Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Boshqa dindagi bayramlar
Solih_96Date: Juma, 01-Noya-2013, 10:08 | Message # 91
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:
O'zbekistonda Valentin kuniga bag'ishlangan barcha konsertlar va tadbirlar bekor qilish haqida buyruq qabul qilindi. Bundan tashqari barcha taniqli qo'shiqchilarga Valentin kuniga bag'ishlangan konsert va tadbirlarga qatnashish ta'qiqlap qo'yildi. Bundan tashqari barcha OAV ( Ommaviy Axborot Vositalari ) da Valentin kuniga bag'ishlan ko'rsatuvlarni efirga qo'ymaslik maslahat berildi. Buning asosiy sababi qilib bu bayram Islom dini bayrami emasligi ko'rsatildi.

Ochig'i ushbu Qarordan judayam Xursand bo'ldim. Yaqin yaqingacha 14-fevral Yurtimizda ulug' inson shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining tug'ilgan kuni sifatida eslanardi. Keyinchalik har har zamonda bu sanani " Sevgi kuni " deb nomlay boshlashdi. Ko'rishdiki,hech kim indamadi.keng jamoatchilik bu narsaga loqaydroq munosabatda bo'ldi. Endi, baralla har turli restoranlar,mehmonxonalardagi katta katta davralarda,hattoki,katta konsert zallarida nishonlaydigan bo'lishdi. Televideniye,radio va gazetalarda bir birini tabriklawib, " Sevgi isxorlari" junatadigan bo'lishdi. Kimlardur aynan shu kuni " Visol " oqshomi belgilaydigan bo'lishdi. Ko'pchik Yevropa davlatlarida,xususan, Rossiyada bu sanani rasman " Sevgi kuni"deb e'lon qilmagan bo'lishsada ,buzuqchilikni kasb qilib olgan tadbirkorlar wu kunni namoyishkorona nishonlashib, mo'maygina pul ishlap olishadi,ommaviy axborot vositalari orqali juda köp behayolik va faxshni targ'ib qilishadi, shu kuni ko'pgina "sho'ring qurg'ur " soddalar aldanib,badnom bo'lib qolishadi.
Bu botil va sharmandalik kunining kelib chiqishi eramizdan oldingi davrlardagi qadimgi RIMga borib taqaladi. Shu kuni Rimliklarda erkak va ayollarning juda ko'pchiligi ko'chalarda qip yalang'och yurishib,bir birlari b.n xursandchilik qilishgan. Bu namoyishkorona behayolikning asl sababi mana bunday bölgan: o'sha davrlarda Rimda yosh bolalar o'limi köpayib,ayollarning tug'ishi kamayib ketgan,bolasi yöq ayollar befoyda,yomon ayol hisoblanib qolgan,mamlakatning kelajagi odamlarni tashvishga solgan ekan. Qaysidur donishmand bu masalani yechimi sifatida 14 fevral kuni muhabbat xudosi (!?) JUNA FEBRUATA va xudo ( !?) FAVN.larning nomiga echki qurbonlik qilish,bu echkining terisidan tasma tayyorlab olgan erkaklar ko'chada yap-yalang'och yurishib,ko'zlariga ko'ringan ayollani urishlari,bu ayollar ham öz ixtiyorlari b.n tasma zarbini qabul qilishlari lozimligini aytadi. Va shunday qilishadi....!!! ( Astag'furillah, naqadar tubanlik. ) ayollar ham xursandchiliklarini oshkor qilish maqsadida kiyimlarini yechib, O'zlarini erkaklarning izmiga topwiradilar.

Avvalda bu marosim Luperkaliy kuni deb atalgan. Bu marosim keyinchalik " Valentin kuni " nomini olishining ham öz tarixi bor. Qadimgi Rim imperatori KLAVDIY II özi olib borayotgan urush tugaguncha qo'l ostidagi jangchi va zobitlarining baquvvat bölishliklarini ta'minlash uchun mamlakatda Luperkaliy namoyishlarini töxtatishga va erkaklarning uylanmay turishlariga buyruq beradi. Cherkov xizmatchisi Avliyo VALENTIN esa sevishganlarga yordam berish maqsadida ularning juftlanishlariga yöl beradi va özi ham bitta qiz bilan sevishadi. Uning bu qilmishlari Imperatorning qulog'iga yetib borgach, Imperator Valentinni qatl qilishga buyruq beradi. Qatl 14-fevral kuni amalga oshiriladi. Shundan keyingi davrlarda Luperkaliy namoyishlarini Valentinning ismiga kinoya sifatida VALENTIN KUNI deb, ösha kuni sevgi isxori sifatida junatiladigan maktub yoki suratlarni Valentinka deb atay boshlashdi.

Demak,kelib chiqadiki,bugun " Sevgi kuni "deb axmoqchilik qilayotganlar nafaqat otameros ODOB-AXLOQLARIMIZGA qarama-qarshi ish qilishmoqda,balki bundan ikki yarim-uch ming yillar oldin yashab ketgan Rimliklar va ulardan keyingi Fosiqlarning ruhlarini shod qilishmoqda. " KIM QAYSI QAVMNI YAXSHI KO'RSA, QIYOMAT KUNI O'SHA QAVMNING SAFIDA TIRILTIRILADI" degan muborak hadisni Unutmaylik.

Ushbu kunni tarixini yozarkanman,yanayam jirkanib ketdim o'sha kunni Fosiqlaridan. Bizni Hayvondan ajratib turuvchi tösiq qani. "Bu kun nima qipti, unaqa ish qilmayapmiz,nimasi yomon"diydiganlar ham uchrar balkim. Nahot shu Jirkanch Adashganlarni Avlodi va Izdoshi bo'lib qolishdan xazar qilmasangiz. Qiyomatda qay Insonlar bilan birga tirilishingizni hozirdan tayyorlamoqdamisiz. To'g'risi bu kunga konsert berib xalqga shu kunni singdirayotgan San'atkorlardan xazar qilaman. Ular o'z xalqini Adashtirmoqda, O'zbekligini unutgan. G'arbga taqlid qilishmoqda. Axir Oriyatli O'zbekmiz. O'zligimizni yo'qotmiylik. Fisq fujur, Faxshdan O'zligimizni ximoyat etaylik Azizlar. IFFAT, Ibo Hayo ko'tarilsa qaytmiydi. Erkakmi hoh ayol,shu Iffatimizni asraylik.

E'tibor uchun TASHAKKUR...



<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
Solih_96Date: Juma, 01-Noya-2013, 10:10 | Message # 92
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:
O‘zbekistondan olingan xabarlarga ko‘ra, 14 fevral - Avliyo Valentin yoki yoshlar orasida "Sevishganlar kuni", deya nom qozongan sana munosabati bilan o‘tkaziladigan kontsert va dasturlar bekor qilingan.

Ushbu kun O‘zbekistonda rasman taqiqlanmagan bo‘lsa-da, rasmiy darajada bayram ham qilinmagan.

Ammo yoshlarning ushbu kunni keng nishonlashi urfga kirib borayotgani aytilardi.

Rasmiylar 14 fevralda Zahiriddin Muhammad Boburning tug‘ilgan kuni keng nishonlanishini bildirishgan.

G‘arbda keng urf bo‘lgan va tijoriylashib ketgan Avliyo Valentin kuni so‘nggi yillari Osiyoga ham kirib kela boshlagan.

Ammo ko‘plab Osiyo va musulmonlar o‘lkalari, xususan, O‘zbekistonda ham bu kabi sayoz sanalar milliy qadriyatlarga darz yetkazadi, degan xavotirlar kuchli.

BBCning O‘zbekistondagi suhbatdoshlari sevishganlar kunining nishonlanishiga turli fikrlar bildirishdi.

Har kimning shaxsiy ishi

Ayrimlar qanday bayramni nishonlash har kimning shaxsiy ishi deyishsa, yana boshqalar bunday bayram o‘zbek urf-odatlarimizga zid ekanligini ta‘kidlashdi.

Toshkentlik o‘zini Abduvali, deb tanishtirgan ziyoli suhbatdoshimiz 14 fevral kuni "Sevishganlar kuni"ga bag‘ishlab o‘tkaziladigan kontsertlar bekor qilingani ayni muddoa bo‘lganini aytadi.

"Juda ham to‘ppa-to‘g‘ri qilishgan. 14 fevral bu bobokolonimiz Boburning tug‘ilgan kuni. Nima uchun biz kelib chiqishi betayin bo‘lgan bayramni nishonlashimiz kerak. Umuman bizning mentalitetimiz, urf-odatlarimiz va madaniyatimizga to‘g‘ri kelmaydigan narsa. Nima uchun alohida sevishganlar kunini qilish kerak. Odam birortasini sevsa, yil bo‘yi sevaveradi, bir kunni bayram qilish kerak emas", - deydi Abduvali.

Suhbatdoshimiz ushbu bayramning O‘zbekistonda ommalashishiga xonanda Rayxonning ulushi katta bo‘lganini va 14 fevral kuni uning kontsertini bekor qilish to‘g‘ri qaror bo‘lganini urg‘ulaydi.

Shou va madaniyat olamidagi yangiliklarni yozuvchi Shov-shuv.uz veb sahifasi muallifi Jasur Hamroyev biror bayramni nishonlash insonlarning shaxsiy ishi ekanligi va bunga taqiq qo‘yish durust emasligini aytadi.

"Millatchilik qilish kerak emas. Bu bir millatning bayrami yoki bu dinga tegishli degan narsalar bo‘lginchilik tushunchalariga olib keladi. Aytmoqchi bo‘lganim shuki, kim xohlasa bayram qilsin, kim xohlasa uyida o‘tirsin, istagan odam chiqib sevgilisini tabriklasin", - deydi



<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
Solih_96Date: Juma, 01-Noya-2013, 10:12 | Message # 93
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:
Rayxonning kontserti

14 fevral - har yili xonanda Rayxonning beradigan kontserti bilan ramziy bog‘lanib qolgan

Shou olami jurnalisti 14 fevral - har yili xonanda Rayxonning beradigan kontserti bilan ramziy bog‘lanib qolgani, sevishganlar aynan shu kuni kontsertga tushib dam olishganini aytadi. U nima uchun bu narsaga aynan bugun kelib taqiq qo‘yilayotganini tushunmasligini bildirdi...

"Kulgim kelgani, nimaga 10 yildan beri kontsert berayotgan xonanda kimningdir esiga tushib qolgani g‘alati narsa", - deydi Jasur Hamroyev.

Toshkentdagi kollejlardan birida tahsil oluvchi talaba 14 fevralni nishonlash o‘quv yurtlarida uchrab turishini aytdi.

"Bir-ikkita bo‘ladi, ammo ko‘pchilik emas. Bir biriga sovg‘a beradi. Yigit qizga, qiz yigitga sovg‘a beradi. Oddiy esdalik sovg‘alari beriladi", - deydi kollej talabasi.

"7x7" gazetasi "Sirdosh" ruknining muallifi Ra‘no Mahmudova voyaga yetgan qizning onasi sifatida "Sevishganlar kuni"ning o‘zbek urf-odatlariga yot va zararli ekanligini ta‘kidlaydi. Ra‘no opa shu kun munosabati bilan Toshkent shahridagi gazeta muxlislaridan biri boshidan kechirgan hikoyani aytib beradi.

"Ikki yoshning birga bo‘lishiga ikki tomon kelishib qo‘ygan. Sevishganlar kunidan ikki kun o‘tganidan so‘ng, qiz yigitning onasiga yig‘lab telefon qilib dardini aytadi. "Men sizning o‘g‘lingizga turmushga chiqmayman. Sababi - sevishganlar kunida kelib meni tabriklamadi va hamkasblarim oldida sharmanda qildi", - deydi. Shu sababdan oila tuzilmay qolgan"


<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
Solih_96Date: Juma, 01-Noya-2013, 10:14 | Message # 94
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:
Buyuk shoir tug‘ilgan sana

O‘zbekiston 14 fevral kuni buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tug‘ilgan kunini keng bayram qilmoqchi

1 fevral kuni Zahiriddin Muhammad Boburning tug‘ilgan kunini keng miqyosda nishonlanishi ma‘lum bo‘lgan.

Xonanda Rayxonning kontserti bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Istiqlol" saroyida ushbu kunga bag‘ishlab kecha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shou olami jurnalisti Jasur Hamroyev buyuk shoirning tug‘ilgan kuni bu tarzda nishonmasligi kerakligini aytadi.

"Intellektual salohiyat bilan ko‘ngilochar kunlarni solishtirish umuman kerak emas. Shundoq ham bobokolnimizga bo‘lgan mehr-muhabbatimiz qalbimizda jo, uni hech kim sug‘urib ololmaydi. Bu tavallud kuni katta bayram qilib nishonlab yurilmaydi. 14 fevralda Bobur Mirzo tug‘ilgan deb kontsert qo‘yib, sakrash kerak emas", - deydi Jasur Hamroyev.

Toshkentlik Abduvali esa, yoshlar "Sevishganlar kuni"ga ko‘proq ko‘ngil berishini va Bobur Mirzoni umuman bilmasligini aytadi. U bunday bo‘lishiga O‘zbek madaniyatiga yot bayramlarning keng nishonlanishi ham sabab bo‘lishini ta‘kidlaydi.

Bu sana tarixi hali qadim Rim davrlariga borib taqaladi.

Ammo hozirgi nomini eramizning 5 - asrida olgan, ya‘ni ushbu kun eramizdan avvalgi 290 yilda imperator Klavdiy tomonidan qatl etilgan ruhoniy ismi bilan atalgan.

Rivoyatlarga ko‘ra, Valentin ismli mahbus turma nozirining ko‘zlari so‘qir qizini sevib qoladi.

Qatl etilishidan avval, hatto, qizning ko‘zlarini davolab, ochishga muvaffaq bo‘lgani va o‘limidan avval "Valentiningdan", degan so‘zlar bitilgan otkritka yozib qoldirgani aytiladi.



<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
Solih_96Date: Juma, 01-Noya-2013, 10:19 | Message # 95
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:


<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
Solih_96Date: Juma, 01-Noya-2013, 10:19 | Message # 96
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:


<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
Solih_96Date: Juma, 01-Noya-2013, 10:20 | Message # 97
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:


<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
Solih_96Date: Juma, 01-Noya-2013, 10:20 | Message # 98
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:


<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
Solih_96Date: Juma, 01-Noya-2013, 10:21 | Message # 99
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:


<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
Solih_96Date: Juma, 01-Noya-2013, 10:29 | Message # 100
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:
***^^^<<<Do'stlar biz islom dinida ekanligimizdan quvonamam.
insha ALLOH islom dini dunyoga taraladi deb ishonaman.
Siz ham shunga ishooning!!!>>>^^^***


<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
Solih_96Date: Juma, 01-Noya-2013, 10:40 | Message # 101
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status:


<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
 
Search: