• Page 2 of 2
  • «
  • 1
  • 2
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Muslimalar uchun foydali maslahatlar
OishaqizDate: Shanba, 16-Fev-2013, 07:48 | Message # 31
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
HIJOBGA KIRADIGAN MUSLIMALARGA MASLAHATLAR]

Hijobning naqadar muhimligini siz allaqachon anglab yetdingiz.
Hijobsiz qo’ygan qadamingiz o’zingiz va o’zgalar uchun katta zararligini bilasiz. Ammo hijobga kirishga kelganda esa haliyam ikkilanmoqdasiz. Hijobga kirmay desangiz - iymon halovatini sog`ingan qalbingiz ochiq-sochiq kiyimlarda taskin topolmayapti, kiray desangiz - ming hil sabablar yo`lingizga to`g`anoq bo’lmoqda. Hijobdan keyingi qiyinchilik va mashaqqatga to’la hayotingizni tasavvur qilganingiz sari hijobni kiyish u yoqda tursin, hatto u haqda eshitgingiz ham kelmaydi. Mana shunday ikki o’t orasida yashamoqdasiz. Aslidachi? Aslida ham hijobga kirish shu qadar og`ir ishmi? Hijobda yashash mashaqatmi?

Yaqindagina hijobga kirgan inson sifatida shuni aytishim mumkinki, hijobga kirishdan ham, hijobda yashashdan ham unga kirish oldidagi ikkilanishlar, ikki o’t orasida yashash qiyinroq ekan. Hijobga kirgach esa sizni qiynagan ming xil savollar va ikkilanishlar barham topadi, elkangizdan og`ir yuk tushib, hijobgamas, blki orom uyiga kirgandek o`zingizni yngil his qilasiz. “Yo tavba. bu shu qadar oson ish ekanu, men bo’lsam shuncha qiynaldima”, - deysiz. Ishonmaysizmi? Keling unda bir urinib ko’ramiz.

1. Avvalombor ishni hijobga kirishingizga qarshilik qilayotgan sabablar ro’yxatini tuzishdan boshlaymiz. Erinmasdan har bir bahona va sabablarni bir boshidan yozib chiqing va ularga yichim izlang. Shunda bazi sabablar hatto ro’yhatga yozishga ham arzimas darajada ekanligini o’zingiz ham anglab yetasiz. O`ylab qarasangiz, arziydigan, katta sabablar bir-ikkitadan oshmas ekan. Shundaymi?

Qanchalik katta bo’lmasin, ularga ham echim bor, albatta. Siz esa o’sha yichimlar ustida o’ylang, boshqalardan ham maslahat va yordam so’rang.

2. Imkon qadar hijobli qizlar davrasida yurishga intiling, agar hijobli dugonalaringiz bo’lmasa, ko’chada o’rangan qizlarni ko’rsangiz ham borib ular bilan do’stlashing, yoki islom markazlari, masjidlarga borib bo’lsa ham ular bilan uchrashing. Tortinmang, odatda bunday qizlar juda xushmuomala bo’lib, sizga yordam berishni xush ko’rishadi. Internetda bo’lganingizda ham ularni rasmlarini tomosha qiling, ya`ni kozingizni koniktiring. Chunki biz ozimizni zamonaviy hisoblab, ochiq va tor kiyimlar kiyishga o’rganib qolganmiz, keng va yopiq liboslar na ko’zimizga yoqadi, na ko’nglimizga. Ammo sinchiklab qarasangiz, yopiq kiyimlar ham go’zallikda ochiqlaridan o’tsa-o’tadiki, aslo qolishmaydi. Turli xil hijob o’rash uslublarini qarab chiqsangiz, har biri betakror va oziga hosligini korasiz.

3. Ham feli chiroyli, ham hijobni farosat bilan oraydigan nozik didli go’zal ayollarga koproq qarang. Shunda “hijoblining axvoli shumi”, - deydiganlar toifasidan bo`lmaysiz. Hijobga kirganingizdan keyin siz ham shu ayollar toyifasidan bolishga intiling. Ro’moli osilgan, yelkasi oqqanlardan bo’lmang. To`gri, hijob ayol go`zaligini va ziynatlarini berkitish uchun mo`ljallangan, ammo go`zallikni ham did va farosat bilan berkitish mumkin. Hijob ham islomiy hayotning bir korinishi. "Nega bu ayol ro’mol o’rab yuribdi?" - degan savolni orqasidan keladigan; "Musulmon bo’lgani uchun, muslimalar odatda shunday qilishadi"... kabi ko’plab javoblar orqali islomni oz bolsada taniy boshlashadi. Hali islomni bilmaydigan qancha odamlar bor, yaqinda menga horijlik tanishlarim: "hijob oraganingdan keyin sochingni haftada nechi marta yuvadigan bolding? Har holda kamaytirgan bo’lsang kerak, axir sochingni kirligini ro’molda hech kim ko’rmaydiku?” - deyishdi.
Naqadar axmoqona savol, ammo o’tmishda g’arbning podshosi umrida bir marta cho’milgan bir paytda musulmonlar bir kunda 5 marta tahorat olganini, hech qachon g`usulsiz junub holda yurmaganligini va yurmasligini bilmagan kishilardan bundan ham bema’niroq savollar chiqishi ham mumkin. Bunday savollardan xafa bo’lmang. Siz ularga Islom poklik dini ekanligini, hijob kir va nopok sochlarni bekitish uchun emas, balki tozalik va poklikdan yaraqlab turgan sochlarini chang va g`uborlardan, oftob tig`idan, qish izg`irinidan, yomon ko’zlardan asrash bilan birga bu g`ozal pokiza sochlar o`z jilosi bilan o`zgalarni hayollarini bo`lmasligi uchun o`ralishini tushuntiring. Va imkon qafar amal bilan so’zingizni quvvatlang.

4. Agar yilkasi ochiq kiyimlarda o’sgan bo’sangiz, asta-sekin kalta bosada, engi bor koftalarga o’ting, shortik va kalta yubkalaringizni uzaytiring. Mobodo yubkada yurishni yomon ko’rsangiz, shimda yuring. Oyoqlaringizni yopishga harakat qiling. Shu yo’l bilan sekin-sekin yopiq kiyinishga o’rganasiz. Boshida tor bo’lsada, yopiq kiyining.

5. Yopiq kiyimga organgach, sekin ro’mollar va chiroyli sharflar sotib oling va ro’molda yurishni uyda mashq qiling. O’zingizga qulay va yarashadigan uslublarni o’rganing. Ko’nikma hosil qilish uchun avval uyda va hovlida o’rab yuring. Keyin sekin-sekin, Insha Alloh, silliqina hijobga o’tib olasiz.

6. Boshida ozingizga yoqqan zamonaviy kiyimlar, masalan, tizzagacha keladigan klassik uslubda tikilgan kostuym-shim va xushbichim yubka-kofta degandek, ilgari kiyingan uslubizga yaqin kiyimlardan boshlang. Chunki birdan keng arabcha abayalarni kiyish o’rganmagan nafslarga og`ir keladi. Zamonaviy qilib tikilgan uzun yeng va etakli liboslaringizni endi ko’chada ham kiyishni boshlang. Bir qancha muddatdan keyin ilgari oyoqlaringiz yopilsa yuragingiz siqilgan bolsa, endi oyog`ingiz korinsa hijolat cheka boshlaysiz.

7. Zamonaviy va yopiq libosga ham konikib qoldingiz. Endi uning rangiga mos romol tanlaysiz va chiroyli qilib o’raysiz. Ana bo’ldi ,siz endi Alloh nozik hilqat vakilalariga munosib korgan eng g`ozal libosdasiz. Ko’rdingizmi bu qanchalar oson ekan?

-“Ha, kiyishku oson, ammo uni asrash qiyinda”, - deysizmi?

Yo`q bu ham siz o`ylaganchalik qiyin ish emas, faqat ba`zi bir nozik jihatlariga e’tibor qaratsangiz bas.

8. Ammo hijob sizga juda yarashdi! Ana endi ko`chaga chiqsangiz ham shu libosda chiqing. Har xil qarashlar, gap sozlar deysizmi? Nahotki shugina sabab bilan sizga qanchalar yarashgan hijobingizni echsangiz? Yo`g`a, bu o’rinda kalta koylak va elkasiz, tor liboslarda mahalladan o’tgan davringizni eslang... Mahalla-ko’yning: “voy bu, bu qizning koylagi bormi-yoqmi?” - qabilidagi pichinglarini esladingizmi? O’shanda ularning gapidan jahlingiz chiqqan bolsada: “bu modani tushunmagan odamlarga qosa nimalar demaydi” - deya mag`rur ketaverardingiz. Huddi o’sha uslubni endi bu o`rinda qo’llang. “Allohning buyruqlarini bilmagan va hijobning naqadar g`ozalligini anglamaganlarga qolsa ular nimalar deyishmaydi?!”

9. - "Mahalla - koy mayliya, ota-onam va boshqa yaqinlarimga ham yoqmadi bu uslubda kiyinishim", - deysizmi? Unda sizga bir savol.
Ilgari kiygan kiyimlaringizni hammasi barcha yaqinlaringizga birdek yoqqanmi? Y`oq, albatta, bunday bo’lishi mumkin emas. O’sha kiyimlaringiz yoki o’ta torligi, yoki juda kalta va ochiqligi bilan, yoki g`alati uslubi bilan juda bo’lmasa, narxi bilan yaqinlaringizni sal bo’lsada noroziligini o`yg`otgan. “Sizga yoqmasa ham, menga yoqadi” qabilida yaqinlaringizga yoqmagan kiyimingizni yaxshi ko’rib kiyishda davom etgansiz. Bu o`rinda ham hijobni sizni egningizda sobit qolishi uchun sizdan birgina harakat kerak. Siz uni ham ilgargi zamonaviy libosingizni qanchalar yaxshi korgan bolsangiz, buni ham shunchalik seving va himoya qiling! Osongina egningizdan tushib ketishiga yo`l qoymang! “Sizga yoqmasa ham bu libos menga va barcha mo`minlarga, eng asosiysi - Allohga yoqadi” - deya oling! Yaqinlaringizga esa xushmuomalalik bilan tushuntiring va ularga ham hidoyat so’rab duo qiling




Message edited by Oishaqiz - Shanba, 16-Fev-2013, 07:56
 
OishaqizDate: Shanba, 16-Fev-2013, 07:52 | Message # 32
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
DAVOMI


10. - Shahrimizda, mahallamizda, oilamizda hech kim hijob kiymagan, bir o`zim...
Men sizni juda yaxshi tushunaman. Demak siz islom nuri yoritmagan joylarda va bu nurdan bebahra odamlar orasida yasharkansiz. Islomdan qatra nur bolib kirib bormaysizmi o`sha manzillarga. Odamlar hamma joyda birinchi bolish uchun astoidil harakat qiladi, nega siz bu g`ozal yo’lda birinchi bo’lishni istamaysiz? Bir ozingizga shuncha savob, ularni birma-bir yig`ib olsangizchi!

11. Hijobni kiygach, uni kiyishingizga qarshi bo’lgan odamlardan uzoqroq yurishga harakat qiling, chunki ular tezda sizda hijobni yechish istagini uyg`otib qo’yishlari mumkin. Hech bo’lmaganda, hijobga organib qolguningizcha ulardan uzoqroq bo’ling.

12. Hijobni kiygach, mobodo uni yechish istagi tug`ilib qosa, xuddi uni kiyishni qanday orqaga cho’zgan bolsangiz, shunday “ertaga, indinga echaman” deb, nafsizni aldab turing, shunda sekin-sekin organib qolasiz va butun umr hijobda yurgandek u bilan qadrdon bolib qolasiz, InshaAlloh!

13. Hijobdaligingizda tez-tez sizni ta’qib qiladigan nigohlarni: "G`alati kiyinganim uchun menga qarashyapti" deb emas, balki: "Ular mendan islomni organishmoqda, ibrat olsihmoqda" deb sharh qiling. Shunda sizni “bular nega buncha baqrayishadi” - degan fikrlar g`azablantirmaydi.

14. Hijob kiyganingizdan keyin bolayotgan har bir ezgu ishga "Alloh meni hijob kiyganim uchun taqdirlayapti" degan o`yda boling. Shunda hijobga va boshqa Allohning farzlariga majburiyat deb emas, balki mehr bilan qaraysiz, ularni sevib bajarasiz.

15. “Hijob kiysam uni qilomayman, buni qilomayman” deb og`rinmang, hijob kiyish bilan hamma narsadan kechish shartmas, bazi bir odatlaringiz islomga zid bo`lsa-yu, uni birdaniga toxtaolmasangiz, sekin-sekin toxtating, ammo hijobni echmang u odatingiz uchun. Masalan, men raqsni, sportni, ashulani judayam yaxshi koraman. Yashirmay aytamanki, boshida menga bo’yanish, yasanish, raqs, musiqa, soch kesish va hokazolar mumkinmas hijobga kirsang, desalar: "Ma hijobingni, ol, manga hech keragi yo`q”, degan bolardim. Islomga zid odatlaringizni sekin-sekin kamaytiring yoki o’shanga oxshashiga ozgartiring. Masalan, men stadionda va sport klubida shug`ullanishni hovliga kochirdim. Boshida kunda bir soat raqs bilan shugullangan bosam keyin 20 minut, 10, haftada bir hozir raqssizam juda yaxshi yashayapman. Musiqani esa sekin rep, hip-hopdan mazmunli ashulalarga, keyin diniy ashulalarga, keyin nashidlarga, hozir esa mp3 imda quron suralari qogan holos. Boyanish, o’zingizga qarashni ham uyingizga kelganda maromiga etkizib qiling, juda xohlasangiz eski modniy kiyimlaringizni ham kiyavering. Uyingizda o`zingizga yoqqandek, qulay va gozal liboslarni bemalol kiyavering (bahonada uyingizni va uyda o’tirishni ham yaxshi korib qolas).

16. Eng asosiysi, unutmang, hijob - bu oddiy kiyim! Uni kiygach, undan qandaydir bir ilohiy tuyg`ularni kutmang. “Hijob kiydim, endi eng mustahkam imonni qo’lga kiritdim”, deya mag`rurlanib ketmang. O`zini musulmon sanagan, ammo hali hijobgacha yetib kelmagan muslimalarga past nazar bilan qaramang va ularni dillariga ozor beradigan gaplar bilan tanbeh bermang. Imon qalbda boladi. Imonni hijob kiyib ham topolmay otib ketganlar qancha. Hijob hech kimga imon bermaydi, u borini himoya qiladi halos. Imonni kuchaytirguvchi taqvoni hijobni kiygach ham mustahkam ushlashga harakat qiling. Ilm olishga va unga amal qilishga harakar qiling, yo`qsa hijob kiygan eksponatdan farqingiz qolmaydi. Hijob jamiyatdagi ko’p kasalliklarini oldini oluvchi bir himoya vositasi. Uni kiyish bilan farishta, yechish bilan fohisha bolib qolmaysiz. Ammo uni kiyib taqvoyingizni yanada mukammal qilishingiz, yechish bilan fahshga yo`l ochishingiz mumkin. Shuni bilingki, hijob bu jannatga kafolat emas, ammo hijobsiz ham jannat kafolatlangan emas.

17. "Men namozni namoz oqish istagi paydo bo’lsa o`qiyman", yoki: "Menda hijobga kirish istagi paydo bo`lmagan", deb ko’p aytishadi. Bu kabi so`zlar bilan o`zingizni aldamang, amallarni paysalga solmang. Bilingki, bu istakni kelishini kutib otirish - g`irt axmoqlik!
Chunki siz bu istakni butun umr kutsangiz ham kelmasligi mumkin. Qayerdan bilasiz, balki u sizni birinchi bo’lib qadam tashlashingizni kutayotgandir? Hech kim yo’lidan oltin chiqib qolishini kutib otirmaydi, vaholanki tilladan bo’lgan ziynatlarni topib olganlar ko’p. Xuddi shunay siz ham noma`lum tuyg`ularni kutib umringizni g`aflatda o’tikizmang.
Hech kormagan, yemagan, mazasini totmagan notanish ovqatni nomini aytsa egingiz keladimi? Yoq, sizga bu nomlar kompyuter, stol, stul kabi oddiy narsa nomidek eshitiladi. Ammo kabob, osh, manti, chuchvara kabi sizga tanish nomlar aytilsa-chi? Ishtahalaringiz ochilib, yegingiz keladi. Nega? Chunki siz ularni bilasiz, yegansiz, mazzasini totgansiz. Xuddi shunday namozning lazzatini angalsh uchun uni oqish kerak, hijobni esa o’rab ko’rish kerak. Undan keyin ham lazzat eshiklari ochilmasa, darrov orqaga qaytmasdan eshik oldida turing. Qayta-qayta taqqilating eshikni. Niyatingiz holis bosa, Insha Alloh, u eshiklar ochiladi.

Va shu o’rinda boshqalarga ham maslahatim: "Hijobli bo’la turib unday qildi, bunday qildii" kabi gaplarga chek qoying! Odamlarni hijoblilardan maksimal narsalarni kutishi qizlarni hijob kiyishga jur’atsiz qilib qo’yadi. Tushuning, u ham oddiy bir odam, u ham barcha singari xato qilishi mumkin. Kecha yarim yalong`och yurgan qiz bugun shu joygacha etib kelipti, shunisiga rahmat deng. "Hijobliyam shunaqa bo’larkanmi", deb uni hijobini echishiga sababchi bolgandan kora, unga yordam bering, qolingizdan kelsa. Bo`lmasa - jim boling, ammo zinhor-bazinhor uni izza qilmang. Juda xunuk ish bo’lsa, sekingina o’ziga ayting, chioyli tushuntiring.

Siz, hijob kiymoqchi bogan opam yoki singlim, bunaqa gaplarga ahamiyat bermang. Siz tog`ri yo’ldasiz, ketavering undan hech narsaga qaramay. Bilmaganingizni sekin-sekin organib olasiz. Hech kim mukammal emas.

18. Hijob kiygandan keyin ayb ish qilib qoygandek ovozingiz sinq, boyningiz egik yurmang! Hijob kiyishdan uyalmang! Podiyumda ketayotgan modellarga bir qarang, egninga nimani ossalar ham “mashhur kutere falonchini liboslarini namoyish qilyapman” deb mag`rur yuraverishadi. Oliy moda, avangard deya aqlga sig`maydigan kiyimlarni kiyib chiqaverishadi. Bu libos haqiqatda juda go`zal va betakrorligiga shu qadar qat`iy ishonch bilan yurishgani tufayl ham bugun ko’pchilik moda orqasidan chopmoqda. Nega endi ular bir ojiz bandani kiy degan istagini ikkilanmay amalga oshirsayu, biz esa kuch va qudrat egasi bo’lgan Alloh taolaning buyrug`ini aybdordek ikkilanib, amalga oshiramiz? Hijob Oliy Zotning buyrug`i bolib, aslida u oliy moda! Qachonki biz bunga ishonib, qat’iy qadam tashlashni boshlar ekanmiz, ana shundagina dunyo modasi ortimizdan chopadi!




Message edited by Oishaqiz - Shanba, 16-Fev-2013, 07:54
 
DURDONDate: Chorshanba, 26-Iyun-2013, 01:54 | Message # 33
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Нима гап, фарзандингиз...ми?

Фарзандингиз ёлғон гапиряптими? Демак, сиз уни қаттиқ назорат остига олган экансиз!
Фарзандингиз ўзига ишонмаяптими? Демак, сиз уни шижоатлантирмас (руҳлантирмас) экансиз!
Фарзандингиз яхши гапира олмаяптими? Демак, сиз у билан суҳбатлашмас экансиз!
Фарзандингиз ўғрилик қиляптими? Демак, сиз унга совға-салом бермаётган экансиз!
Фарзандингиз қўрқоқми? Демак, сиз уни кўп ҳимоя қилар экансиз!
Фарзандингиз бошқаларни ҳурмат қилмаяптими? Демак, сиз унинг ёнида овозингизни пасайтирмас экансиз!
Фарзандингиз доим қовоғи осилганми? Демак, сиз уни мақтамас экансиз!
Фарзандингиз бахил (қизғончиқ)ми? Демак, сиз у билан ўзаро шериклик (ҳамкорлик) қилмас экансиз!
Фарзандингиз бошқаларга нисбатан тажовуз қиляптими? Демак, сиз унга нисбатан қўпол (дағал) муносабатда бўлар экансиз!
Фарзандингиз заифми? Демак, сиз унга кўп дўқ-пўписа қилар экансиз!
Фарзандингиз сизни қизғоняптими? Демак, сиз унга нисбатан беэътибор экансиз!
Фарзандингиз сизни безовта қилиб, тинчингизни бузяптими? Демак, сиз уни бағрингизга босиб, юзларидан ўпмас экансиз!
Фарзандингиз сизга итоат қилмаяптими? Демак, сиз ундан кўп нарсаларни талаб қилар экансиз!
Фарзандингиз одамови бўлиб қолганми? Демак, сиз ўзингиз билан ўзингиз овора экансиз!

Психолог профессор Ториқ ал-Ҳабиб


 
DURDONDate: Shanba, 29-Iyun-2013, 04:21 | Message # 34
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
МУСЛИМА АЁЛГА ГЎЗАЛ БЎЛИШНИНГ 10 ТА СИРИ:

1. Лабларингиз мафтункор бўлишини истасангиз, ширинсўз ва ростгўй бўлинг.

2. Кўзларим чиройли бўлсин десангиз, эзгуликка боқинг.

3. Қоматингиз расо бўлиши учун таомингиздан муштоқларга улашинг.

4. Сочларингиз жозибадор бўлишини истасангиз, кунига бир бора гўдакнинг қўлчалари уларни силашига имкон беринг.

5. Қатъиятли юриш учун ёлғиз эмаслигингизга ўзингизни ишонтиринг, Аллоҳга таваккул қилишни ўрганинг.

6. Инсон ҳамиша далда, кечириш, рағбат ва меҳрга эҳтиёж сезади. Ҳеч қачон ҳеч кимни “ташлаб юборманг”,“эътиборсиз қолдирманг.”

7. Агар сизга ёрдам қўли керак бўлса, у ҳамиша сиз билан – ўз қўлингиз. Бир қўлингиз ўзингизга, иккинчиси бошқаларга ёрдам бериш учун эканини унутманг.

8. Аёл гўзаллиги либос, қомат ёки соч турмагида эмас, балки қалбларда акс этади. Айнан қалб – Аллоҳнинг назаргоҳидир.

9. Чинакам гўзаллик суратда эмас, сийратда намоён бўлади.

10. Аёл гўзаллиги Аллоҳга итоат ва умр йўлдошининг ризолигида!


 
  • Page 2 of 2
  • «
  • 1
  • 2
Search: