• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Qirq Farz
JamilaDate: Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:31 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Bu yerda Qirq-farzni o'rganamiz! smile

Qirq-farzni, har bir musilmon bilishi va hayotiga tadbiq qilishi lozim bo'lgan eng asosiy va juda ham muhim bo'lgan farzlardir, har bir mo'min bu farzlarni ado etmasa hechqachon chin mo'min bo'la olmaydi!

InshaAlloh hamamiz yodlab olamiz degan umitdaman!
InshaAlloh man ham tez kunda Yoq olaman InshaAlloh nasib qilsa Amiyn.



 
JamilaDate: Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:33 | Message # 2
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
1,Farz - Iymon.Har bir inson birinchi dinni qabul qilishda iymon krltirishi lozim "La ilaha illalloh Muhammadar Rasululloh (sav)"dib.

2, Farz - Namoz. Har bir Allohga iymon keltirgan mo'min ado etishi lozim bo'lgan besh mahal namozimiz.

3, Farz - Ro'za.Ushbu bir oy, yani 30 kun maboynida, tutishga qodir bo'lgan har bir mo'min tutishi lozim bo'lgan ushbu farz ro'za yani ramazon ro'zasi.

4,Farz - Zakot,Zakot berishga qodir bo'lgan har bir mo'min inson berishi lozim bo'lgan yillik daromad.

5, Farz - Haj, Har bir mo'minning umrida hech bo'lmasa bir marotaba bo'lsa ham bajarishi lozim bo'lgan ushbu farz amal haj.

Bu dinimizning asosiy besh ustunidur ushbu besh farzni ado etmagan mo'min mo'min emas!



 
JamilaDate: Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:38 | Message # 3
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Iymonda 7ta farz bor!
1 - Allohga;

2 - Allohning farishtalariga;

3 - Allohning kitoblariga;

4 -Allohning payg‘ambarlariga;

5 - Oxirat kuniga;

6 - Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;

7 - O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.

Ushbu 7 narsaga tilimiz va qalbimiz bilan chin dildan iymon keltirmogimiz lozim.





Message edited by MuSiLmOnKa - Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:40
 
JamilaDate: Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:41 | Message # 4
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Tahoratning farzlari to‘rtta:

1. Yuzni sochlardan xoli joylarini iyak ostigacha va ikki quloq orasidagi qismini yuvish.

2. Qo‘llarni tirsaklari bilan birga qo‘shib yuvish.

3.Boshning to‘rtdan biriga mash tortish.

4.Oyoqlarni to‘piqlari bilan birga yuvish.



 
JamilaDate: Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:42 | Message # 5
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
G‘uslning farzlari

1. Og‘izni yaxshilab chayish.

2.Burunni achishguncha yaxshilab chayish.

3.Badanning hamma joyini qoldirmasdan yuvish.





Message edited by MuSiLmOnKa - Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:43
 
JamilaDate: Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:45 | Message # 6
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Tayammumning farzlari

1. Niyat.

2. Pok tuproqni qasd qilish.

3. Ikki qo‘lni pok tuproqqa urib yuzga surish.

4. Qo‘llarni yana tuproqqa urib, tirsak bilan qo‘shib qo‘llarga surish.





Message edited by MuSiLmOnKa - Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:45
 
JamilaDate: Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:47 | Message # 7
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Namozning farzlari o‘n ikkitadir.
Oltitasi namoz tashqarisida, oltitasi namoz ichida.
Namoz tashqarisidagilar «shart», ichidagilar «rukn» deyiladi.

Namozning olti sharti

1. Tahorati yo‘qning tahorat olishi, junub bo‘lganning g‘usl qilishi.

2. Badan, kiyim va namoz o‘qiladigan joy toza bo‘lishi.

3.Avrat yopiq bo‘lishi.

4. Qiblaga qarab turish.

5. O‘z vaqtida o‘qish.

6.O‘qiydigan namoziga niyat qilish.



 
JamilaDate: Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:47 | Message # 8
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Namozning olti rukni

1.Iftitoh takbiri.

2.Qiyom.

3. Qiroat

4. Ruku.

5. Sajda.

6.Qa’da (so‘nggi o‘tirish).





Message edited by MuSiLmOnKa - Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:52
 
JamilaDate: Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:48 | Message # 9
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Quyidagilar ham farzdir:

1. Ilm olish.

2. Amri ma’ruf, nahyi munkar.

3. Halol mehnat qilish.

4. Rizqni halol yo‘l bilan topish.

5.Shariat halol deb belgilagan narsalarni yeyish.

Manba: "Namoz" kitobidan olindi.



 
JamilaDate: Chorshanba, 30-Dek-2009, 00:49 | Message # 10
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Assalomu Alaykum Wr Wb.

Bu Mavzu http://uzcinema.com/forum/63-1844-1 <<<<<<<<<< bu yerdan olinglar.

Alloh rozi bo'sin.



 
MASTERDate: Chorshanba, 30-Dek-2009, 01:30 | Message # 11
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7297
Status:
MuSiLmOnKa, Rahmat
 
shaddotDate: Payshanba, 31-Dek-2009, 15:32 | Message # 12
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Alloh rozi bo`lsin amiyn

Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz kunlarning birida Rasululloh
(s.a.v.) bilan birga o‘tirgan edik, shu payt kutilmaganda oppoq kiyimli, qop-qora sochli
bir kishi kelib qoldi. Unda safar asorati ko‘rilmasdi. Va uni bizdan biror kishi tanimasdi
ham. U kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o‘tirib, tizzasini tizzalariga tekkizib, ikki
kaftini sonlari ustiga qo‘yib: «Ey Muhammad, menga Islom haqida xabar bering», dedi.
Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Islom bu - «Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta Muhammad
alayhissalom Allohning rasuli», deb guvohlik bermog‘ing, namozni ado etmog‘ing, zakot
bermog‘ing, Ramazon ro‘zasini tutmog‘ing hamda yo‘l yurishga qodir bo‘lsang,
Baytullohni haj qilmog‘ingdir», dedilar. U kishi: «Rost gapirdingiz», dedi. Biz esa undan
so‘rab yana tasdiqlagani uchun ajablandik. Haligi kishi: «Menga imon haqida xabar
bering», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga,
oxirat kuniga hamda yaxshi va yomon taqdirga imon keltirmoqligingdir», dedilar. U kishi
yana: «Rost gapirdingiz, menga ehson haqida xabar bering», dedi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ehson - Allohni go‘yoki ko‘rib turgandek ibodat qilmog‘ing. Agar uni ko‘rmasang, U seni
ko‘radi», dedilar. U kishi: «Menga Qiyomat haqida xabar bering», dedi. Rasululloh
(s.a.v.) «So‘ralgan shaxs bu haqda so‘rovchidan ziyoda biluvchi emas», dedilar. U kishi:
«(Bunday bo‘lsa) Qiyomat alomatlari haqida xabar qiling», dedi. Rasululloh (s.a.v.)
«Cho‘ri o‘z xojasini tug‘mog‘i hamda yalang‘och qo‘y boquvchi bechoralar uy bino
qilishda (kim o‘zarga) poyga qilmoqliklaridir», dedilar. So‘ngra u kishi ketdi. Men esa
uzoq vaqt turib qoldim. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Umar, bu savol qilgan kishini bilasanmi?»
dedilar. Men: «Alloh va rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Bu Jabroil edi.
Sizlarga diningizni ta’lim berish uchun keldilar», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari.



 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: