• Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Holislik sari
SAKINADate: Seshanba, 09-Apr-2013, 03:01 | Message # 1
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
 
SAKINADate: Seshanba, 09-Apr-2013, 03:02 | Message # 2
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Hizmat

Har kimga turli hizmat yuklatilgan.Kimdur dunyo g'amida mehnat qiladi,dunyo uchun elib yuguradi.Bazilar o'z ayoliga hizmatkorlik mavqe'iga tushib qolishgan.Biz esa o'zimiznig bor iqtidorimizni,sa'iy harakatimizni Allohning hizmatiga bag'ishlamoqchimiz.Faqat shu yo'lda yurib hizmat chekkanlar abadiy rohat egasi bo'lishadi.Faqat shu yo'lga hizmat qilganlarga Allohning huzirida yuksal darajotlar nasib etadi.Faqat shu yo'l uchun umrini tikkanlargina tog'lar jun kabi uchib yuradigan qiyumat kunida xotirjam turishadi.Ular Alloh dini - islomning haqiqiy xodim kishilaridir. Iloho bizni ham shularning qatorida qil.

Ey Robbimiz, yaratmishsan dunyoni ikiki qilib,
Islomdan boshqasi nedir - hichkim ketmadi bilib...
Orqamizdan baqirsalar,biz ularga bir kulib,
Ularga gul otar - otmas, hizmatiga ketajakmiz.

Zakariyo qo'ling kabi arra bilan kessalar,
Yoki hazrat Bilol kabi harsang tosh-la ezsalar.
Mayinlarni va tog'larni to'siq deya tersalar,
Bir turki ham tegar temas hizmatiga ketajakmiz.

Kalomulloh hassasidek dengizlarni burarmiz,
Sening yo'lig bizga rohat, hoh azobda yurarmiz.
Biz Ibrohim do'stig kabi Ka'balarni qurarmiz,
Namozlar oqib-turilmas,xizmatga ketajakmiz.

Bu hizmatga tortish uchun pok siynali boylarni,
Ekib qurib xonasida ichajakmiz choylarni.
Oltmish kunlik yashaymiz biz o'ttiz kunlik oylarni,
Choylar tugab bitar-bitmas hizmatga ketajakmiz.

Dunyo bizni alday olmas,na ribo va na pora,
Desalarki,otang o'ldi,bu kunlar senga qora.
Ko'z yoshi va duolarla elitib qo'yib mozorga
So'ngra tuproq tortar-tortmas,hizmatga ketajakmiz.

Kechalari do'slar bilan choy suhbatin yutibon,
Iymon to'la xurjinlarni elkalarga otibon.
Jujug'imiz so'rasa gar; - Qayga yana otajon?!
Qo'llaridan o'par-o'pmas,hizmatiga ketajakmiz.

Bu kun mashhar kuni emas,qochmaymiz bu zahmatdan,
Alloh uchun Chin soriga yo'l olurmiz Xirotdan...
''Charchoq''ni va ''etar'' so'zni olib tashlab lug'atdan,
Uch-besh luqma yutar-yutmas,hizmatga ketajakmiz.

Insonni yot tutsa agar to'fon yoki zilzila,
Alloh uchun shu yo'ldamiz,tayyordirmiz tizila...
Shartlashdikmi,bas,etadi,aytganmiz-ku '' bismala''
Qo'llar qanot tutar-tutmas, hizmatga ketajakmiz.

To'kib - to'kib sochajakmiz kimning bor esa nesi,
Qadrin topar faqat shunda bu umir sarmoyasi.
Olinmoqdan kesilsa gar birimizning nafasi,
Sirtimizga otar-otmas,hizmatga ketajakmiz.

'' La ilaha ila Alloh'' ni aytmagan kim bor yana,
Ul kimsa iymon bo'lmagay,qilolmasmiz tantana...
Pora-pora bo'lsa mayli,bu yo'lda qay bir tana,
Ul mayitni yuvar - yuvmas hizmatga ketajakmiz.

Yig'lamaymiz,taqdir diya chidashga urgataylik,
Haq kalomin boshqalardan oz bo'lsin erta bildik.
Shuning uchun bu hizmatga juda tez,erta keldik,
Nafas rastlab olar - olmas hizmatga ketajakmiz.

Odam nasli qarshi chiqsin parvoyimiz falakdir,
Qarindoshlar,vatandoshlar bu yo'llarda halakdir.
Qancha zug'um oshsa,shuncha bizda yaxshi tilakdir,
Azobimiz ortar - ortmas hizmatga ketajakmiz.

Bu muqaddas yo'l erurki,bobolardan meroslar,
Bul maskanni obod qilur muhabbat va ixloslar.
Oxir kunda zaxmatlardan bo'lish uchun xaloslar.
Uyqulardan turar - urmas hizmatga ketajakmiz.

Dengiz ori, uzoq yurtda kim bilmas din xabarin,
Shu joyga ham etkazarmiz iymon degan javharin.
Azonlar-la isloh etib sayyoraning har erin.
Osmonga ko'z tikar-tikmas,xizmatga ketajakmiz.

Ey Robbimiz,biz qullarga atab qo'y ko'shk-saroyni,
Seni ko'rmoq bor-ku axir xuddi ko'rgandek oyni,
O'sha kuni yig'lab-yig'lab,unutib ming chiroyni.
Piyola choy tutar-tutmas,endi ketmayajakmiz...
Hizmatimiz haqin ko'rib tinmay yig'layajakmiz !!!
 
SAKINADate: Seshanba, 09-Apr-2013, 07:45 | Message # 3
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Islom ahliman !

Bugun millatchilik, mahalliychilik,
Balosi dunyoni qurshablar olmish.
O'zini Muhammad ahliman degan,
Insonlar qalbida do'stlik yo'qolmish.

Biri ''Men faloniy mazhabiman'' der,
Boshqasin ra'yini butkul sanar yot.
''Quronda bolsa ham sening so'zlarig,
Bizga undoq ishni aytmagan ustod''.

Turli jamoalar,turli firqalar,
Ochiq ko'rolmaslik porlar zuhurda.
Aniqki,do'st tutib kufur ahlini,
Musulmon qavmini ayiblar kofirda.

Tag'in tinmay o'qib sahobiylarni,
Hazirati Bilolga tasannolar, deb.
Aka - uka bo'lgan musulmonlarning,
Aybini ertadan to kech ahtarib.

Salmoni Forsiyga shogidmiz,debon
Hayqirganlar holin ko'rig xalafda.
Masjitlar begona,so'zlashuvlar yo'q,
Namoz o'qimaslar turib bir safda.

Mutaassib qalbi har kun jo'sh urib,
Iymon halovatin tepkilab kular.
Imomga namozin topshirib turib,
Uning orqasidan g'iybatlar qilar.

Hayhot,bu ummatning har kun darsida,
Taxminan shundayin rivoyat yangrar;
''Ali shamollasa,Usmon ham kasal,
Abu Ubaydaga yig'lagan Umar''.

Ammo hikoyatlar qolur o'tmishda,
Darslar tugab-bitgan zamona g'iybat;
''Eshitdigmi do'stim,falon odamni...
Barmoq ko'tarishni demoqda sunnat.

Ilmi ham yo'q edi o'zi tuzukroq,
O'zicha nimani qilmoqda davo ?
Undan ko'ra namoz o'qimasaydi,
Qalbi pok bo'lardi ko'ngli musaffo !!! ''

Mana shunday gaplar bugungilarda,
Har kimning o'zicha haq kalomi bor .
Falon qori agar shunday demagan,
Demak,boshqalarning ahvoli afgor.

Ko'nglim bir seskanib ketdi bu holdan,
Ko'rib g'aflat ichra zor qotganlarni.
Eshitganmidingiz biror millatda,
Aka ukaman deb tosh otganlarni.

Bu qanday g'arazgo'y ummat bo'ldiki,
Husnizon qilishdan har dam tonarlar.
Hatto biror inson din etkazsa ham.
Unga turli nomni qo'yib olarlar.

Shu zayil o'tmoqda kunimiz, do'stlar
Ixtiloflar ila zavqlanib ko'ngil.
Faxsh amal egasi da'vatsiz qolib.
Musulmonni g'iybat qilish kasbi - til !

Men bunga sira ham chiday olmasman,
Kechmagum hattokiy tilning zahridan.
Tanishib qo'yaylik,she'rni yozgan men,
Oddiy bir mo'minman - islom ahlidan !
 
SAKINADate: Chorshanba, 10-Apr-2013, 09:32 | Message # 4
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Ey ahli islom...

Ko'zim yo'llarigga qadalib toldi,
Go'zal orzularim ayladig badnom !
Bugun mo'minlikdan faqat nom qoldi,
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom ?!

Endi bu ummatga otish shartmas o'q,
Dunyo kofirlarin tamom ko'ngli to'q.
Mo'minman deganning namozi ham yo'q,
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom ?!

Islomning dardi ne,bilmas bittamiz,
Kichigimiz ham shu,shudir kattamiz...
Rosululloh desa,kim u degan biz,
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

Islom rivojlansa,o'ynab kulmasak,
Uning dardi uchun mahzun bo'lmasak.
Buxoriy avlodi - hadis bilmasak,
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

Tobora ko'payib bormoqdadir havf,
Tobora torayib ketmaodadir saf.
Qalbdanmas,tokchadan joy olgan Mushaf...
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

Mo'minlar holiga mo'minlar yig'lar,
Imoratlar qurib, unda tinch uxlar,
Kamayib bormoqda nafisdan farig'lar.
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

Ummat dunyoga g'arq,halovat bilmas,
Namozlar o'qilmas,ro'za tutilmas,
Oyat tinglaganda ko'zga yosh kelmas,
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

Ayt,axir,ummatga dunyo tilakmi ?
Muhammad ummati shunga kerakmi ?
Hazirati Umarning davri ertakmi ?
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

Dunyo Chin yurtiga otolmas bir o'q ,
Chunki uning soni haddan-da ortiq...
Sening xitoychalik obro'ying ham yo'q,
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

Dardinig har kun yangi,sira ham bitmas,
Tashvoshlar o'rtog'ing,tashlab-da ketmas.
Duoing boshingdan nariga etmas...
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

Asri saodatdan qolgan tuzumlar,
Bugun dunyo uchun katta tilsimlar...
Afsona tiyular Ummu Qulsumlar,
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

Payg'ambar bugungi holimiz ko'rsa,
Ne derdi,biz bilan birga o'tirsa.
Harbir ummatining holini so'rsa,
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

Senga hayqirdim-u,ammo qadding g'oz,
Bir tingla,javobing bergil, iltimos.
G'arbning qo'shig'iga o'ynamay tur bir oz,
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

Ko'zim yo'llaringga qadalib toldi,
Go'zal orzularim aylading badnom !
Bugun mo'minlikdan faqat nom qoldi,
Nega yig'lamaysan, ey ahli islom?!

 
SAKINADate: Chorshanba, 10-Apr-2013, 11:33 | Message # 5
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
O'tinch

Mendan o'tsa neki o'tdi,tinglangiz iqrorimni,
Allohga hamd,yakka dedim ul Parvardigorimni,
Umr bo'yi qilgan bo'lsam birgina savobli ish.
Duo qilib qo'ysangiz bas,padarbuzukvorimni,
Jigarbandim,mushtiparim ul onaizorimni...

Neki yomonlik fe'limda ko'cha-ko'yga bir havas,
Dilozorlik keng hovlimga zinhor tegishli emas,
Qay kun yo'lning bir chetidan olib o'tgandim bir has...
Duo qilib qo'ysangiz bas,padarbuzukvorimni,
Jigarbandim,mushtiparim ul onaizorimni...

Ehtimol men goh suhbatni g'iybatga burorim bor,
Har narsani nafsim ila tinglabon ko'rorim bor,
Ahvoli tang menday g'arib sizdan bir so'rorim bor;
Duo qilib qo'ysangiz bas,padarbuzukvorimni,
Jigarbandim,mushtiparim ul onaizorimni...

Yoshligimdan har ko'ngilga hasadim yo'qdir sira,
Sizda bori mening ko'nglim qilmaydi aslo xira,
Tahajjudga tutar vaqti mening haqqimdan ko'ra.
Duo qilib qo'ysangiz bas,padarbuzukvorimni,
Jigarbandim,mushtiparim ul onaizorimni...

Alloh haqqi,men ulardan olgandurman andoza,
Asli ota-onamniki neki bor menda toza...
''Dun ahkomin etkazdi'' deb elga qilmay ovoza.
Duo qilib qo'ysangiz bas,padarbuzukvorimni,
Jigarbandim,mushtiparim ul onaizorimni...

Elning og'zin yopib bo'lmas,juda yaxshi bilaman,
O'z ahvolim ko'rib ba'zan yig'layman,goh kulaman,
Men sizning haqqingizga tinmay duo qilaman.
Duo qilib qo'ysangiz bas,padarbuzukvorimni,
Jigarbandim,mushtiparim ul onaizorimni...
 
SAKINADate: Chorshanba, 10-Apr-2013, 13:23 | Message # 6
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Iqrornoma

Senda islom yo'g'-u, muslim nomi bor,
Samara bermagay da'vatlar qancha...
Namozlar befoyda, ro'zalar bekor,
Allohni qalb chindan tanimaguncha !

Oxiri ko'rinmas behol daydishing,
Kutdilar necha yil haqni aytishing...
Iloji bo'lmagay faxishdan qaytishing,
Allohni qalb chindan tanimaguncha !

O'zingcha joningni haqqa tikursan,
Bunga xujjat debon ertak to'qirsan.
Suvsiz sahrolarda ko'chat ekursan,
Allohni qalb chindan tanimaguncha !

Bomdodni o'qibon uxlab,dovdirab,
Yurarsan kunduzlar qizlarga qarab...
Sendan ustun erur badaviy arab,
Allohni qalb chindan tanimaguncha !

Oyatlar yodlaysan,ko'zlarda nam yo'q,
Islom oyoqosti bo'lsa-da,g'am yo'q.
Jannatga tushish yo'q,ko'ngling bo'lsin to'q,
Allohni qalb chindan tanimaguncha !

Ming rakat namoz qil,tunda uxlama,
Qalbingni tirnama,bejiz tig'lama.
Payg'ambar tushingga kirmas,yig'lama...
Allohni qalb chindan tanimaguncha !

Odamlar seni-da desinlar mo'min,
Ko'rsatsinlar go'zal,zo'r ehtiromin.
Boshingdan nariga siljimas omin,
Allohni qalb chindan tanimaguncha !

Duolar qilasan hayol parishon,
Bu asli nifoqdan, riyodan ishon.
Namozing qabulmas,qo'rqmasdan ishon,
Allohni qalb chindan tanimaguncha !

Tavhidni anglamoq zo'r ibodatdir,
U bir poydevori zo'r imoratdir...
Qilgan hajing sening bir sayohatdir,
Allohni qalb chindan tanimaguncha !

Zohiriy ibodat senga ne berur,
Agarchi botinni sichqon kemirur.
Zakoting osmonga uchgan el erur.
Allohni qalb chindan tanimaguncha !

Men seni taniyman,bo'ldi ko'p yillar,
Bilaman,ne qildi oyoqlar,qo'llar.
Bir kun ham hotirjam bo'lmas ko'ngillar,
Allohni qalb chindan tanimaguncha !

Shu bois,umidim - yig'lab tolmasdan,
Allohning zikridan aslo qolmassan...
Bilginki,o'zingni taniy olmassan,
Allohni qalb chindan tanimaguncha !
 
SAKINADate: Chorshanba, 10-Apr-2013, 14:00 | Message # 7
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Ayirma

Allohim,bir qutlug' yo'lga chiqdik biz,
Ulug' karvoningdan ayirib qo'yma !
Bu karvon ketmasin yo'llarda izsiz,
Dadil sarboningdan ayirib qo'yma !

Baland minoralar tashlansa ko'zga,
Osilib chiqishdan iloj yo'q o'zga.
Tutdik to'kilganda odamlar pastga,
Muhkam arqonigdan ayirib qo'yma !

Hammani saodat sari etaklab,
Arqon ham bir kuni uzilgay, yo Rab.
Qolganlar qulasa zaminga qarab,
Temir narvoningdan ayirib qo'yma !

Turli kitoblarni jamladi olam,
E'zozga arziguv garchi kitob ham kam...
Sandiqlar,javonlar bo'shab qolsa ham,
Qalbda Qur'oningdan ayirib qo'yma !

Harob aylama bas, bizdek qullarni,
Kengligin oshirgil diniy yo'llarni...
Qalbimizda ungan go'zal gullarni,
Halim bog'bonigdan ayirib qo'yma !

Bir tuyg'u tufayli jannat biz uchun,
Ul tuyg'u qalbni ham aylagay butun.
Amalni unitib qo'ysak ham bir kun,
Illo iymonigdan ayirib qo'yma !
 
SAKINADate: Payshanba, 11-Apr-2013, 10:41 | Message # 8
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:

Shukrona...

Qiyomatdan nishona - o'tayotgan kunimiz,
Xotirjamlik deganni unutdi har tunimiz,
Bilmam ertamiz qandoq, xarobdir bugunimiz...
Tog'lar turgan joyidan ko'chmaganiga shukur,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukur.

Qushlar qolib,qurbaqa ko'kda qilsa parvozlar,
Oqqushlar maskaniga egalik qilsa g'ozlar,
Pora ila shogirdin etishtirsa ustozlar...
Tog'lar turgan joyidan ko'chmaganiga shukur,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukur.

Iymondan voz kechilsa lazzat uchun bir onlik,
Va o'sha zot atalsa '' taqvodoru,iymonlik''...
Qaroqchilik hukmiga o'tsa agar posbonlik...
Tog'lar turgan joyidan ko'chmaganiga shukur,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukur.

Yurtda aldov nom olsa '' tirikchilik,g'ayrat '' deb,
Aytilgan rost so'zlarga nom qo'yilsa hayrat deb,
Qarz olib bermaslikni atasalar san'at deb.
Tog'lar turgan joyidan ko'chmaganiga shukur,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukur.

Bolaning zarbasidan otaga zaha etsa,
Onalar qizlaridan pand nasihat eshitsa,
Olimlar lug'atidan amal degan so'z ketsa.
Tog'lar turgan joyidan ko'chmaganiga shukur,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukur.

Xaloyiq ham unutsa xalqligin,millatligin,
Haq kalomin dunyoga aytguvchi elatligin,
Oxir,hamma yodidan ko'tarsa ummatligin...
Tog'lar turgan joyidan ko'chmaganiga shukur,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukur.
 
SAKINADate: Payshanba, 11-Apr-2013, 11:49 | Message # 9
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bizning yo'l

Qattiq shamol essin, turarmiz tetik,
Aslo chiqqimiz yo'q doiramizdan.
Sizning yolingizni bilmadig-u, lek
Biz ishni boshlaymiz oilamizdan.

Saltanat deya bong urgan noqislar,
Go'zal shiorlardan panohlar izlar.
Ularni hamisha boshqarar hislar...
Biz ishni boshlaymiz oilamizdan.

Birov aybin aytmoq juda ham oson,
Lek ta'sir bo'lurmi, gar o'zda gumon ???
Ko'cha-kuyga chiqmoq emas bu zamon...
Biz ishni boshlaymiz oilamizdan.

Faqirlar dunyo deb bo'zlasin,mayli,
Ajamning tilida so'zlasin,mayli.
Xizblar davlatni ko'zlasin,mayli,
Biz ishni boshlaymiz oilamizdan.

Odamlar bir-birin aylabon asir,
Ko'kka bo'ylatganda shoxona qasr...
Oson bo'lsin uchun boshqaga ta'sir,
Biz ishni boshlaymiz oilamizdan.

Bizga muhim erur shahsiy darvoza,
Odamlarga uni ko'rsatib toza.
Baqirib-chaqirib, qilmay ovoza,
Biz ishni boshlaymiz oilamizdan.

Do'stim,bizga taqlid,qilig iltimos,
Shundan boshqasiga yo'q bizda ixlos,
Hazirati Umardan olib iqtibos...
Biz ishni boshlaymiz oilamizdan.

Kimlargadir da'vat maydoni - jome',
Ularga odamlar turarlar some'...
Rosululloh kabi,sunnatga tobe',
Biz ishni boshlaymiz oilamizdan.
 
SAKINADate: Payshanba, 11-Apr-2013, 14:55 | Message # 10
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Tavba

Keksayib,yoshing bir joyga etsa ham,
O'zingni ilimda tolib kabi bil !
Gunohlar elkangdan ortib ketsa ham,
Tavba qil,tavba qil,tinmay tavba qil !

Volidang sababli kelding dunyoga,
Otangni qo'lida boqding samoga,
Ular uchun qo'lni ochib duoga...
Tavba qil,tavba qil,tinmay tavba qil !

Gunohlar qilgansan bilib-bilmasdan,
Ehtimol yurgansan tavba qilmasdan.
Vaqt sening ortingdan etib kelmasdan,
Tavba qil,tavba qil,tinmay tavba qil !

Inson xatokordir,gunohi quyun,
Lek bunda mahzunlik,xomishlik nechun ?
Bir zum bo'sh qolsang ham,gunohing uchun,
Tavba qil,tavba qil,tinmay tavba qil !

Qariyman,o'shanda ulgiraman deb,
Birodar, sarhatga qolmagin kelib...
Har mavjut soniyang g'animat bilib,
Tavba qil,tavba qil,tinmay tavba qil !

Gunohlar ko'ngilni aylasa qora,
Suv bilan yuvay deb bo'lma ovora.
Bundan qutilmoqqa birgina chora-
Tavba qil,tavba qil,tinmay tavba qil !

Manzilga borguncha yoklaring tashla,
Istasang hammasin boshidan boshla.
Dilingni,qalbingni, ko'zingni yoshla,
Tavba qil,tavba qil,tinmay tavba qil !

Bilaman,kibir bor,asli olifta,
Uning hiylasiga bo'lma oshufta.
Najot kemasiga faqat bir chipta -
Tavba qil,tavba qil,tinmay tavba qil !

Poyonin ko'rsatdi dunyoning sayli,
Faqat bir najot bor so'ngnafas zayli.
Joynamoz ustida uxlab qol mayli,
Tavba qil,tavba qil,tinmay tavba qil !

Bir kun yana loyga qorishing o'yla,
Qora lahad ichra og'rishing o'yla.
Alloh huziriga borishing o'yla,
Tavba qil,tavba qil,tinmay tavba qil !

Kim balki ulgurar yashashga bugun,
Kimgadur bugun ham bo'lmaydi butun.
O'lim farishtasi kelmasdan burun.
Tavba qil,tavba qil,tinmay tavba qil !


 
SAKINADate: Shanba, 13-Apr-2013, 04:51 | Message # 11
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Munojot

Seni yakka iloh degandik,
Engil ayla og'irimizni...
Bu dunyoga yig'lab kelgandik,
Xor qilmagin oxorimizni !!!

Manzil juda ham yaqin ekan,
Tushimizga kirmoqda kafan.
Ishimiz yo'q ibtido bilan,
Xor qilmagin oxorimizni !!!

O'tar ekan davlat, boylig-u,
Yo'q bo'lar zar uy,saroylig-u.
Biz hayotda xor bo'laylig-u,
Xor qilmagin oxorimizni !!!

Dunyo - asli odamlar sayli,
Telba bo'lib yashaylik, mayli.
Majnun misol izlagan Layli...
Xor qilmagin oxorimizni !!!

Uzun bo'lmay o'tsin qo'limiz,
Boshqalardan torroq yo'limiz,
Tutilmasa,bas shu tilimiz,
Xor qilmagin oxorimizni !!!

So'raydirmiz ko'zimiz yoshlab,
Xor aylama ko'nglimiz g'ashlab.
Ibtidosin chiroyli boshlab,
Xor qilmagin oxorimizni !!!

Suzilganda hayot kartasi,
Noma'lumdir uning ertasi.
Qiziq emas bizga o'rtasi,
Xor qilmagin oxorimizni !!!

Ming adashgan misli suluv,
Dinda ketib qolmaylik g'ulu.
Avvalimiz ne qilsang qil-u,
Xor qilmagin oxorimizni !!!
 
SAKINADate: Shanba, 13-Apr-2013, 05:11 | Message # 12
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Murosasizlik

Inson tabiati qiziq yaralgan,
Uning atrofi o'ng - so'lga o'ralgan.
Har qanday gunohga turli qaralgan,
Shirkka yo'q bizda aslo murosa...

Sizga notanishmiz yo oshnadurmiz,
Choyingiz icharmiz, noningiz eyrmiz.
Ehtimol namozni o'qirsiz, dermiz,
Shirkka yo'q bizda aslo murosa...

Istalgan gunohga kerak harakat,,
Istalgan gunohga kerak harajat,
Ammo bir gunoh bor,na harakat va na harajatsiz.
Ushbu kabiraga bizda yo'q toqat,
Shirkka yo'q bizda aslo murosa...

Bu yo'lga nisbatan yo'q bizda shafqat,
Shundan uzoq bo'ling istimos faqat.
Bizdan bu yo'l ushun kutmang muruvvat,
Shirkka yo'q bizda aslo murosa...

Tinglabon kalima aytishingizni,
Kutamoz tinmasdan daydishingizni.
Hattoki zinodan qaytishingizni,
Shirkka yo'q bizda aslo murosa...

Riboyu,o'g'irlik,zulm,fasiqlik,
Jallodlik,nomardlik, olg'ir notiqlik.
Bir amallab mumkin chidab bermoqlik...
Shirkka yo'q bizda aslo murosa...

Tushuning,bu hukm o'qilgan mahal,
Ins-u, jin bir bo'lib qattiq sinalgan.
Alloh kechirmas bir gunoh sanalgan,
Shirkka yo'q bizda aslo murosa...

Biz ham sizdek oddiy odammiz, axir,
Gunohdan ma'sum bir joyimiz yo'q.
Har qanday holatda bo'lsa ham og'ir
Shirkka yo'q bizda aslo murosa...

Senga ham, bizga ham bir erur bu tan,
Aslida jannatdir biz uchun vatan
Qochamiz do'zaxning manguligidan,
Shirkka yo'q bizda aslo murosa...

Qalbimiz ba'zida yomonlik ko'zlar,
Tilimiz gohida gumonlik so'zlar.
Boshimiz kundada tursa ham, do'slar
Shirkka yo'q bizda aslo murosa...

Roziman ne yoziq ekan taqdirda,
Qalbimiz sururda,ko'ngil huzurda.
Allohga hamd bo'lsin, shirk to'la erda,
Shirkka yo'q bizda aslo murosa...
 
SAKINADate: Shanba, 13-Apr-2013, 08:54 | Message # 13
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Sahobalarning darsi

Sahobalar bizga berlishlar darak;
'' Payg'ambardan oling ne bo'lsa o'rnak !
O'tkinchi dunyoga siltadik etak,
Qachonki kibirni sindirdik bizlar.

Biz asli dunyodan ko'zni yopgandik,
Oxirat manziln ko'zlab chopgandik.
Lek islom sharafin aniq topgandik,
Qachonki kibirni sindirdik bizlar.

Ba'zimiz xotirjam,kimdur hovliqqan,
Ko'ngil sarhush bo'lib, horib toliqqan.
Iymon qalbimizda xurlikka chiqqan,
Qachonki kibirni sindirdik bizlar.

Biz ham sizlar kabi o'ynadik,kuldik,
Ba'zida shodlikdan sururga to'ldik,
Dunyoning ustiga hukumdor bo'ldik,
Qachonki kibirni sindirdik bizlar.

Qalbning ishlariga ko'p quloq soldik,
Faqat o'zimiz-la o'zimiz qoldik.
Amiral mo'minin maqomin oldik,
Qachonki kibirni sindirdik bizlar.

Bizga ham gunohlar bag'rin ochmishlar,
Nifoq urug'ini so'ngra sochmishlar.
Jamiki gunohlar bizdan qochmishlar,
Qachonki kibirni sindirdik bizlar.

Biz ham ko'p hijronda,g'aflatda qotdik,
Shaytonga yuzlanib,tinmay tosh otdik.
Valekin iymonnng lazzatin totdik,
Qachonki kibirni sindirdik bizlar.

Buzilib ketmish bu odamning nasli,
Go'yo yomg'ir misol saraton fasli.
Hazrati odamga aylandik asli,
Qachonki kibirni sindirdik bizlar.

Yurardik telbavor,sokin va ma'yus,
Intihosin bilmay xo'p ayrotomuz...
Qaytdi ko'ksimizga insoniy nomus,
Qachonki kibirni sindirdik bizlar.

Sen ham oxirzamon avlodi,tingla,
Bizning so'zimizni eshit va so'zla.
Najot yurti bo'lib ko'ringan qibla,
Qachonki kibirni sindirdik bizlar''.
 
SAKINADate: Shanba, 20-Apr-2013, 13:51 | Message # 14
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Ahli sunnat

Firqalarning ichida salomat qolmoqlikni,
Eng katta boylik, ne’mat va baxt-saodat bilig.
Olimlar mo’minlarga ommatan xitob qilmish;
Avval sunnatni topib, so’ngira jamoat boling !

Dinning asosi qolib, ishlar ketdi qalashib,
Hatto avom tark etgan mas’alaga talashib.
Jamoatga aylanib, so’ng ketidan adashib;
Avval sunnatni topib, so’ngira jamoat boling !

Payg'ambar vorislari tark etiblar saroylar,
Shul sirotni eng nozik ko'ngildan ham avaylar.
Umar,Usmon va Ali duyoga xitob aylar;
Avval sunnatni topib, so’ngira jamoat boling !

Boshqa turli firqaga zinhor qilmasdan hasad,
Har bir daqiq jihatga aylab go'zal farosat.
Allohning roziligin topmoq bo'lsa gar maqsad
Avval sunnatni topib, so’ngira jamoat boling !

Birodarim,bu yo'lda bir zum to'xtab turmang siz,
Go'zal shior ko'ringan tamon sira yurmang siz
Oldin jamoat bo'lib, so'ng kelisha ko'rmang, siz
Avval sunnatni topib, so’ngira jamoat boling !

''Ahli sunnat val jamoa'' har qanday qalbga malham,
Saodatga erishgay u bilan faqat olam.
Najon topmoq bo'lsangiz ul daxshatli kunda ham.
Avval sunnatni topib, so’ngira jamoat boling !

Xitobim shu; dunyoda eyb - iching, o'ynag - kuling,
Faqat yagona Xoliq Allohga qulliq,qilig.
Lek juda ham zarur bir qoidani biling,
Avval sunnatni topib, so’ngira jamoat boling !

 
SAKINADate: Dushanba, 22-Apr-2013, 14:35 | Message # 15
Peshqadam
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Olimlik

Insonga bitilgan taqdir shu ekan,
Javob berarkanmiz qilganimizga !
Savol tug'iladi; '' Olimlik nedur ? ''
Biz ham olimdirmiz bilganimizga !

Talab qilinmaydi bizlardan uchmoq,
Yo yulduz misoli tezlik-la ko'chmoq.
Faqat bilib qo'ydik, shu erur sirtmoq,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga !

Quyoshning taftidan chiqqan ezgulik,
Burun bashar uchun rahmat,degulik.
Birodar,shu ekan senga ko'rgulik,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga !

Olimlar Qur'onni olishganda yod,
Hadislar ko'ngliga quyuladi dod.
Bizga ham etarli ashyolar, hayhot...
Biz ham olimdirmiz bilganimizga !

Olimlik aslida payg'ambardan iz,
Rosullar yo'lida bo'lmoq shart har giz.
Hadisda kelgani - extimol bizmiz...
Biz ham olimdirmiz bilganimizga !

Bugun ilim ahli tinmasdan so'zlar,
Bu go'zal so'zlarga tikilgan ko'zlar...
U qadar xotirjam bo'lmaylik, do'stlar.
Biz ham olimdirmiz bilganimizga !
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: