• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Suriyaga qarshi urush ittifoqi
LOLADate: Seshanba, 03-Apr-2012, 13:44 | Message # 1
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
Suriyaga qarshi uch tomonlama ittifoq. James Petras. 18:50
Suriyaga qarshi urush apparatining mediatik (matbuot) bo'limi bu davlat haqida ko'rsatayotgan axborotlarini NATO ning Suriya haqidagi cho'pchaklariga moslashtirayotgan paytda, u yerda haqiqatda bo'layotgan voqealarni kuzatayotgan odamlar butunlay boshqa versiyani so'zlashmoqda.

Professor James Petrasga ko'ra, Suriyada fuqarolar urushi emas, xalqaro koalitsiya (ittifoq) tarafidan olib borilgan uyushtirilgan hujum bo'lmoqda. Suriya hukumati tinch namoyishchilarning namoyishini bostirmayapti, balki, Al-Qaida jangarilarining qurollangan guruhlariga qarshi kurashmoqda.

31 Mart 2012 yil, Shanba.


Suriyaning Homs shahridagi Baba Amr mahallasining Suriya Armiyasi tomonidan qurollangan jangarilardan ozod qilinishida qo'lga kiritilgan qurollardan ba'zilari.

James Petras

Triple alliances contre la Syrie, Voltairenet.org

G'arb va Fors ko'rfazi davlatlari siyosatchilari, shuningdek, medialar tomonidan ifodalangan, " nohaqlikka qarshi tinch namoyish qiluvchi Suriya fuqarolarining qirg'in qilinishi"ga norozilik aslida Suriya haqidagi raportlarni bosti-bosti qilish uchun munofiqona gaplardir.

Bu raportlarda miltiqlar, avtomatlarni ko'tarib, yo'llarga bombalar sochib Suriyaning bus-butun qishloq va shaharlarini qo'lga kiritayotgan qurollangan to'dalar haqida isbot-dalillar bor.

Suriyaga qarshi hujum chet eldan kelayotgan fondlar (mablag'), qurollar va ko'rsatmalar bilan quvvatlanmoqda. O'lkaning ichkarisida xalq ularni quvvatlamasligi sababli, bu operatsiyaning muvaffaqiyat qozonishi uchun baribir, istasa-istamasa, tashqaridan keluvchi harbiy qo'shinlar yordami kerak bo'ladi.
Shuni mo'ljallab, Suriyaning qonuniy hukumatini yomonlab ko'rsatish uchun ulkan propaganda kampaniyasi va diplomatik kampaniya yo'lga qo'yildi.
Maqsad, qo'g'irchoq hukumat o'rnatish va Yaqin Sharqda G'arbning imperial hokimiyatini quvvatlantirish. Yaqin kelajakda bu Qo'shma Shtatlar va Isroilning Eronga hujumidan oldin Eronni yakkalatib qo'yishga imkon beradi. Uzoq kelajakda esa, yana bitta mustaqil, sekulyar, Xitoy va Rossiya bilan orasi yaqin hukumat yo'qotiladi.

Dunyo ommaviy fikrini G'arbliklar, Isroil, Fors ko'rfazi Davlatlarining bu Suriyaga hujum ishlariga ergashtirish uchun bir nechta strategiya qo'llanildi. Iroq va Liviyaning sekulyar hukumatlarini muvaffaqiyatli yo'q qilishnning davomidan, yana bir bor bir o'lka suverenitetini (mustaqilligini) oyoqosti qilish uchun bahona ko'rsatildi.


4 Iyul, 2011 yil, Bernard Henry Lévyning yonida Laurent Fabius (Fransuz Tashqi Ishlar Ministri Alain Juppédan avval shu postni egallagan) va Bernard Kouchner(Fransiya Tashqi Ishlari Ministri bo'lib tayinlanishi mumkin),"demokratik" Suriya uchun bir uchrashuvda.

Dunyodagi umumiy ahvol : Ketma ket agressiyalar

Assadning mustaqil hukumatiga qarshi G'arbning hozirgi kampaniyasi Shimoliy Afrikadan tortib Fors Ko'rfazigacha bo'lgan mustaqil hukumatlar va demokratiya tarafdori oqimlarga qarshi qilingan hujumlar seriyasining bir qismi.
Misrda Muborak diktaturasini Misr demokratik harakatlari ag'darib tashlashiga qarshi javoban Imperiya (dunyo hukumati, asosan g'arbliklar) Misr harbiy kuchlariga hokimiyatni qo'lga olishga yordam berdi; buning orqasidan 10 000 dan oshiq namoyishchilarni hibsga olish, qiynoqqa solish, qatl etish kampaniyasinni o'tkazdi.

Arab dunyosidagi pro-demokratik harakatlarga o'xshash harakatlar qarshisida, G'arb himoyasi ostidagi Fors Ko'rfazi diktatorlari Bahrein, Yaman, va Saudiya Arabistoni dagi isyonlarni ezib-bostirib tashladilar.
Bu agressivlik Liviyaning sekulyar (davlatning rasmiy dini yo'q) hukumatiga qadar uzandi. Liviyada NATO ning qudratli davlatlari yollanma jangarilar to'dasini qo'llab-quvvatlash uchun yoppasiga havodan va dengizdan bombardimon qilib, Liviya iqtisodi va jamiyatini yo'q qilishda qatnashdilar. Bu qurollangan ganglarning vahshiyona haddidan oshishi shahar zonalarini va qishloqlarni xarob qilishga olib keldi.
NATO kuchlari Kadhafining sekulyar hukumatini yiqitib, uning o'zini yollanma jangchilar tomonidan qiynoqlarga soldilar va qatl ettirdilar. NATOning nazorati ostida Kadhafining tarafdori bo'lmish o'n minglab fuqarolar va davlat xodimlari qiynoqqa solindi va yo'qotildi.

Davomi bor....

Liviyaning yangi qo'g'irchoq hukumati asli Sahroi-Kabirlik va Janubiy Sahroi-Kabirdan kelgan immigrant ishchilarga qarshi qonli pogromlarga kirishganda NATO bu qonxo'rlikni qo'llab quvvatladi. Bu sahrolik qora tanli insonlar shu kungacha Kadhafi davridagi saxiy ijtimoiy programmalardan foydalanib yaxshi yashardilar.

"Xarob qilish va Hukmronlik qilish" degan imperial siyosat Suriyani olish uchun "ornak"ka aylandi :
Ko'rfaz Davlatlari va G'arblik yollanma jangarilar tarafidan moliyaviy quvvatlangan va mashq qildirilgan; fundamentalist musulmonlar tomonidan boshqarilgan ommaviy isyonlarga sharoit yaratib berish.



AQSh Davlat Kotibi Clinton o'z hamkasblari Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi Ishlar Vaziri Sheyx Abdullah bin Zayed al-Nahyan, Buyuk Britaniya Tashqi Ishlari Vaziri William Hague , Turkiya Tashqi Ishlari Vaziri Ahmet Davutoglu , 2012 yilning 24 fevralida "Suriya do'stlari" konferensiyasida "Gumanitar" aralashish (to'g'rirog'i - urush ochish!) ga chaqirdilar.

Damashqdan Tehrongacha qonlli yo'l

Davlat Departamentiga ko'ra (AQSh) "Tehron yo'li Damashqdan o'tadi" :
NATOning strategik maqsadi --- Eronning Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchisini yo'q qilish;
Ko'rfazning mutlaq monarxiyalarining maqsadi --- sekulyar respublikanni vassal (qaram) teokratik (diniy) diktatura bilan almashtirish;
Turk hukumatining maqsadi esa, --- Anqaraning islomiy kapitalizm versiyasiga ergashuvchi rejimni hokimiyatga keltirish;
Al-Qaida va unig ittifoqchilari salafiylar va wahhabiylarning maqsadi --- Suriyadagi sekulyar odamlar, alawiylar va xristianlar qatnashmaydigan sunniy teokratik rejimni o'rnatish;
Isroil uchun esa, --- bo'lingan va qonga botirilgan Suriya , Isroilning regional (mintaqadagi) hukmronligini ta'minlaydi.

Qo'shma Shtatlarning ultra-sionist senatori Joseph Lieberman New-Yorkdagi 2001 yil 11 sentyabr hujumlaridan bir necha kun o'tib, terrorist hujumning haqiqiy jinoyatchisini tekshirmasdanoq, shunday (bashorat qilib) aytgandi: "Eng avvalo biz Eronga, Iroqqa va Suriyaga hujum qilmog'imiz lozim".

Suriyaga qarshi kuchlar bir-biriga qarama-qarshi siyosiy yo'nalishdagi keng to'plam bo'lib, ko'p millatli murakkab Suriya jamiyatini o'n yillardan beri boshqarib kelayotgan sekulyar, milliyatchi, mustaqil rejimga nisbatan nafratlarigina ularni birlashtirib turadi.

Suriyaga qarshi urush G'arb militarizmi (harbiy bosqinchilik)ning kelajakdagi rivojining birinchi qadamlaridan.
Bu Shimoliy Afrikadan to Ko'rfazgacha cho'zilgan harbiy kuch ishlatish siyosati NATO tarafidan demokratiyalashtirish, gumanitar va "madaniylashtirish"ni iddio qiluvchi odatiy propaganda kampaniyasi bilan qo'llab-quvvatlanyapti. Bu kampaniya esa, Suriya Xalqi nomidan olib borilyapti.


Message edited by lola123 - Seshanba, 03-Apr-2012, 13:48
 
LOLADate: Seshanba, 03-Apr-2012, 16:18 | Message # 2
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:

ozod "Suriya Armiyasi jangchilari (FSA). Asosan yollanma jangarilar va fanatiklardan tuzilgan, Qatarning puli bilan, Turkiyaning qurol-yarog' yordami bilan quvvatlangan, Fransiya va Britaniya boshqaruvi ostida; bu Armiya Suriyaniki ham emas, ozod ham emas.

Damashq yo'li yolg'onlar bilan to'shalgan.

Suriyadagi qurollangan kurashchilarni neytral siyosiy va ijtimoiy anallizdan o'tkazilganda, isyonlar bu mamlakat xalqiga demokratiya yaratish maqsadida ekanligini uqtiruvchi har qanday urinish puchga chiqadi.
Fundamentalist avtoriter jangchilar isyonning asosini tashkil etadi. Bu bezorilarni moliyaviy ta'minlovchi Ko'rfaz Davlatlarining o'zlari - mutlaqo monarxiya. Liviyada qo'pol mafiozalardan iborat hukumatni o'rnatgan bu G'arb hecham "gumanitar aralashuv" iddiosini ko'tarib chiqishga haqqi yo'q.

Qurollangan guruhlar shaharlarga kirib olib, aholi uylarini qalqon qilib qo'llashyapti; uylardan turib davlat kuchlariga qarshi hujumlarini boshlayaptilar. Minglab fuqarolarni uy-joylarini, do'konlarini va idoralarini tashlab ketishga majbur qildilar, bu binolarni so'ngra harbiy frontning oldingi qatoriga aylantirdilar.
Homs shahridagi Baba Amr mahallasining buzilishi qurolli ganglar (to'dalar) tomonidan tinch aholini qalqon sifatida qo'llashga va hukumatni yomon qilib ko'rsatish uchun propaganda vositasi bo'lib ishlatilishiga yaxshi bir misoldir.

Bu qurollangan guruhlar Suriya ommasi ichida hech qanday milliy hurmatga ega emaslar. Ularning asosiy propaganda bo'limlaridan biri Londonning markazida joylashgan. "Inson Huquqlarini Suriyada Kuzatish" nomi berilgan bu bo'lim, NATO hujumiga xayrixohlik hissini yaratishni ko'zlovchi dahshatli voqealar hikoyalarini to'qib chiqarish uchun Britaniya maxfiy xizmatlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi.

Ko'rfaz Davlatlarining amirlari va qirollari bo'lsa, jangchilarni moliyaviy tarafdan ta'minladilar.

Turkiya harbiy bazalarini ular ixtiyoriga berdi va chegarasi orqali qurol-yarog' yetkazilishini, shuningdek, o'sha "Ozod Suriya Armiyasi" boshqaruvchilarining o'tib-qaytishlarini boshqardi.

Qo'shma Shtatlar, Fransiya va Angliya qurol, harbiy ta'limot va diplomatik yordam yetkazib berdilar

Chet ellik fundamentalist "jihodchilar", ularning ichida Liviya, Iroq, Afg'onistondan kelgan jangchilar ham bor, bu mojaroga aralashganlar. U yerda "fuqarolar urushi" ketmayapti : bu NATO, Ko'rfaz davlatlari diktatorlari, fundamentalist musulmonlardan tuzilgan uch tomonli g'ayri tabiiy ittifoq va milliyatchi, mustaqil, sekulyar Suriya hukumati orasidagi xalqaro nizodir aslida.

Qurollarning xorijdan kelishi, propaganda tashkil qilinganligi va yollangan jangchilar mavjudligi bu nizoning imperial xususiyati va ko'p millatli mojaro ekanliginni oshkor qiladi. Haqiqatda, Suriya davlatiga qarshi vahshatli qo'zg'olon - Eron, Rossiya va Xitoy ittifoqchisini ag'darib tashlash uchunimperial kampaniyadir. Bu to'ntaruv uchun Suriya iqtisodini va jamiyatini buzishga, o'lkani bo'laklashga va aholining kichik alawiy, xristian, dinsiz guruhlariga qarshi dinlararo qirg'inbarot urushlarni keltirib chiqarishga tayyordirlar.

O'limlar va urush qochoqlari qonxo'r Davlatning sababsiz kuch ishlatishi natijalari emas. G'arb tomonidan qo'llab-quvvatlangan isyonchilar butunboshli mahallalarni qurollar kuchi bilan bosib oldilar, neft quvurlarini buzdilar, transportlarga zarar yetkazdilar, Davlat binolarini portlatdilar.

Bu hujumlar dastidan, Suriya aholisiga ko'rsatiluvchi asosiy xizmatlar to'xtab qoldi; bulardan : ta'lim, tibbiy xizmatlar, xavfsizlik, suv, elektr energiyasi va transportlar.

Bu isyonchilar "gumanitar fojia"ga javobgardirlar (shu gumanitar fojiada ularning imperial ittifoqchilari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiylari - Suriya xavfsizlik kuchlari va Armiyasini ayblashgan edi).

Suriyalik tartibni saqlash kuchlari sekulyar Davlatning suverenitetini saqlash uchun kurashyaptilar, oppositsiya armiyasi esa , shu vaqtda chet ellik, Washington, Riyad, Tel-Aviv, Ankara va Londondagi buyruq beruvchilarning nomidan zo'ravonlik ko'rsatyapti.


Bashar el-Assad tomonidan referendumga qo'yilgan konstitutsiya islohoti proyekti berilgan ovozlarning 90%i tarafidan ma'qullandi. Saylovchilarning 57,4 %i ovoz berishga bordilar, ya'ni 8 milliondan oshiqroq Suriyaliklar. Bu 60 yildan beri ko'rilgan eng yuqori saylovga qatnashish ko'rsatkichi
 
LOLADate: Seshanba, 03-Apr-2012, 17:19 | Message # 3
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
Xulosa

Avvalgi oyda Assad rejimi tomonidan tashkil qilingan referendum , imperialist G'arb do'q-po'pisalariyu terroristlarning boykot chaqiriqlariga qaramay millionlab Suriyalik saylovchilarni o'ziga tortdi. Suriyaliklarning ko'pchiligi tinch va kelishuv yo'li bilan nizoning chorasini topishni afzal ko'rishi va yollanma jangarilarning kuch ishlatishini rad qilishi ravshan bo'ldi.

G'arbga suyanuvchi "Suriya Milliy Kengashi" va turkiya hamda Ko'rfaz Davlatlari tomonidan qurollantirilgan "Ozod Suriya Armiyasi" Ruslar va Xitoyliklarning dialog va muzokaraga chaqiruvlarini rad etdi; Assad hukumati esa, bu chaqiriqlarni qabul qildi. NATO va Ko'rfaz diktaturalari o'z xizmatlaridagi isyonchilarni kuch ishlatib hukumatni ag'darishga undashmoqda, bu siyosat allaqachon minglab suriyaliklarning umriga zomin bo'ldi.

Qo'shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqining iqtisodiy sanktsiyalarining maqsadi Suriya iqtisodini cho'ktirish, umidlari - katta qahatchilik kambag'allashgan aholini qo'pol qotillarning to'riga ilintirish. Xuddi, Liviyadagi scenarioni takrorlab, NATO - Suriya xalqini uning iqtisodini, fuqarolik jamiyatini, sekulyar Davlatini yo'qotish orqali "ozod qilishni" taklif qilyapti.

Suriyada g'arbning harbiy g'alabasi uning yanayam harbiy yo'lga kirib ketishiga hissa qo'shadi. Bu G'arb, Riyad, Isroilni yangi urushni boshlashga rag'batlantiradi - Livan urushi.

Suriyani buzib bo'lgandan so'ng, Washington-Bryussel-Riyad- Tel-Aviv birligi Eronga qarata bundan ham qonliroq jangga tomon yo'naladi.

Iroqning vahshiyona buzilishi, uning ortidan Liviyadagi urushdan keyingi cho'kish, Suriya aholisini nima kutayotganligi haqida qo'rqituvchi manzaralarni beradi : yashash darajasi cho'kishining tezlashishi, o'lkaning parchalanishi, etnik qirg'inlar, fundamentalist diniy to'dalarning hokimligi, kishilar va mulklarning butunlay xavf ostida qolishi.

"Progressist" va "so'l tomon" Liviyadagi buzg'unchilikni qanday qilib "qo'zg'olonchi demokratlarning revolyutsioner kurashi" deb ta'riflagan va keyin tashlab ketgan bo'lsalar (Liviyalik qora tanlilarga qarshi etnik zo'ravonliklarning qonli natijalarida javobgarlikni tan olmasdan) , endilikda xuddi o'sha shiorlarni Suriyaga qarshi harbiy urush ochish ham qo'llanmoqdalar.

Manhattan va Parijda kafelar va idoralaridan turib G'arbni "gumanitar krizis"ga aralashishga chorlayotgan ayni shu liberallar, sotsialist va marksistlar qachonki NATO bombalari bilan Damashq, Halep, va boshqa shaharlar bo'ysundirilganda, yollanma jangarilarining g'alabalaridan keyingi qonli voqealarda hamma manfaatlarini yo'qotadilar.

James Petras, NewYorkning Binghamton Universitetida xizmat ko'rsatgan pensiyaga chiqqan, Sotsiologiya Professori.
Fransuz tilida nashr qilingan oxirgi asari: La Face cachée de la mondialisation : L’Impérialisme au XXIe siècle, (Parangon, 2002).
Ingliz tilida nashr qilingan so'nggi asari : The Arab Revolt and the Imperialist Counter Attack, (Clarity Press, 2011).

http://www.voltairenet.org/La-triple-alliance-contre-la-Syrie
 
LOLADate: Yakshanba, 20-May-2012, 14:31 | Message # 4
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:


2012 yil, fevral. Imom Arber Berisha - Shayx Imran Nazar Hoseinga savollar berdi.

AB : Suriyadagi krizis haqida: Ko'p odamlar halok bo'ldilar u yerda, ko'p falokatlar yuz berdi. Hozirgi kunda Suriya haqidagi fikringizni aytsangiz, chunki bu mavzuda har tarafdan ko'p ma'lumotlar va propaganda bilan qarshilashyapmiz.

IH : U yerda turli-tuman va ko'p sonli faktorlar bor. Bu masalaga faqat bir tomondan yondasha olmaymiz. Shuni tan olishimiz kerakki, Alawiylar Suriyada 40 yildan ham ortiq muddat davomida hukmronlik qilib kelyaptilar.

AB : Sektar Alawiylar , shundaymi ?

IH : Ha, ular ko'pchilikni tashkil etuvchi sunniylarni ezib keldilar, ba'zi hollarda vahshiylarcha. Shu holda, ko'pchilik bo'lgan sunniylar avvalo bu sektar kamchiliklardan tuzilgan hukumatning zulmidan qutulishga intilmoqlari lozim.
Bu juda tabiiy hol !!!

Lekin hozirgi kunda uyushtirilayotgan hukumatni ag'darishga urinish - albatta, Sionistlar tomonidan kun tartibiga qo'yilgan. Ular "arab bahori" deb ataydigan harakatning bir qismi bu.

"Arab bahori" esa "Sionist yozi"ga aylanib yashnashga, gullashga mo'ljallangan. Liviyada allaqachon "*Sionist yozi" boshlandi. Misrdagi Musulmon Birodarlar (tashkiloti) tufayli ayni scenario Misrda ham jarayon etyapti. Chunki, Musulmon Birodarlar (Ixwan al Muslimin) ahmoqlarcha harakat qilishmoqda.

Bunday so'zlarni qo'llash meni juda xafa qilyapti, imom! Musulmon Birodarlar ahmoqlarcha va ko'r-ko'rona Misr Harbiy Kuchlari (Armiyasi) bilan ittifoq tuzib kelishishdi.

Holbuki, Misr Harbiy Kuchlari hech qanday o'zgarmagan. Ular G'azzaga (Isroil bosqini ostidagi Falastin hududi) o'tish yo'lini yopib qo'yishgandi. G'azzaga turli iste'mol ashyolarining o'tishini ta'qiqlashgan, hozir ham Misrni nazorat ostida tutadiganlar shular. Bular barcha Falastinliklar birodarlarimizga qarshi Isroil bilan ittifoq tuzishgandi va barcha hamkorlarini boshqarishadi. Bugungi kunda hamma Misr Harbiy kuchlari qo'lidagi kuch-qudratga erishishga intiladi. Musulmon Birodarlar ham shu eski hukumatning qoidasiga ko'ra yo'l tutishdi.

Shunday qilib, endilikda, Suriyada ham bor bo'lgan Musulmon Birodarlar Sionistlar bilan ittifoq qurishmoqda. Suriyada hukumatni to'ntarish uchun Sionistlar tarafidan olib borilayotgan urinishlar haqida gap ketyapti.

Ammo, sunniylarning bu hukumat zulmidan ozod bo'lish uchun olib borayotgan haqli kurashlari ham bor. Agar Suriyadagi sunniy musulmonlar Rossiyani (Rum) unday olsalar, Payg'ambarimiz aytganlaridek(sallallohu ta'ala alayhi vasallam). Umid qilamanki ular meni tinglayaptilar.

Payg'ambarimiz (sav) bizning Rum bilan ittifoq tuzishimizni bashorat qilganlar, Sionistlar bilan emas! Rum bilan!

"Va Payg'ambarimiz (sav) bizning Rum bilan ittifoq qilishimizni bashorat qilganlari uchun , Ey Moskva (ruslar) , biz endi siz bilan ittifoq qurgani keldik. Agar siz Suriyada hukumatni ag'dara olsangiz va biz Suriya hokimiyatini qo'limizga olsak, bizlar siz bilan do'st bo'lishda davom etamiz! Sionistlarning do'sti bo'lmaymiz, yo'q !
Va biz Ironning do'sti va ittifoqchisi bo'lishda davom etamiz."

Qachonki, Moskva buni eshitsa, o'shanda, Moskva Suriyada hukumatni almashtirishga tayyor bo'ladi. Va Suriya hukumati ham bajonidil hokimiyatni ularga topshirishga rozi bo'ladi. Chunki, bu hukumatdagilar shunday zulm qilishda davom etaversalar, bir kun kelib yiqitilishlarini yaxshi biladilar. Va Suriya Liviya singari yana bir Sionist o'lkaga aylanib qolishi mumkin.

Bu mening Suriyadagi musulmonlarga maslahatim.
 
LOLADate: Shanba, 17-Noya-2012, 10:38 | Message # 5
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
 
LOLADate: Shanba, 08-Dek-2012, 14:48 | Message # 6
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
Suriya: kimyoviy qurollar bilan False Flag (soxta hujum, o'zi hujum boshlab, dushman boshladi, deb ayblash)

IRIB- Informatsiya aylana boshlagandan keyin ham bu rejani amalga oshirishga jasorat etadilarmi?

Suriya tribunasi gazetasining xabariga ko'ra, kimyoviy qurol nishonga olingan zonada o'rnatilgan tutun chiqaruvchi generator, yo bir portlash, yoki kamikazli mashina bilan, yoki oddiygina qilib namlandiruvchi apparatlarni ishlatib qo'llanilishi mumkin.

Bashar al-Assadning hukumati o'z aholisiga qarshi kimyoviy qurollarni ishlatishga tayyorlanayotgani xabari faqatgina G'arb medialari raportlaridan va Obama hukumatining biroz asabiy bayonotlaridan kelganini hisobga olsak; isbotlarning vazniga qarab, qo'zg'olonchilarning o'zlari aholiga qarshi shafqatsiz zulm ko'rsatgani ayonligidan, bunaqa taktikalarga isyonchilarning o'zi qo'l urishi ehtimol.

Bundan tashqari, 6 oy avval tarqatilgan raportlar shuni tasdiqlaydiki, Suriyadagi isyonchilarga protivogazlar yetkazib berilgan va ular kimyoviy qurollar bilan hujum uyushtirishga tayyor edilar, keyin buni Assad rejimining boshiga to'nkab NATOning Suriyaga harbiy bosqinini osonlashtirilgan bo'lardi.

Avgust oyida, suriyalik bir manbaning Addunya informatsiya telekanaliga xabar berishicha, bir Saudiyalik firma 1400 ta mashinaga har biri 97 000 dollar turadigan gazga qarshi va kimyoviy moddalarga qarshi tozalovhchi filtr sistemalarini o'rnatgan, Ozod Suriya Armiyasi isyonchilari tomonidan olib boriladigan minomyotlar bilan kimyoviy hujumni tayyorlash uchun. Yana boshqa 400 ta mashina askarlar transporti uchun tayyorlangan.

Bu hujumni Suriya hukumati Armiyasi qildi deb soxta ayb qo'yib, Harbiy bosib olish uchun bahona qilib ko'rsatish mo'ljallangan. 2012-yil Mart oyida Brookings Institution "Suriyani qutqarish: rejimni almashtirish uchun variantlarni baholash" nomli raportni nashr qildi, bu raportda tasvirlangan scenarioga ko'ra, yo'q yerdan paydo qilingan gumanitar krizis kuch ishlatib Suriyani bosib olishga sabab qilib ko'rsatiladi.

G'arb hukumatlari va josuslik tashkilotlarining yillab oldindan rejalashtirib qo'yilgan urushlarga bahona ko'rsatish uchun soxta "ommaviy qirg'in qurollari" xavfini yasab chiqarishlari tarixi bizga shuni ochiq ko'rsatadi-ki, yaqinda Suriya o'z xalqi ustiga kimyoviy bombardimon qiladi, degan gaplar juda ehtiyotkorlik (shubha) bilan ko'zdan kechirilmog'i lozim.

USS Eisenhower samolyot tashuvchi AQSH kemasi va minglab soldatlar va o'nlab qiruvchi samolyotlarni olib yuruvchi boshqa urush kemalari Suriya yaqinlarida turarkan, faqat sodda kishigina Amerikalik anonim rahbarlarning isbotlanmagan gaplariga asoslanuvchi, Assadning kimyoviy qurollarni ishlatishi haqidagi media shov-shuvini tasodifan to'g'ri kelib qolgan holat deb ishonishi mumkin.


http://leschroniquesderorschach.blogspot.fr
 
LOLADate: Juma, 28-Dek-2012, 18:05 | Message # 7
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:


Особое мнение Максима Шевченко 13.12.12

Maksim Shevchenko Suriyadagi urush haqida
 
LOLADate: Chorshanba, 19-Iyun-2013, 01:10 | Message # 8
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
Washington Is Insane — Paul Craig Roberts

Paul Craig Roberts

Institute for Political Economy


June 17, 2013

In the 21st century the two hundred year-old propaganda that the American people control their government has been completely shattered. Both the Bush and Obama regimes have made it unmistakenly clear that the American people don’t even influence, much less control, the government. As far as Washington is concerned, the people are nothing but chaff in the wind.

Polls demonstrate that 65% of the US population opposes US intervention in Syria. Despite this clear indication of the people’s will, the Obama regime is ramping up a propaganda case for more arming of Washington’s mercenaries sent to overthrow the secular Syrian government and for a “no-fly zone” over Syria, which, if Libya is the example, means US or NATO aircraft attacking the Syrian army on the ground, thus serving as the air force of Washington’s imported mercenaries, euphemistically called “the Syrian rebels.”

Washington declared some time ago that the “red line” that would bring Syria under Washington’s military attack was the Assad government’s use of chemical weapons of mass destruction against Washington’s mercenaries. Once this announcement was made, everyone with a brain immediately knew that Washington would fabricate false intelligence that Assad had used chemical weapons, just as Washington presented to the United Nations the intentional lie via Secretary of State Colin Powell that Saddam Hussein in Iraq had dangerous weapons of mass destruction. Remember National Security Advisor Condi Rice’s image of a “mushroom cloud over American cities?” Propagandistic lies were Washington’s orders of the day.

And they still are. Now Washington has fabricated the false intelligence, and president obama has announced it with a straight face, that Syria’s Assad has used sarin gas on several occasions and that between 100 and 150 “of his own people,” a euphemism for the US supplied foreign mercenaries, have been killed by the weapon of mass destruction.

Think about that for a minute. As unfortunate as is any death from war, is 100-150 deaths “mass destruction?” According to low-ball estimates, the US-sponsored foreign mercenary invasion of Syria has cost 93,000 lives, of which 150 deaths amounts to 0.0016 or sixteen hundredths of one percent.

In other words, 92,850 of the deaths did not cross the “red line.” But 150 did, allegedly.

Yes, I know. Washington’s position makes no sense. But when has it ever made any sense?

Let’s stretch our minds just a tiny bit farther. Assad knows about Washington’s “red line.” It has been repeated over and over in order to create in the minds of the distracted American public that there is a real, valid reason for attacking Syria. Why would Assad use the proscribed weapons of mass destruction in order to kill a measly 100-150 mercenaries when his army is mopping up the US mercenaries without the use of gas and when Assad knows that the use of gas brings in the US military against him?

As the Russian government made clear, Washington’s accusation is not believable. No informed person could possibly believe it. No doubt, many Americans wearing patriotism on their sleeves will fall for Washington’s latest lie, but no one else in the world will. Even Washington’s NATO puppets calling for attacking Syria know that the justification for the attack is a lie. For the NATO puppets, Washington’s money overwhelms integrity, for which the rewards are low.

The Russians certainly know that Washington is lying. The Russian Foreign Minister Lavrov said: “The [Assad] government, as the opposition is saying openly, is enjoying military success on the ground. The [Assad] regime isn’t driven to the wall. What sense is there for the regime to use chemical arms–especially in such small amounts.”

Lavrov is a relatively civilized person in the role of Russia’s main diplomat. However, other Russian officials can be more pointed in their dismissal of Washington’s latest blatant lies. Yury Ushakov, an aide to Russian President Putin said: “The Americans tried to present us with information on the use of chemical weapons by the [Assad] regime, but frankly we thought that it was not convincing. We wouldn’t like to invoke references to [the infamous lies of] Secretary of State Powell [at the UN alleging Iraqi WMD], but the facts don’t look convincing in our eyes.” Aleksey Pushkov, the chairman of the Russian Duma’s Foreign Affairs Committee, cut to the chase. “The data about Assad’s use of chemical weapons is fabricated by the same facility that made up the lies about Saddam Hussein’s weapons of mass destruction. Obama is walking George W. Bush’s path.”

Here in America no one will ever hear straight talk like this from the US presstitutes.

Orwellian double-speak is now the language of the United States government. Secretary of State john kerry condemned Assad for harming “peace talks” while the US arms its Syrian mercenaries.

Washington’s double-speak is now obvious to the world. Not only Assad, but also the Russians, Chinese, Iranians, and every US puppet state which includes all of NATO and Japan, are fully aware that Washington is again lying through its teeth. The Russians, Chinese, and Iranians are trying to avoid confrontation with Washington, as war with the modern nuclear weapons would destroy all life on planet earth. What is striking is that despite 24/7 brainwashing by the presstitutes, a large majority of the American population opposes obama’s war on Syria.

This is good news. It means more Americans are developing the ability to think independently of the lies Washington feeds to them.

What the neocon nazis, the bush/obama regime, and the presstitute media have made
clear is that Washington is going to push its agenda of world hegemony to the point of
starting World War III, which, of course, means the end of life on earth.

Russia and China, either one of which can destroy the United States, have learned that the US government is a liar and cannot be trusted. The Libyan “no-fly” policy to which Russia and China agreed turned out to be a NATO air attack on the Libyan army so that the CIA-sponsored mercenaries could prevail.

Russia and China, having learned their lesson, are protesting Washington’s assault on Syria that Washington pretends is a “civil war.” If Syria falls, Russia and China know that Iran is next.

Iran is Russia’s underbelly, and for China Iran is 20% of its energy imports. Both Russian and Chinese governments know that after Iran falls, they are next. There is no other explanation for Washington surrounding Russia with missile bases and surrounding China with naval and air bases.

Both Russia and China are now preparing for the war that they see as inevitable. Washington’s crazed, demented drive for world hegemony is bringing unsuspecting Americans up against two countries with hydrogen bombs whose combined population is five times the US population. In such a conflict everyone dies.

Considering the utterly insane government ruling in Washington, if human life exists in 2020, it will be a miracle. All the worry about future Medicare and Social Security deficits is meaningless. There will be no one here to collect the benefits.
 
LOLADate: Yakshanba, 25-Avg-2013, 06:59 | Message # 9
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
http://ria.ru/arab_riot/20130825/958445830.html

Армия Сирии: найденные у боевиков вещества были прекурсорами химоружия

14:2925.08.2013

Накануне сирийское ТВ показало в эфире, что было изъято у боевиков в Джобаре: несколько пластиковых канистр, мешки с белым порошком, металлические емкости, бытовые баллоны для сжиженного природного газа, разобранные гранаты, снаряды РПГ и коробки с противогазами.

ДАМАСК, 25 авг — РИА Новости, Денис Малков. Обнаруженные накануне сирийскими военными в ходе операции в пригороде Джобар на востоке Дамаска химические вещества предназначены для изготовления боевых отравляющих веществ, говорится в заявлении командования сирийской армии, распространенным государственным информагентством САНА в воскресенье.

"В ходе успешной операции нашей доблестной армии в Джобаре был обнаружен склад с прекурсорами для изготовления химического оружия и запас антидотов (противоядий) для лечения химических отравлений. Наличие этих веществ у террористических группировок является решительным доказательством использования отравляющих веществ против нашего народа и армии и подтверждает, что все необходимое для использования химического оружия террористы получают из-за рубежей Cирии", — говорится в заявлении.

Накануне сирийское ТВ показало в эфире, что было изъято у боевиков в Джобаре: несколько пластиковых канистр, мешки с белым порошком, металлические емкости, бытовые баллоны для сжиженного природного газа, разобранные гранаты, снаряды РПГ и коробки с противогазами. На двух металлических сосудах зеленого цвета надпись по-арабски: "Сделано в Саудовской Аравии". Также были продемонстрированы шприцы и иглы для инъекций, две упаковки медицинского препарата в ампулах для инъекций, по словам корреспондента телеканала, производства США. Читайте подробнее >>

Информагентство САНА сообщило в субботу, что мятежникам удалось применить отравляющие вещества против солдат правительственной армии в Джобаре, в результате чего несколько солдат пострадали.

Как использование химоружия влияет на ход конфликта

"Использование химического оружия и растущее участие "Хезболлах" показывает отсутствие приверженности переговорам со стороны режима и грозит сделать мирный процесс недосягаемым", — говорилось в сообщении госдепартамента США о телефонном разговоре госсекретаря Джона Керри с главой МИД Ирака Хошияром Зебари. Читайте подробнее >>

Как иностранные специалисты ищут следы химического оружия в Сирии

Группа специалистов ООН по химическому оружию прибыла в страну 18 августа. Инспекторы должны установить сам факт применения химического оружия, а не то, кем именно оно было предположительно применено. Читайте подробнее >>

Как развивался гражданский конфликт в Сирии

15 марта 2011 года в Сирии начались массовые антиправительственные выступления. Противники действующего режима организовали несколько акций протеста в столице страны Дамаске при помощи страницы "Сирийская революция против Башара аль Асада 2011" в социальной сети Facebook. Затем антиправительственные демонстрации вспыхнули на юге страны, в частности в расположенном на границе с Иорданией городе Дераа. По данным ООН, конфликт унес жизни свыше 100 тысяч человек. Читайте подробнее >>

Как США заявили о готовности реализовать военный сценарий в Сирии

Министр обороны США: "Президент Обама обратился в министерство обороны и потребовал подготовить варианты решения для любых обстоятельств. Мы выполнили это, и мы готовы реализовать любой из них, если от него поступит соответствующие указание".
 
LOLADate: Yakshanba, 25-Avg-2013, 07:12 | Message # 10
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1546
Status:
http://ria.ru/arab_riot/20130825/958444989.html

Сирия напомнила США о последствиях для региона в случае вмешательства

14:2025.08.2013

Ранее сообщалось, что вооруженные силы США для решения сирийского вопроса могут реализовать в этой стране военный сценарий, если на это поступит приказ президента Барака Обамы.



МОСКВА, 25 авг — РИА Новости. Власти Сирии в воскресенье предупредили США, что военный сценарий американских властей по урегулированию сирийского кризиса из-за резонансных обвинений в применении химического оружия войсками президента Башара Асада приведет к тяжелым последствиям на Ближнем Востоке, сообщает агентство Рейтер со ссылкой на заявление министра информации Сирии Омрана Зоаби.

Ранее Минобороны США заявило, что американские вооруженные силы для решения сирийского вопроса могут реализовать в этой стране военный сценарий, если на это поступит приказ президента Барака Обамы. По информации агентства Ассошиэйтед Пресс, министерство обороны США продолжает расчет множества факторов, включая последствия возможного военного удара в Сирии. Кроме того, министр обороны Чак Хэйгел отметил необходимость соблюдения правовых аспектов в случае применения силы и наличие международной поддержки для любых военных действий.

"Военное вмешательство США создаст очень серьезные последствия и тот огненный шар, который воспламенит Ближний Восток", — сказал сирийский министр информации.

"Военный сценарий" США, в свою очередь, осудил МИД Ирана, отметив, что это приведет к усугублению напряженности в регионе.


Очередное обострение ситуации в Сирии произошло в среду 21 августа, когда ряд СМИ сообщил о масштабном применении войсками сирийского правительства химического оружия в окрестностях Дамаска. Жертвами атаки стали, по предварительным данным, более 600 человек. Коалиция национальной оппозиции Сирии утверждает, что число жертв могло достигнуть 1,3 тысячи человек. После инцидента стороны конфликта неоднократно заявляли о своей непричастности, обвиняя в случившемся оппонентов. По факту инцидента проходит проверка, в которой, как ожидается, примут участие эксперты ООН. Ранее президент США заявлял, что применение химического оружия станет "красной чертой" для режима Башара Асада.
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: