• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
TUSH TABIRNOMASI
MASTERDate: Dushanba, 30-Sen-2013, 22:26 | Message # 1
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:
"Farishta" Tushda farishtani ko'rish - tinchlik va xotirjamlik alomatidir. Vaqti kelib butun insoniyat baxtli yashaydi. Agar tushingizda o'zingizni farishta qiyofasida ko'rsangiz, bilingki, bunday tush sizning yaqinlaringizdan biri yordamingizga juda muxtoj va siz unga yordam bera olasiz. Tushingizda farishta sizni osmonga chorlayotgan bo'lsa, bunday tush siz yoki yaqinlaringizdan biriga og'ir kasallik xavf solayotganligidan ogoh etadi. Agar tushda farishtalar yashayotgan shahar ko'rinsa, bunday tush sizning hayotingiz kelgusida qandaydir sabablar bilan Tayvan deb ataluvchi ("Tayvan" - "farishtalar shaxri" degan ma'noni bildiradi) chiroyli davlat bilan bog'lanishidan dalolat beradi.

"Armiya"
Ma'lumki, armiya qudrat, muqarrarlik timsoli. Tushda o'zini armiyada xizmat qilayotganini ko'rish - ungda ishingizda jiddiy qiyinchiliklarni o'tkazish, ehtimol sizni juda qattiqqo'l va talabchan kishining ta'siriga tushib qolishishiz mumkinligini bildiradi. Ulkan qurolli armiyami tushda ko'rish bosqinchilikni, asoratga solishi ayon etadi. Agar tushingizda siz armiyaga xizmat qilishga chaqirilayotpsh bo'lsangiz - bu sizning uzoqda chuziladigan nizo qatnashchisi bo'lib qolishingizdan dalolatdir. Dushmanlar armiyasi bilan jang qilish - mas'ul qarorga kalit alomatidir. Tushda mag'lub bo'lgan dushman armiyasini ko'rish – ungda o'zingiz ko'zlagan natijaga erishish uchun har ishga tayyor ekanligingizni bildiradi. Agar sizning butun boshli armiyaga qumondonlik qilayotganligingiz tushga kirsa - bu, demak, atrofingizdagilarga o'zingizdagi imkoniyatlarning hammasini ishlatmayotganligingizni ko'rsatib qo'yish istagi sizni qamrab olganligidan dalolatdir. Tushingizda sizga armiya generali qo'mondonlik qilsa, ungda e'tiborli bir kishining sizga homiylik qilishiga ishonavering.

"Minora" Bilingki, minora qudrat, hokimiyat timsolidir. Juda yo'qsaklikka chuzilgan, uchi chuqqili minorani tushda ko'rish -tush ko'ruvchining hokimiyat egasi bo'lishidan, biroq undan extiyotsizlik bilan foydalanishidan darak beradi, shuningdek, o'zining kuchiga ortiqcha baxr berib, raqibining kuchiga yetarli baxr bermasligini, ta'sirining kamayib, ko'pchilikning qo'llab-quvvatlashidan maxrum bo'lishini bildiradi. Yaqinlashishning iloji yo'q minorani tushda ko'rish - juda muxim shaxs, siyosiy arbob yoki moliya magnata bilan uchrashuvdan dalolat beradi. Asosi mustahkam minora tushga kirsa, bu qudrat va katta e'tibor belgisidir. Emirilib borayotgan minorani tushda ko'rish siyosiy va boshqa yunalishlarda katta o'zgarishlar alomatidir. Qurolli kishilar tomonidan ishgol qilingan minorani tushda ko'rish katta e'tiborga ega turli lagerlar o'rtasidagi to'qnashuvlar, ma'lum asoratlar qoldiradigan raqiblar o'rtasida ko'rash alomatidir. Shinakli minora tushga kirsa bu qo'rqitishga, so'zsiz buysunishga asoslangan hokimiyat timsoli, tajovuzkorlik belgisidir.

"Jinni, Tentak."Tushda aqlsiz odamni ko'rish - bunday tush boshqalarga xavf soladigan xatarni ularga nisbatan ancha oldin xabardor bo'lishingizdan dalolat beradi, binobarin, boshqa kishilarning taqdiri sizning harakatingizga bog'liq bo'ladi. Jinnini davolash - ungda baxtsizlik qurbonlaridan biri bo'lishdan dalolat. Agar tushingizda olomon tentakni mazax qilib turganini ko'rsangiz, bu sizning extiyotkorligingiz va ma'lumotlaringiz e'tiborga olinmasligi, natijada, faloqatning oldi olinmay, ko'p qurbonlar bo'lishini bildiradi. Agar tushingizda botqoqlikdan ketayotganingizni ko'rsangiz, bilib qo'yingki, o'ngingizda shaxsiy muammolarni xal qilishda kutilmagan to'siqlarga duch kelasiz. Botqoqda cho'kayotganingiz tushingizda ko'rinsa, demak, o'ngda do'stlaringizning xiyonatkorligi va sotqinligi tufayli qattiq iztirob chekasiz.

"Yog'och imorat yoki g'ula taxlami" Yog'och imorat yoki g'ula taxlami xokimiyat, beqarorlik, homiylik, hasadgo'ylik timsoli. Tushda yog'och imorat yoki g'ula taxlamini o'lchab ko'rayotgan bo'lsangiz - ungda o'z qaroringizning tug'riligiga shubxalanishingizni bildiradi. Agar tushingizda o'zingizni shoxona yog'och imoratda ko'rsangiz - qashshoqlik va notavonlikdan dalolatdir. Soxta do'stdan extiyot bo'ling. Boshida yog'och taxlamini ko'tarib turgan kishni tushda ko'rish - badavlat va e'tiborli kishining do'stligiga va homiyligiga ega bo'lishingizni bildiradi. Boshi bilan yog'och taxlamiga qulaganini tush ko'rish qora niyatli kishilarning fitnasi va hasad qilayotganligidan dalolat beradi. Baland joyda yotgan g'ula taxlami hokimiyatning ag'darilishini bildiradi.

"Vino" Vino alomati. Osuda hayot, xo'jalik, xotirjamlik, illat. Tushda boshqa oziq-ovqatlar bilan birga vino va uning yonida qurol yotganligini ko'rish - bu mamlakatda ajdodlar an'anasi - mexmondo'stlik ravnaq topib turarkan, tinchlik ham barqaror bo'lib turish alomatidir. Yaltiroq bokalda och pushtirang vinoni tush ko'rish - rasmiy xizmat xodimlari tomonidan ruxsat berilgan va hech kim shubxalanmasligi uchun tanish kishilar tomonidan uyushtirilgan yomonlik, aldov, zaharlab o'ldirishni bildiradi. Bunda, ayniqsa, o'ziga qarama-qarshi jinsdagi kishi bilan bo'ladigan "yoqimli" tanishuvdan extiyot bo'lish kerak. O'lkan toklarni va malla sochli baquvvat erkaklar tomonidan vino tayyorlanayotganligini tushda ko'rish - Germaniya bilan qon-qarindoshlik aloqasi borligini va ushbu tarixiy mamlakatga ketish imkoniyati mavjudligini, u yer da omad va eson-omonlik, moddiy serobgarchilik va mahalliy an'analarga rioya qilishlar ravnaq topishi kutayotganligidan dalolat beradi. Vino to'ldirilgan qadimiy katta ko'zalar tushga kirsa - tez orada sizning ongingiz va qalbingizni egallab oladigan masalani hal etishingizdan ko'ra muhimroq xislat haqida bosh qotirishingazga to'g'ri keladi, biroq, bu bor-yug'i o'tgan avlodlaringiz vakillari bilan aloqa o'rnatishingiz va shajarangiz haqida ma'lumot olishingiz mumkinligini bildiradi. Vinodan zaharlangan kishni tushda ko'rish, bu sizga shu kishi omad olib kelishi alomatidir. 2001 yildan boshlab tasodifiy baxt serobgarchiligiga tayyor turing. Vino daryo bo'lib oqayotgani va undan yovvoyi hamda uy hayvonlari ichib daryo qirg'og'ida kuchsizlanib yiqilayotganliklari tushda ko'rinsa, bu yoz mavsumida tadbirkorlik uchun har zamonda keladigan eng qulay payt alomatidir, chunki turli toifadagi kishilar tinchliksevarlik kayfiyatida bo'ladilar va o'zaro kelishib qarorlarini qabul qiladilar. Agar tushingizda oltin idishda vino ichayotgan bo'lsangiz, o'ngingizda o'zingizning xom xayollaringizga berilib ketib, haqiqiy dunyodagi aloqalaringizni yo'qotasiz. Tushingizda vinoni kiyimingizga t'okib yuborsangiz - o'ngda sizning moddiy farovonligingazga bog'liq bo'ltan kishiga nisbatan munosabatlaringizda aks etadigan uylamagan qarorga kelasiz. Agar vinoga chukib ketayotgan bo'lsangaz, bu majbo'riy yolg'izlikni ayon etuvchi tushdir. Tushingizda sizni vino bilan siylashayotganini ko'rsangiz - sizga faqat ziyon kelishi belgisidir va sizga yomonlik solishuvchilarga muvaffaqiyatsizligingizdan xursand bo'lishlari uchun sabab bo'ladi.

"Suv" Suv - hayot timsoli. Agar tushda katta shar ichida toza shaffof suv ko'rsangiz - bu tush qishloq xo'jaligi ishlariga ko'p foyda keltiradigan yaxshi ob-havo bo'lishidan darak beradi. Tushda suv ichayotib idishning tagidagi pashshaga ko'zingiz tushsa - bu o'ngda jamiyatning kayfiyatini, ertangi kunga ishonchini o'zgartirib yuboradigan sud jarayonini, sudlashishni yoki tuxmatni biddiradi. Suv ostida sayr qilish va delfinlar bilan suhbatlashish - bunday tush sizning ilgari millatga noma'lum bo'lgan yangi dunyoni ochishingizdan dalolat beradi. Kuchli mavjlanayotgan suvni tushda ko'rish - bu yangi kashfiyotlar va murakkab tajribalarni amalga oshirish uchun yangi ta'limot yoki fan, qulay davr vujudga kelganligining alomatidir. Qonli suvni tushda ko'rish Aqrab burji ostida ulug' inson bo'lib yetishadigan va o'zi haqida hammaga bildirib qo'yadigan kishi iyi o'lishidan dalolatdir.


Message edited by MASTER - Dushanba, 30-Sen-2013, 22:28
 
MASTERDate: Dushanba, 30-Sen-2013, 22:30 | Message # 2
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:
"Bo'ri" Bo'ri - shafqatsizlik, dovyuraklik, hayotga emas, o'limga ochiqdan-ochiq ko'rashish, erksevarlik va erkinlik timsoli. Agar bo'rini tulki bilan urishayotgani tushda ko'rinsa -bu uzoq, davom etadigan ochiq qarama-qarshilik alomatidir. Qora yungli bo'rini tushda ko'rish - bu o'zgaruvchan odamning kirdikori tufayli kupchilik tinch hayotining buzilishi va ularning bu balodan qutulish va yordam berishi uchun xudodan surashga majbur bo'lishlaridan dalolatdir. Qo'y terisidagi bo'rini tushda ko'rish - o'ngda xiyonatkor sherik tayyorlagan xufiyona qabixdik belgisidir. Bundan, ayniqsa, tovuq yilida extiyot bo'lish kerak bo'ladi. Odam qo'lidan ovqat olayotgan bo'ri - o'ngda minglab kishilarni uzoq vaqt qo'rquvda ushlab turtan manyak (savdoyi) ning qo'lga tushib hukm qilinishi va zararlansizlantirilishini bildiradi.

"Ochlik" Agar ochlikdan ko'p odam o'layotganligini tushda ko'rsangiz - bu bema'ni alomat. ehtimol kelgusida kishilar uchun qaytarilmaydigan asoratlarga olib keluvchy xodisalar ro'y berishi mumkin. Agar tushingizda qattiq ochlikni xis qilsangaz - o'ngda sizning obro'yingiz qarama-qarshi jins va kishining sizga keraksiz e'tibori tufayli xavf-xatar ostida qoladi. Tushingizda yaqin kishilaringizdan biri ochlikdan o'layotgan bo'lsa, o'ngda voqealarning kutilmaganda o'zgarib ketishi alomatidir. Agar tushingizda sizni kimdir ochdan o'lishdan saqlab qolayotgan bo'lsa - o'ngda siz o'zingiz kutmagan odamdan kutilmagan yordam olasiz.

"Maqbara" Maqbara - bu davrlar bog'lanshni timsoli. Maqbaraning yemirilishini to'xtatish va bartaraf qilish - hayotiy muhim ahamiyatga ega sirga o'zingizni baxsh etuvchi bo'lishingizdan dalolatdir. Qabrni qidirish - bu o'tmish bilan bog'liq ma'naviyat tarkib topishi, o'zgarish, haqiqatning yuzaga kelishini ayon etadi. Bino o'rnida maqbara paydo bo'lganligini tush ko'rish yashash joyini o'zgartirishdan, boshqa mamlakatga ko'chib o'tishdan, ajdodlari o'tgan vatanga qaytishdan darak beradi. Olov bilan qurshalgan maqbarani tush ko'rish, bu jin-alvastilar bilan to'xnashish, ko'z tegishlardan saqlanish, kishilar ustidan haddan tashqari hukm yurgazayotgan qora kuchlarni yakson qilishga harakat qilishini bildiradi. Maqbarani suv bosgan holda ko'rish - nasl va nasablarga bog'liq sirlarning ochilishini va barcha tafsilotlarni aniqlashga qaratilgan uzoq safar oddinda turganligidan dalolat beradi.

"Balchiq" Balchiq - boylik, qizg'in faoliyat, voqealarga to'lalik, g'iybatlar alomatidir. Tushda o'tib bo'lmas balchiqni ko'rish - bu kishilarning boshi va jismi omadsizlikdan darmoni qurigan nomunosib bir paytda yog'ilib keladigan quyuq bulut, ogir davr va kasalliklar belgisidir. Agar tushga balchiq bosib yotgan shahar kirsa - bu nafaqat moddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan, balki yo'lboshchilarning o'limi yoki ishdan bo'shatilishiga sabab bo'lib qoladigan tabiiy ofatlar, quyun dovulni bildiradi. Balchiqda yotgan tilla tangani tushda ko'rish - o'ngda ko'pdan-ko'p avlodlar tomonidan topilgan moddiy boylikni sarflovchi va o'z boshqaruvida cheksiz shuhratparastlikni namoyish etuvchi nomunosib kishining sajda qilishi va xurmatidan dalolat beradi. Tushda o'ziga balchiq chaplayotgan kishini ko'rish - o'ngda kishilarni qiynaydigan kasallik belgisi bo'lib, unga dori-darmon yo'qligi uchun va kishilar tabiiy kuchlar yordamida davolanish uchun shaharlardan ketadilar. Likopchadan balchiq ag'darayotganlikni tushda ko'rish - boylik va umuman gullab-yashnash, betashvishlik va ta'minlanganlik davri boshlanganligidan dalolatdir. Agar tushda bolalar balchiqda o'ynayotganliklari ko'rinsa, bu shaharlarning o'zlaridan hayot shakllarini yo'qotishi natijasida odamlarning tabiatga yaqinlashishni xoxlab qolganliklari belgisidir. Qo'ldagi loyni yuvishga urinish - bu katta pul, boylik, ishdagi omaddan dalolatdir. Agar tushingizda loyni bosib olganingizni ko'rsangiz - o'ngda sizning zaifligingiz xar xil ovozalar va uydirmalarga sabab bo'ladi. Balchiqqa qulab tushish - sizning uylamay qilgan harakatingiz yaqinlaringiz bilan janjallashuv sababi bo'ladi. Libosni balchiq bilan bo'lganishi - tuxmat va ig'vodan dalolatdir. Poyafzalingiz loy bo'lganligini tushda ko'rsangiz dushmanlik va oraga sovuqlik tushshini bildiradi. Vazmin bo'ling, janjalga kirib qolishingizdan extiyot bo'ling. Balchiqda bo'lgangan kiyimni yuvish - sizning obru-e'tiboringiz xavf-xatar ostidaligini bildiradi.

"Yo'l" Tushda bo'sh ko'cha bo'ylab borayotganlik - haqiqiy hayotda siz nimanidir jon-jaxdingiz bilan yashirayotganligingiz belgisi. Bu bexuda. Faqat qandaydir odamning ishingizga aralashuvigina sizga yordam beradi. Tushda yo'l ko'rish - kelgusida siz buyo'q kashfiyot qilib, ko'p kishilarning xurmatini qozonishingizni bildiradi. Agar sizning yordamchilaringiz ko'p ekanligi tushga kirsa, bunday tush uncha uzoq vaqt utmasdan noma'lum, juda boy yer ochilishini bildiradi. Birvarakay uchta parallel yo'lni tushda ko'rsangiz, bu sizning aybingiz bilan avtomobil to'qnashuvi sodir bo'lishining alomatidir. Ushbu tushdagi 3 raqamini turli yo'llar bilan izoxlash mumkin: 1) u to'qnashuv paytida jabrdiydalar sonini anglatishi mumkin; 2) to'qrashuvda 3 ta mashina bo'lgan bo'lishi mumkin; 3) avariya chorraxada sodir bo'ladi. Tushda egri-bugri yo'lni ko'rish - bu sizning kelgusi xayotingiz barqaror bo'lmasligidir. Ehtimol bunday tush siz yashayotgan davlat xokimiyatining tepasida tajribasiz kishi turganligini biddiradi. Bu rahbar asta-sekin davlatni qulab tushishiga olib keladi, chunki u iqtisodiyot va siyosatda mutloq hech narsaga aqli yetmaydi. Tushda chang-tuproqli ko'chadan borayotganlikni ko'rish - kelgusida sizning bema'ni odamlar ta'siriga tushib qolishingiz, ular sizni o'z mazhablariga kirishga undab urinishlaridan guvoxlik beradi. Agar sizga tuproqda ko'chada ko'p kishilarni ketayotgani tush ko'rinsa, bu tush kelgusida dunyoda yirik va juda e'tiborli mazhab paydo bo'lib, unga iloji boricha ko'p kishilarni aldab jalb etishlarini bildiradi. Tushda tor ko'chani ko'rish - yaxshi alomat. Siz turli yo'ldan, garchi u boshqa kishilarning yo'lidan farq qilsa ham ketayapsiz. Bunday tush sizning porloq, o'ziga xos shaxs, o'z xayotingizda katta muvaffaqiyatlarga erishishingizdan shohidlik beradi. Agar tosh to'shalgan ko'chadan ketayotganingiz tushga kirsa, bu sizning kelgusida qandaydir yomonlik qilib, bundan butun umringiz davomida pushaymon qilishingizning alomatidir. Siz, hatto bu gunohingiz uchun do'zaxga tushishingizga ishonch hosil qilasiz.

"Tutun" Tushda quyuq tugun ko'rish - katta vulqon otilishidan darak beradi. Ehtimol bu otilishdan vulqonga yakin aholi punktlari zarar ko'radi. Agar tushingizga qora tugun kirsa, demak, vaqti kelib kishilarning katta qismi nikotinga butunlay qaram bo'lib qoladi. Tamakiga qaramlik shunday darajaga yetadiki, zo'rlab davolashga talab paydo bo'ladi. Agar tushingizda tutun ko'zingizni qoplab olgan va nafas olishingiz qiyinlashib borayotganini ko'rsangiz, bu yomon alomat. Ehtimol kelgusida katta yong'in sodir bo'ladi. Bu yong'inning tutunidan ko'plab odamlar jabrlanadilar ular nafas ololmay qoladilar. Bir necha hafta mobaynida ko'chada shubhasiz yurishning iloji bo'lmay qoladi. Tushsa dud bilan chiqayotgan tutunni kuzatish ekologik halokatdan dalolat. Shunday payt keladiki, erga kulrang bulut tushib, odamlarga og'ir kasallik olib keladi. Tush ko'ruvchiga ham bu alomat jiddiy dardga yo'liqishini biddiradi. Agar siz tushingizda alanga bilan chiqayotgan tutunni ko'rsangiz, uncha uzoq, bo'lmagan vaqt ichida yerga qattiq qurg'oqchilik xavf soladi, oqibatda ko'plab yong'inlar sodir bo'ladi. Sizga bunday tush vaqtingizni eski do'stlaringizni do'stona kechasida ajoyib tarzda o'tkazishingizni biddiradi. Ketayotgan poezdan chiqayotgan tutunni tushda ko'rish - o'ngda ko'plab kishilar jabr ko'radigan juda katta temiryo'l halokatini bildiradi. Bunday tush ko'ruvchini noxush sayohat kutadi. Ehtimol, yo'lda siz bilan qandaydir baxtsiz xodisa ro'y berar: bunda poezd izdan chiqib ketadi yoki samolyot portlab ketadi.

"Yakka shox"Yakkashox - tozalik, donolik, poklanish, o'lim timsoli. Agar tushingizda yakkashoxni tutmoqchi bo'lib harakat qilayotgan bo'lsangiz, o'ngda sizning kuch-quvvatingiz yomonlikka qarama-qarshi qo'yilgan bo'ladi. Siz yakka shoxni ushlashga muvaffaq bo'lib, qo'lga o'rgatganingiz tushingizga kirsa, bu sizga yaqin kishining qalbi pok va dono ekanligini ayon etadi. Darg'azab bo'lgan yakkash oxni tushda ko'rish - o'ngda uyatli qilmish ro'y berishidan dalolat. Yakka shoxni ta'qib qilayotgan kishini tushda ko'rish - bu kishining o'lim bilan mashu berkinmachoq uynashidan shohidlik beradi. Agar tushingizda oltin yakkashoxni ko'rsangiz - ma'naviy va jismoniy poklanish, mustahkam sog'lik timsolidir.

 
MASTERDate: Dushanba, 30-Sen-2013, 22:32 | Message # 3
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:
"Temir" Temir - urush, qarama-qarshilik, dushmanlik, hokimiyat belgisidir. Boshi temirga mustahkamlangan kishini tushga kirishi - mamlakatda xokimiyatga intilayotgan mayda guruxlar o'rtasida qurolli to'qnashuvlar boshlanishining belgisi. Qo'llarida xar xil temir qurollar bo'lgan bolalar tushingizda ko'rinsa - bu qullik, o'zga yurtlar tomonidan mamlakatni bosib olinishidan dalolat beradi. Temir zirxli xasharotni majaqlashga urinish - e'tiborga ega pastkash kishining o'z niyatlarini amalga oshira borishini, chunki u kundan-kunga o'z mavqeini yanada kuchliroq mustahkamlab borishini bildiradi. Agar tushda oltindan ko'ra temir qimmat baholanayotganligi ko'rinsa, bu tush avgust oyida vaqtincha tuzilgan sulxning aprel oyida barbod bo'lishini bildiradi va qurollarni shaylash kerak bo'ladi, chunki urushga tuda tayyorgarlikgina xar bir raqibning bosqin qilish niyatini tuxtatib turishi mumkin.

"Hassa" Sexrli hassa har kishining qat'iyat bilan harakat qilishi lozimligini va unga haqiqatning ochilishini bildiradi. Hassani ko'lda ushlab turish - falsafiy fikrlashi va dunyoqarashni bildiradi. Agar tushingizda sizni kimdir hassa bilan urayotgan bo'lsa - demak, xayotingizda bir kishi paydo bo'lib, sizning butun xayotingizni o'zgartirib yuboradi. Singan hassa hayotdan butkul ko'ngil sovishini bildiradi. Tushingizda o'zingizni tepalikda hassa bilan o'tirganingizni ko'rsangiz - hokimiyatga maxfiy intilishingizni bildiradi. Agar tushingizga hassa va g'ula taxlami kirsa, bu cheksiz Hokimiyatga ega bo'lishingizni bildiradi.

"Marvarid" Agar tushingizda marvarid taqinchoq ko'rsangiz - bunday tush yer yuzasida g'ayritabiiy manzara paydo bo'lishini, bunday manzaraning guvoxi bo'lganlarning odatiy turmushi butunlay o'zgarib ketishini ayon etadi. Tushida taqinchoqni ochib, uning ichida marvaridni ko'rish - bunday tush ko'plab kishilarning ruxiy xolatini jiddiy larzaga keltiruvchi kutilmagan voqealardan xabar beradi. Qirra marvarid tushga kirsa - bu qurqinchli alomat, qora kuchlar kelishi xavfi bor. Eng qurqinchlisi, odamlar gipnoz ta'sirida yoki jodu vositasida xech narsadan shubxalanmay yovuzlikka odob bilan xizmat qiladilar. Agar tushingizda noyob marvarid xarid qilsangiz - bu sizda o'lkan imkoniyatlar mavjudligini, kutilmagan paytda, to'satdan bo'ladigan o'zgarishlar ta'sirida namoyon bo'lishini bildiradi.

"Qulf"Qulf - qat'iyatsizlik, odamovilik, to'siqlar, qarshilik alomati. Agar tushingizda siz eshikni qulflayotgan bo'lsangiz, bu ruxan bexafsalaligingizni va muammolarni xal etishdan chekinishingizni bildiradi. Buzuq qulfni tush ko'rish - do'stlaringizdan birining xiyonat qilishidan dalolat. Tushda teshiksiz qulfni ko'rish - sizning o'zingizga haddan tashqari ishonishingizni, shuning uchun yaqin vaqt ichida muammolarni tezlikda xal etishga majbur bo'lmasligingizni bildiradi. Agar tushingizda boshqacha shakldagi qulfni ko'rsangiz - siz qiziq voqealarning shohidi bo'lasiz. Qulab yotgan qulfni tushda ko'rish - demak, o'ngda siz qandaydir sirni yoki bashoratni ochishingiz mumkin.

"Yulduz" Yulduzlar olis istak, oliy bilimning belgisidir. Tushda uchayotgan yulduzni kuzatayotgan bo'lsangiz, bu baxtli hayotdan, barcha ezgu istaklaringizning, hatto o'zingiz ishonmagan xoxishlaringizning ro'yobga oshishidan bashorat qiladi. Agar uchayotgan yulduzlar ko'p bo'lsa, bunday tush kelgusida yer yuzasida kuchli do'l yog'ib, barcha qishloq xo'jaligi ekinlarini yakson qilishidan darak beradi. Yerdaga insoniyat yil bo'yi ocharchilik kechiradi. Tushda alvon yulduzlarni ko'rish - kelajakda Rossiyada xokimiyat tepasiga bir g'ayratli inson kelib, davlatni vayronalikdan ko'tarib, dunyodagi eng qudratli davlatga aylantirishni bildiradi. Alvon yulduzlar Kreml yulduzlarini bildiradi. Agar tushda ko'plab mitti yulduzlarni ko'rsangiz, kelajakda siz AKDIdan qandaydir ma'lumot olasiz. Ehtimol, bunday tush AKDIda ro'y beradigan voqea butun dunyoni larzaga keltirishi alomatidir. Agar siz tushingizda yulduzlar tomon uchayotgan bo'lsangiz, siz kelajakda boshqa sayyoraga boruvchi kosmik ekspedisiyaning ishtirokchisi bo'lasiz. Ehtimol, bu tush boshqa sayyorada hayot nishonasi mavjudligidan bashorat beradi. Tushingizda yorug' kun o'rtasida ko'ringan yulduzlarni ko'rsangiz - bu kelajakda xokimiyatga munosib kishilarning kelishi va ular tomonidan barcha davlatlar o'rtasida doimo tinchlik o'rnatilishiga erishilishidan dalolatdir. Barcha xalqlar totuvlikda yashaydilar. Tush ko'ruvchiga bunday tush obru-e'tiborli kishilar bilan tanishishini bildiradi. Agar sizga barcha yulduzlarning osmondan g'oyib bo'lishi tush ko'rinsa, bu qachonlardir koinotda jiddiy halokat yuz berishidan shohidlik beradi. Bunga yemirilib borayotgan Faeton sayyorasi sababchi bo'ladi. Uning parchalari ko'plab sayyoralarga aniq xavf soladi. Tushda suvdagi yulduzlar shu'lasini kuzatish - buyo'q kashfiyotni ayon etadi. Odamga uxshash tirik mavjudotlar yashaydigan noma'lum sayyora topiladi. Tush ko'ruvchiga bunday tush u shug'ullanayotgan soxada buyo'q kashfiyot yuzaga kelishini anglatadi. Tushda juda yorqin yulduzni ko'rish - quyosh yanglig' yulduzning topilishidan shoxidlik beradi. Aynan shu yulduz uzoq kelajakda yer kurrasini yoritadi. Agar tushingizda yulduzdan chiqayotgan sovuqlikni xis etsangiz - bu doimiy qish alomatidir. To'grirogi, shunday payt keladiki, yer yuzini bir necha ming yillar davomida muz qoplaydi. Osmonda yakkayu yagona, ammo juda yorqin yulduz tushingizga kirsa - bu o'n yildan so'ng sizning taqdiringiz boshqalarning ichidan ajralib chiqishini va yangi kashf qilingan sayyora kabi ahamiyat kasb etishini ayon etadi. Agar yulduzning qattiq uchayotgani tushingizda ko'rinsa - uylangan loyihaning juda kup yillardan so'ng ro'yobga oshishidan dalolatdir. Tushda yulduzlar uchayotgan joyda paydo bo'lish juda ko'pchilik to'satdan duchor bo'ladigan halokatdan dalolatdir. Tushda yangi yulduzni kashf etish – o'n marta oy to'lgandan keyin sizga' qattiq ta'sir ko'rsatadigan qandaydir xatar yuz berishini bildiradi. Yulduzli xaritalarni o'rganib, unga sayohat yo'nalishlarini belgilayotganlik tushga kirsa - bunday tush ekologik tanglik ko'chayishidan va alohida xavfli xududlardan kuchish ko'payishidan darak beradi.

"Kuzgu" Kuzgu - ikkiyuzlamachilik, sirlarning alomatidir. Tushda o'zingizni tasviringizni oynada ko'rsangiz - bu kutilmagan xabar olishingizdan dalolat. Agar siz tushingizda oynani sindirib qo'ysangiz o'ngda sizga yaqin kishining xiyonati tufayli tashvishli kunlarni boshsan kechirasiz. Tushingizda kuzgu tasvirida maxluqni ko'rsangiz, bu sizning va'dalaringiz munofiqligi va o'zingiz ma'naviy jihatdan tuban ekanligingizni ko'rsatadi. Sirti xira katta kuzgu tushga kirsa, bu fitna va tuxmat qurboni bo'lish alomatidir. Kuzguda o'z tasvirini ko'rmayotganlik - yomon alomat. Oyna oldida fol ochayotganlikni tush ko'rish - qurquv, shubha, o'z holicha qaror qabul qilaolmaslikni bildiradi.
 
MASTERDate: Dushanba, 30-Sen-2013, 22:34 | Message # 4
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:
"Ilon" Ilon - odamning gunoxga botishi, yovuzlik, makkorlik timsolndir. Er ustida sudralib ketayotgan ilonni tush ko'rish - 2001, 2013, 2025 yillarda va siz ta'sirda bo'ladigan boshqa yillarda ehtiyot bo'lishingizni bildiradi. Aynan shu yillarda uy-joysiz va moddiy boyliklarsiz qolishdek xavf taxdid soladi. Tug'rirog'i, siz duchor bo'lgan musibatni bartaraf etishga ko'maklashuvchi qishi ham yoningizda bo'lmaydi. Odamga yaqinlashayotgan zaharsiz ilon tushingizga kirsa, yer qurrasidagi qudratli davlatlardan birining tepasida turgan odam zaif mamlakatga qarshi urush boshlamoqchi bo'ladi, biroq ayni vaqtda unga halaqit berish imkoniyati mavjudligidan dalolat beradi. Tush ko'ruvchiga bunday tush xavfni bartaraf etish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Agar tushingizda sizni zaharli ilon tishlasa - siz o'zingiz istamagan holda juda katta janjal sababchisi bo'lib qolishingiz mumkin, ehtimol sizning aybingiz bilan yoki sizning yaqinlaringizdan birini aybi bilan siyosiy o'zgarishlar bo'lib o'tadi. Tushingizda agar katta ilon kishi bo'ynini bug'ayotgan bo'lsa, demak, shu kishiga xatar xavf solmoqda. Qora, ulkan ilon tush ko'rinsa, bu beqiyos yovuzlikdan dalolat beradi. Xassaga o'ralgan ilon tushingizda ko'rinsa, haqiqatni yashirib turgan yovuzlikdan ayon etadi. Xalqalar bilan uralgan ilon tushga kirsa - bu sizga xufiyona yomon niyatdagi kishi borligidan dalolat beradi. Agar tushingizda sizga ilon xujum qilayotgan bo'lsa, demak, musibat va muxtojlikni boshingizdan kechirasiz. Tushingizda ilonni o'ldirsangiz - o'ngda dushmaningizdan qutilasiz. Bir necha boshli ilon tushga kirsa - ogoh bo'ling, siz g'oyat zo'r aldovning qurboni bo'lib qolishingiz mumkin. Tuman ichida yurib bo'lgan ilon shaklini tushda ko'rish - yadro xavfi belgisidir, balki yadro raketasi bo'lishi ham mumkin. Agar tushingizda ilon sizga qarab turganina his etayotgan bo'lsangiz, demak, sizga juda e'tiborli va shafqatsiz odamlar tiqilib qarayotgan bo'ladi. Tushda kulcha bo'lib yotgan ilonni ko'rish - o'ngda ig'vo va giybat qurboni bo'lish alomatidir.

"Tishlar" Tishlar xayotiy quvvat, kechinmalar timsolidir. Tushingizda tishingizni qanday sug'urayotganliklarini ko'rish - o'ngda yaqinlaringizdan birini yo'qotishdan qo'rqayotganingiz belgisidir. Agar tushingizda tishingiz tushib ketsa - demak, sizning -beparvoligingiz va harakatsizligingiz maqsadingizni amalga oshirishga xalaqit berayapti. Tushda chirigan va yemirilaetgan tishlarni ko'rish - kasalliklarni, sog'likda muammolar paydo bo'lishlikni bildiradi. Og'zingazda tish o'rnida bo'shliqlar borligi tushingizda ko'rinsa - bu hayotiy quvvatni yo'qotib, erta qarishdan ogoh etadi. Og'riyotgan tish tushga kirsa - bu sizning shaxsiy muammolar bilan shug'ullanishingiz kerakligidan xabar.

"Igna" Igna – ko'ngilni og'rishi, xaqorat, yashirin o'ch olish, makkorlik, belgisidir. Agar tushga yangi kon izlari bo'lgan igna kirsa - bu tush qarindoshlarning yomon niyat qilayotganliklaridan ogoh etadi. Juda uzun ip o'tkazilgan igna tushga kirsa - bu, bir kishining xech qanday saylovsiz xokimiyat tepasiga kelib, uzoq vaqt o'z xoxishlarini amalga oshirib, fuqarolarni o'ziga nisbatan xurmatda bo'lishiga erishishi alomatidir. Sochilib yotgan ko'p miqdordagi ignalarni tushda ko'rish - makkorlik, g'iybat va ig'vo hammani yoppasiga qamrab olishidan hamda bu ba'zi xushomadguy bo'lmagan shaxslarni xaloqatga olib kelishidan dalolat beradi. Tanasida pulat ignalar sanchilganligi ko'rinib turgan hayvon tushga kirsa, demak, inson o'zi shubhalanmagan odamdan dushman orttirib olishidan, u bilan ko'rashish oson bo'lmasligidan, chunki dushmanni tashqi tomoni yer axlining , odatdaga qiyofasiga o'xshamagan, ajratib olish qiyinligidan dalolat etadi. Agar kishi o'zidan ignalar chiqib turganini tushida ko'rsa, bu kelajakda odamlar ichidan shunday kungilli chiqadiki, u yer yuzini qoplagan yomonlik gunohini o'z o'limi bilan yuvmoq uchun o'zini qurbon qilishini bildiradi. Agar ignalar uchi bir-biriga qaratilgan holda "X" tarzda turganligi tushda ko'rinsa, bu alomat, o'n yil mobaynida odamlar yaxshi bo'lishga, yaxshi hayotga erishishga intilishlarini bildiradi. Kishi yuragiga sanchilgan ignani sug'irib olish -imkoniyat taraqqiyotini ancha ilgari suradigan ilmiy kashfiyotda bevosita ishtirok etishni ayon etadi. Tushda ignalar yomg'iriga tushib qolish - o'ngda qora kuchlarning faollashib, insoniyatning navbatdagi jiddiy sinovi boshdan kechirishga majbur bo'lishidan dalolatdir.

"Ikona" Ikona ma'naviyat, oldindan ko'ra bilish, tavba-tazarru alomatidir. Tushda agar siz ikona oldida ibodat qilayotganingizni ko'rsangiz, demak, siz moddiy muammolarga ko'proq e'tibor berib, ma'naviyatni unutib qo'ymoqdasiz. Yig'layotgan ikonani tushda ko'rish - bema'ni alomat. Agar ikonani qo'lda ushlab turganingiz tushga kirsa, demak, siz ko'pdan buyon kutayotgan xabarni olasiz. Tushda siz ikona oldiga sham qo'yayotgan bo'lsangiz, ilgarigi xatolar uchun vijdon azobidan qiynalingingiz belgisi. Yiq'ilib yotgan ikona - mash'um xato timsoli.

"Kalit" Kalit muammolarni xal etish borasidagi izlanishlar, muammolarni birmuncha oson yo'llar bilan hal etish istagini bildiradi. Tushda kalit bilan eshik ochish - kelgusida barcha bilimlar soxasida buyo'q kashfiyotlar qilinishidan dalolat beradi. Ehtimol vaqt mashinasi yaratilib, uning yordamida kishilar o'tmishga va kelajakka sayoxat qilishar. Tush ko'ruvchiga bunday tush uning qiyin ahvolga tushib qolib, undan chiqishga harakat qilishini bildiradi. Agar tushda kalit topib olsangiz - sizni buyo'q ishlar kutayotganyaigi belgisidir. To'g'rirori, siz xizmat pillapoyalaridan shunday ko'tarilasizki, oqibatda o'z oilangizni muxtojlik ko'rmay yashashini ta'min etasiz. Ehtimol, siz shunday kishi bilan tanishasizki, oxir-oqibat sizning hayotingiz yaxshi tomonga o'zgarib ketadi. Tushda kalitni sindirib qo'yish, kelajakda yer kurrasi ahlini koinotdagi halokat haqidagi ma'lum xabar kutishidan shohidlik beradi. To'grirog'i, bu xalokatdan koinotdagi stansiyalar zarar ko'radi. Agar kalitlar bog'lami tushingizga kirsa, bu unchalik uzoq, bo'lmagan vaqt ichida sizda ko'plab mamlakatlarga ajoyib sayoxatlarga chiqishingiz imkoni paydo bo'ladi. Bu sayohat chog'ida siz vaqtingizni yaxshi o'tkazibgina qolmay, balki ko'p yangi va qiziq narsalardan voqif bo'lasiz. Tushda ikkita kalit ko'rish - voqealarning kutilmaganda o'zgarishidan dalolat. Kalitni yo'qotib qo'yganlikni tushda ko'rish - noqulay ahvolda qolganda kutilmagan yordamdan baxramand bo'lishingizga ishora. Agar beliga kalitlar bog'lab olgan qariya tushga kirsa, bu insoniyat oldida og'ir sinovlar turganligini bildiradi. Tushda oltin kalitni ko'rish - sizning haqiqatni izlash yo'lidagi harakatlaringiz xizmatingizga yarasha taqdirlanadi. Agar tushingizda uyingizning kalitlarini izlayotgan bo'lsangiz - o'ngda o'zingizning shaxsiy muammolaringizni hal etishga harakat qilishingizdan dalolat beradi.

"Quduq" Quduq - cheksizlik, sirlar, sog'lomlashtirish, kelajakni bashorat qilish alomatidir. Tushda issiq chulda quduqni ko'rish - samimiy qalb egasi bo'lgan kishini uchratish alomatidir. Quduqdan suv tortib olayotganlikni tush ko'rish - o'ngda o'z qiziqishlaringizni qoniqtira olishingiz belgisidir. Qurib qolgan quduq tushga kirsa, ogoh bo'ling, sanoat chiqindilari bilan zararlangan suv hayot uchun yaroqli bo'lmaydi. Agar tushingizda quduq suviga yuvinayotgan bo'lsangiz, demak, uzoq, davom etadigan va darmonni kuritadigan kasallikdan shifo topib ketasiz. Quduqda tushib ketayotganingizni tushingizda ko'rsangiz - yaqin vaqtlar ichida siz kutilmagan xabardan qattiq hayajonga tushasiz yoki qo'rqib ketasiz. Quduqda yulduzni ko'rish - bunday tush sizning shubhasiz, omad egasi, nima uylasangiz usha ro'yobga oshinshdan darak beradi. Agar tushingizda quduq kavlayotgan bo'lsangiz, demak, siz haqiqiy boylikni qidirayotganingizni bildiradi. Quduqda loyqa suvni tushda ko'rish - buni kasallik va hayotiy quvvatni yo'qotishga yuyish mumkin.

"Kema" Kema - yangi va baxtli hayot boshlanishi belgisi. Tushda oltin yelkanli yoki boshqa bezaklari bor kemani ko'rish - tush ko'ruvchi yashayotgan mamlakatda baxtli davr boshlanganligi belgisidir. Oq yelkanli kemani tushda ko'rish - sizning mamlakatingiz hayoti shimoldagi qudratli va gullab-yashnayotgan davlat bilan uzluksiz bog'langandagina baxt keltirishini bildiradi. Qizil rangdagi kema tushga kirsa - bu baxt-saodatga erishish va farovonlikka yetish yo'lida turli to'qnashuvdan dalolat beradi. Eski, buzuq kemani tushda ko'rish - bu belgida baxt-saodatga ishonish bekordir, taqdirni boshqa mamlakat bilan bog'lash yoki ona-vatanda siyosiy vaziyatni o'zgartirish kerakligidan shohidlik beradi. Agar yonayotgan kema tushingizga kirsa - bu to'satdan tinchlikning buzilishi, urush e'lon qilinishi yoki kuchli tabiiy ofat tufayli tush ko'ruvchi yashayotgan mamlakatda uzoq, vaqt hayotning yomonlashishi, ko'p qayg'u va alam yetishining belgisidir. Kemaning portlaganini tush ko'rish - bu dunyo miqyosidagi halokatlar - koinot jismlari bilan to'qnashuv, ekologik tanglikning kelib chiqishini, yadro urushining ro'y berish alomatidir.
 
MASTERDate: Dushanba, 30-Sen-2013, 22:36 | Message # 5
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:
"Mushuk"Mushuk - yovuz kuchlar, jodugarlar, uy shinamligi, muqaddas narsalar, omad timsoli. Ko'cha bo'ylab shahar tomon ketayotgan yo'l-yo'l mushukni tushda ko'rish - bunday tush yuqoridan donishmandlik olib keladigan ulug' insonning paydo bo'lishi haqida darak beradigan mushuk yoki boshqa jonivor to'g'risida ma'lum qiladi. Sher kattaligidagi mushukning uy ostonasida yotganligi tushda ko'rinsa - tinchlik jonivorlarga nisbatan o'ylangan siyosatga bog'liqligini bildiradi. Qizil ko'zli qora mushuk tushda ko'rinsa - bunday tush 2023 yilni ifoda etadigan, qon to'kish bilan yakunlanishi ehtimoli bor yovuz niyatlardan shohidlik beradi. Sichqon terisidan qilingan uzun ust kiyimdagi mushukni tushda ko'rish - 2008 yildagi voqealar qasos olishga aylanib, 2011 yilda poyoniga yetadi. Tushda mushukni tasodifan o'ldirish - 2045 yilda Misrda o'ta xavfli xalqaro jinoyatchi qo'lga tushishini bildiradi. Mushuklar bilan to'ldirilgan shaharni tushda ko'rish - ekologik halokatdan, qurg'okchilikdan, ocharchilikdan dalolat beradi. Mushuk bolalari solingan savatni ko'tarib odamlar safi kuzatuvida saroy tomonga tantanali tarzda olib ketilayotganligi tushga kirsa - bu o'n yildan so'ng xokimiyat tepasiga juda kuchli va harakatlariga ta'rif yo'q kishi kelib, unga shunday xurmat ko'rsatilishidan va iloxiylashtirilishidan darak beradi. Bu davrni demokratiya va barcha soxalarda mustaqil bo'lishga erishilgan davr deb atash mumkin bo'ladi. Tushda bir gala mushuklarning katta ishga tashlanganliklari ko'rinsa, bu 2018 yilda yaxshilik bilan yovuzlik o'rtasida yirik to'qnashuv ro'y beradi va bu oilaviy hayotda hamda uy xo'jaligini yuritishda namoyon bo'lishini bildiradi. Agar yo'l-yo'lli mushukning qopqonga tushib qolganligi tushga kirsa - bu tush Alloh tomonidan berilgan, kishining o'zi ham bilmaydigan halokat yoki belgilangan jazoning ro'yobga oshirilishidan dalolatdir. Ko'k ko'zli qizil-sariq mushukni tush ko'rish, Yaponiya an'analariga daxl etuvchi bema'ni voqealardan ayon etadi. Natijada, bu mamlakat bilan va shu voqealarga aloqador davlat o'rtasidagi munosabatlar keskinlashadi. Xar xil lentalar toqilgan mushuklar juftligi tushga kirsa - 2047 yilda shunday voqealar ro'y beradiki, buning oqibatida shu davrgacha hech hamkor bo'lmagan davlatlarning xokimiyatlari va xalqlari mustaxkam birlashadi. Tushda mushuklarning kumush idishlarga vino quyayotganini ko'rish - 2011 yilda mashaqqat bilan ishlash va qonunga monand turmush tarzi natijasida muvaffaqiyatga va gullab-yanshashga erishiladi.

"Qon"Agar tushingizda o'zingizda qon borligini ko'rsangiz, bu yaqin vaqt ichida qarindonsharingizdan xabar kelishidan dalolat. Tushingizda siz qon yuqrtayotgan bo'lsangiz, bu vaqtincha yolg'izlikda qolishingizni va xafagarchilikni bildiradi. Kimningdir qonini to'kayotganligingizni tushda ko'rsangiz, bu siz uchun g'oyat muhim bo'lgan muammoni hal etishda beg'amlik qilishingizni bildiradi. Tashabbusni qo'lga olishingizga to'g'ri keladi. Agar tushingizda yaqinlaringizdan biri qon yo'qotayotganligini ko'rsangiz, bu sizning xudbinligingiz tufayli yaqin kishingiz bilan o'rtangizdagi munosabatingiz buziladi. Erga qon to'kilayotganligini tush ko'rish, og'ir sinovlar, ziddiyatlar, kimdir qurbon bo'lishidan dalolat beradi.

"Kalamush"Kalamush jiddiylik, injiqlik, serqirrallik, yo'qotish va omadlar belgisidir. Agar tushda kemirayotgan juda ko'p kalamushlar ko'rinsa, shundan ogoh bo'lingki, o'ngda agar yerni asrash va qishloq xo'jaligi zararkunandalarini puxta o'ylab yo'q qilish chorasi ko'rilmasa, bu ocharchylikka olib keluvchi ekologik faloqatni keltirib chiqarishi mumkin. G'ayritabiiy go'zal oq kalamushning izvoshda kelayotganligi tushga kirsa, bir qarashda shimoldagi buyo'q davlat bilan kelishuv oson emasga o'xshab ko'rinishini bildiradi. Bunday tush ogohdantiradiki, tashqi tomon har doim aldamchi va dabdabaga havas, xarakter bo'lishligini, murosaga moyillikni bildiradi. Tushda odamlar kabi ko'chada sayr qilib yurgan bir juft kalamushni ko'rish tabiat ximoyachilari tomonidan 2020 yilda tirik jonzotlar dahlsizligi yili deb e'lon qilinishidan ogoh etadi. Kalamushlar boshqarayotgan kema tushga kirsa - bu alomat umumiy taraqqiyot davri boshlanishidan oldin, 2066 yilda suv toshqinidan boshlanadigan og'ir davrni boshdan kechirishga to'g'ri kelishini bildiradi. Odamlarning kalamush gushtidan taom tayyorlayotganligini tush ko'rish 2018 yilda inson uchun g'oyat zarur bo'lgan dorini yaratishga imkon bergan tajriba qilingan kalamushlar uchun ularga chuqur ehtirom izhor qilinishini bildiradi. Kalamush dumli odamni tushda ko'rish bu kasallik haqida ogoh. etib, sog'ligi haqida o'ylab, hayoti xavfsizligi to'g'risida g'am yeyish zarurligini bildiradi. Tushda kalamushlarning xujumga tayyorlanayotganligini ko'rish - Buyo'q Britaniya tomonidan agressiya boshlanishidan ayon beradi.

"Sher"Sher - basavlat shaxs, hokimiyat, taxt timsoli. Tushda kafasdagi sherni ko'rish, bu xal qiluvchi pallada sarkardalarning o'zlarini yetarli darajada dadil va qat'iyatli tutmasliklari natijasida kuchli davlat e'tiboriga putur yetiishni bildiradi. Kichkina kuchuk bilan uynayotgan sherning tushga kirishi butun umr davom etib, to birortasining qazosi etguncha davom etadigan haqiqiy do'stlik alomatidir. Yuragidan yaralangan sher tushga kirsa, demak, tojdor shaxs sha'niga xaqorat yetkazgani uchun aybdor hayoti bilan javob beradi. Bir bo'lak gushtni yeyayotgan sher bilan ayiq tushda ko'rinsa, bu tush tarixiy raqibliklariga qaramay, Germaniyaning Buyo'q Britaniya bilan ittifoq tuzishidan shohidlik beradi. Tushda och va oriq, juni to'kilgan va holdan toygan sherni ko'rish - bu ocharchilik o'tgan avgustdan keyin boyliklar narxi o'zgarishi davri kelishi alomatidir. O'ljasini o'rab olgan sherlar to'dasini tushga kirishi, Irlandiyaning mustaqillik huquqini faol ximoya qilishda davom etishidan va bu ish 2003 yildan oldin harakatsiz nuqtasidan siljimasligi belgisidir. Katta karavotda uxlab yotgan sherni tushda ko'rish -Evropa davlatlarining ahvolini mustahkamlanishi va yangi valyuta - "evro" ning muvaffasiyat bilan ustunlik qilishini bildiradi.

"Oy" Oy - yashirin xukmronlik qilish, osoyishtalik, tasodiflik belgisi. Oy to'lishganligini tushda ko'rish - Yerda yovuz kuchlar hukmronlik qiladigan, jodugarlik, afsungarlik davri boshlanadigan vaqt kelishidan ayon etadi. Tush ko'ruvchiga bunday tush afsungar bilan uchrashishidan, bu uning taqdiriga sezilarli ta'sir ko'rsatishidan shoxidlik beradi. Tushda oyga intilish, sizning qandaydir yangilikka, boshdan kechirmagan voqealarga intilishingizni bildiradi. Ehtimol, bu tush unchalik uzoq, bo'lmagan vaqt ichida shunchalik o'zlashtirilib, kosmik ekspedisiyalar oyga tez-tez borib turadigan vaqt kelishidan va yerda yashovchilarga ham borish imkoni tug'ilishidan xabar beradi. Tushingizda siz ko'rib turgan oy yorqin qizil yoki to'q qizil rangda bo'lsa, ehtiyot bo'lishga ogohdantirishdir, shuningdek, hokimiyat almashuvini bildirishi mumkin. Agar tushingizda oy yorug'ini ko'rayotgan bo'lsangiz - o'ngda bartaraf etishingiz ancha qiyin kechadigan, kutilmagan qarshiliklarga ro'paru kelasiz. Oy aksini suvda yoki oynada ko'rish tushga kirsa, bu voqealarning kutilmaganda o'zgarib ketishini bildiradi. Tushda bo'laklanib ketgan oyni ko'rish, bu o'ngda o'z hayot yo'lingizni tanlashda ruxan charchab, qiyinchiliklarni kechirishingizni bildiradi. Agar tushingizda oy ma'budiga sajda qilish marosimini ado etayotgan bo'lsangiz, o'z zavqingizning qurboni bo'lishni oldini oling.

"Chaqmoq"Tushda chaqmoqning yorqin chaqganini ko'rish - o'ngda siz uzoqdan kutilmagan xabarni olasiz. Agar tushingizda sizga chaqmoq teksa, o'ngda vazmin bo'lishga harakat qiling, chunki sizni janjalga tortishga harakat qilishlari mumkin. Tushingizda osmondan sharsimon yashin tushib kelayotganligini ko'rsangiz, bu koinotdan bostirib kirishni bildiradi. Sharsimon yashindan kishilar o'layotganligini tushda ko'rish - yomon alomat. Tevarak-muhitni ifloslantirilishi natijasida ekologik halokat ro'y berishi mumkin. Agar tushingizda chaqmoq chaqdanligini ko'rib, momaqaldiroq ovozini eshitsangiz, extlyot bo'ling, balki sizga o'z xayotiy o'rningizni qayta ko'rib chiqishingiz kerak bo'lar.

"Roxib" Roxib - odillik, vazminlik va beshavqlik, mu'tadillik, mutanosiblik ramzidir. Oq libosdagi monaxni tushda ko'rish - bu tush cherkovlarning umumiy rahbari saylaninsh bilan shimoliy hududlar birlashishini bildiradi. Roxibni mast holatda tushda ko'rish - umumboylik va quvonchdan darak beradi. Qung'iroq chalayotgan roxib tushga kirsa - bu tashvishli voqea, davr, xokimiyat, axloqiy gunoh bilan bog'liq kutilmagan musibatlar alomatidir. Qurol bilan urushga ketayotgan roxibni tushda ko'rish jinoyatchilikning keskin oshishi, axloq-odobning pasayib, jinoyatchilikning jazosiz qolib ketishi natijasida insoniyatning qurol olishga majbur bo'lishni bildiradi. Roxiblarning jazolanayotganligini tush ko'rish - hayotiy aqidalar o'rniga keluvchi, holatdardan barcha sodir bo'layotgan voqealarga qiziqishing yo'qolishi, kelajakdan qurquv zarbalariga duch kelishni ayon etadi. Tushda monaxlikka qabul qilish marosimini ko'rish - dunyoviy va diniy hokimiyatlar to'qnashuvi natijasida cherkovlarning vaqtincha kuchayishini bildiruvchi alomatdir. Ekipaji roxiblardan iborat kosmik kema tushga kirsa, bu yer ahlisini qamrab oladigan umumiy ma'naviyat belgisidir va bu diniy yo'nalishni o'zgartirishga olib keladi. Boshdan oyog'igacha oltindan qiyingan roxibni tushda ko'rish - bu tush kishilar urushni to'xtatganlaridan keyin yer yuzasiga ato bo'ladigan boylik va farovonlikdan xabar beradi.
 
MASTERDate: Dushanba, 30-Sen-2013, 22:38 | Message # 6
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:
"Sichqon"Tushdagi sichqonlar galasi - urush, o'lat, ocharchilik belgisi. O'lik sichqonni tushda ko'rish - moddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirishni bildiradi. Agar tushingizda sizga ko'rshapalaklar galasi xujum qilsa, o'ngingizda daxshatli yovuzlikka duch kelasiz. Agar ko'rshapalaklarni qo'lingizda ovqatlantirayotganingizni tushingizda ko'rsangiz, o'ngingizda xavfli voqealarni bartaraf etishingiz uchun sizga sabr, chidam ko'rsatishingizga to'g'ri keladi.

"Tun" Tun yaxshilik va yomonlik timsolidir. Tunda kimningdir ovozini eshitayotganingizni tush ko'rish, kelgusida yerga buyo'q inson kelishi alomatidir. Balki uni Allohning o'zi yuborgan bo'lishi mumkin. Tush ko'ruvchiga bunday tush uning ekstrasensorlikka qobiliyati borligini, u odamlarga o'tmish haqida ham, kelajak haqida ham gapirishi va odamlarni davolashi mumkin. Tunda kimningdir qiyofasini ko'rayotganlikni tushga kirishi, unchalik ko'p o'tmasdan siz o'zingizning qilmishlaringiz uchun pushaymon bo'lishingizni bildiradi. Agar tushingizda zim-ziyo, yulduzsiz tunni ko'rsangiz, bunday tush siz yashayotgan davlatda notug'ri siyosat olib borilayotganligidan yorqin guvohlik beradi. Usha paytda shu hokimiyat tepasida turgan shaxs davrida hech narsa o'zgarmaydi. Yorqin yulduzli tunni ko'rish yaxshi alomat. Bunday tush kelajakda baxtli hayotdan xabar beradi, odamlar quyosh tizimidagi ko'plab sayyoralarni o'zlashtiradilar. Tunda osmonda ko'plab yorug'lik berayotgan ob'ektlarni ko'rish - kelajakda ko'plab sayyoralarning kashf etilib, unda yashovchi tirik mavjudodlar bilan aloqa o'rnatilinshdan guvohdik beradi. Tush ko'ruvchiga bunday tush uning g'ayritabiiy kishi bilan uchrashishini va bu uning hayotiga katta ta'sir ko'rsatishini bildiradi. Agar sizning tushingizda sovuq tun ko'rinsa, bunday tushda shunday vaqt keladiki, bizning sayyoramizga quyosh issiqligi va yorug'ligi yetishmay qolishidan guvohlik beradi. Yerda kecha-kunduzning almashinuvi bo'lmay, fasat tun bo'ladi. Tushda tun kirishini kutib olish - kelajakda sizning yovuz kishi bilan uchrashinshngiz belgisidir. Ehtimol, bu vampir bo'lar, shuning uchun siz bu kishidan extiyot bo'lmogingiz kerak. Keng miqyosda bu tush vaqti kelib yerni qora kuchlar egallaydi. Bu davrda kishilar ustidan yovuzlik hukmron bo'ladi.

"Voha" Voha - serxosillik va mo'l-ko'lchilik timsoli. Muzlik ichidagi vohani tushda ko'rish - shimoliy mamlakatlarda hayotning yaxshilanish alomatidir. Eng yaxshi davr dekabrdan fevral oyigacha bo'ladi. Tushda ko'plab turli yovvoyi xayvonlarning vohada yurganligini ko'rish - tabiiy boyliklarga boy bo'lgan janubiy mamlakatlardan biri bir qancha rivojlangan davlatlarning e'tiborini jalb qilganligini va ularning xar biri ushbu mamalakatda o'z ta'sirini o'rnatishni istayotganliklarini bildiradi. Xarob bo'lib borayotgan vohani tushda ko'rish - bu mavjud tinchlik-xotirjamlikning yer quyosh atrofini to'da aylanib bo'lgandan so'ng barham topishi alomatidir. Agar tushda voha tepasida o'lkan kulrang bulut paydo bo'lganligi ko'rinsa, bu tush qurg'oqchilik yoki boshqa sabablarga ko'ra hosilning nobud bo'lishiga olib keluvchi tabiiy ofatni ayon etadi. Voha izlab yurgan g'olibchi-jangchilar tushga kirsa, demak, foydasidan ko'ra ziyoni ko'proq bo'lgan yer resurslaridan foydalanganligi uchun joriy etilajak soliqdan dalolat beradi.

"O'rgimchak to'ri" O'rgimchak to'ri - chalkashlik, makkorlik, xoinlik, uzoq, davom etadigan ish, qabihlik timsolidir. Tom shiftini butunlay o'rgimchak to'ri qoplaganligini tushda ko'rish - kasallik alomati bo'lib, sababini aniqlab bo'lmaydigan, tashhis qo'yish va dori topish qiyin bo'lgan kuchli bosh og'rig'i bilan bog'liqdir. Uchib yurgan va quyoshda yarqirab turgan o'rgimchak to'rining tushga kirishi - bu alomat tushning ro'yobga oshishi erta kuzga nisbatan talqin etilishini bildiradi. O'rgimchak to'ridan chiqa olmayotgan kishi tushingizga kirsa, bu qabul qilingan qonun tufayli hammaning hayot kechirishi og'irlashishidan, boshlab qo'yilgan ishlar boshi berk ko'chaga kirib qolishidan va ko'pgina baxtsizliklar kelishidan dalolatdir. Liboslari o'rgimchak to'rini eslatuvchi ko'plab kishilarning tantana qilayotganliklari tushingizda ko'rinsa - bu kishidagi har qanday libosning o'rnini bosadigan va ob-xavo hamda iqlimning o'zgaruvchanligiga bardoshli yengil dazmol kashf etilishining belgisidir. Agar tushda o'rgimchak to'riga urilib o'lkan o'rgimchakning qurboni bo'layotgan burgut ko'rinsa - bu Rossiyani larzaga soluvchi ko'ngilsizlik timsolidir. Tushda shahar tepasini o'rgimchak to'ri qoplab, tobora quyuqlashayotgani ko'rinsa - bu Yaponiyaning xududni bo'lish borasida da'volashish ishlarini boshlab yuborishini, biroq bundan faqat munosabatlarning keskinlashib, ilgaridan yo'lga qo'yilgan aloqalarning buzilishiga erishishini bildiradi.

"Yong'in" Yong'in - ishqibozlik, shaxvoniy istak, to'satdan g'oya kelishi, o'zgarish istagi timsolidir. Tushda yong'inni o'chirish – to'xtatish qiyin bo'ladigan, oldini olishning iloji yo'q uyushtirilgan harakatda g'alayonlar o'sib borishini bildiradi. Gulxan yoqishda qatnashishni tush ko'rish - hal qiluvchi o'zgarishlar alomati bo'lib, adolatsiz tarzda ig'vo qilishdan dalolat beradi, bunday tush muammolar va tartibsizliklarni bildiradi. Yong'indagi kishini qutqarib qolishni tushda ko'rish -uzoq, vaqt tinchlik bermagan, doimo zo'riqishda ushlab turgan va ko'p kuch talab etgan fojeali voqealar natijasi alomatidir. Xonadagi yong'inni tushda ko'rish - ikki tomonning kelishuvi bilan bo'ladigan xiyonat timsoli bo'lib, bu xiyonat natijasida eng kutilmagan sarguzashtlar, jamiyatda keskin o'zgarishlar ro'y beradi. Yong'inda yugurib borayotgan ot tushga kirsa - 2038 yilda asr davomidagi eng ko'p nikoh tuzilib, bu yil ko'pgina davlatlar uchun aholi ko'payishi muammolari hal etilishi boshlangan yil bo'lib qolishini bildiradi. Yong'indan so'ng qolgan kulni ko'rish - bu tush turar-joyga ega bo'lishni xoxlovchilar istagini ta'min etadigan yangi turar-joy loyixasi yaratilishi alomatidir. Chaqmoq natijasida paydo bo'lgan yong'inni tushda ko'rish - demak, o'z hayotingizdagi eng asosiy qishini g'ayrioddiy holatda uchratishingiz belgisidir.

"Parvoz" Parvoz - yaxshi tuyg'u, ozodlik, mustaqillik alomati. Tushingizda uchayotganingizni ko'rsangiz, o'ngda ozodlikka va mustaqil bo'lishga intilasiz. Tez orada siz shunday imkoniyatlarga ega bo'lasiz. Agar tushingizda parvoz qila turib qulab tushsangiz, o'zingizda qiyinchiliklarni yengishingizga va muammolaringizni xal etishingizga to'g'ri keladi. Kosmik fazoda parvoz qilib borayotganingizni tush ko'rsangiz, bu sizning o'z xayollaringizga juda berilib, atrofingizda ro'y berayotgan voqealarni ko'rmayotganingizdan dalolat beradi.

"Parrandalar" Parranda - intiluvchanlik, oldindan ko'ra bilish, beqarorlik timsoli. Agar tushingizda katta qush ko'rinsa, bu kelajakda yerga juda katta meteorit xavf solayotganligini, natijada, bir qancha shaharlar yer yuzidan yo'q bo'lib ketishini bildiradi. Agar tushda katta qush tush ko'ruvchiga yaqinlashayotgan bo'lsa, o'ngda ana shu tush ko'ruvchi yashayotgan shahar meteoritdan zarar ko'radi. Tushda kichkinagina qushni ko'rish - yerda tinchlik va xotirjamlik o'rnatilishi alomati, urush ham, ocharchilik ham, qashshoqlik ham bo'lmaydi. Hamma odamlar baxtli bo'ladilar. Bunday tush ko'ruvchiga baxt ato qiladi. Qanotsiz qush tushingizda ko'rinsa - bu Avstraliya aholisiga aniq xavf solinishidan dalolat beradi, chunki aynan shu davlatning gerbida qanoti yo'q qush - emu tuyaqushining tasviri aks ettirilgan. Agar tushingizda parranda "yovvoyi" ovoz bilan qichqirayotganligi ko'rinsa, elajakda qandaydir mamlakatga vaxshiylarning xujum qilishi xavfi borligidan ayon etadi. Tush ko'ruvchiga bunday tush qattiqqo'l rahbar qo'l ostida mashaqqatli ishda ishlashini bildiradi. Ikki boshli qora burgutning qandaydir hayvon bilan urushayotganligani tushda ko'rish - urush xavfi va tashqi kelishmovchiliklarni bildiradi. Ikki boshli qora burgut Rossiya qudratining timsolini bildirishi bejiz emas. Tushda boshsiz qushning ko'rinishi Rossiyadagi qayg'uli voqealardan dalolat beradi. Agar tushingizda ovozi yo'q qush ko'rinsa - bu kelajakda yer yuzasida juda qattiq qurg'oqchilik ro'y berib, sayyoradagi ko'plab mamlakatlar jabr ko'rishidan dalolat beradi. Tushda temir qushni ko'rish - tez orada noyob samolyot yaratilishi alomatidir. Agar temir kush yerda qo'nib turgan bo'lsa, yirik avia xalokatidan dalolatdir. Agar tushingizda kamyob chiroyli qushni ko'rsangiz - bu, siz faqat o'tmishingiz bilan qiziqishingizdan darak beradi. Agar kamdan-kam uchraydigan qush tushingizga kirsa, o'tmishga ugirilavermay yoki kelajagingizga qadramay, faqat hozirgi holatingizga butun kuchingizni qaratishingiz kerakligini bilib qo'ying. Faqat shu yo'l bilan siz o'zingizga yaqinlashayotgan kungilsizlikdan qutilib qolasiz. Osmonda uchib yurgan burgutni tushda ko'rish - taqvodorlikka va raxm-shafqatli bo'lishga intilishni bildiradi. Obru-e'tiboringiz kelajakda sizning soxta yo'l tanlashingizga yo'l qo'ymaydi. Qafasdagi burgutni tush ko'rish - xokimiyatga va buyuklik sari intilishingizni bildiradi. Tushga xo'rozning kirishi - janjal va nizodan ayon etadi. Tushingizda sizga xo'roz xujum qilayotgan bo'lsa, o'ngda kimdir sizni nizoga jalb etishga intilayotganlitidan dalolat beradi. Buning oqibatini ta'riflash qiyin. Agar tushingizda siz xo'rozlar urushishini tomosha qilayotgan bo'lsangiz - o'ngda siz favqulodda xodisaning guvohi bo'lasiz.

 
MASTERDate: Dushanba, 30-Sen-2013, 23:08 | Message # 7
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:
"Jaroxat" Tushingizda o'z tanangizda jaroxat borligini ko'rsangiz - yaqinlaringizdan biri sizning ma'naviy azob chekishingizga sababchi bo'lib qoladi. Agar siz yaqinlaringizdan birini yarador qilib qo'yganligingiz tushda ko'rinsa - bu ogohlantirish ehtimol, sizning dushmanlaringizdan biri nojuya kirdikor bilan ig'vo qiladi. Tushda jarohatni davolash - o'ngda yaxshi xabar eshitishdan ayon etadi. Tushda yarador kaptarni ko'rish - tinchlikka xavf bo'lishidan darak beradi. Agar tushingizda sizni kimdir pichoq yoki xanjar bilan yarador qilsa - o'ngda soxta do'stlaringizdan extiyot bo'ling. Ularning yovuzona tillari sizning yuragingizga jaroxat yetkazishi mumkin. Tushda qon okib turgan jaroxatni ko'rish - o'ngda vijdon azobini kechirishni bildiradi. Chuzilib ketgan jarohatdan qon oqa boshlaganini tushda ko'rish - extiyot bo'lish kerakligi alomatidir. Mayib bo'lish va yo'l xalokatidan extiyot bo'ling.

"Go'dak"Go'dak - umid, kelajak timsoli. Agar tushingizda go'dakni xayvon tishlab olganligi ko'rinsa, bu tush kelajakda yerda ko'plab vampir (odamxur) lar paydo bo'lib, birinchi navbatda bolalarga jiddiy xavf solinajagidan guvoxlik beradi. Tushda xomilador erkak ko'rinsa - bu ko'p yillardan beri erkaklarning homilador bo'lib, chaqaloq tug'ishi to'g'risidagi mish-mishlarning haqiqatda ro'y berishi belgisidir. Balki bu yovuz kuchlarning aralashuvisiz sodir bo'lar, ammo bu haqiqat erkakni va chaqaloqni dunyoga mashxur etadi. Agar tushda nogiron go'dak ko'rinsa - bunday tush butun insoniyat xavf ostida ekanligidan, bu xavf bizning atmosferani ifloslantirishimiz oqibati bo'lishidan ogoh etadi. Tush ko'ruvchiga bu tush uning o'zi juda yordamga muxtoj bo'ladigan odam bilan uchrashishidan darak beradi. Yiqilib tushgan ayol qo'lidagi irkit bolani tushda ko'rish - bu tush yerning katta xavf ostida turganligidan dalolatdir. Kelajakda bog'liq misli ko'rilmagan miqdordagi odamlardan zaharlanadi va insoniyat qirilib ketish bo'sag'asiga kelib qoladi. Biroq halokatli axvolni xech narsa bilan o'zgartirib bo'lmaydi, deb turilganda ushbu daxshatli kasallikka qarshi dorini yaratuvchi inson paydo bo'ladi. Agar sizga oyoqlari yo'q bola tush ko'rinsa, bu tush yerning hav - xatarda turganligidan shoxidlik beradi. Atrof-muxit nihoyatda ifloslanganligi bois ko'plab bolalar jismoniy nuqsonlar, shuningdek, ruxiy kamchilik bilan dunyoga keladilar. Doimiy, jilmayib turgan bolani tushda ko'rish yaxshi alomat. Nixoyat yerda saodatli damlar boshlanib, yer yuzida sevgi hukmron bo'ladi. Odamlar urushlardan, qashshoqlikdan, ochlikdan qo'rqmay qo'yadilar, chunki kuplab sog'lom, chiroyli farzandlar dunyoga kela boshlaydilar. Agar tushda yerda chopib yurgan go'dak ko'rinsa, bu yangilanishni bildiradi, yangi insoniyat alomatidir. Tushda go'dak ilonni siqayotgan yoki o'ldirayotgan bo'lsa, bu insoniyat yadro urushi xavfining oldini olish yo'lini topganligidan ayon etadi. Agar siz tushingizda o'zingizni chaqaloq qiyofasida ko'rsangiz, bu sizning hayotda shunday darajasiga etib kelganingizni, endi o'z hayotingizni qo'rib chiqib, uni o'zgartirishingiz lozimligining alomatidir. Yig'layotgan go'dakni tush ko'rish - o'ngda o'z kelajagingizning xatarga duch kelishini bildiradi. Tushingizda o'z farzandingizni izlayotgan bo'lsangiz, demak, yo'qolgan umidni topishga harakat qilasiz. Go'dakni gul yo'layotganini tush ko'rish-ma'naviy yuksalishning alomatidir. Agar tushingizda go'dakning qo'lidan ushlab turgan bo'lsangiz, bu qiyin ahvoldan chiqib olishga harakat qilishingizdan dalolat beradi.

"Baliq" Baliq- ikkiyuzlamachilik, qiyinchiliklar, beqarorlik ramzidir. Osmondan tushayotgan baliqni yoki baliq yomg'irini tushda ko'rish-yomon alomat! Ekologik xalokatdan, musibatdan darak beradi. Baliq tutayotganlik tushga kirsa - qiyin ahvoldan chiqishga urinishni bildiradi. Baliqlarning to'planib qolganligini tushda ko'rish - taqdir ixtiyoriga o'zingizni ko'pam topshiravermang, yo'qsa o'zingizning imkoniyatingizni boy berasiz. Tushingizda uchta baliqni ko'rsangiz - omadim keldi deyavering. Agar tushda baliq yeyayotgan bo'lsangiz, kutilmagan, ammo yaxshi xabar olasiz. Odam basharali baliq tushda ko'rinsa - yadro urushidan dalolat beradi. Tushingizda bir baliq boshqa bir baliqqa ^xujum qilayotganligini ko'rsangiz - bu, suv osti kemasining xujumidan xabardor etadi. Agar sasigan baliq tushingizga kirsa - kutilmagan ovozalar tufayli sizning e'tiborli kishi bilan munosabatlaringiz buziladi. Tushda jonli ko'p baliqni ko'rish-sizning matonatingizni va bardoshingizni bildiradi.

"Chigirtka" Tushda chigirtkalarning galasini ko'rish - yer yuzidagi mamlakatlarning biriga chigirtkalarning xujum qilishi va oqibatda butun qishloq xo'jaligi ekinlari yakson bo'lishining alomatidir. Chigirtkalar xujumi ko'plab kishilar och qolib, ushbu mamlakatni tark etishlariga va bu mamlakat bir necha yillar taraqqiyotdan orqada qolishiga sabab bo'ladi. Tush ko'ruvchiga bu tush moddiy axvoli barqaror xolatda bo'lmasligini ayon etadi. Agar siz tushingizda chigirtkalarni o'ldirayotgan bo'lsangiz, bunday tush sizning juda qiyin bir ishni uddalay olishingazdan guvoxlik beradi.

"Sham"
Sham ishonch, shinamlik, xayolparastlik, xissiyot, tarkidunyochilik alomatidir. Agar tunda deraza oldida sham yorug'i ko'rinayotganligi tushingizga kirsa - bu, yoshingiz o'tganda navqiron paytingizdagiga nisbatan sevimliroq intizorlik bilan kutilgan odam bo'lishingiz alomatini bildiradi. Ko'chada sochilib yotgan nim shamlarni terib olayotganligingiz tushga kirsa - din tarafdorlari og'ir iqlimli joyga surgun qilish bilan bog'liq kulfatdan dalolat. Agar osmondan sham yorug'ligi kabi yorug'lik nurlanib turganligi tushga kirsa - kutilmagan xar qanday voqealarni qarshi olishga tayyor turing. Yangi bilimlarni olarkansiz, uning yordamida unga muxtoj kishilarga yordam bering. Sham bilan borayotgan marosim qatnashchilarini tushda ko'rish - bu shunday xabarki, baxorda ro'y beradigan va ko'pchilikning umriga zomin bo'ladigan va motam e'lon qilinadigan baxtsizlikdan ayon etadi. Sham bilan yoritilgan ko'chadan borayotganlikni tushda ko'rish, bu sizning sevib qolishingiz xali oldinda ekanligining belgisidir. Son-sanoqsiz yonib turgan shamlar o'rnatilgan shamdonni sovg'aga olish - bu tush eng og'ir pallada ham diniy ustozingiz sizni tashlab ketmay, sizga nafaqat o'zingizning, balki fazoviy quvvatni o'zingizda mujassamlashtirishga yordam berish alomatidir. Ko'zida yonib turgan sham aks etgan bo'ri tushga kirsa, dinni niqob qilib olgan va o'zini ma'naviyat kurashchisi qilib ko'rsatuvchi, boyishga qaror qilgan, ezgulikni niqob olib hokimiyatga intilayotgan kishidan ehtiyot bo'lishni bildiradi. Qattiq shamol barcha shamlarni o'chirayotganligini tushda ko'rish - ma'naviy yuksalish va yangilanishga bog'liq maqsadlarni amalga oshirishga xalaqit beruvchi yovuzlikdan dalolat beradi. Shamni yoqishga bexuda urinayotganligi tushga kirsa -bu xar qadamda ta'qib qiluvchi va noqulay pallada tusatdan zabt etadigan xavfdan shoxidlik beradi.

"Kumush"
Kumush yaxshilik, oy timsolidir. Tushda bir parcha kumushni yerdan chiqarib olinayotganlikni ko'rish - bu tush 2003 yil iyulda yangi kon ochilib undan ko'p daromad olishshni bildiradi. Kumushdan yasalgan kuprikni tushda namoyon bo'lishi - pulga sotib olingan shubxali omad, birlashma ekanligidan dalolat beradi. Oy tasviri tushirilgan kumush tangalarni tushda ko'rish - bu shu paytgacha noma'lum, biroq, anchadan buyon Yerga xabar yuborib turgan mavjudotning yerga tashrif etishidan ayonlik beradi. Kumushga to'da bir qancha sandiqlarni tushda ko'rinishi - pul belgilarining ko'p darajali isloxotidan xabar beradi. Kumushni ko'ksi bilan o'rab, qo'riqlab yotgan o'lkan ilonni tushga kirishi - 2001 yoki 2013 yilda g'oyat katta ahamiyatga ega arxeologik qazilma topilib, u xalqaro ahamiyatga ega bo'lishini va qadimiy taraqqiyot tarixi darsligiga o'zgarishlar kiritilishini bildiradi. Kichkina bolg'ani kumush nayzalar bilan to'sib qo'yilganligini tushda ko'rish - kam rivojlangan mamlakatlar o'rtasida agressiyaning o'sib borishidan dalolat beradi.

"Chayon" Chayon qasoskorlikni, buzuqlikni, makkorlikni bildiradi. Agar tushingizda sizni chayon chaqib olganligini ko'rsangiz, o'ngda siz g'iybat va soxta ovozalar qurboni bo'lasiz. Tushga o'lkan qirra chayon kirsa - bu katta o'zgarishlardan dalolat. Sizning chayon o'ldirayotganingiz tushda ko'rinsa, o'ngingizda dushmaningizni makkorona rejalarini barbod qilishga erishasiz. Agar tushingizda o'zingizning chayon burjida ekanligingizni ko'rsangiz - bu, voqealarni sizning foydangizga kutilmaganda o'zgarishlarydan dalolat beradi. Agar siz tushingizda Xitoyliklarning chayondan tayyorlangan g'ayri oddiy taomini tanovvul qilayotgan bo'lsangiz - o'ngda siz shunday kishi bilan uchrashasizki, u sizning xayotingizning tuliqligini ta'minlaydi va o'nta ko'plab ta'assurotlar baxsh etadi.

 
MASTERDate: Dushanba, 30-Sen-2013, 23:10 | Message # 8
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:
"Fil" Fil donishmandlik, qudrat, ba'zi hollarda qasoskorlik va shafkatsizlik timsolidir. Agar tushda yelkasida yulduzlar mavjud bo'lgan fil namoyon bo'lsa, bu Amerikada xokimiyatga respublikachilar partiyasi kelishini bildiradi. Agar tushingizda siz oq filni ko'rgan bo'lsangiz, demak, o'ngda siz foydasiz muvaffaqiyatga erishasiz. Tushda o'zingizning o'limingizni ko'rsangiz, sizning yanada uzoq, yashashingizdan guvoxlik beradi. Agar sizga yaqin kishingizni o'layotgani tushda ko'rinsa, bu o'sha kishini uzoq, va baxtli hayot kechirishidan shoxidlik beradi. Ko'plab kishilarning o'limini tushda ko'rish insoniyatning uzoq, yashashidan dalolatdir. Xozirga paytda gapirilayotgan oxirgi zamon yana bir necha ming yillar kelmaydi. Dunyodagi juda muxim kishi o'layotganligi tushingizga kirsa, butun dunyodagi betinchlik va g'alayonlardan ogoh. etadi. To'g'rirog'i, kelajakda haqiqatdan ham juda yuksak martabali odam to'satdan vafot etib, uning o'limidan so'ng siyosiy hokimiyat uchun shavqatsiz kurash boshlanib ketadi. Bu kurash katta fuqarolar urushiga, hatto jahon urushiga aylanib ketishi mumkin. Tushda bemor odamning vafotini ko'rish - unchalik uzoq bo'lmagan vaqt ichida XX asr vabosi OITS davosi topilishini bildiradi. Ushbu dori tufayli kasali yo'qdan ko'plab kishilar o'z dardlariga davo topadilar, birmuncha vaqt o'tganidan so'ng bu ajal keltiruvchi kasallik sayyoramizdan butunlay yo'q qilinadi. Azobli ajaldan vafot etayotgan kishining tushga kirishi yomon alomatdir. Bunday tush kelajakda Chikatilo kabi odam paydo bo'lib, fosh qilingunga qadar ko'plab kishilarning hayotiga zomin bo'lishini bildiradi. Tush ko'ruvchiga bunday tush uning shunday berahim, balki odamxo'r (monyak) bilan uchratishingizni oldindan xabar beradi. Klinik o'lim xolatidagi kishini tushda ko'rish ta'biri shundayki, kelajakda sizni muvozanat holatidan bir necha yilga chiqarib yuboradigan xodisa ro'y beradi. Bunda sizga dunyoda, mamlakatingizda, shaxringizda, xatto oilangizdagi hamma narsa befarq bo'lib ko'rinadi.

"It" It - sadoqat timsoli, ramzidir. Daydi itni tush ko'rish katta mexnat va mashaqqat bilan to'plangan mol dunyo 2006 yilda osongina sovurilishidan dalolat beradi. Umuman oppoq katta kuchuk tushga kirsa - bu, qishda, shimoliy davlatlar sanoatida va turmush darajasida axvolning yomonlashishi alomatidir. Oyog'ida uyqudagi ilon yotgan itni tushda ko'rish 2001 yilda hech kim kutmagan va hech kim oldindan bilmagan ittifoq tuzilishidan, uning *uzoqga muljallanib it kabi sadoqatli va ilon donishmandligi singari samarali bo'lishidan darak beradi. It qiyofasidagi odam tushga kirsa, bu ko'r odamga va uning yaqin qarindoshlariga ta'alluqli yangi kashfiyotlar belgisidir. Kit bilan munozara olib borayotgan itni tushda ko'rish - yangi qonun asosida jaxonda xaqiqiy muvozanatning vujudga kelishiga yordam beradigan eng kuchli o'lim keltiruvchi qurolning qo'llanilishidan ayon etadi.

"Boyqush" Tushda boyqushni ko'radigan bo'lsangiz, bu kelajakda sizni jodugarlik ilmini mukammal egallagan kishi bilan uchrashish kutayotganligini bildiradi. Agar tushingizda ko'p boyqushlar ko'rinsa, bunday tush vaqti kelib yer yuzasida qora kuchlar xukmronlik qilishidan guvoxlik beradi. Tushda boyqushni o'ldirish - bu, o'ngda sizning yovuz kishi ta'siridan qutilishga erishishingizni bildiradi. Agar tushingizda boyqushning ovozini eshitsangiz - bu yomon alomat. Bunday tush kelajakda sizga juda ko'p qayg'u keltiradigan daxshatli xabar olishingizni ayon etadi.

"Qamoqxona" Qamoqxona erksizlik, odamovilik va yolg'izlik timsolidir. Tushda o'zingizni qamoqxonada tutkin holatda ko'rsangiz, demak, o'ngda siz o'ylaganlaringizni amalga oshirishga xalaqit berayotgan bir qancha tadbirlar ta'siridan chiqa olmayapsiz. Agar siz tushingizda qamoqxona oynasidan qarayotgan bo'lsangiz, yaqin kelajakda sizning yoningizda shunday odam paydo bo'ladiki, sizning ustingizdan cheksiz xukmronlik qilish ehtimoli mavjud.Sizning qamoqxonadan chiqishga urinayotganligingiz tushda ko'rinsa, bunday tush shoshilinch qaroringiz oqibatlari haqida ogoh etadi. Agar siz tushingizda qamoqxona panjaralarini buzayotgan bo'lsangiz, bu o'zgalar ta'siridan qutilish uchun urunishingizdan dalolat beradi. Tushingizda yaqinlaringizdan birini qamoqda o'tirganligi namoyon bo'lsa, demak, siz o'z yaqinlaringizning ishonchini haddan ziyod suiiste'mol qilyapsiz. Kimnidir qamoqxonadan ozod etish - o'ngda siz zudlik bilan yolg'izlik muammosini hal etishingiz kerakligini bildiradi.

"Asalari qutisi" Tushda asalari qutisini ko'rish bu yaqin kelajakda sizning ko'plab qiyin xal etiladigan muammolarga duch kelishingiz alomatidir. Agar tushingizda bir qancha kishilarning asalari qutisini ko'zdan kechirayotganliklarini ko'rsangiz, bunday tush unchalik uzoq, bo'lmagan vaqt ichida siz yashayotgan davlat xokimiyatiga juda dono kishilar kelishidan, biroq, ularga mamlakatni inqirozdan chiqarish uchun ancha vaqt kerak bo'lishidan shoxiddik beradi. Asalari uyalarini o'z qo'lingiz bilan yasayotganligingiz tushda ko'rinsa - o'ngda yo'lingizda paydo bo'lgan tusiqlarni osonlik bilan bartaraf eta olasiz. Tushingizda kimningdir uya yasayotganligini ko'rsangiz, bu kelajakda sizning hayotingizga katta ta'sir ko'rsatadigan juda kuchli odam bilan uchrashishingizni bildiradi. Tushingizda asalari uyasiga qulingizni tiqayotganligingizni ko'rsangiz – ko'ngil sovushidan dalolat. Bunday tush kelgusida sizning yaqin kishilaringizdan ko'nglingiz qolishidan guvoxlik beradi. Balki, o'sha, siz hozirgacha o'zingizning eng yaxshi do'st deb xisoblab kelgan odam, aslida yovuz, hasadguy bo'lib chiqadi. Tushda asalarisi umuman yo'q uyni ko'rish - jiddiy yo'qotishga ishora. Ehtimol siz juda qimmatli narsangizdan ayrilib, bundan qattiq qaygurasiz.

"Mash'ala"Mash'ala - inqilob, yangilanish, o'zgarishlar, maorif timsolidir. Tushda o'zingizni qo'lingizga mash'ala tutgan xolda ko'rish - yaqin vaqt ichida siz diqqat markazida bo'lishingizni va nixoyat o'zingizning diqqatga sazovor rejalaringizni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lishigizni bildiradi. Yonayotgan mash'alali kishilarni tushda ko'rish -iztirobga tushish va ichki ziddiyatlar alomatidir. Agar tushingizda o'chgan mash'alani ko'rsangiz, demak, o'ngda o'z rejalaringizni amalga oshirib bo'lmasligidan xafsalangiz pir bo'ladi. Yiqilib tushgan mash'aladan yonish chiqishi inqilobdan dalolat beradi. Tushingizda o'z yo'lingizni mash'ala bilan yoritib borayotgan bo'lsangiz - demak, sizning donoligingiz va hayotiy tajribangiz tufayli eng qiyin vaziyatlardan chiqib keta olishingizni bildiradi. Agar tushingizda qo'lingazda mash'ala bilan kitob oldida turganingiz ko'rinsa, oldindan qilingan bashoratning to'g'riligiga guvoh bo'lishingizdan ayonlik beradi. Tushda mash'alani siqib ushlab turgan qo'lni ko'rish - o'ngda o'zgalar ta'siridan chiqishga urinishingizni va doimo ozod bo'lishni xoxdashingizni bildiradi.

 
MASTERDate: Dushanba, 30-Sen-2013, 23:11 | Message # 9
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:


"Buqalamun (Hameleon)" Tushda buqalamunni ko'rish - bunday tush kelajakda butun dunyoda o'zgarishlar ro'y berishidan ogoh etadi. Bu o'zgarish butun bir davlat bilan bir qatorda ayrim kishilarga ham ta'alluqlidir. Agar tushingizda buqalamunning o'z tusini o'zgartirayotganini ko'rsangiz - bu, kelajakda bir qarashda yirik va foydali ishni sizga taklif qilishlaridan guvohlik beradi. Bu tush sizga mazkur ishda qatnashmaslikni, aks holda barcha mol-mulkingizdan ayrilishingizni bildiradi. Tushda savodsiz kishi bilan uchrashish - bunday tush ayni paytda sizning muxim ishga qo'l urmasligingizni, chunki siz bundan kelajakda qattiq afsuslanishingizni ogohlantiradi.

"Cherkov"Cherkov - madaniy yuksalish, ma'naviyat, ozodlik timsolidir. Tushda oltin gumbazli oppoq cherkovni ko'rsangiz - mamlakatda madaniyat, uning axloqiy va ma'naviy asoslari gullab-yashnashidan, umumiy birlashishidan dalolat beradi. Vayron qilingan cherkov tushga kirsa, bu kasallikni, ma'naviy azob chekishni bildiradi.Agar tushingizga sizning cherkov xizmatida ishtirok etayotganingiz kirsa, o'ngda vijdon azobini boshdan kechirasiz. Cherkov qurayotganlikni tush ko'rish - sizning intilishlaringiz va bilimlaringiz yuz karra munosib taqdirlashishiga ishora. Tushda cherkovni ilon urab yotganligini ko'rish - yomon alomatdir. Bu insoniyatga taxdid, chunki butun insoniyat boyliklari yovuzlik tomonidan yakson qilinadi. Agar tushingizda cherkov eshigiga qulf osigliq turganligini ko'rsangiz - extiyot bo'ling! Sizning odamoviligingiz va yolg'izlikka moyilligingiz sizga qadrli va yaqin kishini sizdan uzoqlashtirishi mumkin.

"Soatlar" Tushingizda qadimiy soatlarga qarayotganlik - kelajakda sizning o'tmishdagi xatolaringizdan qattiq pushaymon bo'lishingizni bildiradi. Balki bu tushda sizning ajdodlaringiz qilgan xatolari uchun xijolat bo'lishingiz alomatidir. Devor soatining tushga kirishi - kelgusida oldingizda butun hayotingizni tubdan o'zgartirib yuboradigan nimadir turganligini bildiradi. Agar tushingizda qo'l soatini ko'rsangiz, bunday tush o'ylab qo'yganlaringizni ro'yobga oshirish uchun vaqtingiz yetmasligini ayon etadi. Ehtimol, siz yashayotgan davlat raxbari o'z islohot va loyihalarini amalga oshirishga ulgurmasligini bildiradi. Tushda siferblati yo'q soatdan vaqtni aniqlashga urinayotganlikni ko'rish - yomon alomat. Siz bilan ro'y beradigan voqealar odatdagiga o'xshamaydi va shuning uchun ham sizning qattiq kayfiyatingizni buzadi. Soat chiqillashini tushda eshitish - yaqinlaringizdan biri sizning yordamingizga juda muhtojligidan shoxidlik beradi. Qancha tez yordam ko'rsatilsa, shunchalik yaxshi bo'ladi.

"Odam"Qoyada o'tirgan odamni tushda ko'rish, uzoq kelajakda tush ko'ruvchi hayotida misli ko'rilmagan voqealar ro'y berib, uning hayotini tubdan o'zgartirib yuborishini bildiradi. Tushda yovuz, zuravon kishini ko'rish, bu hokimiyatga zolim odam kelib, yer yuzasiga urush, ochlik va qashshoqlik olib kelishi alomatidir. Agar tushingizda qashshoq odam ko'rinsa, kelajakda siz katta ko'ngilsizlikka duchor bo'lib, natijada, butun mol-mulkingizdan, boshpanangizdan va sodiq do'stingizdan ajralishingizdan dalolatdir. Agar siz tushingizda bir talay qashshoqni ko'rsangiz, bu ko'pgina xalqlar qashshoqlikda hayot kechirishini bildiradi. Badavlat kishini tushda ko'rish - yaxshi alomatdir. Sizni yaqin kishilaringiz davrasida kam-ko'stsiz hayot kutadi. Agar tushda ko'plab o'ziga to'q odamlar namoyon bo'lsa - butun dunyo xalqlarining baxtiyor hayot kechirishiga ishora. Agar tushingizda yarador kishini ko'rsangiz, bu demak, sizga yaqin kishilardan birining nafaqat uy-joyidan, moddiy boyliklaridan, oilasidan ajralishi, balki o'zining ham jiddiy jarohat olishini ayon etadi.

"Sana"Sana ifoda etilgan taqvimni tushda ko'rish - ushbu ko'rsatilgan sanada tush ko'ruvchi bilan daxshatli hodisa ro'y beradi. Tushda qandaydir xisoblarni amalga oshirish - sizga qarshi o'ylangan yovuzlikni bartaraf etishning uddasidan chiqishingizdan guvoxlik beradi.

"Shar" Tushda yer tomon uchayotgan olovli sharni ko'rish - bunday tush kelajakda yerga uni vayron qila oladigan katta meteorit xavf solayotganligidan xabardor etadi. Bunday tush ko'ruvchini baxtsizlik kutadi. Agar sizga yer shari tushda ko'rinsa, bu tush bizning sayyoramiz xavf ostida ekanligini ayon etadi. Binobarin, bu xavf tashqaridan kelmaydi, u kishilarning o'zidan vijudga keladi. Gap shundaki, sayyora axolisi bizning nozik yulduzda yashayotganligimizni va xayotning o'zi bizga yuksak darajada baxsh etilganligini unutib qo'yganlar. Xar bir mamlakat, hatto xar bir kishi nazarida o'zini o'zgalardan kuchli xisoblab, buni hammaga, qurol va kuch yordamida o'zining ustunligini butun dunyoga ko'rsatib qo'ymoqni istaydi.Tushingizda ulkan qora sharning Yerga yaqinlashayotganligini ko'rish - Yerga ekologik xaloqat xavf solayotganligini va bu turli zavodlar havoni zaxarlayotganligini, u tashlanayotgan chiqitlardan vujudga kelishini bildiradi. Shunday vaqt keladiki, Yerni kulrang budut koplaydi. Er yuzasida nur taratayotgan sharni tushda ko'rsangiz, bu tush Yerga boshqa sayyoralardan tirik mavjudotlar kelib, yerliklar bilan muloqotda bo'lishlarini va ularga ko'plab yangi, qiziqarli ma'lumotlarni so'zlab berishini bildiradi. Tush ko'ruvchiga bunday tush kelajakda uning noaniq. narsadan qattiq daxshatga tushishidan ogoh. etadi. Tushda olovli shardan qochish - daxshatli urush darakchisi. Ehtimol, bu ko'plab dunyo mamlakatlarini qamrab oladigan uchinchi jaxon urushi bo'lari. Tush ko'ruvchiga bunday tush mazkur urushda u nafaqat ko'p narsa yo'qotishini, balki ushbu daxshatli urushda hayot uchun emas, o'lim uchun faol ishtirok etishini bildiradi.

"Olma"Tushda katta pishgan olmani ko'rish - tez fursatlar ichida bu yo'q kashfiyotlar amalga oshirilish belgisidir. Tush ko'ruvchiga esa bu tush kelajakda ko'plab kishilarning xurmatini kozonishidan darak beradi. Agar chirigan olma tushingizga kirsa - siz shug'ullanayotgan ish muvaffaqiyatsiz tugashini bildiradi. Olma yeyayotganligi tushingizga ko'rinsa - bu sizning taqdiringizga katta ta'sir etadigan go'zal ayol bilan uchrashishingizga ishora. Ehtimol, bu tush, kelgusida dunyo davlatlaridan birining tepasiga ayol kishi kelishidan va u butun dunyodagi qudratli davlatga aylantirishga muvaffaq. bo'lishidan dalolat berayotgandir. Agar siz tushingizda juda ko'p olma ko'rsangiz, bunda kelajakda olma shaklidagi g'alati meva mavjudligi aniqlanadi. Bu meva odamlarga sog'lik, va yoshlik baxsh etadi.

"Tuxum" Tuxum - yangi hayot vujudga kelishi, tiklanish alomatidir. Tushda tuxumdan qandaydir mavjudotning chiqib kelayotganligini kuzatish - tez fursatlar ichida siz yer yuzasida tirik mavjudotning paydo bo'lishiga guvoh bo'lib qolishingizdan dalolatdir. Yosh xomilador ayollar shunday tush ko'rsa farzandini muvaffaqiyatli tug'ib olish alomatidir. Tushda g'ayritabiiy katta tuxum topib olish - kelajakda katta g'ayritabiiy xayvon tuxumi topilishini bildiradi. Ehtimol, bu qachonlardir qirilib ketgan dinozavrniki bo'lib chiqar. Agar tuxumni sindirganligingizni tush ko'rsangiz, bu tush sizni jinoyatga qo'l urishingizni bildiradi. Ehtimol, qandaydir tirik mavjudotning hayotiga zomin bo'larsiz. Agar kimdir tuxumni sindirganligini tushda ko'rsangiz, kelajakda beraxmlarcha qotillikning beixtiyor guvoxi bo'lib qolasiz.

"Qirg'iy" Qirg'iy - shafqatsizlik, tezkorlik, xavf-xatar timsolidir. Tushda parvoz qilayotgan qirg'iyni ko'rish - o'ngda jamoatchilik hurmatini, e'tirofini, sharaflashini qozonishi bildiradi. Agar siz tushingizda qirg'ayning pastga otilib, o'z o'ljasini tutib olganligini ko'rsangiz, demak, o'ngda siz xunuk qilmishning guvoxi bo'lib qolasiz. Agar qirg'ayning xujum qilganini tush ko'rsangiz, demak, sizga dushmanlaringiz pastq'amlikdan zarba berishga intilayotganligidan dalolatdir. Yarador qirg'iyni tushda ko'rish, demak, do'stlaringiz sizga dushmanlar tomonidan o'ylangan makkorliklarini amalga oshirishlariga xalaqit beradilar. Qirg'iyni qanday o'ldirayotganligingizni tush ko'rsangiz - o'ngda kuchli va makkor dushmandan qutulasiz. Katta, qora qirg'ay falokat va vayronalik timsolidir.

"Kaltakesak" Kaltakesak - yovuzlikni, beraxmlikni, zo'ravonlikni namoyon etuvchidir. Chiroyli kaltakesakni tush ko'rish - xavfli odam bilan kelishuvda yashash, chap berib qutilishni bildiradi. Katta kaltakesak tushga kirsa - boshlanishi vaximali bo'lib ko'ringan nima bilandir yoki kim bilandir uchrashishingizdan darak beradi.
 
Solih_96Date: Chorshanba, 02-Okt-2013, 08:29 | Message # 10
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:
rahmat
toshbaqa korsachi?


<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: