• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
O‘zbekiston (Umumiy ma’lumotlar)
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 07:15 | Message # 1
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 07:25 | Message # 2
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Geografik joylashuvi

O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan, maidoni 447,4 ming kv. km. Respublika chegarasi g‘arbdan sharqqa - 1425 km, shimoldan janubga qadar - 930 km. Respublika Qozogiston, Qirgiziston va Tojikiston, Turkmaniston, Afgoniston bilan chegaradoshdir.


 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 07:31 | Message # 3
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Rel'efi

O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitlarga ega. Mamlakat hududi o’ziga hos past - tekislik va tog‘ rel’efini o’z ichiga oladi.
O’zbekiston hududining katta qismini (4/5 qismi atrofida) past tekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon past-tekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir tog‘ tizmalari joylashgan. O’zbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon cho’llaridan biri - Qizilqum yastanib etadi.


 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 07:33 | Message # 4
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Iqlimi

O’zbekiston iqlimi keskin o’zgaruvchan kontinental iqlimdir. Mintaqadagi kunduzgi va tungi, ezgi va qishki havo harorati keskin farqlidir. yillik havo harorati farqi sezilarli darajada yuqori. Pasttekislik hududlarida yillik yog‘ingarchilik miqdori -120-200 mm., cho’l hududlarida -1000 mm. gacha etadi. Yog‘ingarchilik miqdori kam bo’lgani sababli, qishloq xo’jaligi sun'iy sug‘orish tizimiga bog‘liqdir.

Ichki suv havzalari

Mamlakatning eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. Amudaryo uzunligi -1437 km., Sirdaryo - 2137 km.ga etadi. O’zbekistonning ko’pgina ichki daryolari suvi oquvi davomida keng dashtu-cho’llarga singib ketadi, faqatgina Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga borib quiyladi. Respublikada yil davomida suv bilan ta'min etib turuvchi Chordaryo kabi bir necha sun'iy ko’llar mavjud.

Tuproq va o‘simliklari

Pasttekisliklar cho’l o’simliklari, tog‘lari esa dasht, o’rmon va tog‘oldi yailovlari o’simliklaridan iborat.

Haivonot dunyosi

Mamlakat faunasi juda turli-tumandir. Cho’llarda juda kamyob hisoblanagan sayg‘oq va uzunligi 1,5 metrga teng echkiemar, baland tog‘larda esa qor barsi va tog‘ echkisining noyob turlari va ayiqlar uchraydi.

Tog‘ tizimi

Respublika territoriyasining 1/5 qismini tog va tog‘oldi hududi tashkil etadi. Sharqiy hududi o’rta va baland tog‘li rel’efdan iborat: respublika hududi Garbiy Tyan-Shan (Ugom, Pskem, Chotqol va Qurama tog‘ tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Ko’hitangtog‘ va Boysuntog‘ tog‘ tizmasi) tog‘ tizmalari yonbagrini o’z ichiga oladi. Janubdan g‘arbga tomon ular qiyalab boradi va pasttekislikka qo’shilib ketadi. Ushbu tog‘lar orasida ulkan Qashqadaryo, Surhondaryo, Zarafshon va Samarqand vohalari yastanib etadi. Bularning eng kattasi hisoblangan Farg‘ona vodiysi -370 kilometr, kengligi 190 kilometrga etadi. U uch tomondan baland tog‘ bilan o’ralgan va faqat g‘arb tomoni tekislikdir. Afg‘oniston bilan chegara hududda Amudaryo del'tasi yoylib yotadi.

 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 07:36 | Message # 5
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Tabiiy zahiralari

O’zbekiston ulkan sanoat va mineral - hom ashyo, qishloq ho’jaligi mahsulotlari, qayta ishlash jarayonida olinadigan katta miqdordagi yarim tayoer mahsulotlar, tabiiy boylik zahiralari va rivojlangan infratuzilma imkoniyatlariga ega.
Er osti zahiralarini zamonaviy ravishda izlab topish ishlari qimmatbaho, rangli va noyob metallar zahiralari, turli organik yoqilg‘i mahsulotlari, neft, tabiiy gaz va gaz kondensanti, qo’ng‘ir va yarim koksga oid ko’mir, slanes yoqilg‘isi, uran va ko’pgina qurilish uchun zarur hom ashyo turlariga boy konlarni o’zlashtirish bilan bog‘liqdir.
O’zbekiston hududida taxminan yuzdan ortiq mineral hom ashyoni o’z ichiga olgan, binobarin bulardan 60 turi iqtisodiyotda allaqachon foydalanilayotgan, ko’pgina foydali qazilmalar kompleksi aniqlangan.
O’zbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzi, fosforitlar, kaolin kabi foydali qazilmalar zahirasi bo’yicha nafaqat MDH davlatlari o’rtasida, balki butun dunyoda etakchi o’rin egallashi tasdiqlangan. Jumladan, oltin zahirasi bo’yicha dunyoda to’rtinchi, uni qazib olish bo’iycha ettinchi, mis zahirasi bo’iycha o’ninchi – o’n birinchi o’rinlarni, uran zahirasi bo’iycha ettinchi-sakkizinchi, qazib olishda o’n birinchi – o’n ikkinchi o’rinlarni egallashi qayd etilgan.
Mamlakatda 3000 ta foydali qazilma koni aniqlangan bo’lib, ularning 1100 tasi qazib olishga tayyor, hususan, 50 tasi asl, 41 tasi rangli, nodir, raddioaktiv va qora metallar, 187 tasi yoqilg‘i energetika, 19 tasi kon-kimyo kabi foydali qazilma konlaridan iborat.
O’zbekiston hududida sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan 86 ta neft koni ochilgan. Aniqlangan oltin zahiralari bo’yicha Respublika jahonda 4-chi, qazib olish darajasi bo’yicha 9-chi o’rinda, uran zahirasi bo’yicha O’zbekiston jahonda 7-8 o’rinlarni egallaydi.


 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 07:40 | Message # 6
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Sanoat

O’zbekiston iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotni atroflicha erkinlashtirish yo’liga o’tdi va hususiy mulkchilik etakchi o’rinda turadigan, davlat va nodavlat sektorlarini o’z ichiga oladigan ko’pukladli iqtisodiyotni barpo etmoqda.
Sanoat O’zbekiston iqtisodiyoti industrial sektorining etakchi bo’ginidir. Tayor mahsulotlar olish uchun zarur tarkibiy qismlar mamlakatning o’zida yaratilayotgan eqilg‘i–energetika, kon-metallurgiya, oziq-ovqat va engil sanoat korhonalarida lokalizatsiya darjasi eng yuqoridir.
O’zbekiston energetika tizimi Respublika iqtisodiyoti va aholisining elektr-enegriyasiga bo’lgan ehtiyojlarini to’la ta'minlaydi va boshqa davlatlarga eksport qiladi. O’zbekiston energetika tizimining umumiy o’rnatilgan quvvati 12,3 mln. kVt.dan ortiq bo’lgan 38 ta issiqlik va gidravlik elektrostantsiyalarida yiliga 60 mlrd. kVt.dan soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Neft va gaz sanoatlari eqilg‘i energetikasi majmuasining eng rivojlangan tarmog‘idir. Mamlakatda kimyo sanoati, qishloq ho’jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik, pahta tozalash sanoati, radioelektronika, elektrotehnika sanoati, qurilish va yo’l mashinasozligi, kimyo va neft mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, engil sanoat, ya'ni pahta tozalash sanoati hamda pillachilik, tikuvchilik, to’qimachilik, tirkotaj sanoati, mebel, oziq-ovqat kabi sanoatlar rivojlangan.
 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 07:41 | Message # 7
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Qishloq ho‘jaligi

Respublika qishloq ho’jaligi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim va yirik, mehanizatsiyalashgan tarmog‘i bo’lib aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining hom ashyoga bo’lgan talabini qondiradi. Qishloq ho’jalikda mamlakatning iqlim, er-suv va mehnat resurslaridan hamda dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish negizida pahtachilik etakchi tarmoq hisoblanadi. O’zbekiston jahonda pahta hosili bo’yicha 5-chi o’rinda, pahta tolasi eksporti bo’yicha 2-o’rinda turadi. Respublikada meva, uzum va sabzavotning yuqori sifatli navlari etishtiriladi va eksport qilinadi. O’zbekiston o’zining sifatli pillasi va qorako’li bilan ham dunyoga mashhurdir.
Respublika aholisining 60 foizidan ziyodi qishloq joylarda yashaydi.


Tashqi siyosat

O’zbekiston Respublikasi halqaro munosabatlarning to’la huquqli sub'ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va halqaro huquqning umum e'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
Chet davlatlar hamda BMT va boshqa halqaro tashkilotlarida O’zbekiston Respublikasining 46 diplomatik va konsullik vakolathonalari mavjud.
Respublika ko’plab halqaro tashkilotlar a'zosi sifatida jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorlik qiladi.
 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 07:42 | Message # 8
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Tashqi iqtsodiy aloqalar

O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo sohasidagi yangi strategiyasi quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:
- tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni ragbatlantirish;
- horijiy investitsiyalar jalb etish;
- tashqi savdoni erkinlashtirish;
- tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va boshqalardir.

Hozir O’zbekiston 140 dan ortiq davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni o’rnatgan. Shulardan 42 tasi bilan o’zaro savdoda qulailik berish rejimi tadbiq etilgan, 47 ta davlat bilan esa investitsiyalarni o’zaro himoya qilish bo’yicha bitimlar imzolangan.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi alohida o’rin tutadi. Kompaniya Osiyo va MDH hududidagi eng iyrik aviakompaniyalardan biridir. 2009 iyli milliy aviakompaniya respublika va dunyoning o’nlab mamlakatlaridan 2 millionga yaqin yo’lovchi tashidi.


O’zbekiston Respublikasi Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiet Banki, Halqaro valyuta Fondi, Islom taraqqiet banki kabi qator halqaro moliya tashkilotlarining a'zosidir.
Respublika bir necha halqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar bilan ham yaqindan hamkorlik qilmoqda.
 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 07:42 | Message # 9
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Iqtisodiy ko‘rsatgichlar

2009 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o’sishi 8,1 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9,0 foizga ko’paidi, qishloq ho’jaligidagi o’sish 5,7 foizni tashkil etdi, chakana savdo ailanmasi 16,6 foiz, aholiga pullik xizmat ko’rsatish 12,9 foizga oshdi.
2009 yili 7,3 million tonnadan ortiq don, shu jumladan, 6 million 600 ming tonna bugdoy etishtirildi, 3,4 million tonna paxta xom-ashyosi tayyorlandi.
Iqtisodiyotga investitsiyalar kiritish hajmi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa 2008 yilga nisbatan 24,8 foizdan ko’p demakdir. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 68 foizga o’sdi, eng muhimi, ularning asosiy qismi to’gridan-to’gri kiritilgan investitsiyalar bo’lib, ularning hajmi 1,8 barobar oshdi.
O’zbekistonning jahon moliyaviy inqiroziga qarshi choralar dasturini amalga oshirish borasida erishgan yutuqlari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari va iqtisodiy institutlar, jumladan, Xalqaro valyuta jamgarmasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va dunyoning boshqa bir qator etakchi moliyaviy institutlari tomonidan e'tirof etildi.
 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 07:44 | Message # 10
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Aholisi

O’zbekiston Respublikasining aholisi 27 mln. kishidan ziyoddir. O’zbekistonda O’rta Osiyodagi jami aholining 1/3 qismdan ko’progi yashaydi. Respublikada 130 dan ziyod millat bor. Davlat tili - o’zbek tili. Rasmiy til –rus tili.

Dini

O’zbekistonda 16 dan ziyod konfessiya bor. Islom dini etakchi din hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’grisda»gi Qonun va boshqa hujjatlarni fuqarolarga berilgan kafolatlarni ta'minlash, Davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, ularning horijiy mamlakatlar bilan aloqalarini muvofiqlashtirish vazifalarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’iycha qo’mita bajaradi.


2007 yil holatiga ko’ra, Respublikada 2200ga yaqin diniy tashkilot, jumladan, 1987 ta masjid ro’ihatdan o’tgan. Respublikada Toshkent Islom Universiteti, o’rta mahsus bilim yurtlari hamda pravoslav va protestant seminariyalari mavjud.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi.
Mamlakatda har bir inson hohlagan dinga e'tiqod qilish eki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi. Barcha dindorlar O’zbekistonda va horijda nashr qilinadigan diniy adabiyotlardan erkin foydalanmoqdalar. Qur'onning o’zbek tilidagi dastlabki tarjimasi O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi «Cho’lpon» nashriyotida kitob holida nashr etilgan. Imom Buhoriyning «Al-Jomiy as-Sahih»ning o’zbek tilidagi to’rt jildli asarlar to’plami ilk bor «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyotida chop etildi.



 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 08:02 | Message # 11
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Davlat hokimiyati

Prezident
Oliy Majlis
Hukumat
Sud hokimiyati
Markaziy sailov komissiyasi
Hisob palatasi
Prokuratura
Davlat va ho’jalik boshqaruvi organlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari


 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 08:03 | Message # 12
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Davlat rahbari

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshligidir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi.
O’zbekistonda Prezident lavozim sifatida 1990 yil 24 martda ta'sis etilgan.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’gridan-to’gri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan etti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.


Parlament

O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quiy palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil.


Ijro hokimiyati

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpogiston Respublikasi Hukumatining boshligi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o’z lavozimi bo’yicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a'zolari O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoiyshlari ijrosini ta'minlaidi.
 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 08:04 | Message # 13
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Mahalliy davlat hokimiyati asoslari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’isunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan halq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo’lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.

Sud hokimiyati

O’zbekiston Respublikasida sud tizimi besh iyl muddatga sailanadigan O’zbekiston Respublikasi Konstituciyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy ho’jalik sudi, Qoraqalpogiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo’iycha oliy sudlari, Qoraqalpogiston Respublikasi ho’jalik sudidan, shu muddatga taiynlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo’iycha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’iycha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va ho’jalik sudlaridan iborat.
Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko’rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. Favqulodda sudlar tuzishga io’l qo’iylmaidi.
O’zbekiston Respublikasi Konstituciyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstituciyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radi.
 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 08:05 | Message # 14
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Halqaro aloqalar

31 avgust 1991 yil – O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga keng ko’lamli integraciyalashuvi uchun poidevor qo’iyldi.
O’zbekistonning tashqi siyosati negiziga quiydagi ustuvor tamoiyllar asos qilib olingan: davlat milliy manfaatlarining, halqaro huquq me'erlarining ustuvorligi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, barcha nizolarni tinch io’l bilan hal etish, o’zining milliy-davlat manfaatlari ustuvorligida o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish, biror-bir davlatning ta'sir doirasiga kirmaslik, to’la ishonch, halqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama, shuningdek, ko’p tomonlama tashqi aloqalarni o’rnatish va ularni rivojlantirish.
Bugungi kunda, O’zbekiston dunyoning 120 dan ortiq davlati bilan diplomatik aloqa o’rnatgan. Toshkentda 42 ta elchixona, 1 ta bosh konsulxona, 9 ta faxriy konsul, 10 ta halqaro tashkilot vakolatxonalari, 5 ta halqaro moliyaviy tashkilot vakolatxonalari, 3 ta savdo vakolathonasi faoliyat yuritmoqda.
O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasining 46 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari chet davlatlarda va halqaro tashkilotlar huzurida, shu jumladan, Nyu-Iork shahrida BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasi hamda Jeneva shahrida BMTning Evropa bo’limi va boshqa halqaro tashkilotlari huzurida faoliyat yuritmoqda.
O’zbekiston Respublikasi 100 dan ziyod halqaro tashkilot a'zosidir. Ular orasida ainiqsa BMT, ShHT, MDH kabi nufuzli tashkilotlardir. Evropa Ittifoqi va NATO bilan yaqin hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining eng ustuvor io’nalishi – qo’shni davlatlar, avvalo, mintaqadagi davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash va har tomonlama hamkorlik qilishdir. Mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish – Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va taraqqietning garovidir.
Garb, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, Janubiy-Sharqiy va Janubiy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni izchillik bilan rivojlantirib, O’zbekiston ushbu aloqalarni yangicha ma'no-mazmun bilan to’ldirishga intilmoqda.
O’zbekiston va Evropa Ittifoqi o’rtasida 1996 iylda imzolangan Sheriklik va hamkorlik to’grisidagi Bitimga muvofiq Evropa Ittifoqi bilan siesiy muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanmoqda va mustahkamlanmoqda.
O’zbekiston bilan Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlari, jumladan, AQSh o’rtasida hamkorlik kengaimoqda. O’zbekiston va AQSh havfsizlikka tahdid soluvchi global jaraenlar – narkotik moddalarning noqonuniy savdosi, ommaviy qirgin qurollarini tarqatishga qarshi kurash sohasida hamda Afgonistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasida o’zaro hamkorlikni davom ettirmoqda.
Yana bir muhim io’nalishlardan biri bu MDH davlatlari bilan aloqalardir. MDHga a'zo davlatlar ko’p tomonlama va ikki tomonlama asosda umumiy va milliy manfaatlarni ro’ebga chiqarish uchun o’z poziciyalarini kelishish imkoniyatiga ega.
O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor io’nalishlaridan yana biri – mintaqaviy va global miqesda tinchlik va barqarorlikni saqlashdagi halqaro hamkorlikdir.
 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 08:07 | Message # 15
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Shaharlar

Toshkent - O’zbekiston poytahti


Toshkent vohasi Tyan' Shanning garbiy en bagirlaridan boshlanib, Sirdaryo etaklariga tushadigan keng togoldi tekisligining bir qismida joilashgan. Sharqda u uchta - Ugom, Piskom va Chatqol tog tizmalari bilan o’ralgan bo’lib, bu tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib o’tuvchi daralar ajratib turadi. Bu daryolar qo’shilib Chirchiq daryosini hosil qiladi.
Tahminan uch ming iyl ilgari Toshkent vohasida dastlabki dehqon jamoalari paido bo’lgan.
Toshkent o’z tarihini miloddan avvalgi I asr ohiridan boshlagan.
2009 iylning boshiga kelib, Toshkentning aholisi soni 2 million 200 mingdan oshdi. Aholi soni bo’iycha Toshkent MDH davlatlari orasida to’rtinchi o’rinda turadi.


 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 08:10 | Message # 16
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Samarqand

Samarqand O’zbekiston Respublikasining markazida, Zarafshon vodiysida joilashgan. Samarqand (Toshkentdan 276 km uzoqlikda) eramizdan avvalgi VIYI asrda tashkil topgan. Samarqand O’zbekistonda ikkinchi (Toshkentdan keiyn) iyrik madaniyat markazi hisoblanadi. Samarqand asrlar davomida Buyuk Ipak Io’lining iyrik savdo markazi sifatida tilga olingan.

XIV va XV asrlar davomida Samarqand shahri temuriylar saltanatining poitahti bo’lib kelgan va o’sha davrlarda iyrik ilm-fan, madaniyat markaziga ailangan. Samarqand shahrining tarihiy va madaniy qiymatini hisobga olgan holda O’zbekiston hukumati ushbu qadimiy va hamisha navqiron shaharning tarihiy va madaniy edgorliklarini saqlashga alohida e'tibor qaratmoqda. Hususan, 2007 iylda YuNESKO boshchiligidagi bir qator halqaro tashkilotlar bilan birgalikda nishonlangan Samarqandning 2750 iylligi oldidan Shohi Zinda majmui, Hazrat Hizr masjidini qaita tiklash bo’iycha keng ko’lamli ishlar olib borildi. Samarqandda har ikki iylda bir marta o’tkaziladigan "Sharq Taronalari" halqaro musiqa festivali dunyoning barcha burchaklaridan yuzlab sharq musiqasi sozandalari va ihlosmandlarini o’z bagriga chorlaidi.



 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 08:17 | Message # 17
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Buxoro

Buhoro Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buhoriy, Abduholik Gijduvoniy, Bahouddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro kabi jahon civilizaciyasiga ulkan hissa qo’shgan minglab allomalarning vatani hisoblanadi. Birgina Buhoroning o’zida 7000 dan ortiq allomalar yashab o’tgan.
Qadimiy Buyuk Ipak io’li Buhoro viloyati orqali o’tgan. Buhoro 2500 iyllikdan ortiq boi tarihga ega. Buhoroda juda ko’plab betakror qadimiy obidalar saqlanib qolgan bo’lib, mustaqillik iyllarida ular obod va go’zal zieratgohlarga ailantirilgan. Ana shundai tarihiy obidalarning 2000 dan ortigi YuNESKO tashkilotining muhofazasiga olingan. Bugungi kunda ham Buhoro O’zbekistonning ilm-fan, hunarmandchilik, ma'naviyat va saiehlik markazlaridan biri hisoblanadi.
Buhoro shahrida halqaro aeroport, zamonaviy kommunikaciya tizimlari, halqaro darajadagi mehmonhonalar mavjud.


 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 08:20 | Message # 18
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Xiva

Qadimiy Xiva O’zbekistonning shimoliy garbida joilashgan. Xivadagi me'moriy obidalar bugun dunyo ahlining e'tiborini tortib kelmoqda. Bu erda Ark, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishanqal'a edgorliklari alohida ajralib turadi. Xivadagi Ichanqa'la edgorlik majmui esa YuNESKOning Umumjahon merosi ro’ihatiga kiritilgan. Sharq durdonasi bo’lgan qadimiy Xiva shahrining 2500 iylligi 1997 iylda halqaro miqesda keng nishonlandi.
Xalqimiz ma'naviyatining noyob yodgorligi bo’lgan «Avesto» kitobi ham Xorazm tuprogida yaratilgani bugungi kunda ko’pchilikka yahshi ma'lum.
Bu zamin dunyoga algebra, algoritm kabi fanlarga asos solgan Muhammad Muso Xorazmiy, Xristofor Kolumbdan besh yuz iyl oldin Atlantika ummoni ortida quruklik, noma'lum qit'a borligini aitib, erning ailana shakldagi haritasini yaratgan Abu Raihon Beruniy, arab tilining mukammal qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, butun musulmon olamida Jorilloh, ya'ni Ollohning qo’shnisi, degan nomga sazovor bo’lgan Mahmud Zamahshariy singari allomalarni bergan.


 
SAKINADate: Dushanba, 25-Fev-2013, 08:21 | Message # 19
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bayramlar

1-yanvar – Yangi yil
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni
8-mart – Xalqaro hotin-qizlar kuni
21-mart – Navro‘z bayrmi
9-may – Hotira va qadrlash kuni
1-sentyabr – Mustaqillik bayrami
1-oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni
8-dekabr – Konstitutsiya kuni
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: