• Page 3 of 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Do'stlik haqida she'rlar
SAKINADate: Payshanba, 10-Yan-2013, 13:38 | Message # 61
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Hayot hayotligin qilsa nogaxon,
Sendan yuz o'girsa jumlai jahon.
Do'stlaringdan qolsa bir nafar inson,
Bilginki shu do'stingman o'zimman har on...
 
SAKINADate: Payshanba, 10-Yan-2013, 13:42 | Message # 62
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Do'stlik shunday oliy qudratki
Sog' odamni aylar devona
Kimdir do'stlashar ochiq oshkora
Yana kimdir do'stlashar pinxona
Do'stlik shunday ajoyib dilkash
Seni butkul asir etadi
Gar qalbinga quloq solmasang
Bir kun kelib tashlab ketadi
 
SAKINADate: Payshanba, 10-Yan-2013, 13:44 | Message # 63
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Yangi do'st topganingda, eskisini unutma,
Sinalmagan kishining etagidan ko'p tutma.
Kimdir sening qalbing-la, o'ynashsayu hor qilsa,
Unday do'stni unut, ko'p kutmagin ko'p kutma,
Yangi do'st topganingda, eskisini unutma!
 
SAKINADate: Payshanba, 10-Yan-2013, 13:46 | Message # 64
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Mevali daraxtga otadilar tosh,
Yomonning dastidan egar yaxshi bosh,
Zaharni do’st yutar, nodon yeydi osh.
Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st.
Kimlardir alamga tashlaydi o’zin,
Olmang o’zingizga nobakor so’zin
Barchangizga bersin iloyo to’zim
Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st!
 
SAKINADate: Payshanba, 10-Yan-2013, 13:49 | Message # 65
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Quloq solsa har bir so’zingga,
Yolg’on qo’shmay so’zlaydi u,
Tikka boqib turib ko’zingga.
Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Hiyonatlar qilmaydi ta’sir.
Yomonlarning o’tmaydi zahri,
Dushmaning ham ololmas asir.
 
SAKINADate: Payshanba, 10-Yan-2013, 13:50 | Message # 66
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Kimlardur do'stga zor.
Yaqindan topar ozor.
Kimnidur bog'i gulzor.
Ey do'stim yonimda tur.
Ishonganim bersa pant.
Bazilarda yo'q diyonat.
Qilsalar manga hiyonat.
Ey do'stim yonimda tur.
Oqu qorani ko'rsat.
Sadoqat vafoni o'rgat.
Aybimni yuzimga ayt.
Ey do'stim yonimda tur.
Hafa bo'lma yo'qotsam
o'zimni.
Omad yopsa gar ko'zimni.
Tashlab ketma ochgin
ko'zimni.
Ey do'stim yonimda tur.
Sotib ketishsa mani
g'animga.
Chang solib ketlasar
baxtimga.
Gumon to'lsa gar yurakga.
Ey do'stim yonimda tur.
Dushman chiqsa yonimdan.
Yomonlik ko'rsam
yaqinimdan.
Mani asra yomonlardan.
Ey do'stim yonimda tur.
Dardli kunimda ham iltimos.
Sendan iltimosim shu holos.
Do'stlikgimga qilgin ixlos.
Ey do'stim yonimda tur.
Sen manga kuch bo'lgin.
Yonimda tirgak bo'lgin.
Har doim yonimda bo'lgin.
Ey do'stim yonimda tur.
Sen bilan man kuchliman.
Kuchlimanu qudratliman
Har nimani man yengaman.
Ey do'stim yonimda tur.
 
SAKINADate: Payshanba, 10-Yan-2013, 13:53 | Message # 67
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
OLLOH gullarni yaratgan ekan,
Barglarini yerga qaratgan ekan.
Dunyoda insonlar xor bulmasin deb,
DO'STLIK rishtasini yaratgan ekan.
 
SAKINADate: Payshanba, 10-Yan-2013, 13:54 | Message # 68
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bir forumda forumchi ekanmiz,
So`zlarimiz doim samimiy.
Bu dunyoda yashar ekanmiz,
Do`stligimiz bo`lsin abadiy
 
SAKINADate: Payshanba, 28-Fev-2013, 14:21 | Message # 69
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Do'stim.

Dunyo o'tar ekan endi angladik,
O'lim qay odamni chetlagandi ayt,
Agar tirik bo'lsang,o'lmagan bo'lsang,
Haliyam o'sha men aytgan yo'lga qayt!

Joning halqumiga kelmasdan burun,
Iymon ko'chasini tanla birodar,
Katta musibatning oldini olmoq,
Dod- voydan qutulmoq istasang agar.

Biz ham, sen ham bitta zaminga keldik,
Yashadik ozgina farq ila ahir,
Nahotki, foniydan abadiy mangu,
Hayotni bermoqqa botinding og'ir.

Qara qabrisronning keng maydonida,
Shohlar gadolar-la birga yotarlar,
Azob farishtasi orqali kelgan,
Turli azoblarni bir-bir totarlar.

Ularning kimligi surishtirilmas,
Faqat amallarga qarar dunyo u,
Bir bor "Rabbim" deya ibodat qilgan,
Insonlar kuniga yarar dunyo bu.

Kel, do'stim, ana shu hur dunyo uchun,
Yashaylik qullik kishanin otib,
Birinchi bo'limda g'olib kelganalr,
Bo'lavermaslar bil, hamisha g'olib.
 
  • Page 3 of 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
Search: