• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Forum » ARXIV » Yopilgan mavzular » Kutubxona » MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI
DURDONDate: Payshanba, 18-Okt-2012, 15:19 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:


Hay-hay, uyat!

Hay-hay, uyat, jon o'lan,
Kelin keldi, yo'lni och,
Ne ko'z bilan ko'rayki,
Kelin yarim yalang'och.

Sharqning qizi bo'lganda,
Bo'lib sharmu hayosi,
Bunchalar ochiq-sochiq,
Bo'lmas edi libosi.

- Kelin qaydan? - so'radim
Bitta kelin-oyidan,
Kesatdi: - Shu qishloqning
"Parij" degan joyidan.

- Yo, tavba! O'zimizning
Qizimizmi bu hali?
Otabeklar, Kumushlar
Kiygan liboslar qani?

Ko'ylagi uzuq-yuliq,
Yelkalari yap-yalang,
Voy-o'lay! Qo'ltiqlari
Ko'rinyaptiku, qarang.

Ayol kishi bo'lsam ham,
Junjikib ketti etim,
Ko'krak yarim ochilib,
Bo'b turibdi bir yutum.

Bu libosda qizlarni,
Ko'rgandim kinolarda,
Bo'lar edi g'arbdagi
Ko'ngilochar joylarda.

Yozilardi u joylar
Eshigiga hammasin:
"O'n oltiga to'lmagan
Bolakaylar kirmasin".

Yopiqqina bo'lmasmi
Axir, "siyna", degan joy
Hamma ko'rdi, kuyovga
Nima qoldi endi, voy?!

Yirtilib ketganmikin,
Yoki ochgan jo'rtaga?
Qaynotasi uyalib
Chiqib ketti ko'chaga.

O'g'lin so'kar ichida,
Qanday bo'g'ilmay tursin:
"Uni - u, buni - bu", deb
Topgan xotinig qursin.

Badaniga qarasam,
Oriyatdan qaqshayman,
Xotinlar xammomida
O'tirganga o'xshayman.

Qaynona: "Yelkasini
Yoping!" deb imlayapti,
Yanga der: "Yopay desam,
Kelin unamayapti".

Qaynonasi garg'azab,
Ichida der: "To'y o'tsin,
Kuningni ko'rsataman,
Qiz bo'lmay beting qursin!"

Ro'molin uchin bilan,
Bekitvolib og'zini,
Kampirsholar uyalib
Chetga olar o'zini.

Namoyishga ochilgan,
Bo'yin, qo'ltiq, yanoqlar,
Ko'zi bilan "yeb qo'ysam",
Deb turipti bo'ydoqlar.

Qanday chidab tiripti,
Kuyov munchalar royish,
Kelinnnig ziynatlarin
Qilib qo'yib namoyish.

Kuyovga qaradimu,
Orim keldi, bo'ldim lol,
O'tiribdilar "okam"
Tirjayvolib bemalol.

Shom bo'ldi, tugadi to'y,
Karnayning o'chdi uni,
Tamom bo''ldi, ming shukr,
"Ochiq yelkalar kuni".

Qasd qildim: to'y qilaman,
Qizim Osiyoxonga,
Sharqona to'yliboslar
Chiqqanida do'konga.


 
DURDONDate: Payshanba, 18-Okt-2012, 15:20 | Message # 2
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Erim yurib ketdi

Mani erim yurib ketdi, yurak bag’rim kuyib ketdi
O’zim bilsam go’rga edi bu ovoza bo’lib ketdi
Kech keladi ishidan ham ayrilganday hushidan ham
Yurganini bilsa bo’lar ko’rayotgan tushidan ham
Ro’zg’or, bola manga qolib o’tiradi o’yga tolib
Telefoni jiringlasa gaplashadi bekinvolib
Har nodon der folbinga bor issiq sovuq sehr bergin
Biron dono aytmaydiki eringni sev mehr bergin
Bolalarim bilishmasin ko’z yoshimni ko’rishmasin
Kongli qolib otasini yomon ko’rib qolishmasin
Qaynar g’iybat iya-iya eriz uylanvoganmisha
Yonin olib urishaman ajab qibti sizga nima
Opam ko’rib boshlar rosa xotinbozmish ering rosa
Nima qisin xotinlariz o’zi erkakvoz bosa
Eplabtimi yurivosin mayli o’ynab kulivosin
Mani mulki davlatimda davru-davron surivosin
Voy sen axmoq voy sen beor sanga kerak bo’lmasa yor
Sot kimoshdi savdosida mahallangda ochib bozor
Pochchangni ko’r qanday erkak chakki yurmas toza yurak
Mani erim zo’rda sizzi latta eriz kimga kerak
Voy zo’r bo’lgan ering qursiz bino qo’ygan shering qursin
Sanga jonim kuyibdiya yurmog’idan ortiq yursin
Qizg’anmediyam eh sani yana ortiq kerilgani
Nimasini qizg’anaman tortmidimi yeyilgani
G’iybat qilib ochmang bozor hamma ishni fursati bor
Endi bitta olibdi asli tortagacha ruxsati bor
Yuramanu bermay sirim ammo yurak tilim tilim
Kundoshli xotinlar bekor chhekishmagan ekan chilim
Kimu jonon bilgim kelar aptini bir ko’rgim kelar
Tutib olib sochlarini bitta bitta yulgim kelar
Borgim kemas mehmongayam boqqim kemas insongayam
Janjal qil deb gijgijlaydi ish topildi shaytongayam
Yetib bor der o’sha yerga ikkalasi hozir birga
Bormaymaney jinnimanmi g’ururimni urib yerga
Nima foyda urishlardan qozilashib yurishlardan
O'q otayin kundoshlarga mag’rur qarab turishlardan
Er ko’ngli qush uchib ketar sovuq yerdan ko’chib ketar
Tutmoq uchun don sepayin miltiq ochsam qochib ketar
Ranjimasin erim mayli zo’r ayol er talashmaydi
Boplab qo’yar edimkuya bu ish manga yarashmaydi
Nodonga donolik qilay sahroga daryolik qilar
Do’stim qilsa begonalik man unga oshnolik qilay
Jilsin desam tosh joyidan bo’lay erimni poyidan
Quyosh bo’lib mehrim sochib ayni payt o’sha oyidan
Pardozlab yuz ko’zi qoshni quvnoqlikka olib o’zni
Har tong qarab tosh oynaga takrorlayman bitta so’zni
Ming turlansiz o’sha layli marhaboga o’xsholmaydi
Kiygan bilan kovushimni qilolmaydi yurishimni….!!!!


 
DURDONDate: Payshanba, 18-Okt-2012, 15:23 | Message # 3
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Galati san'at

Bolani qarg'mang,
Duo qiling bolani.
"It", "Eshak" deb so'kishga,
Hayo qiling, bolani.

Rosululloh derdilar,
Yuzlaridan yog'ib nur:
"Bolalar bu - jannatning
Gulu rayhonlaridir".

Tog'ri ba'zida "Gulu
Rayhon"lar ham kuydirar.
Sho'xligi oshib ketsa,
Joningizdan to'ydirar.

Bobom derdi: "Bolani
So'kmoq asli emas ep,
Jahlingiz chiqsa ayting:
"Nodon", "Xumpar" deb.

"Boy bo'lgur", "Ko'paygur" deng
Aslo demang "O'l", "La'nat",
Shuni bilib qo'yingki,
So'kininsh ham bir san'at.

Qaniydi, payg'ambarday
So'ksangiz, qilsam huzur.
Ul zot derdilar, so'ksa:
"Burning erga ishqalgur".

Tildan chiqqan har so'zda,
Ma'rifat, ziyo bo'lsin.
Hatto so'kishingiz ham
Yaxshi bir duo bo'lsin.

Ixlos bilan qilingan,
Har niyating ushalar.
Har so'zga ko'kda "Omin!",
Deb turar farishtalar.

"It" desangiz, it bo'lib,
O'zingizni qopadi.
"Eshak"dan eshak, har kim
O'z tilidan topadi.

Farzandingiz bilan el
Faxrlanib yashasin.
Itu eshak fe'llardan
Parvardigor asrasin.

Olim, shoir, hunarmand,
Polvon bo'lsin bolalar.
Yurtga kerakli, halol,
Inson bo'lsin bolalar.

Bolangizni so'ksangiz,
"Poshsho" bo'lgur", deb so'king.
"Olim bo'lgur", "Xizrga
Oshno bo'lgur", deb so'king.

Og'izdan chiqqan har so'z,
Marhabo, bilki, kushod.
Inson ma'rifatini
O'lchaydigan darajot.

Cho'ntagi bor daraxtlar

Ishdan kelsam hovli betartib,
Xuddi uyda kelinim yo'qday.
Dadamizga murojaat qildim
Eshittirib kelinga atay:

- Dadasi-chi, endi bozordan
Oyog'i bor supurgi oling.
Qolib ketsa yo'lakda darrov
Topib olsin o'zi o'z joyin.

- Nima gap? - deb, dadasi hayron,
Jinnilikka soldim o'zimni.
"Hazil" degan ishora bilan
Qisib qo'ydim unga ko'zimni.

- Olimlar ham topa qolmadi,
Cho'ntak, qo'llik daraxt navini.
Kunda ikki marta supurib
Charchayapti kelin hovlini.

Har daraxt o'z bargini terib,
Cho'ntagiga yig'ib yurardi.
Uyalmasdan mehmon kelsa ham,
Hovlimiz ham toza turardi.

Gaz plitam eskirdi, chog'i,
Qachon ko'rsam bir qarich olov.
Choy qaynatib bo'lgandan keyin,
O'zi o'chsa bo'lardi darrov.

Aqilligin keltirib bering,
Olov poylab o'tar tun-kunim.
Hali o'chir, hali pasaytir,
Charchaydi-da, sho'rlik, kelinim.

Hisoblagich bu yog'da "g'ir-g'ir",
Pulingizni yozib yotibdi.
Tejamasak bo'lmas, uch uyni,
O'sha olov isitayotibdi.

Qumg'on bo'lmay har narsa bo'lsin,
Artib ololmaydi yuzini.
Choy qaynatib, suv tashiydi-yu,
Chomiltirolmaydi o'zini.

Yuvib qo'y, deb, qarab turadi,
Kelinimga shuncha ish kammi?
O'n yil yuvdim, ovora bo'pti,
Kutayotgan bo'lsa u meni.

Jo'mraklardan to'xtamaydi suv,
Jon dadasi, uvol-ku, ko'ring.
Bu esi past jo'mrakni olib,
Esligidan qo'ydirib bering.

"Suvni tejang soy bo'yida ham",
Deyilganin yaxshi bilamiz.
"Har tomchiga javob ber", desa,
Oxiratda nima qilamiz?

Xojayin der: - Do'kon qaerda?
Dedim: - Uni topasiz oson.
"Nodonlarga dono jihozlar"
Deb ustiga yozilgan do'kon.

Izlab chiqib ketdi xo'jayin,
Topdimi, topmadi, kim bilsin.
Olov o'chdi, choynak yuvildi,
Mening gapim topdi egasin.

Baqir-chaqir, qovoq-tumshuq yo'q,
Marxaboga shu usul qulay.
Ilonni ham indan chiqargan,
Shirin so'zdan o'zim o'rgilay.


 
DURDONDate: Payshanba, 18-Okt-2012, 15:25 | Message # 4
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Muxabbat vizasi

O'qidim go'zal hikmat:
"Sizning yaxshilaringiz -
Ahli ayoli bilan
Yaxshi bo'lganlaringiz".

So'kinib jaranglatdi,
Erim o'z xonasini:
-Hoy, ruchkamni kim oldi?
He, o'sha, onasini...

Dedim: - Voy, tilingizni,
Zahar bormi qatida?
Bunday xunuk so'z yo'q-ku,
O'zbekning lug'atida.

Esizgina, yoshlikda
Qanday yigit edingiz?!
"Bitta tabassumingga
Jonim fido", derdingiz.

Dedi: - Yigitchilikda,
Aytgandirman aytganda.
O'sha gap turarkanmi,
Yosh ellikka yetganda.

Elligimda, sevgi, deb,
Boshim qotirmay meni.
Topib ber, ellik so'mga,
Olgan ko'k ruchkam qani?

Dedim: - Telefon raqam
Yozgandim, oling, mana.
Dedi: - Ming bor aytaman:
Mening narsamga tegma.

Kabinetim, yo'lagim,
Izim, soyam, vujudim,
Qo'lingni tekkizmagin,
Bari - mening hududim.

Xayol sursam, yo'talib,
Hududimni buzmagin.
Hattoki tushimga ham,
Taqillatmay kirmagin.

Yashash kerak tartibli,
Meniki bu - meniki.
Cho'qilash yo'q, tegish yo'q,
Seniki bu - seniki.

Ko'nglim cho'kdi, muvabbat
To'ydan keyin o'larkan.
Erkak kishiyam shuncha,
Pastlab ketsa bo'larkan?!

Donishmand bo'lar yoshda,
Ongi shuncha tormikin?
Bu dunyoda jentelman,
Erkaklar ham bormikin.

Alam qildi judayam,
Narsasini olganim.
Ellik so'mcha qadri yo'q,
Ayol bo'lib qolganim.

Shuni sekin aytsa-ku,
Baqirib, so'kinmasdan.
"Gah" deganda qo'liga,
Qo'nmasam, odammasman.

Desa: "Ko'rmadingizmi,
Ruchkam yo'qoldi, poshsho?"
Desam: "Uzr, kechiring,
Men olgandim, mavlono".

Desa: "Hijolat bo'lmang,
Borligingizga shukur,
Menga sirdosh, hamxona,
Yorligingizga shukur.

Mening ruchkam-da, sizga,
Talpinib turar o'zi.
Sizni ko'rganda menday,
Yonib ketadi ko'zi".

Der edim: "Oh, azizim!
So'zingiz totli, muncha?
Nima qilay, buyuring?
Qulingizman o'lguncha".

Qanday go'zal muloqot?!
Oh, jonimni qoqardim.
Mosh-guruch sochlarini,
Silab yuzga bosardim.

Har narsa yoshlikdami,
Sog'liq, mehr, oqibat?
Yosh o'tkanda zarurroq,
Bo'lmaydimi muxabbat?! ...


 
DURDONDate: Payshanba, 18-Okt-2012, 15:27 | Message # 5
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
SHIRIN SO’Z

Ayolga shirin so'zni,
Eri aytib turmasa,
Katta xolasi kelib
Aytadimi bo'lmasa?

Hududin ajratadi,
Erkak bo'lmay o'larsan!
Bizning hududlargayam
Qo'l uzatib qolarsan.

Ikki kishilik yotoq,
To'shagimga, o'rtaga,
Atirguldan "ip" toprib
Bo'lvolaman jo'rtaga.

Erim: - Bu nima? -desa
Biroz hurpayib pati,
Aytaman: - Bu - tamojniy-
Chegara nazorati.

O'ng tomini - sizniki,
Chapi - mening hududim.
Nogoh sizning tomonga,
O'tib ketmasin qo'lim.

Ehtiyot bo'lib yoting,
Tikani bor, bilasiz.
Menda ishingiz bo'lsa,
Viza bilan kirasiz.

Hali jahli chiqadi,
Deydi: - Bu nima qiliq?
Deyman: Endi yashaymiz,
Qoidali, sip-silliq.

Desa agar: - Yig'ishtir!
Deyman: - Janob, urmang do'q.
Muxabbat vizasisiz,
Bu tomonga o'tish yo'q.

"Seniki-meniki"mish,
Noshukur, mullagarang.
Kech kirsa, qaysi go'rda
Qolar ekan chegarang.

Shunday ekan, yashayver,
Qilmasdan g'iring-piring.
Endi, baribir boshqa,
Uylanishga kechikding.

Bu yog'i qancha qoldi?
Yerga urmay, poshnagni,
Holin ko'r oltmish yoshda,
Beva qolgan oshnangni.

Uylanay desa chiqqan
Qizlari tumtayadi.
"Kirin yuvyapmiz-ku", deb
Kelinlar xumpayadi.

Tayyor xizmatkor bo'lsam,
Sen uchun pishir-kuydir.
Shukrimni qilmaysanmi,
Ruchkang boshingda qolgur?!

Qariganda ne kerak,
Marhaboga, bir kaft osh.
Tinchlik, sog'liq, muxabbat,
Va bir dono suhbatdosh.

Sen esa yuravergin
Haqman, deb, gap yo'riqlab.
Muxabbatsiz bir pullik
Hududingni qo'riqlab.

Odamlar kulmasa-ku,
Ayrilib, toq o'tardim.
Yo bir dono chol bo'lsa,
Erga tegib ketardim.

Tovba, tovba, yo, Rabbiy!
O'zing shohid har nega,
Shu injiqqa uchratding,
O'zing sabr ber menga.

Faqat Mahshar kun chorlab,
Ayt: "Marhabo, kela qol,
Senga mukofot -jannat,
Na'im, Ma'vo, tanlab ol".

Shu er bilan o'tdimmi,
Jinni bo'lmay, o'lay man.
Jannati Firdavsingdan
Boshqasiga ko'nmayman.


 
DURDONDate: Payshanba, 18-Okt-2012, 15:31 | Message # 6
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:

Opamning itiga

To'g'rida, yotganing yotgan kun bo'yi,
Bir haftadan keyin Nargizaning to'yi.
Sohibangda shuning tashvishi, o'yi,
Nega tek yotasan, opamning iti?

To'y degani shu-da yugur, chop, ulgur,
Hali kelgani yo'q yotoq garnitur.
"Bizga ne xizmat?" deb, bir o'rningdan tur,
Nega tek yotasan, opamning iti?

Suv tashi, "Lasetti"larin yuvishga,
Do'xtir gaplash, keliniga tug'ishga.
Qarashvor, pochchamga qasr qurishga,
Nega tek yotasan, opamning iti?

Bu yoqda bug'doyi pishib turibti,
Olmalari yerga tushib turipti.
"O'rsammi, tersam" deb, shoshib turipti,
Nega tek yotasan, opamning iti?

Imorat tiklasa odamlar ko'rsin,
Qo'shnining uyidan balandroq bo'lsin.
Hoyu havas o'lsin, manmanlik o'lsin,
Nega tek yotasan, opamning iti?

To'y boshqa to'ylardan zo'rroq bo'lsin, deb,
Sarpo-surug'i ham mo'lroq bo'lsin, deb,
Yuribti-da sho'rlik o'zin o'zi yeb,
Nega tek yotasan, opamning iti?

Kelinnig poyiga gul sochish kerak,
Kuyovning boshidan pul sochish kerak.
Javob ber, qachon qalb nur sochish kerak?
Nega tek yotasan, opamning iti?

Dubaydan kelarmish kuyov sarposi,
Uch milionli emish, kelin libosi.
Bu hammasi bitta to'y g'avg'osi,
Nega tek yotasan, opamning iti?

Elga yot urflarni topvolib har xil,
O'zin qiynayotgan o'zi-ku, axir.
Qachon nurlanadi, bu qalb, bu ko'ngil?
Nega tek yotasan, opamning iti?

Kitob javonining changini qara,
Qodiriy, Ra'noning rangini qara.
Ba hurmati Kumush, yungingni qara,
Nega tek yotasan, opamning iti?

Ilm-ma'rifatning koniydi bu uy,
Olimu fozilning joniydi bu uy.
Ko'hna Sharqning shoniydi bu uy,
Nega tek yotasan, opamning iti?

Shu uy deb ovvora olimu Sulton,
Pok, buyuk sha'niga bo'lishib qalqon.
Qilsam deb turganda obod, farovon,
Nega tek yotasan, opamning iti?

Inson bo'lsa egni butu, qorni to'q,
Nega senchalik ham halovati yo'q.
Javob ber, turmasdan ko'zing qilib lo'q,
Nega tek yotasan, opamning iti?

O'zining yugurib yelgani qolib,
Seni ham ishlatsa yoniga olib.
G'isht olib kelsang-chi, bozorga borib,
Nega tek yotasan, opamning iti?

Yashashni o'zimiz qiyin qilvoldik,
Odam qadrin boylik, buyum qilvoldik.
Hayotmas, bu yog'in o'yin qilvoldik,
Nega tek yotasan, opamning iti?

Qalbimni Shaytonlar egallayotir,
Hoyu havaslar egarlayotir.
Shundan yuragimdan qo'rqinch, xavotir,
Nega tek yotasan, opamning iti?

Marhabo, umrini yemirayotgan ne?
Ko'ngil ganjinasin kemirayotgan ne?
Molparast xeshlarga biron nima de?
Nega tek yotasan, opamning iti?

Kel, ertadan tongda birga turamiz,
Insof, diyonatning bongin uramiz.
"Me'yorda to'xtang!!!" deb birga huramiz,
Nega tek yotasan, opamning iti?


 
DURDONDate: Payshanba, 18-Okt-2012, 15:34 | Message # 7
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
“Savob so’zin ishrat bilan adashtirmang!”

Bir do’konning qarshisida uch-to’rt xotin,
Gurunglashib kutar arzon yog’ navbatin.
O’sha yerdan o’tib qoldi bitta erkak,
Huddi shundan boshlanadi bizning ertak.

U ayollar ichra biri go’zal edi,
O’zi yoshu, ammo so’zi masal edi.
O’sha erkak qarab sekin o’ngu-chapga,
U ayolni quvlik bilan soldi gapga.

Dedi: - Singlim, sizga rahmim keldi juda,
O’rningizga kuyov bola kelmapti-da.
Ayol dedi: - Erim o’tgan, bir bolam bor,
Ikki yilki bir o’zimga qolgan ro’zg’or.

Erkak dedi: - Qiynalibsiz g’amlar yutib,
Yog’ uchun ham yurasizmi navbat kutib.
Navbat kutib yoshligingiz bo’lar uvol,
Erga tegishingiz kerak gulday ayol.

Mening uyim to’la yemish, yog’u unlar,
Omborxonam to’la meva, donu dunlar.
Ikki uyda ikki dona xotinim bor,
Istasangiz bo’ling menga uchunchi yor.

Ayol dedi bir oz o’ylab bir oz kulib:
- Kundoshlarim qo’yishsachi sochim yulib?
Mayliku-ya ikki xotin tinch yotishsa,
Ne qilaman derazamga tosh otishsa?

Erkak dedi: - xotinlarim bilishmaydi,
Bilishmagach, tinch yashaysiz, urishmaydi.
Hammangizni teng ko’raman toqat bilan,

Visol tuni – uch kunda bir navbat bilan.

Ayol dedi kulgusini ichiga yutib:
- O’larkanman u yerdayam navbat kutib.
Mashinaga, uyga navbat kutgan edim.
Navbat kutib ko’z duxturdan o’tgan edim.

Ammo bunday ko’chalardan o’tmaganman,
O’g’irlikcha erga navbat kutmaganman.
Rozi bo’lsam, bilmam, nedan yutarkanman.
U yerdayam, bu yerdayam kutarkanman.

Uch kunda bir yor kutgandan bo’ynim egib,
Bir oyda bir yog’ kutayin qomat kerib.
Erkak dedi: - Tavba, bu ne deganingiz?
Axir kunda osh bo’lardi yeganingiz.

Ayol dedi: - Bu deganim – bermang ozor,
Oshqozonim tepasida Yuragim bor.
Erkak dedi: - Mendayam bor o’sha yurak,
Rostin aytsam, menga faqat savob kerak.

O’ngimdayam, tushimdayam savob deyman,
Uyimdayam, ishimdayam savob deyman.
Ayol dedi: - Kechiring, ey yaxshi odam,
Beva ekan men-la turgan ayollar ham.

Yoshlari sal kattarog’u mehrga zor,
Kerakmasmi to’rtinchi yo beshinchi yor?
Shoshmay turing, ularni ham chaqirayin,
“Ochildi baxtimiz” deya baqirayin.

Suyungandan aqillari shoshar edi,
Savobingiz besh barobar oshar edi.
Shunda erkak chin niyatin ochib ketdi-
Mashinasin yurgizdiyu, qochib ketdi.

Mullakalar, ojizgina ayoldirmiz,
Balki kalta o’yu, kalta hayoldirmiz.
Orangizda saxiy, hotam kishilar ko’p,
Olam-olam ehson qilib, olishmas cho’p.

Chin sahiylar muhtojlarga lagan-lagan,
Osh kirgizib, kimdanligin aytishmagan.
Xabar olib qo’shnisining yo’q-boridan,
Kiyim-kechak, non
tashlagan devoridan.

Marhabo der: - Baxtu omad, qiyinchilik,
Hamma narsa o’tkinchidir, vaqtinchalik.
O’tinch: Bizni nafsingizga talashtirmang,
Savob so’zin ishrat bilan adashtirmang!


 
DURDONDate: Payshanba, 31-Yan-2013, 13:22 | Message # 8
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Атрофларин қоплаб тутунлар
Жаҳаннамга бўлғай ўтинлар,
Хоҳ бўлса ҳам улар отинлар...
Эр қадрига етмас хотинлар!

Парчалабон кўнгил кемасин
Ўзича дин ғамин емасин,
Ойишани онам демасин
Эр қадрига етмас хотинлар

Хорлаб гўё гул сабрларин,
Кўрсатарлар минг жабрларин,
Топтагайлар ўз қадрларин
Эр қадрига етмас хотинлар!

Жалолатга айлама имо,
Эр зотига келтирар бало,
Аёлликдан қилишсин ҳаё
Эр қадрига етмас хотинлар!

Кўролмайин суворийларни,
Хис қилмайин хаворийларни,
Туғолмаслар Бухорийларни
Эр қадрига етмас хотинлар!

Аллоҳ динин ғамин есинлар,
Ва хурмат-ла динга келсинлар,
Энди нима деса десинлар
Эр қадрига етмас хотинлар!

Суҳбатлари дилга болишмас,
Жоҳиллардан асло қолишмас,
Жаннатга ҳам ета олишмас
Эр қадрига етмас хотинлар!

Майли, бугун ўйнаб куларлар,
Эртан қаттиқ афсус қиларлар,
Ерга кириб балким биларлар
Эр қадрига етмас хотинлар!



 
DURDONDate: Payshanba, 14-Fev-2013, 03:10 | Message # 9
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Хунук аёл бўлмайди

- Кўришайлик, - деб битта ая,
Қучоғини очиб турипти.
Шундай жағин олдида оппоқ,
Беш-олти тук ўсиб турипти.

- Кўришдиму, - дедим, тегишиб,
Эркак киши эмасмисиз-а?
- Вой, аёлман, - деганди кулиб,
“Соқол”иги қилдим ишора.

Ая деди: - Тегиб бўлмасмиш
Юздан ўсиб чиққан ҳар тукка.
Эшитдимки, ҳар тук остида
Ўтирармиш битта фаришта.

Дедим, маҳкам қучоқлаб уни:
Бу гап эркак учун-да, ая,
Узр, “соқол”ингизни кўриб,
Кўнглим нохуш бўлиб кетди-да.

Фаришталар ўтириш тугул,
Бундай юздан учиб кетса-чи,
Юлиб ташламасангиз, агар,
Чолингиз ҳам қочиб кетса-чи?

Ая деди: - Чол аллақачон,
“Қочиб” кетган, хозир мен – бева,
Пардоз қилиш нимаси энди?
Нақ етмишга етиб қолдим-а.

Чолим бўлса бошқа гап эди,
Унинг учун ясанардим, ҳа,
Пардоз қилсам эри йўқ хотин,
Ўғиллардан уяламан-да.

Оллоҳдан-чи, уялмайсизми?
Унга ёқасизми безийнат?
Бир ҳикмат ўқидим , аяжон,
Ҳар намозга зийнатланиш шарт.

Қошингизда ўсмангиз бору,
Қўлингизда қора доғ, нега?
Ёнғоқ пўстин арчибсиз, буни
Қўлқоп кийиб қилинг-да, ая.

Тўғри қўлга ҳаракат керак,
Аммо, сақланг доим чиройли,
Дуога қўл очганингизда
Кафтларингиз бўлсин хиноли.

Қош терилмас, аёлсиз, балки,
Уни бир-оз текислаш мумкин,
Энг аввало, уйқуга тўйинг,
Юз кўз гўзал туриши учун.

Эллик ёшдан ошдингизми, бас,
Қалб ва жисм сизга, ишхона
Ювиб, поклаб, созлатиб туринг,
“Қаридим”, - деб, қилманг баҳона.

Тўкис бўлмас пардозсиз аёл,
Ўксик бўлар кўнгли ҳам, бешак,
“Ўламан”, деб, турганини ҳам,
Ўсма қўйиб, ясатиш керак.

Бу дунёда хунук аёл йўқ,
Қари аёл ҳам йўқ, шубҳасиз,
Шундай аёл учраса, агар,
У дангаса ё ҳафсаласиз!

МАРХАБО КАРИМОВА


 
DURDONDate: Payshanba, 14-Fev-2013, 14:05 | Message # 10
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
ХЎп-хЎп
Қайнона билан келин,
Ногоҳ айтишиб қолиб,
Кетди ота уйига
Боласин олиб келин.

Жиринглади телефон,
Олди йигит онаси,
Қўнғироқ қилаётган
ўғилнинг қайнонаси:

“Ассалому алайкум,
Қудажоним, айланай,
Муллакамлар омонми?
Куёв Ўғлоним қалай?

Болалар етиб келди,
Ўтиришипти, мана,
Гурунглашиб яйрардик,
Бирга келганингизда.

Набирангиз бир ширин,
Катта қилиб қўйибсиз,
Ёқимтойлигин қаранг,
Қуйиб қўйган ўзингиз.

Куёв боламга ўхшаб
Ақл чиқар кўзидан,
Бобосига тортганда,
Нур ёғилар юзидан.

Омон бўлинг бахтимга,
Рахмат сизга, қудажон,
Қизингиз гул-гул яшнаб,
Сиздан келтирди салом.

Нега келганин билдим,
Қўлимда “адап чўпи”,
Ҳар нарсаси бормишу,
Тугап қопти “хўп-хўп”и.

“Хўп-хўп”сиз қолган бўлса,
Қийнагандир сизни ҳам,
Сал бўлмаса хижолат
Қилар экан бизни ҳам.

Яхшиям жўнатибсиз,
Тахминимиз чин чиқди,
Кўнглига қўл солгандик,
“Кибр” деган жин чиқди.

Хозир ўша жинини,
Бўғибгина ўлдирдик,
Қўйни-қўнжи, чўнтагин,
“Хўп-хўп” билан тўлдирдик.

Қиз узатган ховли-да
Баланд-пастни кўрганмиз,
Томорқанинг барига,
“Хўп-хўп” экиб қўйганмиз.

Уй-жойимиз “хўп-хўпдан”
“Хўп-хўп”дан сув, нонимиз,
Баъзида шу “хўп-хўп”нинг,
Қўлидадир жонимиз.

Ғарам қилганмиз уйга,
Ўша “хўп-хўп”ни териб,
Жўнатамиз қизларга,
Уч-тўрт тугунни бериб.

Болаларингизни ҳам,
Қудангиз олиб кетди,
Тўрт қоп “хўп бўлади”ни,
Мошинига соб кетди.

Сиз – устоз, у – талаба,
Ҳар юмушни ўргатинг,
“Хўп-хўп”и тугаб қолса,
Дарров менга жўнатинг.

Эй келин! “Хўп” деган сўз,
Уч харфдан тузилган,
Аммо унинг важидан,
Қанча уйлар бузилган.

Доно бўлсанг “хўп-хўп”ни,
Бошингдаги “тож” деб бил,
Агар бахтли бўлмасанг,
Марҳабо холанг кафил.


 
DURDONDate: Payshanba, 14-Fev-2013, 14:07 | Message # 11
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Ишқий мактуб
(Ёшлар хонадонида)

Хўжайиним уйқудан,
Турди авзойи чатоқ.
Сўрасам, индамади,
Туш кўрдими ёмонроқ?:

Айтмоқчи эдим, афсус,
Рўзғоримиз камини,
Бундай пайтда чиқариб
Бўларканми дамимни?!

Жаҳли чиқади баттар,
Кечга овқат қилмасам.
Ё хат ёзиб қўлига,
Тутқазсамми, Билмасам?:

“Бу - камчилик рўйхати”
Десам, аниқ, ўламан.
“Сизга ишқий мактуб бор,
Жоним”, - деяқоламан.

Хатни шундай бошладим:
“Салом, қалбим Қуёши!
Қўли очиқ, март, доно,
Оиламизнинг боши,

Сиз - суянчим, сиз – тоғим,
Сиз - жонимнинг парчаси,
Бўшаб қолди, Шунқорим,
Рўзғоримиз халтаси.

“Ахли аёлингизга
Келтирган ҳалол луқма
Садақа бўлади,” деб,
Ёзилган бир ҳадисда.

Сизчи, барака топкур
Қанча жонни боқяпсиз,
Ҳалол пул топиб, сарфлаб,
Тоғ-тоғ савоб оляпсиз.

Бу савоблар олтинга,
Айланишиб, албатта,
Сизга бир қасир бўлиб,
Қад кўтарсин жаннатда.

Ахли аёл сиз учун,
Аллоҳ берган омонат,
Улар деб ҳар бир босган,
Қадамигиз – ибодат.

Мана рўйҳат: Гўшт, гуруч,
Ёғ, шакар, сабзи, пиёз,
Нўхат, пишлаоқ, картошка,
Ун ҳам оласиз бир оз.

Қўй гўшти нафис, енгил,
Суяги ҳам мазали.
Ёғсизгина жойидан,
Оласиз-да, асали.

Айтгандай, охирини,
Едик бугун асални,
Ўзингиз айтасиз-ку,
Асал, ҳайдар касални.

Шоколаднинг ўрнига
Қантак ўрик оласиз,
Ёнғоқ, майиз, наматак,
Ейиш керак боламиз.

Яна меҳмон-измонга,
Писта, мағиз, бодом йўқ.
Бозор қилишда сизга,
Етадиган одам йўқ.

Ёғсиз қатиқ ҳам олинг,
Юзларимга суришга,
Юз ҳам овқат емаса,
Кеб қолади қуришга.

Қалам қошни тўкади,
Ўсма ўстирар майин,
Қошимга ҳам сув керак,
Қайнонам айтгандайин.

Майли унутсангиз ҳам,
Ёзганларим ҳаммасин,
Ўсмам билан қатиғим,
Эсингиздан чиқмасин.

Пахта ўраб бир чўпга,
Тўнкариб пиёлани,
Ўтирибман олдимга,
Қўйволиб тошойнани.

Ахир, ўзингиз учун
Ясанаман, куламан,
Ўсмамни унутсангиз,
Аниқ йиғлаб бераман.

Унутмайсиз, албатта,
Сиз менинг йўғу-борим,
Харид учун олдиндан
Рахмат сизга, Шунқорим.

Сарфлаган ақчангизни,
Аллоҳ ўзи ҳаммасин,
Ҳар сўмини миллион, Йўқ!
Миллиард қилиб қайтарсин.

Сизни ўпиб қолгувчи,
Ва севгувчи умрбод,
Тантиққина ёрингиз,
Маликаи Турандот”.

Шомда қайтди хўжайин,
Ишонч билан ўзига,
Халта-халта нарсани,
Териб қўйди сўрига.

Қатиқ билан ўсмани,
Қўйиб шундоқ олдимга,
Болаларга билдирмай,
Шипшиди қулоғимга:

“Биринчи бор умримда,
Пул сарфлаб яйрадим,
Сизга ички кўйлак ҳам,
Сотиб олдим асалим”.

Мана сизга сўз сеҳри,
Камлар битди, минг шукур.
Аёлга ақл берган,
Яратганга ташаккур.

МАРХАБО КАРИМОВА


 
SAKINADate: Shanba, 16-Fev-2013, 13:14 | Message # 12
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Onajon

Ostonada kutarsiz, keb qolsaydi bolam, deb,
Men yuraman ro’zg’oru farzandlarim g’amin yeb,
Asli bir kam dunyoning bitiraman kamin, deb,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

Siz- chi Rayhon isini saqlab dimog’ingizda,
Keb qolar, deb, ob qo’ying oshni tovog’ingizda,
Yuragingiz ezilib, sog’ingan chog’ingizda,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

Siz bedor, men beparvo, uyqum, tushlarim qursin,
Sizsiz novvot chaynagan nodon tishlarim qursin,
Sizni kuttirib qo’yib, qilgan ishlarim qursin,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

Sizga oylab bormay, kuy-g’azallarni yo’qladim,
Yog’lik palov, choyxona, guzarlarni yo’qladim,
Mehri yolg’on jononu go’zallarni yo’qladim,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

So’ray endi Xudodan, ochsin sizga yo’limni,
Dunyo ishi to’smasin sizga cho’zgan qo’limni,
Bag’ringizga egildim, qabul aylang uzrimni,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.


Marhabo Karimova
 
SAKINADate: Shanba, 16-Fev-2013, 13:20 | Message # 13
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
ҲАЛИ АЁЛ БЎЛМАБСИЗ, ПОШШО

Уйни безаб, тузатсанг ҳам,
Эрни кутиб, кузатсанг ҳам,
Ўнта қизни узатсанг ҳам,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Уйингизга келин келган йўқ,
Юрагингиз хали қувноқ, шўх,
Кафтингизда тутмагансиз чўғ,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Ташвиш сиздан бир қадам нари,
Меҳнатларнинг келмади гали,
Зўр синовлар олдинда ҳали,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Кўзларингиз ҳали сурмалак,
Кўйлагингиз ёқа, тугмалик,
Уйингизда ғалва йўқ, тинчлик,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Кўнгил қуши сайраб турипти,
Орзулардан яйраб турипти,
Ёву кунни пойлаб турипти,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Бир бегона қуш келиб унда,
Аҳлатингиз "титади" кунда,
Билмасликка оласиз шунда,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Қандай гулсиз, исингиз чиқар,
Чин қиёфа, тусингиз чиқар,
Ё тилло, ё мисингиз чиқар,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

-Марҳабохон, шеьр ёзмай кетинг,
Нима қилай бўлмаса, айтинг?
-Тинч кунларнинг қадрига етинг,
Ҳaли аёл бўлмабсиз, пошшо.


Marhabo Karimova
 
DURDONDate: Dushanba, 25-Fev-2013, 23:16 | Message # 14
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Эшагимга тўй келди
Юрар эди эшагим,
Юкин ташиб бир яхши,
Қўшни тўйига келиб,
Хониш қилди бир бахши,

Унинг гўзал овози,
Эшагимни маст қилди,
Ўша кундан бошлаб, у
Юк ташишни бас қилди.

Деди: “Шу овоз билан,
Эшакманми юк ташиб?!
Мен ҳам тўйга юраман,
Тўртта созанда топиб”.

Орқасидан югуриб,
Қолдим “Тўхта!”, деганча,
Аллақачон “ижод”ни
Бошлабдилар “хофиз”ча.

Қайсидир телевизордан,
Хангиллаганмиш роса,
Тўйларга юриш учун,
Керакдир-да овоза.

Сўзлари “ўлдим, куйдим,
Соғиндим, битта ўґпай”
Эшак шунча уятсиз
Бўладими, вой, ўлай?!

Қайда қолди хулқ, одоб?
Ақлим етмай қолди-ку,
Бу қўшиқ енгилтаклик,
Зино тарғиботи-ку.

Уриб ўчиролмасам,
Бу эшакнинг жағини,
Қандай қилиб ёпаман,
Боламнинг қулоғини?

Нодон ўсмир ёшларни,
Бошқа йўлга бурса-чи?
Ундан кўра, эл-юртим,
Ота-онам, деса-чи.

Ва ниҳоят топилиб,
Шунинг ҳам бир муҳлиси,
Кеча бир хешим келиб,
Тўйга айтиб кетибди.

Миллиликка чақириб
Бўлармикин буларни?
Қачон тинглар эканмиз?
Катта ашулаларни?

Эшитгандай гапимни,
Тўйда хониш қилди бир,
Машхур мумтоз қўшиқни,
Бошлаворди, бетаъсир.

Қўрқдим, бу овозида,
Қандай чиқар “Муножот”?
Юрак доримни ичиб,
Эшитдиму дедим: “Дод!”

Қиёматда бор жонзот,
Сур* сасидан ўлармиш,
Сур хазрат Исрофилнинг,
Қўлларида бўлармиш.

Овоз ҳам қурол экан,
Ишондим бунга, бешак,
Қотил овоз борлигин,
Исботлади бу эшак.

Булбул билиб ўзини,
Хониш қилар бу ханги,
“Самарқанд ушшоғи”ни,
Бошламаса гўргайди.

Вой, қулоғим, вой, бошим!
Қачон тугайди бу тўй?
Шу тўйдан ўлмай чиқсам,
Эхсон қилай, сўйиб қўй.

Вой-вой, қаранг, Таваккал
Қодир бўлмоқчи, беор,
Хай, уйинг куйгур, тўхта!
Расво бўлди “Тановор”.

“Ўзим хар жойда, кўнглим,
Сендадур,” дедими, бас?
Ем – хашагин назарда
Тутаяпти, ярамас.

Сўз мағзини чақсанг-чи,
Бу нима, от бозори?
Қўшиқ айтиш учун ҳам,
Ақл керак, безори.

Ахир, бу қўшиқ буюк
Зот ҳақида айтилган,
Хижрон сабаб дилдаги,
Дод ҳақида айтилган.

Тўйчи хофиз, Жўрахон,
Гўрида тик турмасин,
Хожи Абдулазизнинг,
Арвоµлари урмасин.

У жонимнинг парчаси,
Жон ипимнинг узмагин,
Бузсанг майли уйимни,
“Тановор”ни бузмагин.

Вой, қўшиғим, вой, мақом,
Хайфим келар тингласам,
Биродарлар, кулманглар,
Аза очиб йиғласам:

Наҳор келиб, нашта кетган, қўшиғ-е-е-м!
Ҳофизига ташна кетган, қўшиғ-е-е-м!


 
DURDONDate: Dushanba, 25-Fev-2013, 23:17 | Message # 15
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
М Каримова
Мен мақтанар хеч нарса йўқ

Яратди, берди қалбу дил,
Ақл, фахму-фаросат, тил
На қилдимки, бўлай мағрур?
Мен мақтанар хеч нарса йўқ.

Устоз эса илми, сўзи
Қувват танимга рисқ –рўзи,
Илхом қилиб турган Ўзи,
Мен мақтанар хеч нарса йўқ.

Аслим – тупуг, оби нажас,
Юз-қўл поку, қорним нажас,
Ўлсам бўлур қабрим нажас,
Мен мақтанар хеч нарса йўқ.

Берган не-не неъматларин,
Суву ҳаво, молу зарин,
Бехуда ишлатдим барин,
Мен мақтанар хеч нарса йўқ.

Ўзи берган қўлим ушлаб,
Қалам ёзди, юрак кишнаб,
Ҳижолат қилманг, олқишлаб,
Мен мақтанар хеч нарса йўқ.

Завқлансангиз, денг: Мошалло
Яхши-ёмон қилган Худо,
Ожиз қулидир Марҳабо,
Мен мақтанар хеч нарса йўқ.

Ёздирган ҳам, Ўзи, менмас,
Чиздирган ҳам Ўзи, менмас,
Қоғоз, нутқ, сўз Ўзидан, бас!
Мен мақтанар хеч нарса йўқ.

Ким мақтаса ёлғон ё чин,
Юзларига тупроқ сочинг,
Алқаб, тавоф қилманг, қочинг,
Мен мақтанар хеч нарса йўқ.


 
DURDONDate: Dushanba, 25-Fev-2013, 23:19 | Message # 16
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
М Каримова
Она васияти

Ёлғизликдан ўн йил чекиб азият,
Бева бирчол ўтди, бу ҳам бир ибрат,
Қасд қилдимки, ёзай шундай васият,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Ўша куни “касал” бўлиб ёлғондан,
Болаларни чақиртирдим ҳар ёндан,
“Оҳ-воҳ”, қилиб, дедим: Айрилсам жондан,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Умрим қанча, мен ҳам, сиз ҳам билмаймиз,
Қазо қилсам, гап шу: - Аза қилмайсиз,
Онам биздан рози бўлсин, десангиз,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Келин, қизлар уй қизғониб турмасин,
Хотинига лабларини бурмасин,
Туфлиси чанг, ёқаси кир юрмасин,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Сиздан бошқа уни ким ҳам ўйлайди,
Оғриб қолса ўша аёл қарайди,
Ҳоли сўраб, чой тутишга ярайди,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Қўшнимизни ўлган эди онаси,
“Ёлғиз қолдим, уйланг”, деди, отаси,
“Йўқ”, деб қарши бўлди ҳамма боласи,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Ота нораози бўлди-ю сал ўтмай,
Ётиб қолди, бир томони ишламай,
Ана, энди қарашяпти ухламай,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Маъракамни ўтқазинг-у бўлиб жам,
Излаб, топиб, олиб беринг бир махрам,
Ўзингиз ҳам бўласиз тинч, хотиржам,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Аввалом бор Аллоҳ, инсон боласин,
Дарду касал чангалига солмасин,
Ювиш, тўсиш келинларга қолмасин,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Волидангиз аввал ўтса, агарда,
Отани ҳам, тирик кўмиб қўйманг-да,
Ёлғиз қўйманг, у ҳам ожиз бир банда,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Ялининг, ёлворинг, топманг бахона,
“Уйланишга кўнмаяптилар”, дея,
Соғлигида, куч-қуввати борида,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Ё ижара, ё уй олиб, тинч холи,
Келинларига тушмасин малоли,
Ҳар куни хабар олинг, қандай ахволи?
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Бу отангиз сизни катта қилгунча,
Тинмаганлар, тонг отиб, кун ботгунча,
Уй сол, тўй қил, сарфлаган қанча ақча,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Юз ховлига кирдим, уйлаш-чун сизни,
Юра-юра ковушларим йиртилди,
Битта чолни жуфтлаб қўёлмайсизми?
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Ўзи айтмас, сиздан ҳаё қилади,
Хотирамга хурмат бажо қилади,
Лек ёлғизлик уни адо қилади,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Битта уйда ёлғиз ётса отангиз,
Сиз қандоқ ҳам хотин билан ётасиз?
Падаримни рози қилай, десангиз,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Полпис хотин топиб, қийнаман яна,
Чолим ўзи тақводор, пок, олифта,
Доно, хушрўй аёл топиб, албатта,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Бирларингиз уй топиб, тайёр қилинг,
Бирларингиз сеп ёйиб тайёр қилинг,
Отангизнинг тоқ юришин ор билинг,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Ота рози – Худо рози билволинг,
Уйланг, боқинг, хуллас, хушнуд қилволинг,
Дуо олиб жаннатларга кирволинг,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

“Уйланипти”, деб, жуфти халолимни,
Ким устидан кулса, агар, чолимни,
Худойимга солдим ўша золимни,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Марҳабо дер: Кўп яшасин, илохим,
Неча йиллик қадрдоним, ҳамрохим,
Ёлғиз қолса, чирқирайди арвохим,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.

Тарбиялаб, ғалвангизга бериб дош.
Умрингиз ёритди ўша қуёш,
Кўнмаса ҳам, оёғига уриб бош,
Отангизни уйлаб қўйинг, болалар.


 
DURDONDate: Shanba, 02-Mar-2013, 12:03 | Message # 17
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Оллоҳдан бошқаси билмайди

Дунёда кўпайди фолбинлар,
Тақдирни айтувчи кохинлар.
Киприк қоққинингча не бўлар
Оллоҳдан бошқаси билмайди.

Биласан нечтадир бармоғинг,
Билмайсан не тутар қармоғинг.
Дунёда қанча вақт турмоғинг
Оллоҳдан бошқаси билмайди.

Кимнидир бошидан қор ёғар,
Кимнидир бошидан зар ёғар,
Осмондан қаерга, не ёғар,
Оллоҳдан бошқаси билмайди.

Қай бошга бахт қуши қўнарин,
Булутни қай юртга жўнарин,
Қуёшни қай куни сўрарин,
Оллоҳдан бошқаси билмайди.

Қачон ой туғилиб, тўлади?
Қачон гул очилиб, сўлади?
Ким қачон, қаерда ўлади?
Оллоҳдан бошқаси билмайди.

Айтганмиш қайсидир бир номард,
Яқинда бўлармиш қиёмат
Бўлади, қачон ва қай соат
Оллоҳдан бошқаси билмайди.

Туғишин хомиладор онанинг
Тақдирин чақалоқ боланинг
Ўғилми, қизлигинг хомланинг
Оллоҳдан бошқаси билмайди.

Кофир деб қилмагин маломат
Холиқдир қилгувчи хидоят
Насабинг дўзахми ё жаннат
Оллоҳдан бошқаси билмайди.

Олимлар қотирар бошини,
Титкилаб тупроғу тошини,
Кўхна бу дунёнинг ёшини,
Оллоҳдан бошқаси билмайди.

Умрингдир бир чимдим нур, зиё
Худолик талашма, Марҳабо
Нима у бу дунё, у дунё?
Оллоҳдан бошқаси билмайди.


Marhabo Karimova


 
DURDONDate: Payshanba, 07-Mar-2013, 13:00 | Message # 18
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Кўргани бораман.

Бозорга чиқибди қулпинай,
Етказди Худодан айланай,
Илиниб, илиниб олволай,
Онамни кўргани бораман.

Ишларим олдими тўссаям,
Йўлимда тиканлар ўссаям,
Иккита нон олиб бўлсаям,
Онамни кўргани бораман.

Кирсам ҳам яримта нон билан,
Бағрига босади жон билан,
Айтади келдингми, жон болам?
Онамни кўргани бораман.

Айтаман: - “Оймомам ўзимни,
Қувнатиб турасиз кўзимни”,
Кулади эшитиб сўзимни,
Онамни кўргани бораман.

Нурланиб қайтаман ёнидан,
Куч олиб жисмимга жонидан.
Кузатар кулиб айвонидан,
Онамни кўргани бораман.

Бўлиниб ҳар ким ўз йўлига,
Ташладик келинни қўлига,
Ялиниб яшар ўз ўғлига,
Онамни кўргани бораман.

Кетмайди қочиб иш, юмишим,
Болам-у, чақам-у, турмушим,
Онадир олтин-у кумушим,
Онамни кўргани бораман.

Ўшадир Марҳабо давлатим.
Энг гўзал фарзим-у суннатим,
Оёғинг остида жаннатим,
Онамни кўргани бораман.

Оталар кўкдаги офтобдай,
Оналар ёнида мохтобдай,
Бу ой-у, бу қуёш ғанимат,
Қоласан бир куни тополмай.


 
DURDONDate: Payshanba, 07-Mar-2013, 13:40 | Message # 19
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Келиним келин олди

Келин бўлиб суйдирган,
Гап қайтариб куйдирган,
Кетиб қолиб тўйдирган,
Келиним келин олди.

Етти ёққа зир чопиб,
Чиройли бир қиз топиб,
Пешонасидан ўпиб,
Келиним келин олди.

Ниҳоят у жанона,
Ўзи бўлди қайнона,
Келинига парвона,
Келиним келин олди.

Мақтанар: “Келин болам,
Чиройли ўзимданам,
Шахло кўз, қоши қалам,
Келиним келин олди.

Юзларидан ёғар нур,
Лаби ғунча, тиши дур”,
Дедим: “Хали шошмай тур”,
Келиним келин олди.

Ғунча лаб бир очилсин,
Захарлари сочилсин,
Тиғи жонга санчилсин,
Келиним келин олди.

Мушугини дегин “пишт”,
Чумчуғини дегин “кишт”,
Ана қиёман - уриш,
Келиним келин олди.

Шаҳло кўзлар ўқрайиб,
Хар кўрганда хўмрайиб
Найзасин турсин сайиб,
Келиним келин олди.

Чимирилиб қалам қош,
Юрагингни қилсин ғаш,
Вақтинча ўпиш, ялаш,
Келиним келин олди.

Ўзингдай идиш ювса,
Қолмайди бутун коса,
Чойнагинг тутар хасса,
Келиним келин олди.

Қўполлигидан уни,
Чангютгичми, дазмолми,
Бузилиб битар куни,
Келиним келин олди.

Уч кунлаб кир увитсин,
Сочиқларни чиритсин,
Бир кўнглингни совутсин,
Келиним келин олди.

Гап бермасдан ўзингдай.
Сайраб турсин булбулдай,
Томошангни бир кўрай,
Келиним келин олди.

Щьлингга гап щргатсин,
Ялласига щйнатсин,
Сани ёмон кщрсатсин,
Келиним келин олди.

Бошлаб уйда талотум,
Овсинга ўилса хужум,
Дейман: “Саломалайкум!”
Келиним келин олди.

Сўлитиб гулзорингни,
Чайпасин рўзғорингни,
Шу ыиз берсин додингни,
Келиним келин олди.

Энди биласан, мана,
Қайнона бўлиш нима,
Ажабгина бўлди-я,
Келиним келин олди.

Тавбв, тавба, нима бу
Юрагимда кек, қайғу,
Ахир уйимда тўй-ку,
Келиним келин олди.

Ўзинг кечиргин Олло,
Инсон бўлмас бехато,
Шукур деб қилай дуо,
Келиним келин олди.

Ахир унда ёш эди,
Йўнилмаган тош эди.
Беақл, бебош эди,
Келиним келин олди.

Секин гапириб мақтаб,
Дуолар қилиб алқаб,
Йўлга солдим-ку алдаб,
Келиним келин олди.

Дедим: “Тежамкор болам,
Менга мададкор болам,
Ўргилай, онам-онам”,
Келиним келин олди.

“Кир ювар оппоқ-оппоқ,
Идишим ушар юмшоқ,
Миннатдор коса, тавоқ”,
Келиним келин олди.

Қилиб сабру-бардошни,
Кўздан оқизмай ёшни,
Пиширдим шу хом ошни,
Келиним келин олди.

Сабр қилдим Маръабо,
Ғўрадан биттди холво,
Энди қилайин дуо,
Келиним келин олди.

Ёмон келин дўзаҳдир,
Яхши келин жаннатдир.
Илоё кўрсин хузур,
Келиним келин олди.


 
DURDONDate: Payshanba, 14-Mar-2013, 09:32 | Message # 20
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Мархабо Каримова
Садаф
(Шайх хазратлариниг "Мукаммал саодат йўли" китобини ўқиганда)
Садаф деган ёш бир бемор қиз,
Даволанди қўлимда уч йил,
Кўкрак саратони чекинди,
Аммо соғаймаганди буткул.

Қилиш керак эди эхтиёт,
У ўзини беш йилча яна,
Бир кун мендан рухсат сўради,
Бориш керак эмиш Измирга.

У пайтлар қиш ойи эди,
"Сенга совуқ мумкинмас, дедим
Фақат самолётда борасан,
Шунда руҳсат бераман, қизим".

Афтобусда йўлга чиқибди,
Самолётга ололмай чипта.
Автохалокатга учрагач,
Бир кун қолиб кетибди йўлда.

Қайтиб келгач ўша касаллик,
Вужудига кетди тарқалиб,
Нафас олар эди у фақат
Кислородли жихозни тақиб.

Оғирлашиб борди ахволи,
Тузалишдан эди умид кам.
Айтар эди фақат хижжалаб,
Хатто оддий сўзларини ҳам.

Бир гал деди: "Сиз-дан ха-фа-ман,
Док-тор, дин-до-р экан-сиз я-на.
Не-га мен-га ет-каз-ма-дин-гиз,
Ал-лоҳ, ў-лим, о-хи-рат ни-ма?"

Унинг диний илми оз эди,
Бўлса савол бермасди бешак.
Дедим: "Иймон муолажасин,
Ўзинг дилдан исташинг керак".

"Истайман" деб бош ирғади у.
Гоҳ бўғилиб, гоҳ қалби жўшиб,
Даволашни давом эттирдим.
Иймон муолажасин қўшиб.

Дарсмиди у, муолажами?
Тинглар эди хапқириб юрак,
Бир кун менга савол берди у:
Ўла-ёт-ган-да не де-йиш ке-рак?

Дедим: "сениг бу холатингда
Калимаи шаходат узун.
Гар ўзингда шу холни сесанг,
Фақат "Аллоҳ, Муҳаммад", дегин".

Борар эди кучайиб оғриқ,
Унга фақат қилардик морфин,
Ният - бемор оғриғин сезмай,
Ором олиб, уйқуда ётсин.


 
DURDONDate: Payshanba, 14-Mar-2013, 09:33 | Message # 21
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Davomi

Бир кун менга бўлди қўнғироқ,
Қиз онаси йиғлаб деяпти:
"Бир хафтадан бери бошқача,
Садаф морфин қилдирмаяпти".

Келиб ундан сўрасам, деди:
- Ўлимга уйқуда дуч келсам,
Холим нима бўлади, "Аллоҳ,
Муҳаммад", деб айта олмасам?

Дедим: - Қўрқма укол олавер, -
Таскин бериб, юпатдим қизни,
- Уколдан олдин ҳам, кейин ҳам,
Такрорлаб ёт шу икки сўзни.

Сўнги марта сўради: - Доктор, -
Кўзларида умид ва қўрқув.
- Агар менга Азроил келса,
Қай шаклда кўринади у?

Жавоб бердим: - Қўрқмагин қизим,
У мўминга дўст бир фаришта,
Иншаоллоҳ, келади сенга
Нафис, гўзал бир кўринишда.

Эртаси кун у оғирлашди,
Эшитдим-у уйига чопдим,
Мен Садафни жон таслим қилиб,
Сархуш ётган бир холда топдим.

Уни узоқ парваришлаган,
Кекса аёл ёнида эди.
Ҳалгина содир бўлган бир
Мўъжизани гапириб берди:

"Садаф қўққис хаво жихозин,
Олиб ташлаб, ўрнидан турди.
"Бис-мил-лаҳ" деб таҳорат олиб,
Икки ракат намоз ўқиди.

Ҳаммамиз лол, ҳаммамиз ҳайрон,
Мўъжизадан турардик қотиб,
У ўрнига чўзилди холсиз,
Калимаи шаҳодат айтиб,

Сўнг: "Дўкторга айтинг, деди, у
Сархуш, кўзларида хайрат, нам:
Ўлим фариштасини кўрдим,
Гўзал экан у айтгандан ҳам..."


 
SAKINADate: Payshanba, 28-Mar-2013, 12:52 | Message # 22
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Энг гўзал қарғиш.

Бир саҳрои аёлнинг
Ўғилчаси шўх экан.
Ундан зарар кўрмаган,
Бирон куни йўқ экан.

Қозондаги таомин,
Тепиб қочиб кетаркан.
Мешидаги сувини,
Сепиб қочиб кетаркан.

Қарғар экан боласин,
Қилолмасдан эпини,
Қирқиб қочганида кир
Ёядиган ипини

"Ҳой, ипимни қирқмагин,
Қалбинга илм тўлгур.
Ҳой, мешимни тешмагил,
Каъбага имом бўлгур!

Сичқон думин кесмагин,
Беозор бўл, тўғри юр.
Ғариб йўлин тўсмагил,
Каъбага имом бўлгур. "

Демас экан: "Жувонмарг",
"Ҳароми", "Мараз", "Ўлгур",
Битта экан қарғиши:
"Каъбага имом бўлгур!"

Ният кетди, вақт ўтди,
Мисли ел ё шабада,
Шу онанинг, шу ўғли
Имом бўлди Каъбага.

Не-не шоҳу султонлар,
Орқасидан туриб ғоз.
Унга иқтидо қилиб,
Ўқир эдилар намоз.

Дуо-ла шум боладан,
Чиқди бир хуш нафасли
Олим, ҳофизи Қуръон -
Абдураҳмон Судайсий.

Назоратда инсоннинг,
Ҳар сўз, ҳар бир нафаси,
Ибрат бўлсин бизга бу
Aллоҳнинг мўъжизаси.

Комил инсон кўрдингми,
Марҳабо, билки улар -
Ота-она, элидан
Дуо олган болалар.
 
DURDONDate: Payshanba, 04-Apr-2013, 13:50 | Message # 23
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
BOLALAR TILIDAN
Voy-voy, astagfiyiyoh!
Jinni qiz bop qobmanku,
Ovqatyanish oydidan
«Ay yazzoq» demabmanku,
Yigiyma biy mattami?
Buvijon qancha aytadi?
Tezyoq boshlang bolmasa
Egim qochib ketadi.
Subhona 3yosh.

-Keling, keling, buvijon,
Gapyashib otiyamiz.
Nimadan gaplashamiz?
- Biy quyonni eb qoydi,
Teyviyzoyda kordim man.
Yosa qoyqinchki ekan,
Gapyashamiz boyidan.
- Allohdan gaplashaylik,
Bori ham gap boptimi?
- Ha-ha, Ayyoh yahshimi?
Zeyikmay yuyiptimi?
Muslimahon 3 yosh.

-Chumolini oldirma,
Senga qol kotardimi?
- Qolin kotarsa keyin
Oldirsam boladimi?
Menga qarab shohini
Qimirlatyaptida u
Qoli qaerda qolgan?
Tortovi ham oyoqku.

Ayubhon 4 yosh. Marhabo Karimova.


 
DURDONDate: Payshanba, 04-Apr-2013, 13:51 | Message # 24
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Reklama.
Do'zah bilan jannatning
Yopiq ekan eshig
Bor ekan bir korishga,
Gilosdayin teshigi.
Shayton o'ziga moyil
Odamlarno birma bir
Osha ikki teshikdan
Qaratarkan mug'ombir
Jannatni shu teshikdan
Qarab korib bir kishi
Depdi:- Ichma, chekma, voy,
Pok yur, qiyinku ishi.
Dozahning teshigidan
Qarab depti:- Yo hudo,
Boylik shon.kayfu safo.
Man izagan joy shu dep,
Eshigidan kiribti,
Olov, azob , dodu voy,
Ilon chyon koribti.
«Dot!- depti urib tepib,
Chiqkolasdan eshikdan:
- Men boshqacha hayotni
Korgandimku teshikdan».
Shayton depti tanlading,
Topoloning nimasi?
Sen korgan narsa edi
Dozahning Reklamasi.
-Voy dot unda Jannatda,
Korgan zahmatlar nima?
- U vasvasam - Jannatga.
Qarshi Antireklama
Rohatga qiziqtirib,
Do'zahga chaqiraman,
«Mehnat» deya qorqitib
Jannatni yashiraman.

Marhabo Karimova.


 
DURDONDate: Yakshanba, 30-Iyun-2013, 11:15 | Message # 25
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
SMS.

Шекспир даври ўтди,
Бошқача эл турмуши,
Томом бошқача энди,
Эру хотин уриши.

Нима энди рўмолча,
Тўрт бурчак латтада жўн,
Хозир рашк сабабчиси,
Замонавий телефон.

Уйдаги келинлар ҳам,
Билмам нима овлайди,
Қачон қарама эрин,
Телефонин ковлайди.

Билгиси келар эри,
Ким билан гаплашади?
Эркакмикин аёлми,
Ким билан учрашади?

Сим қоққан бўлса агар,
Бир шубхали рақамга,
Суҳбатлари албатта,
Айланади жанжалга.

Ўлмаганда Шекиспир,
Замон дардин биларди,
Отеллони албатта,
Аёллардан қиларди.

Тасаввур қилинг: Жанжал,
Бўлаяпти ховлида,
Отеллони телфони,
Дездемона қўлида.

Рашк ўтида қоврилар,
Шўрлик Дездемона ой,
“Эсемес! Эсемес!” деб,
Тополмас ўзига жой.

“Соғиндим келинг” депти
Қайси бузуқ, қайси без,
Ким юборди айтасан,
Эсемес, химм, эсемес!

Оқманми мен, окманми?
Вой, юрагим санчади,
Телефонинг мени бир кун,
Талқон қилиб янчади!

Озаяпман ақлдан,
Ғазабларга тўламан,
Ох, Отелло айтмасанг,
Дунёга ўт қўяман!

Тўхтатолмас ҳеч нарса,
На бола, на дўсту ёр,
Кўзларига қон тўлиб,
Жинни бўлди тап-тайёр.

Дейман: Хой, Дездемона,
Худо олсин феълингни,
Битта эсемесни деб,
Еб қўйдингми эсингни.

Қораялоқ эрингни,
Суюқлигин билардинг,
Телефон ўлгурини,
Кавлаб нима қилардинг?

Қай ит билан гаплашса,
Гаплашиб ўлмасмиди,
Ўзингни билмаганга,
Соб юрсанг бўлмасмиди,

“Ўзингни бос, тўхта!” деб,
Ёпишаман қўлига,
Ўйлабманки шунчаки,
Қўрқитяпти йўлига.

Дездемона эшитмас,
“Эсемес” дер пайдар-пай,
Отелло жим иштонин,
Хўл қиб қўйган боладай.

Рашкчи аёл қасдланса,
Ҳеч душманлик етмайди,
Шайтон бўйнига минггач,
Ғиди-биди кетмайди.

Дездемона “Дод!” дейди,
“Ноинсоф! бе диёнат!”
Хали санми хотинга,
Қиладиган хиёнат.

Менга ханжар беринглар,
“Эмтеэс”ми “Билайн”
Телефон тармоғини
Жондан жудо қилайин.

Куйган Дездемона ой,
Тунда жондан тўяди,
Отеллонинг қулоғин,
Шартта кесиб қўяди.

Дод солади Отелло,
Ётганича чалқанча,
- Не қилдинг аблах хотин,
Рўмолча бер, рўмолча.

Дездемона дер: Ха, ха!
Рўмолчами шунгаям,
Эсемесга бориб айт:
Унгаям йўқ, менгаям.

Тилини тишлаганча,
Азбаройи оpриқдан,
Шўринг қурғур Отелло,
Кетиб қлди хушидан.

Кўзин очса кийганмиш,
Оппоқ лозим ўнгми, тес,
Олдига қизил рангда,
Ёзилганмиш эсемес:

“Бу абонент тармоқдан,
Узилиб ухлатилган,
Ҳар қандай алоқага,
Чеклашлар ўрнатилган”.

Ҳаёл қурғур обқоча,
Шу қолди шеър бўлмаган,
Шекспир ҳам бунақа,
Томошани кўрмаган.

Ўзимиз учун эди,
Марҳабо бу эртаклар,
Эҳтиёт бўлинг энди,
Телефони бор эркаклар.

Келинларга гапим шу,
Кўлмакдан "кит" овлама,
Эсинг бўлса эрингни,
Телефонини ковлама!


Мархабо Каримова.


 
DURDONDate: Yakshanba, 08-Sen-2013, 02:09 | Message # 26
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Диққат қидирув!!!

Рамазонда хат келди бир отадан,
Етмиш ёшли бева чол Тош болтадан.
"Топиб беринг" дебди қайта қайтадан,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Бир йилдирки қазо қилган кампирим,
Бир ҳотинга совчи бўлди келиним.
Унамабди кўнглим вайрон қон дилим,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Керакмас эр "нафақам бор" дер эмиш,
Яшаётган эмиш бўлиб озод қуш.
Етмиш ёшда бу қанақа ноз қилиш,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Муҳтожмасда доим тайёр нону ош,
Хизматида ўғил келин қариндош.
Аёл зоти муҳтож бўлса эгар бош,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Шундай бўлгач бизга иши тушарми?
Битта чол деб оромини бузарми?
Нафақаси кеккайтирди буларни,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Нодон хотин нафақа бор менда ҳам,
Қўшсак агар саккиз юздан бўлмас кам.
Яшар эдик грунглашиб шод беғам,
Бева чолда бева кампир бормикин?

Бўлар эдик икки ёти бир бутун,
Рўзғор-қаср, эркан-том, хотин-устин.
Бир йилдирки мўримдан чиқмас тутун,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Ёлғизликдан бефайз ўтар тунларим,
Кириб кетар уйига ўғилларим.
Оғриб чиқар оёқ-қўл бўғинларим,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Ёшлигимда онам:"Гар десанг бизни"
Ол дедилар буғдойранг қўшни қизни.
Дедим: Олмайман дидингиз йўқ сизни,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Ўша буғдойранг қиз кампир бўлганмиш,
Хабар келди бултир чоли ўлганмиш.
Совчи қўйсам "Эндими, йўқ" деганмиш,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Қорамиди олами майли эди,
Ёлғизликдан қутқарса бўлди эди.
"Пуфф сассиқ" қилганимга зорман энди,
Бева чолга бева кампир бормиди?

Эҳ кампирим қадри энди билинди,
Парвонадай атрофимда юрарди.
"Буни ичинг, буни кийинг" деярди,
Бева чолга бева кампир бормиди?

Ўшанда ҳам бермас эдим сиримни,
Ёш жононлар ром этарди дилимни.
Ўйламабман ўшанда бу кунимни,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Хиёнатдан куяр эди кампирим,
Пушаймонман қурсин менинг ғўрлигим.
Тиригим бу не бўларкин ўлигим,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Тагимдан тахт белимдан кетгач дармон,
Тарқаб кетти теграмдаги жононлар.
Жуфтингизни эъзозланг қадирдонлар,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Кампирим-а мендан кейин ўларди,
Аёл киши бир кунини кўрарди.
Мени кўмиб йиғиштирса бўларди,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Аёл неъмат экан кўзга илмабман,
Орқамда қол дея дуо қилмабман.
Ёлғизлик бир балолигин билмабман,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Қайга борсин шўринг қурғур бева чол,
Ёлворади Аллоҳга афтода ҳол.
"Бир маҳрам бер бермасанг жонимни ол"
Бева чолга бева кампир бормикин?

Ўтиб кетган бўлса ота-онаси,
Ўз тинчини ўйласа ҳар боласи.
Куладилар чиқар бўлса ноласи,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Уйлаб қўяй деб бир хеши келмаса,
Болалари хотин меҳрин бермаса.
Раҳми келиб бирор хотин тегмаса,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Ўғлим яхши боқар мени сўйиб қўй,
Дегим келар хаёлимда битта ўй.
Болам болам мени тезроқ уйлаб қўй,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Эплар экан ўзини бева хотин,
Қайга борса сиғиб кетиши тайин.
Қийин қийин ёлғиз эркакга қийин,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Кўнгли битта маҳрам истаб ҳиққиллар,
Ўғли кўнса қизи йиғлаб пиққиллир.
Дер:"Онамнинг арвоҳлари чинқирар"
Бева чолга бева кампир бормикин?

Ёлғиз чолнинг қуш ўтмас айвонидан,
Хотин зоти четлаб ўтар ёнидан.
Бу хат барча ёлғиз чоллар номидан,
Бева чолга бева кампир бормикин?

Бирон аёл деса агар:"Тегаман"
Маҳр қилиб этажимни бераман.
Айтиб қўяй ҲАЖга олиб бораман,
Бева чолга бева кампир бомикин?


Марҳабо Каримова.


 
DURDONDate: Juma, 11-Okt-2013, 05:30 | Message # 27
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Чироқ

Толни шохи синдди шамолда,
Сим узилда ва ўчди чироқ,
Ҳамма чиқиб олди кўчага,
Зулмат ичра қолганди қишлоқ.

Хали бери ёнмаса керак,
Энди нима қиламиз вой-вой,
Осмонни ҳа булут қоплаган,
Неъмат экан юлдуз билан ой,

Чироқ шукрин қилмас эканмиз,
Чидамаймиз усиз бир тунга,
Хаққин тўлаб, баъзан нолиймиз,
Арзир экан хар қанча пулга.

Қўшним дер:- Шам олиб кел, болам,
Чоп, ёпилиб қолмасин дўкон.
Қоронғуда ётсам, сиқилиб,
Томоғимга келиб қолар жон.

Қайтиб, деди, қўшним боласи:
-Дўкон ёпилган экан, она.
-Вой-вой, энди нима қиламиз?!
Тезроқ борсанг бўларди, бола.

Деди: - Уйда оила билан ҳам,
Қоронғуддан қўрқамиз ўзи,
Ўлсак, зим-зиё қабрда,
Қандай ётар эканмиз, қўшни?

Олти ёғи тупроқ, тепада
Бирон юлдуз, ойи бўлмаса,
Кирадиган тешик, туйнуги,
Чиқадиган жойи бўлмаса.

Уйимизда гоҳ ўчса чироқ,
Топилади шам ёки фанор,
Юз йил, минг йил, ётар жойни ҳам,
Ёритгудай бир чироқ даркор.

Нима энди, бу қоронғулик,
Гурунглашиб турибмиз, мана,
Қўй-қўзилар, қўни-қўшнилар,
Шарпасидан бардаммиз-ку-а?

Чироғимиз ўчгани билан,
Жа унақа эмас қўрқгудай,
Якка ёлғиз ётар жойимиз,
Ташвишин қилайлик ўргилай.

Қўшним дедди: - Шам олайин-а,
Эртагаёқ, дўкон очилса,
Қабримга ҳам ёқиб туришар,
Арзимаган нарса-ку, ўлсин.

Дедим: -Қабр ташиддаги шам,
Ичкарини ёритмайди-да,
Навбат билан ёнувчи зўр бир,
Чироқ керак экан қабрга.

Биринчиси ёниб тураркан,
Иккинчисин вақти киргунча,
Иккинчиси зиё сочаркан,
Учинчисин вақти киргунча.

Учинчиси ёниб ўчмайди,
Тўртинчисин вақтига қаддар,
Тўртинчи бешинчи киргуча,
Қабримизни қилур мунаввар.

Бешинчиси биринчисининг,
Вақтигача ўчмас экан-а,
Қўшним деди: - Тавба, алхазар,
Бу қанақа навбатчилик-а?

Қайда сотиладди бу чироқ?
Айтинг мен ҳам топтириб қўяй,
Агар ўлсам ўша чироқни
Мозоримга ёқтириб қўяй.

Даддасига айтаман, келсин,
Ўша қургур қимматмасдир жа,
Чет эллардан келтирилса ҳам,
Бир ҳўкизнинг пули бўлар-да.

Суҳбатимиз тургандди қизиб,
Келиб қолдди қўшнимни эри,
Қўшним чопиб бориб олддига:
- Чироқ керак, дадаси, - деди.

Тушунтира бошлади аёл,
Эрин икки ёнидан ўтиб,
Не гаплигин англагач, эри,
Хотинига деди ўтириб:

- Нега керак қабрингга чироқ,
Бўлса жонсиз ётаддиган жой,
Ё, ўша ердда ҳам тинмасдан,
Овқат қилиб, дамлайсанми чой?

Балки, пардоз қилгинг ҳам келар,
қўймайинми, тошойна олиб,
Ярашдими охират кўйлак,
Кўрардинг бир ойнага солиб.

Телвизор ҳам шартдир мабодо,
Сериалларнигни кўргани,
Дастёрлардан жўнатвораман,
Бир қўнғироқ қилсанг бўлгани.

Аёл деди:- Вой, тавба-тавба,
Шундай қилиш мумкинми ўзи?
Эри деди:- Жуда мумкин-дда,
Ухлаш керак, уйга кир, бўлди.

Улар кириб кетди. Эрталаб,
Қўшним чиқди, паришон бироз,
Деди: - эрим айтди, эмишки,
Қабримизнинг чироғи – намоз.

Дейилганмиш, вақтида, тўкис,
Аддо этса намозни инсон,
Қабрига беш чироқ бўлармиш,
Бомдод, пешин, Аср, Шом, Хуфтон.

Дедиларки: “Лақиллаб юрма,
Дўкон асли хаётимиз ҳам,
Қулуфланиб қолмасдан бурун,
Чироғингни сотиб ол ундан”.

Хотинларни хозир, айниқса
Йиғини-ю “Гап”и кўпайган,
Шукру тавозеси камайиб,
Нолишу ғийбати кўпайган.

Қабрни хуш амаллар билан,
Жаннатдан бир боғ қилиш мумкин,
Ё, ғафлатда бепарво юриб,
Дўзахдан бир чоҳ қилиш мумкин.

Қўшним кулиб турди ўрнидан,
Дедим: - чироқ ёнди-ку, ўртоқ
Ўтирайлик, у деди: -- йўқ, йўқ,
Чироқ ғамламасам иш чатоқ.

Ундан кўра уйимга кириб,
Қўй-қўзимга ем берақолай,
Беҳуда ишларга сарфлаган,
Хаётимни тартибга солай.

Ҳар дам, ҳар он ғанимат экан,
Яшай эндди ақлимни жамлаб,
Ёпилмасддан умр дўконим,
Чироғимни олайин ғамлаб.

- Ўх-хў! Дедим, завқланиб, қўшни,
Олим бўлиб қолибсиз-ку-а?!
Ўттиз беш йил уқмаган гапни,
Ойсиз бир тун уқтирибди-я,

Соддагина қўшним шошилди,
Гаплашиб ҳам ўтирмади-бир,
Қоронғудан одам дегани,
Шунчалик ҳам қўрқарми ахир,

Бирам рози бўлдим шу тундан,
Яшавор, эй, симни узган тол!

M.Karimova


 
DURDONDate: Dushanba, 28-Okt-2013, 02:18 | Message # 28
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Келиним келин олди

Келин бўлиб суйдирган,
Гап қайтариб куйдирган,
Кетиб қолиб тўйдирган,
Келиним келин олди.

Етти ёққа зир чопиб,
Чиройли бир қиз топиб,
Пешонасидан ўпиб,
Келиним келин олди.

Ниҳоят у жанона,
Ўзи бўлди қайнона,
Келинига парвона,
Келиним келин олди.

Мақтанар: “Келин болам,
Чиройли ўзимданам,
Шахло кўз, қоши қалам,
Келиним келин олди.

Юзларидан ёғар нур,
Лаби ғунча, тиши дур”,
Дедим: “Хали шошмай тур”,
Келиним келин олди.

Ғунча лаб бир очилсин,
Захарлари сочилсин,
Тиғи жонга санчилсин,
Келиним келин олди.

Мушугини дегин “пишт”,
Чумчуғини дегин “кишт”,
Ана қиёман - уриш,
Келиним келин олди.

Шаҳло кўзлар ўқрайиб,
Хар кўрганда хўмрайиб
Найзасин турсин сайиб,
Келиним келин олди.

Чимирилиб қалам қош,
Юрагингни қилсин ғаш,
Вақтинча ўпиш, ялаш,
Келиним келин олди.

Ўзингдай идиш ювса,
Қолмайди бутун коса,
Чойнагинг тутар хасса,
Келиним келин олди.

Қўполлигидан уни,
Чангютгичми, дазмолми,
Бузилиб битар куни,
Келиним келин олди.

Уч кунлаб кир увитсин,
Сочиқларни чиритсин,
Бир кўнглингни совутсин,
Келиним келин олди.

Гап бермасдан ўзингдай.
Сайраб турсин булбулдай,
Томошангни бир кўрай,
Келиним келин олди.

Щьлингга гап щргатсин,
Ялласига щйнатсин,
Сани ёмон кщрсатсин,
Келиним келин олди.

Бошлаб уйда талотум,
Овсинга ўилса хужум,
Дейман: “Саломалайкум!”
Келиним келин олди.

Сўлитиб гулзорингни,
Чайпасин рўзғорингни,
Шу ыиз берсин додингни,
Келиним келин олди.

Энди биласан, мана,
Қайнона бўлиш нима,
Ажабгина бўлди-я,
Келиним келин олди.

Тавбв, тавба, нима бу
Юрагимда кек, қайғу,
Ахир уйимда тўй-ку,
Келиним келин олди.

Ўзинг кечиргин Олло,
Инсон бўлмас бехато,
Шукур деб қилай дуо,
Келиним келин олди.

Ахир унда ёш эди,
Йўнилмаган тош эди.
Беақл, бебош эди,
Келиним келин олди.

Секин гапириб мақтаб,
Дуолар қилиб алқаб,
Йўлга солдим-ку алдаб,
Келиним келин олди.

Дедим: “Тежамкор болам,
Менга мададкор болам,
Ўргилай, онам-онам”,
Келиним келин олди.

“Кир ювар оппоқ-оппоқ,
Идишим ушар юмшоқ,
Миннатдор коса, тавоқ”,
Келиним келин олди.

Қилиб сабру-бардошни,
Кўздан оқизмай ёшни,
Пиширдим шу хом ошни,
Келиним келин олди.

Сабр қилдим Маръабо,
Ғўрадан биттди холво,
Энди қилайин дуо,
Келиним келин олди.

Ёмон келин дўзаҳдир,
Яхши келин жаннатдир.
Илоё кўрсин хузур,
Келиним келин олди.


 
Forum » ARXIV » Yopilgan mavzular » Kutubxona » MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: