• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
SEVGI NIMA?
DURDONDate: Dushanba, 01-Okt-2012, 13:25 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
SEVGI NIMA?-1
Alouddin Basharning "Sevgi nima?"
kitobchasi aslida "Haqiqat nima?"
kitobining davomidir. Katta
hayot boshida o‘zi uchun haqiqatni topib
olishga urinib turgan Xulyo ismli qizga yozilgan maktublar...
Savollar va javoblar ketma-ket ekaniga
qaramay, mavzuda baribir farq seziladi.
Haqiqatni
axgarayotgan yosh yurakka, yosh
xususiyatini e’tiborga olgan holda, sevgi haqida to‘xtalinmasa,
albatta, maqsad to‘la hosil bo‘lmas edi.
Ikkinchidan, bu mavzuga alohida diqqat
lozim. Balki shuning
uchundir, maktublarining davomini alohida
kitobcha holida chop etgirgan. Biz ham muallifning
ko‘zlagan niyatini hurmat qilib, ikkala
kitobni ayri-ayri taqdim etyapmiz. Ammo
bir hikmat bilan
qo‘lingizga "Sevga nima?" oldin tushib
qolsa, "Haqiqat nima?"ni ham topib, qo‘shib o‘qishga harakat
qilint.
Ukalarim, singillarim! Mana, o‘smirlik
yoshidan o‘gib, bugun yigit-qizlar bo‘lib
yetishdingiz. Endi
mustaqil hayot ostonasida turibsiz. Hayotda adashmayin, insonlikka loyiq umr
o‘tkazayin desangiz,
haqiqat va sevgi masalalarida to‘g‘ri
dunyoqarash shakllantirib oling. Siz
izlanuvchi, fikrlovchi Inson
bo‘lib tug‘ilganingizni va bu dunyoda o‘zingizga ajratilgan fursatni Sharafli
Insonday yashashga haqli
ekaningizni unutmang. Alloh sizga yor
bo‘lsin!
Nurulloh MUHAMMAD RAUFXON
XULYODAGI O`ZGARISH Eng so‘nggi maktubni jo‘natganimga ham
bir oydan oshgan edi. Kecha kutubxonaga
kirsam,
javob xati kelganini aytishdi. Oldim...
Maktubda butunlay boshqa bir Xulyoga
duch keldim. Uning qalbidagi g‘am- g‘ussalar o‘rnini sekin-
asta hayajonlar egallayotgani satrlaridan
ochiq sezilib turardi. Maktubda qalam
kuchi ifoda eta
olmaydigan bir ruh hukmron edi. Bu ruh
haqiqatni majburan emas, balki hayajon bilan izlagan ruh
edi. O‘tgan vaqt mobaynida Xulyoning
ancha kitob o‘qiganini angladim. Uning
hayajonlari jumlalarga
sig‘may to‘lib-toshmoqda edi. Maktub
oxirida bunday debdi: “Suhbatlarim asosan ayollar bilan
o‘tmoqda. Turli hayotiy fikr-lar va
ayollarga xos qarashlar bilan yuzma-yuz
kelmoqdaman. Ularga
nimalarnidir anglatishni xohlayman, ammo
ko‘pincha bunga hali ojiz ekanimni sezaman.
Maktublaringizdan tushunishimcha, bu
fikrlarning faqat bittasigina to‘g‘ri, u ham
bo‘lsa, bizlarni
ayol qilib yaratgan va bizga hayot bergan
Robbimizning hukmidir. Bu haqiqatga butun ruhim bilan
ishon-yapman. Ammo bu haqiqatni
boshqalarga o‘zim anglagandek
anglatolmayapman. Balki bunga
biz ayollarning nasihat tinglash borasida
erkaklardan ancha sabrsiz ekanimiz sababchidir. Nima
bo‘lganida ham natija o‘zgarmasdir. Sizdan
bu mavzuda yana bir maktub yozishingizni
iltimos
qilaman”.
Maktubning javobini yozishga unchalik shoshilmadim. Chunki uning haqiqatni
izlab topish yo‘lida
jiddiy harakat qilayotgani sezilib turardi.
Men uning yana ham ko‘proq o‘qishini,
izlanishini, bilimini
oshirishini istardim. Oradan bir oycha vaqt o‘tdi. Unga shunday
maktub yozdim:


 
DURDONDate: Dushanba, 01-Okt-2012, 13:30 | Message # 2
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
SEVGI NIMA-2

BESHINCHI MAKTUB «Haqiqatni izlayotgan Xulyo!
Kutubxonaga tashlab ketgan xatlaringni
oldim. Avvalgisida ayollarga oid faqat
birgina savol
so‘rabsan, u ham bo‘lsa erkak-ayol tengligi
masalasi ekan. Keyingi xatingda bu masalaga unchalik
jiddiy yondashmaganing meni hayron
qoldirdi. Demak, “Erkaklar bilan teng
huquqlimizmi, yo‘qmi?!”
degan savolni miyangdan haydabsan.
Uning o‘rniga: “Ayollarga nimalarni anglata olaman; ularga
qanday qilsam foydam tegadi?” degan
fikrni yuklabsan. Seni tabriklayman. Bu
ifodalarimdan “teng
huquqlilik” haqida yozmas ekan-da, deb
o‘ylama. Bu haqda yana bir oz fikr bildirib o‘taman, xolos.
Xulyo, bu olamga bir qaragin-a... Koinot
tinimsiz harakatda. Quyosh o‘ziga xos
tezlikda harakat
qilmoqda. Sayyoralar Quyosh atrofida
aylanmoqdalar. Quyosh sistemasining o‘zi yaxlit holida ma’lum
bir tomonga harakat qilmoqda. Bir nech-ta
quyosh sistemalarini o‘z ichiga olgan
“Somonyo‘li”
galaktikasi ham yana bosh-qacha faoliyat
ichidadir. Bularning hammasi bilan bizning bevosita
aloqamiz bor. Yerning o‘z o‘qi hamda
Quyosh atrofida aylanishini tasavvur etib
ko‘r! Xar ikki harakat
har xil tezlikda amalga oshadi.
Avtobusning katta tezlik bilan burilishi natijasida oshqozoni chayqalib,
bezovtalangan ojiz inson, bu ikki
jarayonning dahshatliligiga qaramay,
xotirjam va beshikast
yashayapti. Yer ham yo‘lidan zarracha
chetlamasdan sayohatini davom ettiryapti. Nima uchun? Har holda inson rohat-
farog‘atda o‘ynab-kulishi, g‘aflat ichida
yashab, haqiqatni
inkor qilishi uchun emas, albattta!
Koinotdagi tinimsiz harakat jarayoni har
jismda o‘ziga xos bir shaklda namoyon bo‘ladi, shu
jumladan, inson vujudida ham. Yurak
doimo ishlamoqda, tomirlarimizda qon
tinimsiz
harakatlanmoqda, hujayralarimiz uzluksiz
yangilanmoqda. Bu faoliyatlarning hech biri insonni behuzur
qilmaydi, qiynamaydi. Nima uchun? Har
holda buning hikmatini, haqiqatini
anglamasdan yashashimiz
uchun emas!..
Koinotda va tanamizda uzluksiz davom etayotgan bu jarayonning ruhimizda aks
etgan tomoni
doimo o‘ylash, fikrlashdir. Inson hatto
uyqusida ham o‘ylaydi. Shunday ekan,
butun masala bir tushunchada, ya’ni,
“o‘ylash”da markazlashmoqda. Bu jihat masalaning bir tomoni.
Inson o‘ylasin deb quyosh tinimsiz nur
taratmoqda. Inson o‘ylasin deb Yer
to‘xtamay aylanmoqda.
Nimani o‘ylasin? Har holda, faqat nafsini
va shahvatini emas... “Insonlar uyqudadirlar, o‘l-gandan keyin
uyg‘onadilar!” hadisi sharifi qanchalar
hikmatli, shunday
emasmi?! Ammo eng muhimi, Xulyo,
o‘lmasdan avval uyg‘onishdir. “O‘lmasdan
avval o‘linglar!” hadisi sharifi ma’nolarining bittasi ham shu bo‘lsa
kerak...
So‘zimning shu joyida senga bir hodisani
aytishni lozim topdim. Necha yildirki, bu
voqea
xotiramdan ketmaydi. Bir qabriston bor edi. Shaharni kengaytirishni istagan
rahbarlar, afsuski,
ko‘chmas mulk hukmida bo‘lgan bu joyni
bir xotira, bir ogohlantiruvchi bo‘lgan bu
sokin, jimjit
makonni yo‘qotishga qaror qilishdi va buni har tarafga e’lon qilishdi: “Falon qabriston
shu vaqtda
buziladi, xohlagan kishilar o‘zlariga
tegishli jasadlarni falon qabristonga
ko‘chirishlari mumkin...”
E’longa e’tibor bergan kishi deyarli topilmadi. Chunki ancha paytdan beri vafot
qilganlar yangi
qabristonga dafn qilinmoqda edi. Eski
qabristondagi qabrlardan ko‘piga ega ham
chiqmadi.
Shunday qilib o‘sha aytilgan kun ham yetib keldi. Ekskavatirlar qabristonni ostin-ustin
qilib
tekisladi. Qabrlarda jasadning asari ham
qolmagan edi. Hali chirib ulgurmagan
suyaklarni ekskavatir
cho‘michi bir-biriga aralashtirib, yuk mashinalariga yukladi. Mashinalar nav-
batma-navbat yo‘lga
tushdi. Bu g‘arib manzara hech ko‘z
oldimdan ketmaydi. O‘sha kuni suyaklari
mashinaga yuklangan
insonlar yaqin o‘tgan kunlarda ham shu shaharning aholisi edi. Oralarida boyi,
kambag‘ali bor edi. Bir-
birining mol-mulkini ko‘ra olmagan, bir-
biri bilan qattiq janjallar qilgan raqiblar
endilikda bir joyda,
yonma-yon, aralash-quralash bo‘lib, bir mashinada shaharni tark etishmoqda edi.
Oralarida oshiq-
ma’shuq bo‘lganlari ham bor edi. Hozir esa
hammasining tuproqlari bir mashinada bir
joyga to‘planib,
yangi g‘ofillar in qurgan bu shaharni tark etishmoqda edi...
O‘lim xususida mana bu hadisi sharif
bandalar uchun buyuk bir ogohdir:
“Lazzatlarni achchiq
qilguvchi o‘limni ko‘p eslanglar!”


 
DURDONDate: Dushanba, 01-Okt-2012, 13:32 | Message # 3
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
O‘limni unutish uchun xilma-xil chora izlagan insonlar go‘yo qabrga orqa o‘girib
ketayotganday,
aslida esa, oldilaridagi kayfu safo
bog‘larini tomosha qil-qila, qabr chohiga
qulashayotir.
Xulyo, shuni yaxshi bilginki, ertani o‘ylamaslik dardga davo bo‘la olmaydi.
Ko‘z yumgan bilan
haqiqat yashirinib qolmaydi, jumladan,
o‘lim ham.
Imtihonlarni unutish talabaga o‘tkinchi bir
xotirjamlik baxsh etishi mumkin. Ammo bu g‘aflatning
natijasi unutilmas tashvishlar, azob va
iztiroblardan iboratdir. Sarmoyasini
o‘lchovsiz sarf qilgan
savdogar vaqtinchalik kayf-safo surishi
mumkin, ammo buning natijasi juda achchiq va og‘ir bo‘ladi.
Kelajakni o‘ylamaslik, bugun uchungina
yashash insonlarga xos hayot tarzi
bo‘lmasa kerak...
O‘limni unutishga harakat qilganlarning
holatini bunga o‘xshataman: Deylik, xonangda yoki bir bog‘da dam olib
o‘tirib, o‘rmalab ketayotgan bir hashoratga
ko‘zing
tushdi. Vaqt o‘tkazish va ermak uchun
unga egilib, qulingni cho‘zding. Haligi
hashorat qo‘rqib, orqasiga qayrildi va katta tezlik bilan
qocha boshladi. Hashorat qochib, sal
naridagi o‘zidan kattaroq
bo‘lgan, masalan, bir gugurt qutisining
orqasiga yashirindi. Bo‘yingni sal cho‘zib,
uni tomosha qilishda davom etyapsan. Atrof nafas olish
eshitiladigan darajada jimjit. Aytaylik,
boshqa bir hashorat uning
yoniga bordi. Sendan qochgan hashorat
haligi sherigiga: “Bir oz oldin juda katta
tahlikaga tushdim. Qarshimdan bir qora sharpa chiqdi. Shart
burilib qochdim. Xayriyat, zo‘rg‘a
qutuldim”, deganini
eshitgandek bo‘lasan go‘yo.
Bizning o‘lim farishtasi oldidagi holatimiz
ham bundan farq qilmaydi. Qaerga bormaylik,
nimaningdir orqasiga yashirinmaylik, uni
unutish uchun maishatga cho‘mib,
qandaydir choralar
ko‘rmaylik, natija hech o‘zgarmaydi. U
bizni har on kuzatib turibdi va jonimizni olish uchun Allohdan
buyruq kutmoqda... Shunday ekan,
o‘limdan qochish aqllilikmi yoki o‘limni
sevib, ruhimizni o‘lim
farishtasiga dog‘siz, pok-pokiza holida
topshirishga harakat qilganimizmi? Maktubingda har xil hayotiy
tushunchalarga duch kelganingni aytibsan.
Bir oz bu mavzu ustida
to‘xtaylik...
Dunyo hayotining asl mohiyati bir hadisi
sharifda shunday bayon etiladi: “Dunyo oxirat uchun bir ekinzor-(dala) kabidir”.
Aqlimizda jonlangan har bir tushuncha,
miyamizga o‘rnashgan har bir xotira,
ko‘zimizga tashlangan har bir sahna,
qulog‘imizga kirgan har bir so‘z,
og‘zimizdan chiqqan har bir jumla, tashlangan har bir qadam va, eng
muhimi, qalbimizda uyg‘ongan har bir
sevgi, bu dalaga
ekilgan urug‘dir... Bu sanab
o‘tganlarimning orasida to‘g‘risi bilan
birga egrisi ham, yaxshisi yonida yomoni ham mavjud. Har bir insonning
umri alohida bir dala, va har bir inson
yetishtirgan
mahsulotiga ko‘ra nom oladi. Bir dalaga
arpa ekilgan bo‘lsa, uni “arpa dalasi”
deymiz. Dala chetidagi boshqa o‘t-o‘lanlar bu nomni
o‘zgartirolmaydi: “Arpa dalasi!” Gul ekilgan
maydonni “gulzor” deymiz.
Ba’zi begona o‘tlar chiqib qolsa ham,
baribir u yer gulzordir. Shunga o‘xshash har
bir inson hayotda qilgan ishlariga qarab nom oladi. Faqat bu
kunning insonlariga qanday nom berishni
ham bilmaysan
kishi. Bir qilgan ishi ikkinchisiga aslo to‘g‘ri
kelmaydi. Umr dalalarida foydali va zararli
o‘tlar, gul va tikanlar aralashib ketgan. Ko‘p insonlar
tushunchalaridan tortib to qiyofalarigacha,
ko‘rganlarni
shubhalantiradigan darajada bir jumboq
holiga kelgan (hatto ba’zan erkak bilan
ayol farq qilinmas holidadir).
Ko‘rganingdek, mana shu o‘tgan umr,
hadisi sharifdan anglashilishicha, yo xayr-
savob (yaxshilik)
dalasi, yoxud sharr-gunoh (yomonlik)
dalasi bo‘ladi. Birining hosili sevinch, ikkinchisining hosili esa
pushaymonlik, nadomatdir.
Ha, Xulyo! Shunday ekan, hammasi
imtihonda hisob-kitob qilinishga mahkum,
ojiz va haqir,
bechora va faqir bu insonlarning u-bu gaplarini bir chetga surib, umrimizni gulu
gulzorga, mahshar
hayotimizni esa saodat xirmoniga
aylantirish yo‘llarini qidiraylik. Bu ishda
g‘ayrat ko‘rsataylik...


 
DURDONDate: Dushanba, 01-Okt-2012, 13:40 | Message # 4
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Davomi
Qara, Xulyo! Bu dunyoda nafsimizni qanchalik hisob-kitob qilib tergasak, u
dunyoda hisobimiz
shunchalik oson bo‘ladi. Hayoti dunyoda
shar’iy halol bo‘lmagan ishlarning o‘tkinchi
lazzatidan qay
darajada voz kechsak, sirot ko‘prigidan o‘tishimiz shunchalik osonlashadi. Lekin
o‘zimizni qanchalik
bo‘sh qo‘yib yuborsak, oxiratda shunchalik
xoru zorlikka duch kelamiz.
Bugun Allohdan qanchalik qo‘rq-sak, u
kunda shunchalik rohat qilamiz. U kunda Abadiyat diyori
qisqa hayotning ranglari bilan
jilolantiriladi va uning jannat va
jahannami esa bu dunyo mahsullari
bilan to‘lib-toshadi. U dahshatli mahshar
maydoni bu dunyoning osiy va itoatgo‘ylarini kutmoqda...
Qisqasi, Xulyo, oldimizda hali ko‘p
manzillar, to‘g‘rirog‘i bekatlar bor.
Bulardan eson-omon o‘tib
olish va qahr o‘rniga lutfga erishish ma’lum
bir nuqtada o‘zimizning ham qo‘limizdadir. Bu masalalarni
unutib, dunyoning o‘tkinchi lazzatlaridan
zavqlanib yurgan, bir kun kelib hammasi
tuproqqa
aylanadigan shu insonlarning riyokor
so‘zlariga aldanish, ularning samimiyatsiz, shahvatparast
madhiyalari ta’siri ostida qolib, nihoyat
o‘lim kelganida osiy holida o‘lish qanchalik
achchiq
sharmandalikdir.
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: “Bu dunyo hayoti faqat
bir nafaslik
o‘yin, ermakdir, xolos. Albatta Allohdan
qo‘rqadigan kishilar uchun oxirat diyori
yaxshiroqdir. Aql yurgizmaysizlar
mi?!” (An’om, 32). Aslida, dunyo ham Allohning mulki, oxirat
ham. U zotdan boshqa kimniki ham bo‘la
oladi?! Va
bizni Uning mulki bo‘lgan bu olamga Undan
boshqa kim ham keltira olardi?!
Oxirat Uning boshqa bir diyoridir. Va yana bizni u yerga faqat Uning o‘zigina olib
boradi.
Xohlasak-xohlamasak, o‘lim bekatidan
o‘tib, u diyorga borajakmiz.
Modomiki u yerga borib hisob-kitobga
tortilar ekanmiz, aqlli insonlar qilishi kerak bo‘lgan narsa
nima ekanini bilasanmi?! O‘z shaxsiy
dunyoqarashlaringni bir chetga surib,
Allohning “Siz uchun
xayrlidir” degan tarafiga yuz tutishdir. Bu
dunyo hayotini yashayotganimizda, oxirat yo‘lovchisi
ekanimizni ham unutmasligimiz kerak. Uni
bir onga ham aqldan uzoqlashtirib
bo‘lmaydi...
Zotan, oyatning oxirida: “Aql
yurgizmaysizlarmi?!” deyilmoqda. Bu oyat dunyo hayotini “bir
nafaslik o‘yin”, deb ta’riflayotgan bo‘lsa,
bir hadisi sharif dunyo hayotini “safar”,
o‘zimizni “musofir”
deb bilishimizni buyuradi.
Biz safardagi musofirmiz. Irodamizdan tashqari Yer kurasiga chiqib sayohat
qilmoqdamiz. Ya’ni,
dunyoga o‘z xohishimiz bilan kelganimiz
yo‘q. Dunyoning sohibi va bizning
Xoliqimiz bu safarning
so‘ngi oxiratga olib chiqishidan xabar bermoqda. Shunday ekan, Xulyo, oxiratni
unutib, zavq va kayfu safo bilan umr
o‘tkazganlarni “safarda ekanini unutib
qo‘ygan musofirlar” deb bil. Ularga havas
qilma.
Ammo dushman bo‘lma. Agar qo‘lingdan kelsa, ularga achinib, yordam berishga
harakat qil. Ularga
Allohning quli ekanlarini, yaratilganlarini
va dunyo safarida musofir ekanlarini eslat.
Ularga bu koinot
kitobini o‘qitishga harakat qil. Daraxtning meva, tuproqning don berishi va onaning
farzand ko‘rishi
o‘rtasidagi o‘xshashliklarni ko‘rsat. Bu
jarayonlarning hammasini boshqarib,
kuzatib turgan zot
borligini anglat. Yer yuzi bir dasturxon ekanini eslat. O‘zlarini mehmon,
daraxtlarni fabrika, mevalarni
ozuqa holida yaratgan Xoliqlariga shukr
qilishlari kerakligini ularga yaxshilab
o‘rgat. Bu ne’matlarga
javoban Allohga isyon etmaslik kerakligini vijdonlariga havola et. Va ularga bu oyatni
o‘qi:
“Osmonlardagi va yerda bor narsa
Allohnikidir. Biz sizlardan ilgari kitob
berilgan zotlarga
ham, sizlarga ham, Allohdan qo‘rqinglar, deb amr qildik. Agar kofir bo‘lib
ketsangizlar,
Allohga hech bir zarar yetkaza olmaysizlar.
Zero, osmonlardagi va yerdagi bor narsa
Allohnikidir. Va Alloh behojat, maqtovga
sazovor zotdir (Niso, 131). Ba’zi nafslar: “Nima
uchun Janobi Haq bizni o‘zidan
qo‘rqishimizni ta’kidlamoqda?” degan
vasvasaga tushmasinlar, deb
oyatning davomida javobni ham
bermoqda: “Osmonlardagi va yerdagi bor narsa Allohnikidir”. Bu “bor
narsa”ning biri insondir. Uni Samo va
Yerdan yaratgan zot Allohdir. Inson
yashashi uchun zarur shart-
sharoitni u hali yaratilmasidan turib,
tayyorlagan ham Uning o‘zidir. Insonning butun ehtiyojlarini
qiyomatga qadar qondiruvchi ham
Allohdir.
Xulyo!
Shu ko‘m-ko‘k osmonga, ko‘zlarni
qamashtirayotgan shu quyoshga, shu yam- yashil o‘rmon va
qirlarga, shu moviy dengizlarga sinchiklab
nazar sol... Masalan, butun go‘zalliklardan
bebahra ko‘r bir
inson birdan ko‘zi ochilsayu go‘zal
manzaralarni hayronu lol bo‘lib tomosha qilsa, o‘sha go‘zalliklarning
go‘zalliklarida bir ko‘payish, ortish sodir
bo‘ladimi?!
Albatta, sodir bo‘lmaydi! Ya’ni, u odamning
ko‘zi ochilishi bilan na quyosh
porloqlashadi va na osmon musaffolashadi! Bu yerda faqat
o‘sha odam yutadi. Hidoyatga erishgan,
ha-qiqatga yetishgan
insonning ruhidagi inkishof va qalbidagi
halovat o‘sha ko‘r odamning sevinchidan
bir n echa bor yuksakdir. Ammo Alloh uning imoniga,
ibodatiga aslo muhtoj emas.


 
DURDONDate: Dushanba, 01-Okt-2012, 13:44 | Message # 5
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Davomi

Bu yerda
yutgan faqat o‘sha
odamdir. Masalaning yana bir tomoni bor:
Allohning yomonlikka emas, yaxshilikka
rizosi bor. Allohni sevish ham, Undan qo‘rqish ham bir
xayrdir, yaxshilikdir. Birinchisi insonni yax-
shi, solih amallar
qilishga, ikkinchisi gunohlardan
saqlanishga undaydi. Abadiy saodat shular
bilangina qo‘lga kiritiladi va saodat go‘shasi bo‘lmish jannatga faqat
o‘sha insongina muyassar bo‘la oladi.
Jahannamda azob
tortadigan ham inson bo‘lgani kabi.
Shunday ekan, biz Allohni sevishimiz va
Undan qo‘rqishimiz faqat o‘zimiz uchundir. Alloh bularning hech
biriga muhtoj emas.
Do‘stlaringga bularning hammasini bir-bir
tushuntir. Ularga Allohning quli ekanlarini
tez-tez eslatib
tur. Har bir mavjudotning bu olamda o‘ziga yarasha vazifasi borligini, demakki, aqlli,
shuurli bo‘lmish
inson aslo vazifasiz, g‘oyasiz bo‘la
olmasligini, bu dunyoga bekorga
kelmaganini ularga yaxshilab
tushuntir. Bu masalada bir muncha shaxsiy fikrlarini o‘rtaga tashlashlari ham mumkin.
Insonning asl
vazifasi nima ekani xususida ba’zi
yanglish fikrlarga ham duch kelarsan.
Lekin sen ularga asl
haqiqatning ta’rifini yaxshilab yetkaz. Insonning qul, banda ekanini, o‘z
vazifasini istak va kayfiga
ko‘ra tayin eta olmasligini, qolaversa,
bunday ish «vazifa» deyilmasligini anglat
ularga.
Inson xususida so‘z egasi faqat Alloh ekanini, U insonni nima uchun yaratgan
bo‘lsa, insonning asl
vazifasi ham o‘sha ekanini izohlashga
harakat qil va ularga shu ilohiy farmonni
o‘qi: “Men jin va
insonlarni faqat O‘zimga ibodat (qullik) qilishlari uchungina yaratdim” (Vaz-
zoriyot, 56).
Ularga shunday deb savol ber: “Qaysi ishchi
boshlig‘ining ko‘rsatmalarini bir chetga
surib quyib,
o‘z or-zu-istaklari bo‘yicha ishlayapti?! Qaysi o‘quvchi muallimining darsini
tinglamay, o‘z xohishiga
ko‘ra o‘zi bilgan kitobni o‘qib o‘rganyapti?!
Yoki bo‘lmasa, qaysi askar
qo‘mondonining buyrug‘iga
quloq solmay, o‘z bilganicha askarlik ta’limini o‘rganyapti? Shularni bilaturib,
yana qanday qilib qullik
vazifangizni o‘zingiz belgilashga harakat
qilasiz?!” Oyatdagi “ibodat“ so‘zini ba’zi
mufassirlar
“ma’rifat”, ya’ni “Allohni anglash, tanish” deb ham izohlashgan.
“Xalqni meni bilsinlar deb yaratdim” hadisi
qudsiyida ham Alloh taolo bunga dalil va
hujjat keltirmoqda. Yana tafsirchilar biz
anglagan ma’nodagi ibodatni ma’rifatning
bir natijasi deb ham tushunishgan va “Allohni tanigan albatta
unga itoat qiladi, amrlarini bajarib, man
qilgan ishlaridan
qochadi ”, deyishgan. O‘rtoqlaring-ga bu
gaplarning hammasini tushuntir. Ularga
mendan ham salom ayt. Mana bu gaplarni mening nomimdan
ularga yetkaz:
“Siz bu dunyoga na o‘zingizni boqib katta
qilish uchun, na bir sayyoh kabi bu olamni
bir-bir sayr
qilish uchun va na siz kabi ojiz, foniy bo‘lgan boshqa bir insonning muhabbati va
iltifotiga noil bo‘lish
uchun yuborildingiz. Insoniyligingizni
unutgan holda, aqlingizni butun hayvonlar
olamiga ham mansub
bo‘lgan “jinsiyat qonuni”da bug‘mang. Bu olamga faqatgina qarshi jinsdagi bir
insonni sevish va uni
mamnun qilish uchun kelmagansiz. Sizning
asl vazifangiz va hayotingizning haqiqiy
ma’nosi-g‘oyasi
sizni va barcha yaqin kishilaringizni yaratgan Rabbimizni tanish, Unga imon
keltirishdir, Uning
san’atlarini ibrat bilan tafakkur qilishingiz,
qalbingizni Uning ishqi bilan to‘ldirib,
harakatlaringizni ham
Uning rizosi doirasida tartibga keltirib yashashingizdir. Sizlarga bu yo‘lda
omadlar tilayman”.
Ha, Xulyo! Senga ham omadlar tilab,
xatimni yakunlayman. Nasib qilsa, keyingi
maktubimda
“jinsiyat” mavzui ustida yanada kengroq suhbat qilish niyatim bor. Salom bilan...”


 
ilyosbekDate: Shanba, 06-Okt-2012, 20:39 | Message # 6
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
RAHMAT

 
DURDONDate: Seshanba, 09-Okt-2012, 12:41 | Message # 7
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
SEVGI NIMA?-3

OLTINCHI MAKTUB Bir haftadan keyin quyidagi maktubni
yozdim:
“Haqiqatni izlagan Xulyo!
Bugungi kundagi hayotiy tushunchalarning
ko‘pi “jinsiyat” tushunchasini xato
qo‘llanilishidan kelib chiqmoqda. Senga bu mavzuda bir
nimalarni tushuntirishga harakat qilaman.
O‘ylaymanki,
do‘stlaringga ham buning foydasi tegadi.
Jinsiyat nima o‘zi? Haddimizdan oshmaslik
uchun uni qanday bilishimiz, unga qanday amal
qilishimiz kerak? Bu masalani faqat
shahvat ma’nosida tushunish, albatta, o‘ta
tor qarashdir. Hech
bo‘lmaganda shuni aniq ayta olamanki,
bunday bir tushuncha ham insonning umr sarmoyasini
yanglish sarflashga, ham bilib-bilmay ba’zi
kimsalarning o‘yinchog‘i bo‘lib qolishga
olib boradi.
Erkaklarimizdan shaxsiyat, izzat va
ulug‘likni, ayollarimizdan esa iffat va nazokatni yo‘q qilib
tashlashni istagan qora niyatli kuchlarning
ta’sirli va og‘uli quroli axloqsizlikdir.
Dunyoni jinsiyat
derazasidan tomosha qildirgan va bu
tabiiy qonunni insonning yagona g‘oyasidek ko‘rsatayotgan
katta va tahlikali o‘yin... Jinsiyat mavzui
tushuntirilar ekan, masalani eng keng
doirada nazarga olish
zarur. Bir chaqmoq chaqmoqda, bug‘dan
nur paydo bo‘lmoqda. Agar ta’bir joiz bo‘lsa, ota-onasi
musbat va manfiy qutblardir. Hamma bulut
birday musbat (yoki manfiy) bo‘lsa,
chaqmoq ham paydo
bo‘lmaydi.
Samo va Yer kurasi... Ular o‘zaro ajoyib bir ittifoq paydo qilishgan. “Ona yer”
tushunchasidan
ilhomlangan holda, shunday deya olamiz:
“Yer yuzidagi barcha narsalar Samo bilan
Yerning o‘rtoqlik
mahsulidir...” Shuningdek, Yer kurasi ham ikki qismga ayriladi: suvlik va quruqlik.
Misollarda davom etaylik. O‘simlik va
hayvonot navlarining barchasida ikki xil
jins mavjudligi
hammaga ma’lum. Ya’ni, erkak va urg‘ochi.
Va nihoyat, oilalarning boshlanishi ham ikki kishiga borib
taqalmoqda. Ya’ni, erkak va ayolga...
Buni shunday izohlash mumkin:
Insonlardagi jinsiyat “juft yaratish” ilohiy
qonunning faqatgina bir
halqasi, xolos. Bu holni shundayligicha qabul etishimiz va shu o‘lchamda
baholashimiz kerak.
Qur’oni Karim ham shunday deydi: “Yer
undirib o‘stiradigan narsalardan,
(odamlarning)
o‘zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni
yaratgan (Alloh
har qanday aybu nuqsondan) pok
zotdir” (Yosin, 36).
Yana bir oyatda esa: “Sizlar eslatma-ibrat
olishlaringiz uchun biz har bir narsani juft- juft qilib yaratdik” (Vaz-zoriyot, 49).
Mana, Xulyo! Bu oyatlarda ishorat qilingan
juftliklardan faqatgina bir-ikkitasini sanab
o‘tdik.
Bularni shunday qilib yaratgan bir Zot bor.
U ham bo‘lsa, hamma juftlarning yagona yaratuvchisi, Parvardigori bo‘lmish
Allohdir (jalla jalalahu). Shunday ekan,
“haqiqat” uchun keltirilgan ta’rifni bu
masalaga ham tatbiq qilib, shunday deya
olamiz: “Jinsiyat nima uchun taqdir
qilingan bo‘lsa, uni shunday tushungan inson haqiqatgo‘y
bo‘ladi. Aks holda, shahvatparast bir
ahmoq holiga tushadi”.
Osmon Allohning irodasi bilan ko‘tarib
quyilgandir. Yer esa Alloh istaganidek
harakat qilib, insonlar, hayvon va o‘simliklar uchun
beshik holiga keltirilgan. Boshqa
juftlarning vazifasi ham
o‘zlariga yarasha...
Binobarin, erkak va ayol juftligi ham bu
qonun doirasidan tashqarida emas. Insonlar bu juftlikni
Alloh taolo ular uchun joriy qilgan
qonungagina amal qildirish bilan
yuksaladilar va Uning roziligiga
muyassar bo‘ladilar.


 
DURDONDate: Seshanba, 09-Okt-2012, 12:43 | Message # 8
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
davomi
Bu qonundan tuban
orzu-havaslari yo‘lida foydalanishga jinsiyat qonuniga tobe’
hech bir erkak-ayolning haqqi yo‘qdir.
Jinsiyat mavzuida yana bir oyati karima
juda ibratlidir: "Ular (ayollaringiz) sizlar
uchun bir
libosdir, siz ham ular uchun bir libosdirsizlar" (Baqara, 187, mazmuni).
Libos, ya’ni, kiyim... Erkak va ayol bir-
birini himoya qiluvchi libos... Bir-birini
yomon yo‘llardan
asraydigan to‘siq... Bu qisqa dunyo
hayotida nomus imtihonini topshirishlari uchun har ikki taraf bir-
biriga ne’matdir. Boshqalarning nomusiga
ko‘z olaytirmaslik uchun katta bir
bog‘lanish... Nikoh nomus
xususida har ikki tarafning bir-biriga
qilgan ahdu paymonidir. Ya’ni, oilaviy masalada ayolni erkakka
omonat qilgan va ro‘zg‘orni boshqarish
yukini erkakning zimmasiga yuklagan bir
shartnomadir. Hozir
esa yoshlarning ongiga bu haqiqatlarni
"qoloqlik" deb singdirishga harakat qilayotgan, manbai
tashkarida bo‘lgan ba’zi mafkura, jamiyat
va guruhlar bor. Ularning tuzog‘iga
tushmaslik, nog‘orasiga
o‘ynamaslik uchun g‘oyat diqqatli va
sergak bo‘lish kerak. Aks holda, hayotning asl g‘oyasi ikki jins
o‘rtasidagi noshar’iy munosabatlardan
iborat deb tushunuvchi yoshlarning soni
ko‘payib ketishi
ehtimoli bor. Bu esa ularning uxroviy
(oxirat) hayotlarini uvol qilishi bilan birga mamlakatimiz
taraqqiyotiga ham katta zarar yetkazishi
mumkin.
Qara, Xulyo! Agar boshqa bir maxluq bilan
ovunish yaratilish jihatidan joiz
bo‘lganida, bu imkon faqat hayvonlarga berilgan bo‘lardi. Chunki
"koinot kitobini o‘qishdan maxrum bu ojiz
va bechoralar
bir-birlari bilan ovunsinlar, toki berilmagan
ne’matlarning iztirobini tortmasinlar,"
deyish mumkin bo‘lar edi. Ammo bu holat gunoh
hisoblanmagan taqdirda ham, insonning
tabiatiga aslo yarashmaydi.
Axloqsiz yoshlarni ko‘rgan paytimda
hayolimga bir voqea keladi:
Qurbon hayiti edi. Bir qarindoshimni tabriklash uchun ketayotgan edim.
Ko‘chaning ikki chetida
ikki guruh bolalar to‘planib turishgan ekan.
Qiziqsinib ularning bir guruhiga
yaqinlashdim. Bolalar
qurbonlik uchun so‘yilgan hayvonning qornidan chiqqan o‘lik bolasini tomosha
qilishmoqda edi.
Ikkinchi guruh boshqa bir qurbonlikni
tomosha qilardi.
Qarindoshimni ziyorat qildim va bayram
bilan tabriklab izimga qaytdim. Bir do‘stimni ham ziyorat
qilishim kerak edi. Bekat tomon yura
boshladim. Avtobus kelmagach, taksiga
chiqdim. Taksida har
doimgidek yana "o‘ldim-kuydim"
qo‘shiqlari yangramoqda. Bir vaqt haligi ikki o‘lik hayvon bolalari
hayolimga keldi. Ularning onalari qurbon
qilinmagan, o‘zlari esa vaqti yetib,
dunyoga kelgan deb
tasavvur qildim. O‘sib ulg‘aydilar. Biri sigir,
ikkinchisi ho‘kiz bo‘ldi. Yana o‘zim bilmagan holda bir his
bilan, ular bir-biriga oshiq-ma’shuq bo‘ldi
va taksida yangrayotgan axloqsiz
ashulalarni o‘shalar
aytyapti, deb hayol qildim.... har ikkisi
ham asl vazifasini unutib, bir-birlariga bo‘lar-bo‘lmas
madhiyalar aytib, axloqsiz iltifotlar
ko‘rsatib, nafslarini qondirishga harakat
qilmoqdalar.
Ko‘zimni chirt yumib, hayolimdan bu
bema’ni o‘ylarni chiqarib tashlashga urindim. Bunday
pastkash hayotni, axloqsizlikni chorasiz-
gunohsiz hayvonlarga hech bog‘lay
olmadim. Garchi u
hayoldan qutuldim, ammo endi insoniylik
his-tuyg‘ularim bilan o‘z hamjinslarim bo‘lgan ba’zi
kishilarning parishon ahvollarini ko‘rib ich-
ichimdan achinib, ezilib, ruhan azob cheka
boshladim. "Bu
insonlar bunchalik past ketmasliklari kerak
edi! - dedim o‘zimga o‘zim ichimda. — Allohga qullik
vazifalarini, dunyoga kelish xikmatlarini,
o‘lim va oxiratni bir chetga surib qo‘yib,
shaxvat balosiga
mubtalo bo‘lgan axloqsizlar darajasiga
tushmasliklari lozim edi... Esiz... Senga yana bir xotiramni aytib beray.
O‘rta maktabda bitiruvchi sinf o‘quvchisi
edim. Bir kuni muallim xonaga kirib,
taxtadagi axloqsiz, uyatsiz rasm va
yozuvlarga ko‘zi tushdi. Rangi bir oz
o‘zgardi. Hech narsa demay lattani oldi-da, taxtani arta boshladi. Yuzidan
achchiqlanib, jahli chiqqani ma’lum edi.
Balki shunday qilib xovuridan
tushmoqchi edi. Keyin u yoqdan-bu yoqqa
yura boshladi. Va nihoyat bizga qarab:
— Bolalar, uzoqni ko‘ra oladigan bo‘linglar, — dedi. Biz hech narsani tushunmadik.
Nima
demoqchi edi? Bu so‘zning rasmga qanday
aloqasi bor?! O‘rtaga jimlik cho‘kdi. Keyin
yana o‘zi
izohladi: —Ha, uzoqni ko‘ra oladigan bo‘linglar. Faqatgina hozirgi kunni, hozirgi
mavsumni va yilni
o‘ylamanglar. Hech bo‘lmasa, hayolan
besh-o‘n yil keyingi hayotga sayohat
qilinglar.


 
DURDONDate: Seshanba, 09-Okt-2012, 12:48 | Message # 9
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
davomi
Bugun shunday
narsalar yozing, chizing, gapiringki, kelajakda o‘g‘il yoki qizingizga or-nomus
darsi berganingizda
yuzingiz qizarmasin..."
Sinfda churq etgan tovush yo‘q edi. Rasmni
chizgan bolaning yuzi cho‘g‘ kabi qizargan
edi. Muallim gapida davom etdi:
— Bugun shunday yashangki, ertaga umr
yo‘ldoshingizning yuziga uyalmay qaray
oling va
o‘zingizga o‘zingiz: "Bu ham meni nazar-
pisand qilmay, yechib-almashtirib ketsa bo‘laveradigan tufli
deb o‘ylayapti-ku", demang.
Bu gaplar hammamizning qulog‘imizga
qo‘rg‘oshinday quyilib qoldi...
Muallimning shu gaplari bilan men ham
maktubimni yakunlayman. O‘lim va undan keyingi hayotni
aslo esingdan chiqarmay, xayrli, yaxshi
umr o‘tkazishingni tilayman. Keyingi
xatimda bu mavzuni
albatta davom ettiraman, inshaalloh...
Salom bilan..." Birin-ketin yuborgan ikki maktubimga
Xulyodan shu javoblarni oldim:
«Hurmatli ustoz! Yuborgan maktublaringiz
uchun katta rahmat. Endi o‘zimni sizning
qarshingizda
avvalgidek tushkun, jur’atsiz his qilmayapman. Chunki siz bu maktublarni
mengagina emas, balki
maktabdagi o‘qituvchi dugonalarimga ham
yozayotirsiz. Tortgan qiyinchiliklaringiz
ham faqat men
uchun emas... Tavsiyalaringizga amal qilgan holda, doimo o‘zimni yetishtirishga,
ko‘p bilimli,
ma’lumotli va madaniyatli bo‘lishga
g‘ayrat qilyapman. Umuman olganda,
avvalgi chekkan
iztiroblarimdan asar ham qolmadi. Ammo to‘liq huzur-halovatga erishdim ham deya
olmayman.
Bu safar boshqa bir huzursizlik ichida
qoldim. Ruhim bir qarorda emas. Ba’zan
shavq va hayajon
bilan to‘lib, bir nimalar qilishga harakat qilaman. Ba’zan esa ichimni bir ma’yuslik
qoplaydi. «Sen ham
odamsan-ku?! Shu axloqsizlik to‘fonini
to‘xtatish sening bo‘yningdami? hamda,
shu holing bilan-a?"
deyman o‘zimga o‘zim. Keyin yana hushimga kelib: «Sen vazifangni bajar. Bir
nimalar qilishning
huzurini ko‘r. Hech bo‘lmasa, vijdoning
xotirjam bo‘lsin", deyman. Ishqilib, oxiri
yaxshilik bilan
tugasin. Bu ruhiy holat ham uzoq davom etmaydi. Biror-bir dugonamga haqiqatlarni
tushuntirar
ekanman, undan kutilgan natija
ololmasam juda xafa bo‘lib, ruxiy
tushkunlikka tushyapman. Qisqasi,
bir tajriba davrini yashayapman. Sizga bu gaplarni bir dardlashgim kelgani uchun,
ichimni to‘kish
uchun yozyapman. Bezovta qilgan bo‘lsam,
uzr..."
Maktub juda uzun edi. Har xil mavzularni,
bahslarni, suhbatlarni, ba’zan o‘zini xursand qilgan
voqealarni jo‘shib hikoya qilibdi.
Men ham unga kechiktirmai javob
yozishga kirishdim:


 
DURDONDate: Seshanba, 09-Okt-2012, 12:56 | Message # 10
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
SEVGI NIMA?-4

YETTINCHI MAKTUB «Xulyo, senga bu xatimda «sevgi» haqida
bir nimalar yozmoqchiman. Faqat, oldin
sening «ich
iztiroblaringga» qisqacha to‘xtalib
o‘tmoqchiman. Keyin yana asl mavzuga
qaytaman. G‘am-tashvishlar, dard-alamlar rohat-
farog‘atga olib chiqadigan yo‘llardir. Agar
danak daraxt
bo‘lmoqchi bo‘lsa, tuproqqa aralashmog‘i,
yer tagida siqilmog‘i, chirimog‘i zarurdir.
O‘quvchi sinfdan sinfga o‘tmoqchi bo‘lsa, o‘zini uy yoki
kutubxonaga qamashi kerak... «Kulfatsiz
ne’mat yo‘qdir», so‘zi
bu haqiqatni anglatadi. Sen qanday
baxtlisan! Qanchadan-qancha odamlar,
dugonalaring: "Mening unaqa ko‘ylagim yo‘q, bunaka uyim yoki
mashinam yo‘q", deb dard chekayotgan bir
paytda sen,
biron-bir insonga ba’zi haqiqatlarni
tushuntira olarmikanman, ularga to‘g‘ri
yo‘lni ko‘rsata olarmikanman", deb iztirob chekyapsan. Bu holingni eng buyuk ne’mat
bil.
O‘tgan maktublarimda ham ishorat
qilganimdek, biz har on nihoyatsiz bir
faoliyatda harakat
etayotgan olamda yashayapmiz. Elektrondan tortib to sayyoralargacha
bo‘lgan butun olam bir on
bo‘lsa ham qarorini o‘zgartirgani yo‘q.
Shunday ekan, sen ham ruh, va qalbingni
to‘liq bir huzur-
halovatga erishadi deb o‘ylama. Chunki sen bu olam bilan bog‘liqsan. Uning yozi
seni isitar ekan, qishi
sovuri bilan joningni achitadi. Ochiq
havoda ichingning yorishganini, bulutli
kunlar esa iching
siqilganini his qilasan. Insoniyat olamidagi har xil kurashlar yana boshqacha bir
beqarorlik
namunasidir. Qalbingda ba’zan umid,
ba’zan sarosima paydo bo‘lishini bu
olamdagi faoliyatlarning
kichik bir misoli deb tushungin. Shoir shunday ifoda etadi: "Bekorga kezibman,
yo‘q emish tabiatda
ichimdagi qadar chiqish va tushish..."
Zotan, "qalb"ning lug‘aviy ma’nosi
«o‘zgarish» demak. Uning
ismida bu haqiqat yashiringan. Jumladan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir hadisi
shariflarida qalbdagi
o‘zgarishga shunday ishorat qiladilar:
"Qalb qirga tashlangan bir qush qanoti
kabidir. Shamol u qanotni u yoqqa-bu
yoqqa qanday uchirsa, qalb ham shunday o‘zgaradi».
Qalbingni shunday tanib va olamni shu
shaklda idrok eta
olsang, rohat va huzur-halovat yo‘lini
topgan bo‘lasan.
Ya’ni, bu dunyo huzur-halovat yeri emas, balki imtihon yeri ekanini, Haq taoloning
saodat va azob
manzili boshqa diyorda ekanini bilasan.
Dunyodagi butun zavqu shavqlari va
barcha go‘zallliklari
jannatdan, butun g‘am-tashvish, alam, iztiroblar esa jahannamdan xabar beruvchi
bir ishorat ekanini
yaxshilab tushunib yetasan. Abadiy
olamga nomzod ekaningni va bu foniy
dunyo mehmonxonasida
o‘sha boqiy diyor uchun kerakli bo‘lgan narsalarni tayyorlash lozimligini
unutmaysan. Agar shunday
o‘ylasang, bu axloqsiz jamiyatda yanglish
tarbiya qarshisida chekkan iztiroblaring
ham o‘sha boqiy
diyor uchun bir sarmoya holiga keladi. Sening shu onda chekayotgan
iztiroblaringni uch-to‘rt baravar
ko‘prog‘ini ancha yil oldin bir voqea
sababli men ham tortganman.


 
DURDONDate: Seshanba, 09-Okt-2012, 12:58 | Message # 11
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
davomi

Urush yillari edi. Ish joyimdagi bir yigit
aynan bunday degan edi: «Askarlikka chaqirsalar, bor-
mayman. Agar ketsam... Urushga borib
bekordan-bekorga o‘lib ketaveradigan
anoyi emasman. Biz
urushga ketaylig-u, bu yerda kazo-kazo
akaxonlarning o‘g‘illari mayxonayu choyxonalarda
ko‘ngilxushlik qilib yursinlar. Bekorchi
axmoqlari yo‘q...»
Uning gapini bir do‘stimga aytgan edim, u
shunday dedi: "Bunday fikr bir kishining
qanoati emas. Bu gap vatan va millatiga nisbatan ichida
ozmi-ko‘pmi xiyonat fikri bo‘lgan
kishilarning og‘zidagi
saqichdir. Sen bulardan faqat bittasiga
duch kelibsan...»
Bu javob meni yana xafa qildi. Demakki, axloqsizlik bir gunoh va isyon emas, balki
mamlakatning
istiqbolini ham taxlikaga tushiradigan,
yoshlardagi vatan sevgisi, mardlik, jasorat
tuyg‘ulari o‘rniga
shaxvatparastlikni ustun qo‘yadigan qo‘rqinchli (dahshatli) bir og‘u ekan.
Oradan yillar o‘tdi. Sening xatlaring
mendagi bu eski iztirobli xotiralarni yana
bir bor qalamga
olishga majbur qildi. Bu xususda senga
minnatdorlik bildiraman». Mavzuni bir oz cho‘zib yubordim shekilli.
Asl maqsadimizga kelaylik.
O’tgan maktublarimda jinsiyat mavzuida
bir oz suhbat qilgan edik, bugun ham o‘sha
mavzuning
boshqa bir tarafini gaplashsak-da, yana sevgi to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tsak. Ilk
boqishda
mavzuimizga aloqasi yo‘qdek ko‘ringan bir
hadisga e’tiboringni tortmoqchiman:
«Islom dinini qabul
qilgan bir kishi biron-bir shaxsga boyligi uchun hurmat ko‘rsatsa, dinining uchdan
ikkisi ketadi».
Islom tavhid dinidir. Bu koinotning sohibi
va moliki yagona Allohdir. Har qanday
xayrli ish Uning
xazinasidadir. Islomiyat nur uchun quyoshga, bug‘doy
uchun dalaga va davlati uchun boyga ular
loyiq bo‘lmagan
darajada minnatdor bo‘lmaslikni o‘rgatadi.
Hamma va xar narsa faqatgina bir sabab,
xolos. Butun ne’matlar Yer va Samoning Rabbi bo‘lgan
Allohdandir. Bu darsni olgan bir kambag‘al-
faqir rizq-
nasibasini xuddi u berayotganday biron
boyga hurmat ko‘rsatsa, tavhid ishonchi,
ya’ni, Allohni bir deb qabul qilish e’tiqodi zararlangan bo‘ladi.
Boy-badavlat bo‘lsin, kambag‘al-faqir
bo‘lsin, har bir inson avvalo imon, keyin
esa axloq, fazilat,
ilm, irfon, durustlik kabi yaxshi sifatlari
uchungina sevilishi kerak. Boylik sevgiga sabab bo‘la olmaydi. Biron boy kishi bu
hadisni o‘qisa, hech kimni minnatga
qo‘ymaydi. Chunki u o‘zi ko‘rsatgan
yaxshi-
liklari, qilgan ehsonlari uchun haddan
tashqari hurmat kutmaydi. Aks holda, qarshi tomonning sharaf
va nomusi yonida dini bilan ham
o‘ynashgan bo‘ladi.
Bularni nima uchun yozayotganimni ozmi-
ko‘pmi taxmin qilgandirsan. Mayli,
masalani yana ham ravshanlatay: bir yosh qiz vijdon, qalb va
aql jihatidan bo‘lmasa ham, his olamida bir
yigitning faqat
uni o‘ylashini, uning aqlu xayolida doim
o‘zi bo‘lishini, hatto o‘ziga yolvorishini
istaydi. Nafsi bu holdan lazzat oladi, rohatlanadi. Kuch va quvvat
tarafidan undan ustun bo‘lgan yigitning
unga yolvorishidan,
u yigitta o‘z hukmini o‘tkaza olinshdan
nafsoniy zavq oladi. Ammo u o‘zini (Alloh
saqlasin) bir «sherik», qarshisidagi yigitni esa
«mushrik» holiga keltirish yo‘liga kirganini
bilmaydi.


 
DURDONDate: Seshanba, 09-Okt-2012, 12:59 | Message # 12
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
davomi
Bunda qabohat
u bechoraning o‘zidagina emas. Uni bu
holga kel-tirgan ham erkaklardir;
erkakligini unutgan, bandaligidan g‘ofil, ermak uchun bir
bahona qidirgan va eng ta’sirli g‘aflat
vositasi o‘laroq shaxvat va
ayolni tanlagan shahvatparast erkaklar...
Uzoq yillar shu qanoatda bo‘lib keldim.
Ammo bu qanoatim ichida bir sayul ham bor edi: «Ajabo,
haqiqatan ham bularshshg bariga erkaklar
sababchimikan?" O’tgan kunlarda buyuk
bir olimning
kitobidan o‘qiganim ushbu satrlar
qanoatimni yanada quvvatlantirdi: «Erkaklarning xotinlashishi
ayollarning erkaklashishi natijasini berdi»,
deydi olim. Shular xaqida bosh qotirib
yurgan qunlarim bir
oyati karima ma’nosining tarjimasiga duch
keldim. Niso surasining 117-oyati (tarjimasi)da bunday
deyiladi: «Ular Allohni qo‘yib, faqat
sanamlarga sig‘inadilar va faqat itoatsiz
shaytonga
sig‘inadilar».
Oyatning tafsirida Allohga sherik keltirgan bir kimsaning ruhida eng buyuk g‘oya
bo‘lib «ayol» joy
olgani ko‘rsatilibdi va bunday deyilibdi:
«Ba’zi erkaklar ayollarga qiymatidan ham
baland bir maqom
beradilar. Natijada insonning dunyoga kelish g‘oyasini «Allohga ibodat qilish"
emas, balki (Alloh
saqlasin) «ayolga sig‘inish» deb gumon
qiladilar".
Bunga arab mushriklari sanamlariga ayol
ismlarini qo‘yganlarini ochiq dalil desa bo‘ladi. Va yana,
yunon va shunga o‘xshash bir qancha
butparast xalqlarning but-sanamlari ayol
ekani ma’lumdir.
Bu holat ayolga haqiqatan ham qiymat
berganlaridan emas, aksincha, masalaning ichida Alloh
huzuridan qochish, Unga ibodat qilishdan
yuz o‘girish yotibdi. Agar bunday
bo‘lmaganida edi,
ayollardan butlar yasab, ularga sig‘ingan
o‘sha qavmlar ayni zamonda ayol zotiga eng buyuk
zulmlarni qilmagan bo‘lardilar. Tafsirlardan
birida yozilgan "Iddioga qarasang, ayol har
narsadir,
amalda esa, o‘yinchoqlarning eng
tubanidir», degan jumlalar ularning ayolga asl munosabatlarini
qanday go‘zal ifoda etibdi!
Ayolning asl maqomidan (darajasidan)
tushirib, unga sig‘inadigan darajada
bog‘langan insonlar
aslida shaytonning nayrangiga uchayotganlarini va bu hollari bilan
shaytonga sig‘inayotganlarini oyati
karima juda to‘g‘ri ifodalab qo‘ygan.
Oradan qancha yillar, qancha asrlar o‘tgan
bo‘lishiga qaramay, shayton yana o‘sha
shaytondir, nafs yana o‘sha nafsdir. Hamma
zamonlarda bo‘lganidek, bugun ham
nafsiga asir va shaytonga
o‘yinchoq ko‘pchilik erkaklar eng qulay
g‘aflat vositasi qilib yana ayolni
tanlashgan... Ruhlarda yara ochuvchi bu holatni hozir
izohlash mavridi emas, deb o‘ylayman.
Bahsni shu yerda
to‘xtatib, senga sevgi haqida ham bir-ikki
satr yozmoqchiman.
Ajabo, sevgi nima o‘zi, deb hech o‘ylab ko‘rdingmi? Inson qalbiga bu oliy sifatni
kim va nima uchun
joylashtirgan? Inson kimni qay darajada
sevsa, bu oliy hissini o‘z yerida ishlatgan
va isrof qilmagan
bo‘ladi? Shu cheklangan inson taniga sevgisi va
qo‘rquvi, umid va orzulari cheksiz bo‘lgan
ma’naviy bir qalb
joylashtirilgan. Bu qalbni ma’naviy qalb
deganimiz, har holda, qaerda joylashgan
degan savol tug‘dirmas, albatta. Bordiyu shunday savol
so‘ralsa, aql miyaning qaerida ishlayotgan
bo‘lsa, ma’naviy
qalb ham badanning o‘sha joyida ish
ko‘ryapti, deb javob berarsan.
Ko‘rish, eshitish, hidlash va hatto tushunish har biri ayri bir kanaldir. Bularning eng sof
mevalari,
ya’ni, so‘ng mahsullari qalbga
to‘planishdadir. Masalan, go‘zal bir
manzarani ko‘rgan inson uni darrov
sevadi. Bu sevgi uchun u aqliga murojaat qilmaydi. Ya’ni, «Bu manzara go‘zaldir,
sevishga loyiqdir. Shunday ekan, uni
sevishim kerak!" degan qarorga kelib olib
keyin sevishga boshlamaydi.


 
DURDONDate: Seshanba, 09-Okt-2012, 13:01 | Message # 13
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
davomi

Manzarani
ko‘rgan zahotiyoq unga yoqib tushib va
qalbi o‘sha tomon yo‘naladi. Bunda sevgi ko‘z orqali qalbda
porladi. Inson bulbulning xush ovozini ham
sevadi. Bunda sevgi quloq vositasida
qalbga kirib keldi.
Xuddi shunday, anglash (idrok etish) ham
sevgi vasilasidir. Masalan: yaxshi bir kitob o‘qisak, uning
yozuvchisiga nisbatan qalbimizda bir
bog‘liqlik, bir muhabbat hosil bo‘ladi.
Bunda sevgiga anglash,
ya’ni, akl yusita bo‘lmoqda. Demak, qalb
aqldan ham kengroq bir doira, hatto uning qo‘mondonidir...
Inson ruhi kamolotdan, ehsondan,
go‘zallikdan xabardor, tomosha haqqini
bera oladigan bir
ruhdir. Qalbi esa, bularning hammasini
seva oladigan qalbdir. Shunday ekan, buni bunday
tushunishimiz kerak emasmi: ya’ni, bizga
ko‘z ne’matini bergan zot olamni sevdirib,
Uni bilishimiz va
Unga (Allohga) muhabbat qo‘yishimiz
uchun koinotni go‘zalliklar bilan to‘ldirdi. Bizga quloq ne’matini
baxsh etgan Rabbimiz tinglab, tafakkur
qilishimiz va u xushovoz-sadolar olamining
yaratuvchisini
topishimiz va sevishimiz uchun bu olamni
har xil go‘zal oyuzlarga to‘ldirdi. Ayni zamonda, bizlarga aql
ne’matini lugf etgan Xoliqimiz bu koinot
kitobini o‘qishimiz va undagi narsalarning
yaratuvchisini
topib, unga muhabbat qo‘yishimiz uchun
shu koinotni atomidan hujayrasigacha, maysalardan
yulduzlargacha bo‘lgan nihoyasiz
ma’nolarga to‘ldirdi. Bularning hammasini
bir chetga surib qo‘yib,
bular haqida o‘ylashni ham o‘ziga loyiq
ko‘rmay, qarshi jinsdagi bir insonning sevgisi bilan qalbini
to‘ldirish esli-hushli inson zotiga hech
yarashmasa kerak.
Ayolga bo‘lgan sevgining ham bu olamda
o‘rni bor, albatta, Ammo har bir narsasi
joy-joyiga qo‘yilgan bu dunyoda har a’zosi, har his-
tuyg‘usi joy-joyiga qo‘yilgan bu inson
o‘ziga ehson qilingan
bu sevish ne’matini ham o‘rnida
ishlatishga majburdir.
Men bu keng mavzuning eshigidan qaytgan holda so‘zimni sevgi haqida
davom ettiraman.
Inson bu qiymatli hissini isrof qilmasligi
kerak. Kim qanchalik sevgiga loyiq bo‘lsa,
uni o‘sha
darajada sevishi kerak. Inson yulduzlarni sevadi, ammo o‘z bog‘idagi daraxtlarchalik
emas... Daraxt
shoxlaridagi mevalarni sevadi, ammo o‘z
barmoqlarichalik emas... Qo‘lini, oyog‘ini,
ko‘zini, qulog‘ini
sevadi, ammo aqlichalik emas. Qo‘shnisining farzandini sevadi, ammo o‘z
farzandichalik emas.


 
DURDONDate: Seshanba, 09-Okt-2012, 13:02 | Message # 14
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
davomi

Bugun bu muhabbat sabablariga inson ruhi
«labbay» deb javob beradi. Ya’ni,
hammasini
yetarlicha seva oladi va u qalbda joy torligi yo‘qdir. Xuddi mana shu hol bizlarga mana
bu haqiqatdan
saboq bermoqda:
Qalblardagi nihoyatsiz muhabbat
qobiliyati faqat muqaddas zoti kabi butun
sifat va fe’lllari ham nihoyatda barkamol bo‘lgan Alloh
uchundir. Bu olamdagi bugun go‘zalliklar
Uning go‘zal ismlarining
bir tajalliyidir. Bu mavzuda yana bir buyuk
haqiqatni ham aytmasdan o‘ta olmayman.
"Qalb botini Somad oynasidir". Ma’lumki, «Somad» Janobi Haqning bir ismi bo‘lib,
har bir narsa
unga muhtoj va U hech narsaga muhtoj
emas, deganidir. Inson qalbining eng
buyuk ehtiyoji o‘zini
yaratgan va eng go‘zal shaklda tarbiyat qilgan Rabbiga imon keltirishidir. Uni
sevishi va Undan
qo‘rqishidir. Badanidan tortib to quyosh-
yulduzlargacha bo‘lgan barcha narsalarni
o‘zining amriga
bo‘ysundirgan Sultonlar Sultoniga shukr va hamd aytishdir. Inson qalbi faqatgina bu
imon, ma’rifat va
muhabbat bilangina huzur topadi, tatmin
bo‘ladi. Sevgi hissini o‘z o‘rnida
ishlatmoqchi bo‘lgan har bir
inson, avvalo va eng ko‘p o‘z Rabbini, Xoliqini sevishi kerak va keyin boshqa
narsalarni ham yana
Alloh uchun sevishi kerak.
Bugun "sevgi" va "ishq" deganda
aqlimizga darhol ayol va shahvat
keladigan bo‘lsa, buni bir kasallik, tubanlik va parishonlik deb
bilishimiz lozim...
Shuni ham yaxshi bilishimiz kerakki, har
narsani va har bir zavqni, jumladan, ayolga
(yoki erkakka)
bo‘lgan sevgini ham, Alloh soyasida seza olamiz. U bizni juft-juft qilib
yaratmaganida, ayol (yoki
erkak) sevgisini qaerdan bilar edik? Bu
haqiqat haqida Qur’oni karim bunday dars
beradi: "Uning
oyatlaridan (yana biri) — U zotning sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun
o‘zlaringizdan
juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda sevgi va
mehr-muhabbat paydo qilishidir.
Shubhasiz,
bunda tafakkur kiladigan qavm uchun (ibratlar olinadigan) alomatlar (oyatlar)
bordir» (Rum,
21-oyat).
Ko‘rganingdek, «oyat» so‘zi bu yerda
"dalil", "alomat" ma’nosida kelmoqda.
Koinotga qarasak, hamma narsa joy-joyiga qo‘yilganini, u narsalar mukammal bir
nizom ostida harakat qilayotganini
ko‘ramiz. Mana shu hol ularga nizom
beruvchi bir Zot bor ekaniga dalil-hujjatdir.
Ongsiz narsalarning
ongli vazifalar bajarayotgani yana bir dalildir. Koinotdagi go‘zalliklar,
Go‘zallashtiruvchining, butun
ne’matlar esa bir Ne’mat Beruvchining bor
ekaniga dalildir. Qur’oni karim oyatlarining
har biri alohida-
alohida haqiqatlarga dalil va alomatdir... Ushbu oyati karima bizga ko‘pincha biz
unutib qo‘yadigan
boshqa bir dalilni — insonlarga o‘z
turlaridan juftlar yaratilgani va oralarida
sevgi-marhamat hissining
qo‘yilganini eslatmoqda... Insonga biron hayvon turidan emas, balki
o‘z turidan zavjalar yaratilishi haqiqatan
ham katta bir
ne’matdir. Yana, erkak va ayol o‘rtasidagi
mehr-muhabbat ham qanchalik buyuk bir
lutf! Shunday bir xayol qilaylik: U ko‘rsatmasa edi, biz
nimani ham ko‘ra olardik?! Shundoq ham
hali biz ko‘ra
olmaydigan qanchadan-qancha borliqlar
bor. Masalan, ruh, aql, farishtalar,
elektromagnit to‘lqinlari kabi... U eshittirmasa edi, biz nimani ham
eshita olardik?! Hali ham biz eshita
olmagan ko‘p ovozlar
bor. Ma’lum chastota oralig‘idan
tashqaridagi ovozlarni eshitmaymiz.
U sevdirmasa edi, biz nimani seva olardik?! Hali ham biz xazar qiladigan,
hayvonlar esa yoqimli
ishtaha bilan yeydigan qancha ne’matlar,
biz jirkanadigan, ammo ular buyuk zavq
bilan tomosha
qiladigan qancha mavjudotlar bor. Pashshaga axlatlarni bol kabi sevdirgan,
mushukka sichqonni
maftun ettirgan bir hikmat bizga ham
shunga o‘xshash yomon narsalarni-da
sevdira olardi. Biz ham
mamnuniyat bilan sevardik... Demak, bizlarga berilgan sevgi va
marhamat faqat Allohning ehsonidir.


 
DURDONDate: Seshanba, 09-Okt-2012, 13:03 | Message # 15
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Bu
ehson bo‘lmaganida edi,
hech bir erkak daromadiga sherik va
ustiga yuk bo‘ladigan bir ayolni va bir
necha farzandni boqishdek mashaqqatni zimmasiga
olarmidi?!
Masalaning boshqa bir jihati ayolga ham
tegishlidir.
Inson naslining ko‘payishini ayol va erkak
orasidagi munosabatga bog‘lagan Alloh bu vazifaning
bajarilishi, amalga oshirilishi uchun bu ikki
jins orasida sevgi va marhamat hissini ijod
etgandir.
Oyatning so‘ngida bayon qilinganidek,
"Shubhasiz, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun
(ibrat olinadigan) alomatlar (oyatlar) bor".
Erkak va ayol bir turga mansub bo‘lganlari
holda oralarida qanchadan-qancha badaniy
va ruhiy
farqliliklar mavjud. Bularning hammasi inson naslining davomiga xizmat qiladi.
Har ikki jins xam bu
xizmatga eng uygun holda yaratilgan va
tarbiyat etilgandir.
Asrimizning eng yomon tahlikasi ayolga
bo‘lgan sevgining yanglish tushunilishidad ir. Modomiki har
narsaning ham eng yaxshisi halol doirada
bo‘lgani ekan, halol yemoq, halol topmoq,
to‘g‘ri so‘zlamoq
kabi halollikni er-xotin o‘rtasidagi sevgiga
ham tatbiq qilmog‘imiz darkor. "Ayol nima uchun seviladi?" savolining
javobini, afsuski, aksariyat yoshlarimiz
bilmaydilar. Oyatdan
olgan sabog‘imizga ko‘ra, masalani ushbu
shaklda anglashimiz lozim: ayolni erkakka
Alloh sevdirgan, erkakni ham ayolga Alloh sevdirgan;
Allohning bu sevdirishi albatta halol
doirada va haq uchun,
yaxshilik uchun, jannat uchundir... G’ayri
mashru’ (halol bo‘lmagan) "sevgi"lar bu
sevdirishga kirmaydi. Unday "sevgi"lar Rahmoniy
emas, shaytoniydir. "Ayollar shaytonning
tuzog‘idir" hadisi
sharifida shunga o‘xshash "sevgi"
tuzog‘iga ilinganlarning achchiq va alamli
oqibati yuyat aniq bir shakdda bayon qilingan.
Bir ayol AYoL o‘laroq faqat eri tarafidan
sevilishi mumkin, xolos... Bundan
tashqaridagi butun
"sevgi"larni shaytonga tuzoq sifatida
ta’riflasa bo‘ladi. Agar bir qiz ertaga kim bilan turmush qurishini
bilmagani holda (zotan, oldida turgan uzun
bir imtihon hayoti davomida kimning o‘lib,
kimning qolishi
ma’lum emas ekan) atrofdagi yuzlarcha
insonning diqqatini o‘ziga jalb qilib, yoshlarning shahvat
hirslarini qo‘zg‘atib, biroq shu yuzlarcha
insonlardan faqatgina bittasi bilan
turmush qurishini bilaturib
o‘zini o‘lchovsiz darajada ochiq-chochiq
bezab yurgan bo‘lsa, bu qiz sevgining haqiqatiga erishmagan,
tushunib yetmagan va bilmasdan
shaytonga to‘r-tuzoq bo‘lgan bo‘ladi.
Shayton esa u to‘r-tuzoq bilan qanchadan-
qancha yoshlarning iffatini, hayosini va,
qolaversa, imonini ovlaydi.
Qanchalarining xayollarini buzib, ichki
dunyolarini xarob qilganidan keyin ulardan
birisi bilan oila qurgan yosh qiz u bilan
nikohlanadigan kungacha halol bo‘lmagan
bir hayotni yashaydi. Bunday hayotining oxiri nikoh bilan ta’minlansa
ham, orqasida gunoh va isyon to‘la
kattakon bir zamon bo‘lagi
qoladi. Yoxud, ko‘pincha bo‘lganidek,
arzimas bahonalar bilan bu turmush
buzilsa, oxiratdagi dahshatli azob yonida dunyoda ham har
ikki taraf uchun umr bo‘yi davom etadigan
vijdon azobi
meros qoladi.
Bir oz mavzu tashqarisiga chiqqanday
bo‘ldim. Maqsadga yaqinlashaylik. Ayolni "shaytonning tuzog‘i" deb
ta’riflagan hadisi sharif ham ayollarni
diqqatli bo‘lishga
chaqirmoqda, ham shahvat asiri
erkaklarning aslida kimning tuzog‘iga
ilinganlaridan xabar bermoqda va ularni tergamoqda. Ya’ni, hadis
shahvatiga asir erkakni shayton to‘riga
ilingan baliq kabi
tasvirlayapti.
Xulyo, juda yaxshi bilasanki, imon kufrning
ziddi bo‘lganidek, itoat isyonning va, nihoyat, dunyo
ham oxiratning zidlidir. Bulardan biriga
qay nisbatda yaqinlashsang, narigisidan
o‘sha nisbatda
uzoqlashasan. Qanchalik itoat etsang,
isyon bilan munosabating shunchalik kesiladi. Imoning ne
chog‘li kuchli bo‘lsa, kufr va isyondan shu
daraja uzoq bo‘lasan. Shunday ekan,
dunyoga qanchalik
e’tibor bersang, oxirating shunchalik
yuzaki bo‘ladi. Dunyo zavklarini qanchalik oldinga qo‘ysang,
abadiy saodatingdan shunchalik
uzoqlashsan. Bu yerdagi "dunyo"dan
maqsad oxiratga parda bo‘lgan
dunyodir. Bir hadisi sharifda dunyoning bu
tomoniga ishorat qilinib: "Dunyo sevgisi har xatoning
boshidir!" deb marhamat qilingan. Men bu
masalaning ayolga oid bo‘lgan tomonlari
ustida bir oz
to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Dunyo sevgisida eng katta qism ayolga oiddir. Zero, u dunyo tushunchasining eng
jonli ifodasidir.
Sarvat, mansab, martaba, obro‘ kabi
narsalar insonni hol tili bilan o‘zlariga
tortsa, ayolda bu
chaqiriq jonli va ovozli holga keladi, Ya’ni, ayol gapiradigan, kuladigan, nozlanadigan,
ishvalanadigan,
hiyla va nayranglari ko‘p bo‘lgan jonli bir
dunyodir... Shuningdek, oxirat saodatini
qozonishga katta
mone’ va to‘siqdir... Bugun fikru zikrini bir ayolni rozi qilishga
sarflagan inson bora-bora ilohiy rizoni
o‘ylamaydigan
holga keladi. Bularni ayollarni yomonlash
uchun emas, balki seni va dugonalaringni
shundayin shaytoniy bir vazifani ado etishdan
qat’iyyan qaytarish uchun yozyapman...
Alloh insonlarni O’zini bilishlari va
sevishlari, rizosiga noil bo‘lishlari va
ma’rifatida martabalarga
erishishlari, natijada jannatga loyiq bir qiymatga ega bo‘lishlari uchun yaratgan.
Bu haqiqatdan
g‘aflatda qolib, borlig‘ingni faqat jinsiy
aloqaga bag‘ishlashing, albatta, shaytoniy
va nafsiy bo‘lishdan
nariga o‘tmaydi. Va nihoyat, yon daftarchamdan bir purma’no so‘z havola
etaman:
"Bir qadah bilan sarxush bo‘lgandan keyin
dengizni qanday icha olasan?!"
Kunimizdagi yoshlar
tomchiga oshiq va u bilan mast-sarxush bo‘lish payida... Dengizni ichishdan
maqsad qalbga ilohiy
muhabbatni joylashtirishdir.
Butun borliqlar faqat Alloh uchungina
sevilishi kerak. Erkak va ayolning halol
doiradagi sevgisi zotan U qalblarga joylashtirgan bir aloqa
hissidir. Uni sevishga mone’ emasdir. Sevgi
hissini o‘z
o‘rnida ishlatishingni tilab, maktubimni
yakunlayman. Salom bilan..." Bir oydan keyin Xulyodan javob keldi.
Yozgan maktubi meni ham sevintirdi, ham
o‘ylantirdi. Bu
safar uning ruhi yana bir pog‘ona
yuksalgan edi. Maktubida yoshlarning
bugungi hol-ahvolidan qayg‘u, iztirob va andishalarini ifoda
etibdi. Ilk maktublarida o‘z holini tasvirlar
ekan, ich tuyg‘ularini
ifodalash uchun ishlatgan so‘zlarini bu
safar umumiy o‘laroq yoshlarning axloqiy
inqirozini ifodalashga sarf qilmoqda, ularga ich-ichidan
achinmoqda, ammo qo‘lidan ham hech
narsa kelmayotganini
qayg‘urib yozmoqda edi.
Maktubning bir yerida mendan shunday
ahvolga tushganida nimalar qilishi kerakligani so‘rabdi.
Unga javob yozdim:


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: