• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Forum » ARXIV » Yopilgan mavzular » Kutubxona » Qiziqarli faktlar
Qiziqarli faktlar
DURDONDate: Juma, 11-Okt-2013, 05:21 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Inson tanasi haqidagi qiziqarli faktlar

Miya Miya - insonning eng murakkab va eng kam o’rganilgan tana a’zosi. Biz u haqida ko’p tasavvurga ega emasmiz, ammo miya haqida ajoyib faktorlar yetarlicha.

1.Nerv impulsi 270 km/s tezlikka ega.
2.Miya ish faoliyati uchun shunday energiya kerakki, hatto uning quvvatidan 10 vattli lampochka yoqish mumkin.
3.Inson miyasidagi bir hujayra istalgan ensklopediyadan 5 marta ko’p ma’lumot saqlash kuchiga ega.
4.Qon aylanish sistemasiga kiradigan Kislorodning 20%i miya uchun sarflanar ekan.
5.Kunga nisbatan tunda inson miyasi faolroq bo’ladi.
6.Olimlarni aytishlaricha IQ darajasi baland odamlar ko’p tush ko’rarkan.
7. Neyronlar(miya hujayralari) insonni butun umri davomida o’sib rivojlanib boradi.
8.Axborotlar turli neyronlardan turlicha tezlikda tarqaladi.
9.Miyani o’zi og’riqni his qilmas ekan.
10.Miyaning 80%i suvdan iborat.

Sochlar va tirnoqlar
Aslida, bu tirik tana a’zolari emas, ammo bu borada ayollarning fikrlari o’zgacha, ya’ni ularning tirnoq va sochlariga qancha pul sarflashlarini hisoblasangiz hayron qolasiz.

11. Yuzdagi tuklar tananing boshqa joydagilarga nisbatan tezroq o’sadi.
12. Kun ora inson o’rtacha 60 – 100 soch tolasi yo’qotadi.
13. Ayol kishining soch diametri erkak kishinikiga nisbatan 2 marta kichikroq.
14. Insonning bir soch tolasi 100 g ga yaqin yukni ko’tara oladi.
15. O’rta barmoqdagi tirnoq boshqa barmoqdagi tirnoqlardan tezroq o’sadi.
16. Shimpanze tanasining 1 sm kvadrat qismidagi tuklar soni inson boshining 1 sm kvadrat qismidagi soch tolalari bilan teng miqdorda ekan.
17. Malla sochli odamlarda boshqa tusdagi sochli odamlarga nisbatan soch tolalar soni ko’proq ekan.
18. Qo’limizdagi tirnoqlar oyoqlardagi tirnoqlarga nisbatan 4 marta tezroq o’sadi.
19. Inson sochining o’rtacha umr davomiyligi 3-7 yil hisoblanadi.
20. Sezilarli kal bo’lish uchun sochlarni yarmini olib tashlash kerak bo’ladi.
21. Inson sochi doimiy yangilanib turadi.

Ichki a’zolar
Biz hech qachon ichki a’zolarimiz bezovta qilmaguncha ular haqida eslamaymiz, lekin ular tufayli biz nafas olamiz, oziqlanamiz, yuramiz va boshqalar.

22. Ichimizdagi eng katta ichki a’zo bu – ingichka ichakdir.
23. Inson yuragi shunday bosim yaratadiki, xatto qon 7 metr balandlikka sochilishi mumkin.
24. Oshqozonda hosil bo’ladigan kislota hatto britva lezviyasini butunlay yemirishga qodir.
25. Inson tanasidagi tomirlarning umumiy uzunligi – 96 kmga yaqin.
26. Oshqozon har 3-4 kun ichida mutloq yangilanadi.
27. O’pkani yoygandagi umumiy yuza tennis maydonining yuzi bilan teng.
28. Ayol kishining yuragi erkak kishining yuragiga nisbatan tezroq uradi.
29. Olimlarning aytishicha jigarning 500dan ortiq funksiyalari mavjud.
30. Aorta tomirning diametri bog’ sug’orishda quviri diametriga teng.
31. Yurak sig’ishi uchun chap o’pka o’ngdagisidan kichikroq.
32. Ichki organlarni ko’p qismini olib tashlab ham uzoq vaqt yashash mumkin.
33. Buyrak osti bezlari inson umri davomida o’z razmerini o’zgartirib boradi.

Tanamizning ajabtovur funksiyalari
Biz ular haqida ko’p gapirishni xohlamaymiz, biroq har kuni ularni kerakligini his qilib turamiz. Mana bizning tanamizga oid eng qiziqarli bir necha faktlar:

34. Chuchkurish tezligi 160 km/soat ekan.
35. Yo’tal tezligi hatto 900 km/soatga yetadi.
36. Ayollar erkaklarga qaraganda ikki marta ko’proq ko’zini ochib yumadi.
37. To’liq peshob pufakchasi softbol sportining koptogi razmeriga yetadi.
38. Inson hayoti davomida iste’mol qiladigan mahsulotlarning 75%ini suv tashkil etadi.
39. Oyoqlarimizda 500 000ga yaqin ter bezlari mavjud bo’lib, ular hatto kuniga 1 litrgacha ter ishlab chiqarishi mumkin. 40. Inson hayoti davomida shunchalik ko’p so’lak ishlab chiqaradiki, undan ikki basseyn hovuzini to’ldirish mumkin.
41. Inson tanasidan kuniga o’rtacha 14 marotaba gaz chiqaradi.
42. Quloqning ichki tomonidan ishlab chiqariladigan oltingugurt quloq salomatligi uchun foydali.

Jinsiy hayotning yaralishi

43. Har kuni dunyoda 120 mlndan ziyod jinsiy akt sodir bo’ladi.
44. Insonning eng katta xujayrasi moyak qismida joylashgan bo’lib, eng kichigi esa spermatozoiddir.
45. Ayol homiladorligini birinchi 3 oyida tushida qurbaqalar, qurtlar va o’tlarni ko’radi.
46. Tishlar bola dunyoga kelishidan 6 oy avval o’sa boshlaydi.
47. Deyarli barcha bolalar havorang ko’z bilan tug’iladi.
48. Bolalar aslida ho’kiz kabi kuchlidir.
49. 2000 boladan biri tishi bilan tug’iladi.
50 Uch oylik bo’lgunga qadar bolaning barmoq izlari butkul shakllanib bo’ladi.
51. Har bir odam hayotining yarim soatini bitta hujayra ko’rinishida o’tkazadi.
52. Ko’pgina erkaklarda tush ko’rayotgan paytda har soatda yoki bir yarim soatda ereksiya yuz beradi. Chunki miya kechasi kunduzgiga qaraganda faolroq bo’ladi. Sezgi Biz dunyoni sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilamiz. Mana ular haqida qiziq ma’lumotlar.
53. Tushlikdagi to’yib ovqatlanishdan so’ng biz yomonroq eshitamiz.
54. Har uch odamning birida 100 foizli ko’rish qobilyatiga ega.
55. Agar so’lakka nimadir aralashsa biz tam bila olmaymiz.
56. Hid bilish qobilyati erkaklarga nisbatan ayollarda kuchliroq.
57. Burun 50000 ga yaqin hidlarni saqlab qoladi.
58. Ko’z qorachig’i ozgina shovqin tufayli ham kattalashishi mumkin.
59. Har bir insonning o’zgacha isi(hidi) mavjud.

Qarish va o’lim
Biz butun hayotimiz davomida ulg’ayib so’ng qarib boramiz.

60. Inson tanasini yoqqandan so’ng qoladigan kul 4 kg gacha yetishi mumkin.
61. Inson 60 yoshga yetganda tam bilish retseptorlarini yarmini yo’qotadi.
62. Inson ko’zlari butun hayoti davomida bir razmerda, quloq va burunlar doimiy o’sib boradi.
63. 60 yoshga yetganda 60% erkaklar va 40% ayollar hurrak ota boshlaydi.
64. Bolaning bosh qismi tug’ilganda butun uzunligini chorak qismini, 25 yoshga kirganda esa 8 dan bir qismini tashkil etadi. Kasalliklar va jarohatlar Tirik jon borki kasal bo’ladi yoki jarohatlanadi. Buning sababi yetarlicha qiziq!
65. Yurak bilan bog’liq ko’p kasalliklar aynan haftaning dushanba kuni yuz beradi.
66. Odamlar yeguliksiz uzoq vaqt yashashi mumkin, ammo uxlamasdan yashay olmaydi.
67. Quyosh nuralarida toblanganingizda kapilyar tomirlaringiz zararlanadi.
68. 90% kasalliklar stress natijasida kelib chiqadi.
69. Insonning boshi uzilgan taqdirda ham 15-20 soniya hushida bo’ladi.

Mushak va suyaklar
Mushak va suyaklar – bu tanamizning ustunlaridir, ular sababli biz harakatlanamiz va xattoki o’tirib tura olamiz.

70. Siz jilmayish uchun 17, qoshlaringizni chimirish uchun esa 43ta mushaklaringizni harakatlantirasiz.
71. Bolalar 300ga yaqin suyak bilan tug’iladi, voyaga yetganlarida esa suyaklar soni 206 tani tashkil etadi.
72. Bo’yimiz kechqurunga qaraganda ertalab 1 santimetr baland bo’ladi.
73. Insonning eng kuchli muskuli bu – tildir.
74. Inson tanasidagi eng og’ir suyak bu - Jag’ suyagidir.
75. Bir qadam tashlash uchun biz 200ga yaqin mushaklarimizni harakatga keltiramiz.
76. Tish- hech qachon qayta tiklanmaydigan yagona tana azosi.
77. Muskullar shishidan ikki marta kam kichrayadi.
78. Bazibir suyaklar po’latdan qattiq.
79. Oyoq kaft suyaklari barcha suyaklarning chorak qismini tashkil etadi.

Hujayra miqyosida Shunday narsalar borki, ularni qurilmasiz ko’zni o’zi bilan ko’rib bo’lmaydi.

80. Tananing 1 kvadrat santimetr joyida 16000 bakteriya mavjud.
81. Har 27 kun ichida sizning teringiz mutloq yangilanadi.
82. Har daqiqada inson tanasida 3 000 000 ga yaqin hujayra nodub bo’ladi.
83. Har soatda terining 600 000 dan ortiq qismi yo’qoladi.
84. Har kuni sog’lom inson tanasida 300 milliard yangi hujayralar paydo bo’ladi.
85. Tilning izlari o’zgachadir ular bir biriga o’xshamaydi.
86. Inson tanasidagi mavjud temir moddasidan hatto 6 santimetrli miq yasash mumkin.
87. Dunyoda eng ko’p tarqalgan qon gruppasi bu – I guruhdir.
88. Lablarning qizil bo’lishiga sabab – uning terisi ostida minglab kaplyar tomirlar mavjud.

Turli xil
Yana turli qiziqarli faktlar.


89. Sovuq xonada uxlash inson sog’ligi uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi.
90. Ko’z yoshi tarkibida lizotsim fermenti mavjud bo’lib, u ko’p bakteriyalarni yo’qotishga qodir.
91. Inson tanasining yarim soatdagi sarflaydigan energiya yarim lirt suvni qaynatishga sarflanadigan energiyaga teng.
92. Odamlar qo’rqqanida quloqlar ko’proq oltingugurt ishlab chiqaradi.
93. Siz o’zingizni hech qachon qitiqlay olmaysiz.
94. Qo’laringizni ikki tomonga keng ochkaningizdagi uzunlik bu sizning bo’yingiz uzunligi bilan teng.
95. Inson hissiyotlari sababli ko’z yosh to’kadigan(yig’laydigan) yagona mavjudot.
96. O’naqay odamlar chapaqay odamlarga nisbatan o’rtacha o’n yil ko’proq umr ko’radi.
97. Ayollar erkaklarga nisbatan kuniga 50 kaloriya kam yog’ sarflaydi.
98. Burun va lablar orasidagi joy nomini – burun tarnovi deb ataladi.


 
DURDONDate: Juma, 18-Okt-2013, 23:35 | Message # 2
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Ишониш қийин, аммо ҳақиқат!

1. Оддий қўл телефонида ҳожатхонадаги унитаздагидан кўра кўпроқ бактерия бўлади.
2. Агар инсоннинг юзи хижолатликдан, уятдан қизарса, ошқозонининг ички тарафи ҳам қип-қизил тусга киради.
3. Табиатда шундай бактерия ҳам борки, унинг вазифаси олтин ишлаб чиқариш.
4. Билл Гейтснинг шахсий бойлиги шу даражадаки, жаҳондаги 18 ёшдан катта бўлган ҳар бир кишининг тўрт йил олийгоҳда шартнома асосида таълим олишига етади.
5. Юпитер сайёрасининг ичига бир вақтнинг ўзида Қуёш системасидаги қолган барча сайёраларни жойлаштирса бўлади.
6. Эркак сичқонлар ҳам бошқа жонзотлар сингари урғочи сичқонларга “Севги қўшиғи”ни “куйлайди”. Мана шу “куйлаш” асносида улар инсон эшита олмайдиган товуш – ультратовуш чиқаради.


 
DURDONDate: Dushanba, 28-Okt-2013, 02:23 | Message # 3
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
- Dengiz yulduzi oshqozonini tashqariga chiqarishi mumkin.
- Eng uzoq vaqt suvsiz yura oladigan jonzot — kalamush.
- Begemotlar suv ostida dunyoga keladi.
- Orangutanglar yuzaga kelayotgan xavf haqida oldindan xabar beradi.
- Yumronqoziq bir kechada 76 metr tunnel qazishi mumkin.
- Chuvalchangning tishlari 25 mingga yaqin xolos.
- Nil daryosidagi timsohlar tufayli har yili 1000 dan ortiq inson halok bo‘ladi.
- Tuyaqushning tuxumini qaynatish uchun 4 soat vaqt kerak bo‘ladi.
- Sherlar galasida o‘ljaning 90%ini urg‘ochi sherlar topib keladi.
- Yalqov (hayvon) umrining 75%ini uyquda o‘tkazadi.
- Kolibri (qush) yura olmaydi
- Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan “Mana bu sakrab-sakrab yuruvchi g‘alati hayvon nima?” deb so‘rashgan, ular esa “Kenguru” deya javob berishgan. Bu so‘z “Tushunmaymiz”, degan ma’noni anglatadi.
- O‘txo‘r hayvondan yirtqich hayvonni farqlashning eng oson yo‘li: yirtqichlarda ko‘zlar o‘z qurbonini ko‘rish uchun yuzning old tomonida joylashgan bo‘ladi, o‘txo‘rlarda esa yuzining ikki chetida — o‘z dushmanlarini ko‘rish uchun.


 
DURDONDate: Yakshanba, 22-Dek-2013, 02:44 | Message # 4
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Qor haqida qiziqarli faktlar

• Qor aslida oq rangda emas. U rangsiz va tiniq bo’lib, mayda kristallar (qor parchalari) yuzasida yorug’lik nuri akslanishi tufayli oq bo’lib ko’rinadi.
• Qor parchalarining ko’rinishi bir-birini takrorlamaydi.
• Ularning bu qadar xilma-xil bo’lishiga sabab, yerga tushar ekan turli xil harorat va namlik ta’siridan o’tishidir.
• Shunga qaramasdan, har qanday qor parchasi bir xil miqdorda – 10 kvintillion (10 000 000 000 000 000 000) dona suv molekulasidan tashkil topadi.
• Qor parchalarining bir-birini takrorlamasligini fotograf Uilson Elvin Bentli 1885-yildan boshlab olgan minglab rasmlarni solishtirib aniqlagan.
• Qor parchasi 2002-yil Solt Leyk Sitida o’tkazilgan Qishki Olimpiya o’yinlari ramzi bo’lgan.
• Ginnesning Rekordlar Kitobiga kiritilgan eng yirik qor parchasi diametric 15 dyum, qalinligi 8 dyum bo’lgan. 1887-yil, 28-yanvarda AQShning Montana shtatida topilgan.
• Rekord darajada qor yog’ishi AQSHdagi Beyker tog’i yonbag’rida kuzatilgan bo’lib, 1998-1999-yilgi qish mavsumida deyarli 29 metr qalinlikda qor yog’gan.
• Yer yuzidagi barcha chuchuk suvlarning 80 foizi qor va muz ko’rinishida bo’lib, ular sayyoramizning 12 foiz maydonini band etgan.


 
DURDONDate: Yakshanba, 22-Dek-2013, 02:48 | Message # 5
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Bu – qiziq

Dunyo akusherlarining tasdiqlashicha, chaqaloqlarning ko’pchiligi tungi soat 12 – 4 oralig’ida dunyoga kelarkan.

Tungi soat 4 – 5 oralig’ida qon bosimi eng past bo’ladi. Shuning uchun ham bu paytda uyg’onish juda qiyin kechadi.

Ertalabki soat 8larda sovuq suvga cho’milish organizmga juda foydali. Bu paytda yeyilgan nonushta qomatingizga hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Chunki bu paytda uglevodlar yog’ga aylanmaydi, parchalanib energiyaga aylanadi.

Kechki soat 8dan keyin yeyilgan taom qomatingizni buzadi. Chunki uglevodlar bu paytda yog’ga aylanadi.

Tibbiy muolajalar, ya’ni dori-darmonlarni qabul qilish uchun eng qulay payt ertalabki soat 9lar oralig’idir. Biroq tish doktoriga tushdan keyin borgan ma’qul.

Ijod uchun eng qulay vaqt ertalabki soat 10dan tushgacha. Bu paytda miya tiniq va faolloashgan bo’ladi.

Jismoniy harakatlar uchun ma’qul vaqt soat 13 hisoblanadi. Chunki bu paytda mushaklar tarangligi va quvvati ortgan bo’ladi.

Soat 13da oshqozon eng ko’p suyuqlik ishlab chiqaradi, agar siz ovqatlanmasangiz ham. Shuning uchun kunlik ovqat ratsionining 40%ini tushlikda yeyish tavsiya qilinadi.

Eng shirin uyqu soat 14dagisidir. Bu paytdagi uyqu organizmga tungi uyqudan ko’ra ko’proq xush yoqadi.

Soat 16dan 18gacha soch va tirnoqlar eng tez o’sadi.

Soat 17da eng “buyuk” ishtaha qo’zg’aladi.

Soat 19da esa musiqa tinglash uchun eng ko’tarinki kayfiyat paydo bo’ladi.

Soat 18dan 20gacha ichilgan choy organizmga yaxshi singadi. Bu payt yana yuzga surtmalar surish uchun ham qulay, chunki teri o’ta sezgir bo’ladi. Bu paytda do’stlar va yaqinlar bilan muloqotga ehtiyoj ortadi,
chunki negadir aynan shu paytda kishi ruhiyatida yolg’izlik kayfiyati paydo bo’ladi.


 
DURDONDate: Yakshanba, 22-Dek-2013, 02:52 | Message # 6
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Hasharotlar haqida 25 fakt

1. Hasharotlar – bundan 400 mln. yil ilgari Yerda paydo bo‘lgan ilk jonli mavjudotlardir. O‘shandan buyon ular beshta ommaviy halokatlarni boshdan kechirishdi va tiranozavrlardan ko‘ra yashovchanroq ekanliklari ma’lum bo‘ldi.

2. Hozir dunyoda asalarilarning 20 mingga yaqin turi mavjud. 500 gramm asal yig‘ish uchun bitta ari uyasidan gulgacha 10 mln. marta uchib borishiga to‘g‘ri keladi.

3. Urg‘ochi suvarak bir yil davomida 2 milliondan ziyod tuxum qo‘yishi mumkin. Bundan tashqari suvarak to‘qqiz kun boshsiz yashay oladi.

4. Bir yil davomida o‘rgimchaklar iste’mol qiladigan barcha hasharotlarning og‘irligi yer yuzida yashovchi barcha insonlar vaznidan og‘ir bo‘ladi.

5. O‘rgimchaklarning 35 mingga yaqin turi ma’lum va hamma vaqt yangi-yangi turlari kashf qilinayapti.

6. Qor chayonlarining qonida antifriz mavjud, shuning uchun ular tselsiy bo‘yicha minus 6 gradus haroratda ham yashay oladilar. Biroq bunday chayonni qo‘lga olsangiz o‘lib qoladi.

7. Urg‘ochi uxovyortkada ikkita penis bo‘lib, har birining uzunligi uning o‘zining bo‘yidan ortiqroq. Bu organlar juda mo‘rt bo‘lib, tez sinadi. Shuning uchun hasharotlar zahira organlar bilan tug‘iladilar.

8. Chumolilar hech qachon uxlamaydi. Yer yuzida qancha turda qush bo‘lsa (9000), chumolilarning ham deyarli shuncha (8800) turi mavjud.

9. Kapalaklar ta’mni orqa qismi yordamida sezadi. Qanotlarining rangi nurni akslantiruvchi pardalar yordamida hosil bo‘ladi.

10. Aborigenlar g‘o‘la lichinkalarini qaynoq suvga bulab «vitchetti» tayyorlaydilar. Shu tariqa ularning ta’mi quymoqnikiga o‘xshab qoladi.

11. Asalarilarning beshta ko‘zi mavjud. Uchtasi boshning yuqori qismida, ikkitasi esa oldinda bo‘ladi. Asalari qanotlarini bir daqiqada 11.400 marta qoqadiki, bu o‘ziga xos g‘o‘ng‘illashga o‘xshab eshitiladi.

12. Hozir qo‘ng‘izlarning 400 mingga yaqin turi ma’lum. Eng yirik titan qo‘ng‘izning bo‘yi 17 sm.ga yetishi mumkin.

13. Ninachi eng tez uchuvchi hasharot hisoblanadi. Uning harakatining tezligi 57 km/soatga yetadi.

14. «Vitchetti» lichinkalarini tiriklay iste’mol qilgan yaxshi. Katta yoshli kishi o‘nta yirik lichinkaga to‘yadi.

15. Hasharotlar oqsil, uglevodlar, vitamin va minerallarga boy taom hisoblanadi. Tailandda ular delikates taom sanaladi, u yerda qovurilgan qora chigirtka va chigirtkalarga talab katta.

16. Amarobia o‘rgimchaklarining bolalari tug‘ilganlaridan so‘ng o‘z onalarini yeyishadi. Ba’zi urg‘ochi o‘rgimchaklar juftlashish jarayonidayoq erkak o‘rgimchaklarni yeyishni boshlashadi. Shu tariqa marhum ota o‘z avlodi uchun oziq hisoblanadi.

17. Qora chigirtkalarning quloqlari oldingi oyoqlarida joylashgan. Bundan tashqari ularga qarab haroratni bilish mumkin: buning uchun bir daqiqada necha marta chirillashini aniqlash, uni ikkiga bo‘lish, so‘ng chiqqan songa to‘qqizni qo‘shish va natijani ikkiga bo‘lish kerak. Hosil bo‘lgan son haroratni tselsiy graduslarida ko‘rsatadi.

18. Barcha hasharotlarning taxminan uchdan bir qismi yirtqich hisoblanadi va ularning aksariyati o‘limtik va qoldiq ovqatni yemay, o‘zi ov qiladi.

19. Beshiktebratar o‘z tanasining uzunligidan 40 baravar uzoqroqqa sakrashi mumkin, burgalar esa 130 barobar.

20. Sayyoramizning inson o‘zlashtirgan har bir kvadrat milida 26 mlrd.dan ziyod hasharot yashaydi. Olimlarning fikriga ko‘ra, yana fanga noma’lum hasharotlarning 5-10 mln.ta turi mavjud.

21. Mayda chaquvchi hasharotlar, oqboshlar, qanotlarini bir daqiqada 62.760 marta qoqishadi, ko‘z ilg‘amas tezlik!

22. «Lolita» muallifi Vladimir Nabokov bir necha kapalak turlarini kashf qilgan. Ulardan biri yozuvchi sharafiga uning nomi bilan atalgan.

23. Uy pashshalari odatda o‘zlari paydo bo‘lgan joy yaqinida yashashadi, biroq ma’lum bo‘lishicha ular shamol ta’sirida 45 km. uzoqlikkacha «ko‘chib» borishlari mumkin ekan.

24. Dunyodagi eng yirik tungi kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm.ga yetishi bois ko‘pincha ko‘rganlar uni qush deb o‘ylashadi.

25. Cho‘l chigirtkasining galasida 50 mlrd. hasharot bo‘lishi mumkin. Har bir chigirtka o‘z vazniga teng ovqatni yeya oladi. Mazkur gala bir kunda Nyu-York aholisi yeydigan ovqatdan to‘rt baravar ko‘proq ovqatni paqqos tushiradi.


 
DURDONDate: Yakshanba, 22-Dek-2013, 02:59 | Message # 7
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Qiziqarli faktlar

Tuyaqushning ko'zi uning miyasidan katta.

Bitta odam umri davomida o'rtacha 6ta filning og'irligiga teng ovqat yeydi

Chumoli o'z og'irligidan 30 marta katta yukni sudray oladi, 50 baravar og'irini ko'tarishi mumkin.

Yiliga eshaklar sababli o'lgan odamlar, aviahalokat qurbonlaridan ko'p.

AQshning Kentukki shtatida erkaklar uch martadan ortiq uylanishi noqonuniy.

1811-yil 16-dekabr Missisipi daryosi kuchli zilzila tufayli teskari oqqan.

Akula umri davomida 30 ming dona tish yo'qotishi mumkin.

Miya to'qimalari og'riq sezuvchi retseptorlarga ega emas, demak miyamiz og'riqni sezmaydi. Bosh og'rig'i esa miyani qon bilan ta'minlovchi tomirlarning siqilishi tufaylidir.

Odamlarda kuniga 50-100ta soch tolasi to'kiladi. Qizig'i ular qayerga ketadi?

Ona suti emib katta bo'lgan bolalar sun'iy oziqlantirilganlardan aqlliroq(!) bo'lishadi.


 
Forum » ARXIV » Yopilgan mavzular » Kutubxona » Qiziqarli faktlar
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: