• Page 2 of 2
  • «
  • 1
  • 2
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Ertak va hikoyalar aytamiz
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:50 | Message # 31
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Buzoq, echki va qo‘zi



Bor ekanda yo‘q ekan, bir dangasa bor ekan, hech ishga tobi yo‘q ekan. U hatto shu daraja dangasa ekanki, kunga chiqib o‘tirishni ham xushlamas ekan.

Uning birgina xotinidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Bahor kelib, o‘tlar ko‘karib, yozning issiq kunlari kelmasdan boylar o‘z mollari bilan yaylovga ko‘chib ketar ekanlar. Hech qanday moli bo‘lmasa ham dangasa xotini bilan ularga ergashib ko‘chib keta berar ekan.

Bir qancha vaqt o‘tgach, dangasaning xotini har kimning ishini qilib, bir oz pul topibdi.

Kunlardan bir kun dangasaning xotini topgan pulini berib, aytibdi:

— Biz ham mol qilib, yaylovga ko‘chib boraylik, bozordan bir mol sotib oling.

Dangasa bozorga tushib katta hayvonlardan sotib olishga puli ozlik qilibdi, yurib-yurib oxiri bir qo‘tir uloqni sotib olibdi.

Yana bir hafta o‘tgandan keyin dangasaning xotini uning qo‘liga: «mol oling», deb yana bir oz pul beribdi.

Dangasa bozorga borib bir qo‘tir qo‘zi sotib olibdi.

Yana bir hafta o‘tgandan keyin dangasaning xotini uning qo‘liga yana pul berib:

— Bozordan bir mol sotib oling, — debdi. Dangasa bozorga borib, bir qo‘tir buzoq sotib olibdi.

Shu orada bahor kiribdi. Boylar mol-hollari bilan yaylovga ko‘cha boshlabdilar.

Dangasa olib kelgan mollariga qaramay, xotini bilan boylarga qo‘shilib ko‘chib keta beribdi. Xotini ham «molimiz boylarning mollari ichida yurgandir», deb xotirjam bo‘lib keta beribdi. Dangasaning qishi bilan yashagan joyida ham o‘tlar chiqib, oradan ko‘p vaqt o‘tmay uning qarovsiz qolgan mollari semirib ketibdi. Endi buzoq buqa, uloq serka, qo‘zi qo‘chqor bo‘libdi. Uchalasi kunda birga o‘tlab kelib uyda yota beribdi.

Kunlardan bir kuni uyga bo‘ri kirib qolibdi.

Ularni ko‘rib o‘ziga uch kunlik ovqat deb mo‘ljallab xursand bo‘lib, ashula aytibdi:



Dingirdik-dingirdik

Buzoqcha ham bir kunlik

Dingirdik-dingirdik

Uloqcha ham bir kunlik.

Dingirdik-dingirdik

Qo‘zichoq ham bir kunlik.



Shunda aqlli buzoq o‘ylab turib, bo‘riga bir siyosat qilib ko‘rmoqchi bo‘libdi: Buzoq turib:

— Echki, sen eshikni to‘s, qo‘y, sen teshikni to‘s, — deb buyruq beribdi.

Buzoq tilini chiqarib bo‘kira bergandan keyin, bo‘ri qo‘rqib ketibdi, nima qilishini bilmay, uydan yugurib chiqib qochib ketibdi.

Bo‘ri shoshilib qochib ketayotganida sakkizta bo‘ri bir yerda to‘planib turgan ekan. Ulardan biri:

— Ey, og‘ayni, nimaga qochib ketayotibsan? — deb so‘rabdi.

Bo‘ri:

— Mana bu yerda buzoq-buqa, serka-taka, qo‘zi-qo‘chqor uchovi meni o‘rtaga olib qolgan edilar, arang ularning oldidan qochib ketayotibman, chaqqonlik va abjirlik qilib qochib qoldim, bo‘lmasa, o‘lar edim, — debdi.

Bo‘rilar aytibdi:

— Shoshma, bizni ularning oldiga boshlab bor, ularni bir yeylik.

Dangasaning mollari ham bo‘rilarning to‘dalanib kelishini bilib, o‘zlarini panaga olibdilar. Hovlida bir tup o‘rik bor ekan. U o‘rikning ayrisiga echki bilan qo‘zi buzoqni bir amallab ko‘tarib chiqazib qo‘yibdilar. Uning ketkdan shu o‘rikka qo‘zi keyin echki chiqib yashirinibdi.

Birdan hovliga to‘qqiz bo‘ri kirib kelibdi. Bo‘rilar uyni, molxonani qarab, qidirib-qidirib buzoq, echki, qo‘shni topolmay, boshlab kelgan bo‘rini «bizni aldading», deb koyibdilar. Qochib borgan bo‘ri:

— Xuddi mana shu yerda ko‘rgan edim, — deb ularni ishontiribdi.

To‘qqiz bo‘ri o‘rik ostiga to‘planib fol ochibdilar. Shu payt o‘rik ustidagi buzoq shoxga o‘rnashib turolmay sekin-sekin og‘a boshlabdi.

Shunda buzoq asta-sekin:

— Ey, og‘ib ketyapman, og‘ib ketyapman, — debdi. Echki:

— Tilingni tishla, tilingni tishla! — debdi. Axiri buzoq o‘rnashib turolmay gumbillab fol ochayotgan bo‘rilar ustiga ag‘anab tushibdi. Echki bo‘lsa, o‘rik ustidan turib:

— Fol ochganini ushla, fol ochganini ushla! —deb baqiribdi.

To‘qqiz bo‘ri qo‘rqib, to‘qqiz yoqqa qochibdi. Bo‘rilar qochib, borib-borib bir yerga to‘planibdilar. Eson-omon qutulganlari uchun shodlanib bir-biriga:

— Folchisini ushla, deb baqiradi, ular bizning folchimizni ushlab olgandan so‘ng avlod-ajdodimizni qo‘ymay quritar edi. Yaxshiki vaqtida qochib qoldik, endi boshqalarga ham aytaylik, bu yerlarga hech kelmasinlar, — deyishib jo‘nab qolishibdi.

Dangasaning mollari bo‘rilardan sog‘-salomat qutulib, semirib, xursand bo‘lib yuribdilar.

Kunlardan bir kuni dangasaning xotini:

— Ey, bizning mollarimiz bor edi, ular qayoqda qoldi? — deb so‘rabdi.

Keyin er-xotin mollarini qidirib yo‘lga tushibdilar. Dangasaga ham g‘ayrat kiribdi.

Ular o‘z hovlilariga kelib ko‘rsalar, mollari o‘tlab yurgan ekan. Shu bilan er-xotin ham molga ega bo‘lib murod-maqsadiga yetgan ekan.


 
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:54 | Message # 32
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Hozirjavob vazir



Bir podsho bor ekan. Uning vazirini hamma dono vazir deb hurmat qilar ekan.

Bir kuni podsho vazirining donoligini sinamoqchi bo‘lib:

— Bir yemakka nima yaxshi? — deb savol beribdi.

Vazir ham og‘zidan chiqishi bilan yoqasiga yopishtirgandek:

— Tuxum! — deb javob beribdi.

Podsho jilmayibdi. Oradan bir yil o‘tganidan so‘ng yana so‘rabdi:

— Nima bilan?

Vazir bu savolni kutib turgandek:

— Tuz bilan, — deb javob beribdi.

Shundan keyin podsho vazirining donoligini yaxshi anglab tahsinlar o‘qibdi.



Tan-sihatlik — tuman boylik

O’tgan zamonda bir qashshoq donishmand cholning oldiga kelib:

— Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo‘q, juda qiynaldim, nima qilishimni bilmay qoldim. Endi qaerga borib dod desam ekan? — debdi. Chol:

— Sen kambag‘almisan? — desa, u:

— Ha, bola-chaqalarim va o‘zim ochman, kiyim-kechagimiz yo‘q, — deb nihoyatda zorlanibdi.

Chol:

— Xo‘p, bo‘lmasa menga o‘ng qo‘lingni sot, necha pul beray? — desa, haligi yigit:

— Yo‘q, o‘ng qo‘lim o‘zimga kerak, sotmayman, — debdi, Shunda chol:

— Bo‘lmasa o‘ng ko‘ziigni sot, — debdi. Yigit:

— Nega men o‘ng ko‘zimni sotar ekanman, u menga doimo kerak, — debdi.

Chol shu tarzda yigitning tana a’zolarini birma-bir sotgin, deb aytib chiqibdi. Yigit «yo‘q» javobini qaytaravergach, chol yigitga:

— Ha, butun muchalaring sog‘ bo‘lsa, turmushdan zorlanib nima qilasan. Kishining tan-joni sog‘ligi — tuman boyligi-ku. «Sog‘ tanda, sog‘ aql», deb bekorga aytmaganlar. Sog‘ bo‘lsang qanday ish bajarsang, qo‘lingdan keladi. Kuning o‘tadi, — deb javob qaytargan ekan.


 
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:55 | Message # 33
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Otangga qilsang, bolangdan qaytadi



Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning yolg‘izgina o‘g‘li bor ekan. Ular o‘g‘lini orzu-havas bilan uylantirishibdi. O’g‘il ham farzand ko‘ribdi. Ular inoq yashay boshlabdilar. Nabira olti yoshga kiribdi. Chol bilan kampir esa, juda qarib, qo‘llari qaltiraydigan bo‘lib qolibdi. Ular ovqat yesalar kosalarini, choy ichsalar piyolalarini qo‘llaridai tushirib sindiradigan holga yetib, uydagi kosa-piyolalarni sindiraveribdilar.

Bir kuni kelin eriga qarab:

— Men ota-onangiz bilan yashamayman, ular mening butun idish-tovoqlarimni sindirib tashlayapti, — debdi.

Uning gapiga eri hayron bo‘lib, xotiniga: — Otam ham, onam ham juda qarib qolgan, ular ishga yaramaydilar, bizdan boshqa hech kimlari yo‘q. Men ularni qanday qilib ajratib qo‘yaman, — debdi.

— Bo‘lmasa, ota-onangizga yog‘ochdan idish-tovoq yasab bering, ularni alohida uyga o‘tirg‘izib qo‘ying, — debdi xotini.

O’g‘il bunga rozi bo‘libdi. Ota-onasini boshqa uyga ko‘chiribdi, bolta, tesha va yog‘och olib kelib, ularga idish-tovoq yasashga kirishibdi. Shu paytda olti yashar o‘g‘ilchalari kelib:

— Dada, nima qilyapsiz? — deb so‘rabdi.

— Buving bilan buvang qarib qolishdi, ular chinni idish-tovoqlarni sindirishyapti. Ularga yog‘ochdan idish-tovoq yasab bermoqchiman, — debdi dadasi.

Oradan bir necha kun o‘tibdi. Chol bilan kampir ko‘z yoshi qilib, taqdirlariga tan berib yashay boshlabdilar. O’g‘li bilan keliniga bir og‘iz ham so‘z demasdan, «keksaysang shu ekan-da», — deb umr kechira beribdilar. Kunlar ketma-ket o‘taveribdi. Bir kuni kelini bilan o‘g‘li o‘z uylarida rosa qah-qahlashib o‘tirsalar, o‘g‘ilchalari bolta, tesha va yog‘ochni xonaga olib kirib taq-tuqlata boshlabdi. Dadasi bilan oyisi unga qarab:

— Nima qilayotibsan? — deb so‘rashsa, o‘g‘ilchasi:

— Sizlar qariyapsizlar, endi sizlarga ham yog‘ochdan idish-tovoq qilib berib, boshqa uyga o‘tqazib qo‘yishim kerak, — debdi.

Eri yalt etib xotiniga, xotini tilini tishlab eriga qarab, nima deyarlarini bilmay qolibdilar. Bir vaqt o‘g‘ilchalari qarasa, dadasi ham, oyisi ham yerga qarab o‘tirganmishu, ikkovlarining ko‘zidan yosh oqayotgan emish. Shunda xotini eriga ma’yusgina boqib:

— Meni kechiring, birga kirib ota-onamizning ko‘nglini olaylik, bundan keyin birga yashaylik, — debdi.

Eri ham xuddi shuni kutib turgan ekan, xotini bilan birga chol-kampirning oldiga kirib, uzr so‘rabdilar va qilgan ishlariga tavba qilib, kampir bilan cholni o‘zlarining yonlariga olib kelib, yog‘och idish-tovoqlarini otib tashlab, chinni idishlarda ovqat berib, yaxshi xizmatini qilib, inoq yashay boshlabdilar. Chol bilan kampir ham yana o‘g‘li, kelini va nevarasi bilan xushvaqt yashab, murodu maqsadlariga yetibdi. Otangga qilganingni o‘g‘lingdan, onangga qilganingni qizingdan ko‘rasan degani shu ekan.


 
ilyosbekDate: Dushanba, 24-Dek-2012, 10:28 | Message # 34
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
AQLLI QARG‘A



Yoz fasli jaziramasida har yerda suvlar quribdi. Bechora qarg‘a suv yo‘qligidan nihoyatda suvsirabdi.
Yoz fasli jaziramasida har yerda suvlar quribdi. Bechora qarg‘a suv yo‘qligidan nihoyatda suvsirabdi. Tillari osilib, har tarafdan suv axtarar ekan, birovning oldida turgan ko‘zani ko‘rib, yoniga kelib boqsa, ichida suvi bor. Lekin bo‘ynini suqub ichay desa, bo‘yi yetmabdi. Bir oz o‘ylabdi-da tumshug‘i bilan toshlarni yig‘ib, ko‘zaning ichiga tashlay boshlabdi. Birozdan so‘ng ko‘za ostidagi suv ustiga chiqib, tosha boshlabdi. Aqlli qarg‘a suv-dan ichib, tashnalik balosidan qutulib, uchib ketibdi.


 
ilyosbekDate: Dushanba, 24-Dek-2012, 10:30 | Message # 35
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
ARIQCHA VA CHO‘PON



Bir qishloqda unchalik katta bo‘lmagan ariq oqib o‘tar ekan. Qishloq odamlari undan suv ichib, kun kechirisharkan.
Bir kuni mollarni o‘tlatgani olib ketayogan qishloq cho‘poni ariq suvining ifloslanib oqayotganini ko‘rib qolibdi. Ariq uning ko‘ziga xuddi yig‘layotgandek ko‘rinibdi.
– Ariqcha, hoy ariqcha, senga nima bo‘ldi? Nima uchun ifloslanib oqayapsan? Yoki yig‘layapsanmi?– so‘rabdi cho‘pon.
Ariqcha suvlarini uyon-buyonga urib, tilga kiribdi:
– Nega axir yig‘lamay? Ahvolimga bir qara, qirg‘oqlarimni axlat bosib ketdi-ku. Axlatning ko‘pligidan oqib o‘tar yo‘llarim ham to‘silib qolayapti,– javob qilibdi ariqcha.
Ariqchaning javobini eshitgan cho‘pon shu zahotiyoq qishloqqa qaytib, odamlarni to‘plabdi. Hashar qilib, ariq va uning atrofini tozalashibdi.
Shundan so‘ng cho‘pon yana ariqcha bilan gaplashgan joyiga boribdi. Qarasa, u tiniq bo‘lib, to‘lib-toshib, o‘ynab-quvnab oqayotgan ekan. Bu voqeadan keyin cho‘pon bilan ariqcha do‘stlashib qolishibdi va tez-tez suhbatlashib turadigan bo‘libdilar.


 
ilyosbekDate: Dushanba, 24-Dek-2012, 10:32 | Message # 36
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
KIM KUCHLI?



Asalarini hammamiz bilamiz: bol yetkazib beradi. Qovoqari-chi? U – asalarining dushmani. Kimnidir chaqib, huzur-halovat qilsa bo‘ldi. Niyati ham shu. Soya-salqinda kunu-tun «g‘ing-g‘ing»lab yotgani-yotgan...
Bir kuni asalari bilan qovoqari to‘qnash kelib qolibdi. Asalari qochishga harakat qilsa, qovoqari uning yo‘lini to‘sarmish.
— Kel, bahslashamiz, — debdi anchadan keyin qovoqari qovog‘ini uyib.
— Meni ishim ko‘p. Rejani bajarmasam bo‘lmaydi? — debdi asalari.
— Keyin bajaraverasan. Yo‘q, desang, mening tungi taomim bo‘lasan. Qay biri ma'qul senga? — debdi qovoqari ayyorona ko‘z qisib.
— Oldin nimadan bahs o‘ynashimizni ayt-chi? So‘ng o‘ylab ko‘raman, — debdi asalari ham bo‘sh kelmay.
— Yo‘limizda uchragan bolani chaqamiz? Shunda kim kuchli ekanini bilamiz? Qovoqari gapini tugatar-tugatmas ularning ro‘parasidan bir bolakay chiqib qolibdi. Asalari bolakayning ma'yus ko‘ziga, sarg‘ish yuziga uzoq termulib, uning kasalligini, agar qovoqari bolani chaqqudek bo‘lsa, uning ahvoli og‘irlashishi, hatto o‘lib qolishi mumkinligini sezibdi. Shunda u: — Bolakayni birinchi men chaqaman, xo‘p, desang, albatta, — debdi.
— O‘zim ham seni nazarda tutib turgan edim, — debdi qovoqari sovuq tirjayib. — Boshla!!!
Asalari bolakayga nish sanchibdi. So‘ngra yerga qulabdi. Bolakay esa yig‘lab-yig‘lab qochib qolibdi. Qovoqari asalariga yaxshiroq razm solib qarasa, u allaqachon o‘lib qolgan emish. Shundan so‘ng qovoqari qo‘rqib, joni ko‘ziga shirin ko‘rinib, juftakni rostlabdi. O‘zingiz sezgandirsiz — kim kuchli ekanligini?!



 
ilyosbekDate: Dushanba, 24-Dek-2012, 10:35 | Message # 37
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Tulkiboy



Bir kuni tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. Tulkiboy yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi.

Kampirni ko‘rib:

— Ona, senga shu angishvonani ertagacha qoldirib ketaman, ertalab kelib olaman, — deb chiqib ketibdi. O’zi eshikning tirqishidan kampirning angishvonani qaerga qo‘yganini ko‘rib olibdi. Tulkiboy kampir uxlagandan keyin sekin uyga kirib angishvonani qo‘ygan joyidan olib chiqib ketibdi. Ertasi kampir shoshib-pishib qatlama pishirib turganda, Tulkiboy kirib kelibdi.

— Ona, kechagi omonat qoldirib ketgan angishvonani bering, — debdi.

Kampir yugurib uyga kirib, angishvonani qo‘ygan joyidan topa olmabdi.

— Tulkiboy, angishvonang qo‘ygan joyimda yo‘q, yo‘qolib qolibdi, —debdi.

Tulkiboy:

— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo‘ymayman, — debdi.

Kampir:

— Yo‘qolgan narsani qaerdan topib beraman, o‘rniga qirq qatlama beraman, — debdi.

Tulkiboy «xo‘p» deb, qirqta qatlamani olib tashqariga chiqqanidan keyin:

«Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama» deb jo‘nabdi. Yo‘lda ketayotsa, bir oq echki boqib yurgan kampirni ko‘ribdi. Tulkiboy kampirga:

— Ona, shu qirqta qatlamani ertagacha omonat olib qo‘ying. Ertalab kelib olaman, — debdi.

Kampir qirqta qatlamani uyiga olib kirib ko‘rpaning qatiga bekitib qo‘yibdi Tulkiboy yana eshik tirqishidan mo‘ralab turib qatlama qo‘yilgan joyni ko‘rib olibdi. Kampir kechasi uxlaganda kelib, sekin kampirning uyiga kirib qirqta qatlamani bitta ham qoldirmay yeb ketibdi.

Ertasi ertalab kelib:

— Ona, kechagi omonat qoldirib ketgan qirq qatlamani olib bering, — debdi.

Kampir uyiga kirib ko‘rpasining qatini qarasa, bitta ham qatlama qolmabdi. Kampir:

— Tulkiboy, qo‘ygan joyimdan qatlamalaring yo‘qolib qolibdi, — debdi.

Tulkiboy:

— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo‘ymayman, — debdi. Kampir tulkiboydan qo‘rqib:

— Bisotimda bir donagina oq echkim bor, qirq qatlamang o‘rniga shuni berayin, — debdi.

Tulkiboy oq echkini yetaklab, xursand bo‘lib:

«Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki» deb jo‘nabdi.

Tulkiboy oq echkini yetaklab ketayotsa, bir nor tuya boqib yurgan cholni ko‘ribdi. Tulkiboy cholga yaqin kelib:

— Ota, ertagacha mana shu echkini sizga omonat qoldirib ketaman, ertaga kelib olaman, — debdi.

Chol «xo‘p» deb echkini hovlisiga olib kirib bog‘lab qo‘yibdi. Kechasi chol uxlaganida tulkiboy kelib, oq echkini yeb, terisini qoldirib ketibdi. Ertasi tulkiboy cholning oldiga kelib:

— Ota, kecha qoldirib ketgan omonat oq echkini bering, — debdi. Chol tulkiga:

— Kechasi echkini bo‘ri yeb, terisini qoldirib ketibdi, — debdi.

Tulkiboy:

— Echkini topib berasiz, topib bermaganingizga qo‘ymayman, — debdi.

Chol:

— Bisotimda birgina nor tuyam bor, oq echkining o‘rniga beraman, — debdi.

Tulkiboy nor tuyani yetaklab: «Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nor tuya» deb, xursand bo‘lib jo‘nabdi.

Tulkiboy nor tuyani yetaklab yurib, qizi bilan ip yigirib o‘tirgan kampirga uchrabdi. Tulkiboy:

— Ona, mana shu nor tuyani ertagacha sizga omonat qoldirib ketaman, erta bilan kelib olaman, — debdi.

Kampir nor tuyani hovlisiga olib kirib bog‘lab qo‘yibdi. Kechasi kampir uxlaganda, tulkiboy nor tuyani hovlidan olib chiqib, bir changanlzorga olib borib qo‘yibdi, ertasi kampirning oldiga kelib:

— Ona, kechagi qo‘yib ketgan omonat nor tuyani bering, — debdi. Kampir qarasa, nor tuya bog‘langan joyida yo‘q, axtarib topa olmabdi.

Tulkiboy:

— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo‘ymayman, — debdi.

Kampir tulkidan qo‘rqib:

— Nor tuyang o‘rniga berishga hech qanday molim yo‘q. Birgina oydin qizim bor, ona-bola ip yigirib kun kechiramiz, — debdi.

Tulkiboy:

— Nor tuyam o‘rniga shu oydin qizingizni bering. Bermasangiz, ona-bola ikkovingizni ham yeb ketaman, — debdi.

Kampir nochor, noiloj, yolg‘izgina oydin qizini tulkiboyga beribdi.

Tulkiboy oydin qizni olib xursand bo‘lib kampirga qarab: «Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nor tuya, nor tuyaga oydin qiz» deb, oydin qizni qopga solib, qopning og‘zini bo‘g‘ib, orqasiga ko‘tarib jo‘nabdi. Bir to‘qaydan o‘tib ketayotsa, uzoqdan itini yetaklab kelayotgan bir ovchi ko‘rinibdi. Tulkiboy orqasidagi qopni yerga qo‘yib, o‘zi bekinibdi. Ovchi kelib qopni ochib qarasa, ichida bir qiz o‘tirgan ekan. Ovchi qopdan qizni chiqarib olib, qiz o‘rniga itini qopga solib og‘zini bo‘g‘ib boylab qo‘yibdi. Ovchi ketgandan keyin tulkiboy kelib «ovchidan qutilib qoldim» deb suyunib, qopni orqalab jo‘nabdi Yo‘lda ketayotsa, qopning ichidan ovoz chiqibdi. Tulkiboy: «Yig‘lama oydin qiz, yig‘lama, hozir uyga yetamiz» deb, qadamini ildam tashlab uyga yetib kelibdi. Qopning ichidan yana ovoz kelibdi. Tulkiboy: «Oydin qiz, qopning ichida zerikkanga o‘xshaysan. «Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nor tuya, nor tuyaga oydin qiz chiq!» deb qopning og‘zini ochibdi. Qopning ichidan quloqlarini shalpaytirib ovchining iti chiqibdi. Oydin qiz chiqishini kutgan tulkiboy ovchi itning haybatini ko‘rib qochib ketibdi. It tulkining ketidan quvlab ketibdi. Tulki o‘zini bir shudgor tomonga olibdi. Tulki yugurib ketayotib quyon tutish uchun qo‘yilgan qopqonga tushib qolibdi. Qopqonning egasi kelib tulkining terisini shilib olibdi.


 
ilyosbekDate: Dushanba, 24-Dek-2012, 10:36 | Message # 38
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
KETMON VA ISHTAHA




Bir boyning Zarifboy ismli yolg`iz erkatoy o`g`li bo`lgan ekan.
Kunlarning birida Zarifboy ertalab turib, yuz-qo`lini yuvib, noz-ne'matlar to`la, yasatilgan dasturxon ustiga kelib o`tiribdi-yu birdan ishtahasini yo`qotib qo`yibdi. Jahli chiqqanidan burni qizarib, ovozining boricha dodlay boshlabdi.

Xizmatkorlar atrofida girdikapalak, ota-onasining ham hushi boshidan uchibdi. Shunda Zarifboy tantiqlanib: — Ota, ishtaham yo`qolib qoldi, topib bering, — debdi. Otasi darhol xizmatkorlariga Zarifboyning karnay ishtahasini topishlarini buyuribdi. Chunki Zarifboy chaynagan mazali taomlar xasday bemaza tuyulib, ko`ngli ozib ketaveribdi-da. Kunlar o`tgan sari erka o`g`ilning toqati toq bo`lib, o`zi ham ishtahasini qidirishga tushibdi. U ishtahasini daraxtlardan, qushlardan, tovuqlardan so`rabdi. Ular bu sir yechimini faqatgina ketmon bilishini aytishibdi.
Zarifboy hovlining bir chetida zanglab yotgan ketmonga yuzlanib:
— Hoy ketmon, mening ishtaham qayerdaligini bilarkansan, tez ayt! — debdi qo`pollik bilan.
— Kechirasan-u, uni men yashirib qo`yganim yo`q, o`zing yo`qotgansan. Lekin mana shu hovlidagi daraxtlardan birining tagiga berkinib olganini aniq bilaman, — debdi ketmon. — Men bilan ularning tagini chopib ko`rsang, albatta topasan. Zarifboy rozi bo`lib, apil-tapil ishga kirishibdi. Тushgacha rosa ter to`kib, ancha ishni bitkazib qo`yibdi. Quyosh tikkaga kelganda qorni shunaqangi ochibdiki, qo`lini ham yuvmasdan dasturxonga tashlanibdi. Quloqlari tinganidan xizmatkorlar quvonibdi, ota-onasi sevinibdi.
Shu kundan boshlab Zarifboy ishtahasi qayerda ekanligini bilib olibdi. Zarifboyning ketmoni ham ancha quvvatga kirib qolibdi. Shunga aytadilar-da: «Ish-ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar», deb.


 
ilyosbekDate: Dushanba, 24-Dek-2012, 10:38 | Message # 39
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
BOTIR QAYSAR VA SEHRGAR MUSHUK




Bir bor ekan, bir yo`q ekan. Ulkan bir shaharda dangasa bola bo`lgan ekan. Uning ismi Botir bo`lib, u haqiqatdan ham hech kimdan qo`rqmas ekan. Ammo Botir bolalar bilan urishib, kattalarning aytganini qilmas, hayvonlarga ham azob berishni xush ko`rar ekan. U hatto ota-onasi, aka-ukalarining gapiga ham kirmas ekan. Bir kuni u bolalar bilan har kungidek urishib, ularni xafa qilib, xo`rozlarga tosh otib uyiga qaytayotgan ekan, bir payt orqasidan qora mushuk uni kuzatib kelayotganini payqab qolibdi. Orqasiga qarab, unga ham tosh otmoqchi bo`lib, tosh izlay boshlabdi. Bu mushuk sehrgar bo`lib, Botir qaysarni anchadan beri kuzatar va uni qanday qilib adabini berish va to`g`ri yo`lga solishni o`ylab yurardi. Mushuk esa Botirdan qo`rqish o`rniga unga qarab to`g`ri kela boshlabdi. Botir bu holdan hayron bo`libdi, chunki barcha bolalar-u, hayvonlar uni ko`rishi bilan juftakni rostlab qolisharkan-da. Shu payt to`satdan mushuk gapira boshlabdi. Bu voqeadan hayron qolgan Botirning esa qo`lidan toshi tushib ketibdi. Esankiragan Botir mushukka o`zi bilmagan holda:
— Qoch yo`limdan, yo`qol! — deb baqirib yuboribdi.
Mushuk esa:
— Men qochmayman, chunki seni taziringni berishim kerak! Men sen azob bergan hayvonlardan emasman, men sehrgar mushukman. Xohlasam, seni bir zumda oddiy xo`rozga aylantirib qo`yishim mumkin, tushundingmi? — debdi.
Mushukni gapiga ishonib-ishonmay Botir baribir o`z so`zida turib olibdi va:
— Qoch yo`limdan, mendan hamma qo`rqadi, qochmasang mana bu tosh bilan bir urib majaqlayman, — debdi.
Jahli chiqqan mushuk Botir qaysarni bir zumda xo`rozga aylantirib qo`yibdi. Botir ko`zini ochib, oyog`iga qarasa, xo`rozning oyog`i emish. Botir bo`lgan voqeaga ishonmasdan yonidagi ko`lmak suvga borib, o`z aksini ko`rib ko`zlariga ishonmabdi. Chunki ko`lmakda o`zining emas, balki kattakon dakang xo`rozning aksini ko`ribdi-da. Botir kechgacha nima qilishini bilmasdan aylanib yurib-yurib, oxiri uyiga kirishga qaror qilib, eshigini asta taqillatibdi. Ichkariga endigina kirmoqchi bo`lgan ekan, bizni uyimizda xo`rozga balo bormi, deb dadasi uni uydan haydab chiqaribdi. Botir nima qilishni bilmay, uyi yonidagi katta daraxtning ustida o`tirib, ertalabgacha mijja qoqmay yig`lab chiqibdi. Birinchi kuni qorni rosa ochibdi va yegulik topish uchun pastga tushibdi. Qorni ochganidan nima qilishini bilmay, yerdagi don-dunlarni, qurt-qumursqalarni ham terib yeyishga majbur bo`libdi. Xo`rozga aylanib qolgan Botir kunduzlari bir amallab qornini to`yg`azar, kechalari esa qaysar va yomon bola bo`lganidan afsus chekar, yana o`z holimga qaytsam, hech kimga ozor bermayman, ota-onamning aytganini qilaman, o`rtoqlarimdan kechirim so`rayman, faqat besh baholarga o`qiyman, deb o`ziga-o`zi so`z berar ekan.
Kunlardan bir kuni qornini don-dunlarga va qurt-qumursqalarga arang to`yg`azgan Botir suv ichgani yonidagi ko`lmak suvga borib, endi suv ichmoqchi bo`lsa, kutilmaganda shunday ovoz eshitilibdi:
— Yordam beringlar, bu ko`lmakda o`lib qolaman!
Yaxshilab qarasa, suvda kichkina oltin baliqcha zo`rg`a nafas olib turgan emish. Botirni baliqchaga rahmi kelganidan suv ichish ham esidan chiqib ketib, qanday qilib baliqchaga yordam berishni o`ylay boshlabdi. Xo`rozga aylanib qolgan Botir yirik barglardan bir amallab suv o`tmaydigan savatcha yasab, ozgina suv va oltin baliqchani savatchaga solib yaqin oradagi oqar suvga olib boribdi va oltin baliqchani oqar suvga tashlabdi. Shunda suv yuziga kattakon oltin baliq suzib chiqib, o`z bolasini o`limdan qutqargani uchun Botirga minnatdorchilik bildiribdi. So`ng, tila tilagingni, deb unga murojaat qilibdi. Botir o`z boshiga tushgan musibatni oltin baliqqa aytib ho`ng-ho`ng yig`lab yuboribdi. Shunda oltin baliq hech qayg`urma, bugun kun botganda o`z holingga qaytasan, debdi-yu, suvga sho`ng`ib ketibdi.
O`zida yo`q xursand bo`lgan Botir kech bo`lishini intizorlik bilan kuta boshlabdi.
Shirin xayollar va orzular qilib, qorni ochganini ham bilmay qolibdi. O`z uyi oldida aylanib yuraverib kunni kech qilibdi. Qorong`u tushishi bilan Botir yana o`z holiga qaytib, xursandligidan yorilib ketay, debdi. Uyiga qaytib kelgan Botirni ko`rgan ota-onasi, aka-ukalari ham uni bag`rilariga bosib xursand bo`lishibdi. Shu kundan boshlab dangasa, qaysar, hammaga ozor beradigan Botir butunlay o`zgaribdi.
Voqeaning yaxshilik bilan tugashini oldindan bilgan sehrgar mushuk ham Botirning batamom o`zgarganligidan, uni to`g`ri yo`lga solganligidan mamnun bo`lib, mo`ylovlarini silab qo`yibdi.


 
ilyosbekDate: Dushanba, 24-Dek-2012, 10:39 | Message # 40
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
UCH O`G`IL


Ertaksevar bolalar uch o`g`il haqidagi bir necha ertaklar bilan yaxshi tanish. O`sha ertaklarda kenja o`g`il akalariga nisbatan donoligi, aqlliligi va mehnatsevarligi bilan ajralib turadi. Lekin bizning ertakdagi kenjatoy esa dangasa, qo`lidan hech bir ish kelmaydigan bola.
Shunday qilib, qadim zamonlarda bir bog`bon yashagan bo`lib, uning uchta o`g`li bor ekan. Ota farzandlarining aqlli, vatanparvar, mehnatsevar inson bo`lib kamol topishlarini xohlar ekan. Bog`bonning mevali bog`i, bedapoyasi bor ekan. Katta o`g`il tirishqoq, mehnatkash bo`lsa, ikkinchisi kuchli, baquvvat, har ishni qoyil qiladigan yigit bo`lib voyaga yetibdi. Ammo kenja o`g`il ishyoqmas, uyqudan bosh ko`tarmaydigan bola bo`lganligi uchun otasidan tinmay dakki eshitardi.
Oylar ketidan yillar o`tibdi. Bog`bon ham keksayib, kasallikka chalinib kuchdan qolibdi. Shunday kunlarning birida ota o`g`illarini yoniga chorlab shunday debdi:

— Hayotim davomchilari, umrim intihosida yiqqan-tergan boyliklarim, bog`-u rog`larimni sizlarga taqsimlab bersam deyman. Lekin avval har biringiz menga o`z hunar va qobiliyatingizni namoyish etishingiz kerak. Buning uchun sizlarga bir kun muhlat beraman.
Тo`ng`ich o`g`il o`ylab ko`rib, men o`t o`ra olaman, debdi. Ertasi kuni tong yorishmasdanoq bedapoyaga borib o`t o`rib, arqonga bog`lab otasining oldiga olib kelibdi.
O`rtancha o`g`il, men daraxtlarni yaxshi parvarishlayman, chirigan shoxlarini kesib o`tin qila olaman, deya tong sahardan bog` tomon yo`l olibdi. Keksaygan, meva tugishdan qolgan daraxtlarni ag`darib, o`tin qilibdi. Ot aravasiga yuklab otasi huzuriga keltiribdi.
Navbat uchinchi o`g`ilga yetibdi. Akalari allaqachon ishga kirishgan paytda u zo`rg`a uyqudan uyg`onibdi-da, nima ish qilsam ekan, deya bosh qotira boshlabdi. Yaxshisi men qo`shiq ayta qolaman, deb otasi yotgan uyning oldiga kelib baland va yoqimsiz ovozda qo`shiq aytishga tushibdi. Ammo u kuylagan qo`shiqlar hech kimga yoqmabdi. Shubhasiz, ming uringanim bilan qo`limdan boshqa ish kelmaydi, undan ko`ra yotib uxlayman, deya kun botguncha o`rindan turmabdi.
Тong ham otibdi. Ota o`g`illarini yana yoniga chaqirib:
— Har biringiz nimaga qodir ekanligingizni ko`rsatdingiz, — debdi. So`ng to`ng`ich o`g`liga yuzlanibdi: — Sen yaxshigina o`t o`rar ekansan, barcha o`tloqlar-u bedapoyalarni sening ixtiyoringga topshiraman. Sen esa daraxtlarni parvarishlashni, ortiqcha shoxlarni kesib, o`tin qilishni yaxshi uddalading, shu bois bog`-rog`larimni senga qoldiraman, — debdi o`rtancha o`g`liga mamnunlik bilan.
Va nihoyat kenja o`g`liga qarab shunday debdi:
— Sen meni juda ranjitding. Biron bir ish bilan mashg`ul bo`lmading, akalaringdek mehnat qilmading, ilm olishga ham qiziqmading, shuning uchun senga hech qanday mol-mulk qoldirmayman.
Vaqt-soati yetib keksa bog`bon vafot etibdi. Ikki katta o`g`il mehnatiga yarasha mukofot olishibdi. El-yurt ichida shu mehnatlari bilan hurmat-e'tibor qozonibdi. Тanballigi uchun hamma narsadan quruq qolgan kenja o`g`il esa keyinchalik uydan chiqib ketishga majbur bo`libdi. U hozir qayerda, nima ish bilan mashg`ul, biron narsaga erishdimi, yo`qmi, hech kim bilmas emish...


 
ilyosbekDate: Dushanba, 24-Dek-2012, 10:41 | Message # 41
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Olmani o'rniga qo'yilgan shart




Bir kuni bir yigit yo'lda ketayotsa, oldiga bir olma "to'p" etib kelib tushibdi. Yigit uyoq-buyoqqa qarab, olmaning egasini ko'rmabdi. Shunda u qirmizi olmani olib, oqib turgan suvga yuvibdi va bir tishlabdi. Bir payt oldidan bir barvasta kishi chiqib:



- Hoy yigit, sen nega mendan so'ramasdan mening olmamni o'g'irlab yemoqdasan? - deb doq uribdi.



- Yo'q, amaki, kechirasiz, men olmangizni o'g'irlaganim yo'q, olma oyog'im ostiga kelib tushgan edi, olib yeyapman,-debti yigit.



Lekin u kishi juda qaysar ekan, "yo'q, o'g'irlading", deb turib olibdi.



- Ho'p, mayli, o'g'irlagan bo'lay, bu gunohimni nima qilsam kechirasiz? - deb so'rashga majbur bo'libdi yigit oxiri.



-Bu gunohingni yuvish uchun mening qizimga uylanasan, - debdi u odam.



- Mayli, uylanaman, - debdi yigit.



- Lekin, bilib qo'y, qizimning ikki oyog'i shol, ikki qo'li shol, ikki ko'zi ko'r - debdi u kishi.



- Yigit so'zi bitta, - debdi yigit, - nima bo'lsa ham qizingizga

uylanaman. Shunday qilib yigit bu kishining qiziga uylanibdi. Go'shangada ko'rsa-ki, oy desa og'zi bor, ko'zlari cho'lpon, lablari g'uncha, qoshlari kamron, yuzlari shirmonday,sochisumbul, qo'llari ipakdek mayin, qaddi-basti kelishgan sarvqomat qiz ekan.



Yigit qaynotasining gaplaridan hayron bo'libdi. To'ydan keyin gaplashib o'tirishgach, bir kuni u yurak yutib:



- Dada, nega o'shanda qizingizni ko'zi ko'r, qo'li shol, oyog'i cho'loq degan edingiz? - deb so'rabdi.



- Ko'zi ko'r deganimki, qizim hali voyaga yetib, sendan boshqa yigitni ko'rgan emas. Oyog'i shol deganim, ostona xatlab, ko'chaga chiqmagan, qo'li shol deganim, sendan boshqani qo'li qizimning qo'liga tegmagan, - deb javob beribti qaynota. Yigit qaynotasining bu lutfiga tasanno aytgan va yori bilan qo'sha qarigan ekan.


 
ilyosbekDate: Dushanba, 24-Dek-2012, 10:43 | Message # 42
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Sirli g’or


Otam keng qoYa yonidagi tosho'choqqa olov yoqib, ovqat pishirardi. Yaylovning boshqa tomonidan ham qo'ralar, o'tlayotgan qo'y-qo'zilar va tayoqlarga suyanib atrofni kuzatayotgan cho'ponlar ko'zga tashlanardi. Yaylov atrofidagi yuksak cho'qqilar qori erib ulgurmagan, oltin zarralariday yaltirardi.

Biz - bolalar turli tomonlarga yugurib, qo'y-qo'zilarni quvlab o'ynardik. Bu paytga kelib qo'ylar qo'zilagan, etiga etqo'shilib borardi.

- Hoy, Zilola, kelinglar, sho'rva pishdi! - yaylov uzra otamning ovozi yangradi.

Ortimga o'girilib, bolalar ketidan maysalar ustida chopa ketdim. Saldan keyin qoYa yonidagi oYovga bolalar, boshqa choponlar ham yig'ilishdi.

- Qo'ylar qisib qo'ygan shekilli... - dedi u atrof- dagilarga. Saldan keyin g'ordan birin-ketin qo'ylar ma'rashib tashqariga chiqishdi. Jigarrang bir qo'y ichkaridan otilib chiqdida, cho'pon ko'tarib chiqqan haligi jonsiz qo'zichoq tomon chopdi. Hamma qotib qoldi. Ona qo'yning bolasiga mehri hammani hayratga soldi... Charchab-horigan otam o'tovga asabiylashishar, g'orga kirishga kirdi. Lining to'ni etaklari urinib, uddasidan chiqolmasdi, yirtilgandi.

- Bu ayiqlarning ishi, - dedi q'orqa nazar tashlar ekan.

- Ayiq degani odamning g'ashiga tegishni yaxshi koVadi. Awal birorta qo'zini olib chiqinglar. Qo'zilar chiqqach, qo'ylar ichkarida turisholmaydi. Yoshroqlaring arqon bog'lab ichkariga kiringlar.

Cho'ponlardan bin oyoq-lariga arqon bog'lab emaklagancha ichkariladi.

- Qo'zini sudrab olib chiqaver, - ovoz berdi haligi keksa cho'pon.

Oradan yarim soatcha vaqt o'tgach, cho'pon arqonlarni silkitdi. Darhol arqonni tortishdi. Cho'pon bir qo'zi-choqni tashqariga olib chiqdi. Qo'zichoqjonsizedi...

- Qo'ylar qisib qo'ygan shekilli... - dedi u atrofdagilarga. Saldan keyin g'ordan
birin-ketin qo'ylar ma'rashib tashqariga chiqishdi. Jigarrang bir qo'y ichkaridan otilib chiqdida, cho'pon ko'tarib chiqqan haligi jonsiz qo'zichoq tomon chopdi. Hamma qotib qoldi. Ona qo'yning bolasiga mehri hammani hayratga soldi...


 
ilyosbekDate: Dushanba, 24-Dek-2012, 10:48 | Message # 43
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Eshikli xonadon


Qizcha bu gal incjamadi. Xosiyat xola ayvondagi qoziqqa dasturxonni ila turib. «eshikli uy, bolam», dedi. Bu gal endi qizcha biroz hayron bo'ldi: «Dunyoda eshiksiz uy ham bo'larkanmi, tavba?», deb qo'ydi buyisiga jilmayib. Hamma gap shunda-da, bolam, - miyig'ida kuldi Xosiyat xola. Bir vaqtlar eshiksiz uy boisa-bo'lgandir. Biroq odam borki. eshigini bekitib, bemalol dam olgisi keladi.

Qizaloq buvisining gaplaridan yayrab ketdi.

Darvozalari kengayib, amaki va ammalari kirib kelayotgandek, ularning yonlarida bolalari, hamma-hammalari buvilari bag'riga oti layotgandek bo 'ldi. Kimni ngdir qo 'lida chiroy atirgul (buvisi hammadan ham gulni yaxshi ko'radi-da). yana birlari shirinlik ko'tarib olgan. Oh-oh, hammasidan ham shunisi zo'r bo'ldi-da, chunkl hammalari maza qilib yeyishadi...




 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:11 | Message # 44
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:

Olma ter!


Qani, top-chi, Fotima, Buving qopida nima? Piyozlarmi yo tugma? Balki guruch, balki un? Topsang, albatta buving, Birqopqizilvashirin Olma beradi, olma! Tez bo'l, sovg'asiz qolma!

Nonushta payti Nasiba dadasidan so'radi:

- Dada.yozgita'tildanimaqilaman?

- Dam olasan, o'rtoqlaring bilan o'ynaysan, yaxshi ishlar qilasan, - dedi
dadasi.

Nasiba ertalab yuz-qo'lini yuvgach, derazadan qaradi. Quyoshning charaqlab turganidan sevinib ketdi. Yaxshi ish qilgisi kelib, o'yga toldi. Yoniga singlisi keldi:

Singlisi indamay, xonasiga kirib ketdi.

- Nasiba, uy ishlarida menga ko'maklashib yubor, xonangni yig'ishtirib qo'y. - dedi onasi.

- Ko'rmayapsizmi, men
o'ylabo'tiribman! Qanday yaxshi ish qilsam ekan deb, topa olmayapman. Siz bo'lsangiz, halaqit berayapsiz.

Onasi jilmayganicha tashqariga chiqdi-da, hovlini supura boshladi. Nasiba hamon o'ylab o'tirardi:,, Qanday yaxshi ish qilsam ekan-a?"

Kuchukchasi yugurib kelib, unga erkalana boshladi.

- Nari ket! O'ylashga halaqitberma!

Kuchukcha chopganicha o'tlar kirib ketdi. Nasiba esa hayoliga kelmaganidan hafsalasi pir onasining yoniga bordi.

- Oyijon ertalabdan buyon, qanday yaxshi ish qilsam eka o'ylayverib charchadim.

Onasi Nasibaning boshini silab, o'tqazdi: orasiga bir fikr bo'lib, bugun , deb

- Qizim singlingga uy vazifasini bajarishga yordam ber, menga uy ishlarida ko'maklash, xonangni yig'ishtir, kuchukchangni o'ynat. Mana shulaming bah - yaxshi ishlaming boshidir.


 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:12 | Message # 45
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
[c]Shaxzodaning soyaboni

Shahzod tuflisini o'zi kiyib, bog'ichini o'zi bog'ladi. Onasi esa: - Bo'laqol tezroq, bog'chaga kech qolyapmiz, - deb turardi. U esa shoshilmaygina cho'ntagiga samolyotini soldi. Hovliga chiqa turib:

- Oyijon soyabonimni ham olay, - dedi.

- Yo'q, yomg' ir yog' mayapti-ku!,- dedi oy isi,
-Birdaniga yog'ibqolsa-chi?

Onasi soatga qaradi-da, mayli olsang olaqol, - dedi. Shahzod suyunib ketdi. Soyaboni og'irmas. Bekat ham bog'chaning yaqinida joylashgan. Avtobusdagilar unga hayron qarashdi. U esa onasining orqasiga berkinib oldi. Mana bog'chaga ham yetib kelishdi. Daraxtdagi qushlar chug'irlashib quvnoq qo'shiq aytishardi:

Charaqlab turganda kun,

Soyabon kerak nechun?

Shahzod onasi bilan xayrlashib, soyabonni ushlagancha, guruhi tomon ketdi. Ayvonchada o'tirgan bolalar ham uni ko'rib, kulib yuborishdi vachug'urlab:

- Shahzodlarning tomonida yomg'ir

yog'ayotgan ekan-da, juda, yomon-ku, - deyishdi. Lekin Karina gulli soyabonga
qiziqish bilan qaradi.

Nigora esa:

Chiroyli ekan, xuddi yaponlarnikiga o'xshaydi-ya, deb ham qo'ydi va Shaxzoddan uni olib rosa ochib-yopdi.

Bo'ldi, o'ynayvermanglar, sindirib qo'yasizlar, dedi - Mavluda opa.

Rasm darsi boshlandi. Hamma bahorning rasmini chizdi. Shahzod esa kuchukchasi va yomg'irli kun rasmini chizdi.

- Nimalarni chizding Shahzod? - deb bolalar yana uning ustidan kulishdi.

Tushlikdan so'ng, birdan qattiq shamol turib, yomg'ir yog'a boshladi. Shahzod jovonidan issiq kiyimi va soyabonini oldi-da, ayvonchaga chiqdi. Yomg'irda ivibqolishni xohlamay turgan bolalarga soyabon tutib,ularni bekatgacha kuzatib qo'ydi. Onasi ham o'g'lini shu yerda kutib turardi. Ust-boshi xo'l ammo, o'z ishidan xursand bo'lgan Shahzod uyga kelib, soyabonini burchakka ochib qo'yarkan, «Sen bugun juda yaxshi ishlading», - deb uni silab ham qo'ydi.



 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:13 | Message # 46
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Qaldirg’och


— Ey, sen bola, nima qilyapsan?!

Akrom otasining serzarda ovozidan cho'chib ketdi. Dovdiragan ko'yi pastga tushdi.

— Daraxt tepasida nima qilib o'tiribsan, deb so'radim sendan. Boshqa zaril ishing yo'qmi? — deya Qiyom aka o'g'lini tag'in qiyin qistovga oldi. Akrom arang pichirladi.

Akrom erta-yu kech dalada ishlovchi otasining badjahl, tajang fe'lini yaxshi biladi. Shu bois ham botinib unga biror narsa deyolmadi. Faqatgina o'pkasi to'lib, ko'zlariga yosh quyilib keldi, xolos.

Qiyom aka shunchaki yo'liga do'q-po'pisa qilib ketmagan ekan. U kechga yaqin daladan qaytgach, uy tevaragiga jiddiy razm solib qaradi. Yopib qo'yilgan eshik-derazalar atrofida bezovta charx urib uchayotgan, ichkariga kirishga behuda urinayotgan qaldir-g'ochlami ko'rib, ko'ngli joyiga tushganday bo'ldi.

— Ana, bu boshqa gap, — deb qo'ydi u hovlidagi chorpoyaga xomush suyanib turgan Akrom tomon bosh irg'ab.

Akrom indamay yerga qaradi. Uy ichkarisiga kirolmay, bezovta tarzda charx urayotgan qaldir-g'ochlarga uning juda-juda rahmi kelardi.

Bola chidayolmadi, kechqurun otasining buyrug'ini momosiga aytib berdi. Momosi ham o'g'lining bu qilig'idan afsuslandi. Kechki ovqat payti momosi o'g'liga noto'g'ri yo'l tutayotganini aytdi. Ammo Momo nevarasiga "Endi ilojimiz yo'q, shekilli", deganday bosh chayqab qarab qo'ydi.

Ertasi kuni g'alati bir voqea yuz berdi. Endigina maktabdan qaytgan Akrom tushlik qilib, sport to'garagiga otianib turardi. Momosi chorpoyada burni ustiga ko'zoynagini qo'ndirib allanimalarni tikib o'tirardi. Onasi odatdagidek oshxona yumushlari bilan band. Shu payt Qiyom aka daladan kelib qoldi. Ketmonini bir chekkaga qo'yib, chorpoya tomon yurdi. Bir mahal havoda uchib yurgan qal­dirg'ochlar Qiyom akaning atrofida charx ura bosh-I, ladi. Ular go'yo Akromning otasiga hujum qilisha-O—^ yotgandek edi.

— Ob-bo, yaramaslar-ey, — deb po'ng'illadi Qiyom aka qo'llarini u yon-bu yon siltab, qushlardan himoyalangan bo'lib, — meni cho'qilamoqchi bular!

Ammo qaldirg'ochlar battar «vijir-vijir» qilib ,- Qiyom akaning yon-verida charx urishda davom etishardi. Akromning otasi qushlarga otish uchun biror narsa izlab yerga engashdi. Shu payt uning chaponi yoqasidan allaqanday xunuk, qop-qora quit sidrilib yerga tushdi. Qaldirg'ochlardan biri chapdastlik bilan yer bag'irlab, tag'in o'rmalay boshlagan xunuk hasharotni cho'qilab tashladi.

Qiyom aka hangu-mang qotib qolgan edi.

— O'lishimga sal qoldi-ya, — dedi u arang g'udranib, — choponim yoqasida qoraqurt bor ekan, bugun eski chaylani buzgandik, bu gazanda o'sha joydan menga ilashgan. Qaldirg'ochlarga rahmat-ey, ular meni qutqarishdi!

Momo mamnun bosh irg'adi.

Akromjon eshik-derazalarni ochish uchun chopqillab ketdi.
[/c]


 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:15 | Message # 47
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Alomat bilan Salomat


Nihoyat adalari ularga ikkita quyoncha olib berdi. Yumshoqqa qo'shni qilib ularga ikki xonali uycha qurishdi. Birinchi xonasida ovqatlanishadi,ikkinchi xonada esa uxlashadi, - dedi adasi Sardorning hayron bo'Iayotganini sezib.

Quyonchalar juda chiroyli, ikkalovi ikki xil. Ularning biri oppoq, ko'zlari Alomat darrov to'xtab orqasiga, Sardorga qaradi. Lekin joyidan jilmadi.

— Hoy, lokator, nima, gajfga fushunmaysanmi, tezroq kel. Agar o'zim borsam kaltak yevsan, - jahli chiqdi Sardorning.

Alomatning o'jarligidan Salomat xijolat tortdi. Keyin "Qo'yaver o'sha quloqsizni" deganday Sardorning qo'llarini, yuzini yalab yulqadi.

Bor-ey, hammayogimni shilta qilib tashlading, shalpangquloq, Akang meni xafa qnm; endi o'zidan ko'rsin, - u yugurib borib, Alomatning bo'ynidan qisib ushladi-da, qafasiga qamab keldi. Birdan Salomat xomush tortib qoldi, o'tlamay ham qo'ydi. Sardor zerikdi. Salomatni uychasiga olib kirdi, Alomat ichkari xonada ekan. Sardor uyning iigagini soldi. Keyin Salomatga ikkita sabzi tashladi.

- Aytganimni qilganingda, sen ham sabzi yegan bo'larding, - dedi Sardor ko'zini mo'ltillatib, labini qimtib turgan Alomatga musht do'laytirib...

Quyonchalar yonma o'tirishib "nonushta" qilishyapti.

- Voy shalpangquloq-cy, akangga rahming kelibdi-da, eshikni qanaqa qilib ochding? -hayron bo'ldi Sardor. Salomat bo'lsa " endi, bu biz-da" deganday bir irg'ishlab Sardorning yoniga keldi, keyin yugurib borib akasiga surkaldi.


 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:16 | Message # 48
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Iste’dodning tug’ilishi



Ustoz shunday chiroyli o'qirdiki, butun sinf unga mahliyo edi. Shu topda kimningdir ko'zi namlandi. Kimdir yonidagi sinfdoshini beozor turtib: "Kim yozganiykin?" dedi pichirlab. Ustoz biroz tin oldi-da, daftarni yopib, stol ustiga qo'ydi. O'quvchilar esa hamon uning girdobida edilar, unga maftun edilar. Tinchlikni ustozning o'zi buzdi va o'tirganlardan ohista so'radi:

- To'g'ri.

— Men ham aytay, — deya ^ o'rnidan turdi Abbos, —

do'stlik hamma narsadan ustun turadi. Uni as-rash kerak, demoqchi.

Bolalar g'uvillab ketishdi.

— O'rtoqlik kuchli, — deya xulosaga kelishdi
ular, — o'rtoqlik asta-sekin do'stlikka aylanadi.

Butun dars do'stlik mavzusiga aylanib ketdi. Bu mavzudagi inshoning shu darajada muhokama qilinishini ustozning o'zi ham kutmagan edi...

— Yo'q, Xudoyberdi To'xtaboyev.
Ustoz kim kimni aytsa, qo'yib berdi.

— Topdim, — dedi oxiri qizlardan biri. —Maylimi yozuvini ko'rsam.

Ustoz daftarni ochib, yozuvni hammaga ko'r-satdi. U shunaqangi chiroyli yozilgan edi-ki... Hamma bir-biriga qaradi-yu, lekin topdim, degan qiz ham hatto botinib bir narsa deyolmadi.

— Sizga aytsam, talant — bu qobiliyat degani. U hammada ham bo'lavermaydi. Uni qadrlash, ehtiyot qilish lozim. Bunday odamlar o'z ishtiyoqi, o'z odobi va mehnati bilan ajralib turadi.

Ustoz sinfdoshlarga bir-bir qarab oldi-da:

— Buni... Oygul yozgan, — dedi. Ustoz Oygul ismini shunday mehr bilan aytdiki, buni o'zi ham kutmagan edi. Chindan-da unda bitilgan so'zlar faqat shu o'quvchidan chiqishi mumkin edi.

Sinf birdan "g'uv" etib ketdi va yana birdan suv quygandek jimib qoldi. Ustoz insholarni ega-egalariga qaytardi. Hammaning bahosi o'ziga yarasha edi. Hammabaribir Oygul yozganini o'z ko'zi bilan ko'rgisi kelardi. Qaysidir bola shubhalanib sal ishonqiramay, dedi:

— Ustoz, siz maqtayapsiz-u, ehtimol u yer- bu yerdan ko'chirgandir.

Sinf yana g'uvillab ketdi. Dars boshlangandan beri har galdagidek indamay o'tirgan Oygul shoshmay o'rnidan turdi:

— To'g'ri, o'qiganlarimning ta'siri bo'lishi mumkin. Lekin vijdonimni o'rtaga qo'yib aytamanki, o'zim yozganman.

Hech kutilmaganda bolalar qarsak chalib yuborishdi. Bunday holat sinfda hech qachon bo'lmagan edi.

— O'zi o'qib bersin, — deb qolishdi sinfdoshlar.

Oygul maktabdagi yig'inlarda she'r o'qiganda hammaning unga havasi kelardi. U daftarini olib joyiga o'tirmoqchi edi, ustoz to'xtatdi:

Oygul daftariga bir ko'z yugurtirdi-da, tamo-man boshqa ohangda, tamoman boshqa uslubda o'qiy boshladi. U o'qigani sari har bir so'zining mag'zi chaqilar, har bir so'zining hayajoni sinfdoshlari qalbiga kirib borardi. U go'yo sahnadagi aktrisa edi. Yo'q-yo'q, u buni ataylab, o'zini ko'rsatish uchun qilmasdi. So'zlar jilosi, so'zlar quyuni uni shu yoiga boshlardi. U o'zi uchun, o'zining to'lqin urib turgan yuragi uchun o'qirdi. Yuragi esa, atrof bilan chambarchas bog'liq edi. Shu lahzalarda oddiy maktabning oddiy sinfida oddiy bir navqiron ijodkor paydo bo'layotgan edi. Shu daqiqalarda oddiygina maktabning oddiygina sinfida ijodkor tug'i-layotgan edi. Ammo buni na ustoz, na sinfdosh-lar va na Oygulning o'zi anglab yetmayotgan edi. Hali bu noyob iste'dod g'uncha tugishi, gullashi, elga manzur asarlar yaratishi uchun necha-necha yillar, bu yillarning pastu baland sinovlari-yu kurashlari va uning sadoqatli onlari kerak edi...



 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:17 | Message # 49
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
G'O'LA


Ayiq, Bo'ri va Tulki g'o'la tashiydigan bo'lishibdi. Ayiq g'o'lani bosh tomonidan, Bo'ri oxiridan, Tulki esa o'rtasi-dan ko'tararkan. Ish qizigandan qizibdi. Ayiq bilan Bo'ri g'o'lani ming mashaqqat bilan ko'tarishar, Tulki esa xo'jako'rsinga o'rtada likillab borib kelarkan. Buning usti-ga g'o'lani o'zim ko'taryapman, deb maqtanarkan. «Ayiq bilan Bo'ri g'o'lani shunchaki nomigagina ko'tarishadi, hamma og'irlik o'rtada bo'ladi» deb og'iz ko'pirtirarkan. Ayiq bilan Bo'ri bu so'zlarga parvo qilmay indamay ish-lab yuraverishibdi. Lekin Tulki maqtanishdan bir zum ham tiyilmabdi.

Bir kuni Ayiq bilan Bo'ri og'irdan og'ir g'o'lani zo'rg'a ko'tarib borishayotganda, o'rtada likillab borayotgan Tulki yana maqtanib qolibdi. Shunda alam qilib ketgan Ayiq bilan Bo'ri «ol, ana ko'tar» deb g'o'lani tashlab yu-borishibdi. Maqtanchoq Tulki zil-zambil g'o'laning ostida qolib, til tortmay o'libdi.


 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:18 | Message # 50
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Tuyakashning da`vosi


Qadim zamonlarda bir tuyakash yashagan ekan. Keng sahrolar, poyonsiz cho'llar, o'rkach-o'rkach qum barxanlari uning vatani ekan. Tuyasi karvonlarning yukini tashib berarkan. Bergan pullari ro'zg'origa madad bo'larkan, tuyasi har ikki yilda bir bora tug'ib berarkan, suti tuyakashning bolalariga ovqat bo'larkan. Butun oilaning ovunchog'i ham shu tuya ekan.

Kunlarning birida tuya yo'qolib qopti. Tuyakash iztirob chekib, uni izlab keng sahrolarni, poyonsiz cho'llarni, o'rkach-o'rkach qumlar ortini ko'p axtaribdi. Tuyadan darak bo'lmabdi. Karvon-saroylarga boribdi, saroybonlardan so'rabdi, «Ko'rganimiz yo'q», - deyishibdi. So'roqlab qishloqdan-qishloqqa o'tibdi, molbozorlarga boribdi. Qassobxonaga duch kelib qolibdi. Qarasa, har xil go'shtlar ilingan emish. Sinchiklab qarab, to'satdan tuyaning go'shtini tanib qolibdi. Qanordagi go'shtini yulib olib, bag'riga bosib: «Bu mening tuyamning go'shti, meniki, meniki»,- deya dod solibdi. Qassob uni urib haydamoqchi bo'lgan ekan, battarroq dodlabdi. Olomon to'planibdi, gap-so'z ko'payibdi, birov tuyakashning yonini olibdi, birov qassobning yonini olibdi. Shunda aqlli bir odam:

«Yaxshisi, yurt qozisiga murojaat qilish kerak»,-degan gapni aytibdi. Bu fikr ikkiga bo'linib, talashib-tortishayotgan odamlarga ma'qul bo'libdi. Odamlar gurillab qozining huzuriga jo'nashibdi. Qozi tuyakashdan: «Hayvonlarni goho tirikligida tanish qiyin bo'ladi-yu, sen qanday qilib, shu go'shtlar tuyangniki ekanligini bilding? Da'voingni isbotla,bo'lmasa besh darra urishga buyuraman»,- debdi.

Ey taqsiri olam,- debdi tuyakash, mening tuyam urg'ochi edi. Uch marta bolalagan edi. Suvsiz, yantoqsiz sahroda har bir bolasini yalab-yulqab katta qilguncha adoyi tamom bo'lardi. Jigaridan qonlar oqib teshikcha hosil qilardi. Ana qarang, jigarida uchta teshik bor. Tuyakashjigarni boshi uzra baland ko'tarib, undagi teshiklami ko'rsatibdi. Yurt qozisi qassobga: «Sen tuyani qayerdan, kimdan olgansan. Rost so'zla, yolg'on so'zlasang, besh darra urishga buyuraman»,- debdi.

Ey taqsiri olam,- deb gap boshlabdi qassob, kecha kechasi bir kishi eshigimni qoqdi. Ochsam, novcha bir odam tuya yetaklab turibdi. Shuni oling, qancha bersangiz ham roziman, shoshib turibman, dedi. Olloh guvoh, men tuyani, yarim bahosiga sotib oldim, - debdi.

Tuyakashning da'vosi isboti bilan ekanligini aqlli, donishmand qozi darrov fahmlabdi. Ha, onalar bolalarini katta qilguncha goho adoyi tamo bo'ladilar, xunob bo'ladilar, jigariga teshik tushadi, - deb o'ylabdi. Qassobga: «Go'shtni sen ol, tuyakashga bir urg'ochi tuya olib v-berasan», - deb buyuribdi.

To'planganlar yurt qozisining hukmidan rozi bo'lishibdi.


 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:19 | Message # 51
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Sher


Kutilmaganda o'rmonda g'ala-g'ovur boshlanibdi. O'rmon shohi Sher na'ra tortar, qo'liga tushgan hayvonni tilka-pora qilardi. Bundan Tulkivoy ham sarosimaga tushib qoldi.

Nima gap, — deb Tulki Zag'izg'onga murojaat qildi.

Ey, mallavoy, ish chatoq, — dedi Zag'izg'on, — o'rmondagi hayvonlar shohimizni hurmat qilmay qo'yishibdi, shunga darg'azab.

Hmm, — debdi Tulki tumshug'ini ko'tarib, — unda meni qo'rqadigan yerim yo'q ekan.

Shu payt Tulkining yonidan Qoplon o'tib qolibdi.

Hay, Tulki, — debdi u shoshgancha, — qoch, Sher darg'azab, ko'ringanni kunini ko'rsatyapti.

Boraver, Sherdan sen qo'rqasan, men qo'rqmay-man, — debdi Tulki. Sal o'tmay rangi-quti o'chgan Bo'ri kelib qolibdi.

Hoy, beburd, qoch, bu gal ayyorliging o'tmaydi, Sher naq qomingni yorib tashlaydi, — debdi.

— O'taver, meni Sherdan qo'rqadigan joyim yo'q.
Ayiqpolvon ham kelib:

Hoy, Tulki, vaqt g'animat, joning kerakmi, qoch. Sher quturgan, — debdi.

O'taver. Quturgan bo'lsa o'ziga, undan qo'rqadigan joyim yo'q, — deya javob beribdi Tulki.

Tulkining bepisandligi bir zumda Sherning qulog'iga yetibdi. Sher hayron bo'libdi. Tulkini zudlik bilan top-tiribdi.

— Sen bachchag'ar, mendan qo'rqmas emishsan,
shu rostmi? — darg'azab bo'libdi Sher.

Rost, olampanoh, — debdi Tulki qo'l qovushtirib.

Sabab?

Olampanoh, men sizning barcha buyruq va far-monlaringizni bajonidil, bekam-u ko'st ado etaman. Molimdan ham, jonimdan ham sizni yaxshi ko'raman. Ayting-chi, Sizdan qo'rqqanlar Sizni yaxshi ko'ra ola-dimi?

Buni eshitgan Sher hovuridan tushibdi, o'zicha fikr qilibdi. «Tulkining gaplarida jon bor. Qo'rquv aslida yomon ko'rishdan paydo bo'ladi».

— Balli, sen haqsan, — debdi Sher.

Sher Tulkini oqil-u dono hisoblab, o'ziga vazir qilib olibdi.


 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:20 | Message # 52
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
AYIQ



Yam-yashil o'rmonda kulrang Bo'ri yashar ekan. Kunlarning birida u bolalabdi. Momiqqina bolalari unga olam-olam quvonch baxsh etibdi. Bo'rivachchalarni avaylab-asrab katta qila boshlabdi.

Bir kuni ovdan qaytsa, uyasida bolalari yo'qmish. Chor-atrofni rosa izlabdi, uvlab chaqiribdi, darak yo'q. Yuragiga g'ulg'ula tushibdi. «Yovuz hayvonlarning changaliga tushib qolgan bo'lsa-ya». Shu payt uning ol-didan Tulki chiqib qolibdi.

Hoy, Tulkijon, bolalarimni yo'qotib qo'ydim, mabo-do sen ko'rmadingmi? — deb so'rabdi.

Ey, aytishgayam tilim bormaydi, — debdi Tulki o'zi-ni xafahol ko'rsatib.

Ayt, tezda ayt! — darg'azab bo'libdi Bo'ri.

Bolalaring o'yinqaroqlik qilib, Ayiqning uyiga borib qolgan edi, ayiq ularni yeb qo'ydi. Hozir u inida qornini silab yotibdi.

Bo'rining dili vayron bo'lib, ko'ziga hech narsa ko'rin-may, dahshat bilan Ayiqning uyiga o'qdek uchibdi. Qarasa, ayiqning uyi atrofida ayiq bolalari do'mbillashib, o'ynab yurishgan ekan. Ko'zi qonga to'lgan kulrang Bo'ri, qonga-qon, jonga-jon, debdi-yu ayiq bolalariga qiron keltiribdi. Keyin jon-jahdi bilan Ayiqning iniga bos-tirib kiribdi. Bo'ri qaysi ko'z bilan ko'rsinki, Ayiq uning adashib, horib-tolgan bolalarini mehr bilan emizayotgan ekan.

Tulkining fitnasiga uchgan kulrang Bo'ri o'z qilmishi-dan pushaymon bo'libdi-yu, biroq endi kech ekan.


 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:22 | Message # 53
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Aql va boylik


Bircholning to'rto'g'li borekan. Bir kuni chol:

- O'g'illarim, men qarib-qartayib qoldim, - debdi,
- orangizdan bittangiz oila boshlig'i bo'lishingiz kerak. Aqlli va davlatmandingiz menga me'rosxo'r bo'ladi. Har qaysingiz menga nimaga qodirligingizni ko'rsating.

Eng katta o'g'il zumrad ko'zli oltin uzuk taqqan qo'lini uzatibdi:

- Mana boyligim, boy odamda aql ham bo'ladi.
Ikkinchi o'g'li zarbof choponini kiyib ko'rsatibdi:

- Shu paytda meni ko'rgan kishi boyligimga va
aqlimga qoyil qoladi, -debdi.

Uchinchi o'g'li kumush va javohirlar qadalgan kamarini beliga bog'lagancha:

- Hech kirn umrida bunday kamarni ko'rgan emas, deya
otasigayuzlanibdi.

Choi boshini chayqab, katta o'g'illariga bir nima demabdi. Kenja o'g'liga qarab:

Kenja o'g'lining javobi cholga yoqibdi, bor-yo'g'ini ungav meros qoldiribdi. Katta o'g'illariga uning so'zidan chiqmasliknitayinlabdi.


 
  • Page 2 of 2
  • «
  • 1
  • 2
Search: