• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Islandiya Revolyutsiyasi, 2012 yil Mart oyi.
LOLADate: Juma, 06-Apr-2012, 14:44 | Message # 1
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
Siyosiy qarshilik : Islandiya revolyutsiyasi.

Biz buni avvaldan aytayotgandik : bu Sistemaning ichida turib siyosiy-iqtisodiy inqirozga chora topib bo'lmaydi. Ixtiyoriy ravishda Bankrot holatini e'lon qilgan Islandiya bizga shuni isbotladiki, ijtimoiy va iqtisodiy yirtqichlik bilan kun ko'ruvchi oligarxiya va uning sistemasini haydab yuborish foydali natija beradi. Bu mutlaqo to'g'ri.

Deena Stryker 2012 yil, 31 Mart, shanba.

Islandiya xalqi koalitsiyasi va bir nechta ishonchli siyosatchilar Finance (moliya) jinoyatchilarining tahdidlari va bosimlarini yengdilar. Bu yuqori moliya jinoyatchilari millatlarni ezish va boyliklarini so'rib olish uchun o'zlarining Dunyo Banki , yoki IMF (Xalqaro Valyuta Fondi) kabi ommaviy qirg'in qurollaridan foydalanadilar.
Islandiyaliklar jur'at ko'rsatdilar, katta kapitalning ketiga tepdilar, tirik qolishdan ham yaxshiroq qilishdi... Ular yangi hayot boshlashdi!

Ulardan oldin Argentinaliklar ham xuddi shunday yo'l tutishgandi. Bu juda katta dars bo'ldi, mavjud sistemadan tashqarida qaysi modelni tanlashdan qat'iy nazar : Qo'rqishni bas qilaylik va hammamiz birlashgan holda, moliyaning jinoyatchi bezorilari va ularning siyosatdagi malaylarini tinmasdan daf qilaylik.

Biz hammamiz Islandiyalikmiz(ular bilan birgamiz). Oligarxiya faqat bir narsadan qo'rqadi : xalqlarning birlashuvidan. Shuning-chun, xalqlar orasida ba'zan iqtisodiy, ba'zan madaniy, yoki diniy sohada, ayniqsa diniy sohada, nizo-mojarolarni, xaos, bol'inishni keltirib chiqarish uchun milliardlarni sarflaydilar.

Bizni bo'lib yuborishlarini rad qiling! Birlik, hamjihatlik va bevosita harakat bilan neo-liberal fashist toifaga ustun kelamiz. Faqat irik qolmaylik, qayta yashaylik ! (Résistance 71)

Islandiyada bo'layotgan revolyutsiya.

2008 yil iqtisodiy inqirozining boshida , Islandiya deyarli bankrot bo'lganligini eslaymiz. Matbuotda uning sabablari aytib o'tilgandi, xolos. O'shandan beri, Yevropa Ittifoqining yaxshi tanish bo'lmagan bu a'zosi yangiliklarda ko'rinmay qolgandi

Yevropa o'lkalari birin-ketin deyarli bankrot bo'lib, YEVROni xavfga qo'yar ekan, Islandiya foydani emas, odamlarni tanlagani tufayli umid mash'alasi bo'lib qoldi. Mana nima uchun?

Besh yillik neo-liberal rejim (hukumat) davrida Islandiyaning barcha banklari xususiylashtirildi, chet ellik investorlarni jalb qilish uchun. Islandiyada 320 000 aholi yashaydi, armiyasi yo'q. Bu bankalar internet orqali bank xizmatlari taklif etdilar, bu kam xarajatli bo'lganligidan nisbatan yuqori foyda foiziga erishdilar.

Icesave deb nomlanuvchi bank hisoblari ko'pgina ingliz va hollandalik investorlarni o'ziga tortdi. Investitsiyalar ortgani sari , banklarning xorijdan qarzlari ham ortib bordi. 2003- yilda Islandiyaning qarzi IMM (Ichki Milliy Mahsulot)idan 200 baravar ko'p bo'lsa, 2007- yilda 900 baravar ko'p edi. 2008-yildagi jahon iqtisodiy inqirozi oxirgi zarba bo'ldi. Islandiyaning asosiy uchta banki kasodga uchradi va natsionalizatsiya (davlat sotib oldi) qilindi. Ayni vaqtda, korona (Islandiya pul birligi) yevroga nisbatan ancha qadrsizlashdi. O'sha yilning oxirida mamlakat bankrot bo'lganligini e'lon qildi.

Fuqarolar o'z huquqlarini qaytarib oldilar.

Kutilganga qarshi, inqiroz aholining bevosita qatnashiluvchi demokratiya orqali o'z yurtini qo'lga olishiga olib bordi. Bu vanihoyat yangi konstitutsiyaga yetakladi, lekin jon-jahdi bilan qilingan talablardan so'nggina.

Geir Haarde, sotsial-demokrat hukumat koalitsiyasining birinchi ministri muhim qarz masalasida muzokaralar olib borayotgandi. Lekin, xorijiy moliya jamiyati Islandiyaga qattiqqo'l choralarni majburan qo'llashi uchun bosim qildi.

Bu choralarga qarshi xalq noroziliklari va g'alayonlar boshlanib, hukumatning iste'foga ketib, yangi tashkil qilingan so'llar koalitsiyasiga o'rnini bo'shatishga majbur qildi.

Bu koalitsiya xorijdan kelayotgan talablar qarshisida bo'yin egdi. Bu talablarga binoan, Islandiya umumiy qarzni to'lashi kerak bo'lib, xususiy taraflar boshqa xususiy taraflardan (banklar) olgan qarzni to'lash uchun, 5,5% li foizi bilan, har bir islandiyalik 15 yil davomida oyiga 130$ to'lashi kerak edi. Bu sabr kosasini to'ldirib yuborgan so'nggi tomchi bo'ldi.

Bundan keyingi voqealar g'aroyib edi. Moliya monopliyalarining xatolari uchun fuqarolar to'lashi kerak, xususiy qarzlarni to'lash uchun butun xalqqa soliq solinishi kerak, degan tushuncha yer tishladi.

Fuqarolar va ularning siyosatchilari orasidagi mojaroviy munosabatlar Islandiya rahbarlarini o'z saylovchilari bilan hamohang harakat qilishga undadi. Davlat boshlig'i Olafur Ragnar Grimsson banklarn ing qarzlarini to'lashni Islandiyaning bo'yniga yuklovchi qonunni qabul qilishni rad qildi va referendum o'tkazish talablarini dastakladi.

Xalqaro hamjamiyat g'azabda.

Xalqaro hamjamiyat bosimni oshirishdan boshqa yo'l tutmadi. Buyuk Britaniya va Hollanda islandiyaning hukumati va aholisini qo'rqinchli jazo choralari haqida ogohlantirdilar. O'lkani yakkalatib qo'yuvchi bu jazolar orasida IMF yordamining to'xtatilishi va Islandiyaning chet ellardagi bank hisoblarini qotirib qo'yilishi ham bor edi.

2010-yil Mart oyi referendumida , aholining 93%i qarzni to'lshga qarshi ovoz berdi. IMF darhol berayotgan qarzlarini to'xtatdi. Lekin Islandiya vahimaga tushmadi. Grimsson aytganidek, "Bizga aytishdiki, xalqaro hamjamiyatning shartlariga ko'nmasak, Shimoliy Kubaga o'xshab qolarkanmiz. Lekin, bu shartlarni qabul qilganimizda Shimoliy Haitiga aylangan bo'lardik".

Jahli chiqqan fuqarolarning qo'llab-quvvatlashi bilan hukumat iqtisodiy inqirozga javobgar aybdorlarga qarshi ma'muriy va jinoiy anketalarni yurgizishga boshladi. Natijada, sobiq Moliya Ministri ikki yil qamoq jazosini o'tadi, Moliyaviy cho'kishga hissasini qo'shgan bankirlarni hibsga olish uchun Interpol xalqaro qidiruv mandatlari chiqardi.

Byudjet xarajatlarini kamaytirish yo'lida ba'zi choralar, masalan harbiy infrastrukturalarni yo'qotishga ham Islandiyaliklar rozilik berishdi. Islandic Defense Agency (IDA - Islandiya Mudofaa Agentligi) 2011-yil yanvaridan boshlab mavjud emas.

Islandiyaning yangi konstitutsiyasi.

O'lkani xalqaro finans va virtual pulning oshiriqcha hokimiyatidan ozod qilish uchun, Islandiya xalqi yangi konstitutsiya yozishga qaror qildi.

Kamida 30 kishi tavsiya qilgan, hech qanday siyosiy partiyaga tegishli bo'lmagan 522 kishining ichidan 25 ta fuqaro aholi tarafidan saylandi. Saylovchilarning majlislari internetda qo'yildi, va fuqarolar o'z izoh va maslahatlarini yuborib turdilar, bu hujjatning yozilish jarayoniga guvoh bo'ldilar.

Bu qatnashiluvchi demokratiya jarayonidan hosil bo'lgan konstitutiya kuzda parlamentga tasdiqlanish uchun taqdim qilindi.

Grek xalqiga, ularning davlatga qarashli sektorlarini xususiylashtirish o'lkani qutqarishning yagona yo'li deb aytishgandi. Italiya, Ispaniya va Portugaliya ham xuddi shunday bosimlar ostida.

Bu davlatlar, shuningdek, bizlar ham Islandiyadan ko'p narsani o'rganishimiz mumkin. Chet el manfaatlariga bosh egishni rad etish va odamlar hokimiyatni o'z qo'liga olishi mumkin va oladilar ham deb yuksak sasda aytishimiz lozim bo'ladi.

http://resistance71.wordpress.com/2012....andaise
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: