• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
HAYOT UCHUN MASLAHAT
DURDONDate: Dushanba, 09-Sen-2013, 00:36 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
HAYOT UCHUN 15 MASLAHAT.

Hayot eng katta muallimdir. Faqat undan nima o'rganishni bilish lozim. Uning sinovlaridan salomat o'tish uchun kishiga katta shijoat, aql-zakovat va tajriba kerak bo'ladi. Bunday tajribaga erishishning o'zi oson emas. Agar hayotda hech vaqt yutqizmay desangiz, quyidagi 15 ta eng oddiy maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing.

1. Qo’ng’iroq qilishga va’da berdingizmi, qo’ng’iroq qiling.

2. Kechga qolyapsizmi? Ogohlantiring.

3. O’zgalar orzusi ustidan kulmang.

4. Bir bor xiyonat qilgan kishi bilan qayta do’stlashmang. Chunki u o’zgarmaydi.

5. Ota-onangizga ko’proq vaqtni ajrating va ularga ko’proq yaxshilik qiling. Chunki ular g’animatligini esdan chiqarmang.

6. Halimlik, shirin so’z bilan dunyoni olish mumkin. Shirinso’z va shirinsuxan bo’ling.

7. O’z xatoingizni tan olishni biling.

8. Shikoyat qilaverishdan o’zingizni tiying. Chunki birovning tashvishi birovga yoqmaydi.

9. O’zgalar ortidan g’iybat qilmang.

10. Jahlingiz chiqqan paytda uxlab dam oling. Har qanday holatlar o’tkinchi ekanligini unutmang.

11. Faqat oldinga harakat qiling. Sinab ko’ring, foydasi tegadi.

12. Har qanday jiddiy bahsda ham birovning ko’nglini og’ritmang. Siz bir kuni u bilan yarasharsiz, ammo ko’ngilda asorati qolishi mumkin.

13. Hamma vaqt rost so’zlang, shunda xotirjam bo’lasiz.

14. Fikr keldimi? Yozib qo’ying.

15. Qiyin ishlaringizni kunning birinchi qismidayoq bajarib qo’ying, kunning qolgan qismida u haqda o’ylab yurmaysiz. Bu maslahatlar qachonki, ularga rioya qilsangizgina foyda beradi. Fikrlaringizni kutib qolaman! Hayot hamisha totli, uning qadriga yeting


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: