Alloh taolo yaxshi ko’radigan ishlardan xabardormisiz?
Yakkayu yolg’iz iloh - Alloh taologa hamdu sano, payg’ambarimiz Muhammad s.a.v ga durudi salavotlar bo’lsin! Alloh taolo boshqalariga nisbatan ko’proq yoqtiradigan ishlar, hatti- harakat, joy, vaqt va hokazolar haqida so’zlamoqchimiz:

1. Mushkirona e’tiqodlardan xoli e’tiqod. Payg’ambarimiz s.a.v.dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan din - (mushrikona e’tiqodlardan xoli) sof e’tiqoddir.” (Imom Ahmad rivoyati)

2. Namoz o’qish, ota- onaga mehr- muruvvat ko’rsatish va Alloh yo’lida jihod qilish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ishlar (eng avval) namozni o’z vaqtida o’qish, undan keyingisi ota-onaga mehr-muruvvat ko’rsatish, so’ngisi Alloh yo’lida jihod qilishdir.” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari)

3. Imon keltirish, qarindosh- urug’chilik aloqalarini mustahkamlash, Alloh taolo buyurgan ishlarga targ’ib qilish va Alloh taolo ta’qiqlagan ishlardan qaytarish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ishlar (eng avvali)U zot (ning borligi va birligi)ga imon keltirish, undan keyingisi qarindosh-urug’chilik aloqalarini mustahkamlash, so’ngisi Alloh taolo buyurgan ishlarga targ’ib qilish va Alloh taolo qaytargan ishlardan qaytarish.” (Abu Ya’lo rivoyati)

4. Muntazam savob ish qilib turish (erta-yu kech Alloh taolo itoatida bo’lish). Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ish oz ( kichkina, kam) bo’lsada muntazam qilinadigan savob ishdir.” ( Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari )

5. Alloh taoloni (tilu dil bilan mudom) zikr qilish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ish- o’lguningcha tiling U zot zikrida bo’lishidir.” (Imom at- Tabaroniy rivoyati)

6. Masjidlar. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Shaharda Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan joy undagi masjidlaridir. Yomon ko’radigani bozorlaridir.” (Imom Muslim rivoyati)

8. Rost (chin, yolg’on aralashmagan) so’z. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Men eng yaxshi ko’radigan so’z- rost (chin, yolg’on aralashmagan) so’zdir.”

9. Dovud a.s. o’qigan va tutgan nafl namoz va ro’zalar kabi namoz o’qish va ro’za tutish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ro’za- Dovud a.s. ro’zasi: u kishi bir kun ro’za tutsalar ertasi kuni og’izlari ochiq bo’lardi. Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan namoz- Dovud a.s. namozi bo’lib, kechaning yarmini uxlab, uchdan birini ibodatda o’tkazar va qolgan oltidan bir qismida yana uxlardilar.” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari)

10. Ko’pchilik bilan baham ko’rilgan ovqat. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: „Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan taom- ko’pchilik bilan baham ko’riladigan taomdir." (Ibn Hibbon rivoyati)

11."Subhanallohi va bihamdih" deb zikr qilish. Payg’ambarimiz s.a.v.dedilar: „Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan kalom bandasining „Subhanallohi va bihamdih" deya zikr qilishidir." (Imom Muslim rivoyati)

12."Subhanalloh val-hamdu lillah vala ilaha illallohu vallohu akbar" deb zikr qilish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: „Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan zikr to’rttadir: „Subhanalloh val-hamdu lillah vala ilaha illallohu vallohu akbar" (mazkur zikrlarning) qay biridan boshlashning zarari yo’q." (Imom Muslim rivoyati)

13. Ko’rkam xulq, axloq- odob egasi bo’lish. Payg’ambarimiz s.a.v.dedilar: „Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan banda- eng ko’rkam ahloq- odob egasi bo’lgan bandadir." (Imom at- Tabaroniy rivoyati)

14."Abdulloh","Adurrahmon" kabi ism qo’yish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: „Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ism- "Abdulloh","Abdurrahmon" kabi ismlardir." (Imom Muslim rivoyati)

15. Odamlarga biron bir nafi tegishi, musulmonlarning ko’nglini ko’tarib xursand qilishi, g’am- tashvishlarini biroz bo’lsada yengillatishga harakat qilishi, qarzdorning qarzini uzishiga yordamlashishi, ochni to’ydirishi va hokazolar. Payg’ambarimiz s.a.v.dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan inson-odamlarga ko’proq nafi tegadigan insondir. Shuningdek, Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ish- musulmonni xursand qilishing, uning g’am- tashvishlarini yengillatishing, qarzini uzishiga yordamlashishing yoki qornini to’yg’azishingdir. Musulmon birodarim hojatini chiqarish yo’lidagi harakatim men uchun masjidda bir oy e’tikofda o’tirishimdan ko’ra yaxshiroq, ma’qulroqdir. Kimda-kim g’azabini tiya olsa, Alloh taolo uning (fosh bo’lib qolishdan xavfsiraydigan) sirini bekitadi. Kimda- kim g’azabini to’kib solishga qodir bo’la turib, uni yuta olsa, Alloh taolo qiyomatda uning qalbini mamnuniyat (xotirjamlik) to’yg’usi bilan limmo-lim qiladi. Kimda- kim birodari hojatini chiqarish yo’lida harakat qilib, uni amalga oshishiga sabab bo’lsa, Alloh taolo oyoqlari toyadigan Kunda uning oyoqlariga sabot berar. Sirka asal (sifati, ta’mi) ni buzganidek, badhulqlik ham savob ish (sifati) ni buzar.” (Ibn Abu ad-Dunyo rivoyati)

Категория: Diniy kitoblar | Добавил: pazz_ot (25-Fev-2010) | Автор: izzatillo
Просмотров: 935 | Комментарии: 3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama uchun joy
QandQurs
So'rovnoma
Yangi ko'rinish qanday?
1. Juda zo'r
2. O'rtacha
3. Avval yahshi edi
4. Juda yomon
5. Farqi yo'q
Total of answers: 102
Dizel Narxlari shtatlar bo'yicha Truck stops