyiz izladim.
Yig'lamayman dedim... ammo... yig'ladim.
Sizsiz tunlar mudroq, bedor onajon!

Qonimni sörarkan ishonganlarim.
Payimni qirqarkan suyanganlarim.
Gohida jigar ham bölarkan g'anim.
Sizsiz yashamoq ne darkor onajon?

Onasi borlarga havasim ortar.
Xavaslar qalbimda xasad uyg'otar.
Yoningizga chorlang, bas, endi yetar.
Sizsiz yer ustida ne bor onajon?!

Qadringizga borsam jonim qaqshaydi.
Yetimlik qaqragan chölga öxshaydi.
Yetimlar chin dilla yashnab kulmaydi.
Sizsiz ming quvonchlar bekor onajon!

Onasi yöqlarni Alloh yöqlasin!
Otasin boshida omon saqlasin
Otalar farzandin mehrin oqlasin!....
Nasibmi Jannatda diydor onajon?!


 
DURDONDate: Dushanba, 05-Avg-2013, 04:33 | Message # 105
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Onasidan 3 yoshida ayrilgan bola tilidan.

Ona desam, bolam degan so'z begona.
Yo'limga zor, mexridaryo ko'z begona....
Tushda ko'rdim, ko'zim ochsam yo'qsiz yana,
Sizni izlab topolmayman onajonim!

Ismim aytib, kimdir desa bolajonim,
Bag'rim to'lib qucholmasman titrab jonim..!
Yodimda yo'q so'nggi bora ko'rgan onim,
Sizni izlab topolmayman onajonim!

O'zgalarga termularman, havas qilib.
Murg'ak qalbimni yig'latar, sog'inch tilib..!
Bag'ringizda o'ynay desam, bir- zum kulib...
Sizni izlab topolmayman onajonim!

Bir kam dunyo nega sizni tortib oldi?
Mehringizga tashna qalbim guldek so'ldi.
Yig'lay-yig'lay ko'ksim o'kinchlarga to'ldi..!
Sizni izlab topolmayman onajonim!

Laxza imkon bo'lsa, mexringizga to'ysam.
Poyingizni tavob qilib, boshim qo'ysam..!
"Onajon" deb men ham quvnab aytay desam..
Sizni izlab topolmayman onajonim!

Allangizni jon quloqqa tinglar edim!
Men baxtsiz ham, baxt neligin anglar edim!
Gul ko'tarib bugun qabringizga keldim.
Sizni izlab topolmadim onajonim!


 
DURDONDate: Chorshanba, 07-Avg-2013, 07:02 | Message # 106
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Мени деб ғамлар ютган,
Ўз тинчини унитган,
Мехрига қўшиб тутган,
Онам борига шукур,
Отам борига шукур.

Асраб кўз қароғида,
Ўстирди ардоғида,
Хаётимнинг боғида,
Онам борига шукур,
Отам борига шукур

Юрагим ғам билмади,
Кўзларим нам қилмади,
Бировдан кам қилмади,
Онам борига шукур,
Отам борига шукур.

Онам энг чиройлигим,
Отам эрка тойлигим,
Улар менинг бойлигим,
Онам бориаг шукур,
Отам борига шукур.

Бўлмасамдан зўр фарзанд
Улар дуо билан банд,
Шундан овозим баланд
Онам брига шукур,
Отам борига шукур .

Бу кун тик бўй бастим,
Улардир менинг аслим,
Йўқса хечким бўлмасдим,
Онам борига шукур,
Отам борига шукур.


 
DURDONDate: Yakshanba, 18-Avg-2013, 08:37 | Message # 107
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Кузларингиз согиндим она
Сузларингиз согиндим она
Мехр кумсаб калбим совкотар
Юзларингиз согиндим она

Бемадордай, оёқлар юрсам
Ором топмам ўтирсам турсам
Бир боргина кўзимга сурсам
Изларингиз согиндим она

Рухим чиқар уча олмадим
Ширин жондан кеча олмадим
Ё тиз чўкиб қуча олмадим
Тизларингиз согиндим она

Хеч кимсадан топмадим малхам
Бўлсалар хам ёру дўст хамдам
Мен шох эдим сиз билан хар дам
Сизларингиз согиндим она


 
DURDONDate: Chorshanba, 11-Sen-2013, 14:13 | Message # 108
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Аёл ҳақда жуда кўплаб асар бор...
Асарларда ундан ҳам кўп гаплар бор.
Эр зотига ҳусн бўлса жасорат,
Аёлларга гўзал ҳулқу, нафосат.
Эр деб атагайлар ҳақ сўз айтганни,
Хушламаслар ўз йўлидан қайтганни.
Аммо аёл борасида бўлак сўз
Нозик жинсни гўзал айлар ибо кўз.
Бўлсин десанг сатрларим байти соз,
Ҳаёли аёллар хаёлида ёз.
Эрни устун қўйиб ота-онадан,
Улар учун ордир чиқмоқ хонадан!
Хаёллари завжи учун бўлингай,
Тушида ҳам «дадаси” деб ялингай.
Ўзин сабр отлиқ ўтда тоблайди -
Худога итоат деб ҳисоблайди.
Эри ранжиб уйдан чиқиб кетса гоҳ,
Ўзин айблар бешуд деб ҳар қандай чоғ.
Узр сўраб чарчамагай баъзи дам
Эрин етмиш марта тавоф қилса ҳам.
Завжига чиройли либосин кияр,
Эр кулгусин кўрса таомдек тўяр. ...
Ҳайрондирсиз, замонамиз аёли
Ўзгани мафтун айламак хаёли.
Борми ушбу мулоҳаза талқини:
Аёл деган сўрамасми ҳақини?
Жавобимиз оддийдир, эй биродар,
Аёл динда эркак билан баробар.
Аммо аёл сийратининг афзали
Ҳулқу итоатда бекам гўзали!
Чунки шундай яшаб ўтган Фотима,
Шундан ўзингга ол гўзал хотима.
Фотимаи Заҳро қилмай ҳеч ирим,
Алидан йиғлаблар сўрмиш кечирим.
Кўзи шишган қизин Росул кўрмишлар,
Бу ҳолатнинг баёнини сўрмишлар.
Тинглаб куяв тутган оғир мавқифни,
Қара, қандай берибдилар тавсифни:
Рaсул демиш: “бўлмасайди шул таъзим,
Жаҳаннамга тушардингиз, жон қизим!”
Хой оналар, хой аёллар, тинглангиз,
Қай аҳволда Росулуллоҳ суйган қиз!
Сиз неларни истаяпсиз, билмадим,
Сийрат ўқиб, ёт хулоса қилмадим.
Эрлар мақталганин кўрдим жанггоҳда,
Аёлларни эри суйган даргоҳда!
Олам суйган олима аёллар ҳам
Қилмаганлар жоҳил эрларин мулзам!
Эй ожиза, эхтимол, бу кулгудир,
Лек олималик насибаси шудир!
Ўтмиш гувоҳ, сингиган қонигача
Эрин кутган умр поёнигача.
Эркак она пойидан истар жаннат,
Эр босган из аёлига кифоят!
Аҳли оқил бу сўзларга кулмайди
Тарих бошқа ривоятнибилмайди!


 
SAKINADate: Shanba, 23-Noya-2013, 13:06 | Message # 109
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Do'stlarim afsus xiyonat qildi,
Dushmanlar ustimdan kuldi.
Dunyodan to'ydim desam,
Mehribonim boshim siladi.

Dunyo beshavqatlik qildi,
Yuragim g'amga to'ldi.
Ex buncha azob desam,
Onajonim boshim siladi.

Do'stlarim xiyonat qildi,
Dushmanlar bayram qildi.
Yolg'onchilardan dod desam,
Mexribonim boshim siladi.

Ex,yolg'onchi dunyo desam,
Ex,azobli dunyo desam.
Ex,beshavqat dunyo desam,
Onajonim boshim siladi.

Qo'y yig'lama bolam dedi,
Qo'y siqilma bolam dedi.
Yuragimni g'ashlama deb,
Mexribonim boshim siladi.

Kunlar o'tdi qayg'uli,
Kunlar keldi mazmunli.
Onajon baxtliman desam,
Onajonim boshim siladi...
 
Search: