• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
islom bu nima?
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 17:59 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Assalomu aleykum Wa Rahmatullohu Wa Barakotuhu!!!

Islom bu Alloh Taolo bizga bergan Eng haq din!

ИСЛОМ… Нима учун? Ким учун? Ва качон? Нима учун Исломни танлаймиз?

Чунки Ислом одамлардан Аллох кабул киладиган ва рози бўладиган диндир.
Чунки Ислом Одам алайхис-саломдан тортиб то Мухаммад алайхис-саломгача бўлган барча пайгамбарларнинг динидир. Хаммаларига Аллох тарафидан салоту саломлар бўлсин.
Чунки Ислом самовий динларнинг энг сўнггисидир.
Чунки Ислом элчиси – пайгамбари Аллох юборган элчиларнинг энг сўнггисидир.
Чунки Ислом китоби – Куръон осмондан нозил бўлган китобларнинг энг охиргисидир.
Аллох таъоло Оли Имрон сурасининг 82-оятида шундай деб мархамат килади: «Аллохнинг динидан ўзга дин истайдиларми?! Ахир осмонлару ердаги барча жонзот Унга бўйинсуниб турибди-ку! Ўшалар хам факат Унинг Ўзига кайтадилар».
Ислом кимлар учун?
Хар бир хаёт ва акл неъматидан Аллох бахраманд килганлар учун.
Хар бир Аллохнинг неъматларини кўра оладиган кўз эгалари учун.
Хар бир Аллохнинг сўзини эшита оладиган кулок эгалари учун.
Хар бир Аллохнинг оятларини тушуниб етадиган акл эгалари учун.
Хар бир мухаббат, шукр ва хамд билан тебранадиган калб эгалари учун.
Сиз учун, мен учун ва Аллох кўнглини иймонга кенгайтиришни хохлаганлаганлар учун.
Исломга качон кириш керак?
Хозир, эртадан илгари.
Калбингиздаги иймон ундовига итоат этинг!
Дархакикат, бу сизга умрда бир бор келадиган фурсатдир.
Бу олтин фурсатдир. Балки калбингизда бундай лахзалар кайтиб такрорланмас.
Аллохнинг чакиригига кулок солинг. У сизни чакираяпти: «Илохингиз бир илохдир. Бас, Унгагина бўйинсунингиз! Итоат этувчи зотларга хушхабар беринг!» Хаж сураси, 34-оят.

Musulmonlar jamoasi dan olindi!


 
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 18:00 | Message # 2
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Assalomu aleykum Wa Rahmatullohu Wa Barakotuhu!

Alloh taolining O`ziga bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo`lsin!
Payg`mabarimiz Muhammad alayhisalomga mukammal salovutu durudlar bo`lsin!
U zotning ahli baytlari va sahobalariga Alloh taoloning roziligi bo`lsin!

"ISLOM"ning ma`nosi nima?

Payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamkeltirgan din ISLOM dini nomi bilan mashhurdir. Bu nomni Payg`ambarning o`zlari emas, balki uni Alloh taolo ihtiyor qilgan. Qur`oni Karimda Alloh taolo:

"Va sizga Islomni din deb, rozi bo`ldim" deydi ("Moida" surasi, 3-oyat).
Islom so`zining lug`aviy ma`nosiga kelsak, bu so`zni lug`at ilmi olimlari, tafsirchilar va boshqa olimlar chuqur o`rganib chiqqanlar va bu so`z quyidagi ma`nolarni anglatishi uqdirib o`tganlar:
1.Ihlos.
2.Turli ofatlardan salomat bo`lish.
3. Sulh va omonlik.
4.Itoat va bo`ysinish.
Islomning shariy ma`nosi.

Islom "Alloh yagona" deb e`tiqod qilib, unga bo`ysinmoqlik va butun qalb bilan unga ihlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e`tiqodga iymon keltirmoqlikdir.
Qur`oni Karimda Islom shirkka (Allohning sherigi bor, deb ishonishga) qarshi qo`yilgan. Boshqa oyatlarda Islom Allohga ihlos qo`yish va unga bo`ysinish, itoat qilsh ma`nolarida ham kelgan.
Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg`ambarlarga ergashgan kishi musulmon deyiladi.


 
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 18:01 | Message # 3
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
NUH payg`ambar tog`risida Qur`oni karimda shunday deyiladi:

"Va men musulmonlardan bo`lishga amr qilinganman" ("Yunus" surasi, 72-oyat).

Ibrohim payg`ambar haqida shunday oyat bor:

"Chunki Robbi unga:"Musulmon bo`l!"-deganida, u:"Olamlarning Robbiga musulmon bo`ldim", dedi" ("Baqara" surasi, 131-oyat).

Yusuf payg`ambar ham Allohga qarab shunday degan:

" Sen dunyoyu ohiratda meninig valiyimsan. Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qo`shgin" ("Yusuf" surasi, 101-oyat).

Yana Qur`oni Karimda Muso alayhisalam tilidan shunday deyilgan:

"Ey qavmim, agar Allohga iymon keltirgan bo`lsangiz, agar musulmon bo`lsangiz, faqat Ungagina tavakkal qiling." ("Yunus" surasi, 84-oyat).

Iyso payg`ambar haqida shunday deyilgan:

"Iyso kofirlikni sezib qolganda:"Kimlar Alloh yo`lida menga yordamchi bo`ladi?!"-dedi.Havoriylar:"Biz Allohnini yordamchilarimiz, Allohga iymon keltirdik va bizning musulmonligimizga guvoh bo`l", dedilar" ("Oli Imron" surasi, 52 oyat).
So`ngra Alloh taolo Muhammad alayhisalomni avvalgi payg`ambarlarning shariatlarini to`ldirib kelguvchi payg`ambar qilib yubordi. Alloh taolo u kishiga Qur`oni Karimda shunday degan:

"Biz senga huddi Nuh va undan keyingi Nabiylarga vahiy yborganimizdek vahiy yubordik" ("Niso" surasi, 163-oyat).

Yuqorida bilgach, shyunday savol tugiladi:"Agar Alloh taolo Muhammad payg`ambarga
O`zidan avvalgi payg`ambarlarga o`hshab vahiy yuborgan bo`lsa nima uchun dinlar har hil bo`lib qolgan?" Bu savolga Quro`ni Karimda ochiq-oydin javoblar kelgan. Jumladan, Quro`ni Karim habar beradiki, Alloh barcha payg`ambarlarni tavhidga, ya`ni Allohning yagonaligiga da`vat qilish uchun yuborgan. Bu borada Alloh taolo Muhammadsollallohu alayhi vasallamga qarata shunday hitob qiladi:

"Sendan ilgari yuborgan har bir payg`ambarga: "Albatta, Mendan o`zga ibodatga sazovar iloh yo`q. bas , Menga ibodat qiling", deb vahiy qilganmiz" (Anbiyo" surasi, 25 oyat).


 
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 18:01 | Message # 4
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Shuning uchun ham, Alloh taolo o`z payg`ambari Muhammad sollallohu alayhi vasllamga yahudiy va hristianlarni yagona Allohga Iymon keltirishga da`vat qilishni buyurgan:

" Sen: "Ey ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar so`zga keling. Allohdan o`zgaga ibodat qilmaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qo`yib, ba`zimiz ba`zimizni Robb qilib olmaylik", degin. bas agar yuz o`girsalar: "Guvoh bo`linglar, biz albatta, musulmonlarmiz", deb aytinglar" ("Oli Imron" surasi, 64-oyat).
Mana shu oyatlardan korinib turibdiki, Alloh taolo barcha paygamabarlarni tavhidga(yagona Allohga e`tiqod qilishga) da`vat qilish uchun yuborgan. tavhiddan boshqa e`tiqod esa, dinga yotdir. Shunday kelib chiqadiki, din aslida bir narsa, lekin diniy ish yurituvchilar o`z maqsadlarini amalga oshirish, boylik, mansab ilinjida dinlarga o`zgartirish kiritganlar.
Muhammad alayhisalom payg`ambar bo`lganlaridan so`ng bu haqiqat yuzaga chiqdi.Barcha odamlarni Islom dini atrofiga yig`ilishga chorlovchi da`vat yangradi.
Qur`oni Karimda shunday deyiladi:

"Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar, faqat, ularga ilm kelgandan so`ng, o`zaro hasad qilishibgina qolmay, ihtilof qiladilar" ("Oli Imron" surasi, 19-oyat).

Agar din bitta bo`lsa, unda kelishmovchilik tug`ilishi mumkin emas. Hristian, yahudiy va Islom diniga ergashuvchilarning o`zaro kelishmovchiliklari Allohning ta`limotiga hilofdir. Alloh taolo barcha dinlarni yer yuzida tinchlik hukm surishi, odamlar va davlatlar o`rtasida muhabbat qaror topishi uchun yuborgan. Shuning uchun ham, Muhammad sollallohu alayhi vasallam olib kelgan din kelishmovchiliklarini tuzatish va ularga haq yo`lni ko`rsatish muddaosida yuborilgandir.
Dinlarning asli bir ekanligi Qur`oni Karimda e`lon qilingan haqiqat bo`lib, dinlar orasidagi ihtiloflarga qarab turib, "Din bekor gap" deyuvchilarning shubhasini chippakka chiqardi.
Ularning aytishicha, har bir payg`ambar o`z hohishicha yangi bir din ihtiro qilib, o`zidan avvalgi o`tgan payg`amabarlarga qarshi chiqar emish.Bu, haqiqatdan uzoq gapdir. Hqiqatdan esa, Qur`on nuqtai nazaridan , dinlarning asli bir bo`lib, shariatlar turlichadir. Chunki bu borada kishilarning ijtimoiy, aqliy va boshqa holatlari e`tiborga olingandir. Alloh taolo Islom dini ohirgi din bo`lishini ihtiyor qildi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shariati esa, o`zidan oldingi barcha shariatlarni nasx-bekor qildi. Bu shariat nihoyatda rivojlangan insonlar uchun barcha zamon va barcha makonga mos keladigan shariatdir. Bu borada Qur`oni Karimda shunday deyiladi:

"KIm Islomdan boshqa dinni hohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va ohiratda ziyon ko`rguvchilardan bo`ladir" (Oli Imron" surasi, 85-oyat).


 
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 18:04 | Message # 5
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
ISLOM VA ILM

Islomda ilm

O'tgan asrlarda ovrupoliklar orasida "Islom dini fikriy harakatlarning dushmani bo'lgan, barcha ilmiy va falsafiy harakatlarga qarshi kurash ochgan" degan noto'g'ri fikr tarqalagan edi. Manashu fikrning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini Qur'on ta'limoti va tarihiy hujjatlar asosida isbot qilishga harakat qilamiz.
Haqiqatni olganda, ilmga qarshi urush ochganlar boshqa dinlarning peshvolari bo'lgan. tarihchilar bir ovozdan ta'kidlashlaricha, tabiiy ilm ulamolari o'rta asrlarda Evropada din peshvolari tarafidan qattiq taqib qilinganlar. O'sha vaqtda din peshvolariga va cherkov fikrlariga to'g'ri kelmagan fikrlarni aytgan olimlar va mutafakkirlar sud qilish uchun alohida sud hay'atlari tuzilgan. Agar biror olim cherkov fikriga to'g'ri kelmagan fikrni aytsa, uni tutib keltirib tavba qildirishar va ikkinchi martda bunday gapni aytmaslikka ahdnoma olar edilar. Agar o'sha olim o'z fikrini ikkinchi martda takrorlasa, uni tutib olib tiriklayin yoqib yuborishar yoki baland joydan chuqurlikka tashlashar edi. Huddi shu uslub bilan o'rta asrlarda ko'pgina ulug' olimlar halok bo'lgan edilar. Mana shu holat uzoq vaqt davom etdi.
Protestant mazhabi keng tarqalib, o'z mazhabiga ko'pgina davlatlar ergashganidan so'ng,
bu holat o'z kuchini yo'qotdi. Protestant mazhabi o'ziga odamlarni jalb qilish maqsadida, fikr erkinligiga ruhsat berishga majbur bo'lgan edi. Shunday qilib, ilm g'alaba qildi. Lekin din peshvolaridan azob chekkan ilm egalari din peshvolarining o'zidangina o'ch olish bilan kifoyalanib qolmay, balki dindan ham o'ch ola boshladailar. Ba'zi sodda diniy kitobladan kulib, ularni "ibtidoiy jamoa davridagi kishilarning fikri"deb atadilar. Qulay fursat topilishi bilan dinni hurmatsizlash paytida bo'ldilar. Bu ish ohiri borib dindan yuz o'girish va dinsizlikning tarqalishiga sabab bo'ldi. Hattoki, ba'zilar "dindorlik johillikdir" degan fikrga ham bordilar. Bu haqda to'liqroq tasavvurga ega bo'lish uchun XlX asrda nashr etilgan qomuslardan birida din peshvolari haqida nimalar yozilganiga bir nazar solishning o'zi kifoya:
"Ma'lumki, inson tabiati aqlga to'g'ri keladigan narsalarga ishonishni hohlaydi. Ular (din peshvolari) "Yo'q!", deydilar va inson aqlini yahshi bilan yomonni, adolat bilan zulmni ajratish haqqidan mahrum qilishga urinadilar. Aql ko'zini ko'r qilib bo'lganlardan so'ng, mo'jizalarni ham oddiy narsa qilib oqni qora, yahshini yomon qilib ko'rsataveradilar. Shunday qilib, din odamlarni ko'r ko'rona itoatga chaqiradi. Agar ulardan, kimga itoat qilamiz, elimizgami yoki tabiiy vazifalarimizgami, yoki qalbdagi hissiyotlarimizgami deb so'rasang, ular, bu bilan ishing bo'lmasin, itoat qilish sening vazifang, deyishadi."
Bu ko'proq hristian diniga va boshqa dinlarga tegishli gaplar. Ammo Islom musulmonlarga taraqqiyot yo'lida yurishni farz qilgan. Kishilarni ilmga undagan, chunki inson shahsiyatini ilmdan boshqa narsa to'g'ri yo'lga sola olmaydi va taraqaqiyotga ham erishtira olmaydi.

Ilmga qiziqtirish borasida Alloh Qur'oni Karimda shunday degan:

"Sen: " Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo'larmidi?!" - deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar" ("Zumar" surasi, 9-oyat).
Boshqa bir oyatda ilmli kishilar Allohning huzurida boshqalardan ko'ra yuqori darajada turishlari ochiq-oydin aytilgan:

"Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilmga berilganlarning darajalarini ko'tarur"("Mujodala" surasi, 11-oyat).


 
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 18:04 | Message # 6
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Alloh O'zining yagonaligiga ham ilmli kishilarni guvoh qilgan:

"Alloh adalat ila turib, albata, Undan o'zga iloh yo'qligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham. Undan o'zga iloh yo'q. U aziz va hakiym zotdir" ("Oli Imron" surasi, 18-oyat).

Shu oyatda Alloh ilmli kishilarning shohidligini farishtalarning shohidligi bilan tenglashtirgan. bu esa, ilmli kishilarning hurmati Allohning huzurida naqadar yuqori ekanligini ko'rsatadi. Aksincha, Qur'on ilmsizlarni tanqid qilgan:

"Alloh bilmaydiganlarning qalblarini ana shunday qilib muhrlar" ("Rum" surasi, 59-oyat).
Qur'on ilmining chegarasi yo'q ekanligini ham bayon qilib o'tgan:

" Har bir ilm egasi ustidan bilguvchi bor" ("Yusuf" surasi, 76-oyat).

Bu oyatning ma'nosi: olimlar o'z ilmlari bilan mag'rurlanib, o'z ustida ishlashni tark etmasinlar, doimo ularni ham birov tanqid qilib qolishiga o'zlarini tayyorlab tursinlar, demakdir. Qur'on musulmonlarni barcha narsaning haqiqatini bilish uchun doimo ilm payida bo'lishga chaqiradi:

"...va: "Robbim, ilmimni ziyoda qilgin",degin" ("Toha" surasi, 114- oyat).

Islom kishilarni ilmga chaqirish bilan kifoyalanib qolgan emas, balki aqliy va fikriy harakatsizlikning oldini olish asoslarini kishilarga ko'rsatgan. Bu quyidagi narsalarda ayon bo'ladi:

1. Islom dalil va hujjat dinidir.
Ilm biror narsani hujjat va aniq dalil bilan bog'lamaguncha, uni haqiqat deb tan olmaydi. Qur'on ham musulmonlarga dalilsiz narsani qabul qilmaslikni buyuradi:

"Va ular: "Jannatga yahudiy va nasroniylardan boshqa hech kim kirmaydi", dedilar. Bu ularning hom hayollaridir. "Agar rostgo'y bo'lsangiz, hujjatingizni keltiring", deb ayt". ("Baqara" surasi, 111-oyat).

Bir narsaga dalil va hujjat bo'lmasa, ishonib bo'lmaydi. Boshqalarga taqlid qilib, shirk e'tiqodida bo'lganlarni Alloh so'roq qiladi:

"Kim Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilsa, bu hususda hech bir dalili yo'qdir. Bas, uning hisobi faqat Robbining huzuridadir. Albatta, kofirlar najot topmaslar" ("Mo'minun" surasi, 117-oyat).

Boshqa bir oyatda Alloh mushriklardan but va sanamalarga ibodat qilmasliklari uchun dalil va hujjat talab qiladi.

"Yoki avval boshdan yaratadigan, so'ngra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru yerdan rizqlantiradigan zot yahshimi? Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! "Agar rostg'oy bo'lsangiz, hujjatingizni keltiring", degin" ("Naml" surasi, 64-oyat).

Mana shu oayatlardan ravshan ko'rinib turibdiki, har kimsaning aytgan gapiga dalili bo'lishi kerak. Kimki uning gapini eshitsa, dalil so'rasin. Dalil bo'lmasa, qabul qilmasin.Amiyn!

Assalomu alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakotuhu!


 
shaddotDate: Seshanba, 15-Dek-2009, 17:41 | Message # 7
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Alloh rozi bo`lsin


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: