• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Taloq haqida
DURDONDate: Dushanba, 25-Fev-2013, 02:48 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Taloq haqida

Ikki xil taloq bor. Biri raj'iy taloq, ikkinchisi boin taloq. Boin taloq kichik boin va katta boin taloqlarga bo‘linadi.

1.Raj'iy taloq. Raj'iy taloq qilingan xotinning iddasi o‘tmagan bo‘lsa, nikoh hukmlari bekor bo‘lmaydi. Er-xotinlik davom etaveradi. Er idda ichida xotini rozi bo‘lmasa ham, nikohni yangilamay, u bilan er-xotinlikni davom ettirishga qaytishi mumkin. Ammo idda o‘tib qolsa, xotin eridan ajralgan bo‘ladi. Bu holda faqat xotin rozi bo‘lsa, nikohni yangilab, so‘ng er-xotinlikni davom ettirishi mumkin.

"Sen taloqsan", "Seni taloq qildim" kabi taloqqa ochiq dalolat qiluvchi iboralar bilan raj'iy taloq tushadi.

Taloqqa ochiq dalolat qiluvchi iboralar aytilganida taloqning tushishi niyatga bog‘liq bo‘lmaydi. Er bu iboralarni aytganida taloqni niyat qilsa ham, niyat qilmasa ham, taloq tushadi. Erning "Taloqni niyat qilmagan edim", deyishi e'tiborga olinmaydi.

Bu o‘rinda shuni unutmaslik kerak: bir yo ikki raj'iy taloq bo‘lsagina, er-xotinlikni qayta tiklash mumkin. Ammo uch taloqda qo‘yilgan xotin boshqaga tegib, undan shar'an ajralganidan so‘nggina avvalgi eri bilan qayta nikohlanishi mumkin, xolos. Zero, uch taloq katta boin taloqdir.

2. Kichik boin taloq. Er janjallashib turgan xotiniga "bor ket", "ko‘zimga ko‘rinma", "uyingga ket" kabi taloqdan kinoya bo‘lgan so‘zlarni aytib, taloqni niyat qilsa, boin taloq tushadi. Shuningdek, er hali qo‘shilmagan xotiniga taloqqa ochiq dalolat qiladigan so‘zlarni aytsa ham, boin taloq bo‘ladi. Shu kabi bir yo ikki boin taloq kichik boin taloq hisoblanadi.

Kichik boin taloq nikoh hukmlarini bekor qiladi. Faqat iddaga oid hukm qoladi. irtalariga kichik boin taloq tushgan er-xotin nikohni yangilab, so‘ng er-xotinlikni davom ettirishlari kerak.

3. Katta boin taloq
. Uch taloq yo uchinchi taloq katta boin taloqdir. Katta boin taloq "taloqul bat" (qaytib bo‘lmas taloq) deb ham aytiladi. Bu xususdagi masalalar fiqh kitoblarida batafsil yoritilgan.

Katta boin taloq qilingan xotin eriga harom bo‘ladi. U boshqa er bilan shar'iy nikohdan o‘tib, turmush qurib, kelisholmay ajralsa yo ikkinchi eri o‘lsa, iddasi tugaganidan so‘ng birinchi eriga yangidan nikohlanishi mumkin, xolos.

Ba'zi erlar o‘zlari va oilalariga baxtsizlik va kulfatdan boshqa narsa keltirmaydigan qiyinchilik va mushkulot yo‘lini tutib, shariat hukmlariga xilofan taloqni ko‘p ishlatishadi yoki goho o‘zaro munosabat qilishlari qat'iy harom bo‘lsa-da, noshar'iy munosabat qilaverishadi. Bu ishlaridan ogoh bo‘lishsin.

Taloqni ermak qiluvchilarga qonun yo‘li bilan hatto eng past jazo va ta'zir belgilanganida edi, bunday yengiltaklar soni tezda kamayib, bu yaramas odat yo‘qolarmidi...


 
DURDONDate: Dushanba, 25-Fev-2013, 02:56 | Message # 2
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Taloq hukmi kimda?

Taloq qilish erning ixtiyorida va uning haqqidir. Er taloq qila oladi. Lekin er bu boradagi shar'iy ko‘rsatmalarga rioya etishi lozim.

Xotin ham taloq qilish ixtiyorini eri unga bersa, bu huquqqa ega bo‘la oladi. Er xotinga istagan vaqtida yo ma'lum muddatda o‘zini bir boin taloq qilish huquqini berishi mumkin. Xotin bu huquqqa ega bo‘lish shartlariga muvofiq o‘zini taloq qila oladi. Bu haqdagi tafsilotlar fiqh kitoblarida mavjud.

O'zini taloq qilishga ixtiyor ololmagan, ajralishga shar'iy asoslar bo‘la turib eri taloq qilmagan xotin istasa, qoziga murojaat etib, eridan ajratib qo‘yishini talab qilishi mumkin. Unga bu haqni beradigan sabablar fiqh kitoblarida bayon etilgan. Er-xotin o‘rtasidagi adovat, erning xotinini nafaqa bilan ta'min etolmay qolishi, uning jinsiy ojizligi va boshqa ma'lum dardlar ana shunday sabablardandir.

Keng dargohli Islom shariatidagi yengillik qo‘llanilsa, bu masalalarda hech bir qiyinchilik, zulm, adolatsizlik va adovat bo‘lmaydi. Alloh taolo har qiyinchilikka osonlik va har muammoga yechim ato etgan. Musulmonga, u erkak bo‘ladimi yo ayol, dunyoda ko‘p yaxshilikka va oxiratda ulkan ajrga yetishish uchun Allohdan qo‘rqishdan boshqa chora yo‘qdir.


 
DURDONDate: Juma, 29-Mar-2013, 22:46 | Message # 3
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Аёл киши бирон шаръий сабабсиз эридан талоқ талаб қилиши

Баъзи аёллар оилада учраб турадиган арзимас келишмовчиликлар чоғида ёки сўраган мол-дунёни эри бермаса ё айтган нарсасини олиб бермаса дарров эридан талоғини беришни сўраб қоладилар. Бундан ёмонроғи гоҳида бунга уларни ўзларининг яқинлари, оналари ё опа-сингиллари ё дугоналари ундайдилар. Баъзилари эса эрининг шаъни, ғурурига тегадиган гаплар билан, масалан, “Эркак бўлсанг талоқ қил” деб ҳадларидан ошадилар.

Маълумки талоқ сабаб оилаларни пароканда бўлиши, болаларни бебош бўлиб қолиши каби бузуғликлар келиб чиқади. Аксарлари кейин бунга афсус-надоматлар қиладилар, бироқ кеч бўлган бўлади. Бу ва бошқа сабабларга кўра шариатимиз буни ҳаром қилганлигининг ҳикмати яққол кўринади.

Савбон розияллоҳу анҳу Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва салламдан ривоят қилиб айтадилар: “Қайси бир аёл бирон сабабсиз эридан талоқ сўраса, жаннатнинг ҳиди унга ҳаромдир”. (Имом Аҳмад) Уқба ибн Омир розияллоҳу анҳу ривоят қилган ҳадисда эса: “Эрига маблағ бериб ўзини талоқ қилдирувчи ва эридан ўзини тортувчи аёллар, улар мунофиқлардир”. (Табароний)

Аммо шаръий сабаб бўлса жоиз, шунда юқорида ўтган ваъидлар тахтига дохил бўлмайди. Масалан, эри маст қилувчи ичимлик ичишга ёки наркотик моддалар истеъмол қилишга мубтало бўлган бўлса ёки ҳаром ишларга мажбурласа ёки уни азоблаб зулм қилса ёки уни шаръий хуқуқларидан тўсса ва насиҳат фойда бермаса ҳамда ислоҳ йўлларини топа олмаса, дини ва жонини сақлаб қолиш учун эридан талоқ талаб қилишда аёлга гуноҳ йўқдир.


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: