• Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Namoz o'rganamiz
BAXORDate: Juma, 25-Noya-2011, 14:51 | Message # 1
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


 
ilyosbekDate: Payshanba, 03-Yan-2013, 02:29 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
TAHORAT

Islom dini ham vujud, ham qalb tozaligiga katta ahamiyat bergan bir dindir. Sevikli payg‘ambarimiz bizga shunday nasihat qiladilar: «Kuchingiz yetguncha tozalikka rioya etingiz, chunki Alloh taolo Islom dinini tozalik ustiga bino qildi. Jannatga ham faqat toza bo‘lganlar kiradi» («Jomius-sag‘ir», 1-jild, 133-bet).
Alloh taolo Qur’oni karimning Moida surasi 6-oyatida shunday marhamat qiladi(mazmuni): «Ey imon keltirganlar! Namoz (o‘qish) ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo‘llaringizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash tortingizlar va oyoqlaringizni (yuvingizlar)!».
Binobarin, dinimizning ustuni hisoblangan namozni ado etmoq uchun albatta tahoratli bo‘lish shartdir.

TAHORAT OLISH TARTIBI

1. Avvalo, tahorat olishga niyat qilinib, «Auzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym», deyiladi.



2. Qo'llar bandigacha uch marta yuviladi. Barmoqda uzuk bo'lsa, qimirlatib, ostiga suv yugurtiriladi.



3. O'ng qo'lda suv olinib, og'iz uch marta g'arg'ara qilib chayiladi va misvok qilinadi.



4. Burunga o'ng qo'l bilan uch marta suv tortilib, chap qo'l bilan qoqib tozalanadi.



5. Yuz uch marta yuviladi. [/size]


[size=14]
6. Avval o'ng qo'l tirsaklar bilan qo'shib ishqalab yuviladi.




7. So'ngra chap qo'l tirsaklar bilan qo'shib ishqalab yuviladi.




8. Hovuchga suv olib, to'kib tashlab, ho'li bilan boshning hamma qismiga masx tortiladi.




9. Ko'rsatkich barmoq bilan quloqlarning ichi, bosh barmoqlar bilan esa quloq orqasi masx qilinadi.




10. Ikkala kaftning orqasi bilan bo'yin masx qilinadi.



11. Chap qo'l bilan o'ng oyoqni oshiq (to'piq) bilan qo'shib va barmoqlar orasini (ishqalab) uch marta yuviladi.



12. Chap oyoq ham shu tarzda uch marta yuviladi.

Tirnoqlarga surilgan lak, teridagi har xil bo'yoqlar ketkazilmasdan olingan tahorat sahih (haqiqiy) hisoblanmaydi.
Tahorat olayotganda gapirmaslik, ehtiyojdan ortiq suv ishlatmaslik, ust-boshga suv sachratmaslik kerak.



 
BAXORDate: Payshanba, 03-Yan-2013, 04:47 | Message # 3
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:



АЗОН

(араб,— намозга чақириш) ) ислом динида ҳар куни ўқиладиган 5 маҳал намозга муаззин айтадиган даъват. Азон намоз учун буюрилган суннат ҳисобланади. Муаззин (азон айтувчи) одатда ҳар бир масжидда бўлади. Унинг айтган Азони намоз вақти бўлганлигини билдиради. Азон баланд овоз билан ўзига хос оҳанг ила айтилади. Азон 622—623 йилларда Муҳаммад (сав) томонидан белгиланди. Биринчи муаззин Билол(ра) бўлган. Азон айтиш ислом тарихининг бир неча асрлари давомида шаклланди. 2) Исломда янги туғилган чақалоқнинг қулоғига азон айтиш одати ҳам бор. Бунда аввал махсус дуо ўқилиб, сўнг оҳиста товушда боланинг ўнг қулоғига азон, чап қулоғига такбир айтилади. Бу одат гўдакнинг бокира шуурига Аллоҳ таоло номини муҳрлаш мазмунида талқин этилган. 3) Ўзбек тилида азон сўзи эрталаб, саҳарлаб, илк саҳар (кун чиқишдан ол-динги пайт) маъносини ҳам англа-тади.


 
ilyosbekDate: Payshanba, 03-Yan-2013, 11:24 | Message # 4
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
ISLOM VA IMON SHARTLARI

Islom tinchlikka, poklikka, insoniylikka, mehr-muruvvatga, vatanparvarlikka, ilm olishga chaqiruvchi dindir. U insonni ikki dunyo saodatiga yetkazadi.
Quyidagilar Islom dinining ruknlaridir:
1. Imon.
2. Har kuni besh mahal namoz o‘qish.
3. Ramazon oyida o‘ttiz kun ro‘za tutish.
4. Zakot berish. Zakot Islomda moliyaviy ibodatdir. Ya’ni boyligi nisobga (muayyan miqdorga) yetgan musulmonning yilda bir marta haqdorlarga zakot berishi farz.
5. Haj qilish. Bu amal moddiy jihatdan qurbi yetadigan musulmonlargagina farzdir.
Quyidagilarga ishongan kishi imonlidir:
1) Allohga;
2) Allohning farishtalariga;
3) Allohning kitoblariga;
4) Allohning payg‘ambarlariga;
5) Oxirat kuniga;
6) Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7) O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa.

IMON KALIMALARI

«L`a il`aha illall`oh, Muhammadur rasul`ulloh».
Ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad Allohning payg‘ambaridir».
«Ashhadu all`a il`aha illall`oh va ashhadu anna Muhammadan ‘abduh`u va ras`uluh».
Ma’nosi: «Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘qligiga va Muhammad alayhissalom Allohning quli va elchisi ekaniga iqrorman».


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: