• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Bolalar bilasizlarmi?
DURDONDate: Dushanba, 11-Mar-2013, 06:47 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Эххх..! Жаннат..! Жаннат..!!! Bolalar.., bilasizlarmi, jannat qanaqa joy..? Agar men hozir jannat haqida gap boshlasam, gapim heесh tugamaydi. Ammo mayli, kelinglar, sizlarga ozgina gapirib berayin. Qolganini katta kitoblarni o’qiganda o’zinglar bilib olasizlar. Sizlarga tushuntirish uсhun jannatni qaysi boqqa, qaysi go’zal shaharga o’xshatsam ekan-a..?.. Yo’q, uni heсh narsaga o’xshatolmayman. Сhunki bu dunyoda jannatga o’xshaydigan heсh bir joy yo’q- da.! U shunaqa ham сhiroyliki, so’z bilan ta’riflab bo’lmaydi. U erga faqat borib ko’rish kerak! Ana shunda bilasiz, jannatning qanaqa ekanligini! «Jannatda ko’z ko’rmagan, quloq eshitmagan, odamning xayolidan o’tmagan narsalar bor», - deganlar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam . Jannat hozir bormi..? Ha.., jannat hozir bor! U etti qavat osmonning ustida, Alloh Arshining ostida. U nihoyatda сhiroyli bog’lardan, sharqirab oqayotgan daryolardan, ajoyib shahar va mamlakatlardan, soya– salqin oromgohlardan iborat. Jannatga kirgan odam bu dunyoni unutib qo’yay deydi. Heесh qaytib сhiqqisi kelmaydi. Uning kattaligi kandoq, aytaymi.? Etti qavat osmon bilan erning hammasi qo’shilsa ham jannatga teng bo’lolmaydi. Jannat ana shunaqa katta..! Uning xushbo’y hidi 100 yillik yo’ldan kelib turadi. Jannat qavat-qavat qilib yaratilgan bo’lib, uning eng yuqorisi Firdavs jannati deb ataladi. Bu dunyo yo’q bo’lib ketadi. Ammo jannat heсh yo’q bo’lmaydi. Jannatning 8ta darvozasi bor. Ular shunaqa kattaki, bu сheti bilan u сhetining orasi 40 yillik yo’l. Jannat darvozasining oldiga birinсhi bo’lib Muhammad sallallohu alayhi va sallam keladilar. Jannat u kishiga oсhiladi. Jannatga eng avval shu zot kiradilar. Keyin u kishining ummatlari - biz musulmonlar kiramiz. Shundan so’ng boshqa payg’ambarlarning ummatlari kirishadi. Din yo’lida halok bo’lgan shahidlar, ilmiga amal qilgan olimlar, kambag’allarni yaxshi ko’radigan boylar va saxiylar jannatga birinсhilar qatorida kiradilar. Jannat ahlining eng ko’pi kambag’allar va ko’p zulm tortgan kishilar bo’ladilar. Ota-onasining duosini olgan odamlar, erini rozi qilgan ayollar, xushmuomala kishilar ham jannatga tezroq kiradilar.

 
DURDONDate: Shanba, 25-May-2013, 01:21 | Message # 2
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Bolakay buvisining xat yozayotganini ko`rib undan so`raydi:
-Siz men haqimda yozyapsizmi?
Buvisi yozishni to`xtatadi, kulib nevarasiga:
-Topding, men sen haqingda yozyapman. Lekin…muhimi nima yozayotganim emas, balki nima bilan yozayotganimdir. Men xohlardimki katta bo`lganingda xuddi shu qalamday bo`lishingni…
Bolakay qalamga zo`r qiziqish bilan qaraydi, lekin hech narsani anglamaydi.
-Bu qalamni boshqa qalamlardan farqi yo`qku!
-Hamma gap, narsalarga qanday qarashingga bog`liq. Bu qalam beshta sifatga ega, Qayerda bo`lishingdan qat`iy nazar baxtli yashashni xohlasang shu besh sifat senga as qotadi.
Birinchidan, sen aqlli bo`lishing mumkin lekin hech qachon yuqoridan seni boshqaradigan kuch borligini esdan chiqarma. Uni o`rgan va his qil.
Ikkinchidan, yozish uchun men qalamning uchini chiqarishim kerak. Bu jarayon qalam uchun og`riqli, lekin shundan keyin qalam yaxshiroq yozishni boshlaydi. Xuddi shunday, og`riqqa chidamli bo`l, chunki bu seni toblaydi.
Uchinchidan, agar qalamni ishlatsak, har doim xato qilgan joyimizni o`chirish imkoniyatiga ega bo`lamiz. Esda tut, o`zingni to`g`rilash – har doim ham yomon emas. Ko`pincha bu to`g`ri yo`lni tanlash demakdir.
To`rtinchidan, qalamning muhimligi uning qaysi yog`ochdan qilinganligida yoki uning shaklida emas, balki uning ichida joylashgan grafitda. Shuning uchun, sening ichingda nima sodir bo`layotgani haqida faqat o`yla.
Va nihoyat, beshinchi sifati: qalam faqat o`zidan keyin iz qoldiradi. Xuddi shunday, sen ham o`zingdan keyin o`zingning hatti –harakatlaring bilan iz qoldirasan. Har bir qadamingni o`ylab bosgin.


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: