• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Juma kunining sunnatlari
DURDONDate: Juma, 16-Avg-2013, 04:55 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:


Sunnatlari: 

 Qarindoshlarni ziyorat qilish

 Juma kuni(Payshanba kuni Asrdan boshlab to Juma kuning Asrgacha) shunday 1soat borki duolar qaytarilmaydi. Bu soat aniq aytilmagan. Chunki odamlar shu bir soat ichida toat ibodat qilib olsam bo'ldi demaslliklari uchun.

 Ko’proq salovat aytish.

 Payg’ambarimiz s.a.v. aytadilar:” Juma kuni 80 marta Namozda o’qiladigan Attahiyyat duosidan keyin o’qiladigan salovatni o’qilsa 80 yillik gunohlari kechiriladi”.

 Payg’ambarimiz s.a.v. yana aytadilarki:”Kimki Juma namozidan keyin yoki oldin 7 marta salovat aytsa mening shafoatim vojib bo’ladi. Kimki har kuni 100 marta salovat aytsa 30 daraja fazilatini shu dunyoda ko’radi, 70 daraja savobini narigi dunyoda ko’radi” deganlar

 Quron o’qish. Payg’ambarimiz s.a.v. aytadilarki:”Kimki Juma kuni surai Kahfni o’qisa Alloh taolo bir nur yuborada. Makkada shu inson nomidan bir nur paydo bo’ladi, qayoqda o’qigan bo’lsa ham. Va Alloh taolo uni gunohlari mag’firat qiladi. Va 70 ming farishta shu bandangni iymonini salomat saqlagin deb salovat aytib turadi. Va dardiga shifo beradi. Umaman tutqaloq kasalligi duchyor bo’lmaydi. Va dajjol fitnasiga uchramasdan o’lim topadi.

 Ko’proq namoz o’qish. Qadimgi ulamolar Juma kuni 1000 marta o’qishgan (20 rakatda 50 martadan). Bu hatmi Qur’on qilish bilan teng ekan (Juma kuni). 

Payg’ambarimiz s.a.v. Payshanba kuni shom namozini 1rakatiga Kafirun surasini, 2rakatiga Ixlos surasini, xufton namozida 1rakatiga Juma surasini va 2rakatiga Munofiqun surasini o’qish sunnat, sovobi ko’proq. 

 Sadaqa berish boshqa kunlardan afzal. Savoblari farzga yaqin. Afzali so’ramaganga berish.

 Juma kuni qasddan ertalab safarga chiqish makruh.



 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: