• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
FARISHTALAR
SANJAR80Date: Juma, 18-Dek-2009, 20:44 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Maloikalar – Haq subhanohu va taolo nurdan yaratgan, azizu mukarram etilgan Allohning bandasidir.
Ular faqatgina Alloh buyurgan amalnigina bajaradilar, aynan shu bois hech qachon gunoh qilmaydilar.
Maloikalar har turli chiroyli shakllarga kira oladilar. Zero, ularning erkaklik va hotinlik sifatlari bo’lmag’ay. Ular hamisha Parvardigorning ibodatiga qoimdurlar. Ularning orasida payg’ambarlar yo’qdur, chunki barchalari itoatgo’ydurlar.
[code]11

Maloikalar gunohkor bo’lmasligiga dalolat bo’luvchi oyatlar.

Maloikalar shu darajada itoatgo’odirki, Alloh buyurgan joyda, Alloh buyurgan vazifani qat’iylik bilan bajaradilar: “Ey,mo’minlar, sizlar o’zlaringizni va ahli oilalaringizni o’tinlari odamlar va toshlar bolgan do’zaxdan saqlangizki, do’zax ustida qattiq dil va qattiq qo’l Alloh o’zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o’zlariga buyuriladigan narsani qiladigan farishtalar turur ("Taxrim" surasi, 6- oyat).

Shunisi borki, mushriklar maloiklarni parvardigorning bolasi, deb aytishgacha borganlar, vaholanki o’lchov bilan yaratgani kabi, maloikalarni ham aniq o’lchov bilan yartib, o’ziga itoatgo’y qilib qo’ygan.

Maloikalarning asosiy vazifalari.

Maloikalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Avvalan – birinchida: Maloikalarga Payg’ambarlar uchun Alloh tomonidan har turli habarlarni yetkazish vazifasi yuklatiladi.

Soniyan – ikkinchidan: Maloikalar bani basharga yaqin bo’ladilar. Yani ulug’ sifatlar egasi bo’lmish Parvardigor har insonga maloikalardan va jinlardan yaqin qilib qo’yadi. Bu haqda Rasululloh ta’lim berib aytadilarki: “Sizlardan birontangizga hech narsa yaqi bo’lmaydi, magar jinlardan, maloikalardan yaqin etib vakil qilingandir”.

Solisan – uchinchidan: Maloikalardan kiromon kotiblar ham mavjuddir. Ular har bir insonning o’ng va so’l yelkalarida o’tirgan bo’lib, qilgan barcha yaxshi-yomon amallarni yozib oladilar.

Robian – to’rtinchidan: Yozilganlarni saqlovch maloikalar bo’ladiki, ular barcha oshkora va yashirin ishlaringizni yozib qo’yguvchilardir.

Xolisan – beshinchidan: Mo’minlarning qalblarini tinchlan- tiruvchi va ularga yaxshilik xabarlarini beruvchi farishtalar. Bu toifadagi farishtalar qiyomat kunida osmondan tushib, Allohning rahmati va qalblarning taskini uchun faqatgina mo’min musilmon kimsalargagina taskin beradilar.

Sadisan – oltinchidan: Maloikalar begunohlikda sobitdurlar. “Ular ustilaridagi (ularni kuzatib turgan) Parvardigorlaridan qo’rqurlar va faqat o’zlariga amr etilgan ishlarnigina qilurlar”.

Sabian – yettinchidan: Arshni ko’tarib turguvchi farishtalar borki, hamisha Allohning zikrida tururlar. “… Parvardi- goringizning huzuridagi zotlar (farishtalar) kechayu kunduz hech zerikmasdan – malollanmasdan, U zotga tasbeh ayturlar – sajda qilurlar”.

Sominan – sakkizinchidan: Farishtalardan yana bir toifalari jahannamning aslari va qorovullaridir. Ular Alloh buyurgan amallarida sobitdurlar. Injilda do’zax qo’riqchilari bo’lgan farishtalar o’n to’qqiz nafar deb aytib o’tilgan.

Parvardigorimizning qo’shinlarini qanchaligini yolg’iz uning o’zigina bilur.


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: