• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Daraxt ko‘chatlari – eksportga
MoniKaDate: Shanba, 28-Mar-2009, 06:57 | Message # 1
Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 12
Status:
Shu kunlarda yurtimiz bog‘bonlari yangi bog‘lar yaratib, eskilarini qayta tiklamoqdalar.

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi “Turon chashmasi” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida ham ish qizg‘in. Xo‘jalikning 20 gektar bog‘idagi barcha mevali daraxtlar hosilga kirdi. Shuningdek, qariyb 48 gektar maydonda ko‘chatxona ham tashkil etilgan.

– Ko‘chatxonamizda har yili ikki million tupdan ziyod turli mevali daraxt hamda gul ko‘chatlari tayyorlanib, fermer xo‘jaliklari va tashkilotlarga, shuningdek, qo‘shni davlatlarga yetkazib berilmoqda, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Solijon Mirzajonov. – Ko‘chatlarimizga talab yil sayin ortmoqda. Shu bois joriy yilda yuzdan ortiq turdagi uch million tupdan ziyod ko‘chat va gul niholi tayyorlandi. Shuningdek, 30 xil turdagi uzum ko‘chatini sotuvga chiqardik.

Xo‘jalikda ochilgan o‘quv markazida ko‘plab mahalliy yoshlar payvandlash, ko‘chatchilik, nihol parvarishlash sir-asrorlarini o‘rganmoqda.

Xo‘jalik a’zolari kelgusida ko‘chat yetishtirish va eksport imkoniyatlarini yanada kengaytirish, qishloq va shaharlarimiz obodligiga munosib ulush qo‘shish maqsadida yerdan unumli foydalanish choralarini ko‘rmoqda. Ayni vaqtda 120 ming dona mevali daraxt ko‘chati Rossiyaga eksport qilish uchun tayyorlab qo‘yildi.



Jonim Sizga Fido Bo'lsin Yo Rasululloh!
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: