• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Islom dinida tug'ilgan kun
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 17:21 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Savol: Tugilgan kun bilan birovni tabriklash nishonlash bilan bir narsami? Ya'ni nishonlamasdan shu tugulgan kun ekan deb tabriklab ko'yib xech kanday bayram sifatida o'tkazmaslik?

Javob:
Xammasi bir narsa, tabriklash emas, unga ta'ziya bildirish kerak-ki, uning xayotidan yana bir yili ketibdi ya'ni ajaliga yakinlashyapti ekan, shuning uchun yanada extiyot bo'lib gunoxlardan saklanishga chakirish kerak. Salaflardan biri umrini xisoblab ko'rsa, 10,000 kun chikibdi shunda u agar xar kuni bittadan gunox kilgan bo'lsam Alloxga 10,000 gunox bilan yo'likaman, agar xar kuni 10 tadan bo'lsachi deb, ko'rkkanidan o'lib erga yikilgan ekan


 
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 17:22 | Message # 2
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Savol: Umuman tugilgan kun agargina dinga kandaydir alokasi bo'lsa unda bida't deyishimiz mumkin, to'grimi? Ya'ni tugilgan kunni nishonlashni takiklash o'zi bid'at bo'lib kolmaydimi? Shunday savollar berishyapti. Ya'ni odamning yoshi yana bir yoshga ko'payibdi deb bayram kilish yoki bayram kilmasdan fakatgina tabriklab ko'yish Islomga kanday alokasi bor? Umuman dinga alokasi bormi degan savollar berishyapti.

Javob:
Shayton odamlarga dars aytishda juda usta bo'ladi. Ya'ni tugilgan kunni nishonlashni takiklash o'zi bid'at bo'lib kolmaydimi? Bu juda bemaza gap. Bid'at nimaligini bilmokchi bo'lsangiz saxifamizning "Juma nasixatlari"ga ko'yilgan "Bid'at" nomli makolani o'kib chiking.

Shuni yaxshi bilinsinki, islom odamning xamma amallariga javob beradi. Bir odam islomga kirgandan keyin uning xamma kilayotgan amallari islomga muvofik bo'lishi kerak. Amal fakat kilinadigan ish emas, so'z xam amaldir, masalan “subxanallox” bu bir so'z, uni islom amal deb xisoblaydi, kiyomatda Allox unga ajr beradi. So'kish xam bir so'z kiyomatda unga jazo beriladi. Tugilgan kunni nishonlash bizga kofir kavmlardan kirib kelgan va unga amal kilish sekin-asta rivojlangan. Xozirga kelib tugulgan kun marosimida katta tort kilinib uning ustiga yoshga barobar shamchalar yokilib marosim soxibi aksar xolda bolalar buni bir puflashda o'chiradi. Shamning esa nasorolarning diniga bevosita alokasi bor. Demak bu amal shunchaki odat emas balki kaysidir kofir kavmga ergashish ekan.


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: