• Page 3 of 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!!
JamilaDate: Dushanba, 10-May-2010, 23:09 | Message # 61
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
56-DARS
Mavzu: ZAIF VA NOGIRON KISHILAR BAYONI
-Zaif va nogiron kishilarning namozda hukmi qanday?
- Kishi zaifligi sababli qiyomga turolmasa, o’tirib o’qiydi. O’tirgan holicha bukilib ruku’
qiladi, sajdada esa el qatori boshini yerga tekkizib o’qiydi. Agar ruku’ va sajdaga holi
kelmasa, o’tirgan ko’yi ruku’ va sajdaga bir oz egilib, ishora qilib o’qisa ham bo’ladi.
Agar o’tirishga ham quvvati yetmasa, oyoqlarini qibla tarafga uzatib, chalqancha yotib,
boshi bilan ishora qilib o’qiydi. Agar bunga ham quvvati kelmasa, u zotga ma’zurdir.
Qachon quvvatga kirsa, qazosini o’qish niyati bilan keyinga qoldiradi.
-Namozni uzrsiz o’tirib o’qisa bo’ladimi?
- Suvda, kemada kelayotganlarga mumkin.
- Sunnat va nafl namozini otda turib o’qisa bo’ladimi?
- Bo’ladi.
- Otda o’qilsa, qaysi tarafga qarab o’qiladi?
- Ot ketayotgan tarafga qarab.
- Qariligi yoki g’oyatda sovuqligi tufayli tili Qur’onni to’g’ri talaffuz qila olmaydiganlar
namozni qanday o’qigani ma’qul?

- Unday kishilar imomga iqtido qilsin. Yolg’iz bo’lsa, bilgan oyatini bir necha bor
takrorlab o’qiydi.
- Bir kishi sabab bilan hushidan ketib yotib qolsa, o’qilmay qolgan namozni nima qiladi?
- Hushsizlik 24 soat ichida bo’lsa, har bir namozni qazo qilib o’qiydi, agar 24 soatdan
oshsa, u holda yangi kunning namozlariga kirishadi.



 
JamilaDate: Chorshanba, 09-Iyun-2010, 13:29 | Message # 62
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
57-DARS
Mavzu: JAMOAT BAYONI
- Namozni imom va jamoat bilan o’qimoq yolg’iz va tanho o’qimoqdan yigirma yetti
daraja ortiq savoblidir.
- Ikki, uch va undan ziyoda kishi farz namozini qanday holda o’qisin?
- Ularning orasidan bir kishi imom bo’lib, qolganlari unga ergashib (iqtido qilib)
o’qimoqlari sunnatdir.
- Jamoat bilan o’qiladigan namoz qanday holda o’qiladi?
- Imom bosh bo’lib, qolgan kishilar namozga ergashib o’qiydilar. Namozning har rukni va
har amalini imomdan keyin yoki imom bilan barobar bajaradilar, hech bir amalni
imomdan ilgari qilmaydilar.
-Imomga ergashuvchilar (muqtadiylar) namoz ichida bo’lgan hamma zikrlarni
o’qiydilarmi?

- Yo’q, hammasini emas, balki qiyomda takbiri tahrimadan so’ngra faqat Sanoni o’qiydi.
«A’uzu billah», «Bismillah»ni va suralarni o’qimaydi, balki sukut qiladi. Ruku’dan
qiyomga qaytganda imom «Sami’allohu liman hamidah»ning o’zinigina aytadi.
Orqadagilar «Robbana lakal hamd»ni aytadilar, «Sami’allohu liman hamidah»ni
aytmaslar. Boshqa zikrlarni imom ham aytadi, ergashuvchilar ham aytadilar. Ammo
imom takbirlarni va «Sami’alloh»ni, salomni ovoz chiqarib aytadi. ergashuvchilar
zikrlarni ichda aytadilar. Ovoz chiqarib o’qiladigan namozlarda Fotiha surasi tamom
bo’lgandan so’ng ergashuvchilar ichlarida «Omin», deydilar.
- Ergashuvchi bir kishi bo’lgan vaqtda imomning qaysi tarafida turadi?
- Imomning o’ng tarafida. Imomga shu qadar yaqin turadiki, ergashuvchining oyoq
barmoqlari imomning tovoniga barobar turadi. Imomning chap tarafida va orqasida
tursa ham joizdir, lekin sunnatga xilof bo’ladi.
- Ergashuvchining qadami imomning qadami bilan barobar bo’lsa yoki imomdan
keyinroq bo’lsa, ammo o’tirgan holda tizzasi imomning tizzasidan ilgari o’tib tursa, zarari
bormi?

- Zarari yo’qdir, qadam mo’tabardir.
-Balog’atga yetgan katta kishilar bilan yosh bolalar qo’shilib bir imomga ergashsalar,
qanday holda saf oladilar?

- Yosh bolalar ulug’ kishilar safida emas, o’zlari ortda saf bo’lib turadilar.
- Yosh bola ulug’ kishilar safida turib namoz o’qisa, ulug’ kishilarning namoziga zarari
bormi?
- Ulug’ kishilarning namoziga zarari yo’q. Lekin sunnatga xilof bo’ladi.
- Xotinlar erkak kishiga ergashib namoz o’qimoqlari durustmi?
- Durust, lekin bunda imom xotinlarga imom bo’lmoqni qabul qilmog’i va niyat etmog’i
shart. Agar imom xotinlarga imom bo’lmoqni niyat qilmagan bo’lsa yoki imom
bo’lmaslikni niyat qilgan bo’lsa, u xotinlarning namozi durust bo’lmaydi.
- Xotinlar qaysi safda turadilar?
- Hammadan oxirgi safda turadilar, bolalardan ham keyingi safda turadilar.
- Agar xotin kishi erkak kishilar safiga kirib, erkaklarga barobar tursa, erkaklarning
namoziga zarari bormi?

- Agar imom xotinlarga imom bo’lmoqni niyat qilgan bo’lsa, erkaklarning namozi
buziladi, agar xotinlarga imom bo’lmoqni niyat qilmagan bo’lsa, xotinlarning namozi
buzilishi shu suratda bo’ladiki, erkak bilan xotin kishi bir namoz uchun taxmira boylagan
bo’lsalar-u ikkovlarining o’qigan namozlari ado namozi bo’lsa.
-Xotinlarning jamoat uchun masjidlarga chiqishlari durust bo’ladimi?
- Yosh xotinlarning har qaysi namoz uchun jamoatga chiqishlari makruhdir. Ammo
qarigan xotinlarning faqat peshin va asr namoziga jamoatga chiqishlari makruhdir.
Undan boshqa namozlarga qarigan xotinlarning chiqishi makruh emasdir.
- Balog’atga yetgan kishilar yosh bola va xotin kishilarga ergashib jamoat bilan namoz
o’qisalar, durust bo’ladimi?

- Durust bo’lmas.
-Bir yosh bolaga boshqa yosh bola ergashib jamoat bilan namoz o’qimog’i durust
bo’ladimi?

- Durust bo’ladi.
- Bir xotin boshqa xotinga ergashib jamoat bilan namoz o’qimog’i durust bo’ladimi?
- Namoz durust bo’ladi, lekin makruhdir.
- Xotinlar o’zlari jamoat bo’lib namoz o’qishni xohlasalar, imomi qay yerda turadi?
- Erkaklar imomidek butkul ilgari o’tib, qavmdan ajrab turmas, balki saf o’rtasida turar,
lekin sezilmas qadar oldinroqda turishi yaxshiroq.
- Imom orqasida turadigan ergashuvchilarning qay tariqa turmoqlari sunnat?
- Har bir ergashuvchi safni to’g’ri olishi uchun oralarida biror kishi sig’arlik yo undan ham
kamroq bo’sh joy qoldirmaslikka g’oyatda qattiq e’tibor berish sunnatdir.
- Uzrsiz kishi uzrli kishiga ergashishi durust bo’ladimi? Masalan, bir kishining jarohati
bo’lsa, o’sha jarohatdan hamma vaqt qon va yiring kelib tursa, biror namozning vaqti
qadar zamon pok turmasa, shu kishiga bunaqa holda pok kishining ergashishi durust
bo’ladimi?

- Durust bo’lmaydi.
- Farz namoz o’qiydigan kishiga nafl namoz o’qiydigan kishining ergashishi durust
bo’ladimi?

- Asr namozi va shom namozidan boshqa namozlarda durust bo’ladi. Ammo asr
namozidan so’ngra nafl namoz o’qish makruh bo’lgani sababli va nafl namozni uch
rakatli qilib o’qish durust bo’lmagani sababli bu ikki namozga nafl niyati bilan ergashib
o’qish durust bo’lmas.



 
JamilaDate: Seshanba, 21-Sen-2010, 21:44 | Message # 63
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
58-DARS
Mavzu: IMOMLIKGA HAQLI KISHILAR
- Jamoat bilan namoz o’qimoqchi bo’lsalar, qanday kishi imom bo’lsa, yaxshiroq?
- Qay biri olimroq bo’lsa, o’sha imomlikka o’tadi. Agar ilmda barobar bo’lsa, qay birining
qiroati yaxshiroq va tajvidga muvofiqroq bo’lsa, o’sha kishi imom bo’ladi. Agar qiroatda
ham barobar bo’lsalar, eng taqvoligi imom bo’ladi. Agar taqvoda ham bir xil bo’lsalar,
xulqi yaxshirog’i imom bo’ladi. Agar xulqda ham barobar bo’lsalar, xushro’y va
chiroylirog’i imom bo’ladi. Agar xushro’ylikda ham barobar bo’lsalar, qay birining nasli va
nasabi pokizaroq bo’lsa, o’sha imomlikka o’tadi. Ammo har vajhdan barobar bo’lsalar,
har qaysisining imom bo’lmog’i durust bo’ladi.
-Qanday kishilarning imom bo’lishi makruh?
- G’oyatda ilmsiz kishining, ko’r kishining, e’tiqodi buzuq kishining va zinodan tug’ilgan
kishining imom bo’lishlari makruhdir.
- Ushbu kishilarga iqtido qilib o’qilgan namoz durust bo’ladimi?
- Durust bo’ladi, lekin makruhdir.



 
RiderDate: Shanba, 19-Fev-2011, 21:54 | Message # 64
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Rahmat OLLOH rozi bo'lsin
 
JamilaDate: Dushanba, 04-Apr-2011, 22:11 | Message # 65
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Assalomu alaykum Wa Rahmatullohi Wa Barakatuh...

Avvalam bor kirib kelayotgan bahor bilan tabrikliyman (E bohor o'zi kirib bo'ldimi?) Uzr sal hayol joydamas.
Hullas kalom, uzr so'riyman hammelardan chunki judaa yomon progolchiman, yo'q bo'p ketganim uchun kechirasla.
Kirgim kemagandi kirmiy qo'ygandim ko'p yerga yana kirgim kep ketdi yana kiryapaman, haydasela keturaman lekin.
Hullas InshaAlloh endi davomi tashlab turaman darslarni silaram o'qib turila o'zilarga foyda, hadib qizlarni orqasidan gap otib yururmasdan, e bo'pti. Ko'p gapirvordim...

Alloh hammamizga hidoyat bersin hammamizni mag'firat qilsin, Amiyn!

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
59-DARS
Mavzu: MUDRIK VA MASBUQ
- Imomga avvalgi rakatda ergashgan (iqtido qilgan) kishi nima deyiladi?
- «Mudrik» deyiladi.
- Imomga avvalgi rakatda ergasholmay, so’nggi rakatlarda ergashgan kishi nima
deyiladi?

– «Masbuq» deyiladi.
Rakatning qaysi yeriga yetib ergashgan bo’lsa o’sha rakat topganga hisob qilinadi?
– Ruku’ga yetib ergashsa, o’sha rakat ham hisobga o’tadi.
Birinchi rakatning ruku’siga yetib ergashsa, mudrik bo’ladimi yoki masbuq bo’ladimi?
– Mudrik bo’ladi.
Agar bir kishi to’rt rakatli namozning oxiridagi to’rtinchi rakatni topsa, imomdan keyin
necha rakat qazo qiladi?

– Uch rakat qazo qiladi. Qolgan uch rakat namozdan bir rakat o’qib, qa’daga o’tirib
tashahhud aytib, tashahhuddan keyin yana qiyomga turib, ikki rakat o’qib tamom qiladi.
Shu uch rakatning qaysilarida Fotiha surasidan so’ng sura qo’shiladi?
– O’sha uch rakatning avvalgi ikki rakatida zam sura qiladi, so’nggidagi bir rakatda zam
sura qilmaydi.
Bir kishi oxirgi rakatning ruku’siga yetishmasa, imomga ergashadimi yoki yo’qmi?
– Albatta, imomga ergashadi. Xoh oxirgi sajdasi bo’lsin, xoh qa’dasida bo’lsin, tezlik
bilan imomga ergashib, jamoat savobini topishga harakat qilishi lozim.
Bunday holda u odam imomdan keyin necha rakat qazo o’qiydi?
– Necha rakatli namoz bo’lsa, shuncha rakatni yolg’iz namoz o’qigan kishidek qazo qilib
o’qiydi.
Shom namoziga o’xshash uch rakatli namozning oxirgi rakatini topsa, imomdan
so’ngra necha rakatni qazo qilib o’qiydi?

– Ikki rakatni.
Shu ikki rakatning avvalgi rakatida sajdadan keyin qa’da qiladimi yoki qiyomga
turadimi?

– Qa’daga o’tirib tashahhud o’qib, keyin qiyomga turadi va oxirgi rakatni o’qib, namozni
tamom qiladi.
Bir kishi ikki rakatli namozning avvalgi rakatiga ulgurmasa, balki imom sajda qilgan
vaqtda yetishsa, nima qiladi?

– Tezlik bilan imomga ergashadi va imom qaysi amalni qilsa, u ham o’sha amalni qila
boshlaydi. Masalan, sajda qilgan zamonda yetishsa, tezlik bilan sajda qila boshlaydi.
Shu kishi mudrik bo’ladimi, masbuq bo’ladimi?
– Mudrik bo’lmaydi, masbuq bo’ladi.
Endi u kishi qolgan bir rakatni nima qiladi?
– Imom oxirgi qa’daga o’tirganda u kishi ham o’tiradi. «At-tahiyyat»ni o’qib, ammo
salovot va duoni o’qimasdan sukut saqlab, imom salom bergunicha qarab turadi. Imom
salom berganidan so’ngra turib qolgan bir rakatni o’qiydi.




 
OSIYODate: Juma, 27-May-2011, 06:14 | Message # 66
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:

60-DARS 1-QISM
Mavzu: MASJID VA JAMOAT
- Besh vaqt namozni jamoat bilan o’qish savoblimi yoki tanho o’qish savoblimi?
- Albatta, jamoat bilan o’qish savoblidir. Jamoat bilan o’qilgan namozning savobi yolg’iz
o’qilgan namozdan yigirma yetti daraja ziyodadir. Payg’ambarimiz (s.a.v.) jamoatni tark
etgan kishilarga dashnom berar edilar, shu sababdan namozni jamoat bilan o’qishsunnati muakkadadir.
- Jamoat hisoblanishi uchun necha kishi bo’lishi kerak?
- Imomdan boshqa bir kishi bo’lsa, jamoat bo’ladi. Lekin jamoat qancha ko’p bo’lsa,
savobi shuncha ziyoda bo’ladi.
- Masjid bo’lmasa ham jamoat bo’ladimi?
- Imom bilan o’qilsa, qaysi yerda o’qilsa ham jamoat bo’laveradi.
- Namozni masjidga borib o’qish zarurmi?
- Albatta, g’oyatda zarurdir. Uzr bo’lmagan holda har namozni masjidga borib o’qishga
harakat qilmoq kerak.
- Masjidga kirganda va chiqqanda qaysi oyoqni avval qo’yish lozim?
- Masjidga kirganda avval o’ng oyoqni, chiqqanda esa chap oyoqni qo’yish kerak.
- Masjidga kirganda nima deb duo qilinadi?
«Allohumma iftahli abvaba rohmatik», deb duo qilinadi.
Ma’nosi: «Ey Alloh, menga rahmating eshiklarini ochgin».
- Masjiddan chiqqanda nima deb duo qilinadi?
«Allohumma inni as’aluka min fazlikal ‘azim», deb duo qilinadi.
Ma’nosi: «Ey Alloh, albatta men Sendan ulug’ fazlingni talab qilaman».
- Masjidga kirganda nima qilmoq kerak?
- Masjidga kirganda sunnat namozini va «Tahiyyatil masjid» (masjid haqiga), deb
nomlangan namozni o’qish lozim..


Message edited by Osiyo11 - Juma, 27-May-2011, 06:15
 
OSIYODate: Juma, 27-May-2011, 06:17 | Message # 67
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


61-DARS 2-QISM
Mavzu: MASJID VA JAMOAT
- Masjid ichida qanday o’tirish kerak?
- G’oyatda odob va tavoze’ bilan o’tirish kerak. Dunyoviy hech bir ish qilmaslik, dunyoviy
so’zlarni so’zlamaslik, o’ynamaslik va kulmaslik kerak. Aksincha, mumkin qadar zikrda,
tasbehda, duoda bo’lish, Qur’on o’qib o’tirish yo nafl namozga mashg’ul bo’lish lozim.
Masjid ichida tuflamaslik va burunni qoqmaslik, masjid Allohga ibodat qiladigan joy, deb
g’oyatda sidqidildan e’tiqod qilib o’tirish lozim. Sarimsoqpiyozga o’xshash badbo’y
narsalarni yeb masjidga kirish makruhdir.
- Imom bomdod namozining farzini o’qiyotganda yetishgan kimsa ikki rakat sunnatni
o’qiydimi yoki o’qimaydimi?
- Farzning oxirgi rakatiga yetishish mumkin bo’lsa, masjidning bir tarafida sunnatni
tezroq o’qib, undan so’ngra imomga ergashgan ma’qul. Agar sunnatni o’qigan holda
farzning oxirgi rakatiga yetishmaydigan bo’lsa, sunnatni o’qimaydi, balki tezlik bilan
imomga ergashadi.
- U qolgan ikki rakat sunnatni farzni o’qigandan keyin qazo qiladimi?
- Qazo qilmaydi, qolgan holicha qoladi.
- Imom peshin namozining farziga kirishgan paytda yetishgan kishi nima qiladi?
- Tezlik bilan imomga ergashadi, sunnatga mashg’ul bo’lmaydi.
- Farzni o’qigandan so’ng to’rt rakat sunnatni qazo qiladimi?
- Farzdan so’ng o’sha to’rt rakat sunnatni qazo qiladi, keyin ikki rakat o’qiydi.
- Bir kishi masjidga kirib peshin namozining to’rt rakat sunnatini o’qishga kirishganda
muazzin iqomat aytib takbir tushirsa va imom farzni o’qishni boshlasa, u kishi nima
qiladi?
- Boshlangan namozni ikki rakat qilib salom berib, naflga qoldirib, tezlik bilan imomga
ergashadi. Imom bilan farzni o’qigandan so’ng to’rt rakat sunnatni avval qazo sifatida
o’qib, so’ng ikki rakatni o’qiydi.
- Peshin namozining to’rt rakat sunnatidan uch rakatini o’qigandan so’ng muazzin
iqomat aytsa, nima qiladi?
- U vaqtda to’rt rakatni tamom qilib, imomga ergashadi. Farzdan so’ng to’rt rakat
sunnatni qazo qilish lozim emas.
 
OSIYODate: Juma, 27-May-2011, 06:23 | Message # 68
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
62-DARS
Mavzu:QAZO NAMOZI
– Bir kishi bir namozni uzr sababli o’z vaqtida o’qimasa, nima qiladi?
– So’ngra qazo qilib o’qiydi.
– Bir kishining bir namozi qazo bo’lib, ikkinchi namozning vaqti kirib qolsa, u kishi qaysi
namozni o’qiydi, ya’ni avval qazo namozni o’qiydimi yoki vaqti kirgan namozni o’qiydimi?
Masalan, peshin namozi qazo bo’lib, hanuz qazosini o’qimay, asr namozining vaqti kirib
qolsa, avval peshin namozining qazosini o’qiydimi yoki asrni o’qiydimi?
– Umrida namozlarni besh martadan ortiq qazo qilmagan kishi bo’lsa, avval qazo bo’lgan
namozni o’qib, undan so’ng vaqti kirgan namozni o’qishi farzdir. Qazo bo’lgan namozni
o’qimasdan vaqti kirgan namozni o’qishi durust emas. Ammo umri davomida besh
namozdan ortiq qazo qilgan kishidan bu tartib soqitdir. Ya’ni, unga tartib farz emas, u
tartib egasi emas. Demak, u kishi xohlasa, qazo bo’lgan namozni avval o’qiydi.
– Tartib soqit bo’lmagan kishi qazo namozni esdan chiqarib, vaqti kirgan namozni o’qisa,
namozi tamom bo’lmasdan qazo bo’lgan namozi esiga tushsa, o’qib turgan namozi
buziladimi?
– Buziladi.
– Vaqti kirgan namozni o’qib tamom qilgandan so’ngra qazo qilgan namozi esiga tushsa,
o’qilgan namozi durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi, boshqatdan o’qish lozim emas.
– Qazo bo’lgan namozga mashg’ul bo’lsa, keyingi namozning vaqti chiqib ketish xavfi
bo’lsa, avval qaysi namozni o’qiydi?
– Avval vaqti kirgan namozni o’qiydi, qazo namozni undan keyin o’qiydi.
– Uzrsiz biror namozni o’z vaqtida o’qimasdan qazoga qoldirish durust bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi, nihoyatda ulug’ gunohlardandir.
– Bir kunning besh vaqt namozi qazo bo’lsa, avval qaysini qazo qiladi?
– Bomdod namozidan boshlab to xufton namozigacha o’z tartibida qazo qiladi.
– Qazo bo’lgan namozning faqat farzini o’qiydimi yoki sunnatni ham o’qiydimi?
– Faqat farzini o’qiydi, sunnatini o’qimaydi, lekin bomdod namozi qazo bo’lgan bo’lsa,
peshin vaqti kirmasdan qazosini o’qisa, u vaqtda bomdodning sunnatini ham qazo qiladi.
– Vitr namozi vaqtida o’qilmasa qazo qilinadimi?
– Qazo qilinadi.
– Juma va hayit namozlari-chi?
– Qazo qilinmaydi. Jumani o’qimay qolgan kishi o’rniga peshin namozini o’qiydi. Ammo
hayit namozini qazo ham qilmaydi va o’rniga o’qiladigan namoz ham yo’q.
– Bomdod namozi, shom namozi va xufton namozi qazo qilinganda avvalgi ikki rakatlar
ovoz chiqarib o’qiladimi yoki ichida o’qiladimi?
– Ushbu namozlar jamoat bilan qazo qilinsa, ovoz chiqarib o’qish imomga vojibdir.
Yolg’iz qazo qiluvchiga ichda o’qish vojibdir.
 
  • Page 3 of 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
Search: