• Page 2 of 2
  • «
  • 1
  • 2
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Bolalar uchun she'rlar
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:25 | Message # 31
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
OTA

Dunyo teskari ketsaxam otam yonimda,
Osmon tushsa xam suyanchim bag'rimda,
Nega yetmaymiz vaxtida otamizning qadriga,
Yo'llar ayro bo'lsa xam yo'lboshchim oldimda.



 
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:59 | Message # 32
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Ustozlarga she'r




Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustazdir, biroq
Kimgadir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zodga xarf o’rgatgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibquronlar
Firim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirda yo’l ko’rsatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrafni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqlinsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’usaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyqida shogrdin o’ylab yotgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!



 
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 11:00 | Message # 33
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
O'QUVCHIGA ESDALIK.


Bo'lay desang bog'bon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaki qilsang tilak—
Bariga o'qish kerak.
O'quvchi, sendan talab:
Maktabga bor ertalab.
O'qi berib mehringni,
Qo'yib ko'ngil, zehningni




Message edited by ilyosbek - Yakshanba, 23-Dek-2012, 11:01
 
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 11:01 | Message # 34
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
MUALLIMIM.


Ko’z o’ngimda
Ochdi dunyo
Muallimim.
Yo’llarimga
Sochdi ziyo
Muallimim.
Go’dak edim
Ona kabi
Parvarishlab,
Ulg’aytirdi
Meni dono
Muallimim.
Shagirdmanki
Taxt turaman
Xizmatiga,
Qilsa agar
Bitta imo
Muallimim.


 
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 11:02 | Message # 35
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
O'QITUVCHIM.


«Alifbe»dan o'rin olgan,
Bir kam o'ttiz harflarni
«Alla», «Anor», «Bahor», «Bayroq»—
Kabi oddiy gaplarni
— O'rgatgan kim?
— O'qituvchim.

Sodda, ziyrak, biroz sho'xmiz,
Qiziquvchan, sertalab.
«Lo-la», «Osh-ol» so'zlarini,
Toqat bilan erkalab
— Yozdirgan kim?
— O'qituvchim.

Harf tanitib, burro qilgan,
Anvarni, Sanobarni.
Kim o'rgatgan karralarni,
To'rt amal, barobarni?
Ayt-chi, Azim!
— O'qituvchim.

Kitobni shar, o'qir Hulkar,
Rosti gap ishonmadik.
Biz «Alifbe» bayramini,
Juda zo'r nishonladik.
— Ustozing kim?
— O'qituvchim.

Bizlar shaymiz: — Labbay, — deb
Ustozlar xitobiga.
Bolajonlar navbat keldi,
Endi «O'qish kitobi»ga.
— O'rgatar kim?
— O'qituvchim.


 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:04 | Message # 36
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
USTOZIMGA


Sof ezgulik tilagi,

U ham bizga onadir.

Ilm-u hikmat qasrida

Ilk ustoz yagonadir.



Tunlar sizga hamnafas,

Qog'oz, kitob uyulgan.

Qo'lingizda siyohdon

Dil mehringiz quyilgan



Baholar a'lo, yaxshi,

Ayamaysiz maqtovni.

Charchamaysiz, hormaysiz

Sabringiz baland tog'mi?!



Yillar o'tib ulg'ayib,

Bergan so'zim oqlayman

Yuz yoshda ham shu holda

Turishingiz xohlayman


 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:05 | Message # 37
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
USTOZ


Yodimda maktabga kelgan ilk kunim

Hayajon yoshlarim oqqandi qator.

Bilimlar eshigin ochmoqlik uchun,

Hali qo'llarimda yo'q edi mador.



Shirin tabassum-la

mehrda cheksiz,

Bir inson yo'limga

chiqqandi peshvoz.

Bugun chin yurakdan

etayapman his,

O'shal siz edingiz,

mehribon ustoz.

O'sha siz edingiz, tanidim, suydim,

Siz sabab kitobga qunt, mehr qo'ydim.

Qo'lga qalam tutib, tug'yonga to lib,

"Vatan " deb yozdim-u, yurt mehrin tuydim


 
ilyosbekDate: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:06 | Message # 38
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
USTOZGA


Ustoz! Dili bahorim,

Buloqday beg'uborim,

Ishongan suyanch tog'im

Omon bo'ling, ustozim.

Aqlimizga nur ziyo,

Mehribon padar go'yo,

Berib ta'lim-tarbiya

Omon bo'ling, ustozim.

Komil avlod bog'boni,

Yuksaltuvchi Vatanni,

Millatning sharaf-shoni

Omon bo'ling, ustozim


 
  • Page 2 of 2
  • «
  • 1
  • 2
Search: