• Page 2 of 2
  • «
  • 1
  • 2
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
AFORIZMLAR
SAKINADate: Chorshanba, 24-Apr-2013, 06:23 | Message # 31
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Jamiyatning maqsadi hammani baxtiyor qilishdir.
G. BABEF

Hamma uchun baxt — hammaning ahil mehnati bilan yaratiladi.
G. IBSEN

Do‘stlar bilan baham ko‘rilmagan, faqat o‘zimiz bahra olgan har qanday turmush farog‘ati bizga ham unchalik botmaydi.
ERAZM ROTTERDAMSKIY

Kishi boshqalarga qancha shodlik va baxt ulashsa, u faqat o‘shancha shodlik va baxtga da’vogar bo‘lishi mumkin.
E. FEYXTERSLEBEN

Boshqalarning baxtini o‘ylab, o‘z baxtimizni ham topamiz.
AFLOTUN

Ezgulik faqat insonga xos xususiyat, binobarin, birov-birovning baxti va rohati uchun xizmat qilsa, bu yana ham insoniy xususiyatdir.
TOMAS MOR

Kishi dunyoda boy bo‘lish uchun emas, balki baxtli bo‘lish uchun yashaydi.
STENDAL

Oz narsaga qanoat qilgan odam davlatmanddir, negaki, bunday qanoat uning ma’naviy boyligidan dalolat beradi.
SUQROT

Farosatsiz odamning omadi yurishsa ham u aqlsiz bo‘lgani uchun uning to‘qligi surbetlikka aylanadi.
FEOGNID
 
SAKINADate: Chorshanba, 24-Apr-2013, 06:31 | Message # 32
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Hayotda baxtli bo‘lishning birdan-bir yo‘li: jahonga va ayniqsa o‘z Vataniga foydali bo‘lishdir.
N. M. KARAMZIN

Iloji boricha ko‘proq odamlarga baxt hadya qilgan kishi eng baxtiyor kishidir.
D. DIDRO

Iloji boricha ko‘proq odamlarga baxt keltirgan kishini tajriba eng baxtiyor kishi sifatida ta’riflaydi.
K. MARKS

Boshqalarning qayg‘usini o‘z qayg‘usi deb bilgani uchun ham inson barcha jonzotlar orasida azizu mukarram bo‘ldi.
V. A. SUXOMLINSKIY

Umrini boshqalarning baxti to‘g‘risida gamxo‘rlik qilish bilan o‘tkazgan kishlar eng ajoyib va ayni vaqtda eng baxtiyor kishilardir.
V. A. SUXOMLINSKIY

Eng yuksak shaxsiy baxt shaxsiy manfaatlardan ham ahamiyatliroq maqsadlar uchun kurashmoqlikdir.
V. A. SUXOMLINSKIY

Kishi o‘z baxtini boshqalarga keltirgan baxtiga qarab o‘lchaydi.
I. BENTAM

Umum farovonligi yo‘lida xizmat qilish ishtiyoqi qalb ehtiyoji va shaxsiy baxt garovi bo‘lmog‘i lozim.
A. P. CHEXOV

Boshqalarning baxtisiz shaxsiy baxt ham bo‘lmaydi.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Hayotda faqat birgina chinakam baxt bor, u ham bo‘lsa boshqalar uchun yashamoqlikdir.
L. N. TOLSTOY

Kishi o‘zgalarning baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
I. GYOTE
 
SAKINADate: Chorshanba, 24-Apr-2013, 06:33 | Message # 33
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Baxt boshqalar bilan baham ko‘rilgandagina barqaror bo‘ladi.
J. LAMETRI

Boylik yaratmay turib undan foydalanishga haqqimiz bo‘lmaganidsk, baxt keltirmay turib uni baham ko‘rishga ham haqimiz yo‘q.
B. SHOU

Shaxsiy farog‘at to‘g‘risida o‘ylash tabiiydir, buni e’tiborga olish kerak. Lekin el-yurt baxt-saodati va butun insoniyat jamiyati muhofazasidan ko‘z yumib, faqat shaxsiy farog‘at haqida o‘ylansa, hayot chirkinlashadi, maydalashadi, ochig‘ini aytganda — tuban bir holga tushadi.
R. ROLLAN

Kishi o‘zicha shug‘ullanganda u juda kam hollarda va shunda ham o‘zi va boshqalar uchun foyda keltirmay o‘zining baxt sari intilishini qondirishi mumkin. U o‘z ehtiyojlarini qondirish vositalari bo‘lgan tashqi dunyodagi: oziq-ovqat, boshqa jins individi, kitoblar, dam olish, munozaralar, faoliyat, iste’mol va mehnat buyumlari bilan muomalada bo‘lishi kerak.
F. ENGELS

Baxtga — bu masalada har bir odamga alohida-alohida yondashish zarurligidan qat’iy nazar,— odamning eng zarur moddiy ehtiyojlarini qondirgandagina yetishish mumkin.

N. A. DOBROLYUBOV

Boylik — shunday narsaki, usiz ham baxtli yashash mumkin. Ammo farovonlik — baxtiyor yashash uchun zarur shart.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Yashamoq va baxtiyor bo‘lmoq huquqiga qurbi yetmaydigai odam shunchaki bir sharpadir.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Inson baxtli bo‘lishi kerak. Agar u baxtsiz ekan, uning o‘zi aybdor. Binobarin, u shu noqulaylik yoki nohaqlikni bartaraf etmaguncha o‘zi uchun kuyib-pishib harakat qilmog‘i lozim.
L. N. TOLSTOY
 
SAKINADate: Chorshanba, 24-Apr-2013, 06:38 | Message # 34
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Baxtli bo‘lmoq uchun baxtli bo‘lish mumkinligiga ishonmoq kerak.
L. N. TOLSTOY

Baxtli bo‘lish uchun doimo shu baxtga intilmoq va uni anglamoq zarur. Baxt vaziyatga emas, kishining o‘ziga bog‘liq.
L. N. TOLSTOY

Baxt saxovatli odamning qo‘lidan tayyor holda olinmaydi, u kurash orqali qo‘lga kiritiladi va shakllanadi.
D. I. PISAREV

Baxt havoda esmaydi, mehnatdan keladi.
RUDAKIY

Baxt ko‘p mehnat qilganga nasib bo‘ladi.
LEONARDO DA VINCHI

Har bir kishi — o‘z baxt-saodatining ijodkori.
R. STIL

Baxt sotilmas va kimki agar
Ter to‘kishga bo‘lolsa molik,—
Shunda tole bo‘lur jilvagar,
Shurda shodlik qilur oshnolik
.
MIRZA SHAFIY

Noshud! kishilarga baxtning nafi tepfyidi.
SOFOKL

Omadimiz — vaziyatning muvozanati xolos, binobarin, kutilmagan baxtsizlik shu muvozanatni buzishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, donolik mana shunda.
R. BRIJES
 
SAKINADate: Chorshanba, 24-Apr-2013, 06:40 | Message # 35
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Na bo‘ysunishga, na o‘zining nimaga qodirligini ko‘rsatish uchun buyruq berishga ehtiyoji yo‘q kishigina chinakam baxtiyor va ulug‘vordir.
I. GYOTE

O’z ehtirosiga monand yashaydigan kishi baxtiyordir, lekin o‘z ehtirosini har qanday og‘ir sharoitga ham moslashtira biladigan kishi undan ham baxtlidir.
D. YUM

Siz agar baxt orqasidan quvib qachondir unga yetishsangiz, ko‘zoynagini axtargan kampir singari, baxt doim burningiz ostida yurganini sezib qolasiz.
B. SHOU

Izlaganimiz ajoyib narsa yonimizda bo‘lganligini biz doim kechikib tushunamiz.
A. BLOK

Yuraksizlarga baxt yor bo‘lmaydi.
SOFOKL

Baxt har doim mard odam tomonida.
P. I. BAGRATION

Odamni baxtli bo‘lishga o‘rgatishning iloji yo‘q, lekin uni baxtiyor bo‘la oladigan darajada tarbiyalash mumkin.
A. S. MAKARENKO

Besaranjom odam chinakam baxtli bo‘lolmaydi; chinakam baxt osoyishta, yoz faslidagi dengiz singari vazmin bo‘ladi.
A. I. GERTSEN

Baxtiyor bo‘lishimizga shaxsiy xislatlarimizdan eng ko‘proq foyda beradigani quvnoqligimizdir.
A. I. SHOPENGAUER
 
SAKINADate: Chorshanba, 24-Apr-2013, 06:43 | Message # 36
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Kim doimo quvnoq bo‘lsa u baxtiyordir, kim baxtiyor ekan, u yaxshi insondir.
V. G. BELINSKIY

Tashvishsiz va g‘amsiz hayot -baxt emas, baxt — ko‘ngilning besaranjomligi.
F. E. DZERJINSKIY

Kimgadir baxtli ko‘ringan emas, balki o‘zini baxtli sezgan odam baxtlidir.
PUBLILIY SIR

O’zini baxtli deb biladigan odam baxtlidir.
G. FILDING

O’zini baxtli deb hisoblamaguncha hech bir odam baxtli emas.
MARK AVRELIY

Odamning baxt haqida tasavvuri qanday bo‘lsa, o‘zi ham shunday.
V. A. SUXOMLINSKIY

Agar siz o‘zingizni baxtli deb bilsangiz, baxtingizni tekshirmang: bu — nafis kapalakning go‘zalligini yaxshiroq ko‘rish niyatida uni burdalab tashlash bilan barobar.
P. MANTEGASSO

Baxt sog‘liqqa o‘xshaydi: u bor bo‘lsa, payqamaysan.
I. S. TURGENEV

Ba’zilar o‘zlari bilmaganlari holda baxtli yashaydilar.
L. VOVENARG

Bizning his etish qobiliyatimiz hududiga ham sig‘maydigan kuchli baxt va qayg‘ular bo‘ladi.
F. LAROSHFUKO

Baxt yoki alamdan g‘ofil kishi dushman bilan duch kelmagan soldat singari dunyodan o‘tadi.
F. KLINGER
 
SAKINADate: Chorshanba, 24-Apr-2013, 06:45 | Message # 37
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Agar faqat baxtli bo‘lishgina maqsad qilib qo‘yilsa, bunga tezda erishish mumkin. Lekin odamlar ko‘pincha boshqalardan ko‘ra baxtliroq bo‘lishni istay-dilarki, buning deyarli iloji yo‘q, chunki aslida bizga o‘zgalarning baxti hamisha ko‘proq bo‘lib ko‘rinadi.
Sh. MONTESKYE

Shunday odamlar borki, ular doim nolish va diqqatbozlikdan xuzur qiladiganga o‘xshaydilar va undan mahrum bo‘lmaslik uchun baxtsizlikni izlashga ham tayyor turgandek tuyuladilar.
P. KALDERON

Baxt baxtsizlikni nafratlashdan, kishini tasqara qilib, uni buzadigan jamiki narsalarga fiziologik jirkanch bilan qarashdan, tarix bo‘roni tufayli yanada vayron bo‘layotgan soxta farovonlik xususida oh urgan, ingragan, noligan notavonlardan chinakamiga voz kechishdan boshlanadi.
M. GORKIY

Ko‘plar o‘z hayotlarini arzimagan narsalar bilan hech qan-day asossiz buzayotganlarini ko‘rganimda men o‘zimni baxtiyor his etaman, negaki men ruhimning bukilmas tetikligini saqlab qolganman va har qanday bo‘lmag‘ur narsalar ustidan kulaman.
F. ENGELS

Quvonch va umidga moyillik chinakam baxtdir; hadiksirash va ruhiy tushkunlikka berilish —haqiqiy baxtsizlik.
D. YUM

Baxt qushi boshga qo‘nganda undan foydalana bilmagan odam u qo‘lidan ketganda nolimasligi kerak.
M. SERVANTES

Hayotdagi qariyb hamma baxtsizliklar ishimizning yurishmayotgani xususidagi soxta tasavvurlarimizdan kelib chiqadi. Binobarin, odamlarni yaxshi bilish va voqealar haqida sog‘lom fikr yuritish bizni baxtga yetaklaydi.
STENDAL

To‘g‘ri, qiyin daqiqalar ham bo‘ladi, ammo unga bo‘yin egma — yomon narsadan yuzini o‘girdi, shunda ko‘ngling bahori seni qo‘llab-quvvatlaydi. Hatto kek-salik ham tun zulmati sovug‘idan hamma vaqt yengilib qolavermaydi.
LUKRETSIY
 
SAKINADate: Chorshanba, 24-Apr-2013, 06:49 | Message # 38
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Baxt besabr odamlarga ko‘p narsalarni pullab qoladi-yu, sabrlilarga ularni tekinga beradi.
F. BEKON

Bir qadar aziyat qo‘shilmagan sof baxt bo‘lmaydi.
V. SHEKSPIR

Illatsiz baxt bo‘lmaydi.
GORATSIY

Erimaydigan muz bo‘lmagani kabi abadiy baxt ham yo‘q.
A. I. GERTSEN

Bizning baxtimiz hech nar-ani orzu qilmaydigan holga tushib,butun istaklarning to‘la qondirilishidan iborat emas va bunday bo‘lmasligi kerak, chunki bu aqlimizning o‘tmaslashuviga olib kelgan bo‘lur edi. Yangi-yangi rohat-farog‘atlarga va yangidan-yangi mukammallik-arga beto‘xtov intilish — baxt shudir.
G. LEYBNITS

Insonni chinakam baxtiyor qila oladigan ikki xil xohish bor,— odamlarga naf keltirish va sof vijdonli bo‘lish.
L. N. TOLSTOY

Istagan huzur-halovat hambaxt emas, u huzur-halovatlar halol va pok bo‘lmog‘i kerak.
TOMAS MOR

Baxt pushaymonsiz huzur qilish demakdir.
L. N. TOLSTOY

Baxtning zarur tarkibiy qismi — bu to‘g‘ri yashayotganingga, ortingda xudbinlik, qallob-lik, makkorlik, zararkunanda-lik va yana shunga o‘xshash boshqa bir razilliklar yo‘qligiga qat’iy ishonishingdir.
A. S. MAKARENKO
 
DURDONDate: Shanba, 27-Apr-2013, 02:18 | Message # 39
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.


 
SAKINADate: Seshanba, 11-Iyun-2013, 11:44 | Message # 40
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Yomon jamıyatnı buzolmagan ınsonnı, yomon do'st buzar.

Nonko'r ınson hamma narsanıng narxını bılgan faqat xıchnarsanıng qadrını bılmagan ınsondır.

Dunyoda mashhur bo'lıshıng uchun ıkkı yo'l bordur. Bırı o'zıngnı
aqlıngdan foydalanıshıng, bırı esa boshqalarnıng aqlsızlıgıdan.
 
SAKINADate: Seshanba, 11-Iyun-2013, 11:46 | Message # 41
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Zınalarıdan balandlarga chıqayotganda ınsonlarga yaxshı muomala qılaylık. Chunkı tushayotganda ham o'sha ınsonlarga duch kelamız.

Go'zal bo'gan hurmatlı emas, Hurmatlı bo'gan go'zaldır.

Go'zallık keyıngı davrımızdagı kamchılılarımıznı yopgan parda.

Insonnıng haqıqıy boylıgı, unıng bu dunyoda qılgan yaxshı ıshlarıdır.

Yaxshı daraxt oson o'smaydı. Shamol naqadar kuchlı essa, Daraxt ham u qadar kuchlı o'sadı.

Yaxshı do'st, ıkkı tanada bır ınsonnı yashattırgan do'stdır.

Dunyo go'zaldır, ammo bır shoırnıng ko'zı bılan qarasa yanada go'zal ko'rınadı.

 
SAKINADate: Seshanba, 11-Iyun-2013, 11:49 | Message # 42
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Pul ochlıknı ketkızadı, lekın baxtsızlıknı emas. Ovqat oshqozonnı to'ydıradı lekın Ruhımıznı emas.

Maylı noto'g'rı o'ylang, lekın har ahvolda hamma narsanı o'zıngıznı o'yıngız bılan o'ylang.

So'zlarnıng kuchını bılmasdan, ınsonlarnıng kuchını bıla olmaysız.

Baxtlı bo'lgan vaqtıngız sızga bu baxtlılıknı bergan fazılatlarıngıznı yo'qotmang.

Mol yo'qotgan ınson bır narsasını yo'qotgan ınsondur. O'zını yoqotgan
ınson ko'proq narsası yo'qotgan ınsondır. Jasoratını yo'qotgan ınson
HAMMA narsasını yo'qotıb bo'lgan ınsondur.

So'znıng eng go'zalı, so'zlagan so'znıng to'g'rılıgı va tınglagan ınsongada asqotadıgan so'zdur.

Dushmanlarıngıznı kechırıng bu buyuklıkdur. Ammo ularnı unutmoq buyuk bır yolg'onchılıkdır.
 
DURDONDate: Chorshanba, 07-Avg-2013, 03:45 | Message # 43
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Агар одамлар сендан ғазабланаётганларини сезсанг, бу Аллоҳ таоло сендан розилиги сабабли бўлаётгани сени уларнинг ғазабларига парво қилишдан буриб қўядиган энг яхши тасалли бўлишига интил. Билгинки, бу сен учун Аллоҳнинг ғазаби сабабли одамлар сендан рози бўлишидан кўра яхшироқ.

Имом аллома меҳроб шаҳиди Муҳаммад Саъийд Рамазон Бутий


 
DURDONDate: Yakshanba, 18-Avg-2013, 09:22 | Message # 44
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
"Дунё билан охират машриқ ва мағриб кабидир. Қайси бирига яқинлашсангиз, иккинчисидан шунча узоқлашасиз. Мол-¬дунёни топиш қийин, лекин йўқотиш осон. Унинг боши қийинчилик, охири эса бир зумда йўқ бўладиган озгина роҳат, ҳалоли учун ҳисоб, ҳароми учун азоб тайин. Дунё дегани шундай, унинг нимасини сўрайсиз" ҲАСАН БАСРИЙ

 
SAKINADate: Shanba, 07-Sen-2013, 04:38 | Message # 45
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Баъзида ўйлаб қоласан киши:
“Чиройли сўзларнинг нима кераги бор, агар ҳаммаси ёлғон бўлса.”

* * *
Бизга қанчадан-қанча неъматлар ато қилинган..
Борига шукр қилайлик, етмаганини яна ҳадя қилади...

* * *
Йигит кишининг қадр-қиймати – ваъдага нақадар вафо қилишлиги билан ўлчанади.

* * *
Одамлар қизиқ.
Қўлида бор вақтда қадрини билмайди.
Йўқотса йиғлайди, соғина бошлайди.
Яна топса – болалардек қувонади...
Кейин, вақт ўтгач, яна ўша асосийсини – соғинганларини унутади…

* * *
Гап ҳам унутилади, иш ҳам унутилади, балки исмимиз ҳам унутилади..
Аммо, кимгадир берган жабру-жафоимиз, азобу-қийноғимиз унутилмайди...
 
SAKINADate: Shanba, 07-Sen-2013, 04:40 | Message # 46
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Сажда! Нақадар зўр жой!
Биз гўё пастга қараб пичирлаймиз, аммо овозимиз етти қават осмондан эшитилади...

* * *
Ичингни ташқарига нисбатан кўпроқ безат, оро бер, зийнатла.
Зеро, ташқи дунёингга фақат халқ қарайди. Ички дунёингга эса Холиқ қарайди.

* * *
Ҳар қадамда кузатилиб турганимизни сезишлик – гуноҳ ишларга бормасликни,
ақалли, камайтиришни тақозо этади.

* * *
Кимдир оғриқни сезса – у тирик,
энди кимдир ўзганинг оғриғини ҳам сезса – у “инсон”дир.

* * *
Дўст – сенинг ортингдан деразадан сакрайдиган киши эмас,
балки қулаганингда пастда тутиб қоладиган кишидир...

* * *
Одамни кичик, ҳақир кўриб, паст санама. Нуқта ҳам кичкина. Лекин гапни тугаллаб қўяди.
 
DURDONDate: Dushanba, 09-Sen-2013, 00:42 | Message # 47
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Og‘izga kelganni demak - nodonning ishi,
Oldig‘a kelganni yemak - hayvonning ishi.
Alisher Navoiy

Kechirish - eng yaxshi g‘alabadir.
Ali ibn Abu Tolib

Dunyo hayoti bilan oxirat hayoti bir erkakning ayni vaqtda nikohida bo‘lgan ikki xotiniga o‘xshaydi. Biri mamnun bo‘lsa, ikkinchisi kuyaveradi.
Ali ibn Abu Tolib r.a


 
DURDONDate: Shanba, 21-Sen-2013, 02:28 | Message # 48
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10134
Status:
Qur'on o'qing, chekkalarda (devorlarda) o'qilmasdan osib qo'yilgan mushaflar sizni g'ururlantirmasin, Qur'onni ichiga jo qilgan (uni yodlagan va uning amrlariga bo'ysungan) qalbga Alloh azob bermas. (Abu Umoma Bohiliy)

Qur'onga sohib bo'lishdan ham ustun boylik, uni yo'qotishdan ham past faqirlik yo'qdir! (Hasan Basriy)


 
  • Page 2 of 2
  • «
  • 1
  • 2
Search: